JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
58
UDK: 636.92:576.89
QUYONLAR EYMERIOZNI DAVOLASHDA KENG QO‘LLANILADIGAN
PREPARATLAR
Sh.I.Ergashov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti, 4-bosqich talabasi.
A.X.Xushnazarov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti, tayanch doktoranti.
R.B.Davlatov
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti, professori.
Annotatsiya -
ushbu maqolada quyonchilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan
kasalliklardan biri bo‘lgan eymeriozning tarqalishi va kasallikni davolashda keng
qo‘llaniladigan ayrim antiemeriy preparatlarni qo‘llash haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar.
Quyon, eymerioz, koksidioz, preparat, Amprolium, Toltroks,
Intracox oral, Yod eritmasi.
Abstract - this article provides information on the spread of eimeria, one of the
most common diseases in rabbit farms, and the use of some anti-eimeria drugs that are
widely used in the treatment of the disease.
Keywords. Rabbit, eimeria, coccidiosis, Amprolium, Toltrox, Intracox oral,
Iodine solution.
KIRISH.
Qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifasi chorvachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirishdir.
Quyonchilik chorvachilikda go‘sht
resurslarini ko‘paytirish borasida hamda yengil sanoatni xomashyo bilan ta’minlash
borasida ham katta salohiyatga ega bo‘lgan sohalardan biridir. Dunyo iqtisodiyoti va
iste’mol zanjirida quyonchilik alohida o‘rin tutadi.
Frantsiya, Belgiya, Ispaniya,
Argentina va Meksika bu borada eng yaxshi tajribaga ega davlatlardan hisoblandi.
Mo‘ynali va paxmoq zotli quyonlarni yetishtirishning katta ulushi Xitoyga tegishli,
Italiya esa ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, insonning parhez
ovqatlanishda 5 foizidan ko‘prog‘i parhez go‘shti bo‘lishi kerak. Aholi jon boshiga
quyon go‘shtini iste’mol qilish yiliga 5,5
-6 kilogrammni tashkil etishi lozim.
Germaniya, Frantsiya va Vengriyada bu ko
‘rsatkich 2,5
-3 kilogrammni tashkil etadi,
ushbu mamlakatlarda mahsulotlarning 65 foizi klaster usuli bilan ishlab chiqariladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
59
Qishloq xo‘jaligi klasteri
-
bu o‘zlari va innovatsion rivojlanishni qo‘llab
-
quvvatlovchi tashkilotlar o‘rtasidagi raqobat va ha
mkorlik asosida ishlaydigan qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini geografik jihatdan qo‘shtni ishlab chiqaruvchilar,
mahsulotlarni qayta ishlovchi guruhdir.
Prezidentimizning 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik sanoatini davlat
tomonidan qo‘llab
-quvvatlashning
qo‘shimcha chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
farmonida boshqa chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bilan bir qatorda quyonlarni
parvarishlash bo‘yicha ixtisoslashgan komplekslarni qurish, chorvachilik
mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘
yicha loyihalarni amalga oshirish
bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
O‘zbekistonda quyon boqishni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, 2020
-
2024 yillarda respublikada quyon boqish klasterlarini ishga tushirish dasturi ishlab
chiqilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Chorvachilikning
kichk tarmog‘i bo‘lgan quyonchilikda mahsuldorlikni yetarli darajada oshishiga
ko‘pincha turli parazitar kasalliklar yo‘l qo‘ymaydi, ular orasida eymerioz alohida
o‘rin tutadi. Eimeriyalar keltirib chiqaradigan kasalli
klarning xususiyati va ularning
iqtisodiy ahamiyati profilaktika va davolash usullarini doimiy ravishda
takomillashtirishni talab qiladi.
Quyonchilik bilan shug‘ullanadigan har bir kishi
Eymerioz (koksidioz) deb
ataladigan (parazitar) kasallik haqida biladi. Bu invazion kasallik jigar va ichaklarda
parazitlik qiladi va ko‘p hollarda xo‘jalikdagi yoki shaxsiy xonadonlardagi
quyonlarning 90% gacha o‘limiga olib keladi.
Invazion kasalliklar orasida quyon eymeriozi eng keng tarqalgan xavfli
kasallikdir. Bu kasallik bilan asosan 3-4 oylik quyonchalar kasallanadi. Shaxsiy
tadqiqotlarimizda esa barcha yoshdagi quyonlarda ushbu parazitning oosistalarini
topdik. Kasallikni ko‘zg‘atuvchisi ichak va jigarda hayot kechiruvchi eymeriyalardir.
Kasallikka quyonlar yilniig turli fasllarida chalinishi mumkin. Kasallik suv va ootsista
bilan zararlangan oziqa orqali quyonlarga yuqadi.
Kasallikning klinik belgilari.
Eymerioz quyonlarda turli xil ko‘rinishda yuz
berishi mumkin. Eymerioz bilan quyon ichagi kasallanganda ichi ketadi va quyonning
ahvoli kundan-
kunga og‘irlashadi, yaxshi ovqatlanmaydi, ozib ketadi, yosh
quyonchalar o‘sishdan qoladi. Yungi hurpayadi, qorn sohasi miyyoridan ortiq shishib
ketadi va osilib qoladi, tana harorati ko‘tariladi, 15
-20 k
undan keyin quyon o‘ladi.
Kasallikning jigar formasi uzoq vaqt davom etadi (30-
50 kun). Klinik ko‘ri
nishi
jihatidan, u ichak formasiga uxshab ketadi, biroq farqi shundaki, kasallik belgisi
kamroq
namoyon bo‘ladi.
TADQIQOT USULLARI VA NATIJALARI. Kasallika
o‘z vaqtida tshxis
qo‘yish, to‘g‘ri va o‘z vaqtida davolanish ishlarini qo‘llash juda muhimdir. Bugungi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
60
kunda aynan quyon eymeriozi uchun qo‘llashga preparatlar kam uchraydi ammo
eymeriyalar uchun bir qancha preparatlar keng qo‘llanilmoqda, ulardan ayrimla
rining
tarkibi, qo‘llanishi haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirganmiz.
Amprolium - parranda va quyonlarda eymeriozga qarshi ishlatiladigan eng
samarali dori-
darmonlardan biridir. Ushbu vosita oq kukun holida bo‘lib, suvda yaxshi
eriydi. Amprolium gidroxloridi faol moddasi tezda eymeriya hujayralariga kirib,
uglevod metabolizmini buzadi. Shunday qilib, Amprolium parazitlardan tezda xalos
bo‘lishga yordam beradi. Mahsulot 10
-50 grammlik kichik paketlarga yoki 1 kg yoki
undan ortiq kattalikdagi paketlarga qad
oqlanadi. Preparat Amprolium yo‘riqnomada
ko‘rsatilgan dozaga rioya qilgan holda quyonlarga beriladi. Amprolium past toksik
xavfli vositalar ro‘yhatida shuning uchun u bilan ishlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Aslida
amprolium gidroxlorid shilliq qavatlarinin
g o‘ziga xosligi sababli quyonlarga deyarli
toksik emas. Ammo odam uchun bu modda xavfli, shuning uchun juda ehtiyotkorlik
bilan preparatni qo‘llash kerak. Amproliumni ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar: agar
hayvon preparat bilan davolash kursini o‘tagan bo‘lsa, preparatni so‘nggi dozasidan 5
-
10 kun o‘tgach hayvonni so‘yish mumkin. O‘sha vaqtga qadar davolangan
quyonlarning go‘shtini istemol qilish mumkin emas va Amprolium bilan ishlashda
xavfsizlik choralariga rioya qilish kerak.
Toltroks
–
parranda va quyonlarda parazitlik qiluvchi eymeriyalarning barcha
turlariga, shu jumladan boshqa preparatlarga chidamli eymeriya turlariga nisbatan
kuchli ta’sirga ega. Preparatning tarkibidagi tasir qiluvchi toltrazuril eymeriyalar
hujayra ichi rivojlanishining barcha bos
qichlariga eymeriosid ta’sir ko‘rsatadi.
Quyonlar, eymerozlarida davolash-
profilaktika maqsadida qo‘llaniladi. Preparat
axlatda eymeriya oosistalari topilganda, shuningdek quyonlarda kasallikning klinik
belgilari paydo bo‘lganda buyuriladi. Preparat ichiml
ik suvi bilan quyidagi
sxemalardan biriga muvofiq qo‘llaniladi: a)1 l ichimlik suviga 1 ml preparat, 48 soat
davomida ichiriladi. b) 1 l ichimlik suviga 3 ml preparat, quyonlarga ketma
–
ket 2 kun
8 soat davomida ichiriladi. Zarur hollarda, og‘ir kasallikl
ar holatida, davolash kursi 5
kundan keyin takrorlanadi. Dorivor eritma (preparatni suv bilan aralashtirgandan
so‘ng) 48 soat davomida faolligini saqlab qoladi.
Intracox oral - eymeriozni davolash uchun Intracox oral samarali vositadir.
Preparat eritma sha
klida bo‘ladi Intracox oralning faol moddasi
- toltrazuril - hujayra
ichi darajasidagi eymeriyani o‘sishini to‘xtatadi. Intracox oral ba’zi eymerosid
preparatlarga qarshi chidamli bo‘lgan eymeriyalarning turlari uchun ham samaralidir.
Quyonlarda dori bilan
davolanishdan keyin eymeriozga passiv immunitet hosil bo‘ladi.
Davolashni boshlash uchun Intracox oral ichimlik suvida suyultiriladi va quyonlarga
beriladi. Intracox oral bilan davolanish davrida siz vitaminlar va ozuqaviy
qo‘shimchalar berishni davom ett
irishingiz mumkin, preparat boshqa preparatlar bilan
yaxshi muloqotda bo‘ladi. Intracox oral bilan quyonlarda eymeriozni davolash sxemasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
61
quyidagicha, 1l suvga 1 ml preparat aralshtirilib eritma 2 kun davomida uzluksiz suv
bilan beriladi, keyin 5 kun tanaffus qilib kursni takrorlash lozim. Intracox oralning past
toksikligi bor. Boshqa dorilar bilan bo‘lgani kabi, bu dori shakli bilan ishlashda ehtiyot
bo‘lish kerak. Go‘sht uchun quyonlar davolash tugaganidan keyin 8
-
10 kun o‘tgach
so‘yilishi mumkin.
Yod eritmasi - eymeriozini davolashda yod saqlovchi preparatlarni suvli-sutli
rastvor sifatida ishlatib yuqori natijalar olish mumkin. 50 ml distillangan suvga 1 gr
Kristal yodni va 2 gr kaliy yodini (yodning suvli eritmasi) eritish lozim. So‘ngra shu
rastvorga 2
50 ml yangi sut qo‘shib past olovda qizdirish kerak. Boshlanishida rastvor
qo‘ng‘ir tusga kiradi, biroz vaqt o‘tgach oq rang hosil bo‘ladi. So‘ngra uni suv bilan
1:6 nisbatda (500 ml rastvor 3 l suvga) suyultirish kerak va quyonlarga suv o‘rniga
(250 ml bir quyonga) 12 kun davomida berish mumkin.
MUHOKAMA.
Antemeriy preparatlari xo‘jalik sharoitida quyonlar
eymeriozini davolash va profilaktika qilish uchun ko‘rsatilgan miyyorlarda va
ko‘rsatilgan kun davomida berilishi tavsiya qilinadi.
- kasallikni oldini
olish maqsadida quyonlarni sim to‘rli kataklarda saqlash
lozim;
-
kasal quyonlar sog‘lomlaridan ajratilib maqbul sharoitda asraladi va uglevodga
boy ratsion asosida oziqlantirilishi shart;
-
to‘shamalar har kuni almashtirilishi va oziqa ohuri hamda suv idi
shlarini
qaynoq suvda yuvish maqsadga muvofiq.
XULOSA.
Yo‘qoridagi
dori moddalarining umumiy ta’sir ko‘rsatishi, aynan
quyon eymeriozi uchun ishlatilmasligini inobatga olib aynan ushbu kasallik uchun
quyonlar eymerioziga ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarni
ishlab chiqarish bugungi
kunning asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Berdiyevich, D. R. (2023). TO DETERMINE THE EFFECTIVENESS OF
ANTIBIOTICS IN PREVENTING CHICKEN COLIBACTERIOSIS BASED ON
EXPERIMENTS.
2. Бердиев, Х. Р., & Давлатов, Р. Б. (2021). Эффективность Enrovit
-
O при
химической профилактике колибактериоза цыплят.
3. Butaeva, I.
М
., Salimov, H. S., & Davlatov, R. B. (2020). On The Diagnosis Of
Mixed Bacterial Infections Of Birds. International Journal of Advanced Science
and Technology, 29(9s), 2308-2315.
4.
Давлатов
,
Р
.
Б
., &
Хушназаров
,
А
.
Х
. (2022).
ҚУЁН
ЭЙМЕРИОЗИ
ЭПИЗООТОЛОГИЯСИ ДАВОЛАШ ВА ПРОФИЛАКТИКА ЧОРА
-
ТАДБИРЛАРИ.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI
ILMIY JURNALI, 181-184.
5. Давлатов, Р. Б., & Бердиев, Х.
Р. (2021). ТОВУҚ КОЛИБАКТЕРИОЗИНИНГ
КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИДА
ОФЛОСАННИНГ
САМАРАДОРЛИГИ.
Вестник Ветеринарии и Животноводства
, 1(1).
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
62
6. Давлатов, Р. Б., Салимов, Х. С., & Тоиров, Ж. Э. (2018). ВОПРОСЫ
ЭПИЗООТОЛОГИИ
ЭШЕРИХИОЗА
ПТИЦ
В
УЗБЕКИСТАНЕ.
In
Современное
состояние, традиции и инновационные технологии в
развитии АПК
(pp. 67-73).
7. Давлатов, Р. Б. (1993). Совершенствование методов борьбы с аскариозом кур.
8. Давлатов, Р. Б. (2023). ТОВУҚ КОЛИБАКТЕРИОЗИ (АДАБИЁТЛАР
ШАРХИ).
INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(26), 107-
111.
9.
Давлатов
,
Р
.
Б
.,
Салимов
,
Х
.
С
., &
Хўджамшукуров
,
А
.
Н
.
Паррандалар
касалликлари
.
Ўқув
қўлланма
,
Самарқанд
-2018.
10.
Давлатов
,
Р
.
Б
.,
Салимов
,
Х
.
С
., &
Тоиров
,
Ж
.
Э
.
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ
КОЛИБАКТЕРИОЗА
ПТИЦ
К
АНТИБИОТИКАМ
KOLIBAKTERIOSIS
SENSITIVITY TO ANTIBIOTICS.
ББК 65.2 С56
, 39.
11.
Давлатов, Р. (2008). Коликокцид
-
препарат против эимериоза и
колибактериоза птицы.
Птицеводство
, (1), 28-28.
12
. Давлатов, Р. Б., Расулов, У. И., & Исломов, Г. П. (2018). МЕТОДЫ ТЕРАПИИ
И ПРОФИЛАКТИКИ ПИРОПЛАЗМОЗА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА.
In
Современное состояние, традиции и инновационные технологии в
развитии АПК
(pp. 73-76).
13. Даминов, А. С., Хашимов, Б. С., & Хушназаров, А. Х. (2018).
ЭПИЗООТОЛОГИЯ И ЛЕЧЕНИЕ ПАРАМФИСТОМАТОЗА КРУПНОГО
РОГАТОГО СКОТА. In
Современное состояние, традиции и инновационные технологии
в развитии АПК
(pp. 76-83).
14. Ergashov, S. I., & Eshqorayev, A. M. (2023). PROTECTION OF RABBITS
FROM
EYMERIOSIS
(COCCIDIOSIS).
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
, 14(5), 121-127.
15. Ergashov, S. I., & Eshqorayev, A. M. (2023). EMERIOSIS OF RABBITS
(LITERATURE
ANALYSIS).
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
, 14(5), 114-120.
16. Гафуров, А. Г., Давлатов, Р. Б., & Расулов, У. И. (2013). Ветеринарная
протозоология.
Учебник для ВУЗа.
-
Т.:«Зарафшан
.
17. Жабборов, Ғ. Ғ., Нишанов, Д. Х., & Райимкулов, И. Х. (2023). ҚЎЙ
ЭКТОПАРАЗИТЛАРНИНГ КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИ.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
, 14(5), 107-113.
18
. Jabborov, G., & Rayimqulov, I. X. (2022). QO ‘Y VA ECHKILARNING
EKTOPARAZITLARI VA ULARGA QARSHI DORI VOSITALARINI
SINOVDAN O ‘TKAZISH.
AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 86-89.
19.
Нишанов
,
Д
.
Х
.,
Жабборов
,
Ғ
.
Ғ
., &
Райимкулов
,
И
.
Х
. (2023).
ДЕМОДЕКОЗНИНГ
ИТЛАР
ОРАСИДА
ТАРҚАЛИШИ
ВА
ДИАГНОСТИКАСИ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ
ИДЕИ В МИРЕ
, 14(5), 133-134.
20. Nishanov, D. X., & Arabov, J. M. (2022). ITLAR DEMODEKOZINI SAMARALI
DAVOLASH
USULI. AGROBIOTEXNOLOGIYA
VA
VETERINARIYA
TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 318-322.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
63
21. Oripov, A. O., Davlatov, R. B., & Yo‘ldoshiv, N. E. (2016). Veterinariya
gelmintologiyasi. Toshkent-2016.
22. Oripov, A. O., Davlatov, R. B., & Yuldashiv, N. E. Veterinary
helminthology. Tashkent-2016.
23. Қурбанов, Ш. Х., Отабоев, Х. Э., Эшқораев, А. М., & Фармонов, М. У. (2022).
ЖИГАР
ТРЕМАТОДАЛАРИНИНГ
БИОЭКОЛОГИК
ВА
ЭПИЗООТОЛОГИК
ХУСУСИЯТЛАРИ.
RESEARCH
AND
EDUCATION, 1(9), 256-264.
24. Райимкулов, И. Х., Нишанов, Д. Х., & Жабборов, Ғ. Ғ. (2023). КАТАРАЛ
-
ЙИРИНГЛИ
БРОНХОПНЕВМОНИЯНИНГ
ПАТОМОРФОЛОГИЯСИ
(ҚЎЗИЛАРДА).
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ
, 14(5), 143-148.
25. Рустамов, Б. С., & Давлатов, Р. Б. (2021). КУРКАЛАР ГИСТОМОНОЗИНИ
ДАВОЛАШ ВА ОЛДИНИ ОЛИШДА ВИТАМИНЛИ КОМПЛЕКСЛАРНИ
СИНОВДАН
ЎТКАЗИШ.
ВЕСТНИК
ВЕТЕРИНАРИИ
И
ЖИВОТНОВОДСТВА
, 1(2).
26. Rustamov, B. S., & Davlatov, R. B. Prevalence and Treatment of Turkeys
Histomonosissamarkand Institute of Veterinary Medicine. International Journal of
Innovations in Engineering Research and Technology, (1), 1-5.
27.
Рустамов
,
Б
.
С
., &
Давлетов
,
Р
.
Б
. (2019).
СПЕЦИФИЧЕСКАЯ
АКТИВНОСТЬ
ПРЕПАРАТОВ
ПРИ
ГИСТОМОНОЗЕ
ИНДЕЕК.
In
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ
ТЕХНОЛОГИИ В РАЗВИТИИ АПК
(pp. 116-119).
28. Турсунқулов, А. Р., & Хушназаров, А. Х. (2020). ҲАЙВОНЛАРНИНГ
ЛАРВАЛЬ ЦЕСТОДОЗЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРА
-
ТАДБИРЛАРИ.
ҚОРАКЎЛЧИЛИК
ВА ЧЎЛ ЭКОЛОГИЯСИ ИЛМИЙ
-
ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ
, 332.
29. Худжамшукуров, А. Н., & Давлетов, Р. Б. (2019). РАСПРОСТРАНЕНИЕ
ЭЙМЕРИОЗА КУР В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА И ИСПЫТАНИЕ
ЭЙМЕРИОСТАТИКОВ ДЛЯ ЕГО ПРОФИЛАКТИКИ. In
СОВРЕМЕННОЕ
СОСТОЯНИЕ, ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В
РАЗВИТИИ АПК
(pp. 167-171).
30. Худойбердиевич, Х. А., Хушназарова, М. И., & Исоқулова, З. Х. (2022).
ҚУЁН
ЭЙМЕРИОЗИНИНГ ТАРҚАЛИШИ, ДИАГНОЗИ, ДАВОЛАШ ВА
ОЛДИНИ ОЛИШ.
RESEARCH AND EDUCATION, 1(9), 245-249.
31. Хушназаров, А. Х., Райимкулов, И. Х., Эшқораев, А. М., & Давлатов, Р. Б.
(2023).
ҚУЁН
ЭЙМЕРИОЗИНИНГ
КИМЁПРОФИЛАКТИКАСИ.
SCHOLAR, 1(2), 56-62.
32
. Хушназаров, А. Х. (2022). ОБЗОР ЛИТЕРАТУРНЫХ ДАННЫХ ПО
ХИМИОТЕРАПИИ
И
ХИМИОПРОФИЛАКТИКИ
ЭЙМЕРИОЗА
КРОЛИКОВ.
PEDAGOGS jurnali, 23(2), 83-86.
33. Хушназаров, А. Х., Хушназарова, М. И., & Исоқулова, З. Х. (2023).
ЭЙМЕРИОЦИД
ПРЕПАРАТЛАРНИ
ҚУЁН
ЭЙМЕРИОЗИДА
ҚЎЛЛАШ
. Innovative Development in Educational Activities, 2(1), 138-143.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume
–
22_Issue-3_February_2023
64
34. Хушназаров, А., Райимкулов, И., & Эшқораев, А. (2023). ЗАМОНАВИЙ
КАТАКЛАРДА ҚУЁНЛАРНИ БОҚИШ УСУЛЛАРИ.
Eurasian Journal of
Medical and Natural Sciences, 3(1 Part 2), 52-57.
35.
Хушназарова
,
М
.
И
.,
Исоқулова
,
З
.
Х
., &
Расулов
,
У
.
И
. (2023).
ҚУЁНЧИЛИК
СОФ ДАРОМАД МАНБАИДИР.
SCHOLAR, 1(2), 63-67.
36. Хушназарова, М. И., & Расулов, У. И. (2022). ҚУЁН ГЎШТИНИНГ
ВЕТЕРИНАРИЯ САНИТАРИЯ ЭКСПЕРТИЗАСИ.
In INTERNATIONAL
CONFERENCES (Vol. 1, No. 21, pp. 78-83).
37.
Хушназарова
,
М
.
И
.,
Расулов
,
У
.
И
., &
Исакулова
,
З
.
Х
. (2022).
СОВРЕМЕННЫМ И ПЕРСПЕКТИВНЫМ МЕТОДАМ ВЕТЕРИНАРНО
-
САНИТАРНОЙ ЭКСПЕРТИЗЫ.
Central Asian Journal of Theoretical and
Applied Science, 3(2), 81-84.