O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda keys texnologiyasidan foydalanish

CC BY f
590-594
8
4
Поделиться
Мингбоев, У. (2023). O‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda keys texnologiyasidan foydalanish . Информатика и инженерные технологии, 1(2), 590–594. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25684
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini Keys texnologiyasidan foydalanib shakllantirish va mavzular bo‘yicha keyslardan namunalar keltirilgan.

Похожие статьи


background image

590

2.

Калаева С.З., Макаров В.М., Шипилин А.М. Способ получения

магнитнойжидкости из железосодержащих отходов производства // Известия
высших учебных заведений. Серия «Химия и хим. Технология», Наука, 2002 г.

3.

Брук Э. Т., Фертман В. Е. «Ёж» в стакане. Магнитные материалы: от

твёрдого тела к жидкости. Минск, Вышейшая школа, 1983.

4.

Разумовская И.В. Нанотехнология. 11 класс. Учебное пособие. -

М:Дрофа, 2009г.

5.

М. В. Авдеев, В. Л. Аксенов. Малоугловое рассеяние нейтронов в

структурных исследованиях магнитных жидкостей УФН. - 2010. - Т. 180. -
С. 1009-1034.


O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI

SHAKLLANTIRISHDA KEYS TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Mingboyev Ulug‘bek Xujayevich

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

m_ulugbek1977@mail.ru

Annotatsiya.

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fani dars

mashg‘ulotlarida

o‘quvchilarning

kommunikativ

kompetensiyalarini

Keys

texnologiyasidan foydalanib shakllantirish va mavzular bo‘yicha keyslardan
namunalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar.

Kommunikativ kompetensiya, Keys texnologiyasi, tarmoq

,

Post

Ofice Protocol, IP manzil,

elektron pochta.


Xalqaro ilg‘or tajribalarga asosan, AQSh, Angliya, Germaniya, Rossiya, Janubiy

Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida kasb-
hunar ta’limi jarayonini kompetentli yondashuv asosida loyihalashni amalga
oshirishning ilmiy asoslangan metodik tizimini yaratish borasida salmoqli amaliy
natijalarga erishilgan. Shunga ko‘ra, raqobatbardosh va malakali bitiruvchilarni
tayyorlashda amaldagi ta’lim paradigmasini o‘zgartirish va o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish katta ahamiyat kasb
etadi. Shu sababdan o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyatlarida kasbiy muammolarga
yechim topish va amalga tatbiq etishda axborot texnologiyalardan foydalanish
ko‘nikmalari muhim o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan faol ijodiy fikrlovchi,
izlanuvchan, kerakli axborotlarni mustaqil ravishda izlab topuvchi va ularni o‘z amaliy
faoliyatida qo‘llay oluvchi mutaxassislarni tayyorlash tizimini samarali tashkil etishda
axborot ta’lim muhitida ularning kommunikativ kompetensiyalariga alohida e’tibor
qaratish zarur hisoblanadi.

Mamlakatimizda zamonaviy talablar asosida ta’lim tizimini takomillashtirishga

qaratilgan tub islohotlar natijasida kasb-hunar maktablari faoliyati yo‘nalishlari
qamrovi kengaytirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida belgilangan “...mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga
muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” ustuvor


background image

591

vazifasining ijrosini ta’minlash maqsadida kasb-hunar maktablari bitiruvchilarida
muhim kompetensiyalarni shakllantirishni interfaol o‘qitish metodlari asosida yanada
jadallashtirish zaruriyati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa, kasb-hunar maktablari
bitiruvchilarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning amaldagi
metodik tizimini va o‘quv-uslubiy ta’minotini innovasion yondashuvlar asosida
takomillashtirish hamda o‘zlashtirish natijalarini obyektiv baholash mexanizmlarini
ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shunday ekan o‘quvchilarni fanga bo‘lgan
qiziqishlarini oshirish, kasbiy faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli
vaziyatlarga tayyorlash va o‘qitish tizimini zamon bilan hamnafas shaklda tashkil etish
dars jarayonini yangicha usul hamda texnologiyalar asosida tashkil etish kerkligini
ko‘rsatadi. Buning yechimi sifatida quyida informatika va axborot texnologiyalar
fanini o‘qitishda “Keys texnologiyasi” asosida tashkil etish va keyslardan namunalar
keltiramiz.

1-Mavzu: Elektron pochta (ye-mail va u bilan ishlash asoslari).

1- KEYS TOPShIRIG‘I

Keys bayoni

Elektron aloqa tushunchasi oddiy aloqa tushunchasiga o‘xshaydi. Haqiqatdan

ham e – mail orqali xat jo‘natishda, siz oddiy xatdagidek satrlarni to‘ldirasiz, ya’ni,
yuboriladigan manzil yoziladi (faqat barcha nomlar va manzillar elektron holda
bo‘ladi). Siz xatni “nusxalash” orqali bir necha manzillarga jo‘natishingiz, hatto xatga
faylni “qo‘shib” yuborishingiz mumkin va hokazo.

Elektron xatni jo‘natishdagi ishlar ham oddiy xatni jo‘natishga o‘xshaydi. Siz

aloqa serveri (odatda Post Ofice Protocol) bilan bog‘lanib, xatni “aloqa bo‘limiga olib
borasiz”. Keyin aloqa serveri xatni manzillar serveriga uzatadi, u yerdan manzili
ko‘rsatilgan kishi xatni “olib ketishi” mumkin.

Elektron aloqa orqali ixtiyoriy ma’lumotlar: matn, chizma, sxema, diagramma,

rasm, jadval, musiqa va boshqalarni uzatish mumkin. Ma’lumotlar ko‘rsatilgan
manzilga bir zumda yetkaziladi. Ma’lumot oluvchi bo‘lmagan vaqtda aloqa qutisiga
ma’lumotni qayta-qayta uzatish va saqlash imkoniyati mavjud.

Alqarov Abror mail.ru elektron pochta orqali Baxmal tuman 2-son kasb-hunar

maktabi “Raqamli axbarotlarni qayta ishlash ustasi” guruhida tahsil olayotgan do‘sti
Xujayev Lazizga veb sahifa yaratish yo‘riqnoma faylini yubormoqchi bo‘ldi, lekin bir
necha marta urinishiga qaramasdan u faylni jo‘nata olmadi.

Keys savoli

Nima sababdan Alqarov Abror veb sahifa yaratish yo‘riqnoma faylini bir necha

marta urinishga qaramasdan do‘sti Xujayev Lazizning elektron pochtasiga jo‘nata
olmadi?

O‘quvchilar uchun ko‘rsatma:

1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi.
2. Mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlaringizni tizimlashtiring.
3. Elektron pochta bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan

holda muammoning sababini toping.

4. Yechimni bayon eting.

Keysni yechish jarayoni:

1. O‘quvchi keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi.


background image

592

2. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarni tizimlashtiradi.
3. Elektron pochta bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan

holda muammoning sababini topadi.

4. Yechimni bayon etadi.

O‘qituvchining yechimi

O‘quvchining voqea yuzasidan muammoni hal etishga bo‘lgan amaliy vazifalarni

bajarilish

ketma-ketligini

aniq

belgilab

kommunikativ

kompenesiyalarni

shakllantiradi.

2-Mavzu: O‘zbekistonda kompyuter tarmoqlari, zamonaviy axborot texnologiyalarini

yaratish, joriy etish va rivojlantirish istiqbollari

2- KEYS TOPSHIRIG‘I

Keys bayoni

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng kompyuterlashtirish sohasida juda

katta ishlar qilindi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni
jadallashtirish rejalari “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan, 1999 yil fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan
foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Biroz vaqtdan so‘ng
1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasida ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini
modernizasiya qilish va uni rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasida korporativ foydalanuvchilar (vazirliklar tarmoqlari,

tashkilotlar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy va mintaqaviy boshqarish tizimlari
va hakozo) uchun xalqaro milliy mintaqaviy ko‘lamda uzatiladigan axborotlar
hajmining uzluksiz ko‘payishi, ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘ini rivojlantirish va
takomillashtirish zaruratini keltirib chiqardi.

Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar maktablari, oliy ta’lim, oliy

ta’limdan keyingi ta’lim muassasalarida ichki (lokal) tarmoqlar rivojlandi.

Qarshi shahar kasb-hunar maktabi “Kompyuter va dasturiy injeneringi”

yo‘nalishi o‘quvchisi Choriyev Akbar informatika va axborot texnologiyalari fanidan
darsdan tashqari o‘quv mashg‘ulotida fleshkasi uyda qolganligi sababli kompyuter
o‘quv xonasida 7 kompyuterdan ma’lumotlarni ichki tarmoq orqali olishni amalga
oshirmoqchi bo‘ldi, lekin uni bajara olmadi. Sababi ichki tarmoq o‘quvchilar
tomonidan buzilgan edi. Buzilgan ichki tarmoqni sozlamoqchi bo‘ldi, lekin bir necha
bor urinishiga qaramasdan uni tuzata olmadi.

Keys savoli

Nima sababdan Choriyev Akbar

buzilgan ichki tarmoqni sozlash uchun bir necha

marta urinishga qaramasdan uni sozlay olmadi?

O‘quvchilar uchun ko‘rsatma:

1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi.
2. Mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlaringizni tizimlashtiring.
3. Tarmoqlar bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan holda

muammoning sababini toping.

4. Yechimni bayon eting.

Keysni yechish jarayoni:


background image

593

1. O‘quvchi keys mohiyatini yetarlicha anglab oladi.
2. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarni tizimlashtiradi.
3. Tarmoqlar bilan ishlashda kommunikativ kompetesiyalarga tayangan holda

muammoning sababini topadi.

4. Yechimni bayon etadi.

O‘qituvchining yechimi

O‘quvchining voqea yuzasidan muammoni hal etishda, ya’ni IP manzillarni

qanday o‘rnatish kerakligini o‘rgatadi va amaliy vazifalarni bajarilish ketma-ketligi
orqali o‘quvchining kommunikativ kompenesiyalarini shakllantiradi.

Xulosa qilish shuni aytish mumkinki informatika va axborot texnologiyalari

darslarida Keys texnologiyasidan foydalanish o‘quvchilarni fanga bo‘lgan
qiziqishlarini oshiradi, kasbiy faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni
hal qilishga o‘rgatadi va ularning kommunikativ kompenesiyalarini shakllantirishga
xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. MU Xujayevich, MA Isoqulovich. Informatika va axborot texnologiyalari

darslarida topshiriqlarni bajarishni raqamli tizimga o‘tkazishning o'ziga xos
xususiyatlari
// International Journal of Contemporary Scientific and Technical
Research, 694-696.

2. MU Xujayevich. Some methodological issues of the formation of

communicative competence of students using educational online resources // European
Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7 (2).

3.

УХ

Мингбоев.

Педагогические

условия

формирования

коммуникативного умения у студентов по специальности" информационные
технологии"
// Молодой ученый, 1249-1252.

4. MU Xujaevich. Pedagogical conditions for the formation of communicative

competencies of students of vocational schools using interactive teaching methods //
International Journal on Integrated Education 3 (12), 345-347.

5. У Мингбоев, С Джумаев, А Синдоров. Maktab o‘quvchilari uchun

moljallangan

android

ilovaning

imkoniyatlari

//

Zamonaviy

innovatsion

tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va
istiqbollar, 188-191.

6. MU Xujayevich. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarni fanga qiziqishini

oshirish // International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research,
394-397.

7. MU Xujayevich. Kompetentli yondashuv umumiy o‘rta ta’lim tizimini

yangilash omili sifatida // International Journal of Contemporary Scientific and
Technical Research, 397-400.

8. U.Mingboyev. The Usage of interactive teaching methods in formation of

communicative competencies of students // New York Science Journal. 2021-yil.
14(1):14-17.

9.

U.Mingboyev. Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarida kommunikativ

kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari // “Ta’lim
muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan


background image

594

foydalanish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn
konferensiya materiallari. Jizzax VXTXQTMOHM 2020 yil. 403-405 betlar.

10.

U.Mingboyev.

Kasb-hunar

maktablari o‘quvchilarining tayanch

kompetensiyalarini shakllantirishda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish //
“Zamonaviy tadqiqotlar, innovasiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish
tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari to‘plami. O‘zMU Jizzax filiali 2021 yil. 488-594 betlar.

11.

U.Mingboyev. Kompetentli yondashuv umumiy o‘rta ta’lim tizimini

yangilash omili sifatida // Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari
mazusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya materiallari to‘plami. O‘zMU Jizzax
filiali 2022 y. 397-400 betlar.






























Библиографические ссылки

MU Xujayevich, MA Isoqulovich. Informatika va axborot texnologiyalari darslarida topshiriqlarni bajarishni raqamli tizimga o‘tkazishning o'ziga xos xususiyatlari // International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 694-696.

MU Xujayevich. Some methodological issues of the formation of communicative competence of students using educational online resources // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7 (2).

УХ Мингбоев. Педагогические условия формирования коммуникативного умения у студентов по специальности" информационные технологии" // Молодой ученый, 1249-1252.

MU Xujaevich. Pedagogical conditions for the formation of communicative competencies of students of vocational schools using interactive teaching methods // International Journal on Integrated Education 3 (12), 345-347.

У Мингбоев, С Джумаев, А Синдоров. Maktab o‘quvchilari uchun moljallangan android ilovaning imkoniyatlari // Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 188-191.

MU Xujayevich. Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarni fanga qiziqishini oshirish // International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 394-397.

MU Xujayevich. Kompetentli yondashuv umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangilash omili sifatida // International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 397-400.

U.Mingboyev. The Usage of interactive teaching methods in formation of communicative competencies of students // New York Science Journal. 2021-yil. 14(1):14-17.

U.Mingboyev. Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik shart sharoitlari // “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardanfoydalanish: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiya materiallari. Jizzax VXTXQTMOHM 2020 yil. 403-405 betlar.

U.Mingboyev. Kasb-hunar maktablari o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishda interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish // “Zamonaviy tadqiqotlar, innovasiyalarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. O‘zMU Jizzax filiali 2021 yil. 488-594 betlar.

U.Mingboyev. Kompetentli yondashuv umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangilash omili sifatida // Kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari mazusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya materiallari to‘plami. O‘zMU Jizzax filiali 2022 y. 397-400 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов