Аграрные отношения и агробизнес

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
199-206
5

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Урунбаева , Ю., & Умурзоков, А. (2024). Аграрные отношения и агробизнес. in Library, 1(1), 199–206. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35112
Юлдуз Урунбаева , Самаркандский институт экономики и сервиса

Самаркандский институт экономики и сервиса, доцент кафедры экономической теории, доктор философских наук по экономике

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье собрана информация об аграрных отношениях и агробизнесе и соответственно создан кроссворд.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

199

ISSN:
3030-3680

AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES

Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna

i.f.f.dok., dotsent

Umurzoqov Alisher Sahobiddin o’g’li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada agrar munosabatlar va agro biznes haqida

ma’lumot va unga mos ravishda krasvord tuzilgan.

Аннотация:

В данной статье собрана информация об аграрных

отношениях и агробизнесе и соответственно создан кроссворд.

Annotation:

This article contains information about agrarian relations and

agro-business, and a crossword puzzle is created accordingly.

Kalit so’zlar:

Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni,

Yerdan

foydalanish, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish

Ключевые слова:

Экономическое содержание аграрных отношений,

Землепользование, Производство сельскохозяйственной продукции.

Key words:

Economic content of agrarian relations, Land use, Production of

agricultural products


Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab

chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari.

Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan

yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish
bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligida
takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab
chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar-yer, o‘simlik, chorva mollari bilan
bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog‘lanib ketadi. Bunda
yer mehnat vositasi va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab
chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi,
eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib
boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki
iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday
aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik
oziqlanishi mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy
unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri
natijasida, ya’ni tuproq tarkibi vadehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan,


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

200

ISSN:
3030-3680

yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy
asoslangan sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy
qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy
unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning
tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi
kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining
bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy o‘rinni
egallaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish
vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Bundan ulardan
barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari fermer
va dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli
iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy
kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p
yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan
ortiq bo‘lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo‘jaligida muhim
ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni
qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq
xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko‘p yillik
daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar
sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish

inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi,
sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Shunga
binoan qishloq xo‘jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma
mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab
chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi
korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi
hayvonlar, yem-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir
yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari-inventarlar, yoqilg‘i va
moylash materiallari va h.z. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma
kapitalning ko‘pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital
boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab
chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

201

ISSN:
3030-3680

ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning
miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy,
biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida
mavjud bo‘lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir xo‘jalikning muhim vazifasidir.
Tabiiy omillar qishloq xo‘jalik mahsulotining bevosita ko‘payishiga ta’sir etsa ham,
mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish
tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy
ishlab chiqarish vaqti o‘rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq
bo‘ladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida turli ekinlarni ekib bo‘lingandan to hosil
yig‘ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt
ichida qishloq xo‘jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol
qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish
asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha
qilib aytganda, bu

mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan

vaqtda esa ular bekor turadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning
kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa
tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va
aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma
mablag‘larning sarfi bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat
qilinadigan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan,
qish mavsumida aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi, urug‘lik, yem-xashak, turli
ozuqalar ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan
ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning
hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida
sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining
nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga
olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmagan, unga davlat mulki saqlanib qoldi.
Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, agrar islohotlar amalga
oshirilmoqda va bu jarayon muvaffaqiyatli olib borilmoqda. O‘zbekistonda yer
davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan
mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarini alohida ko‘rib


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

202

ISSN:
3030-3680

chiqamiz. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga
tarixan tarkibtopgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi
egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan
mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan foydalanish ko‘zda tutiladi. Yerga
egalikni yeri bo‘lgan mulkdor, ya’ni davlat amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va
jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish
uchun berilishi mumkin». Yerdan foydalanish huquqi-bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki
qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi
bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan
foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda
asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil-yer,

kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab
chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab
chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga
keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan
omil-inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.

Agrobiznes va uning turlari.

Qishloq xo‘jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi.

Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u
bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu
qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmatini ko‘rsatish, uning mahsulotlarini
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik
faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes

agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining

barcha bo‘g‘inlarni qamrab oladi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol
bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa
xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. Agrobiznesning
asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini fermer va dehqon xo‘jaliklaridir. Chunki ular
bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z yerida
yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi
fermerning o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan
foydalanishi ham mumkin. Fermer xo‘jaligining afzalligi shundan iboratki, unda
mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori
samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil tuzilma ekanligi sababli


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

203

ISSN:
3030-3680

o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat
va yakuniy natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma ma’lum turdagi qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni yakuniy tovar darajasigacha qayta
ishlashni qo‘shib olib boradigan korxonadir. Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi
vasanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyo bo‘lgan mahsulot yaratadi.
Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, oilaviy xo‘jalik asosida
ham tashkil topib, kichik korxonalar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat
birlashmalari va korxonalari agrobiznesning yangi turlaridir. Agrosanoat
birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog‘liq ishlab
chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha xo‘jalik hamda korxonalarning
birlashmasidir. Ya’ni, bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar,
ular mahsulotini qayta ishlovchi korxonalar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq
korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil
qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy
mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib
boradi. Agrosanoat korxonalari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta
ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat
qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes
turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil qilingan turli xil
uyushmalarni ham kiritish mumkin. Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa
xo‘jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma
korxonalar ham agrobiznes turi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Shu sababli respublikamizda qishloq xo‘jaligini fermerlashtirish agrar

islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko‘rib
ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarining tarkibi fermer
xo‘jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa
xo‘jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda
dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon

xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan boradi. Fermer xo‘jaligining barcha

tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida
faoliyat ko‘rsatadi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va
ular faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarg va hukumat qarorlariga


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

204

ISSN:
3030-3680

asoslanadi. Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan yerlarni meros qilib
qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo‘yildi. Shu
bilan, birga bu xo‘jalik uchun yerlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat
tomonidan kafolatlar yaratish yo‘li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi.
Shunday qilib fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun huquqiy va
tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Respublikada fermer xo‘jaliklari samarali ishlashi
uchun zarur xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma-agrofirmalar, mashina-traktor parklari,
ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi. Shu vazifani bajarish yo‘lida keyingi
yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini
ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish ishlari davom
ettirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-
4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining 3.3.-bandida qishloq xo‘jaligini
modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish asosida: - tarkibiy o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil

rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash,

ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport
salohiyatini sezilarli darajada oshirish; - paxta va boshoqli don ekiladigan
maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘
olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va

uzumzorlarni

joylashtirish

hisobiga

ekin

maydonlarini

yanada

optimallashtirish; - fermer xo‘jaliklari, eng avvalo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish
ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer
xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-
ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy
yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash
korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha
investitsiya loyihalarini amalga oshirish; - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash,
tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari
ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;

- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya

va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

205

ISSN:
3030-3680

agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi
texnikasidan foydalanish; - kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-
iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi
seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va
ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiytadqiqot ishlarini kengaytirish; - global
iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda
aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-
tadbirlar ko‘rish belgilangan.

Quyidagi tayyorlangan krasvord agrar munosabatlar va agrobiznes mavzusiga

doir tuzilgan:

1.Yerga egalik huquqining iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqishi nima deyiladi?
2.Mavjud bo’lish sababi yer xo’jalik obekti sifatida yuqoriroq ya’ni barcha

yerlarning mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olganligi nima
deyiladi?

3. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar qanday

tarkibni tashkil qiladi?

4.Nimadan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qununiy

tartibda undan foydalanishni bildiradi?

5.Yerga bo’lgan mulkichilik monopoliyasi ijaraga berriladigan barcha yer

uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga …. renta deb atalgan rentani
olishga imkon beradi?

6.Qanday renta tabiiy sharoit bilnan bevosita bog’liq?
7. … integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni

istemolchilarga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab ishlab chiqarish
rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir?

8.Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati nima?
9.Qanday infratuzilma – odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy

sharoitlarini taminlaydi?

10. Kapitallashtirilgan renta nimaning narxi deyiladi?
11.Ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uni pirovard

mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxona nima?

12.Irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda

shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, bu qanday unumdorlikni tashkil qiladi?

13.Qanday xo’jalikda ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan

xususiyatlidir?


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-5_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

206

ISSN:
3030-3680

9

1

2

1

1

5

7

6

3

1

3

1

1

0

4

8

2


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Borisov E.F. Iqtisodiyot nazaryasi.Darslik. Qayta ishlangan va qo’shimcha 2-nashr
-M.: Prospekt, 2005.-p.144-208-544/
2.Shishkin A.F. Iqtisodiyot nazaryasi.Darslik.2-kitob. M.:VLADOS, 1996- s. 154.
3.

https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746

4.

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742

5.

https://uz.socmedarch.org/ancient-farming-concepts-techniques-171877-4778



Библиографические ссылки

Borisov E.F. Iqtisodiyot nazaryasi.Darslik. Qayta ishlangan va qo’shimcha 2-nashr -M.: Prospekt, 2005.-p.144-208-544/

Shishkin A.F. Iqtisodiyot nazaryasi.Darslik.2-kitob. M.:VLADOS, 1996- s. 154.

https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742

https://uz.socmedarch.org/ancient-farming-concepts-techniques-171877-4778