Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
235
28-iyun 2024-yil.
UDK: 616:576.88:575.1
JIZZAX VILOYATI G‘ALLAOROL TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA
GELMINTOZLARNI TARQALISHI
J.M.Isayev
-katta ilmiy xodim
I.A.Ulashov
-katta ilmiy xodim
I.G‘.Usmanov
-kichik ilmiy xodim
U.I.Muxtorov
-tayanch doktorant
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ayrim xo‘jaliklarida
gelmintlarni tarqalish darajasi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Gulchambar, Sovruk,
gelmint, gelmintoz
,
boshqa oshqozon-ichak
strongilyatozlar, moniezioz, marshallagioz, gelmintoovoskopiya, fyulleborn ketma-ket yuvish.
Kirish.
Respublikamizda chorvachilik sohasining asosiy tarmoqlaridan biri bu qo‘ychilik
bo‘lib, aholini sifatli go‘sht, sut hamda yog‘ mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom-ashyo sifatida teri
mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun barcha xo‘jalik yurituvchi
subyektlarda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, ularni mahsuldorligini oshirish, turli yuqumli,
yuqumsiz va invazion kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish choralarini rejali ravishda olib
borishdir. Bu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi qator omillar ham mavjud. Bulardan qishloq
xo‘jalik hayvonlari orasida uchrab turadigan ayrim gelmintozlarning tarqalishi va keltiradigan
iqtisodiy zarari bo‘yicha muhim o‘rin egallaydi. Respublikamizda ushbu kasalliklarni tarqalishini,
epizootologik holatini va ularga qarshi kurashish choralarini izlab topishni talab etadi.
Chorvachilikni yanada jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, mahsuldor mollar tuyoq sonini
ko‘paytirish va ularning mahsuldoligini oshirishda chorva mollarining turli yuqumli, parazitar va
yuqumsiz kasalliklariga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga
oshirish muham ahamiyatga ega.
Jumladan mahsuldor mollar orasida uchraydigan turli xil gelmintozlar, ularning tarqalish
darajasi, hozirgi chorvachilik yuritish texnologiyasi sharoitida turli xil gel'mintozlarning
epizootologik xususiyatlari, bu kasalliklarga qarshi davolash-profilaktika chora-tadbirlarini
takomillashtirish va yangi uslub-vositalar ishlab chiqish ma'lum darajadagi muhim va dolzarb
muammo bo‘lib hisoblanadi.
Ayniqsa mahsuldor mollarning asosiy gelmintozlarining tarqalishi va ular yetkazadigan
iqtisodiy zararning oldini olishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega muammo bo‘lib
hisoblanadi. Chunki gelmintozlarning qo‘zg‘atuvchilari, ya’ni patogen gelmintlarning biologik
xususiyatlari, ularning tarqalish darajasi va hayvon organizmida rivojlanishi tashqi muhit va
chorvachilik yuritish texnologiyasiga bog‘liqdir.
Shuning uchun gel'mintozlarning tarqalishi va epizootologik jihatlarini chorvachilik
yuritishning yangi texnologiyasi shart-sharoitlarda aniqlash va olingan ma’lumotlar asosida bu
kasalliklarga qarshi samarali davolash-profilaktika chora-tadbirlarni ishlab chiqish davr talabi bo‘lib
hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi.
Chorva mollari orasida asosiy gelmintozlarni tarqalishini aniqlash,
ularga qarshi chora tadbirlarni takomillashtirish, gelmintozlarni davolsh va profilaktika chora-
tadbirlar tizimini ishlab chiqishning ilmiy asoslari va metodologik jihatlarni tadqiq qilish va
amaliyotga qo‘llashdan iborat.
Material va metodlar.
Ilmiy tadqiqot ishlari Jizzax viloyati G’allaorol tumani ayrim
hududlarida tekshirish ishlari olib borildi. Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 20 bosh
qo‘ylardan va Sovruk mahalla fuqarolar yig‘ini hududida esa 20 bosh qo‘ylardan tezak namunalari
olinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
236
28-iyun 2024-yil.
Tadqiqotlar
davomida
olingan
namunalar
veterinariya
ilmiy
tadqiqot
instituti
Gelmintologiya laboratoriyasida olib borildi. Gelmintoovoskopik tekshirishlardan fyulleborn va
ketma-ket yuvish usulllaridan foydalanib tekshirildi.
Natijalar va ularning tahlili.
Qo‘ylarda tarqalishini o‘rganish natijalari 1-jadvalda
keltirilgan.
1-jadval
Qo‘ylardan olingan tezak namunalarini tekshirish natijalari
Hudud
Hayvon bosh
soni
Fulleborn
va ketma-ket yuvish usulida tekshirilganda
M
on
iez
ioz
M
ar
sh
all
agioz
B
osh
q
a os
h
q
oz
on
-
ichak
str
on
gil
yatoz
lar
Gelm
in
toz
lar bi
lan
u
m
u
m
iy zar
ar
lan
ish
i
n=
%
n=
%
n=
%
n=
%
Gulchambar
m.f.y.
20
-
-
7
35
1
5
8
40
Sovruk m.f.y.
20
10
50
-
-
-
-
10
50
Jami:
40
10
25
7
17,5
1
2,5
18
45
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, G‘allaorol tumanidagi Gulchambar mahalla fuqarolar yig‘ini
hududida 20 bosh qo‘ylardan olingan tezak namunalari tekshirilganda ularning 7 boshida
marshallagioz
va
1 boshida
boshqa oshqozon-ichak strongilyatozlari
qo‘zg‘atuvchilarining
tuxumlari borligi aniqlandi, va qo‘ylarning zararlanish darajasi 40 foizni tashkil etdi.
1-rasm. Qo‘ylardan namunalar olish jarayoni
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 1/24
237
28-iyun 2024-yil.
G‘allaorol tumanidagi Sovruk mahalla fuqoralar yig‘ini hududida 20 bosh qo‘ylarning
tezak namunalari tekshirilganda 10 boshida
monezioz
qo‘zg‘atuvchisining tuxumlari borligi
aniqlandi, qo‘ylarnning Monezioz bilan zararlanish darajasi esa 50 foizni tashkil etdi.
Xulosa.
Respublikaning markaziy hududi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi ayrim
hududlardagi qo‘ylar turli xil gelmintozlar bilan zararlangan bo‘lib, jami 40 bosh qo‘ylarning
gelmintozlar bilan umumiy zararlanishi 45% ni tashkil qildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Ахмадалиева Л. Х., Элмуродов Б. А., Орипов А. О. ПРАВОВАЯ ОХРАНА
ЗДОРОВЬЯ ЖИВОТНЫХ И ЭКОСИСТЕМ В НИИ ВЕТЕРИНАРИИ //ББК 40.0 П78. – 2021.
– С. 378..
2.
Орипов А. О. и др. К вопросу о химиопрофилактике гельминтозов //Ветеринарна
медицина. – 2013. – №. 97. – С. 396-397.
3.
Орипов А. О. и др. Препараты против гельминтов овец в виде твердых дисперсий
//Успехи современного естествознания. – 2019. – №. 3-2. – С. 169-175.
4.
Usmonov
I.
et
al.
QORAMOLLARNING
ANOPOLOTSEFALYATOZLAR
//AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI. – 2022. – С.
403-406.
5. Taylakov T. I. et al. MAYDA SHOXLI HAYVONLARNING MONIEZIOZIDA
ANTGELMINTIKLARNI SAMARADORLIGI ANIQLASH //Educational Research in Universal
Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3 SPECIAL. – С. 955-958.
6. Usmanov I. G., Taylakov T. I. DISTRIBUTION OF MONIEZIOSIS AMONG SMALL
HORNED ANIMALS IN THE MOUNTAIN RANGES AND MOUNTAIN REGIONS OF
SAMARKAND REGION //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2023. – Т.
11. – №. 4. – С. 701-704.
7. Якимов К. Д., Ногаева У. В. БИОФАРМАЦЕВТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРИМЕНЕНИЯ
МЕТОДА ТВЁРДЫХ ДИСПЕРСИЙ В ФАРМАЦЕВТИЧЕСКОЙ ТЕХНОЛОГИИ //Молодая
фармация-потенциал будущего. – 2022. – С. 938-945.
8. Орипов А. О. и др. Препараты против гельминтов овец в виде твердых дисперсий
//Успехи современного естествознания. – 2019. – №. 3-2. – С. 169-175.
9.
Халиков
С.
С.
и
др.
ПОЛУЧЕНИЕ
МОДИФИЦИРОВАННЫХ
МЕХАНОХИМИЧЕСКИМ ПУТЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ПРЕПАРАТОВ И ИХ
СВОЙСТВА //Актуальные проблемы сельского хозяйства горных территорий. – 2019. – С.
324-328.
10. Рузимуродов, М., Маматкулов, И., & Игнатов, П. (2018). Бруцеллёзная искусственная
вакцина (бив) для профилактики бруцеллёза животных.
in Library
,
18
(2), 145-147.
11. Рузимуродов, М. (2018). Новые инновационные подходы в борьбе с бруцеллёзом.
in
Library
,
18
(2), 14-16.
12. Рузимуродов, М., Мамадуллаев, Г., Тухлиев, А., & Рахимов, А. (2016). Специфическая
активность ППД туберкулинового диагноста.
in Library
,
16
(1), 14-15.
13. Рузимуродов, М., Баженов, Л., Артемова, Е., & Тен, Р. (2008). Использование
кристаллогенных свойств бруцелл для их идентификации и дифференциации.
in Library
,
3
(3),
21-22.
14. Баженов, Л. Г., Рузимуродов, М. А., Артемова, Е. В., & Тен, Р. М. (2008). Изучение и
использование
кристаллогенных
свойств
бруцелл
для
их
идентификации
и
дифференциации.
Bulletin of the International Scientific Surgical Association
,
3
(1), 21-22.
15. Рузимуродов, М., & Тен, Р. (2004). Применение средств специфической профилактики
в борьбе с заболеваниями сельскохозяйственных животных бруцеллезом в Республике
Узбекистан.
in Library
,
1
(1), 61-63.