Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari

Поделиться
Эшманов, М., & Саидова, М. (2023). Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 104–114. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp104-114
Мардонбек Эшманов, STARS International University

21/2 группа студент

Мархабо Саидова, STARS International University

Научный руководитель: к.т.н., доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekiston xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maqolaning asl mohiyati shundan iboratki, tashlandiq yerlardan qancha unumni foydalanish va u yerlardan foyda olish oziq – ovqat bilan ta’minlash kerakligi aytib o‘tilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

104

Eshmanov Mardonbek Sobir o‘g‘li

21/2 guruh talabasi, “STARS International
University”
mardonbekeshmanov79@gmail.com

Ilmiy rahbar: Saidova Marhabo Xabibullo qizi,

PhD, Dotsent, “STARS International University”
saidovamarhabo1991@gmail.com

OZIQ-OVQAT
XAVFSIZLIGINI
TA’MINLASHNING
ASOSIY
YO‘NALISHLARI

Annotatsiya:

Ushbu maqolada: Butun dunyoda oziq – ovqat muammosi va O‘zbekis-

ton xalqi o‘zini o‘zi oziq – ovqat bilan ta’minlashi va boshqa davlatlarga eksport qilishi
uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maqolaning asl mohiyati shundan iboratki, tashlan-
diq yerlardan qancha unumni foydalanish va u yerlardan foyda olish oziq – ovqat bilan
ta’minlash kerakligi aytib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Oziq – ovqat, YuNEP, COVID-19, FAO, “Rim deklaratsiyasi”, Milliy iqtiso-

diyot BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YaIM, YaQQ, G‘allachilik, Poliz mahsulotlari,
Oziq – ovqat, ichimliklar, Jadval ko‘rsatkichlari, Sitatistikalar, Ishlab chiqarish mahsulot-
lari, Qishloq xo‘jalik mahsulotlari.

Yer yuzi aholisi hayot faoliyati sifati har jihatdan sifatli oziq-ovqat bilan qay da-

rajada ta’minlanganligiga bog‘liq. Har bir mamlakat o‘zining iqlimiy sharoiti, yer
unumdorligi, intensiv qishloq xo‘jaligi, sanoatning rivojlanganlik darajasiga qarab
bu muammoni turli usullar orqali hal qilmoqdalar. Ammo shunda ham iqtisodiyo-
ti qoloq, aholi soni yuqori mamlakatlar oziq-ovqat taqchilligi muammosini to‘la
to‘kis hal eta olishmayapti. Buning oqibatida esa insonlarda to‘yib ovqatlanmaslik,
ochlik, kambag‘allik, qashshoqlik ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. Ko‘rsatkichlarga
nazar tashlasak, jahon aholisining 815 million nafari ocharchilikdan qiynalmoqda.
Bugungi kunga kelib COVID-19 pandemiyasi tufayli ular soni ikki barobarga oshis-
hi kutilmoqda. O‘zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 80-o‘rindan
71-o‘ringa yuqoriladi. O‘zbekiston ocharchilik darajasi bo‘yicha 2019-yilda global
ochlik indeksida 10,7 ball bilan 49-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2020-yilda ushbu in-
deksda 107 mamlakat ichida 6,7 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarildi. Masalaning yana
bir tomoni qishloq xo‘jaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun
dunyo aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Demak, oziq-o-

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp104-114


background image

STARS International University

105

vqat xavfsizligiga tahdidni hal qilish bo‘yicha yechimlar mavjud va ular bugungi
kunda ma’lum darajada amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda har yili 4 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari

ishlab chiqariladi. BMTning atrof-muhit bo‘yicha tashkiloti(YuNEP) ma’lumot-
lariga ko‘ra, har yili dunyoda 1,3 mlrd.tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab
yuboriladi. Mamlakatimiz hududining 85 foizi cho‘l hamda yarimcho‘l yerlari-
dan tashkil topgan. Bugungi kunda aholi ixtiyorida 480 ming gektardan ortiq
tomorqa ekin maydonlari mavjud. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, insonning
normal ovqatlanishi uchun har bir kishiga o‘rtacha yillik 113 kg sabzavot, 50,4
kg kartoshka, 19,3 kg poliz, 21,3 kg meva va uzum, 40 kg go‘sht, 140litr sut, 121
dona tuxum, 0,8 kg asal kabi mahsulotlar talab qilinadi.

Davlatning iqtisodiy xavfsizligi turlari orasida oziq-ovqat xavfsizligi milliy

xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida alohida o‘rin tutadi. Insoniyat tarixi davo-
mida oziq-ovqat ta’minoti dunyo davlatlari milliy xavfsizligining eng dolzarb
muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Milliy iqtisodiy tizimning tegishli rivojlanish darajasi aholining normal yashash

sharoitlarini saqlab qolish qobiliyatini, umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uc-
hun resurslarni barqaror ta’minlashni, shuningdek milliy va davlat manfaatlarini
izchil amalga oshirishni belgilaydi. Aholining ovqatlanish darajasi va sifati uning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tavsiflaydi, chunki “... oziq-ovqat ishlab
chiqarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar va umuman har qanday ishlab
chiqarish jarayonining birinchi shartidir ...”.

Oziq-ovqat xavfsizligi atamasi xalqaro muomalaga 1972–1973-yillarda yuz

bergan don inqirozidan keyin kirib keldi. Bu davrda rivojlangan mamlakatlarda
ortiqcha oziq-ovqat ishlab chiqarish yuzaga kelgan. Bu muammo jahon ham-
jamiyatida muhokama qilina boshlangan. Bu muhokamalar zamirada 1974-yil-
ning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan uchinchi dunyo mamlakatlarida aholi o‘rtasida
ocharchilik vujudga kelishini oldini olish yuzasidan BMT Bosh Assambleyasida
Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tomonidan
ishlab chiqilgan “Jahonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Xalqaro
majburiyatlar” ma’qullandi. Ammo bu hujjatda oziq-ovqat xavfsizligi atamasiga
ta’rif berilmagan.

Oziq-ovqat xavfsizligiga oid ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,

bu tushuncha birinchi marta o‘tgan asrning 70-yillarida iste’molga kirib kelgan.
Keyinchalik bu tushuncha ma’no jihatdan kengayib bordi. Bu borada oziq-ovqat
xavfsizligi kontseptsiyasining evolyutsiyasini ko‘rib chiqish bu borada kengroq
davriy tushunchaga ega bo‘lishimizga yordam beradi(1-ilova).

1996-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi Rim xalqaro uchrashu-

vida “Butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Rim deklaratsiyasi” qabul qi-
lingan. Ushbu deklaratsiya har kimning yashash va munosib ovqatlanish huquqi-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

106

ga muvofiq salomatligi uchun xavfsiz va to‘laqonli oziq-ovqat mahsulotlariga
erishish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan. Shu yilda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat
xavfsizligi bo‘yicha butunjahon sammitida Jahon banki taklif etgan ta’rifga ko‘ra
“barcha insonlarning faol va sog‘lom turmush tarzi kechirishi uchun, o‘zlarining
ehtiyojlariga mos, yetarli hajmdagi, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatlarni har doim
olishga jismoniy va iqtisodiy jihatdan qurblari yetishi – oziq-ovqat xavfsizli-
gini anglatadi. FAO ta’rifiga tayanib ta’kidlanishicha, “oziq-ovqat xavfsizligiga
erishish, bu barcha insonlarning xohlagan vaqtda jismoniy, ijtimoiy va iqtiso-
diy jihatdan yetarli miqdorda xavfsiz ozuqaviy mahsulotlar bilan ta’minlanishini
anglatadi. Ushbu mahsulotlar shaxsni fiziologik me’yorlar bo‘yicha qoniqtirishi,
uning xohish-istagiga mos kelishi va faol sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi
shart.

2001-yilda oziq-ovqat xavfsizligi g‘oyasiga moddiy va iqtisodiy imkoniyat-

dan tashqari ijtimoiy imkoniyat tushunchasi ham qo‘shildi. Birlashgan Millatlar
Tashkilotining “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti” (FAO) belgilagan tus-
huncha mazkur qo‘shimcha jihatni quyidagicha aks ettiradi: “barcha odamlarda
o‘z oziqlanish ehtiyojlari va shaxsiy xohishlariga binoan hamda faol va sog‘lom
hayotni ta’minlash uchun yetarli miqdorda xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mah-
sulotlariga ega bo‘lishi uchun jismonan, iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari mav-
judligi oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlandi deganidir”.

O‘zbekiston Respublikasi oziq-ovqat iste’moli darajasi, avvalo, mamlakat

aholi demografiyasi holati bilan bog‘liqdir. Aholining yoshi va jins tarkibining
holati va o‘zgarishiga qarab oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan umumiy talab
shakllanadi.

Respublikamizda aholi o‘sishi dinamikasiga nazar solsak o‘sib borish tenden-

siyasi kuzatilmoqda. Mamlakatda tug‘ilish salmog‘i yuqoriligi sababali kichik
yoshdagi bolalar, yoshlar va o‘rta yosh toifalari aholining asosiy qatlamini tash-
kil etmoqda. Aynan shu qatlamlar o‘rtasida yuqori kaloriyali energiya sarflanishi
tufayli oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj, uning sifati va miqdoriga ayniqsa talab
kuchli bo‘ladi. Quyida mamalakatimizda aholi soniga nisbatan yetishtirilayot-
gan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’atini jadval raqamlari yordamida
ko‘rishimiz mumkin (1-jadval).

Jadval ko‘rsatkichlari yordamida quyidagi dinamikaga e’tibor qaratadigan

bo‘lsak (1-rasm), 2000-yildan 2009-yillar oralig‘ida yetishtirilgan qishloq xo‘jali-
gi mahsuloti stabil tendensiyada o‘sgan bo‘lsa 2009–2020-yillarda o‘sish sur’ati
jadallashganini buning natijasida esa yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
miqdori 2017–2018-yillarda 10, 11 barobarni tashkil etganini ko‘rishimiz mum-
kin. Bunday o‘sish sur’atini qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari gektarini oshganligi
hamda bu sohaga ajratilayotgan investitsiyalar miqdori va eksport ko‘lami bilan
izohlash mimkin.


background image

STARS International University

107

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni va yetishtirilayotgan

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’ati

1*

Hududlar

Yillar

Qishloq xo‘jaligi

yalpi mahsuloti,

(mln. so‘m)

Aholi soni

(mln. kishi)

Yqsh/aholi

O‘sish sur’ati

O‘zbekiston

Respublikasi

2000

1 387 245,80

24487,7

56,65071852

2001

2 104 835,00

24813,1

84,82757092

0,281768524

2002

3 255 324,10

25115,8

129,6125984

0,447850275

2003

4 083 339,90

25427,9

160,5850228

0,309724243

2004

4 615 816,00

25707,4

179,5520356

0,189670129

2005

5 978 337,90

25707,4

232,5531909

0,530011553

2006

7 538 774,60

26312,7

286,5070707

0,539538798

2007

9 304 857,80

26663,8

348,9696817

0,62462611

2008

11 310 718,10

27072,2

417,7982617

0,688285799

2009

13 628 632,30

27533,4

494,9854468

0,771871851

2010

32 746 521,90

28001,4

1169,460166

6,744747195

2011

48 068 344,80

29123,4

1650,505944

4,810457774

2012

58 549 266,90

29555,4

1981,00066

3,304947161

2013

69 391 323,40

29993,5

2313,545381

3,325447217

2014

85 101 685,70

30792,8

2763,6878

4,501424189

2015

103 301 974,90

31022,5

3329,904905

5,662171041

2016

119 726 684,80

31575,3

3791,78297

4,618780651

2017

154 369 402,70

32120,5

4805,946442

10,14163473

2018

195 095 553,20

32656,7

5974,135574

11,68189132

2019

224 265 855,60

33255,5

6743,722259

7,695866855

2020

260 306 815,00

34000,8

7655,902655

9,121803958

1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi aholi soniga mos

ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish dinamikasi

2*

1

www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

2

www.stat.uz ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

108

Yalpi ichki mahsulotda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklarining ulushining o‘sis-

hi dinamikasi (2-jadval).

2-jadval

2016–2020-yillarda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining

YaIM ishlab chiqarishdagi ulushi

3*

YaIM

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

Mlrd. So‘m

2016-yil

198871,6

32276,8

2017-yil

249136,4

43149,8

2016-yilga nisbatan % hisobida

105,3

102,0

YaIM (YaQQ) o‘sishida tarmoqning hissasi

5,3

0,4

2018-yil

Mlrd. So‘m

406 648,5

113 660,7

O‘sish sur’ati

105,4

100,3

2019-yil

Mlrd. So‘m

510 117,2

130 306,9

O‘sish sur’ati

105,8

103,1

YaIM (YaQQ) o‘sishida tarmoqning hissasi

5,8

0,9

2020-yil

Mlrd. So‘m

580 203,2

151 251,0

O‘sish sur’ati

101,6

103,0

YaIM (YaQQ) o‘sishida tarmoqning hissasi

1,6

0,8

2019-yil

yanvar–mart

Mlrd. So‘m

93036,3

11858,0

O‘sish sur’ati

106,0

102,4

2020-yil

yanvar–mart

Mlrd. So‘m

112503,3

14717,5

O‘sish sur’ati

104,6

103,9

2021-yil

yanvar–mart

Mlrd. So‘m

128556,8

17440,1

O‘sish sur’ati

103,0

103,1

2017-yilda 2 % o‘sish sur’atini tashkil etib YaIM tarkibidagi ulushi 19,2 %ni tash-

kil etgan bo‘lsa, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘idagi o‘sish sur’ati
hisobidan YaIMning 0,4% punktga nisbatan o‘sishi taminlangan. 2019-yilda 0,3
%dan 2020-yil 0,8 %ga pasayishi kuztilgan. 2021-yil yanvar – mart oylari yakun-
lariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 3,1 % darajasida ijobiy o‘sish
qayd etildi. Ushbu tarmoqda ijobiy o‘sish sur’atlari dehqonchilik mahsulotlarini
ishlab chiqarishning 5,0 % ga (2020 yilning yanvar-martida – 6,4 % ga o‘sish,
2019-yilning yanvar-martida – 0,6 % ga o‘sish) va chorvachilik mahsulotlarini ish-
lab chiqarishning 3,0 % ga o‘sish (2020-yilning yanvar-martida – 3,6 % ga o‘sishi,
2019-yilning yanvar-martida – 3,4 % ga o‘sishi) bilan bog‘liq.

Oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi birinchi navbatda agrar sektorning salohi-

yatiga tayanadi. Garchi 2000-2020-yillarda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining
mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i 34,4 dan 28,2, qishloq xo‘jaligi yalpi
mahsulotining o‘tgan yillarga nisbatan yillik o‘sish sur’atlari 3,1 dan 2,8 %gacha

3

www.stat.uz statistic to‘plamlar ko‘rsatkichlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.


background image

STARS International University

109

pasaygan bo‘lsada, agrar sektor hamon mamlakat iqtisodiyotining yirik tayanch
tarmoqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. (.3-jadval).

3-jadval

Respublikada agrar sektor rivojlanishining asosiy

makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi.

4*

Ko‘rsatkichlar

2000-y.

2005-y.

2010-y.

2015-y.

2019-y.

2020-y.

Yalpi ichki mahsulotda qishloq

xo‘jaligining salmog‘i, %da

34,4

29,5

32,9

34,1

28,1

28,2

Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining

yillik o‘sish sur’atlar, o‘tgan yilga

nisbatan

103,1

105,4

106,3

106,1

102,5

102,8

Asosiy kapitalga kiritilgan

investitsiyalarda qishloq xo‘jaligining

salmog‘i, % da

5,7

4,4

3,5

3,3

8,0

8,9

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ham

miqdor, ham sifat jihatdan muntazam oshirib borish va shu asosda oziq-ovqat
ta’minotini mustahkamlash borasida muayyan natijalar qo‘lga kiritildi. Natijada
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga
oshib bordi (4-jadval).

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda

2000–2020-yillar oralig‘ida mamlakatimiz doimiy aholisi soni 1,38 martaga oshib,
jami ekin maydonlari hajmi 10,8 %ga qisqargan bo‘lishiga qaramay, oziq-ovqat
mahsulotlaridan bug‘doy ishlab chiqarish 1,80, kartoshka 4,29, sabzavotlar 3,95,
poliz 4,73, mevalar 3,62, uzum 262, go‘sht (tirik vaznda) 3,00, sut 3,03 va tuxum
6,23 martaga oshdi. Eng muhimi bu o‘sish ekstensiv omillar emas, balki hosildor-
lik va mahsuldorlik kabi intensiv omillar ta’sirida yuz berdi.

4-jadval

Respublikada asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab

chiqarish dinamikasi (barcha toifadagi xo‘jaliklarda), ming tonnada

5*

Ko‘rsatkichlar

2000-y.

2005-y.

2010-y.

2015-y.

2019-y.

2020-y.

2020 y.

2000 y.ga

nisb., %

Don, jami

3 929,4

6 401,8

7 404,1

8 173,5

7 187,4

7566,6

192,5

Shu jumladan: Bug‘doy

3 532,0

5 927,8

6 657,3

6 964,7

6 121,1

6366,8

180,2

Kartoshka

731,1

924,2

1 693,9

2 696,9

2 950,9

3143,5

429,9

4

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining tegishli yillar bo‘yicha to‘plamlari asosida muallif tomonidn tuzilgan.

5

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tegishli yillar bo‘yicha to‘plamlari asosida muallif tomonidn tuzilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

110

Sabzavotlar

2 644,7

3517,5

6 346,5

10

129,3

9 945,5

10459,5

395,4

Poliz

451,1

615,3

1 182,4

1 853,6

1 922,2

2134,4

473,1

Mevalar

790,9

949,3

1 710,3

2 746,1

2 739,6

2864,0

362,1

Uzum

624,2

641,6

987,3

1 579,3

1 595,2

1639,2

262,6

Go‘sht (tirik vaznda)

841,0

1 061,2

1 461,4

2 033,4

2 465,0

2526,2

300,3

Sut

3 632,5

4 554,5

6 169,0

9 027,8

10

710,8

11009,9

303.1

Тuxum, mln. dona

1 254,4

1 966,7

3 061,2

5 535,4

7 757,4

7825.0

623.8

Ma’lumot uchun:

Doimiy aholi soni(mln.

kishi)

24

908,2

26

312,7

29

123,4

31

575,3

33

905,8

34 558,9

138,7

Jami ekin maydoni, gektar

3 778,3

3 647,5

3 708,4

3 694,2

3 319,7

3373,1

89,2

5-jadval

O‘zbekiston Respublikasining qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi trln. so‘m va o‘sish sur’ati, %

6*

Ko‘rsatkichlar

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yilning

yanvar-mart oylari

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati %

Dehqonchilik

va chorvachilik,

ovchilik

va ushbu

sohalarda

ko‘rsatilgan

xizmatlar

68,9067

101,9

193,7033

100,2

217,2

102,4

251,8

102,9

28215,8

103,1

O‘rmon xo‘jaligi 0,1179

101,6

4,7575

103,1

5,7

101,8

6,7

101,7

1419,9

101,5

Baliqchilik

xo‘jaligi

0,4796 126,8

1,0766

113,8

1,4

127,0

1,8

119,8

225,9

102,7

2.1.5-jadval

ko‘rsatkichlarini tahlil etsak, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik

va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar miqdori 2017-yildan 2020-yilning bi-
rinchi choragiga qadar o‘rtacha 2,1% ga, o‘rmon xo‘jaligida 1,94 % ga, baliqchilik
xo‘jaligida esa 18,02 % ga o‘sib kelganini ko‘rish mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq,

o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 260,3 trln.
so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda
ko‘rsatilgan xizmatlar 251,8 trln. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 6,7 trln. so‘mni, baliqc-
hilik xo‘jaligi – 1,8 trln. so‘mni tashkil qildi.

Aholiga qishloq xo‘jaligi tomonidan yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachi-

lik mahsulotlari ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratsak deyarli teng taqsimlanganiga

6

www.stat.uz yillar bo‘yicha choraklik natijalar to‘plami asosida muallif tomonidan tuzilgan

.


background image

STARS International University

111

guvoh bo‘lamiz. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2019-yildan 2020-yilga 0,1
% ga o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda
bu ikkala tarmoq ulushlari deyarli katta farq qilmaydi. Shu boisdan ular bir-birini
o‘rnini bosuvchi tarmoqlar hissoblanadi. (6-jadval).

6-jadval

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmida

dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi, (% da)

7*

Ko‘rsatkichlar

2019-yil yanvar-dekabr

oylari

2020-yil yanvar-dekabr

oylari

2021-yil yanvar-matr oylari

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Ulushi

Trln.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Ulushi

Mlrd.

so‘m

O‘sish

sur’ati

%

Ulushi

Qishloq xo‘jaligi

mahsulotlari

hajmi

215,7

102,7

100 %

249,8

102,8

100 %

28081,6

103,1

100 %

Dehqonchilik

mahsulotlari

108,3

103,7

50,2 %

123,6

103,4

49,5 %

1762,7

105,0

6,3 %

Chorvachilik

mahsulotlari

107,4

101,7

49,8%

126,2

102,1

50,5%

26318,9

103,0

93,7 %

7-jadval

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining

xo‘jalik toifalari bo‘yicha taqsimlanishi (% da)

8*

Ko‘rsatkichlar

2015-y. 2016-y. 2017-y. 2018-y. 2019-y. 2020-y. 2021-yil yanvar-

matr oylari

Dehqon (shaxsiy

yordamchi) xo‘jaliklari

65,4 %

65,1%

63,6 % 70,0 % 70,1 % 68,0 %

88,9 %

Fermer xo‘jaliklari

32,6 % 32,9 % 34,7 % 27,3 % 26,9 % 27,8 %

7,1 %

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini

amlaga oshiruvchi

tashkilotlar

2,0 %

2,0 %

1,7 %

2,7 %

3,0 %

4,2 %

4,0 %

7-jadval ma’lumotlarini tahlil etadigan bo‘lsak, 2015-yildan 2020-yilgacha

dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida yaratilgan qishloq xo‘jaligi mahsulot-
lari hajmi 2,6 % ga o‘sganini, fermer xo‘jaliklarida 4,8 %ga qisqarganini, qishloq
xo‘jaligi faoliyatini amlaga oshiruvchi tashkilotlarda 2,0 % ga o‘sganini ko‘rishimiz
mumkin.

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, 2020-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

umumiy hajmining 68,0 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 27,8 %
i – fermer xo‘jaliklariga, 4,2 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi
tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

7

www.stat.uz yillar bo‘yicha choraklik natijalar to‘plami asosida muallif tomonidan tuzilgan.

8

www.stat.uz


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

112

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari ke-

simida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar barcha hududlar-
da dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning yanvar – dekabr oylarida tarmoq-

ning ijobiy o‘sish sur’atiga asosan quyidagi mahsulotlarning 2019-yilning mos
davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati qayd etilganligi orqali erishildi.

Go‘sht (tirik vaznda) – 102,1 %

Sut – 102,8 %

Sabzavotlar – 102,4 %

Poliz – 103,2 %

Meva va rezavorlar – 104,0 %

Uzum – 102,2 %

Ovlangan baliq – 118,4 %

Chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda 2017-yildan 2020-yillar oralig‘ida

go‘sht(tirik vaznda) yetishtirish 2,9 % ga, sut 1,1 % ga, tuxum 6,7% ga kamaygani-
ni ko‘rishimiz mumkin (8-jadval).

8-jadval

Mamlakatda jami yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari

miqdori va o‘sish sur’ati.

9*

Ko‘rsatkichlar

Go‘sht (tirik vaznda)

Sut

Tuxum

Ming tonna

O‘sishi, %

Ming

tonna

O‘sishi, %

Ming

tonna

O‘sishi, %

2017-yil

2281,1

105,0

10083,2

103,9

6605,5

107,4

2018-yil

2417,4

105,7

10480,7

104,3

7360,5

116,2

2019-yil

2465,0

101,4

10710,8

102,3

7757,4

104,0

2020-yil

2526,2

102,1

11009,9

102,8

7825,0

100,7

O‘zbekistondagi meva-sabzavot sektori mamlakat va hududlarning oziq-o-

vqat xavfsizligini ta’minlashda muhim segment hisoblanadi. Shuning uchun,
bu sohada meva va sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish
uchun barcha choralar ko‘rilmoqda, bu esa o‘z natijalarini bermoqda. Quyida
oziq-ovqat mahsulotlarining eksport-import tarkibi dinamikasi keltirilgan bo‘lib
(9-jadval).

9

www.stat.uz yillar bo‘yicha choraklik natijalar to‘plami asosida muallif tomonidan tuzilgan.


background image

STARS International University

113

9-jadval

Yillar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining eksport-import

dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSh dollarida)

2000-yil 2005-yil 2010-yil 2015-yil 2018-yil 2019-yil 2020-yil

Farqi

2000–2020-y.

Eksport

176,4

206,1

1260,5

1316,4

1097,7

1336,3

1436,4

1260

Import

361,1

287,2

963,2

1585,3

1581,6

1851,3

1608,5

1247,4

10-jadvalda mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari eksport hajmi 2000-yilga nis-

batan 1260 mln. AQSh dollariga, eksport esa 1247,4 mln. AQSh dollariga o‘sganini
ko‘rishimiz mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 1 008,6 mln. AQSh dollari

qiymatli 1 485,0 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda
2019- yilning mos davriga nisbatan 199,1 mln. AQSh dollarida pastlashish kuza-
tilib, 16,5 % ga kamaydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qa-
ralsa, 400,0 mln. AQSh dollariga teng 768,3 ming tonna sabzavot, shuningdek,
353,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi 402,3 ming tonna meva va rezavorlar eks-
port qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Fede-

ratsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi hamda Pokiston davlatlari hissa-
siga to‘g‘ri kelgan. Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni ri-
vojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va
sabzavotlarning ulushi 6,7 % ni tashkil etdi. Meva va sabzavotlar eksportining
qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi (meva va sabza-
votlar eksporti umumiy hajmining 25,3 % i), bu Afg‘onistonga eksport hajmidan
5,2 baravar ko‘pdir.

10-jadval

Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti

(2020-yil yanvar–dekabr, mln. AQSh dollari)

10*

Ko‘rsatkichlar

2018-yil

2019-yil

2020-yil

3 yillik o‘rtacha

o‘sish qiymati

Mln.

AQSh

$

Ming

tonna

Mln.

AQSh $

Ming

tonna

Mln.

AQSh $

Ming

tonna

Mln.

AQSh

$

Ming tonna

Jami:

874,5

1230,6

1200,0

1400,0

1008,6

1485,0

1027,1

1371,86

Meva va

rezavorlar

357,7

406,8

353,9

402,3

372,8

10

www.stat.uz yillik ko‘rsatkichlar asosida tuzildi.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

114

Uzum (yangi

uzilgan)

238,5

328,3

133,1

140,5

251,5

Uzum

(quritilgan)

55,1

40,9

Qovun va

tarvuz

6,5

13,1

25,6

105,6

15,06

Sabzavotlar

318,9

542,4

400,0

768,3

420.43

Yeryong‘oq

22,9

14,4

16,5

12,9

17,93

Qalampir

-

13,8

13,7

Kartoshka

-

0,4

0,7

11-jadval meva-sabzavot mahsulotlari eksport tarkibini tahlil etadigan bo‘l-

sak, 2018-yildan 2020-yillar oralig‘ida o‘rtacha o‘sish qiymati 1027,1 dollarlik yoki
1371,86 ming tonnalik mahsulot eksporti amlga oshirilgan.

XULOSA

Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta

e’tibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi
6,7 % ni tashkil etdi. Meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta
hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy haj-
mining 25,3 % i), bu Afg‘onistonga eksport hajmidan 5,2 baravar ko‘p miqdorni
tashkil etmoqda. 2020-yildan oziq-ovqat mahsulotlari eksporti tarkibiga qalam-
pir va kartoshkani ham qo‘shilagnligi hududlarda eksport loyihalarining samarali
ishlashidan dalolat beradi. Hududlarning oziq-ovqat iste’moli darajasining import
mahsulotlar ulushida ham nisbatan mo‘tadilligi ichki ishlab chiqarish hisobidan
ijobiy qondirilayotganligidan dalolatdir.

Hududlarda oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talab aholisi zich bo‘lgan hududlar-

da, ayniqsa, yuqoriligini kuzatish mumkin. Bunda hududlarda yetishtirilayotgan
mahsulot miqdorining me’yoriy iste’mol miqorlari bilan solishtirma tahlil asosida
oziq-ovqat tovarlarini talab darajasida qondirib bermayotgan hududlar aniqlandi.
Ularga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Sirdaryo viloyatla-
ri kirmoqda. Bu holatni bartaraf mahsulot yetishayotgan hududlardan ortiqcha
mahsulot yetishtirgan hududlardan mahsulot yetishayotgan hududlarga mahsu-
lot oqimini yo‘naltirish orqali bozordagi talabni qondirish va narx mo‘tadilligini
ushlab turish mumkin.

2020-yilda Respublika hududlar bo‘yicha dehqonchilik mahsulotlari yetishti-

rish tarkibida sabzavot yetishtirish Andijon (1611,0 ming t.) va kartoshka(885,-
3ming t.) yetishtirish Samarqand viloyatlarida yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin.
Don ekinlari(885,7 ming t.) Qashqadaryo viloyatida, Surxondaryo viloyatida po-
liz ekinlari(307,5 ming t.), meva va rezavorlar(666,9 ming t.)Andijon viloyatida,
uzum yetishtirish(555,0 ming t.) Samarqand viloyatida yuqori ko‘rsatkichlar bi-
lan kelmoqda. Hududlar bo‘yich oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishda viloyat-
larning yillar mobaynida shakllanib kelgan an’analari o‘ziga xos ishlash uslubi,
tuproq unumdorligi va ob-havoning ta’sirini yuqoriligini ta’kidlash joiz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов