Новые перспективы лечения и реабилитации пациентов с эндометриозом

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
36-40
4
1
Поделиться
Атаева, Ф., & Худоярова, Д. (2023). Новые перспективы лечения и реабилитации пациентов с эндометриозом. Журнал биомедицины и практики, 1(3/2), 36–40. https://doi.org/10.26739/2181-9300-2021-3-85
Фарзона Атаева, Самаркандский Государственный Медицинский Институт

кафедра Акушерства и гинекологии

Дилдора Худоярова, Самаркандский Государственный Медицинский Институт

кафедра Акушерства и гинекологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Эндометриоз является одним из наиболее распространенных гинекологических заболеваний. Длительное и прогрессирующее течение заболевания, стойкое нарушение репродуктивной функции, тяжесть клинических проявлений (упорный болевой синдром, нейроэндокринные расстройства), снижение трудоспособности определяют как медицинское, так и социальное значение этого распространенного в настоящее время заболевания. В статье приведены данные об исследованиях, проведенных с целью лечения и реабилитации женщин с эндометриозом при помощи бальнео терапии и иммунокоррекции.

Похожие статьи


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№3 | 2021

31

Фарзона Нуриддиновна АТАЕВА,

Дилдора Рахимовна ХУДОЯРОВА

.

Самаркандский Государственный Медицинский Институт,

кафедра Акушерства и гинекологии, Самарканд, Узбекистан

НОВЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ ЛЕЧЕНИЯ И РЕАБИЛИТАЦИИ ПАЦИЕНТОВ С

ЭНДОМЕТРИОЗОМ

For citation:

D.R. Khudayarova, F.N. Ataeva. New prospects for treatment and rehabilitation of

patients with endometriosis. Journal of Biomedicine and Practice. 2021, vol. 6, issue 3, pp.31-35



http://dx.doi.org/10.26739/2181-9300-2021-3-85


АННОТАЦИЯ

Эндометриоз является одним из наиболее распространенных гинекологических

заболеваний. Длительное и прогрессирующее течение заболевания, стойкое нарушение
репродуктивной функции, тяжесть клинических проявлений (упорный болевой синдром,
нейроэндокринные расстройства), снижение трудоспособности определяют как медицинское,
так и социальное значение этого распространенного в настоящее время заболевания. В статье
приведены данные об исследованиях, проведенных с целью лечения и реабилитации женщин
с эндометриозом при помощи бальнео терапии и иммунокоррекции.

Ключевые слова:

эндометриоз, бесплодие, ановуляция, имплантация, смещение трубки,

спайки, бальнео терапия, иммунокоррекция.

Farzona Nuriddinovna ATAEVA

,

Dildora Rakhimovna HUDOYAROVA.

Samarkand State Medical Institute, Department

of Obstetrics and Gynecology, Samarkand, Uzbekistan

NEW PROSPECTS FOR TREATMENT AND REHABILITATION OF PATIENTS WITH

ENDOMETRIOSIS

ANNOTATION

Endometriosis is one of the most common gynecological diseases. The long and progressive

course of the disease, persistent impairment of reproductive function, the severity of clinical
manifestations (persistent pain syndrome, neuroendocrine disorders), and decreased disability
determine both the medical and social significance of this currently widespread disease. The article
provides data on studies conducted for the treatment and rehabilitation of women with endometriosis
using balneotherapy and immunocorrection.

Key words:

endometriosis, infertility, anovulation, implantation, tube displacement,

adhesions, balneotherapy, immunocorrection.


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№3 | 2021

32

Farzona Nuriddinovna ATAEVA

,

Dildora Raximovna XUDOYAROVA

,

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Akusherlik va

ginekologiya kafedrasi, Samarqand, O’zbekiston.

ENDOMETRIOZ BILAN KASALLANGAN AYOLLARNI DAVOLASH VA

REABILITATSIYASINING YANGI ISTIQBOLLARI

ANNOTATSIYA

Endometrioz eng keng tarqalgan ginekologik kasalliklardan biridir. Kasallikning uzoq va

progressiv yo'nalishi, reproduktiv faoliyatning doimiy ravishda buzilishi, klinik ko'rinishlarning
og'irligi (doimiy og'riq sindromi, neyroendokrin kasalliklar) va nogironlikning ushbu keng tarqalgan
kasallikning tibbiy va ijtimoiy ahamiyatini belgilaydi. Maqolada balneoterapiya va immunokreksiya
yordamida endometrioz bilan kasallangan ayollarni davolash va reabilitatsiya qilish bo'yicha
o'tkazilgan tadqiqotlar to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

endometrioz, bepushtlik, anovulyatsiya, implantatsiya, bachadon naylarining siljishi,

yopishqoqlik, balneoterapiya, immunokorreksiya.


Dolzarbligi.

Bepushtlik va kichik tos sohasidagi surunkali takroriy og'riq bilan kasallangan

bemorlar orasida endometrioz kasalligi 60% dan ko'proqni tashkil qiladi va reproduktiv yoshdagi
klinik sog'lom ayollarning 2-17% ida uchraydi [1].

So'nggi yillarda endometrioz bilan kasallanishning ko'payishi, bemorlar kontengentining
keskin yosharishi, tarqalgan shakllari ulushining ko'payishi, ayollarning reproduktiv
salomatligiga aniq ta'sir ko'rsatishi va bepushtlik chastotasining ortishi bilan kechmoqda [2].

Tashqi genital endometriozga yordamchi terapiya sifatida dori tanlash mezonlari masalasi ham
munozarali bo'lib qolmoqda [3].

Tadqiqot maqdasi.

Tashqi genital endometriozni jarrohlik davolash amaliyotidan so'ng

immunokorrektsiya va balnio terapiya vannalarini kiritish yo'li orqali, kompleks dori vositalari bilan
va dori vositalarisiz ayollarning reproduktiv faoliyatini tiklashni maqsadga muvofiqligini ilmiy
asoslash.

Tadqiqot materiallari va usullari. Samarqand tibbiyot institutining 1-sonli klinikasi va viloyat

perinatal markazida 2018-2020 yillar davomida endometrioz bilan kasallangan va jarrohlik yo’li bilan
davolangan 120 ta bemor tekshirildi. Bemorlar uch guruhga bo’lindi:

1)

Asosiy guruh – 70 ta bemor jarrohlik yo’li bilan endometriozni davolagandan so’ng balnio
terapiya va immunokorreksiya buyurilgan.

2)

Kichik guruh – 15 ta bemor jarrohlik yo’li bilan davolanmagan lekin muntazam
endometriozdan davolanib turadigan ayollarga ham balnioterapiya va immunokorrektsiya
buyurildi.

3)

Taqqoslash guruhi – 35 ta bemorndan iborat bo’lib, ushbu bemorlar endometriozdan jarrrohlik
yo’li bilan davolanib, balnio terapiya va immunokorrektsiya qo’llanilmagan ayollardan tashkil
topgan.

Tadqiqot usullari quyidagilar edi:

• Umumiy tibbiy va umumiy klinik tadqiqotlar usullari (shikoyatlarni tahlil qilish, hayot va

kasallik tarixi, tana konstitutsiyasi, TMI, ginekologik tekshiruv)

Klinik-diagnostik tekshiruvlar infeksion skrining, FSG, LG, Е2 и AMG gormonal

tekshiruvlari kabi usullari qo'llaniladi.

Paraklinik tekshirish usullari bilan bir qatorda: UTT, MRT, kolonoskopiya va sistoskopiyasi

(ko’rsatmalar mavjud bo’lsa) qilinadi.

Tekshiruvning o'ziga xos usullaridan gistologik va immunogistokimyoviy tadqiqotlar.

Natijalar: Bemorlarimizni shikoyatlarini tahlil qilganimizda 40% (48) bemor fertillikni tiklash

maqsadida muntazam davolanishini aniqladik, shu bilan birga deyarli barcha ayollarni (87,5%) tos


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№3 | 2021

33

soxasidagi og’riq bezovta qilar edi, hayz siklining buzilishiga 70% (84) ayollar shikoyat qildi, hayz
ko’rganda og’riqlar kuchayishiga esa 61,6% (74) bemorlarimiz shikoyat qildi.

Barcha bemorlarimiz reproduktiv yoshda bo’lib, yosh diapazoni 26 yoshdan 37 yoshgacha tashkil

etdi. O’rtacha yosh ko’rsatkichi 33±1,7 yoshni tashkil qildi. Kasallik anamneziga ko’ra, bemorlarning
97 tasi (80,8%) endometriozdan 5 yilgacha bo’lgan vaqt oralig’ida aziyat chekadi, qolgan bemorlar
esa (19,2%) 5 yildan 10 yilgacha bo’lgan oraliqda endometriozdan davolanib turishadi.

Fertillik ko’rsatkichi bo’yicha yillar davomida yaxshi natijalarga erishilgan bo’lib, 60% ayollar

o’zlari tabiiy yo’l bilan homilador bo’lishgan va mutaxassislar nazorati ostida asoratsiz tug’ruq
jarayonini o’tkazishgan. Ammo 40% bemorlarimiz farzandli bo’lish maqsadida uzoq vaqt davomida
davolanib kelishgan. Ushbu bemorlar jarrohlik yo’li bilan (ochiq hamda endoskopik usulda)
davolangandan so’ng bir qismiga 6 oylik kutish taktikasi qo’llanilgan, ushbu bemorlar 16,7% ni
tashkil qilar edi, qolganlariga (23,3%) esa operatsiyadan so’ng reabilitatsiya bilan qayta stimullovchi
usullar buyurilgan edi.

Jarrohlik yo’li bilan davolanishga ko’p hollarda kasallikning dori-darmonlar bilan boshqarish

quyinligi yoki ularning ta’siri kamligi ko’rsatma bo’lgan, bundan tashqari tekshiruvdan o'tgan 120 ta
bemor orasida surunkali tos soxasidagi og’riq va endometriozning boshqa simptomlari kuchayishiga
shikoyat qilib 38,3% (46) bemorlar murojaat qilishgan.

Tana massasi indeksini (TMI) aniqlash 72 (60%) bemorning ortiqcha vazn mavjuda ekanligini

aniqladik. TMI ko’rsatkichi 25 dan 29,9 gacha oraliqda bo’lgan ayollar soni 43 ta (35,8%) ("semirish
oldi holati" - metabolik asoratlarning xavfi past hisoblanadigan bemorlar) ekanligi aniqlandi; TMI
ko’rsatkichi 30 dan 40 gacha (I va II sinf "semirishi") bo’lgan bemorlar esa - 5 (4,2%) ta ayolda
kuzatildi. Bemorlarning deyarli 60% da gormonal anomaliyalar aniqlandi, ulardan eng ko'p
uchraydigan LG/FSG indeksining 2,5 dan oshishi (40%) edi.

Birinchi va ikkinchi guruh bemorlariga reabilitatsiya maqsadida balnioterapiya va

immunokorreksiya usullari buyurildi. Balneoterapiya bemorlarning sharoitidan kelib chiqib tur xil
sanatoriyalarda o’tkazildi. Pyatigorsk tipidagi noyob radonli suvlar Samarqand viloyatida
“Nurbuloq” sanatoriyasida topilgan va hozirda keng qo’llanilmoqda. Ular ichish, hammom, sug'orish,
dush shaklida qo'llaniladi. Respublikadagi sanatoriylarda vaqt talablariga javob beradigan davolash-
diagnostika bazasi, funktsional diagnostika xonalari, klinik va biokimyoviy laboratoriyalar, rentgen
xonalari yaratilgan. So'nggi yillarda davolashning ilgari kurort amaliyotida qo'llanilmagan yangi
usullari, masalan, psixo, refleks, magnetli va lazer terapiyasi qo'llanila boshlandi. Qolaversa radonli
vannalar nafaqat akusherlik va ginekologiya sohasida keng qo’llaniladi, ushbu omillar markaziy asab
tizimiga sedativ ta'sir ko'rsatadi: ular uyquni chuqurlashtiradi, xavotirni ketkazadi, og'riqni
kamaytiradi.

Protseduralar 7 kundan 14 kungacha davom etgan, radonli vannalardan tashqari boshqa

fizioterapiya usullarini ham qo’llashgan (massaj, akupunktura va boshqalar) lekin ular bemorlarning
hohish istagi bo’yicha qo’llanilgan va 7 kundan oshmagan. Bemorlar doimiy nazorat ostida
bo’lishgan va ularning salomatligi ko’rsatkichlari mutaxasislar tomonidan doimiy ravishda tekshirib
borilgan.

Reabilitatsiya natijasida asosiy guruh bemorlarining 64,3% og’riqlar kamaygani yoki umuman

yo’qolganini tasdiqlashdi, asab tizimi tinchlanganligiga amin bo’lishdi. Asosiy guruhdagi bemorlar
reabilitatsiya chora-tadbirlaridan keyin ham nazorat ostida bo’lishgan. Keyingi 3 oy davomida hayz
siklining normallashganini 56 ta (80%) ayollar tasdiqlashgan, 12ta (17,1%) bemor shu vaqt ichida
homilador bo’lishga erishgan. Umuman olganda barcha bemorlar umumiy ahvolini yaxshilanishi va
sog’lomlashganligini aytishgan. Shuni e’tiborga olish lozimki, anemiyasi bo’lgan va tez tez respirator
kasalliklar bilan kasallangan ayollar, reabilitatsiyadan so’ng qon ko’rsatkichlari ko’tarilgani va tumov
kasalliklari 3-6 oy davomida kasallanmaganlarini aytishgan. Ammo 30% bemorlar ushbu
reabilitatsiya chora – tadbirlaridan ginekologik tomondan o’zgarish sezishmaganlarini aytishgan.

Ikkinchi guruhda ham 50% (7) bemorda reabilitatsiyadan so’ng musbat dinamika kuzatilgan.

Ularda endometrioz simptomlari kamaygan va jarrohlik yo’li orqali davolanishga ehtiyoj endilikda
bo’lmagan. Shu bilan birga 5ta bemor kuchli o’zgarish sezmagani sababli 3 oydan keyin yana
mutaxasislarga endometrioz sababli murojaat qilgan.


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№3 | 2021

34

Taqqoslash guruhida reabilitatsiya chora – tadbirlari va immunokorreksiya qo’llanilmagan,

shundan bo’lsada 10% bemorlar umumiy ahvoli yaxshilanganligi va endometrioz simptomlari
kamayganini aytishgan. Lekin qolgan hollarda endometrioz belgilari kamayishi 6 oydan 12 oygacha
vaqt talab qilgan, shunday bo’lsada retsidivlar 15 (42,8%) ta bemorda kuzatilgan va ular yana qayta
davolanishga majbur bo’lishgan.

Xulosa.

Bizning respublikamizda odatdagi iqlim sharoitida aholi salomatligini yaxshilash

uchun noyob tabiiy-iqlim omillari mavjud. Tadqiqot natijalariga ko'ra shuni aytish mumkinki erta
reabilitatsiya chora – tadbirlarini qo’llash, ayollarning jinsiy va reproduktiv faoliyatini tiklashga
yordam beradi. Reabilitatsiya natijasida asosiy guruh bemorlarining 64,3% og’riq sindromidan holos
bo’lishgan, asab tizimi tinchlanganligini kuzatishgan, keyingi 3 oy davomida esa hayz siklining
normallashganini 56 ta (80%) ayolda tasdiqlangan, 12ta (17,1%) bemor shu vaqt ichida homilador
bo’lishgan. Ushbu ko’rsatkichlarni reabilitatsiya chora – tadbirlarining yutuqlariga qo’shsak bo’ladi.
Shu bilan birga 30% ayollar reabilitatsiyadan so’ng reproduktiv tizimida o’zgarish sezmaganliklarini
aytishgan.

Ikkinchi guruh bemorlarida ham dinamikada natijalar kuzatilgan, asosiysi ularning ko’pchiligi

jarrohlik yo’li bilan davolanishdan ozod bo’lishgan. Albatta, taqqoslash guruhida ham dinamika
kuzatilgan lekin u bor yo’g’i 10% ni tashkil qilgan.

Umumiy qilib aytganda, balneo terapiya hozirda rivojlanmoqda, uning foydali tomonlari

ko’plab mualliflar tomonidan aytib o’tilgan, shu bilan birga bizning tadqiqotimiz ham balneo
terapiyaning xususan, rodonli vannalarning, endometriozni davolashda va jarrohlik yo’li bilan
davolangandan keyin reabilitatsiya natijasida reproduktiv va jinsiy a’zolar sog’lomlashishida
samarali vositalardan biri deb aytishimiz mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Agababyan L.R., Oripova A. Tashqi genital endometrioz (TGE) bo'yicha jarrohlik yo'li bilan
davolangan bepushtlik bilan og'rigan bemorlarni reabilitatsiyasi // World Science: Problems
and innovations, 2017. 236-238 b.

2.

Agababyan L.R. va boshq. Endometriozli ayollarda menopauzaning buzilishlarini gormonalsiz
korrektsiyasi // Вопросы науки и образования, 2019. № 26 (75).

3.

Gasparyan S.A., Ionova R.M., Popova O.S., Xripunova A.A. Endometrioz va tug'ilish.
Davolashning asosiy nuqtalari. Akusherlik, ginekologiya, Reproduksiya, 2015.9 (4): 66-72b.

4.

Krasnopolskaya K.V. Endometriozda bepushtlikni davolash: Reproduktologning fikri.
Moskva, 2019. 28–80b.

5.

Orazov M.R. va boshqalar. Megalopolisda ayollarda tashqi genital endometriozning xavfli
omillari Moskva sh. misolida: «Онкология репродуктивных органов: от профилактики и
раннего выявления к эффективному лечению» milliy kongresi 19-21 may, 2016 yil M., 2016
yil.

6.

Orazov M.R., Radzinsky E.V., Xamoshina M.B., Kavteladze E.V. va boshqalar: Takroriy
tashqi genital endometrioz tufayli bepushtlikni davolash samaradorligi. Акушерство и
гинекология. 2019 yil 21 (1): 38-43b.

7.

Chuprynin V.D., Melnikov M.V., Buralkina N.A. va boshq. Infiltratsion endometrioz bilan
og'rigan bemorlarni davolashga zamonaviy qarashlar. Акушерство и гинекология, 2015; Soat
11: 16-22.

8.

Muhar. L.V. Adamyan. M., Endometrioz: diagnostika, davolash va reabilitatsiya. Bemorlarni
davolash bo'yicha klinik ko'rsatmalar. 2016 yil.

9.

Eltazarova G.Sh. Khudayarova D.R. Frequency and structure of congenital development
anomalies. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue 08, 2020 p
6967-6975

10.

Ibragimov B. F., Khudoyarova D.R., Ibragimova N. S., Kobilova Z.A. Fertility recovery from
polycystic ovarian syndrome. // International journal of pharmaceutical research (+ Scopus)
ISSN 0975-2366 DOI: https://doi.org/10.31838/ijpr/2020.12.04.096 p-592-596


background image

БИОМЕДИЦИНА ВА АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ

|

ЖУРНАЛ БИОМЕДИЦИНЫ И ПРАКТИКИ

|

JOURNAL OF BIOMEDICINE AND PRACTICE

№3 | 2021

35

11.

Shavazi N.N., Zakirova N.I., Khudayarova D.R. Prediction of Premature Outflow of amniotic
fluid in Preterm pregnancy. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue
05, 2020 p 5675-5685

12.

Пулатова Р. А., Ихтиярова Г. А., Саркисова Л. В. Оценка полового и физического
развития у девочек и девушек //Педиатрия. – 2003. – №. 2. – С. 46-48.

13.

Туракулова И. Э., Худоярова Д. Р., Элтазарова Г. Ш. Оптимизация диагностики
вторичного бесплодия //Достижения науки и образования. – 2019. – №. 13 (54).

14.

Shavazi N.N., Zakirova N.I., Khudayarova D.R. Prediction of Premature Outflow of amniotic
fluid in Preterm pregnancy. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue
05, 2020 p 5675-5685

Библиографические ссылки

Agababyan L.R., Oripova A. Tashqi genital endometrioz (TGE) bo'yicha jarrohlik yo'li bilan davolangan bepushtlik bilan og'rigan bemorlarni reabilitatsiyasi // World Science: Problems and innovations, 2017. 236-238 b.

Agababyan L.R. va boshq. Endometriozli ayollarda menopauzaning buzilishlarini gormonalsiz korrektsiyasi // Вопросы науки и образования, 2019. № 26 (75).

Gasparyan S.A., Ionova R.M., Popova O.S., Xripunova A.A. Endometrioz va tug'ilish. Davolashning asosiy nuqtalari. Akusherlik, ginekologiya, Reproduksiya, 2015.9 (4): 66-72b.

Krasnopolskaya K.V. Endometriozda bepushtlikni davolash: Reproduktologning fikri. Moskva, 2019. 28–80b.

Orazov M.R. va boshqalar. Megalopolisda ayollarda tashqi genital endometriozning xavfli omillari Moskva sh. misolida: «Онкология репродуктивных органов: от профилактики и раннего выявления к эффективному лечению» milliy kongresi 19-21 may, 2016 yil M., 2016 yil.

Orazov M.R., Radzinsky E.V., Xamoshina M.B., Kavteladze E.V. va boshqalar: Takroriy tashqi genital endometrioz tufayli bepushtlikni davolash samaradorligi. Акушерство и гинекология. 2019 yil 21 (1): 38-43b.

Chuprynin V.D., Melnikov M.V., Buralkina N.A. va boshq. Infiltratsion endometrioz bilan og'rigan bemorlarni davolashga zamonaviy qarashlar. Акушерство и гинекология, 2015; Soat 11: 16-22.

Muhar. L.V. Adamyan. M., Endometrioz: diagnostika, davolash va reabilitatsiya. Bemorlarni davolash bo'yicha klinik ko'rsatmalar. 2016 yil.

Eltazarova G.Sh. Khudayarova D.R. Frequency and structure of congenital development anomalies. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue 08, 2020 p 6967-6975

Ibragimov B. F., Khudoyarova D.R., Ibragimova N. S., Kobilova Z.A. Fertility recovery from polycystic ovarian syndrome. // International journal of pharmaceutical research (+ Scopus) ISSN 0975-2366 DOI: https://doi.org/10.31838/ijpr/2020.12.04.096 p-592-596

Shavazi N.N., Zakirova N.I., Khudayarova D.R. Prediction of Premature Outflow of amniotic fluid in Preterm pregnancy. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue 05, 2020 p 5675-5685

Пулатова Р. А., Ихтиярова Г. А., Саркисова Л. В. Оценка полового и физического развития у девочек и девушек Педиатрия. – 2003. – №. 2. – С. 46-48.

Туракулова И. Э., Худоярова Д. Р., Элтазарова Г. Ш. Оптимизация диагностики вторичного бесплодия //Достижения науки и образования. – 2019. – №. 13 (54).

Shavazi N.N., Zakirova N.I., Khudayarova D.R. Prediction of Premature Outflow of amniotic fluid in Preterm pregnancy. // International Journal of Phychosocial Rehabilitation Vol 24 Issue 05, 2020 p 5675-5685

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов