Buxgalteriya balansi: turlari, tarkibiy tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar

CC BY f
56-62
422
92
Поделиться
Аманова, С., & Эшонкулов , А. (2023). Buxgalteriya balansi: turlari, tarkibiy tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 56–62. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp56-62
Сафаргуль Аманова, Stars international unversity

студент

Азамат Эшонкулов , Ташкентский государственный экономический университет

Научный советник.Ассистент кафедры бухгалтерского учета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada buxgalteriya balansida korxonaning moliya xo‘jalik faoliyati to‘g‘ risida katta hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy resurslarning mavjudligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda) ning kapitalizatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati,debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

56

AMANOVA SAFARGUL
UMMATQULOVNA,

Stars international
unversity talabasi

ILMIY RAHBAR: ESHONQULOV
AZAMAT ABDIRAXIMOVICH,

TDIU Buxgalteriyasi hisobi
kafedrasi assistenti;

BUXGALTERIYA
BALANSI: TURLARI,
TARKIBIY TUZILISHI VA
UNGA QO‘YILADIGAN
TALABLAR

Annotatsiya:

Ushbu maqolada buxgalteriya balansida korxonaning moliya-xo‘jalik fa-

oliyati to‘g‘ risida katta hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy re-
surslarning mavjudligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda)
ning kapitalizatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati,
debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati
va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.

Kalit so‘zlar:

buxgalteriya balansi, aktiv, passiv, debitor, kreditor, xo‘jalik yurituvchi su-

byekt, moliyaviy natijalar(foyda)ning kapitalizatsiyasi.

KIRISH

Buxgalteriya balansida korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida katta

hajmdagi ma’lumotlar: korxonaning mulkiy holati, moliyaviy resurslarning mavjud-
ligi, ularning taqsimlanishi va foydalanilishi, moliyaviy natijalar(foyda)ning kapitali-
zatsiyasi, o‘z va qarz mablag‘lari, pul mablag‘larining mavjudligi va holati, debitor-
lik va kreditorlik qarzlarining holati, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarning holati
va o‘zgarishi va shu kabilar haqida ma’lumotlar taqdim qilinadi.

To‘liq bo‘lmagan va ishonchsiz ma’lumotlar qoidaga ko‘ra korxonaning raqobat-

bardoshligi va moliyaviy-iqtisodiy holatida aks etuvchi noto‘g‘ri (xato) boshqaruv
qarorlarini qabul qilishga olib keladi.

Ma’lumotlardan foydalana olmaslik, ya’ni uning asosida monitoring va tahlilni

amalga oshira olmaslik to‘plangan ma’lumotlarning foydasizligiga, menejmentning
sifati yomonlashishiga olib keladi.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp56-62


background image

STARS International University

57

Korxona rahbarlari buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shaklla-

rida keltirilgan ma’lumotlardan foydalana olishi, ularni o‘qiy olishi, ulardagi ma’lumot-
lardan foydalangan holda har bir hisobot moddasi orqasidagi korxonaning haqiqiy
holatini ko‘ra olishlari, mablag‘lar qayerdan kelib tushganligi va ular qayerda joylash-
ganligini hamda ularning normal ish faoliyati uchun yetarliligini baholay olishlari kerak.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘laqonli faoliyat yuritishi va doimiy iqtisodiy

o‘sishi uchun doimiy ravishda uning moliya-xo‘jalik holatini tahlil qilish va baho-
lash zarur. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik holati haqidagi hisobot
ma’lumotlarini muntazam kuzatib borish korxona iqtisodiy siyosatiga o‘z vaqtida
tuzatishlar kiritib borishiga imkon beradi.

Shunday tahlil qilinadigan va baholanadigan hujjatlardan biri moliyaviy hisobo-

tda asosiy o‘rin egallaydigan asosiy shakllaridan biri hisoblangan buxgalteriya ba-
lansidir. Qonunchilikka ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlar belgilangan muddat va
hajmlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishlari, shuningdek, hisobotlarni taqdim
qilish va ayrim moddalarini baholashda zarur talablarga rioya qilishga majburdirlar.

Buxgalteriya balansi asosiy hisobot shakli sifatida davlat organlari, korxona rah-

bariyati, korxona mulkdorlari, banklar va investorlar, kreditorlar va debitorlar oldi-
da hisobot taqdim qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Korxona mablag‘lari va ularning manbalarini guruhlash va umumlashtirish vo-

sitasi sifatida va ularni qiymat ifodasida aks ettirganligi hamda moliyaviy hisobot
tarkibida asosiy o‘rin tutganligi sababli buxgalteriya balansining turlari va shaklla-
rini o‘rganishning dolzarbligi oshib boradi.

Buxgalteriya balansining turlari va shakllarini turkumlagan holda o‘rganish

korxonaga buxgalterlik moliyaviy hisobotni yuritishning maqbul usulini tanlashga
imkon beradi. Shu bois har xil vaziyatlar uchun buxgalteriya balansining turkum-
lanishini ko‘rib chiqamiz.

Buxgalteriya balansining turkumlanishiga nisbatan soha mutaxassislari tomoni-

dan turli xil yondashuvlar mavjud. Jumladan, M.S.Ribyantseva va Ye.A. Oksanich-
lar buxgalteriya balansi tuzish maqsadlaridan kelib chiqqan holda turli xil belgilar
bo‘yicha turkumlanishini keltirishgan. Buxgalteriya balansini turkumlash belgilari
bo‘yicha quyidagilarni qayd etishgan:

– buxgalteriya balansini tuzish vaqti bo‘yicha;
– buxgalteriya balansida aks etgan ma’lumotlar bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish manbalari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansi axborotlari hajmi bo‘yicha;
– buxgalteriya balansining tozaligi bo‘yicha;
– korxona faoliyati tavsifi bo‘yicha;
– mulkchilik shakllari bo‘yicha;
– buxgalteriya balansini tuzish maqsadlari bo‘yicha [1].
Rossiyalik mutaxassis M.A. Ryabova va N.A. Bogdanovalar tomonidan buxgal-

teriya balansini quyidagi belgilar bo‘yicha turkumlashga e’tibor qaratish lozimligi
ko‘rsatilgan:

– tuzish vaqti bo‘yicha;
– tuzish manbasi bo‘yicha;
– tarkibi bo‘yicha;
– aks ettiriladigan obyektlari bo‘yicha;
– moddalarining tozaligi bo‘yicha;


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

58

– ma’lumotlarni taqdim etish shakli bo‘yicha [2].
Yuqorida keltirilgan mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarni tahlil qiladigan

bo‘lsak, buxgalteriya balansini turkumlashda e’tiborga olish kerak bo‘lgan belgilar
to‘liq keltirilmagan.

O‘zbekistonlik olimlardan professor R.D. Dusmuratov balansning turlarini tur-

kumlash bo‘yicha quyidagi belgilarini ajratib ko‘rsatgan:

– tuzish manbasi;
– mulkchilik shakli;
– axborotlar hajmi;
– tuzish vaqti;
– huquqiy maqomi;
– taqdim etilish vaqti;
– qayta tashkil etish tartibi;
– tuzilish shakli;
– soflik darajasi;
– faoliyat turi;
– tarmoqlar bo‘yicha;
– tuzish usuli bo‘yicha [3].
R.D. Dusmuratov tomonidan keltirilgan turkumlash belgilari boshqa mualliflar

tomonidan keltirilgan turkumlash belgilariga nisbatan to‘liqligi bilan ajralib turadi.

Rossiyalik mutaxassislar tomonidan buxgalteriya balansining tarkibi bo‘yicha

bildirilgan fikrlarda buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iboratligi ham-
da aktiv qismi aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlardan, passiv qismi
esa kapital va rezerv, uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyat-
lardan iboratligi keltirilgan [4].

O‘zbekistonlik mutaxassislar, jumladan, R.D. Dusmuratov[5]ning ishlarida bux-

galteriya balansi ikkita bo‘limdan: aktiv va passivdan iborat bo‘lib, balans aktivi,
o‘z navbatida, uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar, passivi esa o‘z mablag‘lari
manbalari va majburiyatlardan iborat.

1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo‘limlarning o‘zaro bog‘liqligi [6]

I.T. Abdukarimov va N.V. Tenlarning fikriga ko‘ra, buxgalteriya balansi quyidagi

elementlarni o‘z ichiga oladi:

1.

Korxonaga tegishli mablag‘larni aks ettiruvchi aktivlar.

2.

Korxona ixtiyoridagi xususiy kapital (moliyaviy resurslar).


background image

STARS International University

59

3.

Aktivlarni xarid qilish natijasida vujudga kelgan, kelgusida tayinlanishi bo‘yic-

ha qaytarilishi zarur bo‘lgan majburiyatlar [7].

I.T. Abdukarimov va N.V. Ten tomonidan bildirilgan ushbu fikrda buxgalteriya

balansining tuzilishi ularni tahlil qilish nuqtayi nazaridan bildirilgan bo‘lib, buxgal-
teriya balansining strukturasini to‘liq ochib bermaydi.

Buxgalteriya balansi bo‘limlari va moddalari joylanishining o‘ziga xos qat’iy

qonuniyatlari mavjud. Buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hi-
sobot shakllari va ularni to‘ldirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bi-
lan tasdiqlangan. Ushbu buyruqning 1-ilovasida buxgalteriya balansining shak-
li tasdiqlangan bo‘lib, buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismlardan iborat.
O‘z navbatida, aktiv qismi ikkita bo‘lim: uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar,
passiv qismi esa o‘z mablag‘lari manbalari va majburiyatlar deb nomlangan bo‘lim-
lardan iborat [8].

O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansi aktivi qismlari va moddalari

aktivlarning likvidligi o‘sib borishi tartibida joylashtirilgan. Buxgalteriya balansi-
ning 1-bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”da realizatsiya qilinishi nisbatan qiyin bo‘l-
gan aktivlar, “Joriy aktivlar” deb nomlangan 2-bo‘limida 1-bo‘limda joylashgan
atkivlarga nisbatan likvid hisoblangan aktivlar joylashgan, ya’ni ular osonlik bi-
lan pulga aylantirilishi hamda qarzdorlikni so‘ndirish uchun yo‘naltirilishi mumkin.
O‘z navbatida, “Joriy aktivlar” bo‘limining ichida ham aktivlar likvidlik darajasining
oshib borishi tartibida joylashtirilgan [9].

Demak, buxgalteriya balansining tuzilishi bo‘yicha mutaxassislar fikr bildirishda

o‘z davlatining buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar
talablarini e’tiborga olishga harakat qilishgan.

Buxgalteriya balansining eng muhim jihatlaridan biri bu manfaatdor tomonlarga

korxonaning mablag‘lari va ularning manbalari, o‘z aylanma mablag‘lari, majburi-
yatlari, umuman olganda, moliyaviy holati haqida ma’lumot taqdim qilishidir.

Buxgalteriya balansining muhimligi va ahamiyati korxonaning aktivlari va pas-

sivlari harakati ustidan to‘liq nazorat qilish, keyinchalik foyda olish maqsadida
u yoki bu resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilishning maqsadga muvofiqligini
aniqlash, salbiy iqtisodiy hodisalarning oldini olish yoki oqibatlarini pasaytirish,
moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatini taqdim etishi-
dan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun buxgalteriya balansi ma’lumotla-
ridan foydalanuvchilarni buxgalteriya balansi subyektlari deb nomlash mumkin.

Buxgalteriya balansi subyektlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

1.

Qonunchilik va ijro hokimiyati organlari.

2.

Investorlar va aksionerlar.

3.

Mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar.

4.

Turli xil kreditorlar.

Buxgalteriya balansi ma’lumotlari foydalanuvchilarining turli xil ma’lumotla-

ridan foydalanadilar. Korxonaning joriy va kelgusidagi to‘lovga layoqatliligi kabi
ma’lumotlar mol yetkazib beruvchilar va kreditorlarni, korxonaning foydalilik da-
rajasi aksionerlar va investorlarni, aylanma mablag‘larning harakati va holati ichki
foydalanuvchilarni qiziqtiradi. Bundan ko‘rinadiki, buxgalteriya balansi ma’lumot-
laridan foydalanuvchilarining ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari turli xil. Shundan


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

60

kelib chiqqan holda buxgalteriya balansi ma’lumotlarini shakllantirishga nisbatan
ma’lum bir talablar ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya balansiga nisbatan qo‘yilgan talablar

“Buxgalteriya balansi” nomli 15-sonli buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tar-
tibga solinadi.

“Buxgalteriya balansi” nomli 5-sonli BHMS buxgalteriya balansini topshirish

chog‘ida oshkor qilinadigan axborotga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi [10]. Ush-
bu standartning 4-bandida “Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri osh-
kor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak”[11]ligi ta’kidlangan.

Ushbu 15-son BHMs O‘zbekiston Respublikasida Buxgalteriya balansining maz-

muniga hamda undagi axborotlarni shakllantirishga nisbatan talablarni tartibga
soluvchi asosiy hujjat hisoblanganiga qaramasdan, buxgalteriya balansini tuzishda
amal qilinadigan prinsiplar keltirilmagan.

Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari hisoblangan A.A. Karimov, F.R. Islomov,

A.Z. Avloqulov, R.D. Dusmuratov, D. Xolboev, I.K. Ochilov, D.X. Azlarov va bos-
hqalarning ishlarida buxgalteriya hisobini tuzishda rioya qilinishi kerak bo‘lgan
prinsiplar keltirilgan bo‘lib, moliyaviy hisobotni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘l-
gan umumiy talablar bayon qilingan [12].

O.V. Mamoshina buxgalteriya balansining ahamiyati uni shakllantirishning asosiy

prinsiplarida o‘z aksini topadi, deb ta’kidlagan hamda quyidagi asosiy prinsiplar-
ni keltirgan. O.V. Mamoshinaning fikriga ko‘ra, ushbu prinsiplarga amal qilishgina
buxgalteriya balansining zarur funksionalligini ta’minlaydi [13]:

1-rasm. Buxgalteriya balansini shakllantirish prinsiplari [14]

Buxgalteriya balansini shakllantirish prinsiplarining mazmunini ko‘rib chiqamiz:

1.

Balansning to‘g‘riligi.

Balansni shakllantirishning ushbu prinsipi ular asosida

ko‘rsatkichlar shakllanadigan hisob va dastlabki hujjatlarning ishonchliligini ta’min-
laydi. Agar qandaydir xo‘jalik faktlari tegishli tarzda tasdiqlanmagan yoki noto‘g‘ri


background image

STARS International University

61

rasmiylashtirilgan holatlar mavjud bo‘lsa, korxona balansida chalkash (buzib ko‘r-
satilgan) ma’lumotlar aks ettiriladi.

2.

Balansning haqqoniyligi.

Ushbu prinsip hisob obyektlari bahosi bilan balans-

ning tegishli satrlarida aks ettirilgan ma’lumotlar bilan muvofiqligini anglatadi.

3.

Balansning birligi.

Ushbu prinsip buxgalteriya balansi hisob va baholashning

yagona prinsiplari asosida shakllanishini bildiradi.

4.

Balansning davomiyligi.

Balans shakllanishining ushbu prinsipi har bir keyin-

gi balans o‘zidan oldingi balans ko‘rsatkichlaridan kelib chiqishini anglatadi. Misol
uchun, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yakuniy balans hisobot yili uchun boshlang‘ich
balans bo‘lishi kerak.

Balansning aniqligi.

Ushbu prinsip buxgalteriya balansini tuzgan hamda uni

o‘qiydigan va tahlil qiladigan shaxslarning barchasi tushunishi uchun qulayligi bi-
lan izohlanadi.

Bizning fikrimizcha, buxgalteriya balansini shakllantirishda yuqoridagi prinsip-

larga rioya qilish unda keltirilgan axborotlarning to‘g‘riligi, haqqoniyligi hamda
taqqoslanuvchanligini ta’minlashga imkon beradi.

XULOSA

O‘tkazilgan tadqiqot natijaslarini umumlashtirgan holda iqtisodiy adabiyotlarda

buxgalteriya balansini turkumlashning belgilari bo‘yicha yagona yondashuv mav-
jud emasligi haqida xulosa qilish mumkin. Buxgalteriya balansini turkumlash belgi-
lari va turlari bo‘yicha har bir muallifning o‘ziga xos qarashi mavjud. Har bir davrda
buxgalteriya balansini turkumlash belgilari axborotlarni shakllantirish va umumlas-
htirish talablari va prinsiplariga javob bergan bo‘lsa-da, jamiyat rivojlanishi bilan
birgalikda buxgalteriya hisobining kuzatuv obyektlari, xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lar ma’lumotlarini shakllantirishga yondashuvlar o‘zgardi va shundan kelib chiqqan
holda buxgalteriya balanslarini turkumlash belgilari ham o‘zgarishlarga uchradi.
Mualliflarning buxgalteriya balansini turkumlashga turli xil yondashuvlari bo‘lishi-
dan qat’i nazar, umumiy jihatni– tuzgan vaqtini ko‘rsatish mumkin. Buxgalteriya
balansini turkumlashga nisbatan qarashlarning umumiyligi balansning ma’lum bir
sanada tuzilganligi va tuzish maqsadiga bog‘liqligidir.

Shunday qilib, umumlashgan ko‘rsatkichlarni shakllantirish va balansni tuzish

maqsadlariga bog‘liq holda istalgan xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya balan-
sining turkumlash belgilarini ajratib ko‘rsatishi mumkin.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Рыбянцева М.С., Оксанич Е.А. Актуальные вопросы формирования ин-

формации бухгалтерского баланса в современных условиях // Научный жур-
нал КубГАУ, №71(07), 2011. http://ej.kubagro.ru/2011/07/pdf/12.pdf.

2. Рябова М.А., Богданова Н.А. Теория бухгалтерского учета: учебное посо-

бие. – Ульяновск: УлГТУ, 2009. – С. 158. 41 б.

3. Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”,

2013, – 476 b. 73 b.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

62

4. Рябова М.А., Богданова Н.А. Теория бухгалтерского учета: учебное по-

собие. – Ульяновск: УлГТУ, 2009. – C. 158. 40 б.; Глущенко А.В. Теория бухгал-
терского учета: учебное пособие. – Волгаград: Изд-во ВолГУ, 2003. – 134 с.
25-26 бетлар; Алексеева Г.Н. Теория бухгалтерского учета: Учебное пособие.
Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2004. – C. 164. 27 б.; Астахов В.П. Тео-
рия бухгалтерского учета: Учебное пособие. Изд. 9-е, перераб. – Москва: ИКЦ
«МарТ»; Ростов н/Д: Издательский центр «МарТ», 2002. – C. 576. 108–111 б.

5. Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: «Fan va texnologiya»,

2013. – 476 b. 69 b.

6. Абдукаримов И.Т., Тен Н.В. Как распознать бухгалтерский баланс // Со-

циально-экономические явления и процессы, № 1 (013), 2009. 5-17 с.

7. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2002 йил

27 декабрдаги 140-сон “Молиявий ҳисобот шакллари ва уларни тўлдириш
қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи. https://lex.uz/docs/821320.

8. Бухгалтерия баланси. 15-сон бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти.

Ўзбекистон Республикаси Молия вазирининг 2003 йил 12 мартдаги 45-сон
буйруғи билан тасдиқланган. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги то-
монидан 2003 йил 20 мартда 1226-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган.
https://lex.uz/acts/839065

9. Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”,

2013, 476 b. 336–337 b.; Каримов А.А., Исломов Ф.Р., Авлоқулов А.З. Бухгалте-
рия ҳисоби. Дарслик. – Т.: “Шарқ”, 2004. – 592 б.; Xolboyev D. Moliyaviy hisob.
O‘quv qo‘llanma. – Т.: Cho‘lpon nomidagi NM1U, 2016 – 236 b.; Очилов И.К., Аз-
ларов Д.Х., Авлоқулов А.З. Молиявий ҳисоб-т. Ўқув қўлланма. Т.: Тошкент мо-
лия институти. 2004. 328 б.

Мамошина О.В. Бухгалтерский баланс как основная форма бухгалтерской

отчетности (часть 1) // Социально- экономические явления и процессы. –2015.
– № 2(048). – С. 67–73.

Библиографические ссылки

Рыбянцева М.С., Оксанич Е.А. Актуальные вопросы формирования информации бухгалтерского баланса в современных условиях // Научный журнал КубГАУ, №71(07), 2011. http://ej.kubagro.ru/2011/07/pdf/12.pdf.

Рябова М.А., Богданова Н.А. Теория бухгалтерского учета: учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2009. – С. 158. 41 б.

Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2013, – 476 b. 73 b.

Рябова М.А., Богданова Н.А. Теория бухгалтерского учета: учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2009. – C. 158. 40 б.; Глущенко А.В. Теория бухгалтерского учета: учебное пособие. – Волгаград: Изд-во ВолГУ, 2003. – 134 с. 25-26 бетлар; Алексеева Г.Н. Теория бухгалтерского учета: Учебное пособие. Тамбов: Изд-во Тамб. гос. техн. ун-та, 2004. – C. 164. 27 б.; Астахов В.П. Теория бухгалтерского учета: Учебное пособие. Изд. 9-е, перераб. – Москва: ИКЦ «МарТ»; Ростов н/Д: Издательский центр «МарТ», 2002. – C. 576. 108–111 б.

Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: «Fan va texnologiya», 2013. – 476 b. 69 b.

Абдукаримов И.Т., Тен Н.В. Как распознать бухгалтерский баланс // Социально-экономические явления и процессы, № 1 (013), 2009. 5-17 с.

Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлигининг 2002 йил 27 декабрдаги 140-сон “Молиявий ҳисобот шакллари ва уларни тўлдириш қоидаларини тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи. https://lex.uz/docs/821320.

Бухгалтерия баланси. 15-сон бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти. Ўзбекистон Республикаси Молия вазирининг 2003 йил 12 мартдаги 45-сон буйруғи билан тасдиқланган. Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2003 йил 20 мартда 1226-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган. https://lex.uz/acts/839065

Dusmuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiya”, 2013, 476 b. 336–337 b.; Каримов А.А., Исломов Ф.Р., Авлоқулов А.З. Бухгалтерия ҳисоби. Дарслик. – Т.: “Шарқ”, 2004. – 592 б.; Xolboyev D. Moliyaviy hisob. O‘quv qo‘llanma. – Т.:Cho‘lpon nomidagi NM1U, 2016 – 236 b.; Очилов И.К., Азларов Д.Х., Авлоқулов А.З. Молиявий ҳисоб-т. Ўқув қўлланма. Т.: Тошкент молия институти. 2004. 328 б.

Мамошина О.В. Бухгалтерский баланс как основная форма бухгалтерской отчетности (часть 1) // Социально- экономические явления и процессы. –2015. – № 2(048). – С. 67–73.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов