LEAN MANAGEMENT: КАК СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЯМИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВО

CC BY f
18-24
12
2
Поделиться
Маматов , С. (2023). LEAN MANAGEMENT: КАК СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЯМИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВО. Предпринимательства и педагогика, 5(1), 18–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/entrepreneurship-pedagogy/article/view/22062
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье раскрыта роль концепции “бережливого управления”, одной из современных концепций организации управления на сельскохозяйственных предприятиях, в эффективном управлении ресурсами на промышленных предприятиях, а также даны предложения по ее внедрению. Были проанализированы теоретические и практические взгляды на”бережливое управление " и полностью освещены его элементы.

Похожие статьи


background image

18

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

IJTIMOIY FANLAR

Mamatov Sardor

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

E-mail:

s.mamatov@dtpi.uz

UDK: 005.8:005.341

LEAN MENEJMENT: QISHLOQ XO’JALIGI KORXONALARINI

SAMARALI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI


LEAN MANAGEMENT: КАК СОВРЕМЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ

ЭФФЕКТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ ПРЕДПРИЯТИЯМИ СЕЛЬСКОГО

ХОЗЯЙСТВО

Маматов Сардор

Денауский институт предпринимательства и педагогики

E-mail:

s.mamatov@dtpi.uz

Ключевые слова:

эффективное управление
ресурсами, бережливое
управления, экономичное
производство, принципы
управления, поток единичных
изделий, Канбан, TPM,
система 5S, SMED, Кайдзен.

Аннотация.

В статье раскрыта роль концепции

“бережливого управления”, одной из современных
концепций

организации

управления

на

сельскохозяйственных предприятиях, в эффективном
управлении ресурсами на промышленных предприятиях, а
также даны предложения по ее внедрению. Были
проанализированы теоретические и практические взгляды
на”бережливое управление " и полностью освещены его
элементы.

LEAN MANAGEMENT: AGRICULTURE AS A MODERN CONCEPT

OF EFFECTIVE ENTERPRISE MANAGEMENT

Mamatov Sardor

Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy.

E-mail:

s.mamatov@dtpi.uz

Keywords:

efficient resource

management, Lean
Management, economical
production, management

Annotation.

The article reveals the role of the Lean

Management Concept, One of the modern concepts of the
organization of Management in agricultural enterprises, in the
effective management of its resources in Industrial enterprises,

Kalit so‘zlar

: resurslarni

samarali boshqarish, Lean
Menejment, tejamkor ishlab
chiqarish, menejment
tamoyillari, Yagona buyum
oqimi, Kanban, TPM, 5S
tizimi, SMED, Kaydzen.

Annotatsiya.

Maqolada Qishloq xo’jaligi korxonalarida

boshqaruvni tashkil etishning zamonaviy konsepsiyalaridan
biri bo‘lgan “Lean Menejment” konsepsiyasining Sanost
korxonalarida resurslarini samarali boshqarishdagi roli ochib
berilgan hamda uni joriy etish bo‘yicha takliflar keltirilgan.
“Lean Menejmentga”ga doir nazariy va qarashlar tahlil etilib,
uning elementlari to‘liq yoritib berilgan.


background image

19

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

principles, Single item flow,
Kanban, TPM, 5S system,
SMED, Kaizen.

as well as offers for its introduction. The theory and views
on”Lean management " were analyzed and its elements were
fully covered.

Kirish

Qishloq xo’jaligi korxonalari boshqaruvida zamonaviy konsepsiyalarni joriy

etish o‘ta dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Shu o‘rinda Prezidentimiz
Sh.Mirziyoev o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 —
2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarorida qishloq xo‘jaligini barqaror suv resurslari
bilan ta’minlash, suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash va suv tejovchi
texnologiyalarni keng joriy etish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash
bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishdir”- deb ta’kilab o‘tgan edi [1]
hamda Davlatimiz rahbari bu haqda 2020-yil 24-yanvardagi murojaatnomasida aytgan
edi. “paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu
mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich
o‘tamiz. agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda
erkin bo‘lmaydi, ular o‘zlari kutganlaridek manfaat ko‘rmaydi, hokimlarning esa ish
uslubi o‘zgarmaydi”, degan edi shavkat mirziyoyev [2].

Shu bilan bir qatorda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy

iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishning zarurligi 2020-2030 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini Qishloq xo’jaligi soxasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor
vazifalar belgilab olindi. Ushbu ustuvor vazifalarning ijrosi har bir tashkilot va soxa
vakillari oldiga yangicha boshqaruv konsepsiyalarini joriy etishni taqozo etadi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida faqatgina kam xarajat qilgan holda yuqori daromad olish
imkoniyatiga ega samarali korxonalargina raqobatga bardosh bera oladilar. Qishloq
xo’jaligi xarajatlari ikkita omil: tashqi va ichki omillarga bog‘liq [3].

Tashqi omillarga Qishloq xo’jaligi o‘z ta’sirini ko‘rsata olmaydi, ya’ni ular

natijasida yuzaga keluvchi xarajatlarni kamaytira olmaydi. Ichki omillar natijasida
yuzaga keluvchi xarajatlarga esa Qishloq xo’jaligi o‘z ta’sirini o‘tkazishi, ya’ni uni
kamaytirishi mumkin. Qishloq xo’jaligi korxonalari resurslarini boshqarish aynan
Qishloq xo’jaligi uchun ichki omil hisoblanadi va shu sababdan, resurslarni samarali
boshqarishni tashkil qilish Qishloq xo’jaligi korxonalari ixtiyorida bo‘ladi. Shu
jihatdan qaraganda Korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda resurslarni samarali
boshqarish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qishloq xo’jaligi korxonalari resurslarini boshqarishning ko‘plab metodlari

mavjud bo‘lib, mazkur maqolada “Lean Menejment” (Tejamkor boshqaruv)
konsepsiyasining mohiyatini tahlil qilish va unda belgilangan tamoyillarni
korxonalarda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish asosiy maqsad
qilib olingan.

“Lean Menejment” konsepsiyasiga doir adabiyotlar sharhi.


background image

20

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Resurslarni samarali boshqarish xo‘jalik sub’ektlarining asosiy vazifalaridan

biridir. Iqtisodiyotning bosh masalasi, ya’ni resurslarning cheklanganligi sharoitida
cheksiz ehtiyojlarni to‘laroq qondirish har bir davlat, korxona va uy xo‘jaliklari oldiga
ham resurslardan samarali foydalanishni zarur qilib qo‘yadi.

“Lean Menejment” atamasi ilk bor Jon Krafchik tomonidan kiritilgan bo‘lib,

tejamkorlik bilan ishlab chiqarish ma’nosini anglatadi. O‘zbekistonlik olimlar orasida
mazkur mavzuda ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar mavjud emas va bu atama
iqtisodiy adabiyotlar uchun yangi atama hisoblanadi [4].

Ushbu atamaning paydo bo‘lishi va rivoji avtomobilsozlikka borib taqaladi.

Yaponiyaning Tayota kompaniyasi AQSh kompaniyalarining avtomobilsozlikdagi
tajribalarini o‘rgangan holda uni takomillashtirdi va natijada TPS (Toyota Production
Systems – Tayota ishlab chiqarish tizimi) ni yaratdi. Keyinchalik AQShning
avtomobilsozlik kompaniyalari Tayota kompaniyasining tajribalarini amaliyotga tatbiq
eta boshladi. Ba’zi adabiyotlarda “Lean Production” atamasi TPS (Toyota Production
Systems), ya’ni “Toyota ishlab chiqarish tizimi” deb ham ataladi. Keyinchalik J.
Layker [5], AQSh sanoat korxonalarining tajribalarini tahlil qilish asosida tejamkor
ishlab chiqarishni bosqichlarga ajratdi (bu haqda batafsil to‘xtalamiz). Tejamkor ishlab
chiqarishga doir ilmiy ishlarda Tayiti Ononing ilmiy qarashlari alohida e’tiborga loyiq
bo‘lib, takror ishlab chiqarish mobaynida yuzaga keladigan yo‘qotishlarni bartaraf
etish orqali tejamkor ishlab chiqarishga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning
qarashlari keyinchalik L. Jeffri hamda Jeyms Vumak va Daneel Jonslar tomonidan
takomillashtirildi [6].

Tadqiqot metodologiyasi

Maqolani yozishda induksion yo‘nalish tanlangan bo‘lib, ilmiy bilishning

dialektik, tahlil, mantiqiylik va tarixiylik kabi usullar orqali muammoni ochib berishga
harakat qilingan. Tadqiqot muammosi Qishloq xo’jaligida mavjud umumiy holatlarni
kuzatish orqali qo‘yilgan. Tadqiqot uchun zarur axborotlar asosan xorijiy
adabiyotlardan olingan.

Resurslarni samarali boshqarishning zamonaviy yechimlari tahlili: “Lean

Menejment” konsepsiyasining mohiyati

Resurslarni samarali boshqarish bo‘yicha amaliyotda muvaffaqqiyatli

qo‘llanilib kelinayotgan: TQM (Total Quality Management – Umumiy Sifat
Boshqaruvi), JUST-IN-TIME (o‘z vaqtida), RP (Resource Planning – resurslarni
rejalashtirish), ERP (Enterprise Resource Planning – korxona resurslarini
rejalashtirish), CSRP (Customer Synchronized Resource Planning – resurslarni
mijozlar bilan sinxron rejalashtirish), CR (Continuous Replenishment – uzluksiz
to‘ldirib borish) kabi ko‘plab logistik konsepsiyalar mavjud. Shu kabi zamonaviy
konsepsiyalardan yana biri – “Lean Production” (Tejamkor ishlab chiqarish)
konsepsiyasidir.

“Lean Menejment” konsepsiyasida asosiy e’tibor takror ishlab chiqarish

jarayonidagi barcha turdagi yo‘qotishlarni doimiy ravishda bartaraf etishga qaratilgan.

Mahsulot yaratilishining har bir bosqichida uning oxirgi iste’molchi uchun

qiymatini baholash – konsepsiyaning asosiy belgisi sifatida ajratib ko‘rsatiladi.


background image

21

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

Konsepsiyaga muvofiq korxonaning faoliyati iste’molchilar uchun qiymat

qo‘shuvchi ya’ni mahsulotning tannarxini oshiruvchi operatsiya va jarayonlardan
tashkil topgan. Shu bois resurs talab qiluvchi, lekin qiymat qo‘shmaydigan har qanday
harakat yoki bosqichni bartaraf etish konsepsiyaning asosiy vazifasi qilib olingan.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek konsepiya takror ishlab chiqarish davomida

yuzaga keladigan barcha yo‘qotishlarni bartaraf etishni nazarda tutadi. Xo‘sh takror
ishlab chiqarish jarayonidagi yo‘qotishlar nima?

Tayiti Ono quyidagi 7 xil yo‘qotishlarni ajratib ko‘rsatadi.
1. Ortiqcha ishlab chiqarish natijasidagi yo‘qotishlar;
2. Kutish natijasida vaqtning yo‘qotilishi;
3. Keraksiz tashuvlar natijasidagi yo‘qotish;
4. Ishlov berish bosqichlarining ortiqchaligi natijasidagi yo‘qotishlar;
5. Ortiqcha zaxiralar tufayli yo‘qotishlar;
6. Keraksiz ko‘chishlar natijasidagi yo‘qotishlar;
7. Nuqsonli mahsulot ishlab chiqarish natijasidagi yo‘qotishlar.
Tayiti Ononing fikricha asosiy yo‘qotish bu ortiqcha ishlab chiqarish

natijasidagi yo‘qotishlar bo‘lib qolgan yo‘qotishlar uning natijasida kelib chiqadigan
yo‘qotishlardir [7] .

Djefri Layker o‘zining “Dao Tayota” kitobida yana bir yo‘qotish
Xodimlarning amalga oshirilmay qolgan badiiy salohiyatlari natijasidagi

yo‘qotish turini qo‘shgan [8].

Yana boshqa xorijiy adabiyotlarda yo‘qotishlarning boshqa turlari:

uskunalarning buzilishi, texnik xizmat ko‘rsatilishi, qisqa to‘xtalishlar natijasidagi
yo‘qotishlar singari jami 16 ta yo‘qotish turi ham keltirib o‘tiladi [9].

“Lean Menejment” mohiyatan beshta bosqichni o‘z ichiga oladi.

1. Muayyan mahsulotning qiymatini aniqlash;
2. Ushbu tovar qiymati yaratilishi bosqichlarini aniqlash;
3. Mahsulot qiymati yaratilishi bosqichlarining uzluksizligini ta’minlash;
4. Iste’molchini mahsulotga intilishiga undash (sifatga asosiy e’tibor qaratish

orqali);

5. Mukammallikka intilish.

Ushbu bosqichlarning har biri mahsulotning qiymati bilan bog‘liq. Shu boisdan

ham yuqorida ta’kidlaganimizdek mazkur konsepsiyaning mohiyati iste’molchi uchun
qiymat qo‘shuvchi operatsiyalarnigina bajarish qolganlaridan esa voz kechish va shu
orqali resurslardan samarali foydalanish ya’ni ulardan tejab foydalanishdan iboratdir.

“Lean Menejment” konsepsiya bir qator elementlardan tashkil topgan bo‘lib,

ular quyidagilardan iborat:

• Yagona buyum oqimi;
• Kanban;
• TPM (Total Productive Maintenance – uskunalarga umumiy g‘amxo‘rlik);
• 5S tizimi;
• SMED (Single Minute Exchange of Dies – stanoklarni tezkor sozlash);
• Kaydzen;


background image

22

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

• Poka-yoke (xatolardan himoyalash) [10].
Mazkur elementlar alohida metodlar ham hisoblanadi, hattoki ba’zilari (masalan,

kaydzen) mustaqil holda ishlab chiqarish konsepsiyasi maqomiga ham da’vogarlik
qiladi. Ularning barchasi resurslardan tejab foydalanish va ishlab chiqarishning
uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi elementlar hisoblanadi.

Yagona buyum oqimi

– bu tejamkor ishlab chiqarishning fundamental

metodologiyasi hisoblanadi. Ushbu metodologiya ommaviy ishlab chiqarishni inkor
etib, talabdan kelib chiqqan holda kichik partiyalarda ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

Bu zahiralarni kamaytirishga va bu o‘z navbatida xarajatlarni pasaytirishga olib

keladi.

Kanban

– ishlab chiqarishni va ta’minotni tashkil etish tizimi. Uning tarali,

kartochkali va dasturiy (elektron) turlari mavjud axborot oqimini tezlashtirish va
ta’minotni o‘z vaqtida ta’minash orqali jarayonni optimallashtirishga xizmat qiladi.

TPM

(ingl. Total Productive Maintenance) – texnik uskunalarning

samaradorligini oshirishga asoslangan menejment metodologiyasi bo‘lib, uskunalarga
barcha ishchilar birdek g‘amxo‘rlik qilishi kerak degan g‘oyani singdirishni nazarda
tutadi [11].

5S tizimi

– ish joyini tizimlashtirish va oqilona tashkil etish bo‘lib, quyidagi

beshta qoidaning bosh xarflaridan olingan:

1. Saralash (yap. Seiri, ingl. Sort) — buyumlarni kerakli va keraksizligiga qarab

ajratish.

2. Tartib (yap. Seiton, ingl. Set In Order) — zarur buyumlardan foydalanishning

osonlashtirish maqsadida ularni tez va oson topishga mo‘ljallab saqlashni tashkil etish.

3. Tozalik (yap. Seiso, ingli. Shine) — ish joyini doimo toza va ozoda saqlashni

tashkil etish.

4. Standartlash (yap. Seikesu, ingl. Standardize) — dastlabki uchta qoidani

bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ya’ni har bir jarayon va amalning o‘z
standarti mavjud bo‘lib, shu standartlardan chetga chiqmaslikni ta’minlash.

5. Takomillashtirish (yap. Sisuke, ingl. Sustain) — ushbu so‘zning to‘g‘ridan-

to‘g‘ri tarjimasi tarbiyalash bo‘lib, xodimlarni malakasini doimiy oshirib borish hamda
muntazam tekshiruvlar va uchrashuvlarni amalga oshirish orqali yuksalishga erishishni
nazarda tutadi [12].

SMED (Single Minute Exchange of Dies

) – uskunalarni sozlashning tezkor

usulini joriy etishni nazarda tutadi. Amaliyotda uskunalarni ichki va tashqi sozlash
usuli mavjud. Ichki sozlashda uskunalarni to‘liq o‘chirib, tashqi sozlashda esa
uskunalarni o‘chirmasdan sozlash mumkin. Shu sabali SMED ichki solash usullarini
tashqiga almashtirishga asosiy urg‘u beradi [13].

Kaydzen

– tejamkor ishlab chiqarishning asosiy metodologiyasi bo‘lib,

bosqichma-bosqich takomillashib borish va jarayonlarning uzluksizligini ta’minlaydi
[14] .

Poka-yoke

– tejamkor ishlab chiqarishning alifbosi hisoblanadi va yuzaga

kelishi mumkin bo‘lgan xatolardan himoyalanishni nazarda tutadi (sim kartaning
kesilgan burchagi bunga eng sodda misol bo‘lishi mumkin). Ish joylarida vujudga


background image

23

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni aniqlash va undan himoyalnishning muhandislik
yechimlarini topish (masalan, detallar noto‘g‘ri o‘rnatilganda signal beruvchi
chiroqlarni joriy etish) ham sifatning oshishi va vaqt hamda resurslarning tejalishiga
olib keladi [14].

Korxona xususiyatidan kelib chiqqan holda ushbu “Lean Production”

konsepsiyasi elementlarini ba’zilarini yoki hammasini korxona faoliyatiga joriy etish
mumkin. (Masalan, SMED (Single Minute Exchange of Dies) yoki yagona buyum
oqimi metodologiyalari barcha korxonalar uchun ham zarur bo‘lmasligi mumkin).

Xulosa va takliflar

Resurslarning cheklanganligi qishloq xo’jaligi korxonalari maxsulotlarini

yetishtirishda xamda qayta ishlab chiqarishda yangicha yondashuvlarni taqozo
etmoqda. Endilikda qishloq xo’jaligi korxonalari maxsulotlarini yetishtirish xamda
qayta ishlab chiqarish jarayonida Resurslardan oqilona foydalana olmayotganligi va
shu sababli, Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini qayta ishlab chiqarishni tashkil etishning
“Lean Menejment” kabi zamonaviy konsepsiyalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Resurslar funksional vazifasiga ko‘ra tabiiy, moddiy, mehnat va moliyaviy

resurslarga bo‘linadi. Biz o‘rgangan konsepsiya makur resurslarning barchasini
samarali boshqarishni nazarda tutadi.

Mazkur konsepsiya yo‘qotishlarni bartaraf etish va qiymat qo‘shmaydigan

bosqichlardan voz kechish orqali tejamkorlikka erishishni nazarda tutadi.
Adabiyotlarda yo‘qotishlarning 16 ta turi va qiymatni aniqlashning bir qator
bosiqchlari keltiriladi. Ammo, bular umumiy yo‘qotishlar va bosqichlar bo‘lib,
bizningcha har bir korxona uchun xos bo‘lgan yana boshqa yo‘qotishlar hamda
qiymatni aniqlash bosqichlari mavjud. Shu sababli, yo‘qotishlarni aniqlashda va
tejamkor ishlab chiqarish metodologiyalarini joriy etishda Qishloq xo’jaligi
xususiyatlaridan kelib chiqish lozim.

Shu o’rinda Qishloq xo’jaligi korxonlarida samarali boshqarish mexanizmlarini

joriy etish orqaligina ularning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshirish
mumkin. Shu bois, Qishloq xo’jaligi korxonlarining “Lean Menejment” kabi
zamonaviy konsepsiyalar asosidagi innovatsion boshqaruv tizimiga o‘tishi davlat
tomonidan nazoratga olinishi zarur deb hisoblaymiz. Bu esa milliy standartlar tizmini
qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-

yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi Prezident qarori,
27.02.2021-y., 07/21/5009/0164-son

2.

https://president.uz/oz/3342

3.

https://lex.uz/docs/-4567334

4.

Т.Жўраев, Д.Тожибоева – Иқтисодиёт назарияси 1-қисм, Тошкент-2014,

28-б.


background image

24

TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA. ILMIY-USLUBIY JURNAL. ISSN: 2181-2659. [1/2023].

5.

John F. Krafcik – Triumph of the Lean Production System, Massachusetts

Institute of technology, Sloan Management Review, Vol. 30, Num. 1. Fall 1988.
6.

Jeffrey K. Liker – Becoming Lean: Experiences of U.S. Manufacturers, 1977.

7.

Toyota Production System on Audio Tape: Beyond Large Scale

8.

James P. Womack, Daniel T. Jones, Daniel Roos – The Machine That Changed

the World: The Story of Lean Production Toyota's Secret Weapon in the Global Car
Wars That Is Now Revolutionizing World Industry Paperback – March 13, 2007.
9.

https://kaizeninstituteindia.wordpress.com/2014/06/02/16-types-of-loss-

ingemba/

10.

Jeffrey K. Liker – The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's

Greatest Manufacturer, 2004.
11.

James P. Womack, Daniel T. Jones – Lean Thinking: Banish Waste and Create

Wealth in Your Corporation, 2003.
12.

Ward, Allen – Lean Product and Process Development (2nd ed.). Cambridge,

MA: Lean Enterprise Institute 2014, p. 215.
13.

Ricardo Antunes, Vicente Gonzalez, Kenneth Walsh – "Quicker reaction, lower

variability: The effect of transient time in flow variability of project-driven
production". 24rd Ann. Conf. of the Int’l. Group for Lean Construction, Boston, 2016.

14.

Ilyosovich, M. S. (2021, June). STANDARDIZATION METHOD FOR

ACHIEVING LEAN PROJECT MANAGEMENT. In

" ONLINE-CONFERENCES"

PLATFORM

(pp. 100-104).

15.

Mamatov, S. (2021, June). MANAGEMENT BASED ON THE PRINCIPLES

OF LEAN PRODUCTION. In

Euro-Asia Conferences

(Vol. 5, No. 1, pp. 272-277).


Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi o‘zbekiston respublikasi Prezident qarori, 27.02.2021-y., 07/21/5009/0164-son

https://president.uz/oz/3342

https://lex.uz/docs/-4567334

Т.Жўраев, Д.Тожибоева – Иқтисодиёт назарияси 1-қисм, Тошкент-2014, 28-б.

John F. Krafcik – Triumph of the Lean Production System, Massachusetts Institute of technology, Sloan Management Review, Vol. 30, Num. 1. Fall 1988.

Jeffrey K. Liker – Becoming Lean: Experiences of U.S. Manufacturers, 1977.

Toyota Production System on Audio Tape: Beyond Large Scale

James P. Womack, Daniel T. Jones, Daniel Roos – The Machine That Changed the World: The Story of Lean Production Toyota's Secret Weapon in the Global Car Wars That Is Now Revolutionizing World Industry Paperback – March 13, 2007.

https://kaizeninstituteindia.wordpress.com/2014/06/02/16-types-of-loss-ingemba/

Jeffrey K. Liker – The Toyota Way: 14 Management Principles from the World's Greatest Manufacturer, 2004.

James P. Womack, Daniel T. Jones – Lean Thinking: Banish Waste and Create Wealth in Your Corporation, 2003.

Ward, Allen – Lean Product and Process Development (2nd ed.). Cambridge, MA: Lean Enterprise Institute 2014, p. 215.

Ricardo Antunes, Vicente Gonzalez, Kenneth Walsh – "Quicker reaction, lower variability: The effect of transient time in flow variability of project-driven production". 24rd Ann. Conf. of the Int’l. Group for Lean Construction, Boston, 2016.

Ilyosovich, M. S. (2021, June). STANDARDIZATION METHOD FOR ACHIEVING LEAN PROJECT MANAGEMENT. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 100-104).

Mamatov, S. (2021, June). MANAGEMENT BASED ON THE PRINCIPLES OF LEAN PRODUCTION. In Euro-Asia Conferences (Vol. 5, No. 1, pp. 272-277).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов