Doktor a^fjorotnomasi, 2011, №2, Samarkand'
Ibadova D.N.,
TALVASA SINDROMI
Siddikov О.А.
SamMI (rektori - prof. А.М. Shamsiev) Klinik famiakologiya kafedrasi (mudiri - prof.
D.N. Ibadova) va RShTyoIM SF (direktori - prof. Axmedov Yu.M.)
Talvasa holati bolalarda ko'p uchraydigan klinik
sindromlardan biridir. RShTYoIM SFning bolalar
bulimining 2008-2010 yillar ma'lumot- lariga ko'ra: 2008
yilda - 242 ta (8,7%), 2009 yil- da - 264 ta (9,9%), 2010
yil (6 oy ichida) - 95 ta (7,6%) bemor talvasa sindromi
bilan yotqizilgan.
Talvasa sindromining 2/3 qismi 3 yoshgacha bo'lgan
bolalarga to'gri keladi. Talvasa bolalar o'sish davrlarida
uchrab, bu irsiy nomuvofiqlik, zararli odatlami homila va
uning rivojlanishiga salbiy ta'siriga, tug'ruq jarayoni,
postnatal davrin- ing kechishiga bog'liqdir. Bular bevosita
talvasa, tutqanoq yoki MNS ning yashirin zararlanisliiga
sabab bo'lishi mumkin.
Chaqaloqiar, erta yoshdagi bolalarda uchraydigan
talvasa tutqanoqlar 2 ta asosiy guruxga bo'linadi:
simptomatik va epileptik. Simptomatik talvasalar bu
infekcion, toksik, travmatik, modda almashinuvi buzilishi
bilan kechadigan kasallik- lar, miyaning javob, encefalitik
reakciyasidir.
En-
cefalitik
reakciyalar
ko'pincha
qaytarilmasligi
mumkin.
Shuning
uchun
bunday
holatlarga epi- lepsiya tashxisi ko'yishga shoshihnaslik
zarur.
Talvasa miya o'smalarida, abscessda, tomirlar tizimi
patologiyasida (anevrizma, angiomatoz, niiya qon
aylanishining o'tkir buzilishlari), niiya tug'tna rivojlanish
nuqsonlari, degenerativ kasai- liklar, epileptiform
sindromning turg'un formasi- da kuzatiladi. Talvasa
holatining patogenezi mu- rakkab va bir xil emas, buning
asosida gipoksiya, mikrocirkulyaciyaning buzilishi,
aloxida yoki tar- qalgan miya shishi, gemorragiyalar
yotadi. Bunda modda almashinuvining buzilishlari
(kal'ciy. fos- for, magniy, kaliy, natriy, qand. triptofan
amino- kislotalar, gormonlar) katta o'rin egallaydi.
Erta yoshdagi bolalarda talvasa - asfiksiya, tug'ruq
vaqtidagi miya ichi shikastlanishi, meta- bolik o'zgarishlar
shuningdek, gipertermik sin- drom, effektiv respirator va
hushdan ketish holat- larda kuzatiladi.
Chakaloklar asfiksiyasida kuzatiladigan talvasa.
Asfiksiya holatida qonda to'qimalarda kislorodning
yetishniasligi, uglekislotaning to'planishi, acidoz, qon
aylanishining buzilishiga, miya shishi, gemorragiyaga olib
keladi. Talvasa bunday holatlarda tarqalgan tonik, toniko-
klonik, ba'zida alohida shaklda kechadi. Asfiksiya, miya
shishi bartaraf etilganda talvasa ham to'xtaydi. Ba'zida
asfiksiyadan so'ng miya tutqanoklarida o'chog'li va diffuz
morfologik o'zgarishlar. gliya- larning proliferaciyasi
bo'lib, bunday bolalarda 2- 3 oyligidan boshlab yoki katta
yoshida talvasalar kuzatilib, epileptik tus oladi. Gipoksiya
natijasida kelib chiqqan talvasa miyada chuqur moddalar
almashinuvi
buzilishlari,
funkcional
va
organik
o'zgarishlar bo'lganligidan dalolat beradi.
Neyronlar, o'tkazuvchi sistemalar tuzilishida mielin
hosil bo'lishining buzilishi, membranoliz natijasida,
gipersinxron
bilan
kechadigan
neyron-
lararo
bog'lanishining bioelektrik faollashuvi kuzatiladi. Bu esa
membrana
qurilmalarida,
neyron-
lararo
sinaptik
bog'lanishlarda, metabolik ja- rayonlar buzilishining
chuqurlashuviga, distrofik va destruktiv o'zgarishlarning
kengayishiga, ko'zg'aluvchi o'choqlar sonini, faolligini
ortishiga olib keladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning 10-20% pre va
perinatal miya zararlanishi bilan azob chekadi. Moskva
pediatriya va bolalar jarroxligi ilmiy tek- shirish instituti
qoshidagi 1-shaxar bolalar kasal- xonasining nevrologiya
bo'limi ma'lumotlariga ko'ra 6/7-ta I oylikdan 5 yoshgacha
bo'lgan bemor bolalarning 40,3 % da talvasa tutqanoq sa-
bablarini homiladorlik patologiyasi, tug'riq ja- rayonidagi
asfiksiyalar, miya ichi shikastlanishlari tashkil qiladi.
Tug'ruqdagi miya ichi shikastlanishi miyada o'choqli
va tarqalgan qon quyilishlariga olib keladi. Ishemik
soxalarida atrofik, sklerotik, o'zgarishlar, chandikqanish,
ohaklanish
o'choqlari
likvor
aynalishini
buzib,
gidrocefaliya yoki tarqalgan shaklda kechadigan talvasaga
olib keladi. Destruktiv-organik o'zgarishlar ta'sirida
patologik aktivlikka ega o'choqlarda talvasa bo'sag’asi
oshib, epileptik tutqanoq surunkali rezistent shaklga o'tadi.
Tashxis -- anamnez, homiladorlik va tug'ruqning
kechishi,
orqa
miya
suyuqligi
tekshi-
ruvlari,
exoencefalografiya,
pnevmoencefalogra-
fiya
ma'lumotlari asosida qo'yiladi. Chaqaloqiar gemolitik
kasalligida bog'langan bilirubinning miya to'qimasining
corpus striatum sohasini zararlanishi hisobiga talvasa
kuzatilib, tonik talvasa xuruji opistotonusga o'tadi. Azob
chekayotgan qiyofa, baland kesuvchi ovoz bilan
qichqirish, «botayotgan quyosh» simptoinlari kuzatiladi
va giperkinezga o'tadi. Tashxis - ona va bola qonin- ing
guruxii va rezus omili mos kelmasligi, ona qoni va sutida
maxsus antitelolarning hosil bo'lishi, chaqaloq qonida
bog’lanmagan bilirubin miqdori oshishi asosida qo'yiladi.
Harorat ko'tarilgandagi (febril) talvasalar, tez tibbiy
yordam uchun shifoxonaga tushgan bemor- larning 1/3
qismini tashkil qiladi. Febril talvasalar, tana massasi
me'yoridan ortiq bo'lgan, ekssudativ diatezi bor, chala va
asfiksiyada tug'ilgan, miya ichi shikastlanishi bo'lgan
bolalarda ko'proq uch- raydi. Tana haroratining ko'tarilishi
(39-40°C) gomeostazdagi, qon va likvor osmotik
bosimidagi siljishlar membrana o'tkazuvchanligining
oshishi, miya shishi febril talvasalarga olib keladi. Bu tal-
vasalar hushidan ketish bilan kechadigan toniko- klonik,
tarqalgan yoki gemitik bo'yicha rivojlanib, xurujdan so'ng
uyqu yoki uyquchanlik kuzatiladi. Ba'zida febril
talvasalar, birlamchi talvasa reak- ciyasidan epileptiform
sindromga va epilepsiyaga o'tishi mumkin. 18% bolalarda
febril talvasalar epilepsiyaga o'tganligini tasdiqlanadi.
Piridoksin
yetishmovchiligi,
piridoksal'fosfat
-
vitamin B
6
kofermenti biosintezi pasayganda ham EEG-da
buzilishlar
va
epileptiform
talvasalar
kuzatiiadi.
Asfiksiyada tug'iigan chaqaloqlar qo- nida ATE miqdori
pasayadi (29.1 mg %), hattoki 3-3,5 oylikda ham uning
qondagi miqdori (30,2- 52,5mg%) kamaygan bo'ladi.
Interkurrent infek- ciyalar qo'shilganda, ATF va energiya
zaxiralari kamayadi bu esa piridoksal’fosfat sintezini pa-
sayishiga, vitamin B
6
yetishmovchiligiga va febril
talvasalarga olib keladi.
Febril
talvasalarning
qaytalanish,
epileptiform
tutqanoqqa o'tishi, homila ichi gipoksiyasi, tug- qruq
vaqtidagi asfiksiyasi bo'lgan chaqaloqlarda uchraydi.
Talvasaga qarshi dori vositalarini vitamin B
6
va ATF bilan
birgalikda buyurganda. ularning samarasi oshadi.
Tashxis - harakat meyyorida bo'lganda talvasalar va
<Dofycr ajtforotnomasi, 2011, J&2, Samarqand
EEG-da o'zgarishlar qayd qilinmasligi asosida ko'yiladi.
qon, orqa miya suyuqligi. qondagi qand, elektrolitlar
miqdori tekshiriladi. Qon- da kal'ciy miqdorining
kamayishi, nerv-mushak ko'zg'aluvchanligining oshishiga
va tetanik talvasalarga sabab bo'ladi. Yashirin turida
mexanik va elektrik qo'zg'aluvchanlik oshadi, Xvostek,
Lyust, Trusso, Erb simptomlari kuzatiiadi.
Tetaniya,
laringospazm,
yuz
mushaklarining
tortilishi. qo'l va oyoqlarning tonik qisqarishi («akusher
qo'li», katta barmog'ining yakinlashu- vi) bo'lib, keyin
tarqalgan klonik talvasa fazasi - eklampsiyaga o'tadi, 2
minutgacha davom etadi. Ba'zida eklampsik talvasalar
qaytalanib xuruj tu- sini olishi mumkin.
Yaqin vaqtgacha tetaniya - raxit belgilari bo'lgan 3-4
oylik bolalarda kech qish va erta bailor oylarida
uchraydigan raxitogen spazmofil sin- dromi deb kelingan.
Raxitda
mineral
almashinu-
vming
buzilishi
(gipokaTciemiya. ko'pincha gi- perfosfatemiya, ishqoriy
fosfataza faolligining oshishi) acidoz bilan kechadi, bunda
asablar elektr qo'zg'aluvchanligi kuchayadi.
Normada bolalarda mushaklar tok kuchi 5 mA-da
qisqaradi, spazmofiliyada esa, ular tok kuchi 5 mA-dan
past bo'lganda ham qisqaradi. Og'ir somatik kasalliklar
vaqtida toksik holatda bo'lgan bolalarda respirator alkaloz
rivojlanib kal'ciyning miqdori kamayadi va tetaniya
kuzatiiadi, nafas markazi qo'zg'aluvchanligi pasayadi, bu
xatarli holatdir.
Chala tug’iigan chaqaloqlarda kal'ciy va faster
almashinuvi
o'zgaruvchanlik
sababli
ularda
gipokal'ciemiya va tarqalgan talvasalar ko'p uchraydi. Mol
suti bilan sun'iy ovqatlantirish erta o'tkazilgan bolalarda
giperfosfatemiya va ikki- lamchi gipokal'ciemiya,
«mineral spazmofiliya» belgilari, kechki talvasalar
kuzatiiadi. O'tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida
giperfosfatemiya, gipokal'ciemiya tetaniyaga olib keladi.
Giperparatireoidozda ham tetaniya bo'ladi.
Magniyning qondagi miqdorining pasayishi nerv-
mushak qo'zg'aluvchanligini oshishiga va talvasaga olib
keladi. Acidozda natriy bikarbonat- ni nazoratsiz, kal'ciy
vositalarisiz yuborganda yatrogen tetaniya kuzatiiadi.
Og'ir holatlarda gi- pernatriemiya natijasida miya pardalari
va to'qimalarida qon quyilib gemorragik encefalopa-
tiyaga olib keladi.
Erb, Xvostek, Trusso va Lyust simptomlari,
laringospazm, karpopedal spazm, eklampsiya, qondagi
kal'ciy, fosfor. magniy, natriyning miq- doriga qarab
tashxis qo'yiladi. Talvasalar tez-tez va og'ir bo'lmagan
bo'Isa, miya to'qimasida ikki- lamchi o'zgarishlar
bo'lmasa, ionlar koncentra- ciyasi qonda me'yoriga
kelganda tetaniya ham kuzatilmaydi.
Gipoglikemik talvasalar kelib chiqishiga qarab
polietiologiyalidir. Bular modda almashinuvining irsiy
nuqsonlari (glikogenozlaming jigar turlari, galaktoza,
fruktozani ko'tara olmaslik), gormonal disfunkciyalar
(insulin
sekreciyasining
kuchayi-
shi,
antagonist
gormonlar
sekreciyasining
yetish-
movchiligi).
Gipoglikemik talvasalar chuqur homila gipotrofiyasi bilan
shuningdek, qoni almash- tirilgan chaqaloqlarda ko'proq
uchraydi.
Dastlabki 12-72 soatlardan so'ng teri qopla-
malarining oqarishi, apnoe xurujlari, cianoz, be- zovtalik,
nistagm. tremor (qaltirash) umumiy talvasalar kabi
gipoglikemik belgilar ko'rinadi, bunda qonda qand
miqdori 20 mg % dan kam bo'ladi, glyukoza eritmasi vena
ichiga
yuborilganda
umumiy
ahvoli
yaxshilanib,
gipoglikemik belgilar bartaraf qilinadi.
Hushidan ketishdagi tutqanoqlar bolalarda kam
uchraydi va kelib chiqish sabablari aniq emas. Noqulay
sharoitda, issiq uy yoki xavoda, tor va issiq kiyimda, ko'p
harakatchan, karotid sinusi soxasini yoqalari qisgan
holatda bo'lgan bolalarda ko'proq uchraydi. EKG-da qayd
qilinadigan qisqa muddatli yurak pauzasi tutqanoqqa
sabab bo'ladi.
Teri koplamalarining birdaniga oqarishi. ko'ngil
aynishi. bolani bezovtalanishi, umumiy holsizlik. ter
ajralishining kuchayishi, umumiy mushaklar gipotoniyasi,
ko'z olmalarining yuqo- riga ko'tarilishi. keyin alohida-
alohida mushaklar guruxining tortilishi, bir necha
daqiqadan soatga- cha es-hushini yuqotishi va tutqanoq
boshlanishi bilan kechadi.
Xushdan
ketishdagi
talvasalar
vegeto-tomirlar
yetishmovchiligi, teri qoplamalarini to'satdan oqarishi,
yurak va nafas faoliyatini susayishi, qon bosimining
pasayishi. tutqanoqning birdaniga boshlanishiga qarab
tashxis
qo'yiladi. Tutqanoq
sindromi qayta-qayta
takrorlanganda davo vosita- lariga, tutqanoqqa qarshi
dorilar ham qo'shiladi. EKG, EEG qo'shimcha tekshirish
usullari o'tkaziladi.
Respirator affektiv talvasalarda bola baland qichqirib
yig'laydi, bezovtalanib, nafasi tezlashadi keyin birdaniga
nafasining to'xtashi, teri qoplama- lari va og’iz shilliq
qavatlarining ko'karishi, tonik, toniko-klonik talvasalar
boshlanadi, ba'zida talvasalar kichik formada - qisqa
muddatli es-hushini yo'qotish shaklida namoyon bo’ladi.
Respirator affektiv xurujlarda avval bolaning yig'lashi,
nafasining to'xtashi, asfiksiya. keyin talvasa boshlanadi.
Epileptik tutqanoqda esa avval talvasalar, keyin buning
asorati sifatida apnoe kuzatiiadi. Affektiv respirator
talvasalar qayta takrorlansa talvasaga qarshi dori vositalari
buyuriladi.
Epilepsiya -
tutqanoq MNS-ning organik ka- salligi
bo'lib, qaytalanuvchi tutqanoq xuruji bilan, bolaning his-
tuyg'i, xulq, harakat va sezuv sox-
(Doctor аҳбогоШотал, 2011, №2, Samarqand
asidagi funkciyalar sezilarli darajada o'zgaradigan,
po'stloq neyronlargina qisqa mud- dat hosil bo'ladigan
uchqunlar
natijasida
miya
bioelektrik
ritmining
buzilishlari bilan xarakterla- nadi. Epilepsiya bolalarda 4
baravar ko'proq uch- raydi. Epilepsiya 0-4 yoshgacha
bo'lgan bolalarda 67%, 5-9 yoshgacha bo'lgan bolalarda
20,4%, 10- 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda 22,6%
uchraydi.
Miya turli strukturalarining talvasa bo'sog’asi har xil
bo'ladi,
gippokamp
soxasida
eng
past
bo'ladi.
Neyronlar ko'zg'aluvchanligini
o'zgarishi, ular membranalarining holatiga bog'Iik, chunki
ularda xujayralar zaryadi va ulami sinapslarga berilishini
ta'minlovchi energetik ja- rayonlar kechadi,
Neyronlar ko'zg'alishi bo'sog'asining pasayi- shi
piridoksin yetishniovchiligida bo'lib, bolada injiqlik,
yurish muvozanatining buzilishi kabi bel- giiar ko'rinadi.
Chaqaloqlarda epileptiform talva- salar, EEG-dagi
o'zgarishlar ulaming vitamin B
6
- ga talabi yuqoriligidan
dalolat beradi. Piridoksin almashinuvining tug'ma nuqsoni
ham uchraydi. Vitamin B
6
koferment formasi -
piridoksal’fosfat
biosintezini
ta'minlovchi
piridoksal'kinaza fer- menti aktivligining pasayishi katta
ahamiyatga ega.
Birlamchi asfiksiyadan nobud bo'lgan chaqa- loqlar
limbik tizimida (gippokamp) piridok- sal'kinaza aktivligi
78% ga teng, uzunchoq miya- da 77,2% ga, po'stloqda
68,1% ga pastligi aniq- langan. Homila rivojlanishi
davrida gipoksiya Ho- latlari ko'p bo'ladi, bu homila
asfiksiyasiga olib keladi. Tug'ma nuqson, piridoksinga
bog'liklik vaqtida piridoksinga bo'lgan talab yanada
oshadi.
Epileptiform sindromlar patogenezida endogen va
ekzogen omillardan tashqari MNS-ning ontogenetik
rivojlanishining va bolalar organiz- mining anatomo-
fiziologik xususiyatlari ham ahamiyatga ega. Miya
to'qimasining
gidrofillik
yetilmaganligi,
qo'zg'alish
jarayonlarining tez va diffuz tarqalishi, talvasalaming
tarqalgan shaklda kechishiga olib keladi.
Bolalarda epileptik tutqanoqlar tasnifi
I.
Talvasa tutqanoqlar (grand mal).
1.
Toniko-klonik tutqanoqlar.
2.
Epileptik xuruj.
II.
Kichik tutqanoqlar (petit mal).
1.
Oddiy absanslar.
2.
Murakkab absanslar.
3.
Mioklonik absanslar.
4.
Akinetik absanslar.
III.
O'choqli (parcial) tutqanoqlar.
1.
I larakat tutqanoqlari - Djckson, adversiv, tonik
postural, mioklonik (Kojevnikov epilepsiya- si).
TV. Sezgi tutqanoqlari - soinato-sensor, ko'ruv,
eshituv, hid bilish, ta rn bilish, vestibu- lyar.
V.
Vegeto-viscera! tutqanoqlar.
VI.
Ruxiy patologik tutqanoqlar:
1.
Es-hushini xiraiashuvi.
2.
Avtomatizm.
3.
Idroq eshitishning bu; iiishi tutqanoqlari
VII.
Ikkilamchi tarqaigar tutqanoqlar.
Klinik ko'rinishL
Tarqalgan tutqanoqlar katta va
kichik epileptik tutqanoqlar shaklida ko'rinadi. Katta
epileptik tutqanoqlar birdaniga boshlanadi. Bemor es-
hushini yo'qotadi, yig'laydi, mushaklar tonik qisqaradi,
nafas to'xtaydi, yuz terisi oqaradi, keyin qizaradi
keyinchalik ko'karadi. Bosh orqaga yoki yonga tortiladi,
qorachig'i kengayib yo- rug'likka ta'sir ko'rsatmaydi. Qo'l
tirsak bo'g'imidan bukiladi, barmoqlar mushtlanadi,
oyoqlar yoyiladi.
Tonik bosqich - 1 daqiqa davom etib, klonik
bosqichga o'tadi, bu bosqichda bosh, oyoq va qo'llar
yozilib bukiladi, nafas tiklanib, shovqinli xirillashlar
kuzatilib, ko'karish yo'qoladi, og'izdan ko'pik chiqib
ixtiyorsiz siyib yuboradi. Tutqanoqdan so'ng bemor es-
hushining xiraiashuvi bo'lib keyin uxlaydi. Bemor
uyg'ongandan so ng hech narsani esla olmaydi, umumiy
tanan- ing zirqirashi, holsizlik, tilda og’rik sezadi.
Katta tutqanoqlarning kichik yoshdagi bolalarda
o'ziga xos bo'lgan xususiyatlar shaklida kechadi.
Epilepsiyada quyidagi bosqichlar tafovut qilinadi:
1.
Talvasa xuruj idan oldin (xabar) aura.
2.
Tutqanoq xuruji.
3.
Tutqanoqdan keyingi holat.
4.
Qoldiq belgilar.
1.
Xabar yoki aurada kichik yoshdagi bolalarning
bir nuqtaga tikilib qolishi, qo'rqishi, qorachig'ni
kengayishi,
yuzini
oqarishi
yoki
bezovtalanib,
o'yinchoqlarini uloqtirib, atrofga yordam so'raganday
ko'zlarini katta ochib olazarak bo'lib qarashi kuzatilib
keyin talvasa boshlanadi. Kichik yoshdagi bolalarda
talvasaning tonik fazasi kuzatilmaydi.
2.
Talvasa bosqichida - bolaning bo'yin mushaklari
tortilib, bosh orqaga egiladi, ko'z mushaklarining tortilishi
(nistagm) bo'ladi, barmoqlar mushtlanadi. oyoqlar
tortilgan, yozilgan, ko'krak qafasi ko'tarilgan, nafas
yuzaki, terisi ko'karadi. keng qorachig'lar torayadi. Es-
hushi yo'qoladi, ixtiyorsiz siyishi va axlatining chiqishi
sodir bo'lib, og'zidan ko'pik kelishi ba'zida kuzatiladi,
harorat ko'tarilib keyin pasayadi. Talvasalar 1-2 daqiqa
davom etadi.
3.
Talvasa tugagandan so'ng bolaning bezovtalanib
yig'lashi yoki umumiy mushaklar gipotoniyasi, holsizlik
va uxlab qolishi kuzatiladi.
4.
Bolada o'tuvchi amneziya. so'zlar va gap- larni
talaffuz qilishining qiyinlashuvi bo'ladi. Talvasalar qancha
tez takrorlansa, bola shuncha ruxiy rivojlanishdan orqada
qoladi, o'rgangan ko'nikmalari esidan chiqadi. xotirasi,
eslash qobi- liyati pasayadi.
Akinetik tutqanoqlarda talvasa belgilari bo'lmaydi.
Bola bezovtalanib, hushini yo'qotadi, qorachig’laming
yorug’likka ta'siri bo'lmaydi, umumiy mushaklar
gipotoniyasi, reflekslar su- sayishi ro'y berib 1-5 daqiqa
davom etadi. holsiz- lanibuyquchan bo'ladi.
Kichik epileptik tutqanoqlar (petit ma!) qisqa
muddatli. polifornili chuqur bo imagan talvasalar va
bulardan keyin MNS-da fui’kcionai o'zgar'sh'at bo Imayd;
va 9-10% uchraydi.
Absans - (mavjud emas) bola to'satdan to'xtab qoladi,
nigoxi, yuzi harakatsiz, qisqa muddat es-hushini yo'qotadi,
talvasa belgilari yo'q, qisqa muddat qotib qolganday
bo'ladi, xuruj birdaniga tugaydi, bolaning es-hushi o'ziga
kelib, yana o'ynayotgan o'ynini davom ettiradi. Asosan,
kunduzi bo'lib 40-100 marta takrorlanishi mum- kin. Aql-
idroq buzilmaydi, bu talvasaning xavfsiz, yengil
kechadigan turi hisoblanadi.
Propul'siv tonik talvasa - to'satdan boshni yoki bosh
va tanani oldinga egilishi, qo'lni sadaqa so'raganday
yoyishi. uzatilishi, oyoqni qoringa bukilishi shaklida
kechadi. Klonik propul'siv tal- vasalarda bosh va tanaga
kuchli biror narsa bilan urganday, bemor to'satdan oldinga
yiqiladi va sutkada 5-10 marta takrorlanadi.
Retropul'siv tutqanoqlar - 1-2 yoshdagi bola- larda
uchrab, bolaning to'satdan to'xtab qolishi, to'gri turib,
yuqoriga tikilib qolishi, boshining orqaga tortilishi
kuzatiladi, sutkasiga o'n marta- dan ko'p bo'ladi. Bu
Vofyor axjjorotnomast, 2011, №2, Samarqancf
epilepsiyaning xavfli turiga kirib, ruxiy rivojlanishdan
bolalar tezda orqada qoladi.
Impul'siv talvasalar - erta yoshdagi bolalarda
uchraydi, bunda bolaning qaltirashi, oyoq, qo'I, bo'yin,
tana mushaklarining tortilishi kuzatilib, es-hushi o'zida
bo’ladi. Ko'pincha ertalab uyg'onayotgan vaqtda bo'ladi.
EEG-da tarqalgan epilepsiyada gipersinxron, teta va del'ta
to'lqinlar, kichik epilepsiyada 3 soniya davom etadigan
o'tkir bittadan to'lqinlar qayd qilinadi.
Parcial (abortiv) talvasa - tutqanoqlar chaqa- loqlarda
va erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Yuz, qo'I va oyoq
mushaklarining tortilishi, keyin bo- lani bezovtalanishi
yoki uxlab qolishi bilan kechadi.
O'choqli talvasalar - miyaning bir va o'sha soxasidan
boshlanadi. Bola bezovtalanib, yig'lab. qo'rqqanday
ko'zlarini katta ochib. keyin oyoqla- rining qimirlashi,
mushaklarning
tortilishi
ro'y
berib,
es-hushini
yo'qotmaydi.
Diencefal talvasalar - vegetativ-visceral buzi- lishlar
ya'ni, yurak-qon tomirlar, nafas organlari kasalliklarida
kuzatilib,
taxi-
yoki
bradikardiya,
aritmiya,
termoregulyaciya, so'lak ajralishi, ter ajralishining. teri
rangining o'zgarishlari bilan birga kechadi. Katta yoshdagi
bemorlarda qon bosimining ko'tarilishi yoki pasayishi,
astenik turlari bilan birgalikda uchraydi. Umumiy bezov-
talik, oyoq va qo'llarining qimirlashi, nafasning tezlashuvi,
yuzda katta ter tomchilarining hosil bo'lishi, ichaklar
yurishining tezlashuvi, terining qizarishi, haroratining
ko'tarilishi va talvasa kuzatiladi. Xurujdan so'ng harorat
pasayadi, umumiy mushaklar gipotoniyasi, holsizlik,
uyquchanlik kuzatiladi.
Ruxiy harakat tutqanoqlar - nazoratsiz hara- katlar,
bolaning qo'rqinchli tushlarni ко"rishi, uy- qusida
baqirishi, uyqu holatida to'shakdan turib, uyda yurishi yoki
uydan chiqib ketishi kuzatiladi. Bola uyg'ongandan so'ng
bo'lgan voqealarni eslay olmaydi.
Tashxis qo'yish uchun - chuqur anamnez yig'ish,
qarindosh, oila a'zolaridan talvasalarning kuzatilishi,
MNS-ning
peri-
va
prenatal
zararlani-
shi,
neyroinfekciyalar. miya ichi shikastlanishi, metabolik
o'zgarishlar,
EEG,
KT,
MRT,
PEP,
bioximik,
immunologik
va
maxsus
tekshirish
usullari,
oftal’moskopiya, ko'z ichi bosimi, likvor tekshirishlari,
bosh suyagi rentgenogrammasi in- obatga olinadi.
Epilepsiyani davolash
Epilepsiyani davolashda quyidagi holatlarda dori
vositalari buyurilmaydi:
•
Birinchi marta kuzatilgan alohida epilep- tik
tutqanoq. Umumiy tibbiyot amaliyoti shuni ko'rsatdiki,
dori vositalari ikkinchi tutqanoqdan so'ng buyuriladi.
•
Yengil
sifatli
kechadigan
epilepsiyaning
idiopatik turi. Epilepsiyaning bu turiga: maxsus absanslar,
uyquda kuzatiladigan qisqa chegaralan- gan yoki tarqalgan
mioklonik tutqanoqlar, marka- ziy temporal bitishmalari
bor, bolalik va o'spirinlik davrida uchraydigan ruxiy
harakat epi- lepsiyalar, erta boshlanadigan yaxshi sifatli
okci- pital paroksizmalar kiradi. Bunda bemorning hayot
tarzi, bilim olishi o'zgarmaydi. Dori vositalari somatik
kasalliklari bor yoki jigar va qon ish- lab chiqarish
organlarining zararlanishi xavfi bo'lgan bemorlarga ham
buyuriladi.
•
Avvaliga bir yilgacha juda kam (bir, ikki marta)
takrorlangan, oxirgi tutqanoq va qabul qi- lingan dori
vositasidan so'ng 6 oy o'tgach, EEG- da epileptiform va
chegaralangan
patolcgik
faollik
kuzatilmagan
tutqanoqlarda dori vositalari qo'I Ian ilmaydi.
•
Ongli ravishda bemorning yoki ulaming ota-
onalarining dori vositalari bilan davolashdan voz
kechishiari. Agar epileptik tutqanoqlar xuruji 3 marta
takrorlansa, bemorlar dori vositalarini qabul qilish uchun
rozi bo'lishga majburdirlar.
Epilepsiyaga qarshi dori vositalariga: epilep- siya
turiga, tutqanoq xiliga eng yuqori samara be- radigan
birinchi, ikkinchi. uchinchi va keyingi tanlov vositalari
kiradi.
Izox.
Davo choralari bemorning roziligi bilan
buyuriladi:
Davo vositalari buyurilmaydi
•
Xuruj ikki martadan kam kaytarilmagan- da;
•
Tutqanoqlar yengil kechib, bemorning umumiy
ahvoli, hayot tarzi yetarli o'zgarmay, baxtsiz holatlar xavfi
bo'Imaganda;
•
Tutqanoqlaming orasi bir yildan ortiq bo'Isa;
•
Tutqanoqning avj olishiga ottb keluvchi omillar
ma'him va uni bartaraf qilish mumkin bo'lgan yo'llari aniq
bo’lganda;
Epilepsiyaga qarshi farmakoterapiya bo'yicha butun
jahon vositachilik birlashmasining tavsiya- siga binoan.
epilepsiyani davolashni eng yuqori samaraga va eng kam
nojo’ya ta'sirga ega, tera- pevtik ta'sir doirasi keng bo'lgan
vositasidan bosh lash kerak.
Hozirgi vaqtda val'proat kislota unumi - de- pakin-
xrono shunday dori vositasiga kiradi.
(Dol^tor axfiorotnomasi, 2011, №2, Samarqand
Tavsiya etilgan depakin-xrononing yuqori miqdori
ta'sirida tutqanoqlar soni kamaymasa yo- ki nojo'ya
samara ko'rsatsa, qayta chuqur tekshi- ruvlar o'tkazilib
epilepsiya turi va tutqanoq xili aniqlanib, boshqa dori
vositasi tanlanadi, yoki val'proatning kal'ciyli tuzi - konvul
sofin buyuri- ladi. Oshqozon-ichak faoliyati buzilsa
depakin enterik, bolalarga esa depakin-sirop beriladi.
Izox.
Davo choralari oxirgi tutqanoqdan so'ng 5 yil
mobaynida olib boriladi.
Epileptik xurujda - magniy sul'fat 25% - 0.2 ml/kg
tana massasiga mushak orasiga yoki 20% glyukoza
eritmasiga eritib 1:3 nisbatiga vena ichi- ga yuboriladi.
Vena ichiga 0,1-0,5 ml amitol natriy 20 g amitol natriy 100
ml distillangan suvga eritib yuboriladi. Samara bermasa
ftorotan yoki zakis azotli narkoz beriladi. Diazepam 10-
20% glyukoza eritmasiga eritib sutkasida 2-5 martaga- cha
yuboriladi.
20% GOMK. - oksibutirat natriy 70-100 mg/kg tana
og'irlikda yuboriladi. Miya ichi bosi- mini kamaytirish
uchun lyumbal punkciya qilinib 5-15 ml orqa miya
suyuqligi olinadi. Kislota ish- kor, tuz va suv
muvozanatini inobatga olgan holda infuzion terapiya
o'tkaziladi. Ichki organlar funk- ciyasi ham e'tiborga
olinadi.
Gidrokortizon 5 mg/kg, kal'ciy glyukonat 10% I ml
yoshiga, aminalon, fitin, ATF, lidaza, aloe, pirogenal va
kortikosteroidlar buyuriladi. Erta boshlangan, uzluksiz
davom ettirilgan davo- choralari. talvasa turi, kechishi,
soni.
davomiyli-
gini
kamaytirishga
va
turg'un
reakciyasiga olib keladi. Ammo talvasa MNS-ga chuqur
organik o'zgarishlar chaqirishi mumkin.
Val'proat kislota unumlari (val'proailar)
Apilepsin
(Apilepsin),
KRKA,
Yugoslaviya.
Acediprol (Aced'prol), Organika, Rossiya,
Depakin
(Depakin). Franciya, Bel'giya, Vengnya. Di- promal
(Dipromal), POLVA, Pol'sha.
Konvuleks
(Convulex),
Avstriya. Leiras, Finlyandiya. Kon- vul'sofin, val'proat
kislotaning
kal'ciyli
tuzi
(Convulsofin),
AWD,
Germaniya. Epilim (Epilim), Enkorat.
Konvuleks (val'proat kislota).
Konvuleks - epilepsiyasi bor bemorlarning holatini va
psixik statusini yaxshilaydi, bolalarda dozalash qulay,
Chegaraiangan tutqanoqlarni davolash tartibi
Doctor axforotnomasi, 2011, №2, Sainarqand
bolalardagi epilepsiyani davo- lashda tanlov preparat.
Farmakologik xususiyati.
Konvuleks - tutqanoqqa qarshi dori vositasi. Uning
ta'sir mexanizmi MNSda GABA- tarnsferaza fermentini
ingibirlab, GABA miqdori- ni oshiradi, shu bilan bosh
miya motor zonalarin- ing talvasaga tayyorgarligi va
qo'zg'aluvchanligi kamayadi Val'proat kislota OIT orqali
tez va to'liq suriladi, ichilganda biologik o'zlashtirilishi
-
93%, ovqat maxsulotlari preparatni surilishiga ta'sir
etmaydi, qon plazmasida maksimal koncen- traciyasi 1-3
soatdan keyin (kapsulasi ichilganda - 2-4 soatdan so'ng)
kuzatiladi. 2-4 kundan keyin turg'un koncentraciyaga
erishiladi (dozalash in- tervaliga bog'lik holda).
Preparatning
qon
plaz-
masidagi
terapevtik
koncentarciyasi 50-100 mg/ml.ni tashkil etadi. Val'proat
kislota plazma oqsillari bilan 80-95% bog'lanadi Val'proat
kislota placentar bar'yerdan o tadi, ona suti orqali ajraladi.
Preparat jigarda glyukuronidaciya va ok- sidlanish yo'li
bilan metabolizmga uchraydi. Me- tabolitlari va
metabolizmga uchramagan val'proat kislota (1-3%)
buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri
sog'lom tekshiriluvchilarda, mo- noterapiya o'tkazilgar.da,
8-20 soatgacha, boshqa doriiar bilan qo'shib berilganda 6-
8 soatni tashkil etadi (metabolik fermentlaming
indukciyasi hiso- biga).
Qo'Ilashga ko'rsatmalar:
-
Tarqoq epileptik xurujlar
-
Kichik epileptik tutqanoqlar
-
Oddiy va murakkab simptomatika bilan ke- chadigan
o'choqli (parcial) tutqanoqlar
-
Miyaning organik kasalliklaridagi talvasa sin- dromi
-
Epilepsiya bilan bog'lik bo'lgan xulqning bu- zulishi
-
Bolalardagi febril talvasalar
-
Bolalar tiki
Qarshi ko'rsatmalar:
-
Val'proat kislotaga yuqori sezgirlik bo'Isa
-
Jigar va/yoki oshqozon osti bezi funkciyasi
buzulishlarida
-
Gemorragik diatezlarda
-
Homiladorlikda (I trimestrida)
Salbiy ta'sirlari:
Umuman olganda konvuleksni bemorlar yaxshi
ko'taradi. Salbiy ta'sirlar asosan preparatning qon
plazmasidagi koncentraciyasi 100 mg/Ldan ziyod
bo'lganda yoki boshqa doriiar bilan birga qo'IIanilganda
kuzatiladi.
MNS da:
Holsizlik, ataksiya, tremor, bosh aylanishi, tushkunlik,
karaxtlik.
Qon ishlab chiqarish tizimida:
Ba'zida
-
trombocitopeniya,
neytropeniya,
gipofibrinogenemiya, anemiya. Allergik reakciyalar -
teriga toshma toshishi, ayrim holatlarda - allopeciya, qon
oqish vaqtini uzayishi, gematoma va petexiyalarga
moyillik. xayz ciklini buzulishi.
Konvuleks - neyroleptiklar, antidepressantlar va
alkogolni MNSni tormozlovchi ta'sirini kuchaytiradi.
antikaogulyant
va
antiagregantlarni
(acetilsalicilat
kislotani) samarasini oshiradi. Salicilatlar Val'proat
kislotani oqsil bilan bog'I ikligidan siqib chiqarib, uni
samarasini oshiradi.
Alohida ko'rsatmalar.
Quyidagi bemorlarga konvuleks extiyotlik bilan
buyurish kerak:
-
Anamnezida jigar va oshqozon osti bezi, shuningdek
suyak ko'migi zararlanishi bo'Isa; Buyrak funkciyasi
buzulishi bo'lsa;
-
Tug'ma enzimopatiya bo'lsa;
-
Talvasa xurujlarining og'ir formalarida;
-
Miyaning organik zararlanishlarida;
-
Aqli zaif bolalarga;
-
2 yoshdan kichik bolalarda (jigarni zararlanish xavfi
yuqori bo'lganligi uchun).
Homiladorlikda Qo'llanilishi:
Konvuleks bilan davolanish vaqtida homila-
dorlikdan saqlanish kerak. Preparatning teratogen ta'siri
hayvonlarda
o'tkazilgan
tekshiruvlarda
aniqlangan.
Homildorlikning birinchi uch oyligida konvuleks
buyurmaslik kerak. Agar homilador ayol preparat qabul
qilayotgan bo'lsa, bemor ah- voli yomonlashish xavfi
bo'lsa davolashni to'xtatish tavsiya etilmaydi. Preparatni
eng kicT)! effektiv dozalarda buyurish kerak, boshqa tab.
saga qarshi dori vositalari bilan birgalikda buyui maslik
kerak va preparatning qon plazmasidagi miqdorini doimiy
ravishda nazorat qilib turish kerak. Homiladorlikni
to'xtatish tavsiya etiladi.
Laktaciya davrida
preparatni ehtiyotlik bilan
qo'llash kerak. Jigar. buyrak, qon ishlab chiqaruv- chi
tizim faoliyatini, zardobdagi amilaza, lipaza miqdorini,
plazmadagi azot miqdorini doimiy ravishda nazorat qilish
kerak.
Qonda val'proat kislota (va boshqa talvasaga qarshi
dorilarni) miqdorini monitoring qilish kerak, ayniqsa uni
boshqa doriiar bilan qo'shib qo'IIanilganda.
Konvuleks qabul qilayotgan bemorlar yuqori e'tibor
talab qiladigan, shuningdek tez psixik va harakat
reakciyalari talab etiladigan ishlarni ba- jarmasliklari
kerak. Konvuleksni birdan to'xtatish talvasa xurujlarini
kuchayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborish.
Simptomlari:
komatoz holat (gipo- va areflek- siya
bilan kechadigan) nafasni central susayishi.
Davosi:
oshqozonni yuvish, aktivlangan ko'mir
buyurish, gemodializ. Siydik ajratish, qon- tomir va nafas
olish sistemalarini normal ishlab turishini ta'minlash.
Qo'llanilishi va dozalash.
Konvuleks kapsulalari biroz suyuqlik bilan ovqat
vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan ichiladi.
Konvuleks tomchilari biroz shirin suv bilan, ovqat vaqtida
yoki ovqatdan keyin qabul
<Dolitor axfiorotnomasi, 2011, №2, SamarqancC
qilinadi.
Bolalar uchun konvuleks siropi biroz miqdor- dagi
suyuqlik bilan ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin ichiladi.
Boshlang'ich kunlik dozasi 15 mg/kg tana og'irligiga, doza
klinik
samaraga
erishguncha
(talvasa
xurujlari
yo'qolguncha) haf- tasiga 5-10 mg/kg tana og'irligiga
nisbatan oshirib boriladi. O'rtacha kunlik doza - 30 mg/kg.
qabui qilish soni - 2-3 marta kuniga.
Parcial
epilepsiyada
karbamazepinlar
va
val'proatlardan birini tanlashda, ularning salbiy
■вааааааваааваавЕавваааа
ta'sirlarining ko'p yoki kamligi hisobga olinadi.
Val'proatlarni davolashning erta vaqtlarida yaxshi
qabui qilinadi, teri allergik reakciyalarini chaqirmaydi.
Karbamazcpinni yaxshi qabui qiladigan be- morlarda,
preparatni uzoq qabui qilganda salbiy ta'sirlar kam
kuzatiladi.
Val'proatlarning ta'sir doirasi keng bo'lganligi uchun
noma'lum etiologiyali tutqa- noqlarda tanlov preparat
hisoblanadi.
Epilepsiyaga qarshi asosiy preparatlarning faoliik darajasi
Tutqanoqlar
Preparatlar
Parcial
VG toniko-
klonik
PG toniko-
klonik
Absans- lar
Mioklo- nik
Val'proatlar
•/
•J
у/
✓
v<
Benzodiazepinlar
V
у/
у/
у/
Karbamazepinlar
у/
у/
у/
Fenitoin
V
у/
у/
Fenobarbital
у/
Etosuksiinid
у/
у/
Karbamazepin.
Karbamazepin tutqa- noqqa qarshi
preparat bo'lib, bir vaqtining o'zida talvasaga qarshi va
psixotrop samara ko'rsatadi. Tntqanoqni davolashda
birinchi qatordagi va tanlov preparatiga kiradi. Uni asosiy
davolash vosita- si sifatida ham, boshqa tutqanoqqa qarshi
dori vositasi bilan ham buyurish mumkin. Karbamaze-
pinning psixotrop samarasi tutqanog'i bor odam- larning
boshqalar bilan o'zaro bog'liklikning va ijtimoiy
reabilitaciyasini oshiradi.
Karbamazepin 1957 yilda sintezlangan, keyinchalik
boshqa mamlakatlarda 1963 yilda karbamazepin tutqanoq
xurujlarini
davolash
uchun
ishlatildi.
Bizning
mamlakatimizda karbamazepin 20 yildan ko'proq ishlatib
kelinmoqda va bizga «finlepsin» nomi bilan ma'lum.
Finlepsin sobiq GDR da ishlab chiqarilar edi, hozir ham
Germaniyada ishlab chiqarilyapti va MDX mam-
lakatlarida qo'llanilmoqda. Lekin dunyoda karbamazepin
«tegretal» nomi bilan ma'lum. Hozir o'zimizda ham
qo'llanilyapti, lekin oldin faqat «maxsus kontingent» ga
kiradigan bemorlarga qo'llanilar edi. Hozir recept bilan
aptekalardan erkin xarid qilish mumkin. Rossiyada
karbamaze- pinning ko'p boshqa analoglari ruyxatga
olingan - apo-karbamazepin, gen-karpaz, mazepin,
stazepin, timonil, finlepsin, epial.
Tegretol karbamazepinning boshqa analogla- ridan
qo'llanishi to'g'risidagi to'liq batafsil hujjat- lar borligi,
preparatni uzoq vaqt chuqui o'rganilganligi, chiqarish
shakllarining ko'pligi bilan farq qiladi, bu uni bolalarga
ham qo'llashga qulaylik yaratadi va nojuya ta'sirlar kelib
chiqish extimolligini yaratadi.
Xususiyatlari
- tegretol: bu tutqanoqqa qarshi preparat
bo'lib, bir vaqtining o'zida talvasaga qarshi va psixotrop
samara ko'rsatadi. Tegretolni asosiy davolash vositasi
sifatida boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar bilan
birgalikda ham buyurish mumkin. Tegretolni psixotrop
samarasi bemor- laming odamlar bilan o'zaro munosabati
va ulam- ing ijtimoiy reabilitaciyasining oshishiga olib ke-
ladi.
Uch shoxli nervning essencial nevralgiyasida tegretol
paroksizmal og'riqlar yuzaga kelishini oldini oladi.
Narkotik yoki alkogolli abstinenciya- da tegretol tutqanoq
xurujlari yuzaga kelishini kamaytiradi. Tegretol psixik va
vegetativ simp- tomlarni tez tuzatadi, qandsiz diabetda
tegretol suv balansining tez rekompensaciyasiga olib kela-
di.
Farmakokinetikasi
- karbamazepin tabletka- dan
nisbatan sust ajraladi. Bir martalik qabui qil- gandan
keyin, odatdagi va chaynaladigan tabletka- lar qon
plazmasida 4-24 soatdan keyin, aktiv moddaning
o'zgarmagan holdagi koncentraciya- sining yuqori
nuqtasiga ega bo'ladi. Sirop (shar- bat) qabui qilganda esa
qondagi yuqori koncentra- ciyaga 3 soatdan keyin ega
bo'ladi. Aktiv moddaning so'rilgan miqdoriga kelsak, turli
dori shak- llari o’rtasida farqlar yo'q. Agar uzoq ta'sir
qiluv- chi tabletkalar qayta qabui qiiinsa ular qon plaz-
masida uncha yuqori bo'lmagan koncentraciyani beradi.
Shunday qilib, ular kun davomida qon plazmasida turg'un
koncentraciyani ta'minlaydi, bu sutkalik dozani 2 marta
qabui qilishga imkon beradi.
O'zgarmagan karbamazepinning qon plazma- sidan
yarim chiqarilish davri bir martalik doza qabui qiigandan
keyin 36 soatda, qayta qabui qil- gandan keyin jigar
fermentlarining autoindukciya natijasida yarim chiqarilish
davri o'rtacha 16-24 soatni tashkil qiladi va davolash
davomiyligiga bog'lik bo'ladi. Qo'shimcha boshqa
tutqanoqqa qarshi dori vositalar qabui qilayotgan
bemorlarda, yarim chiqarish davri o'rtacha 9-10 soatni
tashkil
Doctor аҳбопЛпотап, 2011, №2, Satnarqand
etadi. Bir martalik yoki qayta qabul qilinayotgan dozaning
faqat 2-3 foizigina siydik bilan o'zgannagan holda chiqib
ketadi. Asosiy metabo- liti bu farmakologik aktiv 10,11-
epoksid.
Ko'rsatnialar
- tutqanoq, xurujlarning parcial
formalari (oddiy va murakkab simptomatika bilan).
Xurujlarning birlamchi va ikkilamchi tarqal- gan
formalari toniko-klonik komponent bilan. Xu- rujlaming
aralash formalari. Absans tipidagi (petit mal) xurujining
tarqalgan formalarini davolash uchun muljallangan
specifik dori vositalar bilan birga to'ldiruvchi vosita
sifatida.
Dozalash rejinii
- tabletkalar va siropni ovqat bilan
yoki ovqatdan keyin bir oz suyuqlik bilan qabul qilish
kerak.
Siropni
ovqatdan
oldin
qo'llash
kerak.
Chaynaladigan tabletkalarni ovqatdan keyin ozgina
suyuqlik bilan chaynash kerak. Uzoq ta'sir qiladigan
tabletkalarni (butun ho- lida, yoki yarmini) ovqat bilan
yutish yoki bir oz suyuqlik bilan chaynamasdan yutish
kerak.
Bolalarda birlamchi dozani sirop yordamida aniqlash
mumkin. Aniq dozalash uchun upakov- kasida o'ichov
qoshiqchasi bo'lib, to'ldirilsa 5 ml - 100 mg aktiv modda,
o'rtacha to'ldirilganda 1/2 ml - 50 mg aktiv modda bo'ladi.
Tutqanoq -
odatda tegretol va boshqa tutqa- noqqa
qarshi preparatlami boshqa dori vositalami qo'shmasdan
buyurish tavsiya etiladi. Tegretol bilan davolashni kichik
dozalardan boshlab, kerak bo'lgan terapevtik samaragacha
asta-sekin olib borish kerak. Optimal dozani tanlash uchun
qon plazmasidagi dori vositalarning koncentraciyasini
aniqlash maqsadga muvofiq bo'ladi, ayniqsa qo'shma davo
o'tkazayotganda. Beinorni tegretol bilan davolash kursiga
o'tkazayotganda oldin buyurilgan, tutqanoqqa qarshi, dori
vositani doza- sini asta-sekin kamaytirib, keyinchalik
butunlay man qilish kerak.
Kattalar
uchun
o'rtacha
dozasi:
davolash
boshlanishida 200 mg dan kuniga 1-2 marta keyinchalik
optimal samarali dozagacha asta- sekin oshiriladi va 400
mg dan kuniga 2-3 martani tashkil qiladi. Bolalar uchun
urtacha dozasi: davolash boshlanishida 200 mg dan,
kuniga 1-2 marta, keyinchalik optimal samarali dozagacha
asta- sekin oshiriladi va 400 mg dan kuniga 2-3 martani
tashkil etadi.
Bolalar uchun o’rtacha dozasi: tana vazniga 10-20
mg/kg dan kuniga. Ya'ni, - 1 yoshgacha 100-200 mg
kuniga (1-2 ulchovda sirop), 1 yosh- dan 5 yoshgacha 200-
400 mg dan kuniga (2 marta 1-2 ulchov qoshiqchasida
sirop). 6 yoshdan 10 yoshgacha - 400-600 mg kuniga (2-3
marta 2 o'ichov qoshiqchasida sirop), 11-15 yoshda 600-
1000 mg kuniga (3 marta 2-3 ulchov qoshiqchasida sirop)
buyuriladi.
Nojuva ta'sirlari -
tavsiya etilgan dozalarga rioya
qilishsa, tegretolni salbiy ta'siri kam kuzati- ladi. Ba'zi
hollarda, ayniqsa davolash boshlanishida, ishtaxa
yo'qolishi, og'iz qurishi, qayt qilish, ich ketishi, ich
qotishi, bosh og'rigi, bosh aylani- shi, uyquchanlik,
ataksiya, akkomodaciyaning buzilishi, diplopiya, keksa
yoshdagi odamlarda esa, es-hushining xiraligi va
qo'zg'aluvchanlik kabi nojuya ta'sirlar kuzatilishi mumkin.
Bu no- juya ta'sirlar 7-14 kundan keyin o'z-o'zidan yoki
tegretol dozasini kamaytirgandan keyin yo'qoladi. Kam
holatlarda, tegretolning antidiuretik samarasi natijasida,
giponatriemiya kuzatilishi mumkin va u ko'ngil aynish,
qayt qilish, bosh og'rig i va es- hushining xiralashi bilan
kechadi. Allergik teri reakciyalarini alohida holatlari,
isitmalar, eksfolia- tiv dermatit, yomon sifatli ekssudativ
eritema, leykopeniya, trombocitopeniya, agranulocitoz,
aplastik
kamqonlik,
tromboemboliyalar,
yurak
o'tkazuvchanligining buzilishi, gepatit, proteinu- riya va
limfatik tugunlarining kattalashishi kabilar haqida
ma'lumotlar bor.
Boshqa dori vositalari bilan o'zaro hamkor- lisi
-
jigar fermentlari aktivligini oshirib tegretol jigarda
metabolizmga uchraydigan dori vositalar ta'sirini
susaytirishi mumkin. Buni tegretolni boshqa tutqanoqqa
qarshi dori vositalari bilan birga qo'liayotganda c'tiborga
olish kerak.
Eritromicin. tromandomicin va izoniazid kar-
bamazepinning plazmadagi koncentraciyasini oshirishi
mumkin. Maniyalarni davolashda tegretol va litiyni birga
qo'llash samarali bo'lib chiqdi. Lekin, kam hollarda,
orqaga qaytar neyrotoksik simptomlar chaqirishi mumkin.
Tegretol buyurilganda yoki man qilinganda klinik
talablarga
mos
ravishda
peroral
antidiabetik
preparatlarning dozasini o'zgartirish kerak. Tegretol va
boshqa
tutqanoqqa
qarshi
dori
vositalar
bilan
davolanayotganda
gormonal
kontraceptivlarn-
ing
ishonchliligi kainayishi mumkin. Tegretol, boshqa
psixotrop vositalariga o'xshab, alkogolga tolerantlikni
susaytiradi, shuning uchun davolash paytida alkogol'
iste'mol qilmaslik kerak.
Adabiyotlar
1.
Бакунц Г.О., Бурд Г.С., ВаЙнтруб М.Я. и др. Жур. неврологии и психиат., 1995 г., т. 95, №
3,
с. 41-44.
2.
Воронова Т.А. — «Антиконвульсанты в психиатрической и неврологической практики». Под.ред. А.М. Вейна и С.Н.
Мосолова, С-Пб, 1994, стр. 3-30.
3.
Вольф П. - Жур. Невропатологии и психиатрии, 1993 г., № 1, стр. 36-38.
4.
Эди М.Ж., трайрер Дж.Х. - Противосудорожная терапия. М., 1983 г.
5.
Вальпроаты — file/c:/cinema/666666.htm-14.06, 2005.
6.
Фомичев С.И. - 1995, 1996 - «Фонд зашиты детей с эпилепсией 1990-1996».
7.
Усачева Е.Л., С.О.Айвазян и др. - Применение кетогенной диеты в лечении фармакорезистентных эпилепсий. Жур.
Неврологии и психиатрии. 7, 2004 г.
8.
Карлов В.А. - Стратегия и тактика терапии эпилепсии сегодня. Жур.неврологии и психиатрии. 8, 2004
9.
Мухин К.Ю. - Общие подходы и дифференцированное лечение различных форм идиопатической эпилепсии. В кн.:
К.Б. Мухин, А.С. Петрухин - Идиопатические формы эпилепсии: систематика, диагностика, терапия. М. Арт. - Бизнес-
Центр - 2000, 285-318.
10.
Клиническая фармакология. Под общей редакцией академика РАМН, проф. В.Г. Кукеса. Москва 2004, 2008 г.