Государственный долг как важное звено государственных финансов

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
149-151
85
36
Поделиться
Наимов, Ш. (2020). Государственный долг как важное звено государственных финансов. Экономика И Образование, 1(3), 149–151. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/4416
Шохрух Наимов, Ташкентский государственный экономический университет

независимый исследователь

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В этой статье описывается классификация государственного долга, характер и текущее состояние государственного долга, а также способы его управления и способы управления государственным долгом.

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3

149

DAVLAT QARZI – UMUMDAVLAT MOLIYASINING MUHIM BO’G’INI SIFATIDA

Naimov Shоhrux Sharafiddinovich-

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

mustaqil tadqiqotchi -izlanuvchi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davlat qarzining klassifikatsiyasi, davlat tashqi qarzining xususiyatlari va bugungi

kundagi holati uni amalga oshirish, davlat qarzini boshqarish ko’rib o’tilgan.

Kalit so`zlar:

davlat qarzi hokimiyat, kreditor, qarzdorlik summasi, kassa uzilishi, davlat xarajatlari, Maastrixt

mezonlari, qarzni qayta moliyalashtirish, davlat kredit munosabatlari.

Аннотация.

В этой статье описывается классификация государственного долга, характер и текущее

состояние государственного долга, а также способы его управления и способы управления государственным долгом.

Ключевые слова:

орган государственного долга, кредитор, сумма долга, денежные выплаты,

государственные расходы, критерии Маастрихта, рефинансирование долга, государственные кредитные
отношения.

Annotation.

This article describes the classification of public debt, the nature and current state of public debt, as well as

how to manage it and how to manage public debt.

Keywords:

public debt authority, creditor, debt amount, cash payments, government spending, Maastricht criteria, debt

refinancing, government credit relations.

Davlat qarzi hokimiyat va boshqaruv organ-

lari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomon-

dan, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga

keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan ibo-

rat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz

beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi.

Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning
mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mab-

lag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi.

Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari,

ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar

taqdim qilganda yoki kafil bo’lganda, ancha tor

doiradadir. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor

iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish

ham qaytariluvchanlik va to’lovlilik (haq asosida)

sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi

mumkin.

Profеssor A.M.Babichning fikriga ko’ra, dav-

lat qarzi - bu davlat tomonidan qarz olishdan kelib

chiqadigan majburiyat, uchinchi shaxslar majbu-

riyatlari bo'yicha kafolatlar, Rossiya Federatsiyasi

Byudjet kodeksida belgilangan qarz majburiyatlari

turlariga muvofiq boshqa majburiyatlaridir[1].

Rus olimi B.I. Alexin davlat qarzini to'plan-

gan byudjet taqchilligi bilan aniqlaydi. “Davlat

tomonidan qarz olish uchun kontekst soliq-byudjet

siyosati bilan yaratilgan. Agar davlat xarajatlari

uning daromadlaridan oshsa (byudjet kam), unda

qarz olishga ehtiyoj paydo bo'ladi dеgan fikrni olga

suradi[2].

Profеssor Lеbеda K.ning fikricha, davlat

qarzi iqtisodiy rivojlanishning eng yaxshi stimul-

yatori emas va inflyatsiyaning tezlashishiga olib ke-

ladi, ya'ni ular defitsit byudjetlarini himoya qiladi
va ortiqcha byudjet tanqisligi va davlat qarzining

oshishi xavotirini tug'diradi[3].

Bizning fikrimizcha, davlat qarzi

– davlat-

ning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo’yicha

qarzdorlik summasi. Davlat zayomlari

– kredit mu-

nosabatlarining bir turi bo’lib, unda davlat (yoki

uning mahalliy organlari) qarz oluvchi yoki qarz

beruvchi sifatida amal qiladi.

Hozirgi sharoitda davlat qarzining zarurligi

davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari ba-
zasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori

sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa

byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet

xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqti-

sodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyo-

satlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda amalga

oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va

mahalliy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy

tasavvurlar kengayishi va keng ma’noda hamda uni

zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy

bank tizimini ham o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim.

Shu bilan birga, byudjet faoliyati amaliyotida

byudjetga daromadlarni tushish vaqti bilan xara-

jatlarni amalga oshirish vaqti o’rtasidagi farq kassa

uzilishi ko’rinishida vujudga kelishi mumkin. Xara-

jatlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish maqsa-

dida davlat zayomlar va moliya bozoridan mablag’-

larni jalb etishni amalga oshiradi.

Bozor munosabatlari sharoitida davlat

moliya bozorining ishtirokchisi sifatida qarz oladi,

pul mablag’larini qarzga beradi yoki qarz oluvchi-

larning majburiyatlari bo’yicha kafolat beradi, ya’ni

ularning to’lovga qobiliyatsizligi uchun moliyaviy

javobgar hisoblanadi. Pul mablag’larini jalb qilish

davlatning moliya bozoridagi faoliyatining passiv

shakli sifatida tavsiflanishi mumkin. Davlat o’z

ixtiyoriga omonatchilarning vaqtinchalik bo’sh tur-
gan pul mablag’larini olish bilan ularni shartnoma

shartlari bo’yicha belgilangan muddatda qaytarish

va foizlarni to’lash majburiyatlarini oladi. Davlat

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3

150

pul mablag’larini qarzga berishi uning moliya bozo-

ridagi harakatining faol shakli sifatida qaralishi

mumkin. Chunki davlat qarz oluvchilarga mablag’-

larni belgilangan muddatda qaytarish va shu mab-

lag’lardan foydalanganlik evaziga to’lovni amalga

oshirish (foiz to’lash) shartlari bilan beradi.










1-rasm. Davlat qarziga ta’riflar

Davlatning kafolat berish faoliyati Davlat

moliyasi statistikasi Bo’yicha Qo’llanmada (XVJ,
2001 yil) quyidagicha aks ettirilgan: Davlat bosh-

qaruvi sektorining birliklari ko’pchilik hollarda

boshqa birliklar tomonidan olingan qarz majburi-

yatlari bo’yicha kafolatlar beradi. Ko’pchilik hollar-
da kreditor debitor (qarzdor)ga davlat boshqaruvi

sektorining birligi tomonidan qarz bo’yicha kafolat

berilgan taqdirda qarz berishga tayyordir[4]. Qarz-

ning olinishi kreditor tomonidan kafolatni talab

etish imkoniyati yaratiluvchi shartnoma shartlari

qo’llanilishi, davlat boshqaruvi sektori birligi esa

asosiy qarzdor yoki debitor sifatida qarz bo’yicha

majburiyat olinishi sharoitida yuzaga keladi. Shun-

day qilib, qarzni qabul qilishda uch institutsional
birlik qatnashadi – davlat boshqaruvi setori birligi,

kreditor va birlamchi debitor (qarzdor). Davlat

boshqaruvi organlari kreditorga nisbatan yangi

majburiyatni qabul qiladilar, debitorning birlamchi

majburiyati esa tugatiladi. Yangi qarz shartlari bir-

lamchi qarz shartlari bilan bir xil bo’lishi mumkin

yoki kafolatlarni qo’llash natijasida yangi shartlar

kuchga kirishi mumkin.

Davlat kafolatlari shakllari

quyidagilardir:

davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish

organlari yoki soliq organlari tomonidan qonun

hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan byud-

jet ssudalari, tovar kreditlari, imtiyozli kredit va

soliq to’lovining kechiktirilishi ko’rinishidagi inves-

titsion soliq kreditlari.

Moliya bozorida ishtirok etish davlatga tak-

ror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan muhim tar-

moqlar (infratuzilma, uy-joy qurilishi, qishloq xo’ja-

ligi)ni moliyalashtirish orqali moliyaviy imkoniyat-
larni kengaytirishga, ijtimoiy rivojlanishga ta’sir

ko’rsatishga, iqtisodiyotni tartibga solishga imkoni-

yat yaratadi. Ammo, asossiz va samarasiz hamda

ta’minlanmagan pul mablag’larining taqdim etilishi

soliq yukining oshib ketishiga, kapital chiqib keti-

shiga va boshqa salbiy natijalarga (iqtisodiyot to’liq

beqarorlashuvigacha) olib kelishi mumkin.

Ko’pchilik hollarda mamlakatning davlat

qarzini barqarorlik darajasi Maastrixt mezonlari

bo’yicha baholanadi: davlat qarzi YaIMga nisbatan

60 foizdan oshib ketmasligi kerak. Xalqaro tasnif

asosida qabul qilingan ekspertlarning baholashlari

quyidagicha bo’lishi mumkin:

1. Mamlakat katta qarzga ega, agar:

xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi

YaMM ning 80 foizdan oshib ketsa;

xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eks-

portning 220 foizdan oshib ketsa.

2. Mamlakat o’rtacha qarzga ega, agar:

xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi

YaMMning 48-80% doirasida bo’lsa;

xizmat ko’rsatilayotgan qarz summasi eks-

DAVLAT QARZI

moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi

...ning o’ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha
moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi

davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan
iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va kafil sifatida
ham maydonga chiqadi

...da miqdoriy jihatdan mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi.
Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar
taqdim qilganda yoki kafil bo’lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir)

...ning zarurligi davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga
nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida
rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2020 № 3

151

portning 132-220% doirasida bo’lsa.

O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha davlat

qarzi

– bu davlat tomonidan ichki mablag’ni va

xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga

kelgan O’zbekiston Respublikasi majburiyatlarining

yig’indisidir.

Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish

– bu aktivlarni ichki manbalardan (rezident yuridik

va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning

natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluv-

chi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z

kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi

majburiyatlari vujudga kelishi

bo’lib, uning natija-

sida davlat ichki qarzlari

paydo bo’ladi.

Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qi-

lish

-

aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlat-

laridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro

tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida

O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatida-

gi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini

(qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari

yuzaga kelishi

bo’lib, uning natijasida davlat tashqi

qarzlari

paydo bo’ladi.

Har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

tomonidan keyingi yilga Davlat byudjetini qabul qi-

linishi bilan birga davlat ichki va tashqi qarzlari-

ning yuqori chegaralari ham tasdiqlanadi.

O’zbekistonda davlat qarzining paydo bo’li-

shi va oshib borishiga olib keluvchi faoliyat huku-

mat – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-

si va u tomonidan belgilangan vakolatli organlar

tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan

ichki va xorijdan mablag’ jalb qilish

quyidagi

maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:

1) Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor

yo’nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya

dasturlarini moliyalashtirish;

2) Davlat byudjeti daromadlari bilan xara-

jatlari o’rtasida tushumlar vaqtga ko’ra muvofiq

emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni

to’g’rilash;

3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;

4) byudjet taqchilligini moliyalashtirish;

5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vazi-

yatlar tufayli mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarni qop-

lash;

6) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa

maqsadlar.

Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga

qaytarish va haq (to’lov, to’lash) asosida mablag’-

larni taqdim etib, kreditor (qarz beruvchi) sanalsa,

unda amalga oshirilishi lozim bo’lgan operatsiyalar

hajmi ancha kamayadi (pasayadi).

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olin-

gan qarzlarni uzish (qaytarish) yoki ularning bosh-

qa majburiyatlarini bajarish javobgarligini davlat

o’z zimmasiga olgan holatda, u kafilga aylanadi.

Markazlashtirilgan pul fondlarining o’lchamiga be-

vosita ta’sir ko’rsatuvchi kredit munosabatlarining

dastlabki ikki ko’rinishidan (qarz oluvchi va kre-

ditor) farq qilgan holda davlat tomonidan kafolat-

ning berilishi o’sha markazlashtirilgan pul fondi-

ning, albatta, o’zgarishiga olib kelmasligi mumkin.

Agar qarzdor o’zining zimmasiga yuklatilgan maj-

buriyatlar bo’yicha to’liq hajmda va o’z vaqtida

hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil hech qanday

qo’shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq

amaliyotda etarli darajada ishonchli bo’lgan qarz

oluvchilar davlat kafolatiga muhtoj bo’lmaydi. Ular

mustaqil ravishda kredit bozoridan mablag’larni

jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat kafolatlari

etarli darajada ishonchli bo’lmagan qarz oluvchi-

larga nisbatan qo’llaniladi va bu narsa shunga mos

ravishda, markazlashtirilgan pul fondidan xarajat-

larning o’sishiga olib keladi.

Davlat qarzlari hisobidan xarajatlarni mo-

liyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar miqdori

oshmaydi va uning og’irlik yuki ortmaydi. Aks hol-

da, ya’ni xarajatlarni moliyalashtirishga davlat to-

monidan qarzga olingan mablag’lar jalb qilinmasa,

bu narsani, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda,

faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning og’irlik

yukini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin.

Shuning uchun ham keyin – olingan kreditlar qay-

tarilayotgan (uzilayotgan) paytda - soliqlar ularni

to’lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo’yicha

foizlarni uzish (qaytarish) uchun ham olinadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, davlat qarzi

orqali davlat kredit munosabatlariga kirisha turib,

u ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda pul muomala-

sining ahvoliga (holatiga), pullar va kapitallar bo-

zoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab chi-

qarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko’rsatadi. Iqti-

sodiyotni tartibga solish instrumenti sifatida davlat

kreditidan ongli ravishda foydalanib, davlat u yoki

bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.

Manba va adabiyotlar:

1.Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы. - М.: ЮНИТИ, 2000. - 405 c
2.

Алехин Б.И. Государственный долг. Учебное пособие –М.: «ЮНИТИ-ДАНА», 2007. Стр. 307.

3. Лебеда К. Бюджетный дефицит и государственный долг: проблемы моделирования / К. Лебеда // Теория и

практика управления. - 2005 - №5.стр.45

4.

Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008

МОЛИЯ ВА СОЛИҚЛАР

Библиографические ссылки

Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы. - М.: ЮНИТИ, 2000. - 405 c

Алехин Б.И. Государственный долг. Учебное пособие –М.: «ЮНИТИ-ДАНА», 2007. Стр. 307.

Лебеда К. Бюджетный дефицит и государственный долг: проблемы моделирования / К. Лебеда // Теория и практика управления. - 2005 - №5.стр.45

Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2008

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов