NATURAL ISHLAB CHIQARISHDAN TOVAR
ISHLAB CHIQARISHGA O‘TISH VA UNING
RIVOJLANISHI
Urinboyeva Yulduz Pirnazarovna
i.f.f.dok., dotsent
Mamatkulov Bobojon Shexrazovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada natural ishlab chiqarihdan Tovar ishlab chiqarishga
o’tish davri va uni rivojlanishi haqida so’z yuritilgan.
Аннотация: В данной статье говорится о периоде перехода от натурального
производства к товарному производству и его развитии.
Annotation: This article talks about the period of transition from natural
production to commodity production and its development.
Kalit so’zlar: Natural ishlab chiqarish,
Tovar ishlab chiqarish,
Ijtimoiy xo‘jalik,
Tovar xo‘jaligi, Tovar ikki xususiyatga ega, Tovar qiymatining miqdori, Almashuv
qiymati.
Ключевые слова: Натуральное производство, Товарное производство,
Общественная экономика, Товарное хозяйство, Товар имеет две
характеристики, Величина товарной стоимости, Меновая стоимость.
Key words: Natural production, Commodity production, Social economy,
Commodity economy, Commodity has two characteristics, Quantity of commodity
value, Exchange value.
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi
rivojlanishda katta ahamiyatga ega jarayonlardir. Asosan, bu o‘tkazishlarning
maqsadi sanoat sektori va iqtisodiyotning o‘zini rivojlantirish va kengaytirishidir.
Bundan tashqari, bu jarayonlar korxonalarda yaratilayotgan foyda va harajatlarning
nisbiy qulaylik darajasi, mahsulotlarning sifati, korxonalar o‘rtasida raqobat va
boshqa ko‘rsatuvlarni ham o‘z ichiga oladi.
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi
tadbirkorlik sohasining kuzatilgan bosqichi bo‘lib, quyidagi muhim nuqtalarga
ega:
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
1.Mahsulot qo‘llanish talablarining o‘zgarishi: Tabiiy vositalar orqali mahsulot
ishlab chiqarish jarayonlariga o‘tish korxonalarni talablarga mos mahsulotlar
ishlab chiqarishga ko‘maklashadi. Bu esa mahsulotlarning sifatini oshirib,
ommaviy sohalar uchun zarur ko‘rsatuvlarga ega mahsulotlarni yaratishga olib
keladi.
2.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish: Tabiiy ishlab chiqarishdan tashqi
tavsiyalar va innovatsiyalar yordamida kelib chiqadigan mahsulot ishlab chiqarish
jarayonlariga o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu esa
korxonalarning operatsion faoliyatini rivojlantirish, foyda darajasini oshirish va
raqobat qiliishga imkoniyat yaratadi.
3.Xarajatlar va muddatlarni sezilarliroq qilish: Tadbirkorlik tizimida mahsulotlar
ishlab chiqarishga o‘tish korxonalarda tovar ishlab chiqarishga o‘tish,
mahsulotlarni tayyorlash va yetkazib berish jarayonlarida xarajatlar va muddatlarni
sezilarliroq qilish uchun qo‘llangan innovatsion texnologiyalar va yangiliklar
korxona tovar ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiradi.
4.Bozorlarga kirishning tashqi darajasi: Tabiiy ishlab chiqarishdan tovar ishlab
chiqarishga o‘tish va uning rivojlanishi bozorlar va mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni rivojlantirish maqsadida ham muhim ahamiyatga ega. Bozorlarga
kirish imkoniyatlarini rivojlantirish, yangi bozor segmentlari va ommaviy
sohalarda niyobalarda ro‘yxatdan o‘tish tadbirkorlik sohasining rivojlanish
jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Ulardek, natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning
rivojlanishi tadbirkorlik sohasida innovatsion yondashuvlar va rivojlanish uchun
keng imkoniyatlarni ochadi. Bu bosqichlar korxonalarning faoliyatini,
samaradorligini va rivojlanishini kengaytirishda katta ahamiyatga ega.
Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi.
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun,
xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha
ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi
bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday
munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy
jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan
natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat
taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy
mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda
biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan.
Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida
qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi
muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan
muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq
xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining
«siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat
cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil
bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-
sekinlik
bilan
tovar
ishlab
chiqarishga,o’tadi.
Tovar ishlab chiqarish
, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali
namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi
shundaki, bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga
sotish uchun yaratiladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini 1-
jadval
orqali
ko’rish
mumkin.
Asosiy jihatlar
Natural xo’jalik
Tovar xo’jaligi
1. Moddiy ne’matlarni
ishlab chiqarish maqsadi
Shaxsiy ehtiyojlarni
qondirishda foydalanish
Boshqa tovarlarga
ayirboshlash, bozorda
oldi-sotdi qilish
2. Ishlab chiqariladigan
mahsulot tarkibining
aniqlanishi
Ehtiyojlar va
imkoniyatlardan kelib
chiqqan holda oldindan
aniqlanadi
Bozordagi muayyan talab
va ishlab chiqaruvchining
xususiiy manfaati asosida
aniqlanadi
3. Iste’molchini o’ziga
jalb etish uchun kurash
Bunday kurash mavjud
emas
Bunday kurash mavjud va
tovar xo’jaligining
rivojlanishi bilan kuchayib
boradi
4. Ishlab chiqarilgan
mahsulotning iste’mol
qilinishi darajasi
Barcha ishlab chiqarilgan
mahsulotlar to’laligicha
iste’mol qilinadi
Ishlab chiqarilgan
mahsulotlar ayrim turlari
va qismlarining sotilmay
qolishi, ya’ni iste’mol
kilinmasligi
5. Ishlab chiqarish
jarayonida ishchi
kuchining ishtirok etish
tamoyillari
Ishlab chiqarish jarayonida
faqat o’zining va oila
a’zolarining ishchi
kuchidan foydalaniladi
Ishlab chiqarish
jarayonida yollanma
ishchi kuchidan ham
foydalanish mumkin
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi
.
Tovar ishlab chiqarish
ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni
o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir.
Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni
mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy
mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar
ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni
ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida
ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining
oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali
bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini
rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga
tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola
boshlaydi. Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari,
feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab
chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar
ochgan. Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat
iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.
Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal
qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu,
birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu
aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida,
qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil
qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab
chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan
muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari
tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab
chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat
ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab
chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti
hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish
uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab
chiqaruvchilarga aylanadi. uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–
sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat
taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab
chiqarishni mustaqil aniqlash imkonini beradi.
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’’roq
darajada imkon yaratadi, chunki:
- tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat
samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;
- tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo’lishi uchun mehnat
unumdorligini o’stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;
- tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab
chiqarish natijalaridan ko’’roq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar
xonavayron bo’ladilar;
- tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo’lmasligi va daromad olishlari uchun
o’z faoliyatlarini xaridorlarga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltira
olishlari lozim, ular o’zlarining raqiblari ustidan g’alaba qozonishi uchun
tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. Natural xo’jalik yurituvchilar oldida
bunday vazifa mavjud emas;
- tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga jalb qilish, o’z tovarini sotib
daromad olish imkoniga erishish vositasi bo’lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador
tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.
Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning
asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Tovar va uning xususiyatlari.
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning
mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif
berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan,
E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir». Bundan
ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi. V.I.Vidya’in va
boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar»
tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus
shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun
ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat». Bu va boshqa qator olimlarning
fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki,
tovar
- bu biron-bir naflilikka va qiymatga
ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha
aytganda,
tovar
biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga
ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini
mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u
iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste’mol qiymati
shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi
yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan,
ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda
bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar.
Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari
o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon
borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida,
to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari
o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta,
tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham
naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani
holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga
olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega
bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan
tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik
deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi
naflilikka aytiladi.Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni
yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar
talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday
naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada
rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar
uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi
naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga
oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga
ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning
ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni
sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson
mehnati bilan yaratilmagan ko’’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi
daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar
bo’lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste’molchi
tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo’lishi uchun,
ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga
chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng
avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga
sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va
ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak: Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki
boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan
mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari,
xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi. Tovarning almashuv qiymati – bu biror
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru
turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy
nisbatidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Understanding the Transition from Natural to Manufactured Capital:
Implications for Investors" - Bu adabiyot, ekologiya, iqtisodiyot va sarmoyadorlik
sohasidagi o'zgarishlarni tahlil qiladi va tabiiy resurslar ishlab chiqarishidan o'tib,
mahsulot ishlab chiqarishga yo'nalishni o'z ichiga olgan o'zgarishlarni o'rganishda
yordam beradi.
2.“Economic Development and the Transition from Natural Capital to Produced
Capital" - Bu kitob, iqtisodiy rivojlanish va sanoatga o‘tishning konseptual
o‘zgarishlarini, korxonalar va tadbirkorlik sohasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishga
yordam beradi.
3.“The Role of Innovation in Transitioning from Natural Production to
Manufactured Goods"- Bu adabiyot, innovatsiyalar va yangi texnologiyalar bilan
qanday ko‘plab korxonalar uchun foyda va samaradorlik yaratishni tushuntiradi.
https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/download/1302/1746
https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/742
________________________________________________________________
"Экономика и социум" №4(119) 2024 www.iupr.ru