8
#10 (191) 2023
VETERINARIYA
MEDITSINASI
ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР
Kirish.
Dezinfeksiya – bu patogen va shartli-pato-
gen mikroorganizmlarni yo‘q qilishga, odamlar va hay-
vonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va ulardan
sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmua-
si hisoblanadi. Brutsellalar mikroblarning vegetativ
shakllariga mansub bo‘lsada, ular o‘zlari uchun noqu-
l
ay bo‘lgan tashqi ta’sirlarga ancha chidamli va uzoq
vaqt davomida tashqi muhitda yashovchandir. Adabi-
yot ma’lumotlariga ko‘ra [4], tajribalarda tuproq, go‘ng
yoki ularning aralashmasida 4,5 dan 22,5 sm gacha
chuqurlikda brutsella kulturasi 70-80 kunlik kuzatish
davomida yashovchanligini saqlab qolganligi aniqlan-
gan. Nosog‘lom xo‘jalikda molxonalarning binolarini
muntazam ravishda dezinfeksiya qilish, brutsellyozning
klinik belgilari (abort) mavjud bo‘lganda va laborato riya
qon tekshiruv larida hayvonlarda ijobiy ko‘rsatkich lar
aniqlanganda darhol amalga oshiriladi [2]. Ijobiy reak-
siya bergan hayvonlar majburiy so‘yilib, yo‘qotilgani-
dan so‘ng butun molxona, shu jumladan ijobiy reaksiya
bergan hayvon turgan joy ham dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Brutsellyoz tarqalishining oldini olish va uni tezda
bartaraf etish uchun xo‘jalikda qo‘zg‘atuvchini tashqi
muhitda (bino, go‘ng) zararsizlantirish va yo‘qotish
tadbirlari olib boriladi (1, 2-rasmlar)
Tadqiqotning maqsadi
nosog‘lom xo‘jaliklarda
brutsellyozga qarshi majburiy va profi laktik dezinfeksi-
ya choralari, binolarni dezinfeksiya qilish vositalari va
sog‘lomlashtirish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
tahlil qilishdan iborat.
UO‘K 619: 614.484
A.D.Ulug‘muradov,
v.f.f.d., PhD, Brutsellyoz laboratoriyasi mudiri,
M.A.Ro‘zimurodov,
v.f.n., direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari,
S.S.Oqqiyev,
mustaqil tadqiqotchi,
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация
В статье представлена подробная информация о сани-
тарно-гигиенических мероприятиях, в части дезинфекционных
работ, проводимых в хозяйствах с различной собственностью
при выявлении заболевания бруцеллеза. Приводятся сведения
о дезинфицирующих препаратах их эффективности, назначе-
нии, методах использования и порядок использования их в от-
ношении территорий ферм, пастбищ и факторов передачи.
Также приводятся сведения по проведению оздоровительных
мероприятий в неблагополучных по бруцеллезу животных хо-
зяйствах, включая вынужденную и профилактическую дезин-
фекции.
HAYVONLAR BRUTSELLYOZIDA DEZINFEKSIYA TADBIRLARI
(Adabiyotlar tahlili)
Annotation
The article provides detailed information about sanitary and
hygienic measures, in terms of disinfection work carried out in farms
with various properties when brucellosis is detected. Information is
provided on disinfectants, their eff ectiveness, purpose, methods of
use and the procedure for their use in relation to farm areas, pas-
tures and transmission factors. Information is also provided on the
implementation of health measures in animal farms unaff ected by
brucellosis, including forced and preventive disinfection.
Kalit so‘zlar:
dezinfeksiya, mikrob, kultura, preparat, konsentratsiya, brutsella, brutsellyoz o‘chog‘i, biologik zararsizlantirish, aero-
zol usul, ekspozitsiya.
1-rasm. Fermada joriy dezinfeksiya
tadbirlari o‘tkazish jarayoni.
2-rasm. Molxonada maxsus avtotransport
vositasi yordamida dezinfeksiyalash.
9
#10 (191) 2023
VETERINARIYA
MEDITSINASI
ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР
Dezinfeksiya qilish tamoyili va vositalari.
Qo‘z-
g‘atuvchining chang va havo orqali tarqalish ehtimoli
oldini olish uchun binolarni va saqlash joylarini quruq
tozalashga har qanday sharoitda ham yo‘l qo‘yilmaydi.
Buning uchun birinchi navbatda tozalash joylari dezin-
feksiyalash vositalari bilan namlanishi kerak.
Joriy dezinfeksiyada toksik va o‘tkir hidga ega
bo‘lmagan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalaniladi.
Bularga xlor preparatlari kirib, ulardan 1-2% faol xlorni
o‘z ichiga olgan xloramin eritmasini tavsiya etish mum-
kin, chunki ushbu preparat xlorning zaif hidiga egadir.
Preparatning ta’sirini sezilarli darajada oshiradigan va
eritmaning konsentratsiyasini (0,5-1% faol xlorgacha)
kamaytirishga imkon beradigan qizdirishdan foydala-
nish yaxshiroq natijalar beradi [3].
Fenol preparatlariga (fenol, kreolin, lizol) qaragan-
da kamroq o‘tkir hidli lizoformning 5% li issiq eritma-
sini tavsiya qilish mumkin. Bundan tashqari, quyida-
gi dezinfeksiyalash vositalaridan birini ham qo‘llash
mumkin: 2,0-2,5% faol xlorni o‘z ichiga olgan erit-
malar, o‘yuvchi natriyning 4% li qizdirilgan eritmasi,
sovun-karbol aralashmasining 3% li qizdirilgan erit-
masi, 5 qismli sovun, 3 qism karbol kislotasi va 100
qism suv aralashmasi, 10-20% li so‘ndirilgan ohak erit-
masi[4]. Dezinfeksiyadan so‘ng binolarni ohak bilan
oqlash tavsiya etiladi.
Yayrash maydonchalari, bazalar, sug‘orish joylari
va brutsellyoz bilan kasallangan chorva mollari saqla-
nadigan boshqa joylar muntazam ravishda go‘ngdan
tozalanishi shart. Vaqti-vaqti bilan bu joylar xlorli erit-
ma yoki yangi so‘ndirilgan ohakning 20% li eritmasi
bilan dezinfeksiya qilinadi.
Yakuniy dezinfeksiya paytida har qanday dezinfek-
siyalovchi moddalar tegishli konsentratsiyalarda ishla-
tilishi mumkin va dezinfeksiyani ikki marta (birinchi
marta – kasal hayvonlarni binolardan olib chiqqandan
keyin, ikkinchi marta – sog‘lom hayvonlarni kiritish-
dan oldin) amalga oshirish ma’qul. Yakuniy dezinfek-
siya qilishdan oldin, infeksiya qo‘zg‘atuvchilarining
havo orqali tarqalmasligi uchun bino devorlari, pollar,
oxurlar va jihozlar dastlab yaxshilab mexanik tozalani-
shi va keyin dezinfeksiyalovchi eritmalarning biri bilan
yaxshilab dezinfeksiyalanishi kerak. Masalan, tarkibida
2% faol xlor bo‘lgan so‘ndirilgan ohak, 2%li o‘yuvchi
natriy va 2%li formaldegid eritmalari, bundan tashqari
kalsiylangan sodasining 5%li eritmasi, 0,5% li glutar
aldegid, 3% li fenosmolin eritmalarini 3 soatli ekspozit-
siyada qo‘llash mumkin [1].
Xonalarni aerozol usulda dezinfeksiyalashda me-
xanik tozalangan, hamma tomonlari berkitilgan va
chorva mollari bo‘lmagan xonalarga 2-3% li formalde-
gid eritmasi bilan ishlov beriladi [5].
Profi laktik dezinfeksiyada har qanday umumiy ish-
latiladigan dezinfeksiyalash vositalaridan foydalanish
mumkin. Binolarni profi laktik dezinfeksiya qilish hay-
vonlar yo‘qligida, ularga hayvonlarni kiritishdan oldin
binolarni majburiy shamollatish bilan amalga oshirili-
shi shart.
Brutsellyoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklarda
go‘ngni biologik zararsizlantirishga jiddiy e’tibor beri-
lishi kerak. Buning uchun go‘ng har kuni maxsus jihoz-
langan go‘ng saqlash joyiga olib borilishi va kamida 2
oy davomida saqlanishi shart. Go‘ngni saqlashning ush-
bu tartibi bilan undagi harorat +60+70
0
C ga yetadi, bu
esa uni yuqumli qo‘zg‘atuvchilardan zararsizlantirishga
foydali ta’sir ko‘rsatadi [5,6].
Bu harorat qisqa vaqt ichida brutsellani zararsizlan-
tirishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, brutsella
go‘ngda uzoq vaqt o‘z yashovchanligini saqlab qolol-
maydi. Sovuq go‘ngda brutsellaning yashovchanligi
uzoqroq bo‘ladi. Qishda brutsellalarning go‘ngda ya-
shashi 1,5-4,0 oyni tashkil qiladi [7]. Nam go‘ngda esa
brutsellalar 75 kun davomida yashovchan bo‘lib qola-
di. Infeksiyaning tarqalish imkoniyatini, shuningdek,
odamlar va hayvonlarga yuqishini hisobga olgan holda,
go‘ngdan foydalanish uni oldindan biologik zararlanti-
rishdan keyingina tavsiya etiladi.
Binolarda to‘plangan yangi go‘ngni shaxsiy pro-
fi laktikaga rioya qilgan holda, alohida ajratilgan joyda
quritish va keyinchalik yoqilg‘i sifatida foydalanish
mumkin.
Bular chorvachilik binolarini muntazam profi lak-
tik dezinfeksiya qilish uchun qo‘llaniladigan asosiy
tamoyil va vositalardir [8]. Ilgari brutsellyoz bilan ka-
sallangan hayvonlar saqlangan hududlar va binolarni
dezinfeksiya qilish xo‘jaliklarni mavjud kasallikdan,
jumladan, podaning qayta guruhlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan sog‘lomlashtirish tadbirlarining eng muhim
qismlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda chorvachilik xo‘jaliklarini, ayniqsa,
brutsellyoz bilan kasallangan hayvonlar uzoq vaqt
saqlangan xo‘jaliklarni zararsizlantirish uchun zarur
10
#10 (191) 2023
VETERINARIYA
MEDITSINASI
ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАР
bo‘lgan muddatlar haqida turlicha fi krlar mavjud.
Qishda binolarni dezinfeksiya qilish ko‘pincha kutil-
gan natijalarni bermaydi. Ko‘pincha, brutsellyozga
ijobiy reaksiya bergan hayvonlar podadan chiqaril-
ganidan so‘ng, atrof-muhitda qolgan brutsellalar bilan
zararlangan chorva mollari orasida yana kasallik paydo
bo‘ladi.
Sog‘lomlashtirilayotgan chorvachilik xo‘jaliklari
binolari va hududlarida brutsellyoz o‘chog‘ini butun-
lay yo‘q qilish uchun hayvonlar butun yoz davomida
maxsus yaylovlarga olib ketiladi. Qoramollar haydab
ketilgach, molxonalar 5% li lizol, lizoform, xloramin
eritmalari, xlorli ohak va boshqa dezinfeksiyalovchi
vositalari bilan dezinfeksiya qilinadi. Pollar (yog‘och,
taxta) olinadi, yuzasi tozalanadi, so‘ngra xlorli yoki
so‘ndirilmagan ohakning 10% eritmasi solingan max-
sus vannaga joylashtiriladi, shundan so‘ng ular quyosh
nuri ostiga qo‘yiladi va vaqti-vaqti bilan aylantirilib tu-
riladi. Pol ostidagi va hovlilardagi tuproq qatlami 3%
li formaldegid eritmasi (5 l – 1 m
2
) bilan ishlov beriladi
[9].
Barcha oxurlar va boshqa jihozlar dezinfeksiya
qilinadi va keyin iloji bo‘lsa, bir oy davomida quyosh
nuri ostiga qo‘yiladi. Kuzda molxona hovlilari yana
dezinfeksiya qilinib, devorlari ohak bilan oqlanadi. Kel-
gusida pollarni smola yoki uning o‘rnini bosuvchi mod-
dalar bilan qoplashni yoki imkon bo‘lmagan taqdirda,
maydalangan toshdan to‘shalib, ustidan yog‘och pollar-
ni o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday quritish, yuvish va
ularni tozalash ishlari molxona pollarini dezinfeksiya
qilishni osonlashtiradi hamda qo‘shimcha kuch va xara-
jatlarning oldi olinadi.
Odatda xonalar yaxshi ventilyatsiya qilinishi va
quritilishi uchun butun yoz davomida molxonalarning
deraza va eshiklarini ochib qo‘yish tavsiya etiladi. Bu-
zoqxonalarda ham xuddi shunday pollar tayyorlanadi,
devorlari quritiladi, suvoqlanadi va ohakli eritma bilan
oqlanadi. Bu borada molxonalar va ularning atrofi da-
gi hududlarni dezinfeksiya qilish samaradorligini bir
necha bor o‘tkazilgan diagnostik tekshiruvlar natijalari
bilan misol qilib keltirish mumkin.
Xulosa.
1. Joriy dezinfeksiyada zaharli bo‘lmagan dezinfek-
siyalash vositalari (oltingugurt-karbol aralashmasining
3% qizdirilgan eritmasi, sovun-karbol aralashmasi, xlor
preparatlari, fenol preparatlari: fenol, kreolin, lizol)
qo‘llaniladi.
2. Yakuniy dezinfeksiya vaqtida har qanday de-
zinfeksiyalovchi moddalar tegishli konsentratsiyalarda
ishlatilishi mumkin va dezinfeksiyani ikki marta baja-
rish yaxshi natijalar beradi.
3. Chorvachilik binolari va hududida brutsell-
yoz o‘chog‘ini tamoman yo‘q qilish uchun sog‘lom-
lashtirilayotgan xo‘jaliklar hayvonlari boshqa yaylovga
haydalib, molxona binolari lizol, lizoform, xloramin-
ning 5% li eritmasi, xlorli ohak kabi dezinfeksiyalash
vositalari bilan dezinfeksiya qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chor-
vachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil
10-oktyabrdagi №01/16-21-son “Hayvonlar brusellyoz
kasalligining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha
yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori.
2. Керимов, Ч. Дезинфекция при бруцеллезе и
туберкулезе / Керимов Ч., Искандаров М.И. // Ж.
«Сельское хозяйство Туркменистана». Ашхабад,
1991,-№5.-С. 29
3. Вашков В.И. Антимикробные средства и ме-
тоды дезинфекции при инфекционных заболевани-
ях. // М., Медицина, 1977, с.30-32.
4. Поляков А.А. Ветеринарная дезинфекция. //
М., 1960, с.36-139
5. Цетлин В.М., Вилькович В.А. Физико-хими-
ческие факторы дезинфекции. М., 1969, с. 167-175.
6. Белова, В.И. Основные направления иссле-
дований в разработке дезинфицирующих средств /
В.И. Белова, Ю.П. Волков // Научные основы дезин-
фекции и стерилизации. - М., 1991. - С. 13-18.
7. Вашков, В.И. Антимикробные средства и ме-
тоды дезинфекции при инфекционных заболевани-
ях. – М.: Медицина, 1977. - С. 21-46.
8. Кучма, И. Антисептические и дезинфицирую-
щие средства / И. Кучма // Провизор. - 2004. - №11.
- С. 22-29.
9. Платонов, Г.И. Дезинфицирующая эффек-
тивность новых хлорактивных препаратов / Плато-
нов Г.И. // Сб. науч. тр. / ВНИИ дезинфекции и сте-
рилизации. - М., 1982. - № 31. - С. 14-18.