Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
16
1-noyabr 2024-yil.
UDK. 619:636.2:618:616.002
QO‘Y - ECHKILARNI URUG‘LANTIRISHDA ZAMONAVIY USULLARINI
JORIY ETISH
Djumanov S.M.,
v.f.n.,
v.b. dotsent
Xushnazarov A.X.,
kichik ilmiy xodim
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar
universiteti.
Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti.
Annotatsiya:
Maqolada hozirgi vaqtda qo‘y va echkilarni urug‘lantirishning
samarali usullari kursatib berilgan bulib, bunda veterinariya sohasining asosiy
yutuqlaridan biri hisoblangan sun’iy urug‘lantirish usuli yordamida naslli qo‘ylarning
imkoniyatlarini o‘rganish, ulardan qisqa vaqt ichida ko‘p sonli avlod olish va ularda
tanlash, bir bosh nasldor qo‘chqordan olingan sperma bilan bir necha ming bosh
urg‘ochi qo‘ylarni urug‘lantirishga erishish natijalari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
qo‘ylar, echkilar, jinsiy moyillik, jinsiy sikl, sinxronizatsiya,
progesteron, prostaglandin, sun'iy urug‘lantirish, biotexnologik usul, sperma,
kateter.sun’iy qin.
Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamizda chorvachilik mahsulotlariga
bo‘lgan talabini yanada yaxshiroq qondirish Davlatimiz agrar siyosatining asosiy
jabhalaridan biri hisoblanadi. Respublikamiz Prezidentining qator farmonlari va
vazirlar mahkamasining qarorlarida aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan
talabini qondirish iqtisodiy hamda siyosiy masala deb ta’kidlanadi. Respublika
Prezidentining 2019 yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish
va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4243 – sonli Qarori
chorvachilikni shu jumladan uning bir tarmog‘i bo‘lgan qo‘ychilik va echkichilikni
yanada barqaror rivojlantirishda asosiy me’zon bo‘lib kelmoqda. Chorvachilik va
veterinariya sohasining asosiy yutuqlaridan biri hisoblangan sun’iy urug‘lantirish
usuli yordamida naslli qo‘ylarning imkoniyatlarini o‘rganish, ulardan qisqa vaqt
ichida ko‘p sonli avlod olish va ularda tanlash, saralash o‘tkazish orqali qo‘ylarning
foydali jihatlarini mustahkamlash mumkin. Natijada qo‘ylarning mahsuldorligini
oshirish, yangi zotlarni yaratish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va ularning tannarxini arzonlashtirish imkoniyati yaratiladi. Masalan,
qozoq arxaromerinos qo‘y zotini yaratishda tog‘ arxarining urug‘don ortig‘idan
olingan spermiylar bilan mahalliy qo‘ylar urug‘lantirilgan. Bu zotni sun’iy
urug‘lantirish usulisiz yaratishning imkoni bo‘lmas edi.
Qo‘ylarni sun’iy urug‘lantirishni tashkillashtirish
Sun’iy urug‘lantirish -
murakkab biotexnologik usul bo‘lib, erkak nasillik hayvonlardan maxsus asboblar
yordamida olingan spermani suyultirilmagan yoki suyultirilgan holda, asboblar
yordamida urg‘ochi hayvonlar jinsiy a’zolariga yuborishdan iborat bo‘ladi. Urg‘ochi
qo‘zilar 6-7 oyligida jinsiy voyaga etsada bu yoshda ularning organizmi hali to‘liq
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
17
1-noyabr 2024-yil.
rivojlanmagan bo‘ladi. Yani ularning organizmi homilani normal rivojlanishi uchun
tayyor bo‘lmaydi. Shuning uchun qo‘zilarni bir yarim yoshdan oldin urug‘lantirish
tavsiya etilmaydi. Tusoqlarni yetarlicha oziqlantirilganda bir yoshligida urug‘lantirish
mimkin, bunda ularning tana vazni 45 kgdan kam bo‘lmasligi kerak. Qo‘y va
qo‘chqorlarni urug‘lantirish mavsumiga tayyorlash uchun ularni avvalambor
semizligining o‘rtacha bo‘lishini ta’minlash zarur. Qo‘ylarning urug‘lantirishdan
oldin o‘ta semiz yoki arriq bo‘lishi ularning kuyga kelishiga yomon ta’sir ko‘rsatadi,
bolasi normal holatda tug‘ilmaydi. Shuning uchun qo‘ylarni urug‘lantirishga 2 oy
qolgandan boshlab tayyorlash lozim. Bu vaqtda qo‘zisi ajratiladi, yoki sog‘ish
to‘xtatiladi. Yetarlicha to‘yimli rasion (oqsillar, vitamin va minerallar bo‘yicha) bilan
ta’minlanadi. Qo‘ylarni bezovta qilmaslik uchun har xil tadbirlar to‘xtatiladi.
Qo‘chqorlar ham iloji boricha ko‘proq yaylovlarda saqlanadi, urug‘lantirish
mavsumiga bir yarim oy qolgandan boshlab omixta yemlar miqdori oshirilib,
yashlovda boqish davom ettiriladi. Respublikamizning turli xo‘jaliklarda qo‘ylarni
urug‘lantirishda erkin urug‘lantirish, qo‘lda va sun’iy urug‘lantirish usullaridan
foydalaniladi. Erkin urug‘lantirish (tabiiy urug‘lantirish) usulida 1,5-2 oy davomida
suruvga nasllik qo‘chqor qo‘shib qo‘yiladi. Bunda bir bosh naslli qo‘chqorga 20-25
bosh ona qo‘y to‘g‘ri kelishi kerak. Qo‘lda urug‘lantirishda kuyga kelgan qo‘ylar
ajratilib, alohida qo‘ralarda saqlanadi va ularga qo‘chqor qo‘shiladi. Bu usulda
urug‘lantirishda qaysi qo‘y qachon urug‘lantirilganligi hisobga olinadi va qachon
qo‘zilashini belgilash mumkin bo‘ladi.
Qo‘ylarni urug‘lantirishning eng samarali uchuli sun’iy urug‘lantirish
hisoblanadi.
Bunda
xo‘jalikda
naslli
qo‘chqorni
saqlamasdan,
naslchilik
korxonalarida yuqori mahsuldor qo‘chqorlardan olingan urug‘dan ham foydalanish
mumkin. Bugungi kunda ko‘pchilik davlatlarda muzlatilgan urug‘ bilan sun’iy
urug‘lantirish yo‘lga qo‘yilgan. Qo‘ylar sun’iy urug‘lantirish punktlarida malakali
osemenatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun dastlab spermaning sifati
mikroskopik
usulda
baholanib,
bunda
spermaning
quyuqligi
(zichligi),
spermatozoidlarning harakati, ularning o‘lik va patologik shakllarining foizi hamda
konsentrasiyasi aniqlanadi. Buning uchun tozalangan maxsus buyum oynasi olinib,
unga shisha tayoqcha bilan bir tomchi sperma tomiziladi. Keyin maxsus yopgich
oyna bilan yopiladi.Sperma mikroskop ostida ko‘rilayotganda Morozov stolchasi
yordamida +39-40°C haroratda isitib turish kerak. Chunki issiqlik etarli bo‘lmasa
spermatozoidlar harakatlanmaydi. Morozov stolchasi dumaloq shaklda bo‘lib,
sperallarining +39-40°C haroratgacha qizishi hisobiga speriylarning faolligi
ta’minlanadi, stolchaning o‘rtasidagi teshik orqali urug‘ tomizilgan buyum oynasi
yoritib turiladi. Spermiylarning harakatchanligini tekshirishda Mikroskopga Morozov
stolchasi o‘rnatilib, ustiga sperma tomizilgan buyum oynasi qo‘yiladi va
mikroskopning 40 ob’ektivi va 7 okulyarida tekshiriladi. Shunda spermiylar 280
marta kattalashtirilgan bo‘ladi. Sperma mikroskop ostida ko‘rilayotganda Morozov
stolchasi yordamida 39-40°C haroratda isitib turish kerak. Uning suv solinadigan va
elektr istgichli turlari bo‘lib, suv solinadigan stolchaga 60-65°C haroratli suv
solingach, mikroskopning buyum stolchasiga o‘rnatiladi, termometr o‘rnatilib,
harorat 38-40°C gacha tushgach, uning ustiga sperma qo‘yilgan buyum oynasi
joylashtiriladi. Stolchadagi suv sovib borsa, iliq suv bilan almashtiriladi. Chunki
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
18
1-noyabr 2024-yil.
issiqlik etarli bo‘lmasa spermiylar harakatlanmaydi. Mikroskopga Morozov stolchasi
o‘rnatilib, ustiga sperma tomizilgan buyum oynasi qo‘yiladi va spermiylarning
harakati tekshiriladi. Urug‘ mikroskopning 40 obektivi va 7 okulyarida tekshiriladi.
Shunda spermiylar 280 marta kattalashtirilgan bo‘ladi.
Spermaning quyuqligini (zichligi) aniqlash.
Spermaning konsistensiyasi
quchqorlarda qaymoqsimon, buqalarda - suyuq qaymoqsimon, ayg‘ir va erkak
cho‘chqalarda suyuq (suvsimon) bo‘ladi.
Bu ko‘rsatkich yangi olingan va suyultirilgan spermada aniqlanadi.
Spermaning zichligi mikroskop yordamida 120-280 marta kattalashtirilgan holatda
aniqlanadi. Petri kosachasida saqlanayotgan toza buyum oynachasi olinib, unga
tekshirilayotgan spermadan pipetka yoki
shisha tayoqcha yordamida bir tomchi
tomizilib, yopqich oynacha yopiladi va
mikroskopning
stolchasiga
qo‘yiladi.
Mikroskop
38-40°C
haroraptli
termostatga o‘rnatiladi yoki Morozov
stolchasidan foydalaniladi.
1-rasm.
Naslli qo‘chqordan yangi
olingn spermani makroskopik baholsh.
1.Spermani miqdoriga (hajmiga)
qaraladi. Urtacha 1-2 dan 5ml gacha. 2-
Rangiga qaraladi. Oqish, oqimtir sargish.
3. Hidi yangi
sog‘ib olingan
sutni hidi.
4.Quyuq-suyuqligi
qaymoqsimon,
smetanaobrazniy
diyiladi.
Morozov
stolchasidan foydalanilganda unga 60-65°C haroratli suv solinib, mikroskop
stolchasiga o‘rnatiladi, termometr qo‘yilganda uninging ichidagi harorat 38-40°C
bo‘lishi lozim. Harorati pasayib borishiga ko‘ra, issiq suv bilan almashtirilib turiladi..
Sun’iy urug‘lantirish texnikasi.
Qo‘ylar servikal, qin yoki bachadon
usullarida urug‘lantiriladi. Servikal usulda sun’iy urug‘lantirishda sperma bachadon
bo‘yni bo‘shlig‘iga silindr shaklidagi yoki ikki tabaqali qin oynalari va
urug‘lantiruvchi aslaha (shpris-kateter) yordamida yuboriladi. Qin usulida sperma
qinning bachadon bo‘yniga yaqin qismiga urug‘lantiruvchi aslaha yordamida
yuboriladi. Bachadon usulida urug‘lantirishda bachadon bo‘shlig‘iga uning
bo‘yinchasi orqali yoki uning dorsal devori orqali laporoskop va maxsus ignasimon
uchli pepetka yordamida yuboriladi.
Qo‘ylarni servikal usulda sun’iy urug‘lantirish
. Bu usul bugungi kunda
asosiy usul hisoblanadi. Qo‘ylar stanokda fiksasiya qilinadi. Tashqi jinsiy a’zolar iliq
suv shimdirilgan tampon bilan tozalanadi, natriy bikarbonatning 1%-li eritmasi
sepilib, yuviladi. Qin oynasi iliq suvda yuvilib, toza sochiq bilan artib quritiladi va
srit alangasida yoki sterilizatorda qaynatish yo‘li bilan zararsizlantiradi. Oldindan
tayyorlangan mikroshprisga sperma olinadi, zarasizlantirilgan qin oynasi 1%-li natriy
xlorid eritmasi bilan namlanadi va chap qo‘l yordamida qinaga kiritiladi.
Bachadonning bo‘yinchasi topilib, ochiq qin oynasi orqali mikroshprisning konyulasi
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
19
1-noyabr 2024-yil.
bachadon bo‘yni kanaliga 2...3 sm kiritadi. Keyin biroz orqaga tortilib, bosh barmoq
bilan porshenga bosilib, sperma bachadon bo‘yniga yuboriladi, qindan avvaliga
shpris, keyin qin oynasi chiqarib olinadi.
Har bir ishlatilgandan keyin qin oynasi yuviladi va zararsizlantiriladi, shprisni
esa tashqi tomoni doka salfetka yordamida artiladi va keyin 96%-li spirt shimdirilgan
tampon bilan uning kanyulasiga spirt tushirmasdan ishlov beriladi. Shprisning
begunogi yordamida spermaning dozasi belgilab olinib, keyingi qo‘y urug‘lantiriladi.
Urug‘lantirish ishlarning tugashi bilan qin oynalari yuvilib, zararsizlantiriladi.
Qo‘ylarni servikal usulda urug‘lantirishda yangi olingan va sovitilgan sperma
ishlatilishi kutilgan natijani beradi. Muzlatilgan va keyin eritilgan sperma bilan
urug‘lantirish esa hamma vaqt ham qo‘llanilmaydi va bachadon bo‘yniga yuborish
chuqo‘rligiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘ylar bachadoni bo‘ynining ko‘plab ko‘ndalang
burmalari hayotchanligi yangi olingan spermaga nisbatan taxminan ikki marta past
bo‘lgan muzlatilgan va qayta eritilgan spermiylarning harakatlanishiga katta
to‘sqinlik qiladi.
2-rasm
.
Qo‘ylarni
servikal
usulda sun’iy urug‘lantirish.
Qo‘ylarda bachadon bo‘ynidagi
bir necha ko‘ndalang burmalarning
mavjudligi va unga shpris konyulasini
chiqur kiritishning qiyinligi sababli
sperma asosan 1...2 sm chuqurlikga
yuboriladi.
Shuning
uchun
muzlatilgan va qayta eritilgan sperma
bilan
qo‘ylarni
urug‘lantirishning
samaradorligi yuqori buladi.
Xulosa.
Qo‘ylarni
sun’iy
urug‘lantirish usullarining mohiyati
bugungi
kunda
ishlab
chiqarish
sharoitida eng samarali qo‘llanilib
kelinayotgan usullardan biri spermani
bachadon
bo‘yniga
(servikal)
yuborish
va
qin
usulida
urug‘lantirish
hisoblanadi.Servikal usulda urg‘lantirishda yangi olingan va sovuq haroratda
saqlangan va qin orqali urug‘lantirishda yangi olingan (suyultirilgan va
suyultirilmagan) spermadan foydalanish maqsadga muvofiq hioblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Авазов, О. С., & Джуманов, С. М. (2021). Причины и характеристики
алиминационного бесплодия у коров.
2.
Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). TUG’RUQDAN KEYINGI
KASALLIKLARNI
DAVOLASHDA
FARMAKOLOGIK
VOSITALAR
SAMARADORLIGI.
O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI
,
1
(12), 801-804.
3.
Djumanov, S. M., & Kokilov, B. R. (2022). EFFECTIVENESS OF
PHARMACOLOGY
IN
THE
TREATMENT
OF
POSTPARTUM
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida
|
TO‘PLAM – 2/24
20
1-noyabr 2024-yil.
DISEASES.
Galaxy International Interdisciplinary Research Journal
,
10
(10), 638-
641.
4.
Djumonov, S. M., Sidiqov, B. T., & Zoirov, U. T. (2022). SIGIRLARDA
TUXUMDONLAR
GIPOFUNKSIYASINING
TARQALISHI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY
JURNALI
, 217-220.
5.
Muradovich, D. S. (2023). SIGIRLARDA BOLA TASHLASHLARNI
SABABLARI
VA
OLDINI
OLISH.
ВЕСТНИК
ВЕТЕРИНАРИИ
И
ЖИВОТНОВОДСТВА
,
3
(1).
6.
Djumanov, S. M., Karimov, M. G., & Raxmonov, L. (2023). KATARAL-
YIRINGLI
MASTITLARNI
DAVOLASH
VA
OLDINI
OLISHNI
TAKOMILLASHTIRISH.
Scientific Impulse
,
1
(9), 1856-1860.
7.
Djumanov, S. M., Sidikov, B. T., & Ibroximov, S. O. (2023). Modern Methods
For Determination Of Cows' Disorders And Infertility.
International Journal on
Integrated Education
,
4
(6), 112-114.
8.
SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTIT KASALLIKLARINI KELIB
CHIQISH
SABABLARI
VA
DIAGNOSTIKASI.
Новости
образования:
исследование в XXI веке
,
2
(13), 21-27.
9.
SM, D. (2023). SIGIRLARDA MASTITLARNI KELIB CHIQISH
SABABLARI
VA
DIAGNOSTIKASI.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI
, 24-28.
10.
Djumanov, S. M. (2023). TUG ‘RIQDAN KEYINGI YARIM FALAJ
KASALLIGINI
SABABLARI,
DAVOLASH
VA
OLDINI
OLISH.
AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI
ILMIY
JURNALI
, 33-38.
11.
Djumanov, S. M. (2023). CAUSES AND TYPES OF ORIGIN OF MASTITIS
IN PRODUCTIVE COWS.
Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal
,
11
(12), 1578-1581.
12.
Жуманов, С. М. (1997). Морфология органов размножения каракульских
овец в онтогенезе.
13.
Djumanov, S., & Umirzakov, I. (2023). ПРИЧИНЫ, ПАТОГЕНЕЗА И
МЕТОДЫ
ДИАГНОСТИКИ
СКРЕТЫЙ
МАСТИТА
У
ДОЕНИЕ
КОРОВ.
Вестник ветеринарии и животноводства (ssuv. uz)
,
3
(3).
14.
Eshbo‘riev, B. M., Eshbo‘riev, S. B., & Djumanov, S. M. (2020). Veterinariya
akusherligi fanidan amaliy-labarotoriya mashg ‘ulotlari.
O „quv qo „llanma,
Samarqand
.
15.
Джуманов, С. М., & Шохрух, И. (2023). SIGIRLARDA BACHADON
CHIQISHI SABABLARI, DAVOLASH VA OLDINI OLISH.
ВЕСТНИК
ВЕТЕРИНАРИИ И ЖИВОТНОВОДСТВА
,
3
(1).
16.
Газнакулов, Т., & Хушназаров, А. (2023). Литературный обзор по истории
развития эпизоотологии и изучения бешенства.
in Library
,
1
(2), 7-9.
17.
Джураев, О., & Хушназаров, А. (2023). Порядок и методы
патологического
обследования
сельскохозяйственных
животных.
in
Library
,
3
(3), 21-25.