Семантический статус каузативности

ВАК
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
43-46
34
8
Поделиться
Турниезов, Б. (2019). Семантический статус каузативности. Иностранная филология: язык, литература, образование, (2 (71), 43–46. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/foreign_philology/article/view/985
Бехзод Турниезов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

к.ф.н.,старший преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье каузативность изучается по закономерности семантической деривации, а также в ней выражено отношение к научным взглядам некоторых учѐных

Похожие статьи


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

43

 

SCIENTIFIC  INFORMATIONS                                ИЛМИЙ АХБОРОТЛАРЛ

 

 

KAUZATIVLIKNING SEMANTIK MAQOMI 

 

Turniyozov Behzod Ne‟matovich, 

SamDCHTI katta o‗qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi 

 
 

Kalit  so„zlar: 

semantika,  kauzallik  va  kauzativlik,  kauzasemantik  derivatsiya,  semantik 

operator, sabab va oqibat munosabati. 

 

Tilshunoslikning semasiologiya sohasi 

faqat  uning  leksikologiya bo‗limi  bilan emas, 
balki 

fonetika, 

morfologiya, 

sintaksis 

bo‗limlari  bilan  ham  uzviy  aloqadordir. 
Masalan,  nutq  tovushlarining  morfema  yoki 
so‗z  tasarrufuda  ma‘no  ifodalash  uchun 
xizmat  qilishi,  morfemalarning  ifodalanuvchi 
xususiyatga  ega  bo‗lishi,  gap,  mikro-  va 
makromatn  tarkibiy  qismlarining  mantiqiy 
izchillikda  ma‘no  qurshovida  kelishi  bunga 
misol  bo‗lishi  mumkin.  O‗z  navbatida, 
semantika tushunchasi bugungi tilshunoslikda 
dolzarb 

muammolardan 

biri 

bo‗lgan 

kauzatsiya  jarayoni  bilan  ham  bog‗liqdir. 
Shuni 

aytish 

kerakki, 

kauzativlik 

tilshunoslikda 

faqat 

semantik 

nuqtayi 

nazardan  emas,  balki  morfologik  va  sintaktik 
jihatdan  ham  o‗rganilmoqda  va  bu  holat 
kauzativlik 

tushunchasining 

grammatik 

kategoriya  sifatida  talqin  qilinishiga  sabab 
bo‗lmoqda:  «…

каузативность    является 

одной из глагольных категорий. При этом 
она не только категория грамматическая, 
но и функционально-семантическая

»[1,86]. 

Biz  esa  kauzativlikning  grammatik 

kategoriya 

sifatida 

tadqiq 

qilinishini 

maqsadga  muvofiq    deb  hisoblamaymiz.  Rus 
tilshunosi  E.Y.Gordon  ham  bu  haqda  so‗z 
yuritganida 

haqiqatni 

aytgan 

edi: 

«

Kauzativlikni  grammatik  kategoriya  deb 

bilish noo‗rin, zero, kauzativlik ma‘no ifodasi 
o‗zining 

doimiy 

ko‗rsatkichlariga 

ega 

emas

»[2,5].  

E.Y.Gordon 

ta‘kidlaganidek, 

kauzativlik  grammatik  kategoriya  emas, 
albatta, 

lekin 

ushbu 

tushunchani 

ifodalaydigan doimiy ko‗rsatkichlari yo‗q deb 
xulosa  chiqarish,  bizningcha,  munozarali 
ko‗rinadi. Chunki kauzativlikning tillarda turli 
vositalar  bilan  ifodalanishining  o‗zi  ham 
uning  doimiy  ko‗rsatkichlari  mavjudligidan 

dalolat  beradi.  Masalan, 

sanskritda:  janati 

(tug‗iladi) – jan-

ay

-ati  (tug‗diradi)  –  fleksiya 

(markerli  kauzativ);  rus  tilida:  умереть  – 
убить  –  suppletiv  kauzativ;  o‗zbek  tilida: 
ko‗rdi 

– 

ko‗r-

sat-

di 

– 

postfiksli 

kauzativ(markerli);  fransuz  tilida:  Je 

ferai 

écrire  une  lettre  au  directeur  par  Jean  (Men 
Janni 

direktorga 

maktub 

yozishga 

majburlayman

)  –  analitik  kauzativ

.  Bunda 

kauzativlikning 

morfologik 

unsurlar 

(ko‗rsatkichlar)  yordamida  ifodalanayotgani 
izoh  talab  qilmaydi.  Bundan  tashqari,  tobe 
komponentli  murakkab  sintaktik  qurilmalar 
operandlarini 

derivatsion 

munosabatga 

kirituvchi 

shuning  uchun,  -sa,  chunki 

kabi 

operatorlar  ham,  shubhasiz,  sintaktik  jihatdan 
kauzativ 

qurilmalarni 

shakllantiruvchi 

vositalar  hisoblanadi.  Hatto  XV  asrlarda 
bobokalonimiz  Alisher  Navoiy  ham  mazkur 
tushunchaning  turkiy  tilda,  garchi  o‗sha 
davrlarda  kauzativlik  deb  atalmagan  bo‗lsa-
da,  o‗z  ko‗rsatkichlari  mavjudligini  aytib 
o‗tadilar: 

«Yana  arabiy  sarf  istilohda  ikki 

maf‘ulluq  fe‘llar  borki,  aning  adosi  dag

mo tabar  va  kulliydur.    Andin  dag

i  sortlar 

oriy qolibdurlar.  Va atrok anga ham xo‗broq 
vajh  bila  mutobaat  qilibdurlar.  Arabiy 
andoqki,  «

A‟taytu  Zaydan  dirhaman

», 

(Zaydning  dirhamini  berishimni  buyurdilar) 
bu  tarkibda  uch  lafz  mazkur  bo‗lur.  Alar 
lafzg‗a  bir  harf  ortturg‗on  bila  munga 
o‗xshash  bir  zamirni  ortubdurlar,  bag‗oyat 
muxtasar  va  mufid  tushubdur.  Andoqki, 

yugurt

  va 

qildurt

  va 

yashurt

  va 

chiqart

»

 

Ma‘nosi: 

«Arabiy  ikki  maf‗ulluk  fe‘llar 

(vositali  obyektli    buyruq    ma‘nosi)  ham  
sortlarda  yo‗q,  turklar    bir    harf    qo‗shish  
orqali    bu    ma‘noni  juda  qisqa  va  aniq 
ifodalaydilar»

[3].

  

 Shunday 

ekan, 

kauzativlik 

tushunchasining  doimiy  ko‗rsatkichlari  bor 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

44

 

deb  bemalol  aytsa  bo‗ladi.  Aks  holda 
kauzativlikni  tilda  ham,  nutqda  ham  aniqlab 
bo‗lmas  edi.  Bundan  tashqari,  mazkur 
tushunchani  grammatik  kategoriya  deb  emas, 
balki grammatik ma‘no ifodalovchi vosita deb 
o‗rganish  to‗g‗ri  bo‗ladi.  Uning  semantik 
jihatdan  ifodalanishiga  kelsak,  kauzativlik 
gapning 

presuppozitsiyasi, 

mikro 

yoki 

makromatn  tarkibiy  qismlarining  semantik 
distributsiyasi  bilan  bog‗liq  ravishda  tahlil 
qilinadi.  

Kauzativlik 

grammatik 

ma‘no 

ifodalovchi  vosita  bo‗lsa,  u  holda  mantiqiy 
semantik  jarayon  bilan  nima  aloqasi  bor?-
degan savol tug‗ilishi tabiiy, albatta. Masalan, 
grammatik  ma‘no  ifodalovchi  fleksiya 
hodisasini  olaylik.  Mazkur  hodisa  grammatik 
vosita  bo‗lishiga  qaramay,  tillarda  zamon 
yoki  son  kategoriyalarini ham  ifodalayveradi. 
Jumladan,  arab  tilida: 

 

(

qalbbun  - 

qulubun

)  –  qalb-qalblar  (son  kategoriyasi 

ifodasi);  nemis  tilida: 

sang  –  gesungen  – 

kuyladi-kuylagan  (yaqin  va  uzoq  o‗tgan 
zamon  ifodasi).  Shunday  ekan,  kauzativlik 
ham grammatik vosita bo‗lishidan qat‘i nazar, 
mantiqiy 

presuppozitsiya 

va 

semantik 

distributsiya bilan bemalol bog‗lanaveradi.

   

Professor  A.R.Gubanov  va  uning 

shogirdi  N.I.Res  hammuallifligida  yozilgan 
«Категория  причинности:  каузальная  и 
каузативная 

связи» 

nomli 

maqolada 

kauzallik 

bilan 

kauzativlik

  tushunchalari 

farqlab 

o‗rganilgan. 

Olimlar 

fikricha, 

kauzallik  shart  ma‘nosi  orqali  ifodalangan 
sababni  izohlasa,    kauzativlik  undash  orqali 
ifodalangan sababni bildiradi [4,247]. Mazkur 
fikrning  boshqa  tilshunoslar  tomonidan  ham 
qo‗llab-quvvatlanganligini 

kuzatishimiz 

mumkin.  Masalan,  Y.V.Baklagova  «К 
вопросу о каузальности и каузативности в 
системе 

языкa» 

nomli 

maqolasida 

quyidagilarni 

aytadi: 

«

Tilshunoslik 

adabiyotlarida sabab va oqibat kategoriyalari 
bilan  bog‗lanuvchi 

kauzallik 

va 

kauzativlik

 

kabi 

korrelyat 

terminlarni 

uchratamiz. 

Mazkur  terminlar  lotincha 

causa

  «sabab, 

asoslamoq,  undash»  ma‘nolarini  ifodalaydi. 
Lekin  kauzallik  shart  ma‘nosi  ifodasi  orqali 
namoyon  bo‗ladigan  tasdiq,  isbot,  bahona, 
maqsad, 

asos 

kabi 

tushunchalarni 

birlashtiradi  va  o‗z  navbatida,  sintaktik 

unsurlar  bilan  hosil  bo‗ladi.  Masalan, 
qo‗shma  gap  unsurlarini  aytishimiz  mumkin. 
Kauzativlik 

esa 

fe‘lning 

grammatik 

kategoriyasi bo‗lib, faqat sabab ma‘nosi bilan 
bog‗lanadi

» [5,30]. 

 

Yuqorida 

aytib 

o‗tganimizdek, 

birinchidan,  kauzativlik  fe‘lning  grammatik 
kategoriyasi  emas,  ikkinchidan,  kauzallik 
bilan 

kauzativlikni 

bir-biridan 

farqlab 

o‗rganib  masala  mohiyatini  chigallashtirish, 
bizningcha,  bu  hodisaning  tilshunoslarimiz 
tomonidan 

tadqiq 

qilinishida 

tushunmovchiliklarga  sabab  bo‗ladi.  Shuni 
eslatib o‗tish kerakki, kauzativlik tushunchasi 
grammatik  ma‘no  ifodalovchi  vosita  ekan,  u 
ishtirok etgan so‗z, so‗z birikmasi, gap, mikro 
yoki  makromatn  kabi  til  va  nutq  birliklari 
kauzal  ma‘no  ifodasi  qurshovida  bo‗ladi, 
xolos. Boshqacha aytganda, kauzativ vositalar 
orqali kauzal ma‘no ifodalanadi.  
 

Aslida,  sabab  va  oqibat  muammosi 

tahliliga  antik  davr  faylasufi  Arastu  murojaat 
etgan  edi.  U  sabab  va  oqibat  munosabatini 
o‗ziga  xos  usulda  tasnif  etadi:  1)  inson 
harakatlari sababiyati tipologiyasi; 2) narsalar 
mohiyati  sababiyati  tipologiyasi  [6,30-38]. 
Bugungi  kunda  ham  sabab  va  oqibat 
munosabatlari  mohiyati  mazmunini  o‗rganish 
jamiyatshunoslik 

va 

insonshunoslikda 

(falsafa, 

mantiq, 

psixologiya, 

adabiyot, 

tilshunoslik,  san‘at  va  h.k.)  o‗z  aktualligini 
yo‗qotgan  emas.  Zero,  bizni  qurshab  turgan 
olamda  sodir  bo‗layotgan  turli  voqealar, 
tabiiy  hodisalar,  jamiyat  a‘zolarining  o‗zaro 
munosabati  boshqa  jarayon  va  hodisalarga 
bog‗liq  ravishda  sodir  bo‗ladi.  Bu  esa,  o‗z 
navbatida, 

ozmi-ko‗pmi 

ma‘lum 

bir 

sabablarga  ko‗ra  amalga  oshadi.  Shunday 
ekan,  sabab  va  oqibat  qonuniyati,  qaysi  davr 
bo‗lishidan  qat‘i  nazar,  kun  tartibida  o‗z 
dolzarbligini yo‗qotmaydi.  
 

Shunday  qilib,  sabab  va  oqibat 

munosabatlarini  ifodalovchi  kauzal  ma‘no 
materiya  harakatining  barcha  formalarida  o‗z 
aksini  topadi,  shu  jumladan,  tilshunoslik 
sohasida ham u muhim omillardan biri bo‗lib 
gavdalanadi.  A.A.Potebnya  ta‘kidlaganidek, 
harakat  tushunchasi  subyekt  va  obyekt 
munosabatlari ifodasida sabab tushunchasidan 
xoli  emas.  Boshqacha  aytganda,  sababiyat 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

45

 

subyekt  harakati  va  obyekt  holatidan  tarkib 
topadi [7,7].  

Avvalgi 

ishlarimizda 

kauzativlik 

semantik  nuqtayi  nazardan  o‗rganilganda 
grammatik  ma‘no  ifodalovchi  vositaga 
nisbatan 

mantiqiy 

kategoriyaga 

yaqin 

turishini  aytgan  edik.  Bundan  tashqari, 
kauzativlik 

tushunchasining 

semantik 

tomondan  tadqiq  qilinishi  ham  derivatsiya 
qonuniyatlariga 

bo‗ysunadi. 

Zotan, 

derivatsion  nuqtayi  nazardan  olib  qaralganda 
derivatsiyaning  har  qanday  turida  (leksik, 
semantik,  sintaktik)  shakllanish  nazarda 
tutiladi.  Shunday  ekan,  bu  jarayonda  kauzal 
ma‘noning  shakllanishini  kuzatamiz.  Shu 
bois,  derivatsiyaning  bu  turini 

kauzasemantik 

derivatsiya

  deb  atamoqdamiz.  Fikrimiz  isboti 

uchun quyidagi misollarga e‘tibor beraylik: 

1. 

Qiyom  vaqti.  Og‗ilda  sigir 

ma‘raydi.  Uni  podaga  yubormaydilar:  bir 
ko‗zi  ko‗r  bo‗lganidanmi  podadan  qaytishda 
shoxi  bilan  konkaning  oynasini  sindirib 
qo‗ygan.  Bobom  qattiq  xafa  bo‗lib,  bir 
so‗mmi,  yarim  so‗mmi  jarima  to‗lagan

 

(Oybek. Bolalik). 

2. 

Iskandaronning  rangi  uchib  ketdi, 

qo‗rqinch  to‗la  ko‗zlari  bilan  eshikka  qarab-
qarab qo‗ydi

 (Oybek. Nur qidirib). 

Yuqoridagi  misollarning  birinchisi 

abzas  shaklidagi  makromatn  bo‗lib,  uning 
sintaktik  derivatsiyasida  tayanch  struktura 
muhim  rol  o‗ynaydi,  chunki  makromatn 
shakllanishida  uning  barcha  operandlari 
tayanch  strukturaning  ma‘no  salmog‗iga 
tayanadi  [8,146].  Mazkur  makromatnda 
tayanch  struktura  vazifasini  uning  ikkinchi 
operandi 

bajarmoqda. 

Ammo 

berilgan 

matnning 

kauzasemantik 

derivatsiyasida 

uning  to‗rtinchi  operandi  ustuvor  xarakter 
kasb  etadi,  chunki  kauzal  ma‘no  aynan  shu 
operand orqali ro‗yobga chiqa boshlaydi: 

1) 

bir  ko‗zi  ko‗r  bo‗lgan 

(sabab)  – 

podadan  qaytishda  shoxi  bilan  konkaning 
oynasini  sindirib  qo‗ygan

  (oqibat)  –  birinchi 

kauzaderivat. 

2)

  podadan  qaytishda  shoxi  bilan 

konkaning  oynasini  sindirib  qo‗ygan 

(sabab) 

– 

Bobom qattiq xafa bo‗lib, bir so‗mmi, yarim 

so‗mmi  jarima  to‗lagan 

(oqibat)  –  ikkinchi 

kauzaderivat. 

 

3) 

Bobom  qattiq  xafa  bo‗lib,  bir 

so‗mmi,  yarim  so‗mmi  jarima  to‗lagan 

(sabab) – 

Uni podaga yubormaydilar

 (oqibat) 

– uchinchi kauzaderivat.  
 

Ko‗rib turganimizdek, makromatnning 

kauzasemantik  derivatsiyasi  uch  bosqichli 
kauzal  hosilaga  tayanadi.  Bunda 

sigir 

so‗si 

kauzativ  munosabatga  olib  keluvchi  kauzator 
sanaladi.  Boshqacha  aytganda,  mazkur  so‗z 
kauzativ  jarayonga  undovchi  unsur  bo‗lib 
xizmat  qiladi.  Makromatn  kauzaoperandlari 
esa  semantik  kauzaoperator  orqali  kauzativ 
munosabatga kirishmoqda. Chunonchi, bunda 
kauzativ  distributsiya  muhim  rol  o‗ynaydi. 
Natijada,  makromatn  maqomidagi  murakkab 
kauzativli qurilma (MKQ) shakllanadi.  

Ikkinchi  misolda  esa  operandlari 

o‗zaro  semantik  operator  orqali  munosabatga 
kirishayotgan  teng  komponentli  murakkab 
sintaktik 

qurilma 

(MSQ) 

derivatsiyasi 

voqelanayotganini  ko‗ramiz.  Mazkur  MSQ 
mikromatn  maqomiga  ega  bo‗lib,  uning 
operandlari  sintaktik  derivatsiyasi,  birinchi 
makromatndagidan farqli o‗laroq, alohida tub 
va  tayanch  strukturalar  asosida  amalga 
oshadi. 

Bundan 

tashqari, 

uning 

kauzaderivatsiyasi 

ham 

real 

kauzatorga 

asoslanmaydi.  Quyida  uning  derivatsion 
paradigmasiga murojaat etamiz: 

1-operandning sintaktik 

derivatsiyasi hamda kauzal ma‘nosi 

1) 

uchib ketdi – 

tub struktura; 

2) 

rangi  uchib  ketdi  – 

tayanch 

struktura; 

3) 

Iskandaronning rangi uchib ketdi – 

hosila struktura (operator: 

-ning

); 

4) 

Iskandaronning  rangi  uchib  ketdi 

(oqibat)  –  kauzatsiya  amalga  oshgan,  biroq 
real kauzator va sabab ma‘lum emas (birinchi 
distantli kauzativ). 

2-operandning sintaktik derivatsiyasi 

hamda kauzal ma‘nosi  

 

1) 

qarab-qarab qo‗ydi – 

tub struktura; 

 

2) 

(U)  qarab-qarab  qo‗ydi  – 

tayanch 

struktura; 
 

3) 

(U)  eshikka  qarab-qarab  qo‗ydi  – 

hosila struktura (operator:

 -ka

); 

 

4) 

(U)  qo‗rqinch  to‗la  ko‗zlari  bilan 

eshikka  qarab-qarab  qo‗ydi  – 

hosiladan 

hosila  struktura  (operator: 

qo‗rqinch  to‗la 

ko‗zlari bilan

); 


background image

Хорижий филология  

№2, 2019 йил 

 

 

46

 

5) 

(U)  qo‗rqinch  to‗la  ko‗zlari  bilan 

eshikka  qarab-qarab  qo‗ydi 

–  kauzatsiya 

amalga  oshgan,  biroq  real  kauzator  va  sabab 
ma‘lum emas (ikkinchi distantli kauzativ). 
 

Tahlil  natijasidan  ko‗rinib  turibdiki, 

MSQning 

derivatsion 

xususiyatini 

o‗rganishda  tub  struktura  g‗oyat  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi,  zotan,  u  sintaktik 
struktura 

shakllanishida 

asos 

vazifasini 

o‗taydi.  Kauzal  ma‘noning  ifodalanishi  esa, 
so‗nggi  hosila  strukturaga  qarab  aniqlanadi. 
MSQ  tarkibiy  qismlarining  ikkalasida  ham 
alohida 

kauzal 

ma‘no 

ro‗yobga 

chiqayotganligining 

guvohi 

bo‗lamiz. 

Boshqacha  aytganda, 

Iskandaronning  rangi 

uchib ketishi 

va 

qo‗rqinch to‗la ko‗zlari bilan 

eshikka  qarab-qarab  qo‗yishi 

uchun  nimadir 

sabab  bo‗lgan,

 

biroq  u  berilayoygan  matn 

parchasida 

kontaktli 

emas,  balki 

distantli 

holatda  namoyon  bo‗ladi.  Bunda  birinchi 

misoldagi  kabi  real  kauzatorning  harakatni 
bajarishga  undashi  kuzatilmaydi.  Shu  bois, 
MSQ 

operandlarining 

kauzal 

ma‘no 

og‗ushida 

kanligi 

ularning 

mantiqiy 

presuppozitsiyasiga 

qarab 

aniqlanadi. 

Natijada, 

ikkala 

operand 

orqali 

ifodalanayotgan  kauzal  ma‘no  yig‗indisi 

ustkauzativlikni 

hosil qiladi. 

 

Xulosa 

qilib 

shuni 

aytishimiz 

mumkinki,  til  sistemasi  belgilarining  asosiy 
sifatlaridan  biri  ifodalanuvchi  tomonidan 
yanada yuqoriga qarab borar ekanmiz, cheksiz 
ravishda  shakllanishi  mumkin  bo‗lgan  xabar 
paradigmalariga  ega  bo‗lamiz.  Bu  esa  til 
hodisalariga  subyektiv  omilning  ta‘siri 
kuchining  oshib  borayotganligini  ko‗rsatadi 
[9,43].  Mazkur  ta‘sir  esa,  o‗z  navbatida, 
qandaydir 

voqea-hodisa, 

harakat 

va 

jarayonlarning voqelanishiga sabab bo‗ladi.    

 

Adabiyotlar: 

 

1.  Бессалов  А.Ю.  Kаузативные  глаголы  как  средство  выражения  причинно-

следственных отношений в английском и французском языках // Вестник МГОУ, № 6, 2010. 
 

2.  Гордон  Е.Я.  Каузативные  глаголы  в  современном  русском  языке  //  Aвтореф.  дис. 

канд. филол. наук: -М., 1981. 
 

3.  Alisher  Navoiy.  Muhokamatul  lug‗atayn  (Nashrga  tayyorlovchilar:  Oybek,  Porso 

Shamsiyev). –Toshkent,1948. 
 

4.  Рец  Н.И.,  Губанов  А.Р.  Категория  причинности:  каузальная  и  каузативная 

связи//Вестник Чувашского университета, № 1, 2012. 
 

5.  Баклагова  Ю.В.  К  вопросу  о  каузальности  и  каузативности  в  системе 

языка//Вестник  Адыгейского  государственного  университета.  Серия  «Филология  и 
искусствоведение». Майкоп: АГУ, 2008. Вып. 10 (38).  
 

6. Аристотель. Метафизика (Перевод с греческого П.Д.Первова и В.В.Розанова). –М., 

2006. 
 

7. Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Том III. –М., 1968. 

 

8. Turniyozov N.Q., Turniyozov B.N., Turniyozova Sh.N. O‗zbek tili derivatsion sintaksisi. 

–Toshkent, 2011.  
 

9.  Вендина  Т.И.  Словообразование  как  источник  реконструкции  языкового 

сознания//Вопросы языкознания, № 4, 2002. 

 

 

Турниязов  Б.  Семантический  статус  каузативности. 

В  данной  статье 

каузативность  изучается  по  закономерности  семантической  деривации,  а  также  в  ней 
выражено отношение к научным взглядам некоторых учѐных. 

 

Turniyazov  B.  Semantic  status  of  causativeness. 

In  this  article  causativeness  is  studied 

according  to  the  laws  of  semantic  derivation  as  well  as  it  expresses  the  attitude  to  the  scientific 
views of some scientists. 
 
 

  

 

Библиографические ссылки

Бессалов А.Ю. Каузативные глаголы как средство выражения причинно-следственных отношений в английском и французском языках // Вестник МГОУ, № 6, 2010.

Гордон Е.Я. Каузативные глаголы в современном русском языке // Автореф. дис. канд. филол. наук: -М., 1981.

Alisher Navoiy. Muhokamatul lug'atayn (Nashrga tayyorlovchilar: Oybek, Porso Shamsiyev). -Toshkent,1948.

Рец Н.И., Губанов A.P. Категория причинности: каузальная и каузативная связи//Вестник Чувашского университета, № 1,2012.

Баклагова Ю.В. К вопросу о каузальности и каузативности в системе языка//Вестник Адыгейского государственного университета. Серия «Филология и искусствоведение». Майкоп: АГУ, 2008. Вып. 10 (38).

Аристотель. Метафизика (Перевод с греческого П.Д.Первова и В.В.Розанова). -М., 2006.

Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Том III. -М., 1968.

Tumiyozov N.Q., Tumiyozov B.N., Tumiyozova Sh.N. O‘zbek tili derivatsion sintaksisi. -Toshkent, 2011.

Вендина Т.И. Словообразование как источник реконструкции языкового сознания//Вопросы языкознания, № 4, 2002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов