Авторы

  • Go’zal Xudoyberdiyeva
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar Fanlar fakulteti talabalari
  • Navro’za Ashurmatova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar Fanlar fakulteti talabalari
  • Olimjon Ozodqulov
    Ilmiy rahbar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126518

Ключевые слова:

ta’lim tarbiya ta’lim menejmenti dastur o’quv jarayonlari ekspertiza boshqaruv modullar nazariy bilimlar ko’nikma kasbiy faoliyat ta’lim tashkilotlari.

Аннотация

Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish  dasturi o‘z kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan. Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat. «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.


background image

Page 140

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

TA’LIM VA BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHNI BOSHQARISH

MUAMMOLARI HAMDA IMKONIYATLARI

Xudoyberdiyeva Go’zal Akmal qizi

Ashurmatova Navro’za

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Gumanitar Fanlar fakulteti talabalari

Email: guzalxudoyberdiyeva1@gmail.com

behzodashurmatov@gmail.com

Ozodqulov Olimjon Bahodirovich

Ilmiy rahbar:

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15591967

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil

Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish dasturi o‘z
kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan
bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan.
Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim
tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori
malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim
menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni
o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish
hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan
iborat. «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish»
sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va
ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali
faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari
analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish
sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga
yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.

KEY WORDS

ta’lim, tarbiya, ta’lim menejmenti,
dastur,

o’quv

jarayonlari,

ekspertiza, boshqaruv, modullar,
nazariy bilimlar, ko’nikma, kasbiy
faoliyat, ta’lim tashkilotlari.

Ta’lim davlat faoliyatining strategik sohasi va iqtisodiyotning jadallik bilan

rivojlanayotgan tarmog‘i hisoblanadi, uning asosiy vazifasi – mamlakatning yanada taraqqiy
etishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash. Dasturning bitiruvchilari milliy va
xalqaro darajada ta’limning davlat va xususiy sektorida turli bosqichlarda (maktabgacha,
maktab, oliy, maktabdan tashqari, qo‘shimcha ta’lim va hokazo) kasbiy faoliyat olib borish
uchun kerakli bilimlarga ega bo‘lishadi. O‘zlashtirilgan bilimlar va ko‘nikmalar ularga ta’lim
boshqaruvi sohasida turli ma’muriy lavozimlarida hamda samarador pedagog sifatida ish
faoliyatini olib borish uchun imkoniyat beradi. Pedagogikada muammoli ta’lim haqida so‘z
yuritilarkan ko‘z o‘ngimizga eng birinchi og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlar keladi
albatta. Ta’limdagi og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida
muammoli vaziyat yaratishi mumkin. Muammoli vaziyatlar esa o‘z navbatida bolani mustaqil
fikrlashga, tafakkur etishga, izlanishga, ijodkorlikka, boshqacha qilib aytganda aqliy
salohiyatining yuksalishiga olib boradi[1]. Bugungi globallashuv davrida muammoli
yondashuv ta’lim dasturlarida, bolalarning mustaqil faoliyatlarida o‘zining ifodasini topishi
lozim. Jumladan: - bilimlarni muammoli bayon qilish; - bolalarni izlanishga undash; -


background image

Page 141

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

ta’limning tadqiqiy metodi. Muammoli ta’lim deganda beriladiga ma’lumotlarni ta’lim
oluvchilar ongiga ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda
o‘rgatish tushuniladi.

Ta’lim qachonki ushbu yo‘sinda olib borilsagina bolaning fikrlash faoliyatida muammoli

vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob’ektiv ravishda izlanishga, tafakkur qilishga va
mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi.

Metodologiya

Muammoli ta’lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv

shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik
o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat bolaning ma’lum
ruhiy holati bo‘lib, bu holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli
vujudga keladi[2]. “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning
sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning bir qancha echimini topish, eng to‘g‘ri
xulosaga kela olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir . Eng avvalo
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi darajasi ta’lim
oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi lozim. “Muammoli vaziyat” lar tanlanganda
bolaning yosh jihati, bilim darajasi inobatga olinishi muhimdir. Ular qo‘yilgan muammoning
echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim
oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib
keladi[3]. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi - guruhlarga bo’lish - muammoli
vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash - muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida
fikr yuritish - muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish - to’g’ri yechimlarni tanlash.

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida talabalar o’quv faolligini rivojlantirishda o’qitishning

zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash
o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlar qo’llanilganda
ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon
davomida ishtirok etadi[4]. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo’ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish; - ta’lim
oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi; - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga
olinishi; - o’qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.

Muhokama va natijalar

Muammoli ta’lim faoliyatini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki,

bunda pedagog ushbu ta’limning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab
olgan bo‘lishi talab qilinadi. Pedagog hech qachon ta’lim oluvchiga tayyor yechimni berishi
kerak emas, balki ularni fikrlashiga, aqliy rivojlanishiga, bilim olishlariga turtki bo‘lishi,
ularning barcha faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea va hodisalarni ongida qayta
ishlashlariga yordam berishi lozim. Ushbu ta’lim texnologiyasidan, muammoli vaziyatlardan
o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Masalan yangi mavzu bayonida,
mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda[5]. Bugungi kunda bir qator rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar
interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni
faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi
bo’lgan metodlar tushuniladi.


background image

Page 142

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

Xulosa

Xulosa qilib aytganda muammoli o‘qitish texnologiyasining maqsadi ta’lim oluvchilar

bilan ishlash jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy masalalar, muammolar, turlicha
savollariga javob qidirish, muammoli vaziyatlar ularni hal etish yo‘llari bilan yangi bilimlarni
o‘zlashtirishni, faoliyatda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etishga o‘rgatish
ko‘nikmasini shakllantirishdan, qiziqish uyg‘ota olishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y
2. S.A. Madyarova va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-
MOLIYA, 2009, 240 b.
3. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.
O‘quv qo‘llanma. – T.: 2013 y. -279 bet.
4. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart»
nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.
5. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: “Fan va
texnologiya”. 2019 y. -296 bet.

Библиографические ссылки

N.N. Azizxo‘jaeva. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y

S.A. Madyarova va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.

R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2013 y. -279 bet.

B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.

Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – T.: “Fan va texnologiya”. 2019 y. -296 bet.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Sevinch Nurullayeva, Bahora Baratova , Olimjon Ozodqulov , TARBIYASI QIYIN BOLALAR PSIXOLOGIYASI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Ruxshona Gaybullayeva , Madina Shavkatova , Olimjon Ozodqulov, YETUKLIK DAVRINING IKKINCHI BOSQICHIDAGI SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Nodir Turayev , Safar Abdusalamov , Olimjon Ozodqulov , TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Arofatxon Xolmamatova , Marjona Mustafoyeva , Olimjon Ozodqulov , TA'LIMNING YOSH PSIXOLOGIYASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O'RNI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Durdona Alimova , Nigora Abduraimova, Olimjon Ozodqulov , O'SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Olimjon Ozodqulov , Sevinch Qudratova, Zahro Latipova , YOSHLARNING OILAVIY HAYOTGA TAYYORGARLIK MUNOSABATI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Marhabo Xushmurodova, Almira Akberdiyeva , Olimjon Ozodqulov, ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Muhlisa Abdurahimova , Shohista Daminova, Ruxshona Ozotboyeva , Olimjon Ozodqulov , TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Ruxshona Abduvaqqosova , Muhlisa Abduhakimova , Olimjon Ozodqulov , KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)