Biznes subyektlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar to‘plash uslubiyati

Поделиться
Мирзаева, Н., & Саидова, М. (2023). Biznes subyektlari faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar to‘plash uslubiyati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 172–176. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp172-176
Наргиза Мирзаева, STARS International University

21/2 группа студентка

Мархабо Саидова, STARS International University

Научный руководитель: к.т.н., доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash, kuzatish usullari orqali statistik tahlillar, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tasniflash, jadvallar tuzish, shuningdek, biznesni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini, jumladan, iqtisodiyotni shakllantirishda xususiy sektorni takomillashtirish yo‘llari, shuningdek, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish istiqbollari, dinamik o‘zgarishlarni, taqqoslash va prognozlash ma’lumotlarini taqdim etishda tez-tez foydalaniladigan diagramma va grafiklar keltirilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

172

BIZNES
SUBYEKTLARI
FAOLIYATIGA
OID STATISTIK
MA’LUMOTLAR
TO‘PLASH
USLUBIYATI

MIRZAYEVA NARGIZA
ULUGBEKOVNA,

“STARS International University”
21/2 guruh talabasi
nmirzayeva18@gmail.com

ILMIY RAHBAR: SAIDOVA
MARHABO XABIBULLO QIZI,

PhD, dotsent “STARS
International University”
saidovamarhabo1991@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston

iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash, kuzatish usullari orqali statistik
tahlillar, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tasniflash, jadvallar tuzish, shuningdek, biznesni ri-
vojlantirish ko‘rsatkichlarini, jumladan, iqtisodiyotni shakllantirishda xususiy sektorni tako-
millashtirish yo‘llari, shuningdek, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish istiqbollari, dinamik
o‘zgarishlarni, taqqoslash va prognozlash ma’lumotlarini taqdim etishda tez-tez foydalani-
ladigan diagramma va grafiklar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Biznes, raqobatbardoshlik, mahsuldorlik, innovatsiya, mikrofirma, xususiy-

lashtirish, oilaviy tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkorlik, kichik biznes, ma’lumotlarning
statistik tahlili, tahliliy usul, prognoz.

KIRISH

Biznesni boshqarishda zarur statistik axborotlar tizimini shakllantirish dolzarb

masalalardan biri, sababi, statistik axborotlar tizimi bozor iqtisodiyotining muhim
tarkibiy qismlaridan va u nafaqat hukumat hamda vazirlik va idoralarni, balki jamo-
atchilikni, biznes subyektlarini va aholini mamlakat yoki muayyan bir hududning
iqtisodiy, demografik, ijtimoiy va ekologik holati to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlar
bilan ta’minlaydi.

Zamonaviy statistik axborotlar tizimini shakllantirishni biznes subyektlariga

tegishli ma’lumotlarni to‘plashdan, ya’ni statistik kuzatishdan boshlash lozim.
Bunda statistik axborotlarning asosiy xususiyatlariga e’tibor berish lozim (2.1.1-
rasm):

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp172-176


background image

STARS International University

173

2.1.1-rasm. Statistik axborot tizimlarining asosiy xususiyatlari.

Biznes subyektlarida zamonaviy statistik axborotlar tizimini shakllantirishda mu-

him qoida to‘plam birliklarini qamrab olish masalasi mavjud bo‘lib, uni ham makon,
ham zamon chegarasida to‘g‘ri hal etish maqsadga muvofiq.

Biznes subyektlarida statistik ma’lumotlarning manbalari quyidagilar hisobla-

nadi:

1.

Respondentlar tomonidan taqdim etiladigan birlamchi statistik ma’lumotlar.

2.

So‘rovnoma va xatlovlar orqali olinadigan ma’lumotlar.

3.

Davlat organlarining axborot tizimlari.

4.

Boshqaruv ma’lumotlari.

5.

Bank va moliya statistikasi ma’lumotlari.

6.

Boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar statistika organlarining statistik

ma’lumotlari.

Mamlakat darajasida biznes sohasidagi statistikani shakllantirish maqsadida

foydalaniladigan usullar jarayondagi barcha bosqichlarni – statistik jarayonni ish-
lab chiqishdan tortib, biznes to‘plamlardan tanlanma ko‘rsatkichlarni aniqlab olish,
ya’ni ma’lumotlarni umumlashtirishgacha bo‘lgan bosqichni aks ettiradi. Statistik
kuzatuv jarayonining tarkibi yangi bir kuzatuvni ishlab chiqish, kuzatuvga o‘zgarti-
rishlar yoki davomli o‘zgartirishlar kiritish kabilardan iborat hisoblanadi.

Statistik jarayonlarni ishlab chiqish o‘z ichiga quyidagi ikkita muhim bosqichni

oladi:

kuzatuv usulini tanlab olish, misol uchun tanlama va baholash, ma’lumotlarni

to‘plash va saralash kabilar.

statistik ma’lumotlarni to‘plash jarayonidagi bosqichlarga resurslarni ajratish.

Biznes subyektlari faoliyatini tanlab olishda asoslash, rejali shakllantirish, ma’lu-

motlar jamlanmasini tuzish, olingan statistik ma’lumotlarni qayta ishlash va yaku-
niy xulosalar chiqarish talab etiladi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

174

Tanlanma kuzatishda korxonalar va tashkilotlar haqidagi statistik ma’lumotlar

biznes subyektlarining yagona davlat registri hamda 1-narx (kv) «kichik korxonalar
tomonidan ishlab chiqariladigan sanoat tovarlari; 1-savdo (JSh) “savdo faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuv so‘rovnomasi”; 1-bo-
zor “qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuv
so‘rovnomasi”; 1-bozor (chorva) “chorva mollari va parrandalarni sotuvchi jismo-
niy shaxslarning tanlama kuzatuv so‘rovnomasi”; 1-sanoat (JSh) (tanlama kuza-
tuv anketasi) “ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning
tanlama kuzatuvi anketasi”; 1-DXK “yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo‘jaligi
faoliyatining tanlama kuzatuv so‘rovnomasi”; 2-DXK “yuridik shaxs tashkil etma-
gan dehqon xo‘jaligi faoliyatining tanlama kuzatuv so‘rovnomasi”; 1-xizmat (JSh)
“aholiga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlama kuzatuv so‘rovnoma-
si”; 2-fan (tanlama kuzatuv anketasi) “2019-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konst-
ruktorlik ishlanmalarini amalga oshirgan mikrofirma va kichik korxonalar kuzatuvi
anketasi” hamda ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, biznesni rivojlantirish statisti-
kasi bo‘yicha 1-kb kuzatuv “mikrofirma va kichik korxonaning faoliyatini kuzatish
so‘rovnomasi”; 2-kb kuzatuv “mikrofirma va kichik korxonaning faoliyatini kuza-
tish so‘rovnomasi (kuzatuv yilida tashkil etilgan korxonalar uchun)”; 3-kb kuzatuv
“mikrofirma va kichik korxonaning faoliyatini kuzatish so‘rovnomasi (yillik davlat
statistika ma’lumotlari bo‘yicha mahsulotlar (ish va xizmatlar) sotishdan tushum-
ga ega bo‘lmagan korxonalar uchun)” davlat statistika hisoboti ma’lumotlaridan
statistik axborotlar olinadi. Respublikamiz statistika kuzatuvlari biznes sohasi kesi-
mida yuqoridagi shakllarda hisobotlarning taqdim etilishini taqozo etadi. Ko‘p hol-
larda biznes subyektlarida statistik ma’lumotlarni shakllantirish ma’lum bir statistik
infratuzilma, jumladan, biznes registri, ma’lumotlarning tasnifi va manbalari turlari
va ma’lum statistik natijalar to‘plamiga asoslanadi. Biznes subyektlarida statisti-
ka ma’lumotlarni shakllantirishdan maqsad statistika sifatini mukammallashtirish,
ma’lumot umumlashtiruvchilar uchun xarajatlarni minimallashtirish va korxonalar
uchun ma’muriy yukni kamaytirish va yakuniy foydalanuvchilarga qulayliklarni os-
hirishdan iboratdir. Bundan tashqari, davriylik, izchillik va taqqoslash kabi muhim
sifat komponentlari mavjud. Optimallashtirish jarayoni o‘z ichiga bir yoki bir necha
komponentlarni olishi mumkin bo‘lib, ko‘pincha, muayyan kelishuvlarga ham asos-
lanadi. Hozirgi kunda biznes rivojlanish ko‘rsatkichlari Yevropa hamjamiyatining
iqtisodiy faoliyat turlari statistik tasniflagichiga (NASE Rev.2) asoslangan O‘zbe-
kiston Respublikasining iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT-
2) bo‘yicha shakllantirilmoqda. Shuningdek, xalqaro statistika amaliyotiga muvo-
fiq, yalpi ichki mahsulot tuzilmasidagi biznes ulushi ko‘rsatkichlari yalpi qo‘shilgan
qiymatga nisbatan keltirilmoqda. Bunda YAIM hajmidan mahsulotlarga soliqlar va
subsidiyalar chiqarib tashlangan .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 3-avgustda-

gi PQ–4796-sonli “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada
takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq
xorijiy xalqaro tajribalar asosida 2020-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublika-
si Davlat statistika qo‘mitasining №30 sonli “Kichik korxonalar va mikrofirmalar
tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy Nizom”ni tasdiq-
lash to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi. Bunda Yevropa Ittifoqi statistika byurosi
tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslanib, biznes subyektlari jamlanmasi


background image

STARS International University

175

to‘g‘risida ilmiy asoslangan, haqqoniy statistik ma’lumotlarini shakllantirish ko‘z-
da tutilgan. Ushbu Qarorga muvofiq, tanlab olishda quyidagi asosiy rekvizitlardan
foydalaniladi: soliq to‘lovchining identifikasiya raqami, biznes tashkilotining asosiy
kodi, faoliyat yuritayotgan biznes subyektining nomi va boshqalar.

Tadbirkorlik subyektlarida statistik ma’lumotlarni shakllantirishda qisman kuza-

tish shakli bo‘lgan so‘rovnoma usulidan foydalanish qulay. So‘rovnomaning dizay-
ni so‘rovnomani ishlab chiqish operatsion bosqichining bir turi sanaladi, chunki
u so‘rovnoma ma’lumot to‘plash usuli sifatida tanlangandan so‘ng amalga oshi-
riladi. Shu bilan birga, tadqiqot maqsadlari nuqtayi nazaridan juda muhim. Yangi
so‘rovnomalarni tuzishda yoki mavjudlarini baholashda axborotga bo‘lgan talab va
mavjud ma’lumot o‘rtasidagi bog‘liqlik (mikroma’lumot bog‘liqligini rivojlantirish)
e’tiborga olinishi kerak .

Anketani tuzish jarayoni bilan bog‘liq yana bir qancha o‘ziga xos muammolar

mavjud bo‘lib, bunda elektron so‘rovnomalarni tuzish, elektron so‘rovnomalarni
to‘ldirish jarayonida korxonalar tomonidan xatoliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri aniqlash va
ularni tahrirlash imkonini beruvchi funksiyalarning mavjudligi va so‘rovnomalarni
testdan o‘tkazish muammosidir.

Tahrirlash imkonini beruvchi funksiyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular korxonalar

tomonidan olinadigan sifatli ma’lumotlar, mikroma’lumotlarni tozalash uchun ajra-
tilgan xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Biznesda statistik kuzatuvlar o‘tkazishda, biznes registr so‘rovnomaning statis-

tik birliklar va boshqa tasniflar bo‘yicha qayd etib boruvchi asosiy manbai hisob-
lanadi. Biznes registr ma’lumotlarni to‘plovchi (hisobot taqdim etuvchi birliklar)
hamda ma’lumotlarni tarqatuvchi (statistika organlari) birliklar o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni ta’minlaydi.

Biznes subyektlarida zamonaviy statistik axborotlar tizimining shakllantirish ku-

zatuv subyekti ma’lumotlarni yetkazib berish davri, respondentlar turlari, kuzatuv
byudjeti kabi omillarga bevosita bog‘liqdir.

Biznes subyektlarida zamonaviy statistik axborotlar tizimini shakllantirish,

ma’lumotlarni to‘plash yo‘llari telefon orqali so‘rovnoma elektron pochta va onlayn
so‘rovnomalar o‘tkazish, elektron ma’lumotlar almashinuvi kabi usullarda mavjud
muammolarni yechishga olib keladi.

Respublika va hududlarda biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy holatining

asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida Davlat statistika dasturlari ishlab chiqi-
ladi. Davlat statistika dasturlariga muvofiq har yili Adliya vazirligi tomonidan tas-
diqlangan turli davriylik hamda sohalardagi statistika hisoboti shakllari asosida
statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Hozirgi kunda korxona, tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni statistik

kuzatuv bilan to‘liq qamrovini ta’minlash maqsadida joriy yilda statistika hisoboti
shakllarining umumiy soni 150 dan ortiqni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublika-
si Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”-
gi 2020-yil 1-maydagi PQ–4700-sonli Qaroriga asosan, hududlarni ijtimoiy-iqtiso-
diy rivojlantirish reyting baholash tizimi joriy etilgan edi.

Shunga muvofiq, mamlakatimiz tarixida birinchi marta respublikamiz tuman va

shaharlari iqtisodiy ko‘rsatkichlari, biznesni qo‘llab-quvvatlash muhiti, infratuzilma


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

176

va mavjud resurslardan foydalanish darajasi o‘rganildi. Statistik kuzatish va tahlillar
asosida joylardagi biznes rivoji holati 3 xil: “yaxshi”, “o‘rta”, “qoniqarsiz” hududlar-
ga ajratildi. Xususan, 48 ta tuman va shaharlardagi holat “yaxshi”, 119 tasida “o‘rta”
hamda 33 tasida “qoniqarsiz” deb topilgan. Ushbu statistik tahlil va baholash orqali
“qoniqarsiz” deb baholangan tuman va shaharlarning salohiyatini oshirish, “yaxshi”
hududlarning tajribasini keng ommaga yoyish muhim sanaladi. O‘zbekiston Respub-
likasi davlat statistika qo‘mitasining 2020-yilning 9 oylik statistik ma’lumotlariga qa-
raganda, Samarqand viloyatining Samarqand tumanida hududiy mahsulotlari hajmi
1,1 trillion so‘mni tashkil etib, aholi jon boshiga bu ko‘rsatkich 4,5 million so‘mdan
to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 508 ta biznes subyektlari tashkil etilib, 71 foiz yangi ya-
ratilgan ish o‘rinlarining biznes sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa Samarqand viloyati
uchun juda yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosamiz shundan iboratki, yuqorida autsorsing tashkil etish va boshqarish

mexanizmi korxonaning turli xil xizmatlarga ta’sirini baholash uchun uni o‘zgarti-
rish va xizmatlar turini yangilash imkoniyatlariga asoslangan deb hisoblash kerak.
Shunday qilib, autsorsing muhitida biznes-jarayonlarning asosi yanada samarali
tarzda tashkil etilishni anglatadi. Autsorsing xizmatlari asosiy ishlab chiqarish imko-
niyatlarini yaxshilash uchun korxona jarayonlarini qayta tashkil etishda qo‘llaniladi.
Bu esa korxonaga yangi imkoniyatlarni paydo qilib, raqobatbardoshlik mavqeyini
mustahkamlash imkonini beradi.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated February 7, 2017

International PF–4947 “On Action Strategy for Further Development of Uzbekis-
tan”.

2. Saidova M.X. “Business and development of business and its development in

the country”, Economics and Innovative Technologies №1. – Tu, January-February
2017.

3. http://www.doingbusiness.org/~/media/WBG/DoingBusiness/Documents/

Annual-Reports/English/ Doing Business 2020: Reforms Propel Uzbekistan to Pla-
ce Among World’s Top 20 Business Climate Improvers.pdf.

4. Saidova M.Х. The granted opportunities for promotion business and their

results in Uzbekistan // “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали.
2017. –№2 – 1-10 б. (08.00.00; №19).

Saidova M.Х. Embeddedness and growth of business in Uzbekistan // Interna-

tional Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. 2019. –
Vol.71, Issue 03. – PP. 441–447. (GIF-0.56, SJIF-5.667).

Библиографические ссылки

Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated February 7, 2017 International PF–4947 “On Action Strategy for Further Development of Uzbekistan”.

Saidova M.X. “Business and development of business and its development in the country”, Economics and Innovative Technologies №1. – Tu, January-February 2017.

http://www.doingbusiness.org/~/media/WBG/DoingBusiness/Documents/Annual-Reports/English/ Doing Business 2020: Reforms Propel Uzbekistan to Place Among World’s Top 20 Business Climate Improvers.pdf.

Saidova M.Х. The granted opportunities for promotion business and their results in Uzbekistan // “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. 2017. –№2 – 1-10 б. (08.00.00; №19).

Saidova M.Х. Embeddedness and growth of business in Uzbekistan // International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA. 2019. – Vol.71, Issue 03. – PP. 441–447. (GIF-0.56, SJIF-5.667).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов