“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
59
AHOLI TURMUSH DARAJASINI OSHIRISHDA KICHIK
TADBIRKORLIKNING O‘RNI
Urunbayeva Yulduz Pirnazarovna
- PhD dotsent
Qudratova Zarnigor Mahmudovna
– talaba
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Annotatsiya:
maqolada kichik tadbirkorlik va aholi turmush darajasi o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
kichik tadbirkorlik, aholi turmush darajasi, ijtimoiy himoya,
bandlik, ishsizlik, innovatsion iqtisodiyot, bozor kon’yukturasi
Аннотация:
в статье описывается взаимосвязь между малым бизнесом и
уровнем жизни.
Ключевые слова:
малое предпринимательство, уровень жизни, социальное
обеспечение, занятость, безработица, инновационная экономика, рыночные
условия.
Annotation:
The article describes the relationship between small business and
living standards.
Keywords:
small business, living standards, social security, employment,
unemployment, innovative economy, market conditions.
Kichik tadbirkorlik uzoq davrlar mobaynida inson xo‘jalik faoliyati va uning
ijtimoiy hayotining tarkibiy qismi hisoblangan. Qadim zamonlardan kichik
tadbirkorlikning ijti¬moiy-jamoa instituti sifatida, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar
hamda foydali faoliyat sifatida mavjudligi – bularning barchasi birgalikda insoniyat
jamiyati va turmushining zaruriy sharti hisoblanib kelingan. Shuni alohida ta’kidlash
joizki, aynan kichik tadbirkorlik jamiyatning rivojlanish darajasini nafaqat uning ishlab
chiqarish kuchlari nuqtayi nazaridan, balki ma’naviy va ma’rifiy holatini inobatga
olgan holda egalladi, desak, xato bo‘lmaydi.
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi shundan dalolat beradiki, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
millat iqtisodiyotining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi . Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi alohida, o‘ziga ahamiyati
shundan iboratki, u aholi daromadlarining shakllanishida, mehnatga layoqatli
kishilarni ish bilan ta’minlashda, qashshoqlik va nochorlikni bartaraf etishda, o‘rta hol
aholi qatlami saflarini kengaytirishda, haqiqiy ishbilarmonlarni ro‘yobga chiqarish
muammosini hal etishda aholining turli tuman tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan
talablarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U insonning yaxshi va farovon turmush
kechirishiga bo‘lgan tabiiy intilishlari bilan uning o‘zida mujassamlashgan potensial
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
60
imkoniyatlari va salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlash asosida barcha
sotsial guruxlarni qanoatlantiradigan ijtimoiy muhit tug‘diradi, shaxs, davlat va jamiyat
iqtisodiy manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va, shu tariqa, jamiyatda ijtimoiy adolat va
siyosiy barqarorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi. Uning mamlakat iqtisodiy
yuksalishidagi ahamiyati esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmining
ko‘payishi va o‘sish sur’atlarining jadallashuvida (mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda),
bozorda raqobat muhitini kuchaytirishda, milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini
shakllantirishda, beqaror bozor tizimining moslashuvchanligini oshirishda, ilmiy-
texnika taraqqiyotini yangi marralarga olib chiqishda, yirik korxonalarga kerakli
mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish orqali ularning uzluksiz ishlashini
ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resuslardan unumli foydalanish, davlat
budjeti daromadlarini ko‘paytirish kabilarda o‘z ifodasini topadi.
Mamlakatning postindustrial jamiyat sari yuksalib borishi milliy iqtisodiyotda
o‘ziga xos tarkibiy o‘zgarishlarni taqozo etadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa qishloq
xo‘jaligida muammoli va og‘ir kechdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ham xuddi boshqa soha
va tarmoq tadbirkorlari singari keskin raqobat muhitida tabiiy ravishda resurslardan
tejamkorlik bilan foydalanish, ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslikka majbur.
Qishloq joylarda iqtisodiy islohotlar natijasi bo‘lgan bunday o‘zgarishlar ushbu
tarmoqda rejali, ma’muriy-buyruqbozlik tizim davrida ortiqcha band bo‘lgan mehnat
resurslarining bir qismini qisqartirish, ya’ni ularni ishdan bo‘shatish muammolarini
keltirib chiqardi. Bu jarayon esa, o‘z navbatida, qishloq aholisini ish bilan ta’minlash
muammolarini keskinlashtirdi. Real voqelikda yuzaga kelgan bunday murakkab va
dolzarb muammoni hal etishning asosiy yo‘li – kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday mas’uliyatli vazifani ushbu
sektorgina o‘z zimmasiga oladi.
Bundan tashqari, kichik tadbirkorlik subyektlari iste’mol talabining
o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, bozor kon’yukturasi va vaziyatning
tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati yo‘nalishini tez va nisbatan asoratsiz
o‘zgartira oladi. Kichik tadbirkorlikning o‘ziga xos ustunliklaridan yana biri shundaki,
u o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq resurs talab qiladi va bankrot bo‘lgan
holda jamiyat uchun talofotli iqtisodiy oqibatlarga olib kelmaydi. Kichik korxonalarda
hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borish uchun ishchi va
xizmatchilardan juda yuqori malaka va katta tajriba talab qilinmaydi . Kichik va
xususiy tadbirkorlik tarmoqlararo va mintaqalararo raqobatni kuchaytirish asosida
ishchi kuchini oqilona joylashtirish va mintaqaviy tafovutlarni yumshatish,
mamlakatda mulkdorlar qatlamini yaratish, mamlakat eksport salohiyatini ko‘tarish
muammolarini hal etishda juda katta ijobiy rol o‘ynaydi. Bir qator manbalarda kichik
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
61
va xususiy tadbirkorlikning aynan qishloq joylarida unumli va mohirona foydalanish
mumkin bo‘lgan bir qator o‘ziga xos ustunliklari borligi asoslab berilgan.
Biz ham kichik va xususiy tadbirkorlik sohasining bozor kon’yukturasining
o‘zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotda bo‘lib turadigan
iqtisodiy inqirozlarga tez moslasha olishi, qolaversa mamlakatning kelajagi, uning
jahon iqtisodiy integratsiyasi va xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni, mamlakatda
ishlab chiqarilgan tavarlar va xizmatlarning dunyo bozoridagi raqobatbardoshligi,
aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan kichik va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining holati hamda rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liqligiga alohida
to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
1. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash makroiqtisodiy siyosat kontekstida
kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalar ishlab chiqarishni tor sohalar bo‘yicha
ixtisoslashishni chuqurlashtirish imkonini beradi. Ishlab chiqarish hajmi kichik va
moliyaviy mustahkamlik darajasi yuqori bo‘lmaganligi sababli o‘z iqtisodiy mavqeini
mustahkamlashga bo‘lgan tabiiy intilish kichik va xususiy tadbirkorlarni keskin
raqobatga undaydi, barcha mavjud imkoniyatlardan to‘la va unumli foydalanishni
taqazo etadi. O‘zining bozordagi mavqeini yo‘qotmaslik va raqobat kurashida
mag‘lubiyatga uchramaslik uchun tovarlar va xizmatlar turlarini kengaytirish, ularning
sifatini oshirish, yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi bozorlar izlab
topish, fan va texnika sohalari yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy qilishga
intiladilar. Bunday strategiyani amlga oshirish uchun katta mablag‘ va kuchlar talab
qilinmaydi, muhimi buni qisqa bir muddatda, ishlab chiqarishni to‘xtatmay, asoratsiz
amalga oshirish mumkin.
2. Kichik korxonalarda iste’molchi talablarining o‘zgarishi, buyurtmaga qarab
o‘zining yangi mahsulot turini ishlab chiqarishni tezlik bilan yo‘lga qo‘yish imkoniyati
paydo bo‘ladi. O‘zbekiston ichki bozori keyingi yillarda yangi tovar va xizmat turlari
hisobidan to‘xtovsiz kengayib, boyib bormoqda. Shunga mos tarzda iste’molchilar
talabining tarkibi tubdan o‘zgarmoqda, yangi tovar va xizmatlar turlariga talabning
hajmi o‘sib bormoqda. Bunday o‘zgarishlarga yirik korxonalar, kompaniyalar bir
tomondan tez moslasha olmaydilar. Ikkinchi tomondan katta moliyaviy resurslarga ega
bo‘lgan bu toifadagi korxonalarda kichik hajmda mahsulot ishlab chiqarishga
qiziqmaydilar. Bu og‘ir vazifani moliyaviy jihatdan imkoniyati ancha zaif bo‘lgan
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari yaxshi uddalaydi.
3. Kichik korxonaning ishlab chiqarishni egiluvchan tarzda tashkil etish, bozor
talablari va vaziyatiga muvofiq mahsulot o‘z vaqtida, kechiktirmasdan sotuvga
chiqarish, marketing xizmatlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yirik korxonalarga
nisbatan ko‘p. Ular (kichik korxonalar) aholini noan’anaviy qisqartirilgan ish vaqti
asosida mehnatga jalb etishning qulay shakli bo‘lib maydonga chiqadi. Iqtisodiyotda
band bo‘lganlar, nisbatan ortiqcha bo‘lib turgan ishchi kuchini ijtimoiy ishlab
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
62
chiqarishga jalb etishning, ya’ni ishsizlikka qarshi kurash olib borishning o‘ziga xos,
samarali vositasi hisoblanadi.
4. Kichik korxonalar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlikning o‘ziga xos
maktabi, aniqrog‘i kelajakda yirik korxonalarda ishlash va uni boshqarishning sir-
asrorlarini o‘rganish, amalda tadbirkorlikning hayotiy saboqlaridan dars olish, tajriba
orttirish vazifasini bajaradilar. Ayniqsa, fan va texnika taraqqiyoti sohasida faol
ishlayotgan xo‘jalik subyektlari ishchi-xodimlari, mutaxassislari uchun ijodiy ishlash
hamda kelajakda bu imkoniyatlarni yuqori darajada avtomatlashgan yirik ishlab
chiqarishga joriy etish uchun yaxshi baza yaratiladi. Ushbu sektor subyektlari har
qanday shaxsda mujassamlangan tadbirkorlik qobiliyatini ro‘yobga chiqarish, uni
boyitishda muhim ahamiyatga ega.
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarga
talabchanligi kam. Chunki ushbu subyektlar faoliyati uchun zarur bo‘lgan kichik
hajmdagi bino va inshoatlarni tez va qisqa muddatda nisbatan kam moliya resurslarini
sarflab amalga oshirish, ko‘p hollarda esa tayyor, biron ishlatilmay turgan bino va
uskunalarni ijaraga olish hisobidan amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Bundan
tashqari, oborot mablag‘larining aylanish tezligi ham yirik korxonalarga nisbatan
ancha yuqori. Bu omillar asosiy va aylanma mablag‘lar samaradorligini oshirish hamda
dastlab avanslangan kapital sarmoyalarni nisbatan tez qoplash uchun real sharoit
yaratib beradi. Natijada ushbu sektorda yaratiladigan har bir ish o‘rnining nisbat
qiymati sezilarli darajada arzonga tushadi. Yangi ish o‘rinlariga ehtiyoji katta bo‘lgan
ayni bir paytda iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirilayotganligi
sababli moliyaviy resurslar tanqisligi muammosi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston uchun
juda katta amaliy ahamiyatga ega.
6. Kichik tadbirkorlik mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan va aholi keng qatlamlari
manfaatlarini o‘zida aks ettiradigan bozor iqtisodiyotini shakllantirish strategiyasini
amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U bozor munosabatlari
hukmronlik qilgan jamiyatda mulkchilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘rta qatlam
saflarini kengaytirish muammolarini iqtisodiy metodlar bilan hal etishda muhim o‘rin
tutadi. Tadbirkorlik kishilarda mulkni qadrlash, isrofgarchilik va ortiqcha, o‘zini
oqlamaydigan sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik, iqtisodiy resurslardan unumli
foydalanish madaniyatini shakllantiradi.
7. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi keng qatlamlarining, aniqrog‘i
tadbirkorlik harakat va intilishlarini ro‘yobga chiqarishga sharoit tug‘dirib beradi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun katta jamg‘arma yoki
moliyaviy resurslar talab etilmaydi. Ozgina kredit (mikrokredit) ijaraga olingan bino
yoki uskunalar bilan uni boshlab yuborish mumkin. Bunday imkoniyatning mavjudligi
mulk bilan mehnat o‘rtasidagi, mulkdorlar sinfi bilan aholi o‘rtasidagi iqtisodiy
ziddiyatlarni yumshatishga yordam beradi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
63
8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yirik korxonalarni butlovchi materiallar
bilan ta’minlash, ularni ehtiyot qismlarini yetkazib berish yo‘li bilan yirik ishlab
chiqarishni rivojlantirishga amaliy yordam beradilar. Kichik tadbirkorlar yirik ishlab
chiqaruvchilarni ikkinchi darajali, ya’ni yirik ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan katta
samara bermaydigan ishlardan ozod etadilar. Buning evaziga yirik korxonalar faoliyati
samaradorligi oshadi.
Umuman olganda kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning
ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha har
bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin tug‘diradi, shu
tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan
maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qiladi.
So’ngi yillar davomida O’zbekistonda kichik biznesga qaratilgan e’tibor tufayli
yuzaga kelgan vaziyatda davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilgan islohotlar va
strategik maqsadlarning amaliy ijrosi milliy iqtisodiyotimizni barqaror o‘sishini
ta’minlab, xalqimizning munosib hayot kechirishiga zamin yaratdi. Jahon bankining
keltirishicha, O‘zbekiston 2017 yilda raqobatbardosh va inklyuziv bozor iqtisodiyotini
barpo etish bo‘yicha muhim islohotlar jarayonini boshladi. Asosiy islohotlar valyuta
kursini liberallashtirish, import tariflarini pasaytirish, tanlangan tovar va xizmatlar
narxlarini erkinlashtirish, monopoliyaga qarshi qo‘mitani tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Aytish o‘rinliki, ushbu dastlabki sa’y-harakatlar xususiy sektorni rivojlantirish,
ko‘proq va yaxshi ish o‘rinlari yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. So‘nggi olti
yilda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun,
farmon va qaror qabul qilindi. Buning natijasida:
tadbirkorlik sohasida talab etiladigan 114 turdagi litsenziya va ruxsatnoma bekor
qilindi;
33 turdagi litsenziya va ruxsatnoma o‘rniga xabardor etish tartibi joriy etildi;
soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi;
soliq tekshiruvlari turi 13 tadan 3 taga qisqartirildi;
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga kamaytirildi;
ijtimoiy soliq stavkasi 25 foizdan 12 foizga tushirildi;
3,5 ming turdagi tovarlar uchun import bojxona boji va 1,1 ming turdagi tovarlar
uchun aksiz solig‘i bekor qilindi;
3 mingdan ziyod turdagi tovarlar uchun import bojxona bojlari keskin kamaytirildi.
2022-yil ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik
subyektlari tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 54,2 foizni, fermer xo‘jaliklari
18,1 foizni, xususiy korxonalar 15,3 foizni, oilaviy korxonalar 9,4 foizni, dehqon
xo‘jaliklari 1,9 foizni, boshqa shakldagi subyektlar ulushi 1,1 foizni tashkil etgan.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
64
2017-yilda tadbirkorlik subyektlari soni 283 mingdan ortiqni tashkil etgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida so‘nggi 6 yilda amalga
oshirilgan islohotlar natijasida bu ko‘rsatkich 2022-yil yakuniga kelib, 523 mingtadan
ortib ketdi yoki 2017-yildagiga nisbatan 240 mingtaga yoki 1,8 marotaba ortgan.
O‘zbekistonda 2022-yil yakunlari bo‘yicha har 1 000 kishiga to‘g‘ri keladigan
tadbirkorlar soni o‘rtacha 15 nafarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Toshkent shahrida
36,8 nafarni, Navoiy viloyatida 21,9 nafarni, Sirdaryo viloyatida 18,1 nafarni,
Surxondaryo viloyatida 10,3 nafarni, Qashqadaryo viloyatida 10,6 nafarni, Namangan
viloyatida 11,4 nafarni tashkil etgan. 2022-yil yakuniga kelib, kichik va xususiy
tadbirkorlikning YIMdagi ulushi 54,9 foizga, qurilishda 72,4 foizga va bandlik
sohasida 74,4 foizga yetdi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar va muhim qarorlar qabul qilinishi natijasida o‘tgan
so‘nggi bir yil davomida aholini bandligini oshirilishida kichik biznesning ahamiyati
katta bo’ldi desak yanglishmaymiz. Jumladan, kichik tadbirkorlar soni 40 ming taga
ko‘paydi va ularning umumiy soni 490 ming tani tashkil qilayapti. O‘rta tadbirkorlar
soni esa 2 ming taga oshib, hozirda ularning soni 10 ming taga yetdi. Yirik korxonalar
soni ham o‘tgan qisqa davrda 400 taga ko‘paydi. Endilikda ularning umumiy soni 1500
ta bo‘ldi. Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy faolligi oshishi, soliq ma’murchiligida
yangi instrumentlarning joriy etilishi va xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish
natijasida 2021 yilda soliq turlari bo‘yicha ham sezilarli ravishda o‘sish kuzatilib, 2020
yilga nisbatan foyda, qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq tushumlari 1,3 baravarga, noruda
qazilmalardan soliq va suv solig‘i tushumlari 1,4 baravarga, yer solig‘i 1,7 baravarga
o‘sdi.
Birgina, o‘tgan yilgi murojaatlardagi takliflar asosida biznes sub’ektlari mikro,
kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘lindi va ularning har biri bilan alohida yondashuvlar
asosida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. 2023-yil hisobotiga ko’ra, tuman va shaharlar 5
ta toifaga ajratilib, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari
joriy qilindi. Natijada bu tumanlardagi tadbirkorlar o‘tgan yilning dastlabki olti oyida
qariyb 1 trillion so‘mlik imtiyozlardan foydalandi. Buning hisobidan 20 ta tumandagi
tadbirkorlarning daromadi 2022- yilga nisbatan 1,5-2 barobar oshdi. Boshqacha
aytganda, joriy yilning birinchi yarmida 7 trillion so‘mdan 11,5 trillion so‘mga
ko‘paygan. 2022-yildagi “ochiq muloqot”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish
maqsadida yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish orqali bandligini
ta’minlash orqali 121 ming 731 nafar yoshlarga 2 trln 894 mlrd so‘m kredit ajratildi.
Umuman olganda mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa kichik va o‘rta biznesni
rivojlantirish, ularning faoliyatida kelib chiqayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf
etish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda. Natijada o‘tgan bir yilda 55 mingdan
ortiq biznes uchun mo‘ljallangan binolar barpo etildi, pul aylanmasini 1 million
dollardan oshirgan tadbirkorlar soni 5 mingtaga ko‘payib, 26 mingtani tashkil etdi,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
65
eksport qiluvchi korxonalar soni 7,5 mingtaga yetib, jami eksport hajmi 30 foizga
ko‘paydi.
Kichik biznesni rivojlantirish barqaror rivojlanishning ustuvor yo’nalishlaridan
ekanligi qolaversa, mamlakat iqtisodiyotini “yashil makon” dasturi asosida
rivojlantirishning bir bo’g’ini sifatida e’tirof etilib tadbirkorlikni rivojlantirish borasida
istiqbolli dasturlar ijrosi bo’yicha qarorlar chiqarildi. Jumladan, 2023 yil 12 iyun kuni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik
sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Mazkur huquqiy hujjatga asosan, mamlakatimizda
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshiriladi. 2023-
2024 yillarda dasturni amalga oshirish uchun jami 1 milliard AQSh dollari miqdorida
kredit ajratilishi rejalashtirilgan edi. Bunda dasturga kiritilgan tadbirkorlik
sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023 yilda Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasidan tijorat banklariga 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit
liniyasi ochilishi ko’zda tutilgan edi.
Ushbu dasturdan ko’zda tutilgan maqsad 20 000 tadbirkor tomonidan 500 ming
ish o’rini yaratishdan iborat bo’lib, unga ko’ra qatnashchilarga bir qancha imtiyozlar
taqdim etilishi belgilandi:
- Barcha soliqlardan (QQS va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig‘idan tashqari) bir yilgacha to‘lov ta’minotlarisiz, foizlarsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash
imkoniyati beriladi.
- Agar tadbirkor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan fuqarolarni ishga
olsa, har bir shunday ishchi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
(BHMning 2 barobaridan oshmagan miqdorida) tadbirkorga qaytarib beriladi.
Shuningdek, ijtimoiy soliqni 50 foizgacha pasaytirilgan stavkada to‘laydi.
Joriy yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investorlarni jalb etish, tadbirkorlik va
xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytirish, ilm-fan
innovatsiya, IT kabi sohalarni rivojlantirish maqsadida joriy 2024-yilni
mamlakatimizda “Yoshlar va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb nomlandi.
Va istiqbolda kichik biznesni, umuman tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish
yo’lida bir qancha islohotlar rejasi hamda, hal etilishi kerak bo’lgan masalalarni ko’rib
chiqish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar
va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra:
Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan
shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida:
a) oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40
foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilsin;
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
66
b) 2024 yil 1 iyundan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yosh tadbirkor”
tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilsin:
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun yanada
qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi” doirasida
2024 yil yakuniga qadar:
-kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2 million
aholini biznesga jalb qilish;
-yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini ta’minlash
uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
2024 yil 1 iyuldan boshlab nufuzli xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarishni
boshlayotgan korxonalarga:
-xalqaro standartlarni joriy etish va ekologik sertifikatlash xarajatlarini qoplab
berish tartibi joriy qilinsin;
-uch yil davomida nufuzli xalqaro brendlar ostida ishlab chiqariladigan
mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan barcha xomashyolar mahalliylashtirish darajasini
kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona bojidan ozod etilsin;
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish hususidagi ushbu islohotlar, kichik biznesning
mahalliy savdo faoliyati orqali mahalliy jamoatning xizmatlari va mahsulotlarini
yetkazib berish bilan bog'liq bo'lib, turmush darajasini oshirishda muhim o'rin egallashi
bilan barqaror iqtisodiyotga erishish uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bu tadbirkorlikning
o'z faoliyati va xizmatlari jamoatga qulaylik va imkoniyatlarni oshirishi, ish o'rinlarini
yaratishi va mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlarini
takomillashtirishi bilan bugungi kunning ustuvor yo’nalishi sifatida qayd etilmoqda.
Bu tadbirkorlik shuningdek, mahalliy jamoatni qo'llab-quvvatlash, uning xizmatlari va
mahsulotlari orqali ommaviy xizmatni taqdim etish, va muhim bo'lgan ish o'rinlarini
yaratish orqali mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimdir.
Kichik tadbirkorlikning aholi turmush darajasini oshirishdagi o'rnini tushuntirish
uchun quyidagi nuqtalarni ko'rsatish mumkin:
1. Mahalliy Bozorlar va Xizmatlar: Kichik tadbirkorlik, mahalliy bozorlarda
o'zlarining mahsulotlarini sotish orqali turmush darajasini oshirishda muhim rol
o'ynaydi. Ular mahalliy mijozlar bilan yaqin aloqada bo'lib, ularning ehtiyojlariga mos
xizmatlarni taklif etish orqali turmush darajasini oshirishadi.
2. Ish O'rinlari Yaratish: Kichik tadbirkorlar o'z faoliyati orqali mahalliy jamoatga
ish o'rinlari yaratish va bular orqali insonlarga ish imkoniyatlari taqdim etish bilan ham
shug'ullanadilar. Bu, turmush darajasini oshirishda ko'proq insonlarga ish
imkoniyatlari yaratish uchun katta ahamiyatga ega.
3. Moliyaviy Qo'llab-quvvatlash: Kichik tadbirkorlar, o'zlarining faoliyati orqali
mamlakat iqtisodiyoti va moliyaviy daromadini oshirishda muhim rol o'ynaydilar. Ular
sotiladigan mahsulotlar va xizmatlar orqali mamlakat iqtisodiyotining qalinliklariga
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
67
qarshi turgan va yangi daromad manbalari yaratish orqali turmush darajasini
oshirishadi.
4. Innovatsiyalar va Texnologiyalar: Kichik tadbirkorlar, yangiliklarga va
texnologiyalarga e'tibor qaratish orqali o'zlarining faoliyatini yanada rivojlantirishadi.
Bu, turmush darajasini oshirishga imkoniyat yaratishda muhimdir, chunki yangiliklar
va texnologiyalar faoliyatni sifatliroq qiladi va ommaviy xizmatni yaxshilaydi.
5. Sodda Turmush Darajasi va Ijtimoiy Maslahatlashuv: Kichik tadbirkorlar o'z
faoliyati orqali mahalliy jamoatni qo'llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlariga javob
berish va ijtimoiy maslahatlashuvda qatnashish orqali sodda turmush darajasini
oshirishda muhim rol o'ynaydilar.
Xulosa qilib aytganda kichik biznes tarmoqlarining kengayishi mamalatning
barqaror suratda rivojlanishi, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, ishsizlik
muammolarining yumshatilishi, yoshlarning o’z-o’zini band qilishini moliyaviy
rag’batlantirish, inson kapitalining roli mamalakat rivojida har qachongidanda muhim
omil ekanligini ko’rsatish hamda, davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi
masalalarning yechimlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bilan ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisiga
Murojaatnomasi Zarafshon 2017 yil 23 dekabr, 157-son.
2. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-
uslubiy risola. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. – T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2017.
3. Pirnazarovna, U. Y. (2024). LABOR RESOURCES-INVALUABLE
ASSETS.
International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 443-
446.
4. Pirnazarovna, U. Y. (2024). THE THEORETICAL FRAMEWORK FOR
MUSEUM TOURISM DEVELOPMENT.
International journal of scientific
researchers (IJSR) INDEXING
,
4
(2), 355-358.
5. Pirnazarovna, U. Y. (2024). THE IMPACT OF MUSEUM TOURISM ON
ENHANCING QUALITY OF LIFE.
International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING
,
4
(2), 359-363.
6. Pirnazarovna, U. Y. (2023). Service Provision and Standard of Living of the
Population; Interdependence.
Information Horizons: American Journal of Library and
Information Science Innovation (2993-2777)
,
1
(10), 25-27.
7. Pirnazarovna, U. Y., & Ismatjonovna, U. M. (2023). SOCIO-ECONOMIC
IMPORTANCE OF THE SERVICE SECTOR.
JOURNAL OF ECONOMY,
TOURISM AND SERVICE
,
2
(6), 1-6.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
68
8. Pirnazarovna, U. Y. (2023). THE ROLE OF THE SERVICE SECTOR IN THE
DEVELOPMENT OF THE COUNTRY.
American Journal of Business Management,
Economics and Banking
,
12
, 20-25.
9. Pirnazarovna, U. Y. (2023). Factors Affecting the Level of Population.
Miasto
Przyszłości
,
34
, 180-186.
10. Pirnazarovna, U. Y., & Bakhodirovich, E. D. (2022). THE STANDARD OF
LIVING OF THE POPULATION AND THE SERVICE SECTOR.
Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(4), 705-709.
11. Pirnazarovna, U. Y. (2020). The role of tourism in shaping the quality and
standard of living of the population.
Academy
, (2 (53)), 13-15.
12. Pirnazarovna, U. Y. (2019). The development of service sector is an important
factor in creating new jobs and ensuring employment.
Academy
, (12 (51)), 32-38.
13. Pirnazarovna, U. Y., & O‘G‘Li, A. S. H. (2019). The role of tourism services
on raising the living standards of the population.
Вопросы науки и образования
, (18
(65)), 27-30.
14. Urumbaeva, Y. P., & Raximberdiyev, T. (2023). COMPREHENSIVE
ANALYSIS OF POPULATION INCOME LEVELS.
JOURNAL OF ECONOMY,
TOURISM AND SERVICE
,
2
(11), 8-14.
15. Urinboeva, Y. P., Khasanovna, D. D., & Shodmonovna, S. C. (2021).
THEORETICAL
APPROACHES
TO
THE
FORMATION
OF
LIVING
STANDARDS AND SERVICES OF THE POPULATION.
International journal of
trends in commerce and economics
,
11
(1).
16. Urunbayeva, Y. P. (2019). THE ROLE OF THE SERVICE INDUSTRY IN
THE FORMATION OF POSTINDUSTRIAL SOCIETY. In
Colloquium-journal
(No.
26-8, pp. 11-15). Голопристанський міськрайонний центр зайнятості=
Голопристанский районный центр занятости.
17. Umirzakova, M. I., & Baratova, M. I. (2021). THE ESSENCE OF THE
SERVICE SECTOR AND THE SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE OF RAPID
DEVELOPMENT TODAY.
Экономика и социум
, (11-1 (90)), 591-597.
18. Урунбаева, Ю. П. (2023). АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ОШИРИШДА
ХИЗМАТ
КЎРСАТИШ
СОҲАСИНИНГ
ЎРНИ.
FINLAND"
MODERN
SCIENTIFIC
RESEARCH:
TOPICAL
ISSUES,
ACHIEVEMENTS
AND
INNOVATIONS"
,
14
(1).
19. Уринбаева, Ю. П., Ҳимматова, Б. Б., & Уралов, Ш. А. (2019). АҲОЛИ
БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДАОИЛАВИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИНГ ЎРНИ.
In
МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ
(pp. 472-475).
20. Урунбаева, Ю. П., Нуруллаева, Ш. И. К., Давлатова, Н. Б. К., Истамов,
Ш. А. У., & Очилова, Ю. Т. К. (2019). Роль услуг в развитии инновационной
экономики.
Достижения науки и образования
, (7 (48)), 15-17.
21. Урунбаева, Ю. (2016). Роль сферы услуг в социально-экономическом
развитии страны.
Экономика и инновационные технологии
, (4), 38-46.
22. Урунбаева, Ю. П. (2013). Хизмат курсатиш сохдси ва ахоли турмуш
даражаси: узаро богликлиги ва ривожланиш истикболлари.
Монография.
Тошкент:«ФАН
,
156
.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
Volume-56, Issue-1, April -2024
69
23. Урунбаева, Ю. П. (2020). НЕКОТОРЫЕ ПУТИ ПОВЫШЕНИЯ УРОВНЯ
ЖИЗНИ НАСЕЛЕНИЕ. In
Российская экономика: взгляд в будущее
(pp. 180-185).
24. Урунбаева, Ю. (2016). Возможности увеличения свободного времени
населения на основе развития сферы услуг.
Экономика и инновационные
технологии
, (5), 88-93.
25. Уринбаева, Ю. П. (2016). Перспективы повышения уровня жизни
населения на основе развития малого и частного бизнеса.
Научный альманах
,
(11-1), 321-326.
26. Урунбаева, Ю. П. (2016). Уровня жизни населения это социально-
экономическая природа. In
НАУКА СЕГОДНЯ: ФАКТЫ, ТЕНДЕНЦИИ,
ПРОГНОЗЫ
(pp. 58-60).
27. Урунбаева, Ю. П. (2016). СФЕРЫ УСЛУГ И УРОВЕНЬ ЖИЗНИ
НАСЕЛЕНИЯ. In
НАУКА СЕГОДНЯ ФУНДАМЕНТАЛЬНЫЕ И ПРИКЛАДНЫЕ
ИССЛЕДОВАНИЯ
(pp. 97-99).
28. Уралов, Ш. А., & Урунбаева, Ю. П. (2020). Теоретико-методологические
проблемы развития сферы услуг. In
ИССЛЕДОВАТЕЛЬ ГОДА 2020
(pp. 116-123).
29. Уралов, Ш. А., Нурматова, С. А., & Урунбаева, Ю. П. (2020).
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ как ГЛАВНЫЙ ФАКТОР
РАЗВИТИЯ
ЭКОНОМИКИ,
ОСНОВАННОЙ
НА
РЫНОЧНЫХ
ОТНОШЕНИЯХ. In
СТУДЕНТ ГОДА 2020
(pp. 105-112).
30.
Урунбаева,
Ю.
П.
(2024).
МЕҲНАТ
РЕСУРСЛАРИ–
ТАРАҚҚИЁТИНИНГ
БОШ
ОМИЛИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
,
43
(3), 57-60.
31. Урунбаева, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИ–АҲОЛИ
ТУРМУШ ДАРАЖАСИГА ТАЪСИР ЭТУВЧИ ОМИЛИ.
Ta'lim innovatsiyasi va
integratsiyasi
,
19
(1), 166-171.
32. Урунбаева, Ю. П. (2024). ХИЗМАТ КЎРСАТИШ СОҲАСИНИНГ
АҲАМИЯТИ.
Ustozlar uchun
,
56
(1), 186-190.
33.
Урунбаева, Ю. (2024). МЕҲНАТ РЕСУРСЛАРИ–МИЛЛИЙ
ИҚТИСОДИЁТНИ
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ
АСОСИЙ
ОМИЛИДИР.
Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil
,
2
(2), 644-649.
34. Урунбаева, Ю. П. (2023). РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА В РАЗВИТИИ
СТРАНЫ.
INTERNATIONAL
JOURNAL
OF
RECENTLY
SCIENTIFIC
RESEARCHER'S THEORY
,
1
(9), 105-108.
35. ТЎРАЕВ, Ш., РЕЖАПОВ, Х., МАХМУДОВ, Ж., МАДИЕВА, З.,
ЭЛБАЕВА, М., КАМАЛОВА, М., ... & ЖУМАЕВА, М. Biznes-Эксперт.
36. Xurshid Qo’ldosh o’g, A. (2023). NIMA UCHUN TALABA KITOB
O’QIMAY QO’YDI?.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
,
35
(3), 93-96.
37. Xurshid, A. (2024). XXI ASRDA EKOLOGIK MUAMMOLAR.
World
scientific research journal
,
26
(1), 45-50.