Хорижий филология
№4, 2020 йил
23
FRANSUZ FRAZEOLOGIYASIDA REDUPLIKATSIYA HODISASIGA
DOIR AYRIM MULOHAZALAR
Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna,
SamDCHTI dotsenti
Kalit so„zlar
:
reduplikatsiya, takroriy elementlar, prosonomaziya, poliptota, omeoptota,
antanaklaza, epanadiploza, frazeologik birlik, maqollar, simmetrik reduplikatsiya.
Turli tizimdagi barcha tillarga xos
hodisa sifatida keng tarzda tadqiq etilgan
―
takroriy so„z
‖ yoki ―
takroriy shakl
‖
tushunchalari tilshunoslikda ―
reduplikatsiya”
deb nomlanib, u lotincha
reduplicatio -
ikkilanish,
qo„shaloqlanish
ma‘nosini
anglatgan holda so‗zdagi dastlabki bo‗g‗inni
yoki o‗zakni, butun so‗zni takror qo‗llash
bilan tilda takroriy so‗z yoki grammatik shakl
hosil qilish usulidan iborat fonomorfologik
hodisa bo‗lib hisoblanadi [O‗zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi:
128].
Mazkur
til
hodisasining turli xil shakllari mavjud bo‗lib,
ular til birliklarining, xususan, fonema,
morfema va so‗z kabilarning so‘z birikmasi,
gap, abzats va matn tarkibida takror tarzda
qo‘llanilishi orqali namoyon bo‗ladi hamda u
takrorlanish, davomiylik va kuchaytirish
ma‘nosini ifodalashga xizmat qiladi. Bu
xususda O.S. Axmanova shunday ta‘rif
beradi:
”ПОВТОР (удвоение, редупликация,
повторение), (реприза) фигура речи,
состоящая в повторении звуков, слов и
выражений
в
известной
последовательности”
[O.S. Axmanova:
407].
Ushbu til hodisasi aynan frazeologik
birliklar misolida tadqiq etilsa, ularning
frazeologik ibora yasash jarayonida eng
sermahsul vosita ekanligiga guvoh bo‗lish
mumkin. Binobarin, frazeologik birliklarda
takroriy elementlarning mavjudligi ularga xos
lingvomadaniy, lingvodidaktik, shuningdek,
leksik-semantik va stilistik xususiyatlarni
tadqiq etishga yordam beruvchi asosiy
fenomenlardan biri sanaladi [F.I.Pankov,
E.A.Ovtina:140].
Shunga
ko‗ra
N.M.Shteynberg, o‗zining ―
Редупликация в
современном французском языке
‖ nomli
monografiyasida mazkur hodisaning fransuz
tilidagi umumiy shakllari xususida kengroq
ma‘lumot berib o‗tgan [N.M.Shteynberg: 74].
Shu
bilan
birga,
ayrim
tadqiqotchilar
frazeologiyada
takroriy
elementlarni
modellashtirish masalalariga ham alohida
e‘tibor qaratgan [L.V.Molchkova
:
9].
Tilda lingvistik birliklarning ma‘lum
bir doirada takroriy tarzda qo‘llanilishining
o‘ziga xos bir necha shakllari mavjud bo‘lib,
ular
bir-birlaridan
o‘zlarining xilma-xil
fonetik, leksik, grammatik va struktur
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunga
ko‗ra ularni turli xil shakllariga qarab turlicha
turkumlarga bo‗lib o‗rganish maqsadga
muvofiqdir.
Masalan,
ayrim
fransuz
tilshunoslarining qarashlari nuqtayi nazaridan
reduplikatsiya o‗ziga xos quyidagi turlari
bilan o‗zaro farqlanadi [P.Bacry
74]:
Reduplikatsiya
shakllari:
Shaklning lingvistik mohiyati:
Misollar (FBlar):
Prosonomaziya
Ma‘lum bir gap yoki ibora
tarkibida bitta so‗zning
uyushgan holda takror kelishi;
-Aussitôt
dit,
aussitôt
fait. (Aytilgan
so‟z - otilgan o‟q.)
Poliptota
Bir xil o‗zakli so‗zning yoki
bitta fe‘lning turli shakllarda
qo‗llanilishi;
Vous
avez
la serrure, nous
avons
la
clef. (Ikki yorti bir butun.)
Omeoptota
Ma‘lum bir gap yoki ibora
tarkibida morfo-sintaktik
shakllarning grammatik
Qui
aime
Martin,
aime
sonchien,
qui
aime
lecavalier
, aime
l`écuyer. (Meni
sevsang, itimni ham sevasan.)
Хорижий филология
№4, 2020 йил
24
parallelizm asosida takrorlanib
kelishi ;
Antanaklaza
Takrorlanuvchi elementning turli
xil ma‘noda takror qo‗llanilishi;
De
grand
seigneur,
grande
rivière et
grand
chemin, fuis, si tu peux d`être
voisin-yomon otliq bo`lishdan
uzoqroq yur.
Epanadiploza
Ma‘lum bir so‘zning gap yoki
she‘riy satrlar boshida hamda
oxirida takror kelishi;
L`abîme
appelle
l`abîme.
–
Yo`qchilik yo`qchilik chaqiradi.
L`âne
frotte
l`âne
– Gadoning
dushmani gado bo‟ladi.
Tildagi takrorlanish hodisasining bu
kabi ko‘rinishlari yuqoridagi kabi frazeologik
birliklarga nisbatan kuzatilganda, ularga xos
xilma-xil takroriy elementlar mavjudligi va
ularda o‘ziga xos shakliy xususiyatlar aks
etishi ko‘zga tashlanadi. Masalan, fransuzcha
frazeologik
birliklar
tarkibidagi
komponentlarning takrorlanish holati mustaqil
ma‘noli
so‘zlar
misolida
juda
keng
tarqalgandir. Bunda asosan, ot, fe‘l, sifat,
son
kabi
so‘z
turkumlari
shular
jumlasidandir. Masalan, ot so‘z turkumiga
xos so‘zlarning
epanadiploza,
fe‘l so‘z
turkumiga xos so‘zlarning esa
poliptota
shaklida takroriy tarzda kelishi fransuz
frazeologiyasida juda keng tarqalgan.
Shuningdek,
frazeologik
birliklar
tarkibida sifat va ravish so‘z turkumiga xos
so‘zlarning takroriy tarzda qo‘llanilishi
prosonomaziya
shaklida ko‗p uchraydi.
Masalan:
A
bon
salut,
bon
accueil. –
Salomiga yarasha aligi.
A
rude
âne
rude
anier. – Ko`p gap
eshakka yuk.
Bon
champ sémé
, bon
blé rapporté
– Nimani eksang shuni o‟rasan.
Bundan tashqari, fransuz tilidagi
turli xil determinativlar, xususan, artikllar,
egalik va ko‘rsatish sifatlari hamda
bog‘lovchi va predloglar ham
prosonomaziya
shaklida takrorlanib kelishi mumkin.
Masalan:
avoir
des
si et
des
mais – har xil bahona
topmoq;
avoir
son
bon et
son
mauvais côté -
yaxshi va yomon tarafga ega bo`lmoq ;
ne connaitre
ni
le blanc
ni
le noir - oq-
qorani ajrata olmaslik
;
par
bonds et
par
sauts –ko`z ochib
yumguncha ;
s
ans
pilote et
sans
boussole – o`zini
idora qila olmaslik ;
de
bric et
de
broc (loc adv) – aralash –
quralash.
Tilshunoslikda bu kabi takrorlanish
hodisasini tilning barcha birliklarida kuzatish
mumkin.
Xususan,
fonema,
morfema,
leksema, qolaversa, so‘z birikmasi va
gaplarning
ma‘lum
bir
distributiv
vaziyatlarda takroriy tarzda qo‘llanilishi ham
shular jumlasidandir.
Bir
frazeologik
birlik
tarkibida
fonemalarning
ham
takroran
qo`llanish
hodisasi mavjud bo`lib, ular tilshunoslikda
alliteratsiya
va
assonans
nomlari bilan
ataladi
.
Undosh tovushlarning takrorlanishi
alliteratsiya
deb ataladi
.
Masalan:
être b
elle
á la chand
elle
– chiroyda tengsiz bo„lmoq.
[ɛtr - bɛ
l
- a -la - ∫an –dɛ
l
]
Unli tovushlarning takrorlanishi
assonans
deb ataladi. Masalan:
Une faute avou
é
e est à demi pardonn
é
e.
- Egilgan boshni qilich kesmas.
[yn - fot – a –vu –
e
–e -də-mi –par
-dο -n
e
].
Fransuz tilida ham boshqa tillardagi
kabi ma`lum bir frazeologik birlikning
tarkibida, albatta, ifoda plani sifatida kamida
ikkita leksema qatnashishi shart. Bunday
birliklar gapdan yaxlitligicha ahglanishi
mumkin bo`lgan va frazeologik ma`no kasb
etadigan sintaktik birlik emas, balki semantik
birlik sifatida talqin qilinadi. Shu sababli
frazeologik iboralarning birikmaga va gapga
tenglik
xususiyati
haqida
gapirilganda
iboraning ichki grammatik tuzilishi inobatga
olinadi, ya`ni ibora tarkibini grammatik
jihatdan tahlil qilish nazarda tutiladi.
Хорижий филология
№4, 2020 йил
25
Umuman olganda, ibora tarkibida
qatnashgan so`zlar orasidagi grammatik
bog`lanish
o`z
kuchini
yo`qotmaydi.Vaholanki,
undagi
so`zlar
o`rtasidagi munosabat faqat ichki munosabat,
ya`ni shu ibora doirasidagi munosabat
hisoblanadi.
Fransuz
frazeologik
birliklaridagi
takroriy
elementlarni
morfologik
jihatdan
tahlil
qilganimizda
bunday
frazeologik
birliklar
tarkibida
qo`llanilgan takroriy elementlarning nafaqat
aynan bir xilligi, balki bir o‘zakli
reduplikativ
elementlarning
turli
xil
grammatik shakllari orqali ham ifodalanishi
ko‘zga tashlanadi. Ya‘ni, ularning rod va
sonda moslashish hodisasini kuzatishimiz
mumkin. Masalan, ma`lum bir frazeologik
birlik tarkibida sifat so`z turkumiga oid bir
so`z ikki marta qo`llanilganda ikki xil rodda
moslashgan hakli ham uchraydi. Bu xususda
otli sintagmalargaxos quyidagi moslashuv
holatlari orqali hosil bo‘lgan reduplikatsiya
hodisasini kuzatish mumkin :
1.
FBlarda otlar oldidan qo`llaniladigan
determinativlar reduplikatsiyasi ularning rod
va soniga ko`ra moslashishi asosida yuzaga
keladi. Ularga son-sanoqsiz misollar keltirish
mumkin. Masalan:
Fransuzcha FB :
O‗zbekcha talqini:
voilà
une
grande cage pour
un
petit
oiseau
- yo„q bolaga tut beshik;
ne former qu`
un
coeur et qu`
une
âme ;
- ko`ngilni ko`ngilga qo`yib yashamoq ;
casser
les
jambes et
les
bras à qn
- birovni ipsiz bog„lab ketmoq;
2. Aniqlovchi vazifasidagi sifatlar reduplikatsiyasi ham moslashish
(l`accord de l`adjectif
épithète)
natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Bunda otni aniqlab kelayotgan sifat otning rod va
son ko`rsatkichlarini o`zida namoyon qiladi. Masalan :
Fransuzcha FB :
O‗zbekcha talqini:
bon
jour,
bonne
æuvre;
-kun xayrli boshlansa, ish unumli
bo„ladi ;
les
bons
bras font les
bonnes
lames;
-chumchuq so„ysa ham qassob so„ysin.
à
petit
trou,
petite
cheville ;
-uzukka ko‟z qo‟ygandek;
à
nouvelles
affaires,
nouveaux
conseils ;
-yangi ish – yangi tashvish.
la
belle
plume fait le
bel
oiseau ;
-kiyim kishiga zeb beradi;
De
grand
seigneur,
grande
rivière et
grand
chemin, fuis, si tu peux d`être voisin ;
-Yomon otliq bo`lishdan uzoqroq yur;
Bundan tashqari, FBlar tarkibidagi takroriy otlarda ham ikki xil rodda takrorlanish
hollari ko‗p uchraydi. Masalan:
Fransuzcha FB :
O‗zbekcha talqini:
garder à qn un
chien
de sa
chienne
-birovga upka-gina qilmoq;
chaque
crapaud
trouve sa
crapaude;
-dunyoda
hamma
narsa
juft-juft
qilib
yaratilgan;
réponse du
berger
à la
bergère;
-munozarada oxirgi so„zni gapirmoq;
Shuningdek, rod kategoriyasida o‗zgarib keluvchi takroriy elementlar qatorida olmosh
so‗z turkumiga xos so‗zlar ham FBlar tarkibida sermahsul sanaladi. Masalan:
chacun
avec sa
chacune
-hamma o`zi bilan o„zi.
Frazeologik birliklar tarkibidagi takroriy elementlarga xos moslashuv hodisasi nafaqat
rod kategoriyasi, balki, son kategoriyasi orqali ham ko‗zga tashlanadi. Lekin, ularning sonda
o‗zgaruvchanlik holati yuqorida tahlil qilingan rodda o‗zgaruvchanlik holatiga nisbatan ancha
Хорижий филология
№4, 2020 йил
26
kam uchraydi. Bunday holat asosan, FBlar tarkibidagi ayrim ot va sifatlarda ko‗zga tashlanadi.
Masalan:
Fransuzcha FB :
O‗zbekcha talqini:
avoir plus d`une
corde
, plusieurs
cordes
;
- har qanday usul bilan maqsadga
erishmoq;
sottes
gens,
sotte
besogne
;
- ahmoq kalladan ahmoqona fikr.
Shuni ta‘kidlash joizki, frazeologik
birliklar tarkibidagi takroriy elementlar har
qanday tilda ham o`ziga xos xususiyatlarga
ega.
Bunday
xususiyatlarni
yuqoridagi
singari
qarama-qarshi
tarzda
qiyoslab
o`rganish tadqiqot obyektini chuqurroq tahlil
qilish
imkonini
beradi
[M.Grevisse,
A.Goosse:
529].
Binobarin,
FBlardagi
takroriy
elementlar
orqali
moslashuv
hodisasini tahlil qilish orqali ushbu FBlar
reduplikatsiya shakllaridan
prosonomaziya
shakliga mansubligini aniqlash mumkin.
Shuningdek,
prosonomaziya
usuli asosan,
ot,
sifat, olmosh
so`z turkumlarining moslashishi
orqali namoyon bo‗ladi.
Fransuz
frazeologiyasida
takroriy
elementlar tahliliga e‘tibor qilar ekanmiz,
ularda
predloglarning
o‗rni
alohida
ahamiyatga ega. Shu boisdan takroriy
elementlarning
predloglar
ishtirokidagi
reduplikativ shakllarini o‗rganish maxsus
izlanishni talab etadi, ya‘ni FBlar tarkibidagi
takror elementlarni bir-biri bilan bog‗lovchi
predloglar frazeologiyada simmetrik takrorni
hosil qilishning asosiy vositasi sifatida
xizmat qiladi. Bunda simmetriya o‗qi
vazifasini ma‘lum bir predlog va uning o‗ng
hamda chap qurshovlarini esa bir xil leksik-
grammatik maqomdagi takroriy so‗zlar
tashkil etadi. Masalan, hammaga mashhur
fransuzcha
tête à tête
iborasini olaylik.
Ushbu
iborada
―absolyut
simmetrik
reduplikatsiya‖ o‗z aksini topgan. Ushbu
holatni bunday nomlashga asosiy sabab
shundaki, simmetriya o‗qini
à
predlogi
tashkil etsa, uning o‗ng hamda chap
qurshovlarini esa bir xil leksik-grammatik
maqomdagi takroriy so‗z, ya‘ni
tête
so‗zi
egallaydi. Ushbu iboradagi
tête
so‗zini bir
xil
leksik-grammatik
maqomdagi
so‗z
deyishimizga
sabab,
reduplikatsiyaning
poliptota
va
antanaklaza
kabi turlarida
takrorlanish hodisasi bir xil leksik-grammatik
maqomdagi so‗zdan iborat bo‗lmasligi ham
mumkin, ya‘ni,
poliptota
takror so‗zning
grammatik,
antanaklaza
esa leksik-semantik
ma‘nolari turlicha ekanligi bilan asoslanadi.
Simmetriya
o‗qining
ikki
tomonidagi
qurshovlari o‗zaro almashtirilganda ham
baribir bir xil ma‘no ifodalanadi. Ushbu
tête
à tête
iborasining ―absolyut simmetrik
reduplikatsiya‖ namunasi ekanligini quyidagi
chizma orqali shunday izohlash mumkin:
Bunday simmetrik reduplikatsiya fransuz frazeologiyasi
à, en, de, contre
kabi predloglar
orqali amalga oshadi. Masalan,
à
predlogi ishtirokidagi FBlarga quyidagi iboralarni keltirish
mumkin:
Fransuzcha FB :
O‗zbekcha talqini:
bord
à
bord;
- qarama-qarshi;
botte
à
botte;
- yonma-yon ;
simmetriya
o’qi
o’ng qurshov
chap qurshov
tête
tête
à
Хорижий филология
№4, 2020 йил
27
but
à
but;
- teppa - teng ;
bec
à
bec;
- yuzma-yuz;
mettre bout
à
bout;
- ichak-qorin bo„lmoq;
parler à qn bouche
à
bouche;
-yuzma –yuz gaplashmoq;
Shuningdek,
à
predlogi fransuzcha maqollar tarkibida ham simmetrik reduplikatsiya hosil
qilishda ancha sermahsul vosita sanaladi:
Fransuzcha maqollar :
O‗zbekcha talqini:
Sorsaires à corsaires
, l`un l`autre
s`attaquant ne font pas leurs affaires.
-Qarg`a qarg`aning ko`zini cho`qimaydi.
Pas à pas
, on va loin.
-Qimirlagan qir oshar.
Quitte à quitte
et bon amis;
-Hisobli do`st ayrilmas.
Bundan tashqari, fransuz tilidagi boshqa
contre, pour,en
kabi predloglar ham ayrim FBlar
tarkibida simmetrik reduplikatsiya hosil qila oladi. Masalan:
Fransuzcha FBlar :
O‗zbekcha talqini:
Corsaires contre corsaires
, n`est pas bon à
faire doublure.
-O„g„rinikidan
o„g„irlash
vaqtni
bekorga
sarflashdir.
Fin contre fin
n`est pas bon à faire
doublure .
-Bir balosi bo„lmasa shudgorda quyruq na
qilur.
rendre
bec pour bec ;
-muloyimlik bilan javob qilmoq;
de
branche en branche;
-shoxdan –shoxga ;
aller de
mieux en mieux;
- xayol surmoq ;
d`
âge en âge
;
- avloddan-avlodga; nasldan naslga ;
passerde
bouche en bouche;
- og`izdan – og`izga o`tmoq.
Yuqoridagi tahlil turlaridan shuni ta‘kidlash mumkinki, simmetrik reduplikatsiya hosil qilish
jarayonida
à, contre, pour,en
kabi predloglar asosan, otlarni takrorlagan holda faqat ravishli
FBlarni hosil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, ular maqollarda ham simmetrik
reduplikatsiya hosil qilish vositalari bo‗lib hisoblanadi.
Xulosa tariqasida shuni qayd etish lozimki, fransuz frazeoligiyasida reduplikatsiya
hodisasining yuqoridagi singari hali tadqiq etilmagan qirralari anchagina bo‗lib, ularni alohida
tadqiqot obyekti doirasida o‗rganish ayrim frazeologik muammolar echimiga sabab bo‗lishi
mumkin.
Adabiyotlar :
1.
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси.
–Тошкент:
―Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси‖ Давлат илмий нашриѐти. www.ziyouz.com кутубхонаси.
2.
Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: СЭ,1969.-608 с.
https://classes.ru/ Akhmanova/source_51.htm
3.
Панков Ф. И., Овтина Е.А. Языковая картина мира и механизм редупликации:
фрагмент лингводидактической модели русской грамматики. / Pedagogical Journal. 2018,
Vol. 8. Is. 1A. – С. 140-158.
4.
Н.М.Штейнберг. Редупликация в современном французском языке. -Ленинград :
Изд. Ленингр. ун-та, 1969. - 69 с.
5.
Молчкова Л.В. Модели повтора во фразеологии // Актуальные вопросы
современной науки (Текст научной статьи по специальности «Языкознание и
литературоведение» ), №28. – Новосибирск, 2013. –С. 194-202. eLIBRARY ID: 20273065.
6.
Bacry P. Les Figures de style et autres procédés stylistiques. -Paris,
Belin, coll. « Sujets », 1992, -335 p.
7.
Grevisse M., Goosse A. Le Bon Usage. - Bruxelles : Duculot, 2007. – 529 p.
Хорижий филология
№4, 2020 йил
28
Сувонова Н. Некоторые соображения о феномене редупликации во французской
фразеологии.
В данной статье обсуждается феномен редупликации во французской
фразеологии, основные языковые единицы, вместо повторяющихся элементов и их
специфические лингвистические особенности, а также основная сущность симметричной
редупликации во фразеологии и еѐ формы выражения существительными, прилагательными
и предлогами.
Suvonova N. Some considerations on the phenomenon of reduplication in French
phraseology.
This article discusses the phenomenon of reduplication in French phraseology, the
basic linguistic units in place of repetitive elements and their specific linguistic features, as well as
the main essence of symmetric reduplication in phraseology and their forms expressed by nouns,
adjectives and prepositions.