Respublikada biznesva uni rivojlantirishning ayrim masalalari

Поделиться
Валиев, А. ., & Саидова, М. (2023). Respublikada biznesva uni rivojlantirishning ayrim masalalari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 313–319. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp313-319
Авазбек Валиев, Stars International University

Студент группы 21/2

Мархабо Саидова, Stars International University

Научный руководитель. кандидат технических наук, доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada biznes rivojlanishining statistik tahlili ko'rib chiqildi, shuningdek, O'zbekistonda biznes muhitini yaxshilash maqsadida zarur tavsiyalar berildi.

Похожие статьи


background image

STARS International University

313

RESPUBLIKADA
BIZNESVA UNI
RIVOJLANTIRISHNING
AYRIM MASALALARI

AVAZBEK VALIYEV
MA’RUF O‘G‘LI

21/2-guruh talabasi
Stars International University
valevavazbek003@gmail.com

ILMIY RAHBAR: SAIDOVA
MARHABO XABIBULLO QIZI,

PhD, доцент
Stars International University
saidovamarhabo1991@gmail.com

Abstract:

The article reviewed a statistical analysis of business development as well as

there were given necessary recommendation in order to enhancing business environmen-
tin Uzbekistan.

Keywords:

business, privatization, ownership, uniform state business register, employ-

ment, level of welfare.

O‘zbekiston Respublikasida biznes sohasining rivojiga mamlakat o‘z suverenite-

tiga ega bo‘lgan hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “O‘zbek modeli”ni ishlab
chiqqan vaqtdan boshlab alohida ahamiyat qaratilmoqda. Boisi ushbu sohani rivo-
jlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahsulot ishlab chiqarish samaradorli-
gi va raqobatbardoshlik oshadi, kambag‘allik darajasi pasayishi hisobiga aholining
o‘rtacha daromadli qatlami ko‘payadi hamda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirishga erishiladi.

Biznes har qanday sharoitga tez moslashuvchan va o‘zgaruvchan tendensiyalar-

ga javob bera oladigan, innovatsiya va novatsiyalarning yaratilishiga hamda amal-
da qo‘llanilishiga olib keladigan, iqtisodiyotda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan soha hisobla-
nadi. Barcha rivojlangan davlatlar tajribasidan biznes sohasining nechog‘lik muhim
tarmoq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Amerika iqtisodiyoti rivojida Van-
derbilt, E.Karnegi, Rokfeller, J.P.Morgan va g.Ford magnatlarining biznesni noldan
boshlab, aql bovar qilmas darajada rivojlanib ketishiga erishish orqali butun insoni-
yat tarixiga foyda keltirganligi ma’lum. Bundan kelib chiqib ayta olamizki, mablag‘
yetarli bo‘lmasa-da, biznes reja va biznes g‘oya orqali moliyalashtirish manbalarini
topib, sherikchilik asosida, boshlanishida kichik biznes sub’yekti bo‘lib, keyinchalik
yirik biznesga aylanib, birinchi navbatda o‘z oilasiga, Vataniga, xalqiga foydasi te-
gadigan tadbirkor bo‘lishi mumkin.

Yurtimizda biznes rivojlanishini yangi bosqichiga o‘tish, tadbirkorlik sub’yekt-

lariga yanada yaxshi shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamiz birinchi

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp313-319


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

314

Prezidenti I.A.Karimov tomonidan qabul qilingan kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik rivojiga oid barcha qonun va qonunosti hujjatlari, tashabbus va takliflarini
davom ettirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev xususiy mulk va
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularning ta’sirchan himoyasini ta’minlashga
ahamiyat qaratib, o‘z ma’ruzalarida “har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi
imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarini
hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish kerak. Tadbir-
korlarning ko‘pchiligi haqiqiy fuqarolik pozisiyasida turib, yetim bolalar va nochor
oilalarga, mahallalar va ijtimoiy soha muassasalariga beg‘araz yordam bermoqda”
deya ta’kidlagan.[1]

Biznesning jamiyat ijtimoiy tizimida tutgan o‘rni tahlil qilinar ekan, bu bora-

da olimlarning qarashlari ham albatta muhimdir. R.Kantilon, M.Veber, V.Zombard,
Y.Shumpeterlarning izlanishlarida tadbirkor “biznes-lider”, ishlab chiqarishning
tashkilotchisi, deb e’tirof etilgan. J.Sey tomonidan ishlab chiqilgan nazariyaga aso-
san, tadbirkorga ilk marotaba menejer sifatida qarash shakllangan. F.Xayek tad-
birkorlar o‘rtasidagi qattiq raqobat kurashiga alohida e’tiborni qaratib, tadbirkor-
lik faoliyatining alohida ajratib turuvchi belgisi sifatida-daromad olish maqsadida
yangi imkoniyatlarni qidirishga intilishni ajratib ko‘rsatadi. Shuningdek, R.Finchman
ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida, ya’ni talabalarni kasbga tayyor-
lash davomida kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi.
Kasbiy sifatlarning shakllanish jarayoni talabaga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imko-
nini beruvchi kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi.

K.MAK-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni amalga os-

hirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi
uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi
ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar.

Sharq mamlakatlaridan, Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd, Yusuf xos Hojib,

Amir Temur va boshqa bir qator olimlarning fikr-mulohazalari ham bayon etilgan.

Shuningdek, hozirgi o‘zbek olimlaridan i.f.d. A.Abdullaev, i.f.d. A.Sotvoldiev, i.f.n.

I. O‘rinboev, i.f.n. S. Abdullaev, i.f.D. A. Qodirov, i.f.n. M.Teshaboev, H.Aybishev, S.G‘u-
lomov, M.Boltabaev, B.G‘oyibnazarovlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari bilan tadbirkor-
likni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Biznes sohasi aholining barcha qatlami shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan sohadir,

ayniqsa, u xotin-qizlarni o‘zlariga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlashda
ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasi-
da, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, jahon standartlariga javob bera
oladigan milliylik hamda zamonaviylik unsurlarini o‘zida aks ettirgan mato va libos-
larni yaratishni rivojlantirish lozim.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, imkoni-

yatlar berish borasidagi davlatimizning oqilona iqtisodiy siyosati tufayli mamlaka-
timizda qulay makroiqtisodiy muhit yaratilib kelinmoqda. Xususan, xususiy mulk va
tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, “onli-
ne” tarzida ro‘yxatdan o‘tish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, ayrim faoliyat
turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni olish jarayonlari soddalashtirildi, dav-
latning biznes faoliyatiga aralashuvi cheklandi, tadbirkorlarni rejadan tashqari tek-
shirish holatlariga chek qo‘yildi, tadbirkorlik sub’yektlari topshiradigan hisobotlar-
ning barcha shakllari va muddatlari keskin qisqartirildi, soliq stavkalari unifikasiya


background image

STARS International University

315

qilindi, talab yuqori bo‘lgan moddiy texnik resurslardan keng foydalanishga imkon
beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Natijada kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’yektlari soni ko‘paymoqda. Korxonalar va tashkilotlar yagona dav-
lat registri ma’lumotlariga ko‘ra, 2016-yilning 1-yanvar holatiga ro‘yxatga olingan
yuridik shaxslar soni fermer va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda, 278,5 min-
gtaga yetdi, shundan faoliyat ko‘rsatayotganlar soni 257,8 mingtani tashkil qildi.[2]

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilis-

hni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish cho-
ra-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi doirasida 2016-yil mobaynida qonunchilik
va me’yoriy-huquqiy baza tashkil etish hamda uni takomillashtirish ishlari davom
ettirildi. Xususan, qurilishning barcha bosqichlarida tadbirkorlik faoliyati sohasida
ruxsat berish tartib-taomillari doirasida yagona qoida va talablar belgilandi, bino
va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ob’yektlarni qayta ixtisoslashtirish va
rekonstruksiya qilishga, shuningdek, turar joylarni noturar joylar toifasiga o‘tka-
zishga ruxsat berish talablari joriy etildi. Eksport-import operasiyalarini amalga
oshirishda tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish kafolatlari va chora-
lari kuchaytirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli

“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har to-
monlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni doirasida “Korrupsiyaga
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risi-
da”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi Qonun loyixalari hamda 30
dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol
ishlar olib borilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maq-

sadida 2016-yil mobaynida kichik biznes sub’yektlariga 15,9 trillion so‘mlik kreditlar
ajratildi va o‘sish o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobarni tashkil qildi. Jumladan, qiymati
3,3 trillion so‘mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlarining 206,7 mil-
lion dollar miqdoridagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi.

2016-yil mobaynida “E-ijro” idoralararo elektron hamkorlik tizimini faol joriy etish

asosida tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” markazlari orqali 100 ming-
dan ziyod davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 127 mingdan ziyod firma nomlariga Internet
orqali buyurtma berildi.

Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkor-

likni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda yanada rag

batlantirish borasida

amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 2016-yil mobaynida qariyb 32 ming yangi
kichik biznes sub’yekti tashkil etish imkonini berdi. Natijada, 2016-yil yakuni bilan
yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushi 56,9 foiz (o’tgan yilda bu ko’rsatkich
56,5 foiz bo’lgan), sanoatda 45 foiz (40,6 foiz), investisiyalarda 40,3 foiz (36,3
foiz), qurilishda 70,7 foiz (68,4 foiz), chakana savdo aylanmasida 89,6 foiz (87,1
foiz) va bandlikda 78,1 foiz (77,9 foiz) oshdi.[5]

O‘tgan yilda 27,9 mingta yangi korxona va tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lsa,

shundan kichik biznes sub’yektlari 26,9 mingtani tashkil etgan. Yangi tashkil top-
gan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahrida respublika bo‘yicha
jami korxona va tashkilotlarning 25,5 foizi, Toshkent viloyatida 9,9 foizi, Farg‘ona


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

316

viloyatida 8,4 foizi va Samarqand viloyatida 7,6 foiziga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyot
tarmoqlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan korxona va tashkilotlarning 29,3 foi-
zi savdo va umumiy ovqatlanish, 23,7 foizi sanoat va 10,8 foizi qurilish sohalariga
to‘g‘ri keladi. [3]

Kichik tadbirkorlikning xususiy sektorida ish bilan band bo‘lganlar soni 9376,4

ming kishini yoki jami sohada band bo‘lganlarning 92,1 foizini tashkil qildi.[2]

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yi-

cha xususiylashtirish ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylas-
htirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lu-
motlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 848 ta korxona va ob’yektlar xususiylashtiril-
gan edi.

Jumladan, Toshkent viloyatida 128 ta, Namangan viloyatida108 ta, Farg‘ona vilo-

yatida 100 ta, Andijon viloyatida 82 ta, Qashqadaryo viloyatida 54 ta, Jizzax vilo-
yatida 53 ta va Surxondaryo viloyatida52 ta ob’yekt xususiylashtirildi.

Xususiylashtirilgan davlat mulki tarkibida asosiy ulush mahalliy hokimiyatlarga

to‘g‘ri keladi va u 478 ta ob’yektni tashkil etadi.

2015-yilda YAIM va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamda aholi bandligi

bo‘yicha davlat va nodavlat sektorlarining nisbati umumiy hajmga nisbatan foiz
hisobida quyidagicha ifodalanadi:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishnihar tomonlama qo

l-

lab-quvvatlash va rag

batlantirish, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratish

borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida o

tgan yilda 26,9 mingta yan-

gi kichik biznes sub’yektlarini tashkil etish imkonini berdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)

hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida quyi-
dagicha ifodalanadi:

Маnba: O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

2015- yil mobaynida davlat aktivlarini sotishdan 2-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlari-

da ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi.

Yuqoridagi grafik malumotlaridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning qish-

loq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 36314,9 mlrd.so’m bo’lib,
98,3 % ni tashkil etgan hamda o‘tgan yilda 0,1 % ga ko‘paygan, shuningdek, quri-
lish ishlari hajmi esa o‘tgan yilda 13944,9 mlrd. so‘m bo‘lib, 69,2 % ni tashkil etgan,


background image

STARS International University

317

ammo 2015 - yilda u kamayish tendentsiyasiga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2 % ga
pasaygan. Boshqa iqtisodiyot tarmoqlarida esa faqat ishlab chiqarilgan mahsu-
lotlar hajmida kichik tadbirkorlikning ulushining o‘sib borayotganligi tasvirlangan
tushgan pul mablag‘lari 103,2 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Hududlar kesimida davlat
aktivlarini sotishdan tushgan pul mablag‘larining 61,0 foizi Toshkent shahriga, 11,6
foizi Toshkent, 4,9 foizi Farg‘ona, 4,4 foizi Namangan, 4,0 foizi Xorazm viloyatlari
va 3,5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.[3]

O‘tgan yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha cha-

kana tovar aylanmasi tarkibi quyidagicha ifodalanadi [4]:

1-jadval

O‘tgan yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning

mulkchilik shakllari bo‘yicha chakana tovar aylanmasi tarkibi

Мulkchilik shakllari

Мlrd.so‘m

2014-yilga nisbatan foiz

hisobida

Umumiy hajmda nisbatan

foiz hisobida

1

2

3

4

Jami

71025,6

115,1

100,0

davlat mulki

95,4

0,115

0,1

nodavlat mulki

70930,2

114,9

99,9

shundan:

fuqarolarning xususiy mulki

51949,0

84,0

73,1

Jadval malumotlari o‘tgan yilda chakana savdo tovar aylanmasi 71025,6 mlrd.

so‘mni yoki 2014-yilga nisbatan 115,1 foizni tashkil qilganini aks ettirgan. Bunda dav-
lat mulki 95,4 mlrd. so‘mni yoki 2014-yilning tegishli davriga nisbatan 95,4 foizni,
nodavlat mulki 70930,2 mlrd. so‘mni yoki 2014-yilning tegishli davriga nisbatan
114,9 foizni tashkil etgan.

Yirik korxonalar chakana savdo tovar aylanmasi 9185,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi

yoki 2014-yilga nisbatan 9,0 foizga ortdi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida
yirik korxonalar ulushi 12,9 foizni tashkil qildi.

Biznes sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 16,0 foizga ko‘payib,

61839,9 mlrd. so‘mni, chakana savdo tovar aylanmasi umumiy hajmidagi ulushi esa
87,1 foizni tashkil qildi.

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tovar aylanmasi umumiy hajmida uyushmagan

savdo tovar aylanmasi 10843,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi yoki o‘tgan yilga nisbatan
9,8 foizga oshdi. Jami chakana savdo tovar aylanmasi hajmida ushbu sektor ulushi
15,3 foizni tashkil qilgan.

2015-yil mobaynida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibi quyidagicha ifodala-

nadi [4]:

2-jadval
o‘tgan yilda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibi 2015-yil mobaynidachakana

savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha ifodalanadi [4]:


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

318

2-jadval

O

tgan yilda chakana savdo tovar aylanmasi tarkibi

Мulkchilik shakllari

Мlrd. so‘m

2014-yilga nisbatan

foiz hisobida

Umumiy hajmga

nisbatan foiz hisobida

1

2

3

4

Jami

71025,6

115,1

100,0

Yirik korxonalar

9185,7

109,0

12,9

Kichik tadbirkorlik

61839,9

116,0

87,1

Shundan uyushmagan

savdotovar aylanmasi

10843,6

109,8

15,3

Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatishning asosiy qismikorxona va tashkilotlar to-

monidan amalga oshirilib, 15342,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi (umumiy hajmning 56,1
foizi) va 7,9 foizga ko‘paydi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar

hajmi 14,9 foizga o‘sib, 12003,5 mlrd. so‘mni, pullik xizmatlar umumiy hajmidagi
ulushi esa 43,9 foizni tashkil etgan.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi873,7 ming so‘mni tashkil

etgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 8,9 foizga ortgan.

Aholiga ko‘rsatilgan umumiy pullik xizmatlar hajmida nodavlat sektori ulushi

86,5 foizni tashkil etadi.

Davlatimizning iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatni mo-

dernizasiyalash, mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish,
aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirish siyosati amalga oshirilayotgan
bugungi kunda respublikamizda kichik biznesning tizim sifatida shakllanishi va ri-
vojlanishi bosqichlarini, undagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish,
respublikamiz va mintaqalarda kichik biznes rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini
modellashtirish, statistik prognozlash usullari yordamida ilmiy asoslangan tavsiya
va takliflar ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistonda bugungi kunda biznes va tadbirkorlikning innovatsion turi bo‘l-

gan axborot-kommunikatsiyalar bozorini, tadbirkorlik faoliyatini avtomatlashtirish,
avtomatlashtirishning shakllanish va rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish-
ning nazariy-uslubiy va amaliy masalalari ishlab chiqilmoqda.

Qisqa qilib aytganda, kichik biznes va tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini rivoj-

lantirish milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda o‘sishiga asos bo‘lib, aholi band-
ligini taэminlash va uning turmush farovonligi darajasini yuksaltirishda muhim soha
bo‘lib xizmat qiladi.

Xulosa va takliflar

Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash,

mintaqalar va iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks rivojlantirish, aholi daromadlari
va turmush farovonligini oshirish siyosati amalga oshirilayotgan bugungi kunda
respublikamizda kichik biznesni tizim sifatida shakllanishi va rivojlanishi bosqi-
chlari, undagi mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, respublikamiz va


background image

STARS International University

319

mintaqalarda kichik biznes rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini modellashti-
rish, statistik prognozlash usullari yordamida ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar
ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. O‘zbekistonda bu-
gungi kunda biznes va tadbirkorlikning innovasionturi bo‘lgan axborot-kommu-
nikatsiyalar bozori, tadbirkorlik faoliyatini avtomatlashtirishning nazariy-uslubiy
va amaliy masalalari ishlab chiqilmoqda. Kichik korxonalarning faoliyatini yanada
erkinlashtirish, kengaytirish uchun quyidagi takliflarni bildirishimiz mumkin: jis-
moniy shaxslar mavjud biznes g‘oya va biznes rejalarni kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armalarga namoyish etish
orqali, moliyalashtirish manbalariga ega bo‘lishi kerak; ishchi-xodimlar uchun qi-
ziqish doirasidagi, qobiliyati, iste’dodiga muvofiq ish o‘rinlariga yo‘naltirish, bu
orqali mehnat unumdorligi oshishiga erishish mumkin; tashkil etilgan imkoniyat-
lar va qulayliklarni yangi tashkil topgan kichik biznes korxonalari va tadbirkorlar-
ga yetkazishni ommalashtirish uchun joiz bo‘lsa, har o‘nta korxona uchun tegishli
organlardan bittadan shaxs har oyda yangi ma’lumotlarni yetkazish va tushunti-
rish uchun korxonaga borishi lozim. Milliy bank huzuridagi kichik biznes va xu-
susiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksportini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi,»
O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari kabi kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yuridik institut-
larni ko‘paytirilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni

2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘l-
jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Va-
zirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017. 10-b.

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotno-

masi. Toshkent 26.04.2016. 7-b. 3. Uzreport.uz. “More than 207 thousand small
business entities operate in Uzbekistan”.18.01.2016

3. Uzreport.uz. “O‘zbekistonda 207 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektlari fao-

liyat ko‘rsatmoqda”.18.01.2016

4. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik. Statistik to‘plam. Toshkent 04.11.2016. 28-30

betlar.

5. Uzreport.uz. ma’lumotlar. 15.01.2017.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017. 10-b.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining statistik axborotnomasi. Toshkent 26.04.2016. 7-b. 3. Uzreport.uz. “More than 207 thousand small business entities operate in Uzbekistan”.18.01.2016

Uzreport.uz. “O‘zbekistonda 207 mingdan ortiq kichik biznes sub’yektlari faoliyat ko‘rsatmoqda”.18.01.2016

O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik. Statistik to‘plam. Toshkent 04.11.2016. 28-30 betlar.

Uzreport.uz. ma’lumotlar. 15.01.2017.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов