Hududiy biznes rivojlanishining asosiy tamoyillari, tashkiliy-huquqiy asoslari va jahon tajribasi

Поделиться
Абдушукурова, М., & Саидова, М. (2023). Hududiy biznes rivojlanishining asosiy tamoyillari, tashkiliy-huquqiy asoslari va jahon tajribasi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(1), 36–40. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp36-40
Мафтуна Абдушукурова, STARS International University”

21/2 группа студент

Мархабо Саидова, STARS International University

Научный советник. Кандидат технических наук, доцент, преподаватель.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan biznes subyektlari haqida, biznesning ulushlari va ular haqida ma’lumotlar yig‘ish, bizne

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

36

ABDUSHUKUROVA MAFTUNA
FARHOD QIZI,

“STARS International University”
21/2 guruh talabasi
farkhodovnamaftuna@gmail.com
ILMIY RAHBAR:

SAIDOVA MARHABO

HABIBULLO QIZI,

PhD, Dotsent “STARS International University”
o‘qituvchisi. saidovamarhabo1991@gmail.com

HUDUDIY BIZNES
RIVOJLANISHINING
ASOSIY TAMOYILLARI,
TASHKILIY-HUQUQIY
ASOSLARI VA JAHON
TAJRIBASI

Annotatsiya:

Ushbu maqola biznesning nazariy va amaliy jihatlari, uning O‘zbekiston

iqtisodiyotida rivojlanish yo‘llari va strategiyasini tanlash. O‘zbekistonda faoliyat yurita-
yotgan biznes subyektlari haqida, biznesning ulushlari va ular haqida ma’lumotlar yig‘ish,
biznesning rivojlanish istiqbollari, taqqoslash va pragnozlash ma’lumotlari taqdim etil-
gan.

Kalit so‘zlar:

Biznes, yakka tartibdagi tadbikorlik, kichik biznes, mikrorayon, kichik

kompaniya, korxona resurlari, o‘zgarish dinamikasi, raqobatbardoshlik, tovar aylanishi,
samaradorlik, pragnoz

KIRISH

Bugun insoniyat sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, iqtisodiyotni ham

izdan chiqarib yuborgan koronavirus pandemiyasi yuqori sur’atlarda tarqalayot-
gan bir paytda, biznesni rivojlantirishning mavjud tamoyillariga muhim o‘zgarish-
larni kiritishni taqozo etmoqda. COVID-19 inqirozi iqtisodiyotni raqamlashtirish ja-
rayonini yanada jadallashtirishi bilan birga, elektron hukumat va masofadan turib
biznes yuritishni ham tezlashtirdi. Bu esa yurtimizda biznes rivojlanish jarayonla-
rini chuqur tahlil qilish, amaliy yechimlarni ilmiy asoslangan va hayot tajribasidan
o‘tgan usullarni qo‘llashga olib keldi. Shuningdek, biznesning rivojlanishi uchun
yangi qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilindi va shu bilan birga xorijiy mamla-
katlar tajribasi o‘rganildi.

Hududiy biznesni rivojlantirish iqtisodiyotning o‘sish nuqtalaridan biri va band-

likni ta’minlashning katta manbaidir. Shu sababli, yurtimizda biznes rivojlanishi-
ning yangi bosqichiga o‘tish, biznes sub’ektlariga yanada yaxshi shart-sharoitlar
yaratish maqsadida prezidentning farmon va qarorlari qabul qilinib, barcha zarur
sharoitlar yaratib berilmoqda.

Dunyoda rivojlangan, rivojlanayotgan va qoloq davlatlarda biznes rivoji ho-

latini solishtirish maqsadida, yurtimiz va boshqa davlatlardagi o‘xshashlik va
farqli tomonlarini ko‘rib chiqamiz.

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp36-40


background image

STARS International University

37

O‘zbekiston Respublikamizda biznes sub’ektlarining tashkiliy asoslari korxona

va tashkilotlarning ishchilari soniga ko‘ra farqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantiris-
hni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–1987-sonli Farmoniga
muvofiq quyidagilar kichik tadbirkorlik

(biznes)

subyektlari hisoblanadi:

1. Yakka tadbirkorlar – yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati-

ni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs

(yakka tartibdagi tadbirkor)

.

2. Mikrofirmalar – band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish

tarmoqlarida ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasida va ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana
savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlarida ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan sub’ekt-
lardir.

3. Kichik korxonalar – qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yengil, oziq – ovqat va

qurilish materiallari sanoatlaridagi, band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
ko‘pi bilan 200 kishi, yengil sanoat ishlab chiqarish (metalga ishlov berish, yog‘o-
chsozlik kabilar) sohalarida 100 kishi, sanoat ishlab chiqarish (

mashinasozlik, me-

tallurgiya, yoqilg‘i – energetika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qu rilish
kabilar

) sohalaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50

kishi, fanda ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish
hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda band bo‘lgan xodimlari-
ning o‘rtacha yillik soni 25 kishidan oshmaydigan subyektlar.

O‘rganilish darajasi:

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkin-

ligining kafolatlari” to‘g‘risidagi qonunining 5-moddasida esa kichik tadbirkorlik
sub’ektlari quyidagicha keltirilgan:

yakka tartibdagi tadbirkorlar; ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan

xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi
va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha
yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish
tarmoqlaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi
bo‘lgan

mikrofirmalar: quyidagi tarmoqlardagi yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, me-

tallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish
materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan
100 kishi, mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qish-
loq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa
sanoat, ishlab chiqarish sohalaridagi band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni
ko‘pi bilan 50 kishi;

fan: ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari

(sug‘ur-

ta kompaniyalaridan tashqari)

, savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa no-

ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi
bilan 25 kishi bo‘lgan kichik korxonalar.

kichik tadbirkorlik: subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatla-

rida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (sho‘ba) korxonalarda, filiallarda
va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.

Tadbirkorlik shakllarining umumiy klassifikatsiyasi iqtisod fanlari nomzodi

N.C. Kasimovaning “O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlikni tashkil etish masalala-
ri” dissertasiya ishida keltirilgan. Shuningdek u tadbirkorlik mulk shakllariga ko‘ra


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

38

davlat, nodavlat, xususiy, aralash shakllarida namoyon bo‘ladi deya ta’kidlagan.
Biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar, preferentsiyalar va xo‘jalik yu-
ritishning qulay sharoitlarini ta’minlash, biznesni rivojlantirish uchun zarur resurs-
larga erishish mexanizmlarini takomillashtirish, qayta tayyorlash va ularning soha-
siga doir malaka va amaliy ko‘nikmalarini oshirish to‘g‘risidagi axborot ta’minoti va
maslahat berishning yaxlit tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

TAHLIL NATIJALARI

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan biznes sub’ektlari soni. O‘zbekiston Res-

publikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga asoslanib, 2015–2020-yillarda
faoliyat ko‘rsatayotgan biznes subyektlarining yakka tartibda, yuridik shaxs tash-
kil etgan holda, shuningdek, jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlarni o‘sish
tendentsiyasida ekanligini ko‘rishimiz mumkin va ular o‘z navbatida 2020-yilda
9462,5 ta va 691 tani tashkil etmoqda. 2015-yil ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda,
20 va 11 barobar ko‘paygan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iq-

tisodiyotda band bo‘lganlar sonida biznesning ulushi ortib borrmoqda. Xususan,
2000-yilda 4467,1ming kishi biznes bilan band bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich

2020-yilga kelib, qariyb 2,2 barobarga oshgan. Foizlarda esa 49,7 % dan 73,8 %

ga mos ravishda o‘zgargan. Quyidagi (1.3.5-rasm) da iqtisodiyotda band bo‘lganlar
sonida biznes ulushining o‘zgarish dinamikasi keltirilgan:

1.3.5-rasm. Iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonida kichik biznesning ulushi


background image

STARS International University

39

Shuni qayd etish lozimki, Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohasi eng og‘riqli

nuqtalarimizdan biri bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishning nisbatan sustligi, yashash
sharoitlarining bir muncha rivojlangan davlatlarga qaraganda sezilarli darajada
pastligi, yaqin 3-5 yillikda ko‘zga tashlandi. Hozirgi pandemiya sharoiti esa ush-
bu sohaga talabni yanada oshirdi. Yurtimizda 2007-yilga kelib, bu soha rivojlana
boshladi va statistik ko‘rsatkichlarda 6202,7 mlrd. So‘mni tashkil etdi. 2020-yil na-
tijalari bilan solishtirganda, 2007-yilga nisbatan 16,6 marotaba oshgan. 2020-yil
natijalarida esa 112743,5 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyot ravnaqi
uchun ijobiy holat sanaladi.

Ta’kidlash kerakki, deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida biz-

nesni rivojlantirishga asosiy urg‘u berilib, taraqqiyotning asosiy omili sifatida qa-
ralmoqda. Biznes o‘zining bir qator xususiyatlari bilan iqtisodiyotda sezilarli o‘rin
egallashi, sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirishi, talab va taklifga samarali
ta’sir ko‘rsatishi orqali muhim sektor ekanligini namoyon qilmoqda. AQSh

(Ame-

rika Qo‘shma Shtat)

larida XІX asrda qishloq xo‘jaligiga asoslangan kichik biznes

rivojlana boshlagan. Bunda asosiy kuch o‘z xaridorlarini shaxsan bilishlari va aynan
iste’molchiga nima zarurligini yaxshi anglashlari kerak edi. Shuning uchun ham,
kichik kompaniyalar milliy va xalqaro iqtisodiyotda asosiy ishtirokchilarga aylan-
gan. Amerikada kichik biznes boshqaruvi

(Small Business Administration)

900 dan

ortiq kichik biznesni rivojlantirish markazlarini

(Small Business Development Cen-

ters)

boshqaradi hamda texnik va boshqaruv jihatidan ko‘maklashadi.

AQShda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kichik biznes ishlari bo‘yicha Ad-

ministrasiya, Milliy ilmiy fond, tarmoq vazirliklari shug‘ullanadi. O‘z navbatida, biz-
nes korxonalari yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish darajasi o‘sishining va aho-
li bandligini ta’minlashning muhim manbai hisoblanadi. Quyida AQSHda mavjud
bo‘lgan biznes korxonalarining turlari keltirilgan:

Kanada davlatida biznes rivojlantirishda asosiy urg‘u korxonalar holatini yaxshi-

lashga qaratilgan axborot ta’minotiga qaratilib, biznes subyektlari, asosan mahsu-
lot va xizmatlar sifatini 70%ga; ishdan qoniqish hissini 66%; ishlash muhitining si-
fatini 63%; samaradorlik 61%; raqobatbardoshlikni 50%; daromadlilikni 45%; tovar
aylanishi 23%ga har yili yaxshilab borishlari lozim.

Kanadaning innovasiya, fan va iqtisodiy rivojlantirish vazirligi (ISED) biznes

sub’ektlarini maosh to‘lanuvchi ishchilar soniga ko‘ra aniqlaydi:

kichik biznesda 1 tadan 99 tagacha ishchiga maosh to‘lanadi;

o‘rta biznesda 100 tadan 499 tagacha ishchiga maosh to‘lanadi;

yirik biznesda 500 va undan ortiq ishchiga maosh to‘lanadi.

Shuningdek, 1 tadan 4 tagacha ishchilari bo‘lsa, mikrofirma sifatida qaraladi.
Yevropa davlatlari. Yillik biznes tuzilmasi statistikasi kichik va o‘rta biznes

sub’ektlarining tahlili uchun asosiy manba bo‘lib, uning standartlariga muvofiq tas-
hkilotlar soni, tovaroborot, ishchilar soni, yaratilayotgan qiymat miqdori va boshqa
mezonlarga qarab guruhlarga ajratiladi. Deyarli barcha Yevropa davlatlarida 3-gu-
ruh, ya’ni ishchilar soniga ko‘ra biznes sub’ektlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

mikrofirmalar: ishchilar soni 10 tadan ko‘p bo‘lmagan;

kichik korxonalar: ishchilari soni 10 tadan 49tagacha bo‘lgan;

o‘rta biznes korxonalari: ishchilari soni 50 tadan 249 tagacha bo‘lgan;

kichik va o‘rta biznes korxonalari: ishchilari soni 1 tadan 249 tagacha bo‘lgan;

yirik korxonalar: ishchilari soni 250 va undan ortiq bo‘lgan korxonalardir.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

40

2021-yil 28-yanvardagi ma’lumotlarga qaraganda, Evropa davlatlaridan biri

bo‘lgan Italiya davlatida 2020-yilda 6mln. dan ortiq biznes korxonalari ro‘yxatdan
o‘tgan. Yakka tartibdagi korxonalar eng katta segmentga ega bo‘lib, 3131611 tani,
ustav kapitali bo‘lgan kompaniyalar 1791853 tani, sherikchilik asosidagi korxonalar
945236 ta va boshqa shakldagi korxonalar 209 331 tani tashkil etgan.

XULOSA

Demak Italiya davlatida ham ko‘plab davlatlar kabi yakka tartibdagi tadbirkorlik

sub’ektlari faoliyati kengaymoqda. Rossiya Federasiyasi 1980-yillar oxirida Rossi-
yada biznes tushunchasi rasmiy tarzda paydo bo‘lib, biznesni rivojlantirish maqsa-
dida davlat korxonalarini xususiylashtirish boshlangan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyekt-

larining soni har 1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyekt-
larining soni har 1000 aholiga hududlar kesimida eng ko‘p Toshkent shahrida –
34,4 birlikni, Navoiy viloyatida – 20,7 birlikni va Sirdaryo viloyatida – 16,2 birlikni
tashkil qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. https://lex.uz/docs/-276275?ONDATE=09.04.1998%2000 O‘zbekiston Res-

publikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni
rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–1987-sonli
Farmoni.

2. https://www.stat.uz/uz/ O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

ma’lumotlari muallif ishlanmasi.

3. https://mift.uz/ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

rasmiy veb sayti.

4. https://mift.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo va-

zirligi rasmiy veb sayti.

Библиографические ссылки

https://lex.uz/docs/-276275?ONDATE=09.04.1998%2000 O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF–1987-sonli Farmoni.

https://www.stat.uz/uz/ O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari muallif ishlanmasi.

https://mift.uz/ Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb sayti.

https://mift.uz/ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy veb sayti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов