67
era. The rise of political Islam as a result of these repressions is another
factor. Political Islam is a form that seeks to apply Islamic law to all social
life. As a result of the imposition by some state rulers of an ultra-secular
state approach that restricted religious life, requiring university students to
wear headscarves and not to wear religious clothing in public, both ordinary
people and political Islamists resisted a more restrictive interpretation of
Islam in the public sphere. This has led to some tensions between religious
Muslims and secularists in Türkiye. However, public conscience and
common sense always favored freedoms. As a result, from 1950 onwards,
the Republic of Türkiye has always been ruled by the right-wing and partly
by conservatives. This led to a more tolerant attitude towards both local
and foreign religious believers. Female students have gained the right to
study freely in universities wearing headscarves and to hold public office.
Türkiye remains a relatively tolerant country in terms of religious tolerance.
Religious freedom is guaranteed in the constitution and the government has
taken a number of steps to promote tolerance.
* * *
Azamat Toshyev
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar
bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI –
JAMIYATDA MILLATLARARO BAGʻRIKENGLIKNI
MUSTAHKAMLASHNING AMALIY DASTURI
So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar
natijasida xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan do‘stlik va bag‘rikenglik
kabi ezgu qadriyatlar asosida millatlararo munosabatlar yangi bosqichga
ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatish
orqali barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Keng ko‘lamli islohotlar davomiyligini ta’minlash maqsadida ishlab
chiqilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasida jamiyatda millatlararo totuvlik
muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini
rivojlantirish alohida ustuvor maqsad
38
sifatida belgilandi.
38
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон-2030” стратегияси тўғриси-
да”ги ПФ–158-сонли Фармони.
11.09.2023 йил.
https://lex.uz/ru/docs/6600413
68
Jumladan, “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan
siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishida quyidagi maqsadlarga erishish
nazarda tutilgan:
- millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini
3 baravarga oshirish;
- do‘stlik jamiyatlari sonini 60 taga yetkazish hamda birodarlashgan
shaharlar sonini ikki baravarga oshirish;
- ta’lim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy
adabiyotlar fondini ikki baravarga oshirish.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili sifatida millatlararo
hamjihatlik va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlashga
alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda yashayotgan
16 ta diniy konfessiya, 130
tadan ortiq millat va elatlar vakillari teng huquq va erkinligini ta’minlashning
huquqiy asoslari yaratildi.
Millatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida xorijiy
tajribani o‘rganish natijasida qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha
40 tadan ortiq normativ-huquqiy hujjat – 2 ta Qonun, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 9 ta farmoni va 8 ta qarori, Oliy Majlisning
3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-
yil 19-may kuni alohida davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar
bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Qo‘mita mamlakatimizdagi 156 ta milliy madaniy markaz, 38 ta
do‘stlik jamiyati va xorijdagi 98 ta vatandoshlar jamiyati bilan hamkorlikda
millatlararo va dinlararo totuvlikni ta’minlash, xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
maqsadida 2018-yil 4-maydagi PF–5430-sonli Farmonga muvofiq
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Do‘stlik uylari”
tashkil etilib, ularda milliy madaniy markazlar bepul asosda joylashtirildi.
Jumladan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Koreya
Respublikasi Prezidenti ishtirokida Koreys madaniyati uyi ochildi.
2021-yil aprel oyidan boshlab mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan
jami 156 ta milliy madaniy markaz raislari va ularning o‘rinbosarlariga
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘lari hisobidan oylik ish haqi
to‘lash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
69
2017-2023-yillarda davlat tomonidan milliy madaniy markazlarni
qo‘llab-quvvatlash uchun jami 40 milliard 427 million so‘m mablag‘
ajratilishi ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan qozoq, qirg‘iz,
turkman, turk, koreys, ozarbayjon, belarus, boshqird, tatar va boshqa milliy
madaniy markazlarining yubileylari Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Turkmaniston, Turkiya, Koreya, Ozarbayjon, Tatariston va Boshqirdiston
Respublikalaridan kelgan rasmiy delegatsiyalar, shuningdek madaniyat va
san’at namoyondalari ishtirokida tashkil qilindi.
O‘zbekiston Prezidentining Qaroriga ko‘ra 2018-yil 26-iyunda Qo‘mita
qoshida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi
markazining tashkil etilishi tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida
o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, millatlararo
bag‘rikenglikni ta’minlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga
ko‘maklashmoqda.
2018-yil 25-oktyabrda Prezident tomonidan tasdiqlangan Vatandoshlar
bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati
konsepsiyasi xorijda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan doimiy
muloqot va hamkorlikni jadal rivojlantirish imkonini berdi.
Natijada Qo‘mita tomonidan xorijdagi turdosh tashkilotlar bilan
45
tadan ortiq hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2019-yil 15-noyabrda Millatlararo
munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati
konsepsiyasining
39
qabul qilinishi millatlararo munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tardi.
Mamlakatimizda 30-iyulni “Xalqlar do‘stligi kuni” etib belgilash
to‘g‘risida 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
40
qabul qilindi.
O‘zbekistonda millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini
mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijlik
hamkorlarning mehnatini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi
tomonidan 2021-yil 1-iyunda “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni
41
ta’sis
etildi.
39
Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5876-сонли Фармони.
15.11.2019
йил.
https://lex.uz/ru/docs/4597662
40
“Халқлар дўстлиги кунини белгилаш тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси
Қонуни. 10.02.2021 йил. https://lex.uz/docs/5277501
41
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 335-сонли қарори.
01.06.2021
йил.
https://lex.uz/docs/5441590
70
Hukumatning 2023-yil sentyabrdagi qaroriga asosan ta’sis etilgan “Diniy
bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni
42
diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini
oshirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillarini
rag‘batlantirish imkonini beradi.
O‘tgan davrda milliy madaniy markazlarning 500 nafardan ortiq faollari
davlat mukofotlariga sazovor bo‘lib, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Ulardan 14 nafariga
“O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni berildi.
Jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
43
hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent
shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari huzurida Millatlararo totuvlik,
bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik kengashlari
44
tashkil etildi.
Har chorakda millatlararo munosabatlar sohasidagi mavjud holat tahlil
qilinib, viloyat, tuman hokimlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
sessiyalarida, shuningdek Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi va
viloyat hokimlarining axborotlarini har yili Parlamentda eshitish tizimi
yo‘lga qo‘yildi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasining 100-maqsadini
45
amalga
oshirishda millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion
loyihalarning amalga oshirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus mukofotini
ta’sis etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya qoidalarini amalga oshirish
maqsadida mamlakat hududida yashovchi turli millat va elatlarning
madaniyati, tili, urf-odati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratishga ustuvor ahamiyat berilgan.
42
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 495-сонли қарори.
25.09.2023
йил
.
https://lex.uz/docs/6616908
43
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1018-сонли қарори.
25.12.2017
йил
.
https://lex.uz/docs/3476918
44
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 723-сонли қарори.
17.11.2020
йил
.
https://lex.uz/ru/docs/5108026
45
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон-2030” стратегиясини 2023
йилда сифатли ва ўз вақтида амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ–300-
сонли Қарори.
11.09.2023 йил
.
https://lex.uz/uz/docs/6600390
71
Aholi tarkibi, aholi sonining o‘zgarish dinamikasi, millatlarning
joylashgan hududlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan
O‘zbekistonning raqamli etnokonfessional atlasi ishlab chiqiladi.
Oqilona siyosat natijasida O‘zbekistonda tele-radio ko‘rsatuv va
eshittirishlar
12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 14 tilda chop
etilmoqda hamda mamlakatimizdagi 10 000 tadan ortiq umumta’lim
maktabining 1 865 tasida ta’lim 6 tilda
, ya’ni qoraqalpoq, rus, tojik, turkman,
qirg‘iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
Yoshlarimizning yurtimizdagi turli millatlarning milliy madaniy
markazlari umumxalq bayramlarida faol ishtirok etishi, ayniqsa, Mustaqillik
bayrami arafasida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Yangi hayot uchun,
Yangi O‘zbekiston uchun!”, “Bizning kuchimiz – birlik va hamjihatlikda”,
“Millatlararo totuvlik – Vatanimiz tinchligi va gullab-yashnashi garovi”
mavzusida tadbirlar tashkil etilishi o‘zaro do‘stlik rishtalarining yanada
mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda. O‘z navbatida turli millat
vakillarining, jumladan, armanlarning gullar bayrami – “Vardavar”,
bolgarlarning “Martinisa”, tatar va boshqirdlarning “Sabantuy”, greklarning
“Oxi”, koreyslarning “Chxusok”, polyaklarning hosil bayrami – “Dojinki”,
ruslarning “Rojdestvo”, “Maslenisa”, Nemislar birdamlik kuni singari milliy
bayramlari O‘zbekistonda ham keng nishonlanadi.
O‘zbekiston yetakchisi taklifiga asosan 2018-yilda BMT Bosh
Assambleyasida qabul qilingan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus
rezolyutsiyasiga muvofiq har yili “16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik
kuni”ga bag‘ishlab yurtimizda o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi”
do‘stlikni yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekistonning millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik siyosati
jahon hamjamiyati tomonidan qiziqish bilan o‘rganilmoqda va munosib
baholanmoqda. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining
(YeXHT) kam sonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Lamberto
Zanyer 2018-yil aprel oyida hamda amaldagi Oliy komissari Kayrat
Abduraxmanovning 2022-yil iyul oyida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida
milliy madaniy markazlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan
edi.
2018-yilda Italiyaning Udin shahrida YeXHTning davlatlararo
munosabatlarda kamsonli millatlar to‘g‘risidagi Bolsan tavsiyalarining o‘n
yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Lamberto Zanyer
72
O‘zbekistonga tashrifi davomida olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi va
mamlakatimizning millatlararo munosabatlar sohasidagi tajribasiga yuksak
baho berdi. Mazkur tajriba YeXHT uchun amaliy ahamiyatga ega ekanligini
alohida ta’kidlab o‘tdi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan vazifalarning o‘z
vaqtida bajarilishi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan
do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini yanada
takomillashtirishga, yoshlarni mamlakatimizda yashovchi 130 dan ortiq
millat va elatlarning tili, urf-odati an’analariga hurmat bilan munosabatda
bo‘lish ruhida tarbiyalashga, ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi hamda
xorijdagi vatandoshlarimiz sa’y-harakatlarini Yangi O‘zbekistonni bunyod
etish, jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini
mustahkamlash ezgu g‘oyasi atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.
* * *
Saodat Davlatova,
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar
bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Ilmiy markazi rahbari,
tarix fanlari doktori
O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA
BAG‘RIKENGLIK MUHITI RIVOJINING YANGI BOSQICHI
Yangi O‘zbekistonda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglikni ta’minlanganligi ko‘pmillatli mamlakatimizda milliy
bag‘rikenglik muhiti, turli xalqlarning madaniyati va urf-odatlarini
rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilganligi hamda uning poydevori
mustahkamligini ko‘rsatadi.
Jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik tushunchalari
shakllanishi ildizlari qadimgi davrga borib taqaladi. O‘zbek millati
tarixiga nazar tashlasak, ezgulikka intilish, sabrlilik, bag‘rikenglik, mehr-
oqibat, bir-biriga nisbatan xayrixohlik fazilatlari xalqimizning ma’naviy
qadriyatlarining tub mohiyatini tashkil qiladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar markazida avvalo inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini