Turizmni rivojlantirish yangi kelajak sari yo‘l

Поделиться
Ибрагимов, Б., & Саидова, М. (2023). Turizmni rivojlantirish yangi kelajak sari yo‘l. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 120–125. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp120-125
Боховуддин Ибрагимов, Stars International University

21/2 группа студент

Мархабо Саидова, Stars International University

Научный советник

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensiali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir. Bu sohadagi muammolar va ularning yechimlari ham ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, hozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g‘oyalarning hayotga tatbiq etilishi darajasi ham o‘rganib chiqillgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

120

IBRAGIMOV BOXOVUDDIN MUSQUL O‘G‘LI

Stars International University, 21/2 guruh talabasi
ibragimovboxovuddin@gmail.com

ILMIY RAHBAR: SAIDOVA
MARHABO HABIBULLO QIZI

Stars International University
saidovamarhobo1991@gmail.com;

TURIZMNI
RIVOJLANTIRISH
YANGI KELAJAK
SARI YO‘L

Annotatsiya:

Mazkur maqola O‘zbekistondagi turizmning rivojlanish darajasi, potensi-

ali va sohaning kelajakdagi istiqbollari xususidadir. Bu sohadagi muammolar va ularning
yechimlari ham ko‘rib o‘tilgan. Shuningdek, hozirgi kundagi zamonaviy texnologiyalar va
innovatsion g‘oyalarning hayotga tatbiq etilishi darajasi ham o‘rganib chiqillgan.

Kalit so‘zlar:

ichki va tashqi turizm, texnologiyalar, turistik zonalar, xizmat.

Inson mavjudki, atrof-olamni o‘rganishga, kezishga qiziqadi. Necha ming yillar-

dan buyon odamlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib qo‘nim topadi, yashaydi va
yana dunyoni kezishda davom etadi. Ularda bunga sabablar ko‘p: ilm-fan ortidan
quvish, yangi imkoniyatlarni izlash, siyosiy beqarorlikdan qochish yoki shunchaki
dunyoni kezib, uni o‘zi uchun kashf etish. Zamonaviy odam hozirgi kunda o‘rga-
naman va biror narsani bilib olaman deyishini hisobga olsak, u bo‘sh vaqti va da-
romadini turizmga sarflaydi va turfa makonlarga tashrif buyurib, o‘sha joylarning
madaniyati, yashash tarzi, tarixi bilan tanishadi. Turist yangi do‘stlar, imkoniyatlar
yoki hech bo‘lmaganda o‘sha joyga nisbatan o‘zida yangi taassurotlar uyg‘otib
keladi. BMT ning Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotida 2015 yilda dunyo bo‘yi-
cha 1 milliard 184 million kishi sayyohlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi qayd
etilgan bo‘lsa, 2016 yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionni tashkil
qilgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2015 yilda qariyb
1.5 trillion AQSh dollarini tashkil etgan.

1

Bu soha hozirgi kunda rivojlangan va ri-

vojlanayotgan davlatlarga iqtisodiy jihatdan ham juda katta foyda keltirishi hech
kimga sir emas. Odamlarning qiziqish doirasiga qarab turizm ham bir necha tur-
ga bo‘linadi. Masalan, ekoturizm, fototurizm, sport-turizm yoki biznes-turizm va
boshqalarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Jahon sayyohlik tashkilotining
ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Fransiya 84.5 mln. turistni o‘ziga jalb qilgan hol-
da hammadan ko‘p tashrif buyuruvchilar soni bilan “Top-10”likda birinchi o‘rinni
egallab turibdi. Shuningdek, bu o‘ntalikka AQSH(77.5 mln.), Ispaniya(68.2 mln.),

1

http://kun.uz/98716883

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp120-125


background image

STARS International University

121

Xitoy(56.9 mln.), Italiya(50.7 mln.), Turkiya(39.5 mln.), Germaniya(35 mln.),
Buyuk Britaniya(34.4 mln.), Meksika(32.1 mln.) va Rossiya(31.3 mln.)lar ham kir-
gan. Davlatlarning bu soha bo‘yicha daromadi quyidagi ketma-ketlikda: AQSH -
$204.5 mlrd., Xitoy $114.1 mlrd., Ispaniya $56.5mlrd., Fransiya $45.9 mlrd., Buyuk
Britaniya – $45.5 mlrd. va h. k.

2

Bu davlatlar ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan

taraqqiy etgan mamlakatlardir. Yuqori rivojlangan innovatsion texnologiyalar, in-
fratuzilmalarga ega. Shuningdek, ularning boy tarixi ham bor. Nomlari qayd etil-
gan davlatlarning turizm faoliyatidan daromadi YaIM ining 5-13% ini tashkil eta-
di va iqtisodiyotida kuchli lokomotiv hisoblanadi. Bu kabi ko‘rsatkichlar, albatta,
mahalliy aholining daromadini, yashash tarzini, umuman olganda, barcha ijtimoiy
sohaga ulkan ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Oxirgi paytlarda turizmni rivojlantirish uc-
hun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. “O‘zbekturizm” kompaniyasi faoliya-
ti tugatilib, o‘rniga “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” tashkil etildi. 2018
yilning 1 yanvaridan Islom Karimov xalqaro aeroportida 2 yo‘lak: qizil va yashil
yo‘laklar barpo etildi. Bu kabi o‘zgarishlar ortiqcha navbat, hujjatbozlik va dekla-
ratsiyalarni keskin ravishda kamaytirdi va sayyohlarga, qolaversa, o‘zimiz uchun
ancha qulaylik yaratdi. Har bir viloyatlarda turizmni rivojlantirish uchun tanlovlar
e’lon qilindi. Lekin hali oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. Xo‘sh, turizm sharo-
itlariga umumiy nazar tashlaydigan bo‘lsak, ulkan tarixga ega, Osiyoda strategik
jihatdan muhim o‘rinda joylashgan, rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradigan
vatanimiz O‘zbekistonning turizmdagi salohiyati qanday?

Agar statistik ma’lumotlarga murojaat qilsak, O‘zbekiston turistik tashrif buyu-

ruvchi davlatlar orasida 150-o‘rinni egallaydi, 2015-2016 yillarda O‘zbekistonga
tashrif buyurganlar soni 1.917 mln. kishini tashkil etgan. Turizmning YaIM dagi
ulushi esa 1.1% ni tashkil etadi.

3

Afsuski, O‘zbekiston bu sohada ancha orqada qol-

ganligini ko‘rishimiz mumkin, chunki bu ko‘rsatkichlar hech qanaqasiga biz erish-
moqchi bo‘lgan yutuqlar oldida mahsuldor bo‘la olmaydi. Zero, turizm dunyoda
davlatlarning eng daromadli sohasi bo‘yicha 3-o‘rinni egallab bo‘ldi va globalizat-
siya jarayoni bilan birgalikda yanada rivojlanmoqda. Ammo bizning yurtimizdagi
turizmning holati dunyodagi iste’molchilar talabida rivojlanmayapti va sohaning
ulushi va daromadi shuning uchun ham past. Bunga, albatta, bir qator muammo
va sabablar bor. Umuman olganda, O‘zbekiston jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘r-
niga ega bo‘lishiga qaramay, turistlarga qulay sharoit yaratish, sayyohlik obida-
larining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. Bu
borada sezilarli o‘sish qilish uchun bir qancha omillarni o‘rganib chiqish kerak.

Shulardan biri bu dunyoda yoshlarning ulushi ortib borayotgan bir paytda

mamlakatimizga faqat o‘rta va katta yoshdagi insonlarning tashrif buyurishidir.
Mazkur tashrif buyuruvchilarni faqat

tarixiy obidalar

,

madaniyat

va boshqa shun-

ga o‘xshash doiralar qiziqtiradi va natijada turizmning boshqa turlariga bo‘lgan
talabning yo‘q bo‘lishiga olib kelmoqda. Dunyodagi yoshlarni jalb qilish uchun
esa o‘zimizning yoshlardan foydalanish kerak. Chunki yoshlarning “tili”ni yoshlar
yaxshiroq tushunadi. Tabiatimiz in’omlaridan foydalanib, ularga ekstremal turizm
uchun sharoitlar yaratish lozim. Toshkent, Jizzax, Surxondaryo kabi viloyatlarda
ajoyib tog‘ maskanlarimiz bor va ular ham qishda, ham yozda ajoyib manzara

2

www.hyser.com.ua/articles/kakie-strany-lidiruyut-v-turisticheskoj-otrasli-111772

3

www.gazeta.uz/ru/2017/02/22/document/


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

122

kashf etadi. Ularga tog‘larda velosport, jamping kabi turli imkoniyatlarni yara-
tib bersak, ularning bu sohaga qiziqishini oshiramiz. Shuningdek, ularga xalqaro
musiqiy festivallar uyushtirish, ekstremal sport musobaqalarini uyushtirish ham
tashrif uchun juda yaxshi sabab bo‘la oladi.

Yana boshqa bir dolzarb muammolardan biri shuki, O‘zbekiston haqida G‘arb

davlatlarida yetarlicha targ‘ibot ishlari shu kungacha olib borilmadi. Yetarlicha
ma’lumotga ega bo‘lmagan sayyohlar O‘zbekiston nomini yaqin qo‘shni davlatlar
nomi bilan bir xil ko‘rib, hattoki Pokiston yoki Afg‘onistonga o‘xshash davlat deb
bilmoqdalar va sayohat uchun xavfli hudud deb hisoblashadi. Bu, albatta, yurti-
miz haqida alohida ma’lumotning kamligi(aynan boshqa davlatlarda), sohadagi
axborot resurslarining yetkazilishida oqsoqlanishdan dalolat beradi. Tashrif bu-
yurganlarning aksariyati esa turizm firmalari tomonidan jalb qilinadi. Bu esa ular-
ning o‘zlarida yetarli ma’lumot mavjud emasligiyoki O‘zbekiston haqida umuman
boshqacha tasavvurga ega bo‘lganligi sabablidir. Yurtimizda 7300 dan ortiq ma-
daniy meros obyektlari bo‘lib, shulardan 200 tasi YUNESKO ro‘yxatiga olingan.
Biz ana shunday ulkan tarix, sivilizatsiya o‘chog‘i va madaniyatlar uyg‘unligiga
ega bo‘la turib, boshqa xalqlar haqida bilsak-u, ular biz haqimizda bilmasalar,
demak, biz noto‘g‘ri ishlayapmiz va o‘zimiz haqimizda ma’lumotlarni yetarlicha
talqin qilmayapmiz. Anglashilmovchiliklarning oldini olish uchun esa birinchi
o‘rinda shaffof axborot yetkazib beruvchi markazlarni tashkil qilish kerak. Turizm
brendimizni boshqa mamlakatlarda reklama orqali ko‘tarishimiz darkor. Bu bora-
da yetakchi davlatlardan, masalan, Turkiyadan o‘rnak olsak bo‘ladi. Turizm mar-
kazlari hisoblangan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini maxsus
reklama qiluvchi roliklar, promouterlar orqali tanitish kerak. Brendlarni chet elda-
gi diplomatlarimiz yanada tanitsa , qolaversa, chet eldan ko‘proq mashhur inson-
larni taklif qilib, ularning taassurotlari bilan o‘rtoqlashsa, oddiy odamlar uchun
ham qiziqarli ma’lumot bo‘lardi. O‘z navbatida, mahalliy aholining ham turistlar-
ga bo‘lgan hurmat-e’tiborini oshirish, muomala madaniyatini yuksaltirish lozim.
Turistlar tashrif buyurganda ular o‘zlarini uyidagiday his qilishmasa, o‘zlarini erkin
tuta olmasa va xavfsiz yurmasa, kelishdan va yomon taassurotdan ne naf?

Endilikda turizmning asosi hisoblangan infrastrukturaga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak, u ham havas qiladigan darajada emas. Ma’lumotlarga qaraganda, ho-
zirgi kunda mamlakatimizda turizm faoliyatini amalga oshiradigan firma va tas-
hkilotlarning soni 433 tadan iborat. Bu ko‘rsatkich turizm faoliyatini olib bora-
digan firmalar orasidagi raqobat juda pastligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bu
tashkilot va firmalarning asosiy manzillari Samarqand, Buxoro va Xivada. Unda
turistlar Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon va Surxondaryo kabi ajoyib turistik man-
zillar haqida u qadar ma’lumotga ega bo‘lmagan desak ham bo‘ladi. Yana shuni
ham ta’kidlab o‘tish kerakki, turizm oqimi ijobiy tomonga o‘zgarsa-da, mamla-
katimizda transport-logistika, mehmonxona xizmatlari ham oqsamoqda. Misol
tariqasida yana Parijga murojaat qiladigan bo‘lsak, shahar va uning atrofidagi
hududlarda turli darajadagi mehmonxonalar soni 4260 tani tashkil qiladi. O‘z
navbatida, bu son har doim raqobat va xizmat sifatini yanada yaxshilash uchun
sabab bo‘ladi. Bizda esa respublika miqyosida bu ko‘rsatkich 4 barobar past,
ya’ni 750 ta mehmonxona mavjud va mehmonxonalar narxi barqaror emas, yil-
dan yilga o‘sib bormoqda. Shuningdek, 5 yulduzli mehmonxonalar va hosteller


background image

STARS International University

123

sanoqli. Transport vositasiga keladigan bo‘lsak, mavsumiy davrda poyezdlarga
biletlarning yetishmovchiligi, havotransportlariga chiptalarning qimmatligi va

ekonom-klass

dagi biletlarning taqchilligi turizm brendining raqobatbardoshligi-

ni tushirmoqda. Mavjud muammolarning oldini olishda davlat xorijiy brendlarni
sheriklik asosida olib kelishi kerak. Zamonaviy mehmonxonalar qurilishi uchun
tadbirkorlarga kreditlar ajratish, transport va banklarda tranzit xizmatlarini ya-
nada takomillashtirish darkor. Ayrim turdagi xizmatlarning narxini tushirish uc-
hun, albatta, raqobatni kuchaytirish kerak. Gidlarning esa ma’lum muddat davo-
mida malakasini oshirishni tashkillashtirishlozim. Qo‘shimcha ravishda 2 shahar
o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarni ko‘paytirish va

online

tarzida biletlar

sotib olish imkoniyatlarini oshirish darkor. Bundan tashqari, turli elektron to‘lov
tizimlarini joriy etish shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Davlatimiz rahbarining
2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivoj-
lantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonunida mehmonxona qur-
gan tadbirkorlar 5 yil soliqlardan ozod etilishi ko‘zda tutilgan. Bu kabi imtiyozlar
esa sohada rivojlanish yuzaga kelishiga turtki bo‘la oladi. Shuningdek, “Chimyon
tog‘ zonasida ekoturizmni rivojlantirish to‘g‘risi”da katta hajmdagi dastur qabul
qilindi, Samarqand shahrida esa “

Samarkand city”

turistik zonasini barpo etish

to‘g‘risida qonun imzolandi. Ko‘rinib turibdiki, hududlarda sheriklik asosida har xil
yo‘nalishda turistik manzilgohlar qurish va bazasini mustahkamlash davlat ko‘ma-
gi asosida borilmoqda. Buxoroning o‘zida 2017 yilning 2 dekabrida qabul qilingan
turizmni rivojlantirish qonuni bo‘yicha sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratish va

smart-turizm

ni rivojlantirish maqsadida 50 ta tarixiy obidalar, shuningdek, Poyi

Kalon ham QR-kod bilan ta’minlandi. Bu kod yordamida turistlar obida va maj-
mualar to‘g‘risida 12 ta tilda ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2018 yilning
fevral oyida mehmonxonalar va restoranlar ham bu kod bilan ta’minlandi.

4

Ba’zi hollarda mavsumga qarab ichki turizm tashqi turizmdan ham ko‘proq

foyda olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu omil ham kuchli taraqqiy etishi ke-
rak. Ya’ni xalqimizning o‘ziga ham turistik faoliyatni rivojlantirishda qatnashishga
imkoniyat yaratish kerak. Bizda ichki turizm ham past darajada rivojlangan. Res-
publika ichida aholining bor-yo‘g‘i 5.6%i ichki sayyohlikda qatnashar ekan. Bu-
ning sababi sifatida ijtimoiy turizmning rivojlanmaganligi, turizm uchun sarflana-
digan mablag‘lardagi qiyinchiliklar va bu sohani rivojlantirishda yetarlicha dastur
va xizmatlarning yo‘qligini ko‘rsatish mumkin. Albatta, yurtimiz fuqarolarini dam
olish kunlari yaxshiroq, mazmunliroq bo‘lishi uchun turistik firmalar turli xizmat-
lar bilan taklif bildirishlari lozim, lekin bu taklifga javoban fuqarolarimizning da-
romadi ham yuqori, dam olish kunlari yoki ta’til kunlari ham mavsumiy kunlarga
mutanosib bo‘lishi kerak. Oldinda daromadlarni oshirish kabi katta-katta rejalar
turibdi. Prezidentimizning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida har bir vilo-
yatda turizmni rivojlantirish uchun o‘zlarining dasturlarini ishlab chiqish taklif etil-
gan. Konkurs asosida ulkan turistik obidalarni qurish rejalashtirilgan. Shuningdek,
banklar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga mehmonxonalarni qurish, rekons-
truksiya qilish va hammabop xizmatlarni taklif qilish uchun uzoq muddatli(15-20
yil) kreditlar taklif qilinishi ko‘zda tutilgan. Qo‘shimcha ravishda xalqaro to‘lov
tizimida ishlaydigan terminal va bankomatlarni ko‘paytirish ustuvor yo‘nalishlar-

4

www.spot.uz/ru/04/01/2018/smartbukhara/


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

124

dan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Umuman olganda, ma’muriy, iqtisodiy va viza
rejimlarini ham takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Ilk bor ichki turizmda imkoni-
yatlarni rivojlantirish uchun bank kartalari yordamida internet orqali O‘zbekiston
bo‘yicha tur sotib olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

5

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, yurtimizdagi o‘zgarishlar, islohotlar

barcha sohada jadal rivojlanmoqda. Albatta, bu ishlarning hammasi ,avvalambor,
o‘zimiz uchun, kelajak uchun, vatan ravnaqi uchun qilinmoqda. Bunday rivojlanis-
hni yangi bosqichga ko‘tarish va yanada mahsuldorligini oshirish uchun nafaqat
hukumat, balki xalq ham, albatta, faol ishtirok etishi kerak. Prezidentimiz aytgani-
dek: “Har bir turist - bu investitsiya, valyuta oqimini ko‘paytirishning yaxshi yo‘li”.
Shunday ekan, turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlarning sonini oshirish, bor
potensialdan to‘liq foydalanish uchun qat’iy choralar ko‘rish va bor kuchni ishga
solish kerak. Qo‘shimcha ravishda quyidagi takliflarni ham o‘rganib chiqish va
amalga oshirish turizmda yanada keng imkoniyatlar, yurtimizning jozibadorligini
oshirish yo‘lida qilingan kuchli siljish bo‘ladi:

Turizm faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaro va tadbirkorlarga

imtiyozli kreditlar ajratilishi lozim, xorijiy brendlarni taklif qilish orqali xalqaro
miqyosda tan olingan 5 yulduzli mehmonxonalar va turistik firmalarning sonini
ko‘paytirish va nafaqat Toshkentda, balki respublikamizning boshqa viloyatlarida
ham qurish kerak. Bu orqali raqobatni kuchaytirib, turpaket va mehmonxonalar-
dagi narxlar pasaytirilsa, albatta, sayyohlar oqimi kuchayadi.

Aeroport va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sohasini tubdan isloh qilib, onlayn

tarzda chiptalar olishni yo‘lga qo‘yish kerak, chunki sayyohlik rivojlangan davlat-
larda aviakassaga borib, chipta xarid qilishmaydi, aksincha, internet orqali ham-
masini hal qilishadi. Amalga oshmaydigan sayohat yoki reyslarni internetdagi
web-sayt orqali xabar bera olish imkoniyati maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki
sayyohlar vokzal va aeroportlarda soatlab behuda vaqt sarflamaydilar. Shuning-
dek, yurtimiz bo‘ylab xaritalarning yanada qulay shakllarini tuzish, onlayn inte-
raktiv xizmatlar turini ko‘paytirish va mavjudlarini yaxshilash lozim

Tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilish va jozibadorligini oshirish, zamonaviy

va noodatiy bo‘lgan, boshqa joylarda analogi bo‘lmagan binolar, ekoxiyobonlar
qurilishini tashkil etish kerak. Turizmning boshqa turlarini, masalan, ekoturizm
va festival-turizm kabilarni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni
olish va xalqaro to‘lov tizimlarini joriy etish orqali biznes-turizmni rivojlantirish
lozim . Odamlar ish yuzasidan kelganda ham ma’lum vaqt jozibadan bahra olib,
turli xil ko‘ngilochar joylar bo‘lsa, albatta, yana bir marta shu yerga oilaviy tashrif
buyurishni maqsad qilib qo‘ysalar, ajabmas.

Xulosa

O‘zbekistonning jozibasi, tabiati va bugungi holati haqida to‘g‘ri, aniq va shaf-

fof ma’lumotlarni boshqa davlatlarda targ‘ib qilish, yurtimiz haqida qiziqarli fakt-
lar, fotoalbomlar va kitoblarni boshqa chet eldagi kutubxonalar, diplomatik kon-
sulliklar va boshqa yo‘llar orqali odamlarga yetkazishni yo‘lga qo‘yishimiz lozim.
Yurtimiz tarixi va madaniyati, boy merosimiz va an’analarimiz haqida hujjatli va
badiiy filmlar konkursini e’lon qilib, eng saralarini boshqa tillarga o‘girib, internet,

5

www.spot.uz/ru/2018/01/06/turshop/


background image

STARS International University

125

konferensiyalar va boshqa tadbirlarda yoritsak, tanishtirib borsak, sayyohlarning
bizning yurtga bo‘lgan qiziqishi yanada ortishi tayin.

To‘g‘ri, barchamizga eng asosiysi - bu tinchlik, totuvlik va farovon hayot. Va-

tanimizda bu bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilgan. Ammo chegara, aero-
port va postlarda tekshiruv tizimi sayyohlar uchun alohida xushmuomalalik bilan
amalga oshirilsa va ular bundan cho‘chib tushmasa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Shuningdek, viloyatlar va turistik manzilgohlarda sayyohlar uchun maxsus har
qanday holat uchun yordam punktlari ochilsa, xizmat sifati yanada yaxshilanadi.

Har bir maskan, tuman, mahalla o‘zgacha ko‘rkka ega va ko‘z quvonadigan

darajada bezalgan bo‘lsa, har qanday sayyohda ijobiy taassurot uyg‘otadi. Bu
borada Germaniyani misol qilish mumkin. Har yili ko‘p sonli aholi tomonidan tu-
rajoylar, maskanlar obodonlashtiriladi va tartibga solinadi. Xuddi shunday biz-
da ham davlat tomonidan eng go‘zal xonadon, ko‘cha, mahalla va tuman kabi
ko‘rik-tanlovlar rag‘batlantirilsa, odamlar tezda hamma joylarni ko‘kalamzorlash-
tirib yuboradi va yaqin yillarda “jannat”ga aylantirib yuborishadi.

Mana biz katta yo‘lga chiqib oldik, marrani ham katta oldik. Mehmondo‘st o‘z-

bek xalqi degan nomimiz bor. Shunday ekan, mehmondo‘stligimizni ishga solib,
hammasini amalda yanada yuqori darajada ko‘rsatish vaqti keldi, chunki barcha
narsa o‘z qo‘limizda.

Hozirgi kunda 1 ta mahsulotni olaylik, uni qora bozorda sotishimiz mumkin.

Agar ozroq bo‘lsa ham, uni reklama orqali sotsak, millionlab odamlarni jalb qilish
imkoniyati yuzaga keladi. Men bu gapim bilan nima demoqchiman, sayyohlar-
ni jalb qilish deganda, asosan, reklamadan foydalanishimiz kerak. Yurtimizdagi
diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumotlar to‘plasak va ularni 1 yarim milliar-
dan ortiq Xitoy aholisi, ingliz , rus, arab, fransuz, ispan va shu kabi 240 dan ortiq
millatlarga o‘z yurtimiz haqida ma’lumotlarni yetkazib bersak, oz bo‘lsa ham
natijaga erishamiz. Hozir biz texnika-texnologiya asrida yashayapmiz. Odatda,
bizga kerakli bo‘lgan narsalarni internetdan izlaymiz. Jahon tili bo‘lgan ingliz ti-
lida ko‘plab ma’lumotlar mavjud, men yoshlarga murojaat qilamanki, yurtimiz
haqidagi ma’lumotlarni ingliz tilida chiqarsa va hozirgi kundagi ko‘plab bloger-
lar be’mani videolar chiqarmasdan, o‘z tarimizga oid videolar ishlasalar, yaxshi
bo‘lardi, o‘zbek internet foydalanuvchilari o‘z yurti haqida ma’lumot ulashsalar,
yaxshi ish bo‘lardi va biz yurtimizning nomini ko‘plab insonlarga tanitar, yurtimiz-
ga tashrif buyuruvchi sayyorlar soni ko‘payar edi.

Foydanilgan adabiyotlar:

1. http://kun.uz/98716883
2.

www.hyser.com.ua/articles/kakie-strany-lidiruyut-v-turisticheskoj-otras-

li-111772

3. www.gazeta.uz/ru/2017/02/22/document/
4. www.spot.uz/ru/2018/01/04/smartbukhara/
5. www.spot.uz/ru/2018/01/06/turshop/

Библиографические ссылки

http://kun.uz/98716883

www.hyser.com.ua/articles/kakie strany lidiruyut v turisticheskoj otrasli-111772

www.gazeta.uz/ru/2017/02/22/document/

www.spot.uz/ru/2018/01/04/smartbukhara/

www.spot.uz/ru/2018/01/06/turshop/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов