Page 138
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 3 May 2025
www.in-academy.uz
TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT
Turayev Nodir
Abdusalamov Safar
Chirchiq davlat pedagogika unversiteti
Gumanitar fanlar fakulteti
O’zbek tili va adabiyot (kechki) yo’nalishi
1- bosqich talabalari.
Email: abdisolomovsafar@gmail.com
Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li
Ilmiy rahbar:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15591936
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil
Nashr qilindi: 31-May 2025 yil
Taʼlim insonning aqliy, maʼnaviy va ijtimoiy
taraqqiyotining asosiy omilidir. U nafaqat bilimlar
bilan taʼminlaydi, balki tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va
yangicha yechimlarni topish qobiliyatini rivojlantiradi.
Mazkur maqolada taʼlimning aqliy taraqqiyotga taʼsiri,
zamonaviy taʼlim metodlari va kelajakda bilim
jamiyatida roʻy beradigan oʻzgarishlar haqida tahlil
qilinadi.
KEY WORDS
taʼlim, aqliy taraqqiyot, bilim
jamiyati,
tanqidiy
fikrlash,
innovatsion metodlar.
Taʼlim inson hayotining eng muhim jarayonlaridan biri boʻlib, u nafaqat bilim beradi,
balki shaxsning aqliy, ijtimoiy va maʼnaviy jihatdan rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatadi. Aqliy
taraqqiyot esa taʼlim bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, insonning fikrlash, tushunish, xotira,
diqqat va boshqa kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Ta'lim talabaga muayyan ko'lamda va darajada bilim, ko'nikma va malaka berishga,
shuningdek shaxsning aqliy faoliyatini rivojlantirishga qartilgan murakkab jarayon
hisoblanadi. Ta'lim ikki tomonlama xarakterga ega bo'lib, o'qituvchi (ta'lim beradi) va talaba
(ta'lim oladi) larning hamkorlikdagi faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Ta'limning
muvaffaqiyati, birinchidan o'qituvchi bilan talabalar jamoasi hamkorligidagi faoliyatining faol
tarzda o'tishiga, ikkinchidan, nimalardan saboq berishga, Kim tomonidan tashkil qilishga, uni
qanday metodlar Bilan amalga oshirishga va kimlarni o'qitishga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Oliy ta'lim tizimida o'qish o'qituvchi rahbarligidagi o'qitish jarayonining bir tomonini
xarakterlaydi, xolos. O'qishdagi muvaffaqiyatni ta'minlovchi asosiy omil talabaning
mustaqilligidir. Mustaqillik ta'limning obyektiv o'quv materiali, o'qitish sur'ati, metodi,
darsliklar va boshqalar va subyektiv talabaning o'quv motivi, qiziqishi, mayli kabilar
sabablariga ta'sir qiladi. Bu o'rinda ta'sir o'tkazish, ta'sirlanish, o'z-o'zini qo'lga olish, o'z-
o'ziga buyruq berish holatlari muhim rol o’ynaydi.
Pedagogik psixologiyada ta'lim o'qitish, o'qish o'rganish bilan bir qatorda o'zlashtirish
tushunchasi ham qo'llaniladi. Oliy maktab amaliyotida o'qish va o'qitish oldiga qoyiladigan
asosiy vazifa bilimlarni, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishdan ibratdir. O'zlashtirish
jarayoni inson faoliyatining ajralmas qismi bo'lib pedagogik psixologik ta'sirlar talabalar
ongida qay yo'sinda tasavvur obrazlari, fikr va mulohazalar bo'layotganligi, ularning amaliy
Page 139
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION
IF = 5.281
Volume 4, Issue 05, Part 3 May 2025
www.in-academy.uz
faoliyatlarida qanday shaklda aks etayotganligi, psixik o'sishga, ilmiy dunyoqarash va
e'tiqodlarni egallashga yordam berayotganligini aks ettiruvchi murakkab jarayon hisoblanadi.
Ta'lim jarayonida kuzatuvchanlik va tafakkur tarkib toptirish. Kuzatuvchanlikni talabaarda
shakllantirish uchun o'qituvchi ular oldiga aniq va muayyan maqsad qoyishni: yaxlit
predmetdan bo'lak va qismlarni ajratishni, obyektlarni o'zaro taqqoslashni, muhim va
nomuhim belgilarni farqlashni o'rgatish lozim. Kuzatish yordamida o'rganilgan narsa va
hodisalar talabalar tomonidan rasmlar, chizmalar, loyihalar, esdaliklar, mulohazalar tarzida
qayd qilib boriladi. Faol maqsadga yo'naltirilgan uzluksiz kuzatish zamirida ularning
kuzatuvchanlik xususiyati tarkib topadi va bilimlarni puxta, tez va aniq o'zlashtirish uchun
xizmat qiladi. Bilimlarni o'zlashtirishning muhim tomonlaridan biri o'quv materialini
tushunishdan iborat bo'lib, ularning o'zoro bog'liqligi, predmetlararo aloqasi, muayyan
sohalarga va tizimlarga taalluqligini anglash bosqichiga ko'tariladi. Talaba o'rganilayotgan
materiallarni o'tilgan mavzular bilan murakkab ichki bog'lanishga ega ekanligini, qonuniyat
ta'rifini, sabab-oqibat munosabatlari kelib chiqishini tushunish imkoniyatiga ega bo'lmog'i
zarur. Bu narsalarni oddiy idrok qilish yoki kuzatish orqali anglab bo'lmaydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Taʼlim inson hayotining eng muhim omillaridan biri
boʻlib, u nafaqat bilimlar bazasini shakllantirishda, balki shaxsning aqliy, ijtimoiy va maʼnaviy
jihatdan kamol topishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Aqliy taraqqiyot esa taʼlim jarayonining
tabiiy natijasi sifatida namoyon boʻlib, insonning mantiqiy fikrlash, kreativ yechimlar topish,
murakkab muammolarni tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy
dunyoda taʼlim tizimlari anʼanaviy usullardan zamonaviy, innovatsion metodlarga oʻtish
jarayonida. Bu oʻz navbatida aqliy taraqqiyotning yangi bosqichlarini belgilab bermoqda.
Sunʼiy intellekt, virtual reallik, adaptiv oʻquv platformalari kabi texnologik yutuqlar taʼlim
sifatini oshirish bilan birga, individual yondashuv asosida har bir shaxsning kognitiv
qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirish imkoniyatini yaratmoqda. Taʼlim va aqliy
taraqqiyot oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik insoniyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan birini
belgilab beradi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasini oʻrganish, milliy taʼlim tizimimizni
yangi pedagogik texnologiyalar bilan boyitish, shu bilan birga maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni
saqlab qolish orqali biz yangi avlodning intellektual salohiyatini yuqori darajada
shakllantirishimiz mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Vigotskiy L.S. Pedagogicheskaya psixologiY. M.: 1991. S. 374-410.
2.
Ivanov P.I. Talimning psixologik asoslari. T.: 1961. 21-85 betlar.
3.
Kruteskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T.: 1976. 182-207 betlar.
4.
Piaget, J. (1950). *The Psychology of Intelligence.