Page 145
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
TARBIYASI QIYIN BOLALAR PSIXOLOGIYASI
Nurullayeva Sevinch
Baratova Bahora
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Gumanitar fanlar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, 1-bosqich talabasi
sevinchnurullayeva2506@gmail.com
Ozodqulov Olimjon Bahodirovich
Ilmiy rahbar:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15592043
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Maqolada tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalarning
psixologik xususiyatlari, ularni aniqlash, sabablari va
tuzatish yo‘llari haqida fikr yuritilgan. Oila, maktab va
psixologik xizmatlarning bu boradagi roli ochib
berilgan. Bular, jamiyatda tarbiyasi qiyin bo‘lgan
bolalar sonining ortib borayotganligi, psixologik,
pedagogik va ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi
mumkinligi,
o‘z
vaqtida
psixologik
yordam
ko‘rsatilmagan taqdirda bolalar hayotiga katta salbiy
ta’sir ko‘rsatishi haqida so‘z yuritiladi. Tarbiyasi qiyin
bo‘lgan bolalar bilan ishlashda oila va maktab
o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, psixologik yordam
beruvchi
mutaxassislarning
yordami
muhim
ahamiyatga ega.
KEY WORDS
tarbiyasi qiyin bola, psixologik
diagnostika,
xulq-atvor,
oila,
psixokorrektsiya
I. Tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasining asosiy tushunchalari
Tarbiyasi qiyin bolalar psixologiyasi, jamiyatda asosiy muammolardan biriga aylangan.
Bolalar tarbiyasida yuzaga keladigan muammolar ularning xulq-atvoriga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Oila, maktab va boshqa ijtimoiy muhitda bolalar qanday tarzda o‘sib-ulg‘ayishlari,
ularning kelajakdagi ijtimoiy faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar ko‘pincha boshqalarga nisbatan norozilik bildiradilar,
intizomsiz, injiq va tajovuzkor xulq-atvor ko‘rsatadilar. Ularning psixologik holati ko‘pincha
o‘z-o‘zini anglashdagi muammolar, o‘zini izlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq
bo‘ladi. Bunday bolalar ko‘pincha hissiy yetishmovchilik, o‘zini hurmat qilmaslik, jamiyatdan
ajralish kabi holatlarni boshdan kechirishadi.
II. Tarbiyasi qiyin bolalarning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar
1. Oila muhitining ahamiyati
Tarbiyasi qiyin bolalarning shakllanishiga oila muhitidagi befarqlik yoki zo‘ravonlik
albatta ta’sir qiladi. Ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar, bolalarga bo‘lgan mehr-oqibat,
e’tibor yoki e’tiborsizlik ular psixologiyasiga ta’sir etadi. O‘ta tajovuzkor ota-onalar va oilaviy
zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalar o‘zlarining xulq-atvorida tajovuzkorlikni namoyon
etadilar.
Page 146
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025
www.in-academy.uz
2. Maktabdagi noxolis munosabat
Maktabda bolaga o‘qituvchilar tomonidan noxolis munosabat, shuningdek, o‘quvchi
jamiyatidagi ijtimoiy ziddiyatlar, bullying (tahqirlash) kabi holatlar tarbiyasi qiyin bolalarni
yanada o‘ziga yopiq, tajovuzkor qilishiga sabab bo‘ladi.
3. Ijtimoiy muhit va psixik o‘zgarishlar
Bolalarda psixologik muammolarni keltirib chiqaradigan boshqa omillar ham mavjud.
Masalan, bolalar uchun stressli vaziyatlar, sinfdagi o‘rtoq muhitining buzilishi, o‘zgalar
bilan muloqotda muammolar va ruhiy salomatlikdagi o‘zgarishlar ham tarbiyasi qiyin bolalar
rivojlanishiga ta’sir qiladi.
III. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash metodlari
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda quyidagi yondashuvlarni qo‘llash muhim:
1. Psixologik diagnostika va maslahatlar
Bolalarning psixologik holatini aniqlashda diagnostika va psixologik maslahatlar juda
zarur. Bunday bolalar bilan ishlashda psixologlarning o‘ta ehtiyotkorona yondashuvi, ularning
his-tuyg‘ularini to‘g‘ri tushunish va tasdiqlash muhim ahamiyatga ega.
2. Psixokorrektsiya va reabilitatsiya
Tarbiyasi qiyin bolalar uchun psixokorrektsion ishlarda, ijobiy xulq-atvorni
rag‘batlantirish, bolalar bilan yuzaga kelgan psixologik muammolarni hal qilishda ijtimoiy-
psixologik metodlarni qo‘llash muhimdir. Psixokorrektsiya jarayonida ijtimoiy moslashuvni
qo‘llab-quvvatlash, bolalar bilan ishlashda individual yondashuvni tanlash samarali natijalar
beradi.
3. Ota-onalar bilan hamkorlik
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilish zarur.
Ota-onalar bolalarining psixologik holatini yaxshilashga yordam berishlari, o‘z farzandlariga
bo‘lgan e’tiborlarini kuchaytirishlari kerak.
IV. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda jamiyatning o‘rni
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashda jamiyatning roli juda katta. Psixologik
xizmatlarning samarali faoliyat yuritishi, oila va maktab o‘rtasida faol hamkorlik, jamiyatdagi
ijtimoiy yordam tizimlarining mavjudligi bolalar uchun ijobiy muhit yaratish imkonini beradi.
Jamiyatda tarbiyasi qiyin bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktablar va psixologik maslahat
markazlarining mavjudligi, shuningdek, bolalar uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish
muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Axmedova, N. (2019). Psixologiya asoslari. Toshkent: Yangi asr avlodi.
2. Vygotskiy, L.S. (1991). Psixologik taraqqiyot nazariyasi. Moskva.
3. Muminova, D. (2021). Maktab psixologiyasi. Samarqand: Ilm Ziyo.
4. O‘zbekiston Respublikasi XTV materiallari (2023).