Важность цифровизации экономики в Узбекистане

CC BY f
114-117
0
1
Поделиться
Мадаминова, Г., & Омонов, Ж. (2023). Важность цифровизации экономики в Узбекистане. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 114–117. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25310
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga ijobiy
va salbiy ta’sirlari mavjud bo’lib, bunga to’liq moslashgunga qadar ba’zi mamlakatlar qiyinchiliklarga duch keladi.

Похожие статьи


background image

114

Dastur ranglarni qo‘shish qobiliyatiga ega, bu har bir buyumda ma’lum bir

mavzuni birlashtirgan holda printlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan
tashqari, modellashda matolarning tuzilishi va shakli barqarorligi o‘rnatiladi – hajmli
englar, korsajlarning qattiqligi, yubka etaklarning burmalari. Atrofdagi fonni o‘rnatish
va "Okrujayuщaya sreda" yorlig‘ida "Zagruzit risunok zadnego plana" funksiyasidan
foydalanib «Zadniy plan»ni qo‘yish mumkin. Keyin, kompyuterdagi mavjud rasmlarni
yoki fotosuratlarni ko‘rib chiqib va eng mosini tanlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

S.I.Sharipova,

D.F.Djalolova

“Tikuv

buyumlarini

loyihalashning

avtomatlashtirilgan sistemasi” O’quv qo’llanma. – Buxoro, “Durdona”, 2023. – 114 b.

2.

D.F.Djalolova “Tikuv buyumlarini tayyorlashda kreativ loyihalash”. O’quv

qo’llanma. – Buxoro, “Durdona”, 2021. – 180 b.

3.

Э.Б.Булатовa, Л.Г. и др процессов проектирования, предоставляемые

САПР «Грация» // Шв.пром., 2000, №4.

O‘ZBEKISTONDA IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING

AHAMIYATI

i.f.n. Ko‘chimov Abdujamil Hamraqulovich

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali

G‘oyibnazarov Abduvohid Fozil og‘li

O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali magistranti

kuchimov7474@jmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola shuni ko'rsatadiki, raqamli transformatsiyaning

afzalliklaridan iqtisodiyotda hamma foydalanishini ta'minlash ambitsiyalariga
erishishda muhim rol o'ynaydi.Raqamli iqtisodiyotning aholi turmush darajasiga ijobiy
va salbiy ta’sirlari mavjud bo’lib, bunga to’liq moslashgunga qadar ba’zi mamlakatlar
qiyinchiliklarga duch keladi.

Kalit soʻzlar:

raqamli iqtisodiyot,

t

exnologik taraqqiyot, raqamlashtirish,

raqamli transformatsiya, raqamli inqilob.


Raqamlashtirish axborot texnologiyalarini joriy etish koʼlami bilan chambarchas

bogʼliq boʼlsada, tashkiliy va strategik oʼzgarishlarni ham taqozo etadi. Shuning uchun
ham ayni paytda, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda yangicha ish uslubiga
oʼtish, yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalar yordamida tashkiliy jihatdan
yangilashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti taʼbiri bilan aytganda, “Taraqqiyotga

erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz
zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʼlidan borish imkoniyatini beradi.
Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib
bormoqda.”


background image

115

Raqamli iqtisodiyot o’zi nima degani, raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy

va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida amalga oshirish
tizimidir. Boshqacha aytganda, raqamli iqtisodiyot – bu online xizmatlar ko’rsatish,
elektron to’lovlarni amalga oshirish, internet savdo va boshqa turdagi sohalarni raqamli
kompyuter texnogiyalarni rivojlanishi bilan bog’langan faoliyatdir.

Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratiladigan qandaydir boshqacha

iqtisodiyot emas, bu – yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarni yaratish
va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali joriy iqtisodiyotni yangicha tizimga
ko’chirish demakdir.

Albatta, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy

texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy
imkoniyatlar berishi mumkin.Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga
kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni
arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin.Masalan biron bir
kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop etilgan ko'rinishini
sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin.Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi o'zi ham
tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi
mumkin.Raqamli transformatsiya iqtisodiyotda bir qancha qulayliklar yaratadi va
samaradorlikni oshiradi:

ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi;

kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;

ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;

yangi ish o'rinlari yaratilinishi;

yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;

kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengisizlikni yo’qolishi.

Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda.

Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar
uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha
yetkazib berishlari mumkin.

Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston

potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda.Ya'ni imkoniyat bor,
kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli
iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish
mumkin:

1)

ko'plab sohalardagi monopoliya;

2)

internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

3)

axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada

qolganligi;

4)

fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi;

5)

qonunchilikning shaffof emasligi;

6)

axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni


background image

116

boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

7)

axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

8)

axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

9)

boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki

(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan

kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda biri bo'la oladi.

Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga koʻra, raqamli

iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida,
xufyona iqtisodiyotga barham beriladi. Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan boʻlsak,
hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib
qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sogʻliqni saqlash, fan-taʼlim,
qurilish, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv,
internet- banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida
oʻzining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat oʻz fuqarolari uchun elektron xizmatlar
koʻrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi - bu raqamli iqtisodiyotning asosiy
qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya
illatiga barham beradi.

Oʻzbekistonda “Raqamli Oʻzbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga

tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni
shakllantirish, qolaversa, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy
etish boʻyicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini
taʼminlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishni raqamli
texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan,
intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “axborotlashgan
jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Raqamli iqtisodiyotini rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari:

Innovatsiyalarni

rag'batlantirish,

tadqiqot

va

bilim

almashishni

rag'batlantirish, savdo va elektron tijoratni kengaytirish, yangi biznes va xizmatlarni
rivojlantirish uchun erkin axborot oqimini qo'llab-quvvatlash.

O'sishni rag'batlantirish va global ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun

raqamli innovatsiyalar va ijodkorlikni rag'batlantirish, ma'lumotlar, jumladan, davlat
sektorida ochiq ma'lumotlar mavjudligini rag'batlantirish, tadbirkorlik rivojlanishini
rag'batlantirish.

Keng polosali ulanishning o'sishini ta'minlash va raqamli tafovutni bartaraf

etish uchun raqamli infratuzilma va xizmatlar salohiyatidan foydalanish.

Raqamli iqtisodiyotga ishonchni mustahkamlash, izchil raqamli xavfsizlik

siyosatini amalga oshirishni ta'minlash uchun raqamli xavfsizlik risklarini boshqarish
va maxfiylikni himoya qilish tizimini targ'ib qilish.

Iste’molchilar va biznes manfaati uchun elektron tijorat (ichki va

transchegaraviy) dagi to‘siqlarni bartaraf etish jarayonini rag‘batlantirish, shuningdek,


background image

117

milliy va xalqaro darajada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish organlari va boshqa
davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.

Ishlab chiqarish, iste'mol va hamkorlikning yangi shakllari uchun

imkoniyatlar yaratadigan onlayn platformalardan foydalanish.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli

iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-
4699-son qarori.

3.

Ko‘chimov A.H., Boltaeva M.J. Raqamlashgan ta’lim va uning OTM

boshqaruv samaradorligini oshirishdagi roli. KOMPYUTER ILMLARI VA
MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI.

mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy-

texnik anjuman materiallari toʻplami

(2022-yil 14-15-oktyabr)

4.

Xaydarov B. X., Saitov S. A. RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI,

AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA XORIJIY TAJRIBA //Academic
research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 151-156.

5.

https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

6.

https://www.researchgate.net/publication/356857900_raqamli_iqtisodiyot_t

ushunchasi_afzalliklari_va_amaliy_ahamiyati

7.

https://lex.uz/docs/-5458249


SANOAT KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI

OSHIRISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Madaminova Gulmira Ikromaliyevna,

Omonov Jasur Sayfulla oʻgʻli

Fargʻona politexnika instituti, O’zbekiston

g.madaminova@ferpi.uz

Annotatsiya.

Maqolada iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining

iqtisodiy salohiyatini oshirishda raqamlashtirishning ahamiyati haqida bayon etilgan.

Kalit soʻzlar.

Iqtisodiyot,raqamlashtirish,yalpi ichki mahsulot, moliya, resurs,

axborot texnologiyasi.

Davlatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda sanoat korxonalarining iqtisodiy

salohiyatini oshirish g'oyat muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sanoat tarmog'i rivoji
orqali mamlakatning barcha tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, shuningdek
fan-tehnikaning barcha yutuqlaridan unumli foydalanish imkoniyati yuzaga keladi.
Sanoatni raqamlashtirish esa ushbu jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lib,
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Dunyo
hamjamiyatida raqamlashtirish darajasiga ko’ra korxonalarning nominal yalpi ichki

Библиографические ссылки

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4699-son qarori.

Ko‘chimov A.H., Boltaeva M.J. Raqamlashgan ta’lim va uning OTM boshqaruv samaradorligini oshirishdagi roli. KOMPYUTER ILMLARI VA MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI. mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallari toʻplami (2022-yil 14-15-oktyabr)

Xaydarov B. X., Saitov S. A. RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA XORIJIY TAJRIBA //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 151-156.

https://www.texnoman.uz/post/raqamli-iqtisodiyot-nima.html

https://www.researchgate.net/publication/356857900_raqamli_iqtisodiyot_tushunchasi_afzalliklari_va_amaliy_ahamiyati

https://lex.uz/docs/-5458249

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов