Авторы

  • Marhabo Xushmurodova
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o’zbek tili adabiyot yo’nalishi 1-bosqich talabalari
  • Almira Akberdiyeva
    Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o’zbek tili adabiyot yo’nalishi 1-bosqich talabalari
  • Olimjon Ozodqulov
    Ilmiy rahbar: Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.cajei.126521

Ключевые слова:

Ilk o‘spirinlik yoshlik davri psixik rivojlanish shaxsiy o‘ziga xoslik ijtimoiylashuv emotsional holat aqliy faoliyat psixologik muammolar ota-onalar pedagoglar.

Аннотация

Mazkur maqolada ilk o‘spirinlik va yoshlik davrida kuzatiladigan psixik rivojlanishning asosiy xususiyatlari yoritilgan. Unda bu davrda yoshlarning shaxsiy o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, emotsional holati va aqliy faoliyatidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, yoshga xos psixologik muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ota-onalar va pedagoglarning bu jarayondagi roli haqida fikr yuritiladi. Maqola psixologiya sohasidagi mutaxassislar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


background image

Page 133

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK

RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Xushmurodova Marhabo Sur’at qizi

Akberdiyeva Almira Akmal qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

gumanitar fanlar fakulteti

o’zbek tili adabiyot yo’nalishi

1-bosqich talabalari

akberdiyevaamira@gmail.com

xushmurodovamarhabo@gmail.com

Ozodqulov Olimjon Bahodir o‘g‘li

Ilmiy rahbar:

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15591780

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 25-May 2025 yil
Ma’qullandi: 28-May 2025 yil

Nashr qilindi: 31-May 2025 yil

Mazkur maqolada ilk o‘spirinlik va yoshlik davrida
kuzatiladigan

psixik

rivojlanishning

asosiy

xususiyatlari yoritilgan. Unda bu davrda yoshlarning
shaxsiy o‘ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, emotsional holati
va aqliy faoliyatidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, yoshga xos psixologik muammolar, ularni
bartaraf etish yo‘llari hamda ota-onalar va
pedagoglarning bu jarayondagi roli haqida fikr
yuritiladi.

Maqola

psixologiya

sohasidagi

mutaxassislar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun
foydali bo‘lishi mumkin.

KEY WORDS

Ilk o‘spirinlik, yoshlik davri, psixik
rivojlanish, shaxsiy o‘ziga xoslik,
ijtimoiylashuv, emotsional holat,
aqliy

faoliyat,

psixologik

muammolar,

ota-onalar,

pedagoglar.

Inson shaxsining shakllanishida har bir yosh davri o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ilk

o‘spirinlik (10–14 yosh) va yoshlik (15–18 yosh) bosqichlari shaxsiy rivojlanishning eng
muhim va murakkab davrlaridan hisoblanadi. Bu davrda psixik rivojlanish biologik yetilish,
ijtimoiy-madaniy ta’sirlar, o‘quv jarayoni va shaxsiy tajriba orqali shakllanadi. O‘spirinlikda
shaxsning o‘zini anglash, ijtimoiy rollarni egallash, axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirish kabi
psixologik jarayonlar jadallashadi. Mazkur maqolada aynan shu yosh bosqichlaridagi psixik
rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari tahlil qilinadi.

Bu taraqqiyot davrining konkret mazmuni birinchi navbatda ijtimoiy sharoitlar bilan

belgilanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularning mavqei, ular egallaydigan
bilimlarning xajmi va bir qator boshqa faktorlar ijtimoiy sharoitlarga boqliqdir.Ilk o‘spirinlik
yoshidagi bolalar bu 14-15 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan akademik licey va kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilaridir. Bo‘yning o‘sishi o‘spirin qizlarda 15-16 yoshgacha, o‘qil bolalarda
17-18 yoshgacha davom etadi. Bu yoshda muskullar kuchi tez o‘sadi. Masalan, 18 yoshli bola
muskul kuchi 12 yoshli bolaga nisbatan 2 baravar ko‘p bo‘ladi. Jismoniy taraqqiyot, asosan,
to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga va jismoniy tarbiya bilan shuqullanishiga ko‘p jihatdan bog'liq.
Jinsiy taraqqiyot jihatdan bu yoshdagi ko‘pchilik yigit va qizlar postpubertat (tugallanuvchi)
davrda bo‘ladilar. Bularning jismoniy rivojlanishi katta yoshdagi odamning jismoniy
rivojlanishidan kam fark qiladi. Bo‘yning va organizmning notekis o‘sishi va rivojlanish davri


background image

Page 134

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

tugallanadi, qamda jismoniy rivojlanishning nisbatan birmuncha tekis davri boshlanadi.
O‘spirinlik yoshida jismoniy sifatlar (bo‘y, oqirlik) nisbatan barqaror darajaga etgan bo‘ladi.

Shuningdek, muskul kuchi va ishchanlik qobiliyati sezilarli darajada ortadi.Ko‘krak

qafasining xajmi kengayadi, skelet, naychasimon suyaklar qattiqlashadi, to‘qimalar va
a’zolarning shakllanishi va funksional taragqqqiyoti tugallanadi. Odatda bu yoshda yurak va
qon tomirlarning rivojlanishida o‘smirlarga xos bo‘lgan notekislik endi tekislashadi, qon
bosimi baravarlashadi, ichki sekresiya bezlari bir me’yorda ishlay boshlaydi. Nerv
sistemasining va xususan, miya rivojlanishidagi o‘zgarishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Lekin, bu
o‘zgarishlar miya massasining ortishi hisobiga emas, balki miyaning ichki xujayralari
tuzilishining murakkablashuvi hisobiga ro‘y beradi. Bosh miya po‘stining qismlarida
assosiativ to‘qimalarning miqdori ko‘payadi. Natijada o‘qish va mehnat jarayonida katta
(yarim sharlar) qatlamining analitik-sintetik faoliyati murakkablashadi.

Ilk o‘spirinlik davrini ikkinchi o‘tish davri deb hisoblash mumkin. Agar birinchi o‘tish

davri ko‘proq bolalikka yaqin bo‘lsa, ikkinchi o‘tish davrida bo‘lgan o‘spirin ko‘proq yoshlik
davriga yaqindir va shu jiqatidan o‘rganiladi qamda tadqiq etiladi. Ilk o‘spirinlik davri, asosan,
unda mustaqil hayotning boshlanishi (o‘rta maktabni tamomlab, lisey, kollejlarga kirishi)bilan
xarakterlanadi. hayotdagi bu o‘zgarishlar ilk o‘spirinning shaxsiga, o‘z-o‘zini anglashiga ta’sir
ko‘rsatadi. O‘smirlardan farqli o‘laroq ilk o‘spirinlar katta hayotni tasavvur etmaydilar, balki
unda ishtirok etadilar.Ilk o‘spirinlarning mustaqilligi ortishi bilan kattalarning unga
munosabatlari ham o‘zgaradi.

Kattalar o‘smirga ko‘proq bola deb qarasalar, ilk o‘spirin yoshdagilarga katta odamdek

munosabatda bo‘ladilar. Ilk o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga nisbatan intilishi
anglangan holatda bo‘ladi.U o‘z hayotiy rej alarini amalga oshirish uchun harakat qila
boshlaydi va ma’lum bir kasbni egallay boshlaydi yoki shu soha bo‘yicha akademik liseylarda
o‘qishini davom ettiradi. O‘spirinlar tanlagan sohalari yoki kasblarida juda katta yangiliklar,
kashfiyotlar qilgilari keladi, lekin asta- sekinlik bilan yangilik va kashfiyotlar qilish uchun
ularda bilim va tajriba etishmayotganligini, buning uchun ko‘prok o‘qish va o‘rganishlari
kerakligini anglay boshlaydilar. Hayot faoliyati kengaygan sari, o‘spirinlarda ijtimoiy rollar
kengligi faqat miqdor tomondangina kengayib qolmay, balki sifat tomonidan ham o‘zgarib
boradi. Masalan: 16 yoshda pasport oladi; 18 yoshidan faol saylash xuquqiga va oila qurish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.O‘spirin jinoiy ishlar uchun javobgar bo‘ladi. Ba’zi o‘spirinlar bu
yoshdan boshlab ishlay boshlaydilar. Kasb tanlash xag'ida o‘ylay boshlaydilar. Lekin, shunga
qaramay o‘spirinlarda kattalarga qaramlik xususiyatlari saqlanib qoladi.

O‘spirinlar (16-18 yoshlar) o‘zlarining psixologik xususiyatlari bilan boshqa yosh

davrdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Jismoniy qamda ag'liy jiqatdan voyaga etgan,
kamolotga erishgan, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini boshqarishi kabi etuk insoniy xususiyatlari
tarkib topgan bo‘ladi. Ular vazmin, mulohazali bo‘ladilar, katta yoshdagilarga hurmat-ehtirom
bilan qaraydilar. Ular uzoqni ko‘zlaydigan, kelajak uchun qayquradigan, ota-onalarining yaqin
yordamchisiga aylanadilar. O‘quv faoliyati o‘spirinning asosiy faoliyati bo‘lib qolaveradi,
o‘qishga nisbatan o‘smirlik yoshiga qaraganda o‘spirinlikda bir muncha yuqoriroq bo‘ladi.
Mustaqil hayotga tayyorgarligini o‘z-o‘zini anglashi bilan boqliq motivlar bu davrda etakchi
o‘rinni egallaydi. Motivlar tizimida jamiyatning to‘lag'onli a’zosi bo‘lishga intilish, insonlarga
naf keltirish kabi ijtimoiy motivlar ustunlik qiladi.Bu davrda o‘spirinlarning kelgusi hayoti va
tanlayotgan kasbiy rejalariga ko‘ra fanlarga nisbatan qiziqishlari o‘zgaradi. O‘spirinning


background image

Page 135

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION
AND INNOVATION

IF = 5.281

Volume 4, Issue 05, Part 2 May 2025

www.in-academy.uz

fanlarga hamda shu fan o‘qituvchilariga nisbatan munosabati o‘zgaradi. O‘spirinlik davrida
o‘zi ko‘zlagan maqsadlariga erishishga asoslangan motivlar birinchi o‘ringa ko‘tariladi.
O‘smirlar o‘zlarining o‘qishga bo‘lgan munosabatlari va ularning o‘qish-o‘rganishga undovchi
sabablarni yaxshi anglaydilar.

O‘spirinlik yoshida boshdan kechiriladigan his-tuyg'ularning boyligi, xilma-xilligi bilan,

hayotning turli tomonlariga emosional munosabatda bo‘lishi bilan ajralib turadi. Axloqiy va
ijtimoiy, siyosiy qislarning rivojlanishi ayniqsa xarakterlidir. Ular odatda muayyan axloqiy
talablar bilan o‘zaro to‘qri munosabatda bo‘ladilar. Boshdan kechirgan qis-tuyqularni anglab
etish mag'orati qam rivojlanadi. O‘spirinlik yoshida o‘quvchilarda o‘rtoklik qissining rivoj
topishi xarakterlidir. Rossiya psixologlari I.V.Straxov bilan A.L.Shnirman tadqiqotlarining
ko‘rsatishicha, o‘spirinlik yoshidagi do‘stlik, o‘smirlik yoshidagi do‘stlikdan ba’zi bir
xususiyatlari bilan farq qiladi.

Xulosa

Ilk o‘spirinlik va yoshlik davri – shaxsiy rivojlanishning keskin o‘zgarishlarga boy,

murakkab, ammo muhim bosqichidir. Bu bosqichda shaxsning psixik rivojlanishi biologik,
ijtimoiy va madaniy omillar ta’sirida kechadi. Mazkur jarayonni chuqur tushunish,
yoshlarning ichki dunyosiga e’tibor qaratish, ularni to‘g‘ri yo‘naltirish nafaqat psixologlar va
pedagoglar, balki ota-onalarning ham muhim vazifasidir. Psixik rivojlanish jarayoniga ongli,
tizimli yondashuv yosh avlodning sog‘lom, ijtimoiy faol va barqaror shaxs sifatida
shakllanishini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Piaget, J. (1972). Psychology and Pedagogy. Penguin Books.
2. Erikson, E. H. (1968). Identity: Youth and Crisis. W. W. Norton & Company.
3. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.
Harvard University Press.
4. Yusupov, M. (2019). Bola psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.
5. Karimova, Z. (2021). O‘spirinlar psixologiyasi: amaliy yondashuvlar. Toshkent: Ilm Ziyo
nashriyoti.
6. Santrock, J. W. (2016). Adolescence (16th ed.). McGraw-Hill Education.

Библиографические ссылки

Piaget, J. (1972). Psychology and Pedagogy. Penguin Books.

Erikson, E. H. (1968). Identity: Youth and Crisis. W. W. Norton & Company.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press.

Yusupov, M. (2019). Bola psixologiyasi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi.

Karimova, Z. (2021). O‘spirinlar psixologiyasi: amaliy yondashuvlar. Toshkent: Ilm Ziyo nashriyoti.

Santrock, J. W. (2016). Adolescence (16th ed.). McGraw-Hill Education.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Sevinch Nurullayeva, Bahora Baratova , Olimjon Ozodqulov , TARBIYASI QIYIN BOLALAR PSIXOLOGIYASI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Ruxshona Gaybullayeva , Madina Shavkatova , Olimjon Ozodqulov, YETUKLIK DAVRINING IKKINCHI BOSQICHIDAGI SHAXSNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Nodir Turayev , Safar Abdusalamov , Olimjon Ozodqulov , TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Arofatxon Xolmamatova , Marjona Mustafoyeva , Olimjon Ozodqulov , TA'LIMNING YOSH PSIXOLOGIYASI TARAQQIYOTIDA TUTGAN O'RNI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Durdona Alimova , Nigora Abduraimova, Olimjon Ozodqulov , O'SMIRLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Olimjon Ozodqulov , Sevinch Qudratova, Zahro Latipova , YOSHLARNING OILAVIY HAYOTGA TAYYORGARLIK MUNOSABATI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Go’zal Xudoyberdiyeva , Navro’za Ashurmatova , Olimjon Ozodqulov , TA’LIM VA BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHNI BOSHQARISH MUAMMOLARI HAMDA IMKONIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Muhlisa Abdurahimova , Shohista Daminova, Ruxshona Ozotboyeva , Olimjon Ozodqulov , TARBIYA JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)

Ruxshona Abduvaqqosova , Muhlisa Abduhakimova , Olimjon Ozodqulov , KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI , Центральноазиатский журнал образования и инноваций: Том 4 № 5 Part 2 (2025)