21
va muammolarga javoban yangicha yondashuv asosida o‘qitish davr
talabidir. Ushbu yondashuv talabalarda diniy bag‘rikenglik madaniyatini,
dinga nisbatan to‘g‘ri qarashni shakllantirishga xizmat qiladi. Zero, dinlararo
bag‘rikenglik g‘oyasi jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini
nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi.
* * *
Azamat Toshev,
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy
mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari
qo‘mitasi
raisi o‘rinbosari
MILLATLARARO BAGʻRIKENGLIKNI TA’MINLASH – YANGI
O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI
Tarixdan ma’lumki, mintaqamizda yashayotgan xalqlarni asrlar
davomida shakllangan madaniyati, ma’naviy-axloqiy an’analari va
umuminsoniy qadriyatlar hamda buyuk ajdodlarimizning bebaho tarixiy
merosi birlashtirib turadi.
O‘zbekiston zamini ming yillar mobaynida xilma-xil millatlar va dinlar
vakillari hamjihatlikda yashab, turli madaniyatlar bir-birini boyitgan makon
bo‘lgani bois bag‘rikenglik xalqimiz turmush tarzining ajralmas qismiga
aylanib ketgan.
Shu bois yurtimizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat
hamda 16 ta diniy konfessiya vakillarining asosiy huquq va erkinliklarini
ta’minlash Yangi O‘zbekistonda uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashning
fundamental asosi bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi,
o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda
mustahkamlash Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan nutqida
ustuvor vazifa
1
etib belgilandi.
1
Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз
билан бирга қурамиз. 14.12.2016 йил. https://president.uz/uz/lists/view/111
22
Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni
ta’minlash, turli millat vakillarining ona tilini, madaniyati, an’analari, urf-
odatlari va milliy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish uchun zarur huquqiy
asoslar yaratilishi natijasida bugungi kunda 152 milliy madaniy markaz
faoliyat yuritmoqda.
Ta’kidlash lozimki, madaniy va ma’naviy merosni asrash, millatlararo
tinchlik va totuvlikni saqlab turish, millatlararo munosabatlarni
uyg‘unlashtirish, xalqaro madaniy almashinuvni rag‘batlantirish, shuningdek
“xalq diplomatiyasi” mexanizmi orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini
mustahkamlashda milliy madaniy markazlar muhim o‘rin tutadi.
Ko‘p millatli O‘zbekistonda millatlararo bag‘rikenglikni ta’minlash
borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, milliy madaniy
markazlar, do‘stlik jamiyatlari va diniy konfessiyalar vakillari bilan
hamkorlikda O‘zbekistonda har yili 16 noyabr – “Xalqaro bag‘rikenglik
kuni”ga bag‘ishlab “Bag‘rikenglik haftaligi”ni o‘tkazilishi alohida e’tiborga
loyiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi
Qaroriga asosan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq
diplomatiyasi markazining tashkil etilishi tashkilotga a’zo mamlakatlar
o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo
bag‘rikenglikni mustahkamlash, sivilizasiyalararo muloqotni kuchaytirishga
ko‘maklashmoqda.
Madaniyatlar va an’analar xilma-xilligini hamda mintaqa davlatlari
barqaror rivojlanishining zamonaviy jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan
ilmiy tadqiqotlarni olib borish maqsadida 2020-yilning avgustida Toshkentda
tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi
o‘zaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2019-yil
15-noyabrda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi
davlat siyosati konsepsiyasining qabul qilinishi millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash
borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Natijada milliy
madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida
tashkil
etilgan “Do‘stlik uylari”ga milliy madaniy markazlarning bepul asosda
joylashtirilishi ularning etnomadaniy infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
23
Milliy madaniy markazlar faoliyatiga oid qonunchilik takomillashtirilib,
2021- yilda “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 2021-yilda O‘zbekiston
Respublikasining Qonuni bilan 30-iyul sanasi “Xalqlar do‘stligi kuni”
etib belgilanishi mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va diniy
konfessiyalar vakillari o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik va bag‘rikenglik
muhitini mustahkamlashga zamin yaratdi. Hukumat qaroriga asosan
2021-yilda ta’sis etilgan “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni O‘zbekistonda
millatlararo do‘stlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlanishiga munosib
hissa qo‘shgan mahalliy va xorijlik jismoniy va yuridik shaxslarning
mehnatini rag‘batlantirish imkonini berdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida milliy madaniy
markazlar va 16 ta diniy konfessiya faollari tomonidan “Yangi O‘zbekiston”
majumasi hududida 2022-yilning 5-aprel kuni “Bag‘rikenglik bog‘i”ga
asos solinishi yurtdoshlarimizning atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan
bunyodkorligi ifodasidir.
“Deklarasiyalar muloqoti” xalqaro forumi yakunida 2022-yilning
19-may kuni dunyoning turli mintaqalaridan tashrif buyurgan tajribali
huquqshunos, yetakchi dinshunoslar tomonidan qabul qilingan “Buxoro
deklarasiyasi”ning joriy yil iyul oyida Birlashgan millatlar tashkiloti
Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida e’tirof etilishi
jahonda diniy ma’rifat g‘oyalarini, bag‘rikenglik madaniyatini targ‘ib etish,
millatlararo va dinlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.
2022-yilning sentyabr oyida Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a’zo
davlatlar rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi arafasida Samarqand
shahrida foydalanishga topshirilgan “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik
muzeyi” yurtimizda qaror topgan millatlararo va diniy bag‘rikenglik ildizlari,
dinlararo muloqot madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Mamlakatimizda Abdurahmon Jomiy, Maxtumquli Firog‘iy, Abay
Qo‘nonboyev, Aleksand Pushkin, Shota Rustaveli, Taras Shevchenko, Yakub
Kolas, Chingiz Aytmatov kabi turli millatlar adabiyot namoyondalarining
nomlari abadiylashtirilishi
ushbu xalqlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy
qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish,
millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga
hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilinib, nashr
24
etilganligi, shuningdek “Turkiy adabiyot durdonlari” nomli 100 jilddan
iborat asarlar majmuasi chop etilganligi turli millatlar madaniy va tarixiy
merosi bilan yaqindan tanishish, ularni ommalashtirilishga zamin yaratdi.
Yubiley sanalar munosabati bilan respublika milliy madaniy
markazlarini Hukumat tomonidan, hududiy milliy madaniy markazlarni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimlari tomonidan tabriklash amaliyoti joriy etildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida
farmoyishlariga asosan O‘zbekiston rus madaniy markazi, “Slavutich”
ukrain madaniyat markazi, “Wiedergeburt” O‘zbekiston nemis madaniy
markazi, O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi, O‘zbekiston qirg‘iz
milliy madaniy markazi, O‘zbekiston turkman milliy madaniy markazi,
O‘zbekiston turk milliy madaniy markazi, Toshkent shahar tatar hamda
Toshkent shahar boshqird jamaot-madaniy markazlarining yubileylariga
bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda turli madaniy-
ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy
muloqot va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 25-oktyabrdagi Qaroriga asosan tasdiqlangan
Vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat
siyosati konsepsiyasi bu sohadagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tardi.
Millatlararo munosabatlar sohasidagi rivojlantirish, “xalq diplomatiyasi”
orqali ikki tomonlana aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo
munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi
ning
xorijdagi turdosh tashkilotlar bilan 40 tadan ortiq hamkorlik memorandumi
imzolandi.
Jamiyatda bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyati
his-tuyg‘usini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida, milliy
va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashda
milliy madaniy markazlarning rolini yanada oshirish maqsadida millatlararo
munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida yetakchi xorijiy
mamlakatlarning tajribasini o‘rganish asosida qonunchilikni takomillashtirib,
“Milliy madaniy markazlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
loyihasini ishlab chiqishni taklif qilaman.