VETERINARIYA
MEDITSINASI
Х.АИВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ
АНОТОМИЯСИ
(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)
#07 (188) 2023
21
O.A.Djuraev,
v.f.n., laboratoriya mudiri, Veterinariya ilmiy-tadqiqot
instituti
QISHLOQ XOJALIGI HAYVONLARINI PATOLOGOANATOMIK YORIB
TEKSHIRISHNING TARTIBI VA USULLARI
Аннотация
В статье приведены данные о научно-практическом значении
порядка и
методики патологоанатомического вскрытия
сельскохозяйственных животных. Освещены сведения по про-
ведению наружного и внутреннего осмотров при вскрытии,
порядок вскрытия трупа крупного рогатого скота и некоторые
особенности вскрытия телят раннего возраста.
Annotation
The article presents data on the scientific and practical significance
of the procedures and methods of pathoanatomical autopsy of farm
animals. Information on conducting external and internal examinations
at autopsy, the procedure for autopsy of the corpse of cattle and some
features of the autopsy of young calves are highlighted.
Kalit so ‘zlar:
yorib tekshirish tartibi va usullari, diagnostika, tashqi ko ‘rik, ichki ko 'rik, ko ‘krak qafasi, qorin bo ‘shlig ‘i, ichki a ’zolar,
morfologik о ‘zgarishlar, qoramol, yosh buzoqlar.
Yorib tekshirishning R. Virxov tomonidan ishlab chiqil- gan
tartibi va usullari keyinchalik to ‘ Idirib va takomillashtirib borildi.
Hozirgi kunda uning uchta asosiy usuli bor:
1.
Ayrim a’zolar va anatomo-fiziologik tizimlami (ma-
salan, bo‘yin va ko‘krak qafasi a’zolarini, siydik-jinsiy a’zolar
tizimini yoki boshq.) birgalikda ajratib olib tekshirish -
A.I.Abrikosov usuli.
2.
G.V.Shor usuli bo‘yicha bo'yinning hamda ko‘krak va
qorin bo‘shliqlari a’zolarini kompleks (birgalikda), ya’ni to‘liq
eviseratsiya usulida ajratib olish.
3.
A’zolami tabiiy o'mashgan joyida tekshirish.
A.I.Abrikosov usuli juda yengil va uni barcha turdagi
hayvonlarga nisbatan qo‘llash mumkin. Biroq, bunda ichki
organlar ajratilayotganda ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlik buzilishi
mumkin, bundan tashqari mazkur usul ko‘p vaqtni talab etadi.
G.V.Shor taklif etgan usul ko‘p vaqt talab etmaydi, bunda
a’zolar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik saqlanib qoladi, biroq bu usulni
mayda hayvonlarga (it, mushuk, quyon, mo‘ynali hayvonlar va
boshq.) nisbatan qo‘llash mumkin, xolos. Bu usulda juda katta
hajmdagi organlar kompleksini tekshirish ayrim qiyinchiliklami
tug‘diradi, shuning uchun dastlab bo‘yin hamda ko'krak qafasi
a’zolari va, keyingi tekshirish- lar davomida, qorin bo'shlig'i
a’zolari ajratiladi.
Uchinchi usulni esa faqatgina parrandalar va laboratoriya
hayvonlarini patologoanatomik tekshirishda qo‘llash mumkin.
Hayvonlar va kasallikning turi hamda patologoanatomik
tekshirishning maqsadlariga qarab, jasadni yorishning mazkur
turlarini real holatga nisbatan takomillashtirish mumkin, ya’ni
individual yondashmoq kerak. Bundan tashqari, har bir
veterinariya mutaxassisining tajribasi ortib borgan sari, a’zolami
ajratish va tekshirish uchun o'ziga ma’qul bo‘lgan usullari paydo
bo‘ladi. Qaysi usulni qo‘llashdan qat’iy nazar, atroflicha va to‘liq
tekshirishga intilish kerak, bunda diagnos- tik ahamiyatga ega
o‘zgarishlar rivojlangan a’zolarga alohida e’tibor berish shart.
Masalan, otlaming mioglobinuriya ka- salligiga gumon qilinganda
skelet
mushaklari
ayniqsa
diqqat
bilan
tekshiriladi,
parrandalaming A avitaminozida ko‘zlar va qizilo‘ngachdagi
o‘zgarishlar o'ziga xos bo‘lsa, o‘lat kasal- ligida esa kon’yunktiva,
teri, limfa tugunlari, buyraklar, taloq va oshqozon-ichaklar
tizimidagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor berish zarur.
Hayvonlar jasadini yorib tekshirishda quyidagi ket- ma-
ketlikka rioya etish tavsiya etiladi.
1.
Jasadning tashqi ko‘rigi.
2.
Jasaddagi bo‘shliqlami ochish va a’zolami ajratib olish. <
3.
Miya qutisini ochish va bosh miyani ajratib olish (zarur
holatlarda orqa miya ham ajratib olinadi).
4.
Ajratilgan a’zolami tekshirish.
5.
Suyaklar va suyak iligini tekshirish.
Tashqi ko‘rik o‘tkazish tartibi
Tashqi ko‘rikda jasad ko‘zdan kechiriladi, hayvonning turi,
jinsi, yoshi, zoti, semizlik darajasi aniqlanadi, shu- ningdek gavda
va qorin tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari qayd etiladi.
Bundan tashqari, yosh mollarda organizmning rivojlanish
darajasi, gipotrofiya va o‘sishdan ortda qolish ho- latlarining
mavjudligi ham o‘rganiladi. Sud-veterinariya eks- pertizasi
maqsadida dastlab hayvon o'lgan joyida ko‘rikdan o‘tkaziladi va
bunda jasadning yotgan holati va uning atrofi- dagi vaziyat
(sharoit) diqqat bilan o'rganiladi.
Tashqi ko‘rik natijalari umumlashtirilgach, o'limdan keyin
rivojlanadigan o‘zgarishlaming (jasadning sovishi, skelet
mushaklarining, ya’ni jasadning qotishi, qonning qayta taq-
simlanishi, jasadning chirishi) darajasi tekshiriladi. O'limdan
keyingi o'zgarishlar darajasini o'rganish o'limning taxminiy
vaqtini va jasadning holatini aniqlashga imkon berishi bilan birga,
ulaming
hayvon
tirikligidagi
patologik
jarayonlardan
differensiatsiyalashga yordam beradi va ayrim kasalliklar uchun
diagnostik ahamiyatga ham ega.
O'limdan keyin hayvon tanasining harorati havo haro-
ratigacha asta-sekin pasayib boradi.
Jasad sovishining
tez- ligi
ko'p omillarga bog'liq: havo harorati, namligi va havo harakatining
tezligi, hayvonning vazni va semizlik darajasi. Mazkur
omillaming teng sharoitlarida semiz hayvonlar jasa- di sekinroq
soviydi. Dastlab quloqlar, oyoqlar va bosh, keyin tana va ichki
a’zolar soviydi. Bunda jasad sovishining tezligi keskin
o'zgaruvchandir: o'limdan keyingi dastlabki uch soatda jasad
harorati juda ham kam pasayadi, so'ngra issiqlik ajralishi keskin
oshib, havo harorati va jasadning kattaligiga qarab har bir soatda
1 dan 3-4°C gacha sovib boradi. Jasad haroratining havo harorati
bilan tenglashgani sari jasadning sovishi yana keskin pasayadi.
Jasadning sovishini qo'l bilan paypaslab yoki to'g'ri ichakka
termometr qo'yish orqali
r
aniqlash mumkin.
Jasadning qotishi
bo'g'imlar va skelet mushaklarining
zichlashuvi hamda harakatchanligining yo'qolishi bilan ifo-
dalanadi va bu holat chaynash mushaklaridan boshlanib, yel- ka
hamda oyoqlar mushaklariga o'tadi. Bunda miokard va
UDK 619.616:591.8
VETERINARIYA
MEDITSINASI
Х.АЙВОНЛАР BA ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНОТОМИЯСИ
(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)
22
#07 (188) 2023
silliq mushaklar ham qotadi. Odatda baquwat va mushakdor
hayvonlarda jasadning qotishi kuchliroq va tezroq namoyon
bo‘ladi va, aksincha, oriq hamda yangi tug‘ilgan
-
gipo- trofik
hayvonlarda juda kuchsiz ifodalanadi yoki umuman bilinmaydi.
Jasad qotishining darajasini jag‘lami qimirlatish hamda oyoqlar
bo‘g‘imlarini bukish va to'g'rilash yordami- da aniqlash mumkin.
Qotishning darajasiga qarab o'limning vaqti, ayrim hollarda esa
kasallikning xarakterini aniqlash mumkin. Masalan, sepsis
rivojlanganda jasadning qotishi juda kuchsiz ifodalanadi, biroq
strixnin bilan zaharlanish yoki elektr toki ta’siridan o'lishda juda
yaqqol namoyon bo'ladi.
O'limdan keyin qonning qayta taqsimlanishi.
Yurak
faoliyati to'xtagandan keyin qonning bosimi nolgacha tu- shadi.
Qon tomirlari devorlarining spazmatik siqilishi tu- fayli qon
arteriyalardan vena qon tomirlariga o'tadi, so'ngra o'zining
og'irligi sababli jasadning pastki qismlariga oqib tushadi. Buning
oqibatida jasad dog'lari, ichki a’zolarda esa limfa va to'qima
suyuqliklari bilan birga hosil bo'luvchi gi- postazlar rivojlanadi.
Bunday gipostazlaming rivojlanish da- raj asi o'limdan keyin
o'tgan vaqtga va qonning suyuq hol- da saqlanganlik muddatiga,
shuningdek ayrim a’zolardagi tomirlar tuzilishining o'ziga
xosligiga bevosita bog'liqdir. Asfiksiyadan o'lgan, ayniqsa
to'laqonli, hayvonlarda jasad dog'lari aniq ko'rinadi, yangi
tug'ilgan va oriq hayvonlar jasadlarida esa deyarli sezilmaydi.
0‘limdan keyingi bunday dog'lar oq cho'chqalarda yaqqol ko'zga
tashlanadi, boshqa turdagi hayvonlarda esa terining pigmentliligi
va qalin jun bilan qoplanganligi tufayli jasad dog'larini faqatgina
teri- osti kletchatkasi tomonidan ko'rish mumkin. Jasad dog'lari
odatda o'limdan keyin 2-3 soat davomida paydo bo'ladi va
rivojlanishi gipostaz, staz va imbibitsiya bosqichlari bilan
ifodalanadi.
Gipostaz bosqichida vena tomirlari va kapillyarlarining
kuchli to'laqonligi hamda to'qima suyuqligining ajralishi hosil
bo'ladi. Bunda jasad dog'lari to'q-qizildan binafsha rang- gacha
bo'lib, bosilganda rangsizlanadi, kesganda esa qon tomchilari
bo'rtib chiqadi. Jasad ikkinchi tomoniga ag'daril- ganda esa dog'lar
yo'qolib, teskari tomonida paydo bo'ladi.
0‘limdan keyin 7-15 soat ichida boshlanadigan staz (tur-
g‘unlik) bosqichi qon suyuq qismining to‘qimalarga diffuziya- si
(singishi), qonning quyuqlashishi va yopishqoq bo'lishi bilan
ifodalanadi. Buning oqibatida qon o'zining harakatchanlik
xususiyatini yo'qotadi va turg'un bo‘lib qoladi.
Havo harorati va jasad chirishining jadalligiga bog'liq
ravishda imbibitsiya (jasadning kechki dog'lari) bosqichi o'limdan
so'ng 18 sotdan keyin yoki kechroq boshlanadi. Bunda
eritrotsitlaming
lizisi
va
to'qimalaming
gemoglobin-
li
imbibitsiyasi rivojlanishi tufayli dog'lar barqaror bo'ladi,
bosilganda rangsizlanmaydi, jasadni ag'darganda yo'qol- maydi.
Atrofdagi to'qimalarga qonning suyuq qismi singishi tufayli
tomirlar bo'shab qoladi.
Jasad dog'lari paydo bo'lishining mazkur bosqichlari ichki
a’zolardagi gipostazlarga ham tegishli. Binobarin, bunday
ko'rsatkichlar jasad dog'larini hayvonning tirikligidagi turli
kasalliklarga
xos
turg'un
giperemiya
va
yallig'lanish
jarayonlaridan differensiatsiya qilishda diqqatga sazovordir.
Jasadning chirishi
to'qimalardagi autoliz va yiririglash
jarayonlarining natijasida rivojlanadi. Bunda autoliz jarayoni
to'qimalar tarkibidagi gidro- va proteolitik fermentlaming ta’siri
ostida,
mikroorganizmlaming
ishtirokisiz
ro'y
beradi.
Patologoanatomik tekshirishlarda parenximatoz a’zolarda
kuzatiladigan o'zgarishlar donali oqsil distrofiyasiga juda ham
o'xshash bo'ladi, biroq jasad autolizida ichki a’zolaming hajmi
kattalashmaydi, o'zgarishlar esa bir-biriga o'xshash bo'ladi. Jasad
autolizi rivojlanishining muddatlari va kuchli- ligi, yuqorida
aytilganlardan tashqari, hayvonning semizligi, kasallikning turi
va, asosan, havo haroratiga ham bog'liq. Semiz , ayniqsa to'satdan
va zo'raki o'lim oqibatida o'lgan, hayvonlarda, autoliz jarayonlari
oriq hayvonlarga nisbatan, yaqqol ifodalanadi. Oshqozon shilliq
pardasi, oshqozonosti bezi, jigar, bo'yraklar va bo'yrakusti
bezlarida, yosh mollar- da esa bosh miyada ham autoliz jarayonlari
birinchi navbatda va kuchliroq namoyon bo'ladi.
Autoliz jarayonlaridan keyin, ko'pincha o'limdan so'ng 20-24
soat o'tgach, jasadning yiringli chirishi boshlanadi. Bu jarayon
hazm qilish, nafas olish va siydik-jinsiy yo'llari hamda tashqi
muhitdan ichki a’zolarga tarqaluvchi mikroblar fermentlarining
ta’siri ostida rivojlanadi. Chirish jarayonlari iliq-nam haroratda va
havo almashinuvi (aeratsiya)ning ye- tarli darajadaligida ayniqsa
tez rivojlanadi, harorat +5° dan past va 45°C dan baland haroratda
jasadning chirishi sekinla- shadi. Oriq, kamqonli va qari
hayvonlaming jasadlari semiz hayvonlarga nisbatan uzoqroq
saqlanadi. Biroq, septik kasal- liklarda jasadning chirishi ayniqsa
tez boshlanadi.
Jasadning chirishi ко‘karish, jasadning shishishi, to'qima va
a’zolaming gemoglobinli imbibitsiyasi, a’zolaming yum- shab,
strukturasining buzilishi, shuningdek o'ziga xos chirish hidining
paydo bo'lishi kabi belgilar bilan ifodalanadi.
0°C dan past haroratda jasad muzlaydi va chirish jarayonlari
to'xtab qoladi. Yorishdan oldin muzlagan jasadni xona haroratida
eritmoq zarur.
Tashqi shilliq pardalami tekshirish jarayoni ko'zlaming
ko'rigidan boshlanadi. Dastlab ko'z soqqasining holati, ko'z
qovoqlarining chekkalarida qotib qolgan oqmalaming mav-
judligi o'rganiladi, keyin esa kon’yunktivaning holati, shish-
ganligi va rangi, muguz pardada qon quyilishlar va o'zgarishlar
mavjudligi
tekshiriladi.
Ayrim
kasalliklarda
ko'zlar
kon’yunktivasi va muguz pardasidagi o'zgarishlar diagnos- tik
ahamiyatga ega. Masalan, serozyiringli kon’yunktivit va
qovoqlarning yopishishi
-
cho'chqalaming o'lat kasal- ligiga xos
belgilardir, qoramollaming xavfli kataral bezgak (isitma)
kasalligida esa muguz pardaning xiralashuvi va yaralanishi
rivojlanadi. Bundan tashqari, burun, lablar, qin va orqa chiqaruv
teshigining shilliq pardalari, tabiiy teshik- lardan chiqayotgan
oqmalaming mavjudligi va xarakteri o'rganiladi.
Teri qoplamasini tekshirishda junning tozaligi, rangi,
yarqirashi va mustahkamligi, shuningdek, parazitlar, timalish va
shilinishlar, yaralar, toshma va ekzemalaming mavjudligi
o'rganiladi.
Teriosti
kletchatkasini
tekshirishda
bo'kish
suyuqligining to'planishi, qontalash (momataloq) joylar va
gematomalar mavjudligiga e’tibor beriladi, teriosti klet-
chatkasining holati bo'yicha jasadning suvsizlanganligini aniqlash
mumkin.
Teri qoplamasining ko'rigidan so'ng teri ostida yuzaki
joylashgan limfa tugunlari (jag'osti, halqumorti, kurakol- di, chot
tugunlari) tekshiriladi. Bunda tugunlarning hajmi, zichligi, rangi,
kesilgan yuzasining namligi hamda tuzili- shi tekshiriladi. Ba’zan
limfa tugunlarida qon quyilishlari, o'choqli nekroz va ohaklanish,
shuningdek, tugunlar atro- fidagi to'qimalarda yallig'lanish
jarayonlari ham bo'lishi mumkin.
VETERINARIYA
MEDITSINASI
Х.АИВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ
АНОТОМИЯСИ
(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)
#07 (188) 2023
23
Shundan so‘ng skelet muskullarining holati ko‘riladi,
ulaming rivojlanish darajasi, zichligi, rangi va tuzilishi aniqla-
nadi, kesilgan yuzasidagi namligi hamda qon quyilishlaming
mavjudligi o‘rganiladi. Qoramollaming emfizematozli kar-
bunkul kasalligida mushaklararo biriktiruvchi to‘qimaning
ilviragansimon infiltratsiyasi, jarohatlangan mushaklaming
sargTsh va to‘q-qizil rangi, g‘ovak va sinuvchan bo‘lishi, otlaming
mioglobinuriyasida esa mushaklaming xira-kul- rang va
yarqiramaydigan tusga kirib, nekrozga uchrashi o‘zi- ga xos
belgilardir.
Urg‘ochi hayvonlarda yelinning hajmi va konsistensi- yasi,
bo‘limlami saggital kesish yordamida parenximaning holati,
sistemalarda sut bor-yo‘qligi, yalllig‘lanish jarayon- lari,
biriktiruvchi to‘qimali chandiqlar va zichlashishlar mavjudligi
aniqlanadi.
Parenximaning
zichlashuvi,
jarohatlangan
bo‘limlaming atrofiyasi, ba’zida abssesslar va boshqa o‘zga-
rishlaming mavjudligi surunkali mastitlarda kuzatiladi.
Erkak hayvonlarda dastlab tashqi jinsiy a’zolar ko‘rik- dan
o‘tkaziladi, so‘ngra moyak xaltasi kesilib ichida begona jinslar
mavjudligi o‘rganiladi. Urug‘don, uning qo‘shimcha- lari va urug‘
yoTlarining hajmi va konsistensiyasi tekshirila- di. Tashqi jinsiy
a’zolarda o'zgarishlar aniqlansa, ular siy- dik- jinsiy tizimining
boshqa a’zolari bilan birgalikda ajratib olinib, diqqat bilan
tekshiriladi.
Tashqi ko‘rik oyoqlar, bo‘g‘imlar, sinovial xaltalar va
tuyoqlami tekshirish bilan yakunlanadi. Bunda bo‘g‘imlar va
sinovial xaltalaming holati va tarkibi, ulardagi o‘zgarishlarga
e’tibor beriladi. So‘ngra tuyoqlar, tuyoqoraligT terisi va tu- yoq
kosachalari ko‘rikdan o'tkaziladi.
Ichki ko‘rik
Erkak hayvonlarda dastlab preputsiy va jinsiy a’zo ildizi
bilan, urg’ochi hayvonlarda esa yelin ajratib olinadi. So‘ngra, juda
ehtiyotkorlik bilan, ko‘krak suyagining chegarasidan boshlab oq
chiziqning yoni bilan bitta uzun va ikkita ko‘ndalang kesimlar
yordamida qorin pardasi kesiladi. Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolaming
yaxshi ko‘rinishi uchun qorin par- dasining ortiqcha qismlarini,
shuningdek oshqozon va ichak- larga birikib turgan qorinyog‘ni
kesib tashlash mumkin.
Shundan so‘ng, qorin bo‘shlig‘ida yot jinslaming mav-
judligi, miqdori va tarkibi (transsudat, ekssudat, qon, ozuqa yoki
axlat massalari) aniqlanadi. Qorin bo‘shlig‘ida juda oz miqdorda
(20-30 ml atrofida) sarg‘ish tusli tiniq suyuqlik boTishi tabiiy
ekanligini bunda unutmaslik zarur. Keyinroq qorin bo‘shlig‘ida
o‘limdan keyingi transsudat to‘planadi va uning miqdori yirik
hayvonlarda ayrim paytlarda bir litrgacha boTishi mumkin. Uning
rangi, tomirlardagi gemoglobin dif- fuziyasining borishiga qarab,
pushti rangdan to‘q-qizilgacha o‘zgaradi. Kasalliklarda pay do
boTadigan suyuqlik va ekssu- datlardan farqli o‘laroq, oTimdan
keyingi transsudat tarkibi- da fibrin laxtalari va eritrotsitlar
boTmaydi.
Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolamingko'rigida qorin devorla-
rining holati, tomirlarining toTaqonligi, qon quyilishlari, fibrin
to‘plamlari, biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi, gel- mintozli
jarohatlar va boshqa o‘zgarishlaming mavjudligiga e’tibor
qaratiladi. Qorin devorlarining seroz qatlami normal holda silliq,
yarqiroq va rangsizdir.
Qoramollarda ko‘krak qafasini ochishdan oldin, qorin
bo‘shlig‘idagi a’zolami ajratib olish maqsadga muvofiqdir.
Dastlab o‘n ikki barmoq ichakning shirdondan chiqish jo- yiga
ikkita ligatura qo‘yiladi va ulaming orasidan ichak kesib olinadi.
So‘ngra jasad o‘ng tomonga yotqizilayotganda oshqozon taloq
bilan birga (qizilo‘ngach va biriktiruvchi to‘qimali kletchatkalar
kesilib) ajratib olinadi.
Ingichka va yo‘g‘on ichaklar bitta tizim qilib ajratiladi.
Bunda dastlab oshqozonosti bezi chambar ichaklardan ajratiladi,
to‘g‘ri ichak esa tos bo‘shlig‘ida kesib olinadi.
So’ngra jigar oshqozonosti bezi bilan birgalikda, uni
diafragma va o‘ng bo‘yrak bilan ushlab turgan bogTamlar- ni
kesib, ajratib olinadi. Buyraklar yog‘ to‘qimasi ichidagi
buyrakusti bezlari bilan birgalikda ajratiladi.
Sigirlarda siydik pufagi bachadon va tuxumdonlar bilan birga
olinadi. Dastlab tuxumdonlar tuxum yoTlari bilan birga ajratiladi,
keyin bachadon va siydik pufagini tortib turib tos bo‘shlig‘idan
kesib olinadi. Buqalarda siydik pufagi atrofi- dagi to‘qimali
bog‘lamlardan ozod etilgach, bo‘yinchasidan kesib olinadi.
Siydik-jinsiy a’zolaming chuqurroq tekshirish zarurati tug‘ilganda
ular, to‘g‘ri ichak bilan birgalikda, quy- mich va qov suyaklarini
ikki tomonlama arralash yo‘li bilan ajratib olinadi.
Bo‘yin va ko‘krak qafasi a’zolarini ajratish
O‘ng tomonida yotgan jasaddan ko‘krak qafasidagi a’zolami
chiqarib olishni yengillashtirish uchun ko‘krak devorining chap
tomonini qisman kesib tashlash mumkin. Buning uchun oldingi
chap oyoq oldinga tortilib, kurak va ko‘krak devori orasidagi
mushaklar qatlami chuqur kesiladi, umurtqa pog‘onasida
qovurg‘alaming chorak qismi qoldirilib, qovurg‘alar arralanadi
yoki chopiladi va ko‘krak devorining kesilgan qismi olib
tashlanadi.
Dastlab, ko‘krak bo‘shlig‘ida yot jinslaming (transsudat,
ekssudat, qon va boshq.) mavjudligi, miqdori va tarkibi,
a’zolaming joylashuvi, o‘pka oraligT va plevrasining holati
hamda qovurg‘alaming ko‘rinishi o‘rganiladi. Osteodistrofi- yada
qovurg‘alarda sinish va qadoqlanishlar, raxitda esa qo- vurg‘a
uchlarining yo‘g‘onlashuvi kuzatiladi. Plevrada qon quyilishlari,
fibrin to‘plamlari yoki boshqa o‘zgarishlar boTishi mumkin.
Yurak ko‘ylakchasini (perikardni) tekshirishda seroz pardasining
holati va ichida mavjud suyuqlikning tarkibi o‘rganiladi.
Qoramollaming travmatik perikarditida yurak ko'ylakchasida 10-
30 ml gacha yiringli-fibrinii ekssudat to‘planishi va perikardning
qalinlashuvi kuzatiladi. Shundan so‘ng yurakning shakli, holati va
oTchamlari aniqlanadi.
Ko'krak qafasi a’zolari odatda bo‘yinda joylashgan a’zolar
bilan birga ajratib olinadi. Dastlab til atrofidagi barcha yumshoq
to'qimalar pastki jag‘ning ichki burchak- larigacha kesiladi. Til
panjalar bilan tortilib, qattiq va yumshoq tanglaylar orasida
aylanasimon tarzda kesiladi. Tilosti suyagini ushlab turgan pay va
bogTamlar kesilib, halqum, hiqildoq, traxeya va qizilo'ngach
ko’krak bo‘shlig‘iga kir- adigan joygacha ajratiladi. Bu jarayonlar
davomida bo‘yin- turuq venalari, soTak va qalqonsimon
bezlaming holati ham o'rganiladi. So'ngra kb‘krak qafasiga kirish
joyidagi qon tomirlari va yumshoq to‘qimalar aylanasimon tarzda
kesilib, bo‘yin va ko‘krak bo‘shlig‘idagi organlar tizimi bir butun-
ligicha ajratib olinadi.
Ko‘krak bo‘shlig‘idagi a’zolami ko‘krak devorining
butunligini buzmay diafragma orqali ham ajratish mumkin.
Buning uchun diafragma qovurg‘alarga birikkan joyidan kesilib,
o‘pka va perikard ulami ushlab turgan bogTam- lardan ajratiladi.
Atrofidagi yumshoq to‘qimalardan ozod etilib, qizilo‘ngach va
traxeya ko‘krak qafasiga tortib olinadi va ulami ushlagan holatda
organlar tizimi yaxlit ajratib olinadi.
VETERINARIYA
MEDITSINASI
Х.АЙВОНЛАР BA ПАРРАНДАЛАРНИНГ АНОТОМИЯСИ
(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)
24
#07 (188) 2023
Ensa suyagi va atlantning orasidan kesilib, bosh ajrati- ladi
va ustidagi yumshoq to‘qimalami tozalab, bosh kosasi ochiladi.
Buning uchun ko‘zlaming yuqori chegarasidan bitta to‘g‘ri
chiziqda va katta ensa tirqishigacha ikkita bo‘ylama yon chiziqda
arralanadi. Suyaklaming kesilmay qolgan qism- lari iskana
yordamida chopiladi va bosh kosasining qopqog‘i ochiladi.
A’zolarni tekshirish usullari
Ixcham a’zolarni tekshirishda awal ulaming shakli, kat- ta-
kichikligi (hajmi), vazni, konsistensiyasi va rangi, so‘ngra ichki
a’zo kesilgan yuzasining namlik darajasi, relefi, rangi va tuzilishi
aniqlanadi. Ichki a’zoning kapsulasi ostida yoki kesilgan yuzasida
qon quyilishlari, o’choqli nekrozlar, ohak- lanishlar, yiringli
yaralar va granulyomalar mavjud bo‘lsa, ular a’zoning umumiy
holatini ta’riflashdan keyin yoziladi.
Sirrozlar, o'sma va shishlar hamda gelmintoz kasalliklar- da
a’zolaming shakli o’zgarishi murnkin, masalan, sirrozda jigaming
yuzasi g‘adir-budur bo‘lib, noto‘g‘ri shaklga kiradi.
Ixcham a’zolaming hajmi kapsulaning tarangligi, qir-
ralarining o‘tmaslashganligi, kesilgan yuzasida parenximan- ing
bo‘rtib turishi bilan, zarur paytlarda esa - uzunligi, eni va
qalinligini o‘lchov lentasi yoki lineyka yordamida o’lchash orqali
aniqlanadi. Bunda a’zo, masalan o‘pka va yurak, do- imiy aniq bir
hajmga ega bo‘lmasa, uning kengayishi va qis- qarilishi yoki
siqilishi o‘rganiladi.
A’zoning konsistensiyasi qattiq, zich, tarang, yumshoq,
xamirsimon yoki bo‘sh bo‘lishi murnkin va bu holatlar qo‘lda
ushlab aniqlanadi. Bundan tashqari, uning yirtilishi, uzilishi,
parchalanishi yoki uvadalanishiga ham diqqat qaratish zarur.
A’zolar va to‘qimalaming rangidagi o’zgarishlar odatda
tomirlaming qon bilan to‘lish darajasi, distrofik jarayonlar,
patologik pigmentlaming to’planishi yoki tabiiy pigmentlar- ning
parchalanishiga (masalan, senkerli nekrozda mioglobin- ning
parchalanishiga) bog‘liqdir. A’zoning rangini aniqlashda avval
yuzasi va kesimidagi asosiy
-
ustunlik qiluvchi rang, keyin esa
qo‘shimcha, notekis, mozaikasimon yoki marmar- simon tuslar
bayon qilinadi.
A’zo tuzilishining o’zgarishi, to’liq o‘chib ketishi yoki,
aksincha, yaqqol namoyon (masalan, jigaming interstitsial
yallig’lanishida kuzatiladigan) bo’lishi murnkin.
Bo’shlig’i mavjud a’zolarni (oshqozon va ichaklar, siy- dik
pufagi va boshq.) tekshirish cho‘zilgan-qisqarganligi va
to‘laligidan boshlanib, seroz qoplamining holati o‘rganiladi.
Keyin esa ichak qaychisi yordamida devori kesiladi va ichi- dagi
massaning miqdori hamda tarkibi aniqlanadi, shilliq qatlamining
holati, kataral yoki fibrinli to’plamlar va qon quyilishlarining
mavjudligi aniqlanadi. So‘ngra devorlaming qalinligi, shilliqosti
kletchatkasi va mushak qatlamlaming holati o‘rganiladi.
Alohida a’zolarni tekshirish davomida regionar limfa tu-
gunlari ham biryo‘la tekshiriladi. Bunda tugunlardagi o’zga-
rishlar tegishli a’zolardagi patologik jarayonlaming, ayniqsa
yuqumli kasalliklarda, rivojlanish darajasini ifoda etadi va katta
diagnostik ahamiyatga egadir.
Yuqorida keltirilgan ichki a’zolarni alohida-alohida tek-
shirish tartibi (sxemasi), jasadning anatomofiziologik xususi-
yatlari hamda patologik jarayon-ning rivojlanishini'inobatga olib,
o'zgartirilishi, kengaytirilishi va to’ldirilishi, albatta, murnkin.
Quyida a’zolarni tekshirishdagi ba’zi bir texnik xu- susiyatlami
keltirib o’tamiz. Qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni tekshirish yuqumli
kasalliklarda indikator vazifasini bajaruv- chi taloqdan
boshlanadi. Tashqi ko‘rikdan keyin, taloq bir tomonidan qirrasi
bo‘ylab
kesiladi va uning konsistensiyasi, kesilgan yuzasining
relefi,
qirmaning miqdori, follikulalar- ning tuzilishi
aniqlanadi.
Taloq hajmining kattalashuvi septik yuqumli
kasalliklar,
piroplazmidozlar va leykozlarga gumon qilinishiga asos
bo‘lishi
mumkinligini unutmaslik zarur.
Jigaming
tashqi ko'rigida
undagi o‘t yo‘llariga diqqat
qaratiladi,
chunki fassiolyoz
va dikrotseliozda ular juda qa-
linlashib,
sarg’ishoq tusdagi
yo‘llarday bo‘rtib turadi, invazi- ya
juda
kuchli rivojlanganda
esa jigar biliar sirrozga uchray- di.
Parenximaning
tuzilishi
va holatini tekshirish uchun jigaming
barcha boTaklari
bo‘ylab chuqur ko’ndalang kesim qilinadi,
zarurat tug’ilganda
esa boTaklami yana qo’shimcha kesib ko‘rish
murnkin.
Bunda tomirlaming to’laqonligi, kesilgan
yuzaning
rangi va
tuzilishi o‘rganiladi. O‘t yo’llari- ning
o’tkazuvchanligini
aniqlash uchun, dastlab o‘n ikki bar- moq ichakning
bir qismini
yorib qo’yib, o‘t pufagi yengilgina bosib
ko‘riladi. O’t pufagi
qaychi bilan kesilib, undagi o‘t suyuqligining
miqdori,
quyuqligi
va rangi, parazitlar (fassio- la va
dikrotseliyalar), oqsil
laxtalari va
toshlaming mavjudligi hamda
shilliq pardasining
holati
tekshiriladi.
Kavsh
qaytaruvchi
hayvonlaming ko‘p kamerali oshqo-
zonini
tekshirishni
yengillashtirish uchun dastlab qatqorin va
shirdon,
to’rqorin va
kattaqorin hamda shirdon va kattaqorin
orasidagi
biriktiruvchi
to‘qimali bog‘lamlar kesiladi. Avval
shirdon
kichik egrilik
bo‘ylab, keyin qatqorin, to‘rqorin va
kattaqorinlar
yorib
ko’riladi. Qatqorin qatlamlaming yo’li bo’ylab
kesiladi va kerib
ochiladi. Qoramollarda ko‘pincha
oshqozonoldi
bo'limlari
va shirdonda rivojlanadigan kasal- liklarga
qiyin hazm
bo’ladigan, tez bijg‘iydigan yoki sifat- siz
ozuqalar sabab boTadi.
Shuning uchun oshqozonoldi boTimlaridagi
mavjud
ozuqa
massalarining miqdori, sifati va
fizikaviy xususiyatlarini
atroflicha aniqlash muhim diagnostik
ahamiyatga ega.
Masalan,
kattaqorinda atalasimon ko‘pikli
massaning
mavjudligi -
timpaniyaga xos bo‘lsa, kat- taqorinning
quruq ozuqa
bilan to’lishi
va qatqorindagi ozu- qaning
tig’izligi va
zichlashuvi esa -
oshqozonoldi bo’lim- larining
atoniyasidan
darak beradi.
To‘rqorinda yot jismlar va
travmatik jarohatlaming
mavjudligiga
ham e’tibor berish lozim.
Sigirlarga yuvilmagan
kartoshka va
lavlagi berilganda to‘rqorinda
qum-tuproq
to‘planishi ro‘y beradi,
shirdon va ichaklarda
esa o’tkir
kataral-gemorragik yallig‘lanish
rivoj- lanadi.
Shuningdek, shirdon
devorining, ayniqsa burmalari-
ning,
kuchli qalinlashuvi
hamda ulaming yaralanishi leykoz- ga
xosligini
ham unutmaslik
kerak.
Xo‘jalik
sharoitlarida
odatda o’nikkibarmoq ichak, och va
yonbosh
ichaklaming bir
qismini tekshirish bilan chegaralanish
murnkin.
Ingichka
ichaklami tekshirishda ichidagi mavjud
massaning
tavsifidan
tashqari, shilliq qavatlaming, limfofolli-
kulalar
va peyer
to’g’alarining holatini batafsil yoritish muhim
ahamiyatga ega. Masalan, yonbosh ichak shilliq pardalarining
bo’yiga va ko‘ndalangiga burmalanishi hamda kuchli qalinlashuvi
paratuberkulyozga xos boTsa, tuberkulyoz kasalligidja shilliq
qatlamning qalinlashuvi, ayniqsa, peyer to’g’alari mavjud
joylarda,
bo’shashib
yaralanishi, kazeozli nekroz va bo’rt-
malaming
ohaklanishi
kuzatiladi. Ichaklarda tuberkulyozga
gumon tug‘diruvchi o’zgarishlar namoyon boTganda tegishli
tutqich limfa tugunlarini tekshirish shart. So’ngra ko‘r ichak,
chambar ichakning boshlang’ich qismi, spiralsimon labirint- ning
bir qismi va oxirgi qismi kesilib, mavjud massaning tarkibi va
shilliq qatlamlaming holati tekshiriladi.
VETERINARIYA
MEDITSINASI
Х.АИВОНЛАР ВА ПАРРАНДАЛАРНИНГ
АНОТОМИЯСИ
(ПАТФИЗИОЛОГИЯСИ)
#07 (188) 2023
25
Yog
1
kletchatkasidan ajratilgandan so‘ng buyraklarda- gi
fibroz kapsula kesiladi. Bo‘yraklar hajmi kattalashganda .kapsula
taranglashadi va oson ko‘chadi, surunkali nefritlarda esa
parenximadan juda qiyin ajraladi. Tashqi ko‘rikdan keyin barcha
bo‘limlar bo‘yicha chuqur kesiladi hamda qobiq va miya qismlari
orasidagi chegaraning ko‘rinishi, qismlaming qalinligi va rangi,
jomaming shilliq pardalari o‘rganiladi.
Siydik pufagi siydik chiqarish kanalidan boshlab tubiga- cha
kesiladi va bunda siydikning miqdori, rangi va tiniqligi, qum-
tuproq zarrachalari yoki toshlar mavjudligi hamda shilliq
pardadagi o‘zgarishlar o‘rganiladi.
Bachadonning bo‘yi va eni o‘lchangandan keyin uning
tashqi seroz qoplami, bachadonning keng bog‘lamlari, qon
tomirlari va atrofidagi kletchatka diqqat bilan tekshiriladi. Tashqi
ko‘rikni tugatib, qaychi bilan qin, bachadon tana- si va shoxlari
kesiladi, ichida mavjud massaning miqdori, quyuqligi, rangi, hidi,
o‘lik to‘qima parchalari va gazli pu- fakchalavming mavjudligi
o‘rganiladi. Bachadon shilliq qa- vatini tekshirishda uning
butunligi, karunkulalaming holati, yallig‘lanish jarayonlari va
muskul to‘qimasining holatiga diqqat qaratiladi. Abortdan keyingi
asoratlar va tug‘ishdan keyingi kasalliklarda, ayniqsa, bachadon
atroflicha tekshiri- lishi zarur.
Bo‘g‘oz sigirlarda bo‘g‘ozlik muddati aniqlanadi, homi-
laning rivojlanishi va uning pardalarida begona o‘zgarishlar
(homilaoldi s uyuqligi miqdorining ko‘payishi, homila parda-
larining shishishi, plasenta o‘zgarishlar) tekshiriladi.
Tuxumdonlaming hajmi, shakli va konsistensiyasi tek-
shirilgach, bo‘rtiq yuzasi bo‘yicha kesilib, sariq tanalar, kis- talar
va boshqa o‘zgarishlaming mavjudligi aniqlanadi.
Bo'yin va ko'krak qafasidagi a’zolami tekshirish til va
bodomsimon bezlardan boshlanadi. Til bo'yiga kesilib, mushak
to‘qimasining holati o‘rganiladi, bodomsimon bezlarda esa
kriptalaming xolati va follikulalaming giper- plaziyasiga e’tibor
beriladi. Halqum va qizilo‘ngach shilliq pardalari tekshirilgach,
hiqildoq, traxeya va yirik bronxlar bo‘ylama kesib ko‘riladi.
Bunda yot jinslaming mavjudligi va xarakteri, shilliq qoplamlar va
shilliqosti
biriktiruvchi
to‘qimali
kletchatkaning
holati
o‘rganiladi.
Tekshirishni yengillashtirish maqsadida o‘pkani yurak- dan
ajratib, uning kengayish yoki siqilish darajasiga diqqat qaratiladi.
O‘pka konsistensiyasi mayin, xamirsimon (bo'kish- larda), zich
(fibrinoz pnevmoniyada) yoki turli joyida turlicha (kataral
bronxopnevmoniyada) bo‘lishi mumkin. Tug‘ma atelektaz,
fibrinoz yoki kataral pnevmoniya mavjud qismlari suvda cho'kadi.
O‘tkir alveolyar emfizemada o‘pkaning elastikligi saqlanib qoladi
va qoT bilan silaganda cho’kadi, surunkali emfizemada esa kuchli
kengaygan alveolalar va ho- sil boTgan havo pufaklari palpatsiya
paytida yorilib qoladi. Tashqi ko‘rikni tugatib, o‘pka parenximasi
bo'yiga va eniga chuqur kesladi, qoT bilan siqish orqali alveolalar
va bronxlar- da mavjud jinslar va ulaming tarkibi aniqlanadi.
Yurakning shakli va o‘lchamlari (bo‘y va en diametr- lari),
epikard va yog
1
to‘qimasining xolati aniqlanadi. Yurakning o‘ng
tomoni bo‘yiga qarab kesiladi va o‘ng boTmacha o‘rganiladi, o‘ng
qorinchasini tekshirish uchun kesimning eni bo‘ylab (“T” harfi
shaklida) yana bir chiziq kesiladi. Xuddi shu tarzda chap tomoni
ham kesiladi. Bunda kesimlami qila borgan sari yurak
bo‘shliqlarining qon bilan toTishganligi, klapanlar va
endokardning holati, qorinchalar mushak devor- larining qalinligi
va konsistensiyasi o‘rganiladi.
So‘ngra papillyar mushaklar ko‘ndalang kesilib, mio-
kardning rangi aniqlanadi, yakunida o‘pka arteriyasi va aorta kesib
ko‘riladi.
Tekshiriladigan ma’lum bir holat (kasallik) bo‘yicha zarurat
tug‘ilganda, yuqorida keltirilgan tekshirish tartibi o‘zgartirilishi
mumkin. Masa lan, qon tizimi kasalliklarida suyak iligini
tekshirish zarur, moddalar almashinuvi kasalliklarida esa - ichki
sekresiya bezlarini tekshirish muhim di- agnostik ahamiyatga ega
va h.k.
Qo‘y va echkilar jasadini yorib ko‘rish hamda ichki
a’zolarini tekshirish yuqorida keltirilgan tartibda bajariladi.
Yangi tug‘ilgan buzoqlar jasadini yorib tekshirishning
ayrim xususiyatlari
Yangi tug‘ilgan buzoqlar jasadini tashqi ko‘rikdan o‘tka-
zishda ulaming rivojlanish darajasi, ko‘zlaming chanog‘iga tushib
ketishi (eksikoz belgisi), kindik va oyoqlar bo‘g‘imla- rining
holatiga diqqat qaratish zarur. Oyoqlar bo‘g‘imlarining
qalinlashuvi _va ularda seroz-fibrinli ekssudat mavjudligi ko-
liseptitsemiyaga xos o‘zgarishlardir.
Jasad orqasi bilan chalqancha yotqizilib yoriladi, qorin
bo‘shlig‘ini ochayotganda kindikning yonidan kesiladi. Qorin
bo‘shlig‘idagi a’zolami ajra tib olishdan oldin kindik arteriyasi va
venasi qaychi bilan bor bo‘yicha yorib ko'riladi. Normal holatda
tomirlarda ivib qolgan to‘q qizil rangli qon bo‘ladi, kindik
sepsisida esa shishish, flegmonoz yalligTa- nish, kindik venasida
kulrang-sarg'ish yoki ko’kimtir tusdagi parchalanayotgan
tromblar hosil bo‘lishi va mahalliy peri- tonit kuzatiladi.
Yangi tug'ilgan buzoqlarda suyaklaming yumshoqligi tufayl
i tos bo‘shlig‘ini tos suyaklarining birikkan joyidan, ko‘krak
qafasini esa to‘sh suyagi va qovurg‘alaming tog‘ay qismi bilan
birikkan joyidan pichoq yordamida kesish orqali ochish mumkin.
Yangi tug‘ilgan buzoqlaming ichki a’zolarini tekshirishda
yurak boTmachalaridagi ovalsimon tirqish tug‘ilgandan keyin 15-
20 kunlarda bitishini, o‘pkada tug‘ma atelektazlar mavjudligini,
oshqozonoldi
boTimlarining
kuchsiz
rivojlan-
ganligini,
kattaqorinning shirdondan kichikligini, taloqda follikulalaming
kichkinaligi va deyarli sezilmasligini, naysi- mon suyaklar ichida
qizil ilik mavjudligini unutmaslik zarur. Yangi tug‘ilgan buzoqlar
jasadini yorib ko‘rishda nafas olish va hazm qilish a’zolarining
holati juda sinchkovlik bilan tekshiriladi, chunki ularda
rivojlangan o‘zgarishlar yosh mollar kasalliklari diagnostikasida
muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Акулов А.В. и соавт. “Патологоанатомическая диагностика
болезней крупного рогатого скота”. М., “Агро- промиздат”, 1987, 399
с.
2.
Alimov В.A., Egamberdiyeva Z.Z. “Patologik anatomiyadan
qo'llanma”. T. “Ibn Sino”, 1993, 168 s.
3.
Ibodullaev F. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining patologik
anatomiyasi”. T., “0‘zbekiston”, 2000, 420 s.
4.
“Лабораторные исследования в ветеринарии”. Под ред.
Б.И.Антонова. М., “Агропромиздат”, 1986, 352 с.
5.
Меркулов Г. А. “Курс патологогистологической техники”.
М.”Медгиз”, 1976, 340 с.
6.
“Патологическая анатомия сельскохозяйственных живот-
ных”. Под ред. В.П.Шишкова и Н.А.Налетова. М.,’’Колос”, 1980, 440
с.