Вопросы оценки уровня эффективного использования ресурсов

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
142-146
12
2
Поделиться
Давлятова, Г. (2021). Вопросы оценки уровня эффективного использования ресурсов. Экономика И Образование, (3), 142–146. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/economy_education/article/view/7198
Гульнара Давлятова, Ферганский политехнический институт

к.э.н., доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассматриваются вопросы экономического использования ресурсов предприятия. В качестве примера приводится конкретное предприятие, в котором оценивается уровень использования материальных ресурсов и подчеркивается их влияние на конечный результат деятельности предприятия

Похожие статьи


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

142

Davlyatova Gulnora Muxammadjonovna -

Farg’ona politexnika instituti, i.f.n., dotsent

RESURSLARDAN TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANISH DARAJASINI

BAHOLASH MASALALARI

Annotatsiya.

Maqola tejamkorlikni ta’minlash masalalariga qaratilgan. Iqtisodiy resurslardan foydalanishda

tejamkorlikni ta’minlash masalasining muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi fikrlar bayon etilgan. Aniq korxona misolida
material resurslardan foydalanish darajasiga baho berilgan holda ularning korxona pirovard natijalariga ta’siri yoritib
berilgan.

Kalit so’zlar

:

tejamkorlik, vaqtni tejash, resurslar, iqtisodiy samaradorlik, sarf me’yori, material resurs

Давлятова Гульнара Мухаммаджоновна -

Ферганский политехнический институт к.э.н., доцент

ВОПРОСЫ ОЦЕНКИ УРОВНЯ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ РЕСУРСОВ

Аннотация.

В статье рассматриваются вопросы экономического использования ресурсов предприятия. В

качестве примера приводится конкретное предприятие, в котором оценивается уровень использования
материальных ресурсов и подчеркивается их влияние на конечный результат деятельности предприятия.

Ключевые слова:

экономия, экономия времени, ресурсов, рентабельность, норма расхода, материальный

ресурс

Davlyatova Gulnara Mukhammadjonovna -

Fergana Polytechnic Institute, candidate of economic

sciences, Associate professor

ISSUES OF ASSESSING THE LEVEL OF EFFECTIVE USE OF RESOURCES

Annotation.

The article deals with the issues of economical utilization of resources of enterprise. As an example, the

level of use of material resources of a specific enterprise is assessed and their impact on the final results of the enterprise is
emphasized.

Key words:

economy, saving time and resources, profitability, consumption rate, material resource.

Kirish.

Iqtisodiy sohada islohatlarni yanada

chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-

fevraldagi PF-4947-sonli farmoniga ko’ra 2017-

2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlanti-

rishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Hara-

katlar strategiyasi” dasturi ishlab chiqilgan bo’lib,

strategiyaning 136–bandida “sanoat tarmoqlaridagi

yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan maxsulot
larning tannarxini o’rtacha 8 foizga qisqartirish va

raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi

kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu

jumladan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni

yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chi-

qarishda energiya samaradorligini oshirish, texno-

logik jarayonlarni optimallashtirish”[7] vazifasi

belgilangan bo’lib ushbu vazifani ijobiy hal qilish

ishlab chiqarish korxonalari uchun ahamiyatlidir.

Maxsulot tannarxini kamaytirishning asosiy yo’lla-

ridan biri unga sarflangan resurslardan oqilona foy-

dalanish bo’lib hisoblanadi.

Mamlakatimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy

islohotlar bilan bog’liq ijtimoiy ishlab chiqarish va

resurslar iste’moli jarayonini tashkil etish usullarini

bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirish dol-

zarb vazifaga aylandi. Ayniqsa, mavjud iqtisodiy

resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish muhim

yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Zero, tadqiqotchi-

larning fikriga ko’ra, mehnat buyumlariga sarflana-

digan xarajatlarni atigi 1 foizga qisqartirish orqali

iqtisodiy samaraning milliardlab so’mga oshishiga

erishish mumkin.

Tejamkorlik muammosining tobora dolzarb

ahamiyat kasb etib borishi sayyoramizdagi tabiiy

resurslar zaxirasining kamayib borishi bilan ham

izoxlanadi. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib,
barcha metall zaxiralarini sarflab bo’lishi bashorat

qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy

570, mis 29, rux 23, qo’rg’oshin 19 yilga yetishi

taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan

avlod ham ishlab chiqarishda qo’rg’oshin, ruh, oltin,

kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish

muammosiga duch kelmoqda[1].

Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni

energoresurslar: neft, gaz, ko’mir bilan ta’minlash

muammosi ham alohida muammo bo’lib qolishi

extimoldan holi emas[1].

Ilmiy adabiyotlar tahlili.

Resurs turlari va

ulardan samarali foydalanish masalalari bo’yicha

xorijlik olimlarning fikr-mulohazalari atroflicha o’r-

ganilgan. Iqtisodchi olim A. Baygulova o’z ishlarini

resurlardan samarali foydalanishga tasir etuvchi

omillarni va resurslardan tejamli foydalanishni ifo-

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

143

dalovchi ko’rsatkichlar tizimini yoritib berishga qa-
ratgan.

O’zbekistonda

taniqli

olimlarimiz

Sh.Shodmonov va U. G’afurovning ilmiy tadqiqot

ishlarida resurlar turlari va ularni tejab-tergab ish-

latish masalalari ham o’rganilgan bo’lib, xususan,

ularning fikricha “cheklangan iqtisodiy resurslardan

oqilona foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruv-

chi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, re-

surslar va maxsulot larni to’g’ri taqsimlash yo’llarini

topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil

etadi” deb ta’kidlangan [2].

Asosiy qism.

Ma’lumki, iqtisodiy nazariyada

iqtisodiy tizimlar ishlab chiqaruvchi kuchlarniig

rivojlanish darajasi bilan bog’liq holda o’rganiladi.

Iqtisodiy tizimlar turlicha bo’lishiga qaramay, ular-

ning barchasida tejamkorlik iqtisodiyotniig asosiy

masalasi bo’lib, u vaqt o’tishi bilan tobora kuchliroq

ahamiyat kasb etib boradi. Chunki, insoniyat exti-

yojlarining o’sib borishi natijasida ularni qondirish

uchun yaroqdi bo’lgan iqtisodiy, ayniqsa tabiiy

resurslarning nisbatan kamayib borishi ro’y beradi.

Ayni paytda, fan-texnika taraqqiyoti natijasida re-

surslardan foydalanishning muqobil yo’l va usullari

paydo bo’lib, inson tomonidan yaratilgan resurs-

lardan foydalanish imkoniyatlari kengayib borsada,

tabiiy resurslarni takror hosil qilish imkoniyati
cheklanganligicha qolaveradi.

Ma’lumki, sobiq rejali iqtisodiyot davrida

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali xo’jalik

faoliyatini ta’minlaydigan muhim omil sifatida vaqt-

ni tejash qonuniga ko’proq e’tibor qaratildi, qator

ilmiy tadqiqotlar ham shu masalaga bag’ishlandi.

Lekin hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda

vaqtni tejash qonuni bilan bir qatorda “tejamkorlik

qonuni” kabi ibora ham ishlatilmoqda. Ushbu

qonunlar borasida turlicha qarashlar mavjud. Ayrim

iqtisodchilar vaqtni tejash qonuniga ustuvorlik ber-

salar, boshqalari tejamkorlik qonunining dolzarbli-
gini ta’kidlaydilar. Tejamkorlik qonuni mazmunan

vaqtni tejash qonunidan kengroq hisoblanadi. Vaqt-

ni tejash qonuni faqat mehnat jarayoniga tegishli

bo’lib, inson iqtisodiy faoliyati davomida mazkur

qonunga amal qilishi talab etiladi. Mehnat sarflari

ish vaqti sarflari birligida ifodalanadi, shunday

ekan, mehnatni tejash ish vaqtini tejash demakdir.

Tejamkorlik qonuni esa mehnat jarayonidan

kengroq doirani qamrab oladi va inson mehnati

singmagan, hali inson qo’li yetmagan tabiiy boylik-

lar, iqtisodiy resurslarni tejash, atrof-muhit muho-

fazasi bilan bog’liq munosabatlarni ham o’z ichiga

oladi. Tejamkorlik inson faoliyatining barcha jabxa-

larida, asosan, bevosita mehnat jarayonida, uning

mehnat buyumlariga ta’sirida hamda bu jarayonda

iqtisodiy resurslarni sarflash va foydalanishda na-

moyon bo’ladi. Tejamkorlik ayniqsa mehnat jarayo-

nida ko’proq yuz beradi, bunda jonli mehnat sarfini

qisqartirish ko’zda tutiladi. Ma’lumki, sarflangan
mehnat miqdori ish vaqti bilan o’lchanadi va shu

sababga ko’ra jonli mehnat sarfini qisqartirish ish

vaqtini tejash shakliga ega bo’ladi. Ish vaqtini tejash

yaratiladigan moddiy yoki ma’naviy ne’matlar,

iste’mol qiymatlari bir birligidagi jonli mehnat

salmog’ini qisqartirishda va ish vaqti yo’qotishlarini

kamaytirishda o’z ifodasini topadi. Shuningdek,

tejamkorlik yordamida yo’qotishlarga, mehnat

vositalarining qisman yoki to’liq yemirilishiga olib

keluvchi turli sabab yoki holatlarni bartaraf qilish

yo’li bilan ularda buyumlashgan mehnatni tejash

mumkin. Shunday qilib, tejamkorlik natijasida bir

vaqtning o’zida ham jonli, ham buyumlashgan

mehnatni o’zida mujassamlashtiradigan butun

ijtimoiy mehnat sarfi tejaladi. Tejamkorlik vaqtni

tejash ob’ektiv iqtisodiy qonunining namoyon

bo’lish shaklidir. Chunki vaqtni tejash qonuni

umumiqtisodiy qonunlar tizimiga kirsa, tejamkorlik

ham barcha iqtisodiy tizimlarda namoyon bo’ladi.

Iqtisodiyotda mehnat sarfini tejash - bu

vaqtni tejashdir. Tejamkorlikning vaqtni tejashda

ifodalangan uning barcha shakllaridagi ichki aloqa-

lari insoniyat taraqqiyoti asosida yotadi, chunki

alohida individ uchun ham jamiyat uchun ham

uning rivojlanishining, iste’moli va faoliyatining har

tomonlamaligi vaqtning jamg’arilishiga bog’liq
bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, jamiyat bug’doy,

go’sht va hokazolarni ishlab chiqarishga qanchalik

kam vaqt sarflasa, boshqa ne’matlarni ishlab chiqa-

rishni kengaytirishga yoki ma’naviyat olamini, ma-

daniyatni rivojlantirishga bo’sh vaqt imkoniyatlari

shunchalik ko’proq ochiladi. Vaqtni tejash, demakki,

mehnatni ham tejashning asosiy omil va manbalari

tovar ishlab chiyarish soxasidadir. Tejamkorlikka

erishishni ta’minlovchi omillar mehnat unumdorli-

gining o’sishida o’z ifodasini topadi va u vaqtni te-

jashning asosiy unsuri hisoblanadi.

Mehnat unumdorligi mehnatning tejalishini

ta’minlaydi, chunki u o’sgan holda maxsulot ishlab

chiqarishga sarflanadigan mehnat miqdorining

pasayishi kuzatiladi yoki aksincha, bir birlik mehnat

xarajatlarida maxsulot ishlab chiqarishning o’sishini

o’zida mujassamlashtiradi. Bunda jonli yoki buyum-

lashgan yoxud jami mehnatning tejalishi yuz beradi.

Hozirgi zamon ishlab chiqaruvchi kuchlarining amal

qilish jarayoni uchun jonli va buyumlashgan meh-

nat nisbatidagi o’zgarishlar bilan boruvchi mehnat

unumdorligining o’sishi xosdir. Bunda jonli mehnat

salmog’i kamayadi, buyumlashgan mehnat salmog’i

nisbatan o’sadi, bir birlik maxsulotda mujassam-

lashgan mehnatning umumiy miqdori esa kamaya-

di. Jonli mehnatning ko’proq unumli mehnatga

aylanishining bunday qonuniyati ishchi tomonidan

mehnat qurollari, xom ashyo, energiya, materiallar-

ning katta miqdorda qo’llanishi natijasida amal

qiladi. Jonli mehnat sarflarining ular tomonidan

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

144

harakatga keltiriladigan buyumlashgan mehnatga
nisbatan kamayishi ishlab chiqarishning rivojlanishi

va mehnat sarfini tejashda shaxsiy omil rolining

kamayishini bildirmaydi.

Fikrimizcha, tejamli foydalanish tushunchasi-

ning barcha resurslarga nisbatan ishlatilishi maz-

munan resurslarning isrofgarchilikka yo’l qo’ymay,

ma’lum me’yorlarga muvofiq holda ishlatilishini

anglatadi. Resurslardan tejamli foydalanish, odatda,

oqilona va samarali foydalanishdan farqli o’laroq,

bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan cheklanmay,

balki butun takror ishlab chiqarish bosqichlarini

qamrab oladi. Umuman olganda, resurslarni tejash

maxsulot birligiga ketayotgan xarajatlarning pasayi-

shi, resurslardan foydalanish darajasining ijobiy

tomonga o’sishi sifatida aniqlanadi. Bundan tashqa-

ri, “resurslarni tejash” tushunchasi ularning sama-

rali iste’moli natijasida olinadigan foyda, natijani

ham taqozo etadi. Resurslar tejamkorligiga ikki

tomonlama, ya’ni mutlaq va nisbiy tejamkorlik nuq-

tai-nazaridan yondashish mumkin. Mutlaq tejam-

korlik maxsulotni ishlab chiqarish va iste’mol qilish

jarayonida uning tarkibiga kiruvchi jonli va buyum-

lashgan mehnat miqdorining kamayishi darajasini

tavsiflaydi. Biroq, bunda ishlab chiqarilgan maxsu-

lotning naflilik darajasi va qiymati o’zgarmaydi. Nis-

biy tejamkorlik tushunchasi ostida jonli va buyum-
lashgan mehnat xarajatlari nisbatan barqaror bo’l-

gan sharoitda ishlab chiqarishning foydali natijalari,

ya’ni qiymat hajmining o’sishini ta’minlash jarayo-

nini tushunish zarur. Shuning uchun resurslar te-

jamkorligi muammosining hal qilinishi iqtisodiyot-

ning samarali rivojlanishi uchun juda muhimdir.

Tejamkorlik darajasini baholash nisbiy tarzda

amalga oshiriladi. Agar jamiyat yagona individdan

iborat bo’lsa, uning hatti-harakatini tejamkorlik

nuqtai-nazaridan baxolash mumkin bo’lmas edi.

Shunga ko’ra, tejamkorlik - jamiyat ijtimoiy-iqtiso-

diy taraqqiyotining muayyan darajasida barcha re-

surslardan tejamli foydalanish bo’yicha iqtisodiy
munosabat bo’lib, ishlab chiqarish samaradorligini

ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Iqtisodiy

samaradorlik ham “xarajatlar - ishlab chiqarish”

muammosini o’z ichiga oladi. Aniqroq aytganda,

iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish jarayonida

qo’llaniladigan taqchil resurs birliklari yig’indisi va

iste’mol tovarlari yig’indisi o’rtasidagi aloqani tav-

siflaydi[6]. Sarflangan xarajatlar hajmidan olingan

maxsulot ning ortiqligi samaradorlikning o’sishini

anglatadi.

Iqtisodiyotning real sektorida faoliyat ko’rsa-

tayotgan har qanday korxonada ishlab chiqarish-

ning samaradorligini resurslar tejamkorligi asosida

ta’minlash, uni rivojlanishining intensiv yo’liga

o’tkazish orqali maxsulotlarning raqobatbardoshli-

gini oshirish hozirgi davrning eng dolzarb vazifala-

riga aylangan.

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jara-

yonlarining natijasi hamda samaradorligi ularning

material resurslar bilan ta’minlanganligiga ham

bevosita bog’liqdir. Chunki korxonalarda yara-

tilayotgan maxsulot larning hajmi, sifati ulardagi

material resurslarining yetarli bo’lishi hamda ular-

dagi tejamli foydalanishni taqozo etadi[5]. Korxona-

da material resurslardan foydalanishni baholash

uchun uning faoliyatini chuqur va har tamonlama
tahlil etishning ahamiyati juda kattadir. Ushbu maq-

sadda tadqiqot ob’ekti sifatida olingan poyafzal

ishlab chiqaruvchi kichik korxonada material re-

surslardan foydalanish darajasiga baho berildi.

Tadqiqot ob’ekti sifatida olingan korxona

moddiy sig’imi katta bo’lgan tarmoqlar jumlasiga

kirganligi tufayli ularda materiallardan foydalanish-

ni tahlil etish asosida materiallarning iqtisod qilish-

ning ichki imkoniyatlarini aniqlashning ahamiyati

kattadir[2].

Tahlil maqsadida quyidagi jadval ma’lumot-

laridan foydalanildi.

1-jadval

Korxonada material resurslardan foydalanishning tahlili

Ko’rsatkichlar

O’tgan yil

Hisobot

yili

Farqi

Mutlaq(+-)

Foizda

1

Maxsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi, m.s.

1134087,9 918539,7

-2155482

-19,0

2

Material xarajati, m.s.

620346

510509

-109837

-17,7

3

Material qaytimi so’m(1:2)

1,828

1,799

-0,029

-1,6

4

Material sig’imi, so’m (2:1)

0,547

0,556

+0,009

+1,6

5

Maxsulot tannarxi, m.s.

1071909

869283,5

-202625,5

-18,91

6

Material xarajatlarining maxsulot tannarxidagi ulushi (2:5)

0,578

0,578

+0,009

+1,6

Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga ko’ra hiso-

bot yilida korxonada material resurslaridan foyda-

lanish darajasi bir muncha yomonlashgan. O’tgan

yilda maxsulotning material qaytimi, ya’ni, 1 so’mlik

moddiy harajatga to’g’ri kelgan maxsulot 1,828

so’mni tashkil etgan bo’lsa, hisobot yilida bu ko’r-

satkich 1,799 so’mga teng bo’lib, 0,029 so’mga
(1,799-1,828) yoki 1,6 %ga kamaytirilgan. Shu

davrda material sig’imi ko’rsatkichi 0,009 so’mga

yoki 1,6 %ga oshirib yuborilgan.

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan foydalan-

gan holda materiallar miqdori va ulardan foydala-

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

145

nish darajasining maxsulot hajmining o’zgarishiga
ta’siri hisoblanadi.

Maxsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi

hisobot yilda o’tgan yilga nisbatan 215548,2 ming

so’mga kamaygan. Bunga quyidagilar ta’sir ko’rsat-

gan:

-

maxsulot hajmining kamayishiga material

sarfining o’zgarishining ta’siri:

(510509-620346)*1.828 = -200752 ming so’m

-

maxsulot hajmining o’zgarishiga material

qaytimi farqining ta’siri:

(1,799-1,828)*510509=4814 ming so’m

-

ikkala omilning ta’siri

-200752+(-14804)=215556 ming so’m

Ushbu kattalik hisobot yili va o’tgan yildagi

maxsulot hajmlari orasidagi farqqa deyarli teng.

Demak, korxonada hisobot yilida maxsulot ishlab

chiqarish va sotish hajmiga material harajatlar va

materiallardan foydalanish darajasining ta’siri

salbiy bo’lgan. Tahlilni korxonada material sarfi

me’yorlariga rioya qilish holatini baholashda davom

ettirish mumkin bo’ladi.

Ma’lumki, korxonalarda material harajatlar

ular sarfining o’rnatilgan me’yorlariga asosan amal-

ga oshirilashi lozim. Material sarfi me’yori deganda

1 birlik maxsulot (ish, xizmat) ga ketadigan material

absolyut sarfining maksimal yo’l qo’yib bo’ladigan
kattaligi tushuniladi.

Fikrimizcha, maxsulot yaratishda material

sarfi me’yorlariga amal qilinmasa, ya’ni material-

ning haqiqiy sarfi me’yordan ortiqcha bo’lsa, max-

sulot ishlab chiqarish hajmi materiallar yetishmas-
liga tufayli kamayadi va maxsulot tannarxi oshib

ketadi. Materiallar haqiqiy sarfi me’yordagidan

kichik bo’lsa, tejalgan materiallardan qo’shimcha

hajmda maxsulot ishlab chiqarish imkoniyati yara-

tiladi.

Yuqoridagi o’zgarishlarni quyidagicha aniq-

lash mumkin:

1.

Maxsulot birligi uchun belgilangan mate-

rial sarfi me’yoriy o’zgarish haqiqiy sarfi bilan

solishtiriladi.

2.

Bir maxsulotdan olingan iqtisod yoki

ortiqcha harajat haqiqatda ishlab chiqarilgan max-

sulot hajmiga ko’paytirilib, umumiy iqtisod yoki

ortiqcha sarf hisoblanadi.

3.

Materialni sarflashda sodir bo’lgan umu-

miy iqtisod yoki ortiqcha harajat material sarfi

me’yoricha taqsimlanadi.

Shu tariqa umumiy iqtisod tufayli qancha

qo’shimcha maxsulot ishlab chiqarilishi yoki ortiq-

cha sarf tufayli qancha maxsulot yo’qotilganini xi-

soblandi.

Tadqiqot ob’ekti sifatida olingan korxonada

material sarfi me’yorlarini bajarilishini tahlil qilish

uchun bir juft erkaklar tuflisi tannarxi kalkulyat-

siyasidagi asosiy va yordamchi materiallar sarfini

yoyilmasi ma’lumotlaridan foydalanildi.

Oyoq kiyimi tannarxida charm materiallari-

ning ulushi salmog’li bo’lgani sababli tahlil ushbu

material sarfi bo’yicha amalga oshirildi.

2-jadval

Materiallardan sarf me’yorlari bo’yicha foydalanilishini tahlil qilish

Ko’rsatkichlar nomi

Kattaligi

1

1 juft tufliga sarf qilinadigan charm materiali kv.dts
Me’yor bo’yicha
Haqiqatda
Farqi

19,20
19,76
+0,56

2

Haqiqatda ishlab chiqarilgan maxsulot hajmi, juft poyafzal

10000

3

Iqtisod (-), ortiqcha sarf(+), maxsulot umumiy hajmi bo’yicha kv dts

+5600 (+0,56*10000)

4

Kam ishlab chiqarilgan maxsulot miqdot juft

291 (5600:19,2)

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinishi-

cha, korxonada bir juft erkaklar poyafzaliga sarfla-

nishi kerak bo’lgan charm materialining o’rtacha

me’yori 19,20 kv dts bo’lgani holda haqiqatda 19,76

kv dts sarflangan. Oqibatda bir juft oyoq kiyimligiga

me’yordagdan 0,56 kv dts ortiqcha sarf qilinib,

korxona bo’yicha umumiy ortiqcha harajat 5600 kv

dts tashkil etgan. Buning natijasida oyoq kiyimi

ishlab chiqarish hajmi 291 juftga yoki qiymat

ifodasida 25027 ming so’mga (291*86) kamaytirib

yuborilgan (bunda 86 ming so’m -1juft oyoq

kiyimining o’rtacha tannarxi). Bundan tashqari 1 kv

dts charmning narxi 6200 so’mni tashkil etishini

hisobga olgan holda bir juft oyoq kiyimining tan-

narxi 0,56*6200=3472 so’mga oshirilgan. Natijada

ishlab chiqarilgan barcha maxsulotlar tannarxi

3472*10000=34720 ming so’mga oshirib yuboril-

gan. Demak, korxonada material resurslaridan

foydalanish darajasi ham o’tgan yildagiga nisbatan

ancha pasaygan. Korxonada resurslar tejamkorligi-

ga bo’lgan etiborni tubdan yaxshilash kerakligi

korxona faoliyati tahlilidan yaqqol ko’rinib turibdi.

Natijalar yoki yakuniy qism.

Fikrimizcha,

tadqiqot ob’ekti sifatida olingan korxonada tejam-

korlikni ta’minlashning moddiy resurslardan oqilo-

na foydalanishga bevosita bog’liqligini e’tiborga

olib, uning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni

ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:

-

resurslar tejamkorligini ta’minlashning

ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullariga o’tish;

-

resurslar tejamkorligini maqsadli dasturlar

asosida tashkil qilish, resurslarni tejash siyosatining

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ


background image

Иқтисодиёт ва таълим / 2021 йил, 3-сон

146

miqdoriy aniq maqsadlarini ishlab chiqish va ularga
tashkiliy-texnik chora-tadbirlar, birinchi navbatda

FTT yutuqlarini qo’llash asosida erishishni tashkil

qilish;

-

mehnat intizomini o’stirish;

-

barcha turdagi resurslar tejamkorligini iqti-

sodiy va ma’naviy jixatdan rag’batlantirish xamda

xo’jasizlik va isrofgarchilik uchun javobgarlikni

oshirish (bu esa resurslar tejamkorligiga ta’sirchan

rag’bat hisoblanadi);

-

moddiy resurslardan tejamli foydalanishni

rag’batlantirish;

-

kadrlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish,

o’qitish, resurslar tejamkorligi soxasidagi ilg’or

tajribalarni umumlashtirish va tarqatish.

Ayniqsa, hozirgi vaqtda barcha tarmoq kor-

xonalarida me’yorlashtirish holati iqtisodiyotning

rivojlanish talablariga jovob bermaydi. Ilg’or texni-

ka va texnologiyadan foydalanish asosidaishlab

chiqarishni tashkil etishni yaxshilash jarayonida

hamma vaqt barcha me’yorlarni almashtirishga

yetarli e’tibor berilmayapti. Bu holat ishlab chiqa-

rish samaradorligini ancha kamaytirmoqda. Shu-

ning uchun sanoat korxonalarida me’yorlashtirishni

tashkil etish holatini o’rganish va uni yaxshilash im-

koniyatlarini aniqlash dolzarb masala bo’lib hisob-

lanadi. Texnik va ilmiy jihatdan asoslangan me’yor-

lar tizimini ishlab chiqish asosida mehnat va mod-

diy resurslardan tejash imkoniyati yaratiladi.

Manba va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Shodmonov Sh., G’afurov U. “Iqtisodiyot nazariyasi” darslik TDIU 2009. 529 b.

2.

Sevarakhon Abdullaeva.

Improving of organizational mechanism of leasing

. //

Scientific Bulletin of Namangan

State University – 2019. Doi

https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu

3.

Abdullaeva Sevarakhon K.Hasanovna /

Issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries

. //

JournalNX

– 2020.

VOLUME 6, ISSUE 12

Doi

https://media.neliti.com/media/publications/335549-issues-of-ensuring-economic-stability-

in-de5aaaf9.pdf

4.

G.M. Davlyatova, C.X. Abdullaeva. (2019)

Systemic principles and regularities of commercial enterprise as a socio-

economic system

. //

Journal of Economy and Business., (6-1). p.95. Doi https:// dx.doi.org /10.24411 /2411-0450-2019-10827.

https://cyberleninka.ru/article/n/18235040

5.

Gafurova F.S., Davlyatova G.M. (2019) Identification and mobilization of reserves of the rational use of resources as

a factor of increasing production efficiency. Problems of modern science and education., 12 (145) Part 1. P.52. Doi https://
portal. issn. org/resource/ISSN/2413-4635

6.

To’ychieva O., Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari. Namangan Davlat Universitetining Ilmiy

axborotnomasi 2019. 8-son

7.

2017-2021 yillarda O’zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar

strategiyasi. https://lex.uz/docs/

Allaeva Gulchexra Jalgasovna –

PhD, Toshkent davlat texnika universiteti “Sanoat

iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi dotsenti

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOQILGI-ENERGETIKA KOMLEKSI BARKAROR

RIVOJLANISHNI METODOLOGIYASI

Annotatsiya.

Maqolada O'zbekiston Respublikasi yoqilg'i-energetika kompleksi tarmoqlarining barqaror rivojlanishining

asosiy omillari rasmiylashtirildi. Energetika korxonalarini barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

usullari taklif qilingan. Yoqilg'i-energetika kompleksi korxonalarini ishlab chiqarish jarayonidagi roliga muvofiq ko'rsatkichlarning
barcha guruhlarini hisobga olgan holda barqaror rivojlanish metodikasi taklif etildi. Respublikaning yoqilg'i-energetika kompleksini

samarali rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Kalit so'zlar:

barqaror rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, atom energetikasi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiya

tejash, energiya samaradorligi, yoqilg'i-energetika kompleksi.

Аллаева Гульчехра Жалгасовна -

PhD, доцент кафедры «Экономика и

менеджмент промышленности» ТашГТУ

МЕТОДОЛОГИЯ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ТОПЛИВНО-

ЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО КОМПЛЕКСА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В статье рассмотрены основные факторы устойчивого развития отраслей топливно-

энергетического комплекса Республики Узбекистан. Предложены методы и пути совершенствования организационно-

экономического механизма устойчивого развития предприятий энергетики.

Предложена методология устойчивого

развития предприятий топливно-энергетического комплекса, учитывающая все группы показателей в соответствии с их

ролью в процессе производства.

Разработаны научно-обоснованные предложения по стратегии эффективного развития и

реформированию топливно-энергетического комплекса республики.

Ключевые слова:

устойчивое развитие, цифровая экономика, атомная энергетика, возобновляемые источники

энергии, энергосбережение, энергоэффективность, топливно-энергетический комплекс.

САНОАТ ИҚТИСОДИЁТИ

Библиографические ссылки

Shodmonov Sh.t G'afurov U. "Iqtisodiyot nazariyasi" darslik TDiU 2009. 529 b.

Sevarakhon Abdullaeva. Improving of organizational mechanism of leasing. // Scientific Bulletin of Namangan State University - 2019. Doi https://uziournals.edu.uz/cqi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu

Abdullaeva Sevarakhon K.Hasanovna / issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries. //JournalNX - 2020. VOLUME 6, ISSUE 12 Doi https://media.neliti.com/media/nublications/335549-issues-of-ensurina-economic-stabilitv-in2.de_5gggJ9.p_df

G.M. Davlyatova, C.X. Abdullaeva. (2019) Systemic principles and regularities of commercial enterprise as a socioeconomic system. // Journal of Economy and Business., (6-1). p.95. Doi https://dx.doi.org /10.24411 /2411-0450-2019-10827. https;//cyberleninkcLru/article/n/18235040

Gafurova F.S., Davlyatova G.M. (2019) Identification and mobilization of reserves of the rational use of resources as a factor of increasing production efficiency. Problems of modern science and education., 12 (145) Part 1. P.52. Doi https:// portal, issn. org/resource/lSSN/2413-4635

To'ychieva 0., Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalari. Namangan Davlat Universitetining Ilmiy axborotnomasi 2019.8-son

2017-2021 yillarda O'zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. https://lex.uz/docs/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов