Выражение каузативности способом аффиксации

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
72-77
23
9
Поделиться
Турниязов, Б., & Саидова, С. (2020). Выражение каузативности способом аффиксации. Иностранная филология: язык, литература, образование, (4 (77), 72–77. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/1585
Бехзод Турниязов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н., доцент

Сайёра Саидова, Самаркандская городская 72-я общеобразовательная школа

Учитель 1 категории

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья посвящена изучению концепции каузации в лингвистике. В ней, в основном, каузативность исследуется сморфологической точки зрения.

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

72 

SCIENTIFIC INFORMATIONS                                    ИЛМИЙ АХБОРОТЛАР 

 

AFFIKSATSIYA USULIDA KAUZATIVLIKNING VOQELANISHI 

 

Turniyazov Behzod Ne‟matovich, 

SamDCHTI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi 

 

Saidova Sayyora Salimovna, 

Samarqand shahar 72-umumiy o„rta ta‟lim maktabining I toifali o„qituvchisi 

 

Kalit so„zlar: 

kauzatsiya, kauzator, derivatsiya, kauzaoperand, kauzaoperator, kauzaderivat, 

kauzatema, konstanta. 
 

Talaygina 

tillardagi 

kabi 

(ruanda, 

eskimos,  buryat,  venger,  kechua,  turk,  tojik, 
duala,  nivx  va  boshqalar)  o‗zbek  tilida  ham 
kauzativlik 

ifodasini 

beruvchi 

affiksal 

morfemalar  mavjud  bo‗lib,  ular  orqali  biror 
shaxs  tomonidan,  ma‘lum  sababga  ko‗ra, 
kimnidir  qandaydir  harakatni  bajarishga 
undash (ba‘zan shaxsning o‗zini-o‗zi undashi) 
ma‘nosi  anglashiladi.  Bunday  qo‗shimchalar 
jumlasiga  fe‘lning  orttirma  nisbati  (

-t,  -dir(-

tir), -giz(-kiz), -qiz (-g„iz), -gaz(-kaz, -qaz), -ir 
,-ar,  -iz,  -sat

),  o‗zlik  nisbati  (

-n,  -l,  -in,  -il

), 

buyruq-istak  mayli  (

-(a)y,  -(a)yin,  -gin(-kin,-

qin), 

-(i)ng, 

-sin, 

-(a)yilik, 

-(i)nglar

shakllarini  kiritamiz.  Havola  qilinayotgan 
qo‗shimchalardan  keyingilari  (buyruq-istak 
mayli  shakllari)  biror  lingvistik  adabiyotda 
kauzativlik 

ifodasini 

beruvchilarsirasiga 

kiritilmagan.  Kauzativlikda  buyruq  ma‘nosi 
mavjudligini  inkor  etib  bo‗lmaydi,  shu  bois, 
biz 

ularni 

kauzativlikni 

ifodalovchi 

morfologik 

vositalarsifatida 

o‗rganmoqdamiz.Bundan 

tashqari, 

kauzativlikning 

ifodalanishida 

analitik 

formalar  ham  ishtirok  etib,  negadir  ular 
tilshunoslarimiz 

tadqiqotlarida 

kauzativlikning  sintaktik  planda  shakllanishi 
qatorida  tavsiflanmoqda.  Biz  esa  analitik 
unsurlarni 

kauzativlikning 

yuzaga 

chiqishidagi  morfologik  vositalardan  biri  deb 
bilamiz.  Zero,  kauzativlikning  sintaktik  rejasi 
bevosita  gap,  murakkab  sintaktik  qurilma, 
makromatn 

kabi 

nutq 

muchalarining 

derivatsion voqelanishi bilan aloqadordir.  

Shuni  ham  e‘tiborga  olish  kerakki, 

ayrim  tillarda  (rus,  chuvash  tillari  kabi) 
kauzativqo‗shimchalarfe‘lyasovchilar 

ham 

hisoblanadi.  Lekin,  o‗zbek  tilida  biz  ularni 

lug‗aviy  va  sintaktik  shakl  hosil  qiluvchilar 
(nisbat hamda mayl shakllari) deb ataymiz. 

Shunday  bo‗lsa-da,  prof.  I.A.Melchuk 

kauzativlikni  hosil  qiluvchi  qo‗shimchalar 
bilan  nisbat  shakllarini  farqlash  kerakligini 
ta‘kidlaydi  va  quyidagi  fikrni  bildiradi: 
«An‘anaviy  tavsiflarda  kauzativ  nisbatlardan 
biri 

sifatida 

qaraladi. 

Biroq, 

bunday 

yondashuv  xatodir.  Ularning  bir-biridan  farqi 
quyidagilarda  ko‗rinadi:  1)kauzativ  ma‘lum 
bir  ma‘no  ifodasini  beradi,  nisbat  esa  hech 
qanday  ma‘no  bilan  bog‗lanmaydi;  2) 
kauzativ  va  nisbat  mavjud  bo‗lgan  tillarda 
kauzativ  so‗z  yasashga,  nisbat  esa  so‗z 
o‗zgartirishga  xosdir;  3)  bir  so‗z  shaklida 
hech  qachon  turli  nisbat  shakllari  bir-biri 
bilan moslashmaydi, kauzativ esa moslashadi; 
4)nisbat shakli bir so‗zda ikki va undan ortiq 
marta  qo‗llanmaydi,  kauzativ  esa  qo‗llanishi 
mumkin.  Masalan  (arab,  fransuz,  ruanda 
tillari bilan bir qatorda turk tilidan ham misol 
keltirilgan): 

piş

  (fe‘l  o‗zagi),   

piş

+

ir 

(kauzativ), 

piş

+

ir

+

(ikki  karra  kauzativ); 

ől 

(fe‘l  o‗zagi), 

ől

+

dűr 

(kauzativ), 

ől

+

dűr

+

(ikki karra kauzativ)»[1.385-387]. 
 

Nisbat 

va 

mayl 

shakllarining 

grammatik  ma‘no  ifodalashga  xizmat  qilishi 
izoh  talab  qilmaydi,  albatta.  Shu  bois,  nisbat 
shakllari 

hech 

qanday 

ma‘no 

bilan 

bog‗lanmaydi, 

degan 

fikrga 

qo‗shilib 

bo‗lmaydi.  Bundan  tashqari,  agar  masala 
tavsifiga  turk  tili  grammatikasi  yuzasidan 
yondashadigan  bo‗lsak,  darhaqiqat,  ushbu 
tilda  fe‘lning  orttirma  nisbatini  hosil  qiluvchi 
qo‗shimchalarini fe‘ldan fe‘l yasovchilar, deb 
ta‘rif  berilganini  ko‗ramiz.  Vaholanki, 
chuvash  tilidagi  singari,  turk  tilida  orttirma  
nisbat  affikslari  yangi  lug‗aviy  ma‘noni 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

73 

yuzaga  keltirmaganligining  guvohi  bo‗lamiz: 

bilmek  –  bildirmek,  yapmak  –  yaptirmak 

kabi[2.205]. 

Binobarin, 

so‗z 

yasalishi 

deganda  grammatik  ma‘no  ifodasini  emas, 
balki yangi lug‗aviy ma‘noning ifodalanishini 
tushunamiz.  Bizningcha,  kauzativ  va  nisbat 
mavjud  bo‗lgan  tillarda  kauzativ  so‗z 
yasashga,  nisbat  esa  so‗z  o‗zgartirishga 
xosdir,  degan  qoida  turkiy  tillarga  to‗g‗ri 
kelmaydi. 

Jumladan, 

G.Glisonning 

«Deskriptiv  tilshunoslikka  kirish»  nomli 
asarida  turk  tilidagi  fe‘lga  birikuvchi 
qo‗shimchalarning  aniq  izohlab  berilganini 
ko‗ramiz [3.164]: 

 

Jadvalda  ko‗rinib  turganidek,  ikkinchi 

tartibdagi

-tir 

so‗z  yasovchi  emas,  balki 

kauzativ  deb  ko‗rsatilgan.  Demak,  turk 
tilidagi 

bunday 

qo‗shimchalarni 

so‗z 

yasovchilar  deb  bo‗lmasekan.  Agar  rus 
(

леденеть-леденить

)  va  chuvash  (

илемлĕ 

(go‗zal)–

илемлет 

(go‗zallashtir)  tillarini 

e‘tiborga olib, kauzativ formalar so‗z yasaydi-
ku,  degan  taqdirda  ham,  bu  vaziyatda,  bir 
affiksning bir yo‗la ikki vazifani o‗tayotganini 
inobatga olish kerak bo‗ladi. Bundan tashqari, 
orttirma  nisbat  shakllari  kauzativ  ma‘noni 
ifodalashga xizmat qiladi va bir fe‘l o‗zagiga 
ketma-ket qo‗shila oladi.  

 

 

Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, nisbat 

va 

mayl 

shakllari 

morfologik 

paradigmalardagina 

nisbat 

hamda 

mayl 

maqomida  turadi.  Ular  sintagmatik  qatorga 
ko‗chgandan 

so‗ng 

esa 

kauzativlik 

alomatlariga ega bo‗lgan morfologik unsurlar 
sifatida  gavdalanadi  va,  shu  bilan  birgalikda, 
garchi  yangi  so‗z  yasagan  taqdirda  ham, 
grammatik  ma‘no  ifodalovchi  vosita  ekanligi 
xususiyatini  tark  etmaydi.  Zotan,  ma‘lum  bir 
so‗z  vokabula  sifatida  lug‗at  tarkibida 
semantema  bo‗la  oladi.  Uning  leksemalik 

xususiyati nutqda to‗laqonli namoyon bo‗ladi. 
Kauzativlikni  esa  semantema  deb  bo‗lmaydi. 
Unga  ishora  qilayotgan  belgining  semantema 
holati  fe‘l  orqali  (ba‘zan  ot  bilan: 

iltimos, 

buyruq 

kabi)  yuzaga  chiqadi,  kauzallik 

xususiyati  bilan  emas.  U  faqat  sabab 
qurshovidagi  undash  tushunchasini  beradi, 
xolos.  Bu  esa,  o‗z  navbatida,  til  va  nutq 
dixotomiyasini  to‗g‗ri  anglash  nechog‗li 
muhim ekanligidan dalolat beradi.  

Shunday  ekan,  aytib  o‗tilgan  tillarda 

nisbat shakllarini ifodalayotgan qo‗shimchalar 
fe‘l  yasash  uchun  xizmat  qiladi,  kauzativlik 
alomati 

esa 

grammatik 

ma‘noligicha 

qolaveradi, chunki kauzativlik degan lug‗aviy 
ma‘no  yo‗q.  Lug‗aviy  ma‘no  atash,  harakat, 
miqdor,  xususiyat  kabi  signifikatlar  bilan 
aloqador 

bo‗ladi. 

R.Rasulov 

to‗g‗ri 

ta‘kidlaganidek,  so‗zning  semantik  tuzilishi 
bevosita  ma‘no  bilan  bog‗lanadi.  Har  bir 
ma‘no  semantik  tuzilishiga  ko‗ra  baholanadi. 
So‗zning 

ma‘nosi 

muayyan 

mantiqiy 

qismlardan  tashkil  topadi  [4.4].  Shu  bois, 
leksik  kauzatsiyani  ham  nisbiy  tushunmoq 
darkor,  zotan,  bu  vaziyatda  bir  qo‗shimcha 
fe‘l yasashdan tashqari, undash bilan aloqador 
bo‗lgan  grammatik  ma‘noni  ham  yuzaga 
chiqaradi.  

Lekin, 

shunday 

bo‗lsa-da, 

tilshunoslikda  kauzativlik  ifodasining  leksik 
turi  haqida  ilmiy  mulohazalar  bildirilmoqda. 
Bizningcha,  bu  munozarali  masala  ko‗rinadi. 
O‗zbek  tilida  mazkur  holat  kuzatilmaydi, 
zero,  o‗zbek  tilida  nisbat  hamda  mayl 
shakllari so‗z yasovchilar sirasiga kirmaydi.  

Ta‘kidlash  kerakki,  so‗z  o‗zagiga  fe‘l 

yasovchi 

affiks 

qo‗shilishi 

natijasida 

derivatema 

hosil bo‗ladi: 

1.  – 

Kimsanboy  kelishi  bilan  to„yni 

boshlab 

yuboraveringlar 

(O‗.Hoshimov. 

Saylanma. II jild). 

2. 

...qorong„i  quyuqlashib  ketgan, 

hammayoq 

jimjit 

edi 

(O‗.Hoshimov.Saylanma. II jild). 

3. 

Eshik  g„iyqillab  yopilishi  bilan 

xaltachani 

menga 

uzatdi 

(O‗.Hoshimov.Saylanma. II jild). 

Keltirilgan  misollarning  birinchisida 

bosh+la

ikkinchisida 

quyuq+lash

(quyu/q/la/sh), 

uchinchisida 

g„iyq+illa

 yasama fe‘llari berilgan bo‗lib, ular 

Ma‘no ko‗rsatkichlari 

1-tartib 

-il

  –  passivlik; 

-is

  –  birgalik; 

-

in

 – o‗zlik 

2-tartib 

-tir

 – kauzativlik 

3-tartib 

-ma

 – inkor 

4-tartib 

-ir

–  oddiy  harakat; 

-iyor

  – 

davomli 

harakat; 

-ajak

 

– 

kelajak harakat; 

-mali

 – zaruriy 

harakat 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

74 

leksik 

derivatsiya 

mahsuli 

hisoblanadi.Fe‘lning 

kauzativli 

shakli 

grammema

 deyiladi: 

1. 

Gurganjdagi Qutlug„ Temur Bo„ldoy 

minorasini 

tiklaganida, 

o„z 

nomini 

minoraning  ich  tomoniga  bir  chekkaga 
yozdirgan,...

(Muhammad  Ali.  Ulug‗  saltanat. 

Uchinchi kitob) 

2. 

Oxiri,  qaytg„onimda  Termizda  kutib 

olasizlar, 

deya 

Samarqandga 

jo„natdi 

(Muhammad  Ali.  Ulug‗  saltanat.  To‗rtinchi 
kitob). 

3. 

Kutilmaganda,  mulozim  Axiy  Jabbor 

bahodirning 

saltanat 

yumushi 

bilan 

Gurjistondan 

kelgani 

xabarini 

yetkazdi 

(Muhammad  Ali.  Ulug‗  saltanat.  Uchinchi 
kitob). 

Birinchi  misolda 

yoz+dir, 

ikkinchi 

misolda 

jo„na+t, 

uchinchisida  esa 

yet+kaz 

grammemalari  mavjudligini  ko‗ramiz.  Lekin, 
shunga  ham  e‘tibor  berish  kerakki,  agar 
yasama  so‗zga  kauzativ  shakl  qo‗shilsa  ham, 
mazkur 

hosila 

derivatemaligicha 

qoladi 

(

bosh+la+t,  quyuq+lash+tir,  g„iyq+illa+t

). 

Mavjud  holat  N.K.Yakubovaning  affiks 
morfemalarning o‗zak  yoki  so‗zshakl asosiga 
nisbatan  o‗rnini  ko‗rsatishi  bo‗yicha  ikkinchi 
pozitsiyasiga  to‗g‗ri  keladi,  ya‘ni,  bu 
vaziyatda affiks morfemaning affiksdan keyin 
kelishi  nazarda  tutiladi[5.141].  Ammo,  ushbu 
so‗zning  kauzativlik  ko‗rinishi  uning  asosiy 

konstantasi

  (

k

  −  kauzativ  situatsiyadagi 

doimiy  holat)  hisoblanadi[6.8-9],  chunki 
yasovchi  qo‗shimchadan  keyin  birikayotgan 
orttirma  nisbat  shakli  uning  grammatik 
ma‘noning  ma‘lum  turiga  xoslanganligini 
belgilab keladi. Shu bois uni 

kauzatema 

desak 

to‗g‗ri bo‗ladi deb o‗ylaymiz. 

Ta‘kidlashkerakki,  konstanta  mavqeyi 

situatsiya  va  undagi  ishtirokchilar  bilan 
belgilanadi. 

Kauzativ 

situatsiyaning 

kengayishi 

natijasida, 

o‗z 

navbatida, 

ishtirokchilar  soni  ham  orta  boshlaydi  va 
keyingi  situatsiya  avvalgisiga  nisbatan  makro 
xarakterli bo‗lib qoladi. Natijada, situatsiya va 
ishtirokchilarni 

belgilovchi 

morfologik 

vositalar  (kauzativ  affiksal 

morfemalar) 

qurshovida  derivatsiya  vujudga  keladi.  Buni 

kauzaderivatsiya

 deb ataymiz.  

Masalan, 

bosh+la+t,  quyuq+lash+tir, 

g„iyq+illa+t

 

so‗zlaridan 

ikkinchi 

va 

uchinchisining  konstanta  ko‗rsatkichi  (

k

uchga  teng:  1-kauzativ  muhit  (C−  kauzativ 
situatsiya), 

2-kauzatsiyalovchi 

shaxs 

(S−subyekt), 3-kauzatsiyalanuvchi individ (I). 
Ammo,  birinchi  so‗zning  (

bosh+la

)  nutqdagi 

buyruq  shakli  holatini  e‘tiborga  olsak,  uning 
konstantasi  beshga  teng  bo‗ladi.  Zero, 
fe‘lning 

boshla 

formasi  orqali  ham  da‘vat 

etish  ma‘nosi  borligi  kuzatiladi.  Qiyoslang: 
(

Sen

boshla

–  birinchi  individ  dastlabki 

situatsiyada  kauzatsiyalanyapti;      (

Sen

boshlat 

–  II  shaxs  yana  kimnidir  keyingi 

makrosituatsiyada 

(avvalgisiga 

nisbatan) 

kauzatsiyalashi  kerak.  Mazkur  vaziyatda  u 

k

=C

1

+S→I

1

+C

2

→I

2

  ga  teng  bo‗ladi.  Lekin, 

quyuq+lash,  g„iyq+illa

kabi fe‘llarga nisbatan 

formulaning 

bu 

ko‗rinishini 

qo‗llay 

olmaymiz,  chunki  ular  shaxsga  qarata 
ishlatilmaydi  (badiiy  jonlantirishni  hisobga 
olmasa,  albatta).  Ba‘zan  situatsiyaga  qarab, 
ikki  marta  kauzativ  forma  birikib  kelganda 
ham konstanta ko‗rsatkichi ortadi: 

Buni  o„qitdirib  eshitgandan  keyin 

mingboshi  juda  xursand  bo„ldi

  (Cho‗lpon. 

Kecha va kunduz).  

Ushbu  misoldagi 

o„qi+t+dir 

so‗zida 

ham 

konstanta 

beshga 

teng: 

k

=C

1

+S→I

1

+C

2

→I

2

Bunda 

affikslarning 

o‗zaro  valentlik  hosil  qilishini  ham  e‘tiborga 
olish 

kerak, 

albatta. 

Zero, 

yuqoridagi 

bosh+la+t,  quyuq+lash+tir,  g„iyq+illa+t

 

kauzatemalarining  ikkinchisi  bilan  yana  bir 
orttirma 

nisbat 

shakli 

valentlikka 

ega 

bo‗lolmaydi 

(

quyuq+lash+tir+tir 

kabi). 

Buning  sababi  esa  mazkur  kauzatemaning 
qo‗shimcha  distributsiya  qoidasiga  amal 
qilishidadir. Lekin, bu kabi fe‘llarni faqat uch 
konstantali  bo‗ladi,  deb  tushunmaslik  kerak. 
Ushbu  vaziyatda  konstantaning  beshinchi 
ishtirokchisini  III  shaxs  buyruq-istak  mayli 
shakli 

belgilashi 

mumkin. 

Qiyoslang: 

bosh+la+t+tir 

− 

quyuq+lash+tir+sin

Birinchi 

so‗zda 

ham 

subyekt 

kauzatsiyalanuvchiga 

ikkinchi 

individni 

kauzatsiyalashni buyurmoqda, ikkinchi so‗zda 
ham  xuddi  shu  holatning  analogi  yuzaga 
chiqmoqda. 

Faqat 

bu 

vaziyatda 

quyuq+lash+tir

 

kauzativ 

shakli 

-sin

 

qo‗shimchasi 

bilan 

k

=C

1

+S→I

1

+C

2

→I

2

formulasi 

asosida 

valentlik  hosil  qilmoqda.  Endi  bu  holatda 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

75 

almashuv 

distributsiyasi 

qo‗llanmoqda, 

chunki  kauzativ  ma‘no  nisbat  bilan  emas, 
balki mayl kategoriyasi orqali voqelanmoqda. 

Umuman,  kauzativ  affikslar  o‗zlari 

birikayotgan  fe‘llarga  mos  ravishda  valentlik 
qurshovida 

bo‗ladilar. 

Masalan, 

bosh+la+t+tir 

kauzatemasi 

yana 

-sin 

qo‗shimchasi  bilan  valentlikka  kirishishi 
mumkin.  Bu  holatda  uning  konstantasi 
to‗qqizga 

teng 

bo‗ladi: 

k

=C

1

+S→I

1

+C

2

→I

2

+C

3

→I

3

+C

4

→I

4

. Ammo u 

-kaz, -ir, -iz 

kabi affikslar bilan valentlik hosil 

qilolmaydi.  Boshqacha  aytganda,  u  fe‘l 
yasalishida 

dastlab 

obyekt 

va 

harakat 

o‗rtasidagi 

mikrosintagmatik 

munosabat 

planida  derivatema  hosil  qilib,  so‗ng 
paradigmatik  qatordan  o‗zi  uchun  tegishli 
bo‗lgan kauzaoperatorlarni  tanlab, kauzatema 
maqomiga erishadi.  

Yuqoridagi 

formuladan 

ko‗rinib 

turibdiki,  kauzasituatsiyalar  kengaygan  sari 
makroxarakterga ega bo‗lib bormoqda va ish-
harakatga  undovchi  individlar  soni  ham  ortib 
bormoqda. 

Bu 

jarayonda 

esa 

aynan 

morfologik  vositalar  (affiksal  morfemalar) 
o‗ziga 

xos 

kauzal 

derivatsiyani 

voqelantirmoqda. 

Ammo, 

mazkur 

makrosituatsiya 

voqelanishini 

nisbiy 

tushunmoq 

darkor, 

chunki 

vaziyatning 

makroxususiyat  kasb  etishi  kauzatemaning 
ichki  qobig‗ida  ro‗y  bermoqda,  aslida 
umumiy holat mikroligicha qolmoqda.  

Bu  vaziyatda,  albatta,  kauzativ  negizlar 

shakllanishi  masalasini  ham  e‘tiborga  olish 
kerak bo‗ladi.  Negiz deganda esa har qanday 
qo‗shimcha  qo‗shilishi  uchun  asos  vazifasini 
o‗taydigan  so‗z  qismini  tushunamiz.  O‗z 
navbatida,  negizni  turlarga  bo‗lib  tahlil 
qilamiz.  Masalan,  yasovchi  qo‗shimchani 
qabul  qilgan  so‗z  qismini 

leksik  negiz

lug‗aviy  shakl  hosil  qiluvchini  qabul  qilgan 
qismni 

morfologik negiz

, sintaktik shakl hosil 

qiluvchini  biriktirayotganini  esa 

sintaktik 

negiz

 deb aytamiz. Masalan: 

paxta+kor

:  paxta  →  leksik  negiz; 

paxta+kor+lar

:  paxtakor  →  morfologik 

negiz; 

paxta+kor+lar+imiz

:  paxtakorlar  → 

sintaktik  negiz; 

paxta+kor+lar  imiz+  ga

paxtakorlarimiz → ikkinchi sintaktik negiz. 

Ana shu tarzda  yuqoridagi 

boshlattirsin 

fe‘lini 

(derivatemaga 

asoslangan 

kauzatemani)  negizlarning  turlari  asosida 
tahlil qilamiz: 

bosh+la

: bosh → leksik negiz → 

boshla

 

→  leksik  derivat  va  birinchi  kauzaderivat; 

bosh+la+t

:  boshla→  morfologik  negiz  → 

boshlat 

→ 

ikkinchi 

kauzaderivat; 

bosh+la+t+tir

boshlat 

→ 

ikkinchi 

morfologik  negiz  → 

boshlattir 

→  uchinchi 

kauzaderivat; 

bosh+la+t+tir+sin

:  boshlattir 

→  sintaktik  negiz  → 

boshlattirsin 

→ 

to‗rtinchi  kauzaderivat.  Ammo,  so‗zni 

bosh+la+sin 

tarzida 

shakllantirish 

ham 

mumkin.  Bu  holatda  kauzatema  konstantasi 
beshga 

teng 

bo‗lib, 

k=

C

1

+S+I

1

+C

2

+I

2

 

formulasini taqozo etadi, zero, ushbu formada 
kauzator 

II 

shaxs 

orqali 

III 

shaxsni 

kauzatsiyalashga 

undamoqda. 

Endi 

bu 

ko‗rinishda  yasama  fe‘l  shakli  (

boshla

sintaktik  negiz  maqomida  bo‗ladi.  Bundan 
tashqari, 

ushbu 

forma 

bilan 

nafaqat 

kauzaoperatorlar,  balki  boshqa  morfologik 
vositalr  ham 

(-mi,  -chi,  -a

  kabi  so‗roq  va 

taajjub  yuklamalaridan  tashqari)  valentlik 
hosil qilolmaydi.  

Ta‘kidlash  kerakki,  operatorlarning  bir-

biriga  nisbatan  egallagan  oppozitiv  holatiga 
ko‗ra  derevatemaga  asoslanuvchi  mazkur 
kauzatema  shu  xildagi  hosilani  tashkil 
etmoqda.  Masalan, 

boshlamoq 

fe‘lining 

infinitiv 

shaklini 

mikrosintagmatik 

munosabatda  unga  nisbatan  oppozitsiyada 
turgan 

-la

  qo‗shimchasi  inkor  etadi  va 

buyruq-istak  mayli  ko‗rinishida  undashni 
ifodalaydi. 

Boshlat

  kauzatemasining  vujudga 

kelishi  esakauzativ  planda 

-la

  affiksining 

opponenti  hisoblanuvchi 

-t

  orttirma  nisbati 

shakli orqali amalga oshadi. Ammo, oppozitiv 
rejada  buyruq-istak  mayli  qo‗shimchalari 
kauzatema  hosil  qilganda  ularga  nisbatan 
biror  bir  shakl  oppozitsiyada  turmaydi. 
Boshqacha 

aytganda, 

derivatologiya 

qonuniyatiga 

binoan, 

keyingi 

operator 

avvalgisini inkor etadi. Shunga ham ahamiyat 
berish  kerakki,  affikslarning  biz  aytayotgan 
oppozitiv 

holati 

kauzaderivativ 

nuqtayi 

nazardan  inobatga  olingan  holda  keltirilyapti. 
Aslida, 

qo‗shimchalar 

morfologik 

xususiyatlarining mos kelishiga qarab, bir-biri 
bilan  o‗zaro  oppozitiv  holatda  bo‗lishi 
mumkin.  Masalan,  kelishik  qo‗shimchalarini 
olaylik.  Mazkur  shakllar  bir-biriga  opponent 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

76 

bo‗lib,  so‗zlovchi  ulardan  o‗zi  xohlaganini 
tanlaydi  va  nutqini  voqelantiradi.  Biroq,  fe‘l 
so‗z  turkumiga  xos  bo‗lgan  grammatik 
ko‗rsatkichlar  (mayl,nisbat  kabilar)  ot  so‗z 
turkumining 

morfologik 

shakllari 

bilan 

(egalik,  kelishik  kabi)  oppozitiv  qatorda  tura 
olmaydi.  Hatto  biz  tahlil  qilayotgan  orttirma 
nisbati  shakllarining  hammasi  ham  o‗zaro 
oppozitiv  qo‗shimcha  bo‗lmasligi  mumkin. 
Masalan, 

ichmoq

 fe‘liga qo‗shiluvchi orttirma 

nisbati  shakllaridan 

-ir,  -kiz 

oppozitivlikni 

tashkil 

etishi 

mumkin, 

lekin, 

bu 

qo‗shimchalar  aynan  shu  fe‘lga  qo‗shilishiga 
qarab, 

-t, -sat

 kabi affikslar bilan bir oppozitiv 

pog‗onadan 

joy 

olmaydi. 

Boshqacha 

aytganda,  o‗zaro  juftlik  hosil  qiluvchi 
kauzativ 

qo‗shimchalar 

kauzativ 

fe‘l 

oppozitsiyasini tashkil etadi [7.112]. 

Shuni  ham  e‘tiborga  olish  kerakki, 

yuqoridagi  tahlil  qilinayotgan  qo‗shimchalar 
bir  yo‗la  ham  operand,  ham  operator 
vazifasida keladi, chunki affikslar til materiali 
hisoblanadi. 

Ana 

shu 

til 

materiallari 

bajaradigan  vazifasiga  qarab  taqsimlanadi. 
Lekin,  yasama fe‘llardagi leksik derivat hosil 
qiluvchi  operatorlar  derevatemaga  tirkalib 
kelayotgan 

kauzaoperatorlarga 

qaraganda 

ustunroq  mavqeni  egallaydi,  chunki  bu 
holatda  yasovchi  qo‗shimcha  bo‗lmas  ekan, 
kauzaoperatorlar  bo‗shliqda  qolib  ketadi. 
Qiyoslang: 

bosh+la+t – bosh+ø≠t,≠tir. 

Ta‘kidlash  joizki,  kauzativ  muhitning 

(C)  konstanta  ko‗rsatkichi  natijali,  maqsadli, 
shartli  kabi  ma‘no  ifodalari  bilan  kelishi 
mumkin.  Bu  esa  nutqiy  situatsiyada  bilinadi 
va ushbu mazmunning voqelanishida fe‘lning 
zamon  ko‗rsatkichi,  maqsad,  shart  mayli 
shakllari xizmat qiladi. Zotan, kauzatemaning 
tildagi ko‗rinishida bu kabi ma‘nolarni anglab 
bo‗lmaydi. Qiyoslang:  

1) 

yutqizmoq 

(kauzatema-infinitiv)

...

utsa 

(yutsa) 

tegaman,  utdirsa 

(yutqizsa) 

so„yaman

(Kuntug‗mish)

  (konstantasi  shartli 

bo‗lgan kauzasituatsiya);  

2) 

chiqazmoq

(kauzatema-infinitiv) 

– 

Afandi 

amirni 

xijolatdan 

chiqazmoqchi 

bo„ldi

(Afandi 

latifalari) 

– 

(konstantasi 

maqsadli bo‗lgan kauzasituatsiya);  

3) 

chizdirmoq 

(kauzatema-infinitiv)

– 

Xonzoda 

begim 

uning 

musavvir 

ham 

ekanligini  bilib  qolib,  o„zining  suratini 
chizdirgan

  (P.Qodirov.  Yulduzli  tunlar).– 

(konstantasi natijali bo‗lgan kauzasituatsiya). 

Ta‘kidlaganimizdek, 

kauzativlik 

tushunchasi fe‘lning orttirma nisbati, buyruq-
istak  mayli  shakllari,  analitik  vositalar 
ko‗magida 

nutqda 

voqelanar 

ekan 

(morfologikmi,  sintaktikmi  qat‘i  nazar), 
semantik  tushunchaligicha  qolaveradi.  Faqat 
morfologik  nuqtayi  nazardan  uni  ifodalovchi 
morfologik vositalar, sintaktik jihatdan nutqda 
kauzativ  ma‘noni  beruvchi  sintaktik  uzvlar 
tekshiriladi. 

Masalan, 

ma‘lum 

bir 

kauzatemaning  tildagi  shaklini  kauzativ 
deyish  uchun  tilda  tayyor  holdagi  kauzativ 
situatsiyalarning  yo‗qligi  monelik  qiladi.  Shu 
bois  biz  uni  ifodalovchi  vositalarini  hisobga 
olib,  shartli  ravishda,  morfologik  yoki 
sintaktik deb tadqiq qilamiz.  

Shunday 

ekan, 

prof. 

I.A.Melchuk 

ta‘kidlaganidek,  kauzativlikni  hosil  qiluvchi 
qo‗shimchalar bilan nisbat shakllarini farqlash 
kerak, deb emas, balki bir qo‗shimchaning til 
va  nutqda  namoyon  bo‗lishining  o‗ziga 
xosligini ajrata bilish zarur, deb aytsak to‗g‗ri 
bo‗ladi.  Aks  holda,  ottirma  nisbatni  bir 
qo‗shimcha, kauzativlikni boshqa qo‗shimcha 
hosil  qilar  ekan,  degan  fikr  tug‗ilishi  tabiiy. 
Zero,  orttirma  nisbat  shaklini  va  u  orqali 
ro‗yobga  chiqayotgan  kauzal  ma‘noni  ayri 
tasavvur etish qiyin.  

Yuqoridagi  kauzativlikning  o‗ziga  xos 

kauzaderivatlar  hosil  qila  olishi  haqidagi 
fikrimizda  shunga  asoslandikki,  kauzativlik 
o‗z  ichki  ma‘no  salmog‗iga  ko‗ra  bir-biridan 
farq  qiluvchi  turlarga  bo‗linadi.  Bu  farq 
qiluvchi  ma‘nolarning  yuzaga  chiqishida,  o‗z 
navbatida, morfologik vositalarning ahamiyati 
katta bo‗ladi. Shunga ko‗ra, ushbu morfologik 
unsurlar  kauzaoperandlar  va  kauzaoperatorlar 
deb  yuritiladi.  Aniqrog‗i,  bunday  vositalar 
kauzal 

bo‗g‗imlar 

hisoblanadi. 

Kauzativlikning ma‘no jihatidan farq qiluvchi 
turlari 

kauzaderivatlar 

deyiladi. 

Kauzaderivatlar,  o‗z  navbatida,  faktivlik  va 
permissivlik asosida voqelanadi. 

 
 
 


background image

Хорижий филология  

№4, 2020 йил 

 

 

77 

Adabiyotlar: 

 

1.Мельчук  И.А.  Курс  общей  морфологии.  Том  II.  Часть  вторая:  морфологические 

значения.-Москва-Вена: Язык русской культуры,1998. 

2.Гениш Э. Грамматика турецкого языка. Том 2.-М.: Изд-во ЛКИ,2008. 
3.Глисон Г.А. Введение в дескриптивную лингвистику.-М.:Иностранная лит-ра,1959. 
4.Rasulov R. O‗zbektilife‘llariningma‘no tuzilishi.-Toshkent:TDPU,2008. 
5.Якубова Н.К. Правила формального синтеза узбекских словоформ//Система и уровни 

языка.-М.:Наука,1969.   

6.ХолодовичА.А. 

Типология 

каузативных 

конструкций. 

Морфологический 

каузатив.//Отв. ред. А.А.Холодович. -Л.: Наука,1969. 

7.Литвинович  А.Г.  Связь  каузативности  с  другими  категориями  глагола//Вестник 

МДПУ,№1,2013.  

 

Турниязов  Б.,  Саидова  С.  Выражение  каузативности  способом  аффиксации. 

Статья  посвящена  изучению  концепции  каузации  в  лингвистике.  В  ней,  в  основном, 
каузативность исследуется сморфологической точки зрения. 

 

 

Turniyazov B., Saidova S. Expression of causativity by the way of affixation. 

The article is 

devoted to the study of the concept of causation in linguistics.It mainly studies causativeness from a 
morphological point of view. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Библиографические ссылки

Мельчук И.А. Курс общей морфологии. Том II. Часть вторая: морфологические значения.-Москва-Вена: Язык русской культуры, 1998.

Гениш Э. Грамматика турецкого языка. Том 2.-М.: Изд-во ЛКИ,2008.

Глисон Г.А. Введение в дескриптивную лингвистику.-М.:Иностранная лит-ра, 1959.

Rasulov R. O'zbektilife’llariningma'no tuzilishi.-Toshkent:TDPU,2008.

Якубова Н.К. Правила формального синтеза узбекских словоформ//Система и уровни язы ка.-М.: Н аука, 1969.

ХолодовичА.А. Типология каузативных конструкций. Морфологический

каузатив.//Отв. ред. А.А.Холодович. -Л.: Наука, 1969.

Литвинович А.Г. Связь каузативности с другими категориями глагола//Вестник МДПУ ,№1,2013.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов