Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №
6
158
TASHQI OMIL TA’SIRINI BAHOLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Umurzaqova Zamira Salijanovna -
Andijon mashinasozlik instituti,
assistеnt
Annotatsiya
maqolada hozirgi kunda biznes faoliyatini qo’llab–quvvatlashning istiqbollari bo’yicha nazariy-amaliy
takliflar ishlab chiqish orqali ular faoliyatini rivojlantirish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Kalit so’zlar:
siyosiy omil, iqtisodiy omil, ecologik omil, raqobat, demogragik omil, inson omili.
Аннотация.
В статье показаны пути развития деловой активности на основе разработки теоретических и
практических предложений о перспективах их поддержки сегодня.
Ключевые слова
:
политический фактор, экономический фактор, экологический фактор, конкуренция,
демографический фактор, человеческий фактор.
Annotation.
The annotation article shows the ways to develop the current business by developing theoretical and
practical proposals on the prospects of their support.
Keywords.
political factor, economic factor, environmental factor, competition, demographic factor, human factor.
Korxona tuzilishiga, uning yo’nalishiga,
tayyorlanadigan mahsulotning yillik xajmi, turi,
uning ko’p-ozligi, ya’ni ixtisoslashish darajasi xar
yilgi o’zgaruvchanlik darajasi, mahsulotning xu-
susiyatlari ta’sir qo’rsatadi. Shularga asoslangan
holda dastgohlar hamda ularning joylashishi
ham belgilanadi.
Odatda mahsulot turi kam bo’lgan korxona
tuzilishi oddiy bo’ladi. Engil sanoat, yog’ochni
qayta ishlash va qurilish materiallari sanoat tar-
moqlarida ishlab chiqarishning nisbatan oddiy
texnologiyasi qo’llaniladi, murakkab bo’lmagan
mahsulot ishlab chiqariladi. Murakkab mahsulot
tayyorlaydigan mashinasozlik zavodlarining
tuzilishi o’ziga yarasha murakkab bo’ladi.
Korxona tuzilishi o’zgaruvchan bo’lib, unga
bozor talabi, ijtimoiy mehnat taqsimotini chu-
qurlashuvi, texnika taraqiyoti va ishlab chiqarish
hamda mehnatni tashkil etish darajasi, mutaxas-
sislarga xizmat qo’rsatish kabi omillar ta’sir
etadi.
Ishlab chiqarish tuzilishini tanlash yoki
yaxshilash vazifasi yangi korxonalarni qurish,
mavjud korxonalarni qayta qurollantirish, ularni
yangi turdagi maxsulotlarni ishlab chiqarishga
tayyorlash va ixtisoslashish darajasini oshirish,
davrida xal etiladi. Korxonalar tuzilishini loyiha-
lashtirishda ishlab chiqarishni kombinatsiyalash-
tirish ko’zda tutiladi, natijada xom ashyodan
komрleks foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Maqsad – yuqori unumdorlikka ega bo’lgan tex-
nikani joriy etish, undan samaraliroq foydala-
nish, ma’muriy boshqarish, yordamchi va xizmat
qo’rsatuvchi ishlar salmog’ini, quvvat birligiga
to’g’ri keladigan ka’ital qo’yilma miqdorini ka-
maytirish, yuqori malakali kadrlardan foydala-
nish imkoniyatini kengaytirishdir.
Sanoat korxonasi tuzilishining o’zgarishiga
ixtisoslashish darajasi katta ta’sir ko’rsatadi. Ixti-
soslashtirilgan korxonalarda cheklangan turdagi
mahsulot ko’’ hajmda ishlab chiqariladi, bu esa
buyumli, o’zaro bog’langan sex va bo’linmalar
tuzish imkoniyatini kengaytiradi.
Yirik korxonalarda, ixtisoslashtirilgan xiz-
mat qo’rsatuvchi korxonalar, ishlab chiqarish
bo’g’inlarini tashkil etish imkoni yaratiladi, u o’z
navbatida yordamchi sexlar tuzilishiga ta’sir
ko’rsatadi.
Asosiy ishlab chiqarishni mexanizatsiya-
lashtirish, xizmat qo’rsatish va ishlab chiqarish
vositalarini tayyorlash ishlarining hajmini oshib
ketishiga olib keladi. Bozor sharoitida korxona-
dagi yordamchi jarayonlarni mexanizatsiyalash-
tirish, yordamchi sexlarni ixtisoslashish darajasi-
ning sustligi ularga xizmat qiluvchi maxsus ixti-
soslashtirilgan korxonalarni tashkil etishni ta-
qozo etadi.
Korxonada ishlab chiqarish bo’g’inlarini
bir-biriga mutanosib (‘ro’ortsional) bo’lishi. Ish-
lab chiqarish tuzilishini o’timal darajada ekan-
ligini qo’rsatadi.
Kichik korxonalarda ishlab chiqarish tu-
zilishini takomillashtirish, ularni sexsiz tuzilish-
ga o’tish bilan bog’liq bo’ladi va ixtisoslashish da-
rajasini oshirib, boshqarish harajatlarini kamay-
tiriladi.
Shunday qilib ishlab chiqarish tuzilishini
takomillashtirish yo’llari quyidagilardir:
Sexlar va ishlab chiqarish uchastkalari
tarkibini, ularni yirikligi, quvvatini to’g’ri tan-
lash;
Korxonani yaratish bo’yicha general
(bosh) loyihaga qo’ra sex va omborlar ma’lum
tartibda, ketma-ketlikda joylashtirilishi zarur;
МЕНЕЖМЕНТ ВА МАРКЕТИНГ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №
6
159
Yuk tashuvchi transport vositalari
ishlab chiqarishni normal borishiga xalol
bermagan xolda korxona ichida eng qisqa
masofada harakat qilishini ta’minlash, marshrut
sxemasini tuzish;
Tarmoqlarda ishlatiladigan xom ashyo,
materiallar xususiyatini hisobga olish;
Buyumlarning konstruktsiyasini mu-
rakkabligi yoki oddiyligini hisobga olish;
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va
kooperativlashtirish shakllarini inobatga olish.
Korxona uzoq davr xizmat qilishi, ishlab
chiqarish faoliyati sharoitlarini o’zgartirishi, fan-
texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga qo’llash,
yangi xil mahsulotlarni ishlab chiqirishni
o’zlashtirishi, ishlab chiqarishni rekonstruktsiya
qilish va kengaytirishi natijasida uning ishlab
chiqarish tuzilishi ham albatta o’zgaradi. Bunda
uni yaxshilashning asosiy yo’llari quyidagilar:
Sex va uchastkalar soni va yirikligini
o’zgartirishda o’timallikni ta’minlash;
Asosiy, yordamchi va xizmat qo’rsatuv-
chi sexlar orasida quvvatning, xodimlar sonining
ratsional darajada bo’lishini ta’minlash;
Korxona faoliyatini rejalashtirishda
o’timallikni ta’minlash;
Ixtisoslashtirish va kooperativlashtiri-
shni ratsional tashkil etish.
Hozirgi davr sharoitida ko’’gina korxona-
larning tuzilishida bozor munosabatlari bilan
bog’liq bo’lgan yangi bo’limlar: yangi mahsulot
ishlab chiqaradigan tajriba sexlari, ishlab chiqa-
rishni takomillashtirish uchun yangi mashina va
uskunalar tayyorlanadigan avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirish sexlari, marketing mar-
kazi, tashqi iqtisodiy faoliyat bo’limlari tashkil
etilmoqda.
Korxonalar strategiyasini takomillashtiri-
shi lozim.
Bu yerda quyidagi tadbirlarni amalga
oshirilishini tavsiya etamiz:
1. Tashqi bozorga chiqish mexanizmini
ishlab chiqish;
2. Bozorga chiqarilayotgan mahsulot turla-
rini kengaytirish;
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash
va diversifikatsiyalash sharoitida tashqi omillar
ta’sirini baholash mezonlarini takomillashtirish-
ni maqsadga muvofiqdir deb hisobladik. Chunki
hozirga qadar biz tashqi omillar ta’siriga umumiy
holda qarab, umumiy holda baho berib keldik.
Davrning o’zgarishi tadbirkorlik va biz-
nesni alohida chuqur tarkibiy o’zgarishlar, diver-
sifikatsiyalash va integrallashuv jarayonlarini
chuqurlashuvi tashqi omillarga baho berish jara-
yonida inobatga olishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan biz tashqi omillar
ta’sirini yuqoridagi jarayonlarga bog’lagan holda
baholash yuzasidan o’zimizning takliflarimizni
tavsiya etamiz.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayo-
ni bir so’z bilan aytilganda undani sifat tarkibiy
o’zgarishlar hisoblanadi.
Tashqi omillarning biri tarmoqni rivoj-
lantirish tendensiyasi bo’lsa, bugungi barcha
tarmoqlar o’zining bozordagi mavqeini saqlab
qolish maqsadida boshqa turdagi noturdosh
tarmoqlarga kirib bormoqda.
Shunday ekan, ularning ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotlari tirkibi o’zgarib, sanoat
xarakteriga ega bo’lmagan mahsulotlar ishlab
chiqarishga to’g’ri kelmoqda.
Diversifikatsiyalash – bu mavjud imkoni-
yat, resurs va salohiyatdan oqilona foydalanish,
bozordagi kon’yunkturaviy o’zgarishlarni munta-
zam o’rganish asosida faoliyat yo’nalishlarini qis-
man yoki to’la o’zgartirishdir. Bunda, tez o’zga-
ruvchan bozor sharoitlariga oson va ortiqcha
xarajatlarsiz moslashish ta’minlanishi zarur.
Bu yeda yangi turdagi mahsulotlar ishlab
chiqarishni kuchayishi soni birlik. Bu joriy yilda
iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda
yaratilgan yangi turdagi mahsulotlar, soni.
Tashqi omillar orasida raqobat alohida
o’rin tutadi. Chunki bozor iqtisodiyoti qanchalik
chuqurlasha borgan sari raqobat holati ham
keskinlasha boradi.
Bu yerda hissadorlik jamiyati mavqeini
mustaxkamlash yo’lida raqobat strategiyasini
to’g’ri tanlashi zarur bo’ladi ya’ni holatdan kelib
chiqqan holda raqobatda ustunligini saqlab qo-
lish uchun xujumkorlik strategiyasidan foydala-
nilsa, raqobat ustunligini himoya qilish uchun
mudofaa strategiyasidan foydalanganlik ma’qul
hisoblanadi.
Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoiti-
da korxonalar 100% tola quvvat bilan ishlay
olmaganligi sababli, Prezident koronavirusning
iqtisodiyotga salbiy taʻsiri va global inqirozni
yumshatish boʻyicha Farmon imzoladi [1.1-бет]
Global iqtisodiyot tizimining bir qismi
boʻlgan Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur
omillar taʻsir qilmoqda, bu esa oʻz navbatida
ushbu holatning salbiy taʻsirlarini yumshatish
boʻyicha samarali oldini oluvchi choralar koʻri-
shni talab qiladi. Koronavirus infektsiyasi tarqa-
lishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-
xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz
ishlashini taʻminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni
ragʻbatlantirish, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-
quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin
МЕНЕЖМЕНТ ВА МАРКЕТИНГ
Иқтисодиёт ва таълим / 2020 №
6
160
pasayib ketishining oldini olish maqsadida,
cho-
ralar koʻrilmoqda. Jumladan;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10
trln soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish
jamgʻarmasi tashkil etildi, quyidagilar orqali tad-
birkorlikni va aholi bandligini qoʻllab-quvvatdi:
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlan-
tirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivoj-
lantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyat-
ga ega isteʻmol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib
olish va sotish uchun berilgan kreditlar boʻyicha
foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kom-
pensatsiya taqdim etishni kengaytirish;
respublika hududlarida iqtisodiy faollikni
va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qoʻshim-
cha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish,
shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida
muhandislik kommunikatsiyalarini qurish;
Korxonalar kelgusida ishlab chiqarish sa-
maradorligini yanada oshirish maqsadida tashqi
omillardan foydalanish yuzasidan takliflar:
-
korxonada xar bir alohida ashqi omillar
ta’sirini baholagan holda maqsadli dasturlar
ishlab chiqish;
-
iqtisodiyotni tartibga solish maqsadida,
hududning alohidalik xususiyati, tarmoqning
rivojlanish tendentsiyasi, raqobat holati, sotish
shartlari va boshqa tashqi omillarni inobatga
olgan holda ularni baholash mezonlarini takomil-
lashtirish;
-
jamiyatni tashqi bozorga chiqish mexa-
nizmini ishlab chiqish, ya’ni eksport salohiyatini
yuksaltirish;
-
bozorga chiqarilayotgan mahsulotlar
assortimentini kengaytirish;
-
korxona ishlab chiqarish strategiyasini
takomillashtirish, turdosh va noturdosh tarmoq-
larga kirib borishga erishish;
-
korxonada ishlab chiqarishni moderni-
zatsiyalash va diversifikatsiyalashni qat’iyat
bilan davom ettirish zarur.
Xulosa qilib aytish mumkinki,
ishlab
chiqarishni yuqori sur’atlar bilan o’sishiga ta’sir
etuvchi omillar va uning tarkibini o’rganish,
tashqi va ichki omillarni iqtisodiyotga salbiy
taʻsiri va global inqirozni yumshatish boʻyicha
dasturlar ichlab chiqib, muommolarni bartaraf
etish lozim.
Manba va adabiyotlar ro’yxati:
1.
Ortiqov A.A.Sanoat iqtisodiyoti Darslik. –T.:Sano-Standart, 2014-304b
2.
Махмудов Э.Х. Экономика промышленных предприятий. Учебник –Т.: Иктисоиёт-2015, -370с.
3.
Ulashev I. O., Atamuradov SH. A. “Korxona iqtisodiyoti va menejmenti”. –T.:Tafakkur bo‘stoni, 2013
4.
5.
МЕНЕЖМЕНТ ВА МАРКЕТИНГ