О конкуренции и монополии

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
8-14
0

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Урунбаева , Ю., & Турдалиев, Д. (2024). О конкуренции и монополии. in Library, 1(1), 8–14. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/35092
Юлдуз Урунбаева , Самаркандский институт экономики и сервиса

Самаркандский институт экономики и сервиса, доцент кафедры экономической теории, доктор философских наук по экономике

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной практической работе предоставлена информация о конкуренции и монополии, и создан кроссворд в соответствии с этим.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

8

ISSN:
3030-3680

RAQOBAT VA MONOPOLIYA


Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna -

i.f.f.dok., dotsent

Turdaliyev Jahongir Komiljon o’g’li

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu amaliy ishda raqobat va monopoliya haqida malumotlar

berilgan va shunga mos ravishda krassword tuzilgan

Annotation:

Information about competition and monopoly is provided in this

practical work, and a crossword puzzle is created accordingly.

Аннотация:

В данной практической работе предоставлена информация о

конкуренции и монополии, и создан кроссворд в соответствии с этим.

Kalit so'zlar:

raqobat, monopoliya, resurslar, statistika, aralash iqtisodiyot

Key words:

competition, monopoly, resources, statistics, mixed economy.

Ключевые слова:

конкуренция, монополия, ресурсы, статистика,

смешанная экономика.


Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham

takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Ushbu mavzuda raqobatning
mohiyati ва ob’yektiv asoslari, turlari va shakllari hamda raqobatlashish usullarini,
monopoliyaning mohiyati, turlari, shakllari hamda uning afzalliklari va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini ochib beramiz. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va monopoliyaga qarshi
qonunchilik kabi masalalar ko‘rib chiqiladi. 8.1. Raqobatning mohiyati, shakllari,
turlari va usullari. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha
sub’yektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor
sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi
yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Resurslarni
yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini, ya’ni kapital, tabiiy resurslar,
ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Raqobat
iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda
sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir sarflangan pul birligi evaziga
ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar. Hozirgi bozor iqtisodiyotida
raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - tartibga solish
vazifasi-ishlab chiqarishni talab, ya’ni iste’molga muvofiqlashtirish maqsadida


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

9

ISSN:
3030-3680

taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda
taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va
ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari
asosida tartibga solinadi; - resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish
omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi; - innovatsion vazifasi-fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining rivojlanishini
taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi; -
moslashtirish vazifasi-korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional
tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab,
iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining kengayishiga
o‘tishini bildiradi; - taqsimlash vazifasi-ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
yalpi ichki mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o‘tkazadi; - nazorat qilish vazifasi-bozordagi ba’zi ishtirokchilarning
boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l
qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq
tushunchaga ega bo‘lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish
zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir. Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda
juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan
bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Erkin
raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni
amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha
katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki
kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud
bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi. Sof
monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot
va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik
shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga
oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab
chiqaruvchisi hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

10

ISSN:
3030-3680

Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari
bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar.
Biroq, ayni vaqtda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni
shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati, sifat darajasi, shakli,
qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k. bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol
ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Oligopoliya-tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan
korxonalarning mavjud bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng
muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab
chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin.
Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu
kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida
ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar,
maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar
o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi
korxona o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga botina olmaydilar. Hozirda
turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi
raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan,
turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra
quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - monopollashmagan
korxonalar o‘rtasidagi raqobat; - monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga
kirmagan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat; - turli monopoliyalar o‘rtasidagi
raqobat; - monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat
ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Tarmoqlar ichidagi
raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, qo‘shimcha
foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika
bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo‘lgan
korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning
individual qiymati bir xil bo‘lmaydi. Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy
qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat,
odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining
anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi. Tarmoqlar
ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan
korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor
korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

11

ISSN:
3030-3680

yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar. Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari
o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori
tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq
foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif
ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda
normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib
ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi,
tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar
ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat
ob’yektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat
kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda
olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi
tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga
tenglashtiradi. Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv
usullari ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy
ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va
h.k. usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali
firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz
bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va
kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, narxni keskin
pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir. Halol raqobat-raqobat kurashida
jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va
manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni
qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi:
narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda
kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa
ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi
hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi-narxlar jangi deb
ataladi, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish
uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil
qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor
qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

12

ISSN:
3030-3680

Quyidagi tayyorlangan krasvord raqobat va manapoliya mavzusiga doir tuzilgan:

1.O’zbekistondagi tijorat banklaridan birining nomi.
2.O’zbekistondagi davlat banklarining birining nomi.
3.Mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson kuchining sarflanishi

qanday mehnat turi hisoblanadi.

4.Ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish qanday ishlab

chiqarish hisoblanadi.

5.Yer yuzida eng ko’p aholisi bor davlat(2024-yil ma’lumotiga ko’ra).
6.Tovarlari deyarli barcha davlatlar bozorini egallagan davlat nomi(iqtisodda,,

uyqudagi ajdar“ atamasi bilan mashhur).

7.Biron-bir tovar yoki xizmatga bo’lgan ehtiyojning bozorda namoyon

bo’lishi nima deyiladi.

8.Qishloq xo’jaligi faoliyati turlaridan birining nomi.
9. Aksariyat bozor ishtirokchilari narxlarni mustaqil belgilash va uni nazorat

qila olishi va uni nazorat qila olishi qanday raqobat hisoblanadi?

10.Ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va muayyan paytda

bozorga chiqarilgan tovar yoki xizmar miqdoriga nima deyiladi?

11.Biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan

mahsulot nima?

12.Nomukammal raqobatning turlaridan birining nomi.
13.Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirishda moddiy va ma’naviy ne’matlarda

foydalanish nima deyiladi?

14.Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jaligi sohalaridagi shakli.
15.Iqtisodning asosiy 4 sohasidan birining nomi.
16.Ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi

qanday ish haqi hisoblanadi?


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

13

ISSN:
3030-3680

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.
Проспект, 2005.- с. 144-208-544.
2. Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров.

М.Дашков и К,

2016.- с. 696
3. Видяпин В.И., Добрынин А.И., Журавлева Г.П., Тарасевич Л.С.

Экономическая

теория. Учебник. Под общ. ред. авторов изд., испр. и доп.- М.: ИНФРА-М,

2005, X-XI

главы.
4. Gaibnazarova Z.T. Iqtisodiyot nazariyasi. Iqtisodiyotning umumiy nazariy

asoslari.

O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- Т.: ToshDTU, 2013.- 122 б.
5. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv

qo‘llanma.- Т.:

Iqtisodiyot, 2017.- 368 б.
6.https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746
7. https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742


background image

http://web-journal.ru/

Часть-19_ Том-6_

Апрель -2024

ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ

14

ISSN:
3030-3680


1

Hamkorbank

2

Xalq bank

3

Abstrakt

4

Natural

5

Hindiston

6

Xitoy

7

Talab

8

Chorvachilik

9

Nomukammal

10

Taklif

11

Tovar

12

Monopoliya

13

Iste’mol

14

Agrobiznes

15

Qurilish

16

Nominal


Библиографические ссылки

Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд. Проспект, 2005.- с. 144-208-544.

Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.Дашков и К,

- с. 696

Видяпин В.И., Добрынин А.И., Журавлева Г.П., Тарасевич Л.С. Экономическая теория. Учебник. Под общ. ред. авторов изд., испр. и доп.- М.: ИНФРА-М, 2005, X-XI главы.

Gaibnazarova Z.T. Iqtisodiyot nazariyasi. Iqtisodiyotning umumiy nazariy asoslari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.- Т.: ToshDTU, 2013.- 122 б.

Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.- Т.: Iqtisodiyot, 2017.- 368 б.

https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов