Определение основных направлений привлечения детей и подростков в спортивные группы

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
4
1
Поделиться
Болтаев, З. (2024). Определение основных направлений привлечения детей и подростков в спортивные группы. in Library, 1(2). извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/30651
Зайниддин Болтаев, Узбекско-Финляндский педагогический институт
Заведующий учебно-методическим отделом Узбекско-Финляндского педагогического института, кандидат педагогических наук, профессор
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье детей и подростков направляют в спортивные секции, ищут причины преждевременного прекращения тренировок и устраняют их.

Похожие статьи


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Pedagogika

2023-YIL, 6-SON 2-SERIYA

72

UDK 37:796

DOI:

https://doi.org/10.59251/2181-1296.2023.v6.142.2.6245

BOLALAR VA O‘SMIRLARNI SPORT TO‘GARAKLARIGA JALB ETISHNING ASOSIY

YO‘NALISHLARINI ANIQLASH

Z.B.Boltayev

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlar yoshlarni sport to‘garaklariga yo‘naltirish

bilan mashg‘ulotlarni vaqtidan ilgari to‘xtatib qo‘yish sabablarini izlab, ularni bartaraf etishdan iborat.

Kalit so‘zlar:

Bolalar va o‘smirlar, sport to‘garaklari, sport kurashi, samaradorlik, o‘quv-

mashg‘ulot, murabbiy-o‘qituvchilar yo‘nalishi.

Основные направления ориентации молодежи и подростков к занятиям в спортивных

кружках

Аннотация.

Данная статья посвящена направлениям ориентации молодежи и

подростков на спорт, причинам прекращения занятий и путям решения.

Ключевые слова:

юноши и подростки, спортивные кружки, спортивная борьба,

эффективность, занятие, направления педагога-тренера.

Main directions of orientation youngsters and teenagers to the process of sport circles

Abstract.

This article is devoted to the directions of orientation youngsters and teenagers to

the sport, the reasons of quitting the lessons and the ways of solutions

Keywords:

youngsters and teenagers, sport circles, sport wrestling, effectiveness, lesson,

teacher-trainers directions.

Zamonaviy tayyorgarlik tizimini optimallashtirish va tayyorgarlik vaqtidagi innovasion

jarayonlar strategiyasi bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi terma jamoalari a’zolari bo‘lgan va
yaqin zahiradagi sportchilarni tayyorlashning muhim vazifalaridan biri bo‘lib turibdi [1,2,].

BO’SM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sport maktablari haqidagi me’yoriy-huquqiy asoslar

va Nizomda belgilangan [3,4,]. Qo‘shimcha ta’lim beruvchi muassasa sifatida sport maktabi
«qobiliyatlarga muvofiq ravishda o‘z-o‘zini takomillashtirish, bilim olish va ijod, sog‘lom turmush
tarzini shakllantirish, kasbiy nuqtai nazardan o‘z o‘rnini topish, jismoniy, aqliy va ma’naviy
qobiliyatlarni rivojlantirishga, qobiliyatlarga mos sport muvaffaqiyati darajasiga erishish uchun
yo‘naltirilgan» BO’SM faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri yosh sportchilar bilan
mashg‘ulotlarni vaqtidan ilgari to‘xtatib qo‘yish sabablarini izlab, ularni bartaraf etishdan iborat.[4]
Sport maktabi kontingentining sportni tashlab ketishi sabablarini turli vaqtlarda o‘rganish orqali
quyidagi qarorga keldik: yosh sportchilarning maktabdan bunday ketishi manbalarini, eng avvalo
o‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda o‘quv- mashg‘ulot ishlarining sifatsiz tashkil etilishi sohasidan
izlash kerak. Demak, o‘quvchilarning BO’SMdan ta’limni yakuniga yetkazmay ketib qolishlarini
murabbiy-o‘qituvchilar tarkibi faoliyatidagi kamchiliklar sirasiga kiritish mumkin. Bu holatda ketish
butun BO’SM faoliyati sifatining mezoni bo‘lib maydonga chiqadi, sportni tashlab ketish dinamikasi
esa ko‘p yillik tayyorgarlikni tashkil etishdagi eng zaif nuqtalarni ko‘rsatadi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, murabbiylarning yosh sportchilar bilan ish olib

borishdagi eng tor, bo‘sh joylarini aniqlab olish juda muhim edi. Maktabni tark etish eng ko‘p
kuzatiladigan yosh chegaralarini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi, lekin o‘quvchilarning ikki xil
toifasi sport maktabida mustaqil o‘rnashgan hamda sportni tashlab ketadiganlar (o‘z xohishi bilan)
kontingentining boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichiga xos xususiyatlardan kelib chiqib o‘zaro
aloqadorligini tekshirishga diqqat qilindi.

BO’SM o‘quv-mashg‘ulot guruhlari o‘quvchilarining qadriyatlarga munosabatini

shakllantirishga ko‘mak beruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari pedagogik kuzatuvlar obyekti
qilib olindi. O‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq 1-jadvalda sport maktabining pedagogik jamoasi
faoliyatidagi salbiy jihatlar ko‘rsatildi.

Bolalarning sport bilan uzoq muddat shug‘ullanishlariga zamin yaratish uchun ota-onalarda

qadriyatlarga ijobiy munosabatning yaqqol ko‘zga tashlanmasligi tufayli bolalarda sport motivlari


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Pedagogika

2023-YIL, 6-SON 2-SERIYA

73

zaruriy darajada emas ekan, bu holat o‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishidagi maxsus vositalarning yo‘qligi
hamda bolalarning ehtiyojlarini mashg‘ulotlarning ijobiy-hissiy iqlimida ro‘yobga chiqarish mumkin
emasligi tufayli yana ham chuqurlashib boradi.

1-jadval

Erkin kurash bo‘yicha BO‘SM murabbiylari faoliyatida ijobiy va salbiy j ihatlarning

mavjudligi

Murabiyning

ishi

yo‘nalishlari

Qayd etilgan nuqsonlar

Ijobiy jihatlar

1. Guruhni shakllantirish 1.1. Bir guruh bolalari yoshi

orasidagi jiddiy tafovutlar (3-3,5
yoshgacha)
1.2. Bolalar orasida maqsadli
saralashning

(tanlovning)

yo‘qligi

1.1.

Jismoniy

rivojlani-shi

ko‘rsatkichlari eng yaxshi va
muayyan

tana

tizimiga

ega

bo‘lgan bolalarni qabul vaqtida
ustun qo‘yish.
1.2.

Guruh

o‘quvchilari

miqdorining

talab

etila-digan

standartga mosligi.
1.3. Alohida cheklovlar va tibbiy-
shifokorlik qarshi ko‘rsatmalari
bo‘lmagan bolalar xohishiga ko‘ra
qabul qilinadi.

2. O’quv-mashg‘ulot jara-
yonining xususiyati.

2.1.Mag‘ulotlarda hissiy fonning
o‘ta pastligi.
2.2. UJTni faqat badan qizdirish
uchun kiritish.
2.3. Mashqlar hajmini BO’SM
dasturi tavsiyalariga

nisbatan

25% ga oshirish.
2.4.Bola

shaxsini

tarbiyalash

bo‘yicha nazariy mashqlar va
yo‘naltirilgan ishning yo‘qligi

2.1. Bolalarning o‘z-murabbiyi va
jamoadagi do‘stlikka qiziqi-shi.
2.2.

Kurashning

texnik

harakatlarini o‘rganish ustida
ko‘proq ishlash.
2.3.Tezlik-kuch ko‘rsat- kichlarini
rivojlantirishga intilish.
2.4. Bolalarda chidamlilik sifati va
umumiy

ish

qobiliyatini

rivojlantirishga intilish.
2.5.

Bolaning

alohida

xususiyatlari

va

jismoniy

imkoniyatlaridan

kelib

chiqib

yuklamani

tabaqalashtirib

berishga intilish.

3.

O’quvchilar

bilan

o‘quv-mashg‘ulot ishla-
rini tashkil qilish.

3.1.Ijtimoiy jihatdan ahamiyatli
sifatlar va sportchiga xos fe’l-
atvor xususiyatlarini tarbiyalash
bo‘yicha murabbiyning aniq va
yo‘naltirilgan

faoliyatining

yo‘qligi.
3.2.O’quvchilar

motivlash

sohasini shakllantirishning o‘ta
muhimligini tushunmaslik.
3.3. Bolalar bilan psixologik-
pedagogik ishlarni olib borish
ko‘nikmalari va amaliyotning
yo‘qligi

3.1. Bolalarni kurash zalida o‘zini
tutish talab va me’yorlari bilan
tanishtirish.
3.2. Kurash zalida bola-larning
o‘zini tutishi hamda ularning
kurash

usullarini

qo‘llashda

xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi
ustidan

doimiy

nazorat

olib

borish.
3.3. Kurash zali, dush-xonalar va
yechinish xonasidagi sanitariya va
gigiyena

qoidalari

bilan

tanishtirish.
3.4. Yosh sportchida to‘g‘ri kun
tartibi va dam olish tartibini
shakllantirirish
3.5. Shamollash kasalliklarining
oldini olishga o‘rgatish.

Bolalarning nisbatan qisqa dastlabki tayyorgarlik bosqichidan keyin (odatda, ko‘pi bilan bir yil)

darhol bir me’yordagi zerikarli mashg‘ulot topshiriqlariga kirishishga majbur bo‘lishi, buning ustiga


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Pedagogika

2023-YIL, 6-SON 2-SERIYA

74

shunday mashg‘ulotlarning haftasiga ko‘pincha 5-6 kundan o‘tkazilishi fakti ularning psixikasi
tabiatiga nihoyatda jiddiy zidlik mavjudligidan dalolat beradi. Murabbiyning tarbiya sohasidagi
yo‘naltirilgan va tizimli faoliyati bo‘lmas ekan, asab tizimi xususiyatlari bilan belgilanadigan tez
paydo bo‘lib, yo‘qoladigan qiziqishlarning beqarorligi sport motivlarining shakllanishiga xalal beradi.
Sport kurashi vakillariga xos bo‘lgan asab tizimining yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchanligi belgilariga
ega bolalarning saralanishdan so‘ng chiqib ketishi yuqorida aytilgan fikrlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tasdiqlaydi.

Ishda belgilangan tadqiqot ma’lumotlari boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari o‘quvchilari

kontingentini mustahkamlash strategiyasi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rsatish imkonini berdi:

1) ta’lim-tarbiya xususiyatiga ega bo‘lgan vositalarga katta o‘rin bergan holda o‘quv-

mashg‘ulot yo‘nalishi vazifasini ustuvor etib belgilash birinchi yarim yillik mashg‘ulotlari umumiy
vaqtining kamida 30-40% qismi;

2) jismoniy sifatlar va harakat qobiliyatlarini tarbiyalash vosita va usullarini tanlashda

mashg‘ulotlarni tashkil etishning faol shakllariga ustunlik berish (o‘yinlar, estafetalar, bellashuv
elementiga ega bo‘lgan, jumladan, jamoaviy mashqlar);

3) o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va shaxsiy-psixologik tavsifnomalaridagi o‘ziga xos

xususiyatlarni hisobga olgan holda muntazam o‘tkazib turiladigan testlash hamda shifokor ko‘rigi
ma’lumotlari asosida topshiriqlarga qat’iy tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;

4) ota-onalar va bolalar bilan olib boriladigan ma’rifiy-targ‘ibot ishlarida muntazam chiniqish

hamda salomatlikni mustahkamlashga, shuningdek, oila tomonidan bolaning kun tartibi, dam olish
tartibiga rioya qilishini nazarat ostida tutish zaruratiga kuchliroq urg‘u berish;

5) ota-onalar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish yo‘li bilan ularni turli tashkiliy

tadbirlarda ishtirok etish hamda maktab jamoasi bilan hamkorlik qilishga faol jalb etish.

2-jadvalda ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish mufassalroq, mashg‘ulotlarda qo‘llanadigan tashkiliy

vosita va shakllarga muvofiq ravishda ko‘rib chiqilgan.

2-jadval

Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha

murabbiyning o‘quv-mashg‘ulot ishlarini tashkil etishning mazmuni va shakllari

Ishning

yo‘nalishi

va

bo‘limlari

Shakli

Mazmuni, muntazamligi

1.

Psixologik-pedagogik

ta’sir:
1.1.

Bola

shaxsini

tarbiyalash.
1.2. Bolalarda sportchiga
xos

fe’l-atvor

xususiyatlarini
shakllantirish.
1.3. Jamoada o‘zini tutish
va

ma’naviy-etik

qarashlarni shakllantirish.

1. Suhbat;
2. Gapirib berish, ko‘rsatish;
3. Mashhur sportchilar va sport
faxriylari bilan uchrashuvlar.
4. Alohida topshiriqlar va
mas’uliyatli vazifalar berish,
keyin erishilgan yutuqlarni
muhokama qilish.
5. Bolalar tomonidan alohida
kundaliklarning tutilishi, ularni
muntazam

tekshirish,

aniq

taklif va tavsiyalar berish.

Har kuni:
-

hayotda

va

sportda

mehnatsevarlik, o‘z maqsadiga
erishish yo‘lidagi qat’iyat, o‘z
nuqtai nazari va qiziqishlarini
himoya qilish;
- o‘z vaqtini to‘g‘ri sarflash va
xohishlarini nazorat qilishni bilish.
-

jangovar

sifatlar,

musobaqalashish,

o‘z

kuchini

to‘g‘ri taqsimlay olish malakasini
tarbiyalash usullari;
- o‘z-o‘zini nazorat qilish va
boshqara

bilish

qobiliyatini

rivojlantirish;
- vatanparvarlik va jamoachilik, o‘z
jamoasi,

sport

maktabi

bilan

faxrlanish tuyg‘usi haqida; sport
kurashida

halollik

olijanoblik,

g‘alaba qozinish va mag‘lub
bo‘lishni bilish haqida; haqiqiy
peshqadam

va

chempionning

sifatlari haqida;
- Olimpiada o‘yinlari va olimpiya
g‘oyalari,

Olimpiada

o‘yinlari

2. Ma’rifiy va targ‘ibot-
tashviqot yo‘nalishi:
2.1.

Ota-onalar

va

bolalarda jismoniy tarbiya
va sportning ahamiyati
to‘g‘risida

to‘g‘ri

tasavvurlarni
shakllantirish

1. Suhbat;
2. Sport faxriylari va xizmat
ko‘rsatgan

kishilar

bilan

uchrashuvlar.
3. Mamlakat, viloyat, shahar,
tumanning yetaksi sportchilari
qatnashgan

musobaqalarga

borish.
4.Ota-onalarni

sport

bayramlari

va

bolalarning

musobaqalari,

dam

olish

kunidagi sayohatlar, boshqa
shaxarlarga

musobaqalarga


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Pedagogika

2023-YIL, 6-SON 2-SERIYA

75

borishni oshirishga jalb etish
va hakoza.

qahramonlari to‘g‘ri- sida;
Taxminiy mavzular:
1. Jismoniy tarbiya va sport-hayotiy
me’yorlar sifatida;
2. Sport oilasi va sog‘lom turmush
tarzi.
3. Sport kurashining organizmdagi
fiziolo- gik tizimlar rivojiga ta’siri
to‘g‘risida.
4. Yosh sportchi uchun kun tartibi;
5. Yosh kurashchining to‘g‘ri
ovqatlanishi.
6. Bolalik - harakat qobiliyatlari va
shaxsni

shakllantirishning

oltin

davri sifatida.

Shunday qilib, boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida maqsadlar hamda pedagogik vazifalarni

belgilashdek umumiy qabul qilingan amaliyotdan farqli o‘laroq, pedagogik tajribani rejalashtirishda
tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan vazifalarni hal etishga asosiy e’tibor qaratildi. Murabbiyning
mazkur jarayonga ota-onalarni jalb etish, jumladan, ularning umuman sport va jismoniy tarbiya
sohasidagi bilimlari darajasini oshirish bo‘yicha faoliyatini kuchaytirish alohida o‘rniga ega bo‘ldi.

Pedagogik tajribaning maqsadiga muvofiq o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish

tadbirlarini o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi hamda uni pedagogik jarayonning tabiiy sharoitlarida
amalga oshirish dasturi tuzildi.

Tajribaning maqsadi maxsus yo‘naltirilgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonining vosita va usullarini

qo‘llagan holda o‘quv-mashg‘ulot darslarining tajriba modelini tashkil etish yo‘li bilan boshlang‘ich
tayyorgarlik bosqichida o‘quvchilarning sportni tashlab ketishi darajasini pasaytirishdir.

Pedagogik tajribada Samarqand shahrining erkin kurash bo‘yicha BO’SM o‘quvchilari

ishtirok etdilar. Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida dastlabki ikki yil davomidagi mashg‘ulotlarda
kuzatilgan bolalarning davomati va sportni tashlab ketishi ko‘rsatkichlari ikki yil mobaynida olib
borilgan ishning samaradorligi mezoni qilib olindi. Nazorat sifatida ikkita har xil kontingent: avvalgi
yilda qabul qilinganlar guruhidan va bir vaqtning o‘zida o‘sha yili tug‘ilgan hamda boshqa vaqtda shu
kurash zalida shug‘ullanadigan bolalarni BTGga qabul qilgan murabbiyning guruhidan chiqib ketish
ko‘rsatkichlari olindi.

Pedagogik tajriba yakunlari chiqarilganidan so‘ng, biz keyingi yil BTG lariga qabul qilingan

bolalar kontingentida sport maktabi faoliyati sifatini oshirishning samarali vositalarini tajribalar
asosida izlashni davom ettirishga qaror qildik. Guruhni shakllantirishda muntazam ravishda
mashg‘ulotlarga qatnagan, kam kasal bo‘lgan va darslarda faollik, mustaqillik ko‘rsatgan bolalarga
ustunlik berildi. Shuningdek, farzandlarining yutuqlari bilan qiziqadigan, ularning sport maktabidagi
mashg‘ulotlarga qatnashishidan manfaatdor bo‘lgan ota-onalarga, bolalarga ham alohida e’tibor
qaratildi.

Bolalarni BO’SM BTGga qabul qilish oldidan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan majlis

o‘tkazildi, bu majlisda yig‘ilganlar BO’SM talablari, eng avvalo, o‘quvchilarning o‘zini tutish
qoidalari va kun tartibi bilan tanishdilar. Barcha ota-onalar tegishli so‘rovnomalarni to‘ldirib, o‘z
farzandlarini sport maktabi BTGga qabul qilish to‘g‘risida ariza yozdilar, murabbiy hamda sport
maktabi ma’muriyati talablariga roziliklarini imzolari bilan tasdiqladilar. Ayni vaqtda, ota-onalar
o‘tkazilayotgan tajribaning umumiy yo‘nalishi bilan tanishdilarki, uning mohiyati o‘z bo‘sh vaqtini
to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil etish, yuqori jismoniy yuklamalar va charchoqqa bardosh berish
malakasini talab qiluvchi muntazam hamda uzoq muddatli sport mashg‘ulotlariga psixologik
hozirlikni nazarda tutgan holda bolaning faol shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq murabbiy
faoliyatining o‘quv-mashg‘ulot yo‘nalishini kuchaytirishdan iborat edi.

Suhbat chog‘ida ham ota-onalar o‘rgatuvchi-ta’limiy xususiyatga ega bo‘lgan ishlarni

bajarishning belgilangan dasturi bilan tanishtirildilar. Nazariy bilimlar olish, eng avvalo, sport
fiziologiyasi, shuningdek, muntazam sport mashg‘ulotlarining bola shaxsini shakllantirishga ta’siri
haqidagi bilimlarga ega bo‘lish zarurati xususida qisqa tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Shu bilan birga,
ota-onalarning

bolalar

bilan

birgalikdagi

majlislarini

o‘tkazish jadvali va muddatlari


background image

SamDU ilmiy axborotnomasi

Pedagogika

2023-YIL, 6-SON 2-SERIYA

76

muvofiqlashtirildi, ularda o‘tkaziladigan ma’ruzalar hamda shifokorlarning tibbiy tekshiruvi natijalari
to‘g‘risidagi axborotlar mazmuni belgilandi.

Har xil yosh-malaka guruhlari sportchilarining sport kurashi bilan shug‘ullanish motivlari

hamda bolalarning qiziqishlari yo‘nalishiga xos aniqlangan xususiyatlar ularning maktabdan ketib
qolish darajasini kamaytirish yo‘llarini izlab topishga majbur etdi.

Ishlab chiqilgan choralar majmuasi quyidagilarni o‘z ichiga oldi: 1) ota-onalar va bolalar

orasida zamonaviy odam hayotiga sport ko‘rsatadigan ta’sirning turli qirralari yuzasidan aniq
maqsadli ma’rifiy-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; 2) ota-onalar bilan hamkorlikda har turli
bellashuvlar, sport bayramlari, bolalar bilan boshqa shaharlarga musobaqalarga borishni tashkil etish;
3) mashg‘ulot jarayonida vositalarning yuqori darajadagi xilma-xilligiga, o‘yin va bellashuv
xususiyatiga ega mashqlarning ustuvorligiga erishish; 4) tarbiyaviy xususiyatli suhbatlarni, mashhur
sportchilar bilan foydali uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazib turish; 5)mashg‘ulotlar vaqtida bolalarni ijod
jarayoniga faol jalb etish; 6) bajarilgan ish natijalarini tahlil etgan holda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat
usullaridan keng foydalanish va hakozalar. Murabbiyning asosiy vazifasi guruh tarkibini
barqarorlashtirish («diqqatini tortish va qiziqtirish»), kurash texnikasini takomillashtirish, jismoniy
rivojlanish darajasini oshirish, irodaviy sifatlar, maqsadga intilish, mehnatsevarlikni tarbiyalashdan
iborat edi. Psixologik hozirlash sifatida shunday shiorlardan foydalanildi: «Biz - yagona jamoamiz»,
«Biz - azamat bolalar», «Biz hamma narsani eplaymiz», «Reja qildik - bajardik», «O’z
nuqsonlarimizni yengamiz», «Bizda qoloqlar yo‘q», «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun»
va hakozalar. Hafta oxirida muntazam ravishda musobaqalar, yagona test dasturi bo‘yicha bellashuvlar
o‘tkazildi. «Men eng yaxshi murabbiyman», «Haftaning eng yaxshi kurashchisi», «Haftaning bosh
dangasasi» va boshqa tanlovlarni bolalarning o‘zlari yakunladilar. Bunda «Haftaning eng yaxshi
kurashchisi» unvoni uchun tanlovdagi baholar yutuqlarning har xil mezonlari bo‘yicha qo‘yildi.

Sport kurashi bilan shug‘ullanish motivlarining kichik maktab yoshidagi bolalarning qiziqish

va ehtiyojlari xususiyatiga mos kelmasligi. Masalan, bolalar va ota-onalar uchun kurash zaliga kirib
kelishning umumiy hamda asosiy motivi salomatlikni mustahkamlash va o‘z-o‘zini himoya qilish
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishdan iborat. Ota-onalar uchun yana bir muhim motiv bolaning kurash
zalida katta yoshli va yaxshi mutaxassislar nazorati ostida foydali vaqt o‘tkazishi. Aynan mana shu
ikki motiv bolalarni kurashga dastlabki o‘rgatish bosqichida murabbiy hal etishi lozim bo‘lgan
vazifalarga mos keladi. Ta’limning ana shu davri bolalarning o‘rganish hamda o‘z tengdoshlari bilan
vaqtni quvnoq o‘tkazishga bo‘lgan asosiy qiziqish va ehtiyojlariga muayyan darajada javob beradi.
BO’SMga o‘tishlari bilan bolalarning mashg‘ulotlarga munosabati hali tub o‘zgarishlarga uchramaydi,
biroq bolalarni kurash zalida shug‘ullantirish vazifalari va ularni amalga oshirish usullari nuqtai
nazaridan murabbiyning motivlari jiddiy o‘zgarishlarga uchraydi. Kurash zaliga kelgan yili barcha
bolalarning chempion bo‘lishdek hissiy-optimistik istagi BO’SMdagi birinchi o‘quv yili
o‘quvchilarining sport kurashini «yoqimli va qiziqarli sport turi» deb atash to‘g‘risidagi savoliga
ijobiy javoblari miqdorining pasayishiga ziddir. «Kurash mashg‘ulotlari sizga yoqadimi?» deb
berilgan savolga ijobiy javoblar foizining yana ham kamligi BO’SMga qabul qilingan bolalarning
kattagina qismi jiddiy mashg‘ulotlarga tayyor emasligini ko‘rsatadi.

Bolalar hayotidagi bu murakkab o‘tish davrida uyda oila a’zolari, maktabda o‘qituvchilar

tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi, shuningdek, murabbiy tomonidan har bir bolaga alohida
yondashuvning yetishmasligi boshlang‘ich sport tayyorgarligi amaliyotidagi biron-bir chuqur
o‘zgarishlarsiz mazkur ziddiyatlarning hal etilishini qiyinlashtirib yuboradi.

Adabiyotlar

1.

Булгакова Н.Ж. Отбор в спортивном плавании // Плавание. - М.: Физкультура и
спорт, 1973 - Вып. 2, - С. 25.

2.

Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Jismoniy

tarbiya instituti va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fakultetlari uchun darslik. - T.:
O’zDJTI, 2005, 280 betlar

3.

Туманян Г.С. Спортивная борба: отбор и планирование. - М.: Физкультура и спорт,
1984. - С. 144.

4.

Boltaev Z.B. “Erkin kurashchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida kontingentni
saqlash uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish” avtoreferat dissertatsiyasi,
O‘zDJTI, 2012, 24-26 betlar.

Библиографические ссылки

Булгакова Н.Ж. Отбор в спортивном плавании // Плавание. - М.: Физкультура и спорт, 1973 - Вып. 2, - С. 25.

Kerimov F.A., Umarov M.N. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish. Jismoniy tarbiya instituti va oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fakultetlari uchun darslik. - T.: O’zDJTI, 2005, 280 betlar

Туманян Г.С. Спортивная борба: отбор и планирование. - М.: Физкультура и спорт, 1984. - С. 144.

Boltaev Z.B. “Erkin kurashchilarning boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida kontingentni saqlash uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonini optimallashtirish” avtoreferat dissertatsiyasi, O‘zDJTI, 2012, 24-26 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов