Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
461
"Kommunistik blok cho‘kishi bilan dunyoda Islom o‘rtaga chiqdi. Manzara
tamoman o‘zgardi. Raqamlarga qarasak, sovetlar davrida masjidlar soni 89 ta
bo‘lgan. (“XX asr boshlarida birgina Buxoroning o‘zida 360 masjid, 140 madrasa,
360 boshlang‘ich diniy maktab va boshqa binolar bor edi”
[4: 16].
Mustaqillik yillari boshida O‘zbekistonning o‘zida 8000 masjid bor edi.
Hozirgi siyosat natijasida bu 2202 taga tushirildi”. Hozirgi kunga kelib diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik (tolerantlik) yo‘nalishida amalga
oshirilayotgan islohotlar, tub o‘zarishlar jarayonlari davomida masjidlar soni
yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Бартольд В.В. Мусульманский мир. – П.,1922.
2.
Алексеев В. Иллюзии и догмы. – М.,1991.
3.
Салмонов А. Ўзбекистонда совет ҳокимиятининг диний сиёсати:
уйдирма ва тарих ҳақиқати. – Т.:Тафаккур, 2015.
4.
Эргашев Б.Х. Идеология национально–освободитульного движение в
Бухарском эмирате. – Т.: Фан, 1991.
“TURKISTON TO‘PLAMI” O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘RGANISHDA
MUHIM MANBA SIFATIDA
Yo‘ldoshev S.V.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, (PhD
)
Boboyev M.Q.
FarDU, I bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi va Sobiq ittifoq davrida yozilgan
“Turkiston to’plami” asosida mamlakatimiz tarixiga oid bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilingan.
Bundan tashqari ushbu maqolada mamlakatimizning Rossiya imperiyasi davrida yuz bergan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va “Turkiston to’plami” tarixshunosligi haqida qisqacha bayon
etilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Turkiston to‘plami, Rossiya imperiyasi, Turkiston, etnomadaniyat,
xo‘jalik hayot, mustamlaka, manbashunoslik, qiyosiy tahlil.
Annotation: This article analyzes information about the history of our country based on
the “Turkestan Collection” written during the Russian Empire and the Former Soviet Union. In
addition, this article briefly describes the socio-political processes of our country during the
Russian Empire and the historiography of the “Turkestan Collection”.
Key words and phrases: Turkestan collection, Russian Empire, Turkestan, ethnoculture,
economic life, colony, source studies, comparative analysis.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
462
Аннотация: В данной статье анализируются сведения об истории нашей страны
на основе “Туркестанского сборника”, написанного во времена Российской империи и
бывшего Советского Союза. Кроме того, в данной статье кратко описаны общественно-
политические процессы нашей страны в период Российской империи и историография
“Туркестанского сборника”.
Ключевые слова и фразы: Туркестанский сборник, Российская империя,
Туркестан, этнокультура, хозяйственная жизнь, колония, источниковедение,
сравнительный анализ.
Turkiston o‘lkasi Chor Rossiyasi tomonidan zabt etilganidan keyin o‘lkada
olib borilgan siyosat va uning oqibatlari ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
xo‘jalik turmushiga katta zarar yetkazdi. Rossiya ma’murlarining o‘zlari ham
Turkiston o‘lkasi boshqaruvining ayrim jihatlaridan noroziliklarini o‘sha davr
matbuotida yashirib o‘tirmaganliklarini ham ko‘rishimiz mumkin. 1867 – 1917
yillar davomida to‘plangan “Туркестанский сборник” (“Turkiston to‘plami”) da
bunga misollarni ko‘plab uchratish mumkin.
O‘zbekistonning yangi tarixi konsepsiyasini yaratish hali o‘rganilmagan
manbalarni izlab topish, ularni tahlil qilish, ularda keltirilgan ma’lumotlarning
ishonchlilik darajasini aniqlash va ularni ilmiy muomalaga kiritish kabi vazifalarni
kun tartibiga qo‘ymoqda. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq etish va tarqib qilish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 24-mayda qabul qilingan
qarorini eslab o‘tish o‘rinlidir. Mazkur Qarorda “qo‘lyozmalarni saqlash,
ta’mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun
mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratish” kabi dolzarb
vazifalar qo‘yilgan
[1: 37].
Ana shunday noyob yozma manbalar sirasiga 594 jilddan iborat “Turkiston
to‘plami” to‘plamini kiritish mumkin. Yagona nusxadagi bu noyob manba hozirgi
kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Mazkur to‘plam o‘zining yaratilish tarixiga ega. Turkistonning birinchi
general-gubernatori K.P.Kaufman Turkiston o‘lkasi va uning tarixini o‘rganish
uchun mavjud adabiyotlar bibliografiyasini tuzish zarurligini e’tiborga olib,
1868-yilda peterburglik taniqli bibliograf V.I.Mejovdan shunday bibliografiyani
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
463
tuzib berishni iltimos qiladi. Ammo V.I.Mejov adabiyotlar ro‘yhatining o‘zidan
katta amaliy foyda bo’lmasligigini ta’kidlab, e’lon qilingan barcha maqola va
adabiyotlar nusxalarini bitta to‘plamga jamlash maqsadga muvofiq ekanligini
aytadi. Kaufman bu taklifni ma’qullab, uni ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘
ajratadi va Mejovga ushbu rejani amalga oshirishni topshiradi.
O‘rta Osiyo va Turkistonga oid ko‘p maqola va xabarlar Rossiyada nashr
qilingan turli gazeta va jurnallarida chop etilar edi. Ammo ular tarqoq holatda
bo‘lgan. Bu materiallarni to‘plash va bir tizimga solishni V.I.Mejov o‘z zimmasiga
oldi. U Peterburgda yashar va Rossiyada nashr etilayotgan barcha kitob, gazeta va
jurnallarni ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega edi. Mejov Kaufman yuborgan
mablag‘ga O‘rta Osiyo haqida ma’lumotlar chop etgan barcha nashrlarni sotib olib,
ushbu materiallarni quyidagi tartibda tizimlashtirdi: u gazeta, jurnal va kitoblardan
maqolalarni qirqib olib, ularni yelim bilan bir xil o‘lchovdagi qog‘ozlarga
yopishtirib chiqadi. Shu usulda jamlangan ma’lum miqdordagi varaqlardan alohida
jildlar tuzilib, har bir jildning boshiga matbaada tayyorlangan titul varaqlar ilova
qilindi va jildlar muqovalandi.
Shu usulda Kaufman gubernatorligi davrida to’plamning 250 jildi
tayyorlandi. Chernyayev va Rozenbax davrida esa yana 166 ta jild tuzildi.
Hammasi bo‘lib 1888-yilga qadar Mejov tomonidan «Turkiston to‘plami»ning 416
ta jildi tayyorlanib, Peterburgdan Toshkentga yuborildi. Lenin 1887-yilda
Rozenbax to‘plamni tuzish uchun katta mablag‘ sarf qilinyapti deb hisoblab, bu
ishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma berdi. Keyingi yillarda ilg‘or rus ziyolilari bir
necha marotaba «Turkiston to‘plami»ni tuzishni davom ettirish masalasini ko‘tarib
chiqdilar. Ammo faqat 20-yildan keyin, 1907-yilda Toshkentda
t
o‘plamning
navbatdagi sonlarini tuzishga kirishildi. Ikki yil mobaynida bu yerda “Turkiston
to‘plami”ning yana 127 jildi tayyorlandi. Bu jildlarning shakllantarishda
N.V.Dmitrovskiy,
A.A.Divaev,
I.L.Zikov,
Yu.F.Bonch-Osmolovskiy,
A.A.Semenov, I.I.Geyer kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
1910-1916-yillarda A.A.Semyonov rahbarligi ostida to‘plamning yana 48 ta
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
464
jildi dunyo yuzini ko‘rdi. “Turkiston to‘plami”ning so‘nggi 3 ta jildi 1939-yilda
Ye.K.Betger tomonidan tuzildi.
“Turkiston to‘plami” o‘sha davrdagi rus va chet el matbuoti sahifalarida
e’lon qilingan 10 mingdan ortiq xabar, maqola, lavha va asarlardan iborat bo‘lib,
ularda Rossiya bosqini arafasida va chor mustamlakachiligi yillarida O‘rta Osiyo
xalqlari hayotining turli qirralari ma’lum darajada o‘z aksini topgan. To‘plamda
Turkiston tarixi, iqtisodi, etnografiyasi, tabiiy sharoiti, qazilma boyliklari haqida
boy materiallar jamlangan. Shuningdek, unda XIX asr oxiri XX asr boshlarida
Turkiston o‘lkasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, siyosiy va madaniy
hayotini aks ettiruvchi ko‘plab ma’lumotlar o‘rin olgan
[2: 45]
.
“Turkiston to‘plami”ga kiritilgan materiallarning ahamiyati shundaki,
ularning mualliflari aksariyat hollarda o‘zlari tasvirlagan hodisa-voqealarning
zamondoshi, guvoh yoki ishtirokchisi bo‘lishgan. Shuning uchun Turkiston
o‘lkasining mustamlakachilik yillari tarixini o‘rganishda ko‘p tadqiqotchilar
“Turkiston to‘plami” materiallariga murojaat qilganlar. Shunga qaramay,
to‘plamdagi manbalarning asosiy qismi hali atroflicha o‘rganilmagan va ilmiy
muomalaga kiritilmagan. Ushbu manbalarni bir tizimga solish, ularni arxiv
hujjatlari va boshqa manbalar bilan solishtirib, tanqidiy tahlil etish nafaqat
O‘zbekiston, balki butun O‘rta Osiyoning mustamlakachilik davri tarixini
o‘rganishga xizmat qiladi.
O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingandan so‘ng, rus
tadqiqotchilari Turkistonning etnosotsial xususiyatlarini o‘rganishga jiddiy e’tibor
qaratib, ilmiy asoslangan ma’lumotlar to‘plashga erishganlar. Tadqiqotlari ularning
ko‘zlangan asosiy manfaatlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, vodiy xalqlari
etnografiyasiga oid boy ma’lumotlar olish mumkin. Bu o’rinda X.Potanin,
A.Middendorf, V.V.Velyaminov-Zernov, A.Shishov, A.P.Xoroshkin, V.Firsov,
N.F.Sitnyakovskiy, A.I.Bryanov, A.Divayev, A.Kasatkin, A.E.Kushakevich,
P.E.Kuznetsovlar olib borgan ilmiy tekshirishlarni qayd etish mumkin. Ularning
tadqiqotlarida Turkiston aholisi kundalik turmushi va urf odatlarida xalq xo‘jaligi
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
465
an’analari, xususan dehqonchilik, chorvachilik hamda hunarmandchilik bilan
bog‘liq ma’lumotlar keltirilgan. Ayrim mualliflar an’anaviy xo‘jaliklar haqida ham
ma’lumot berishgan. “Turkiston to‘plami” dagi maqolalarda vodiy aholisining
yilqichilik xo‘jaligiga bag‘ishlangan ayrim maqolalar mavjudki, ularning
mualliflari ma’lum emas.
“Turkiston to‘plami” nihoyatda nodir va salmoqli to‘plam bo‘lganligi bois
qator olimlar uning tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini tahlil etishga e’tibor
qaratganlar. To‘plamning yaratilish tarixi, uning tavsifi, manbaviy ahamiyatiga
bag‘ishlab
turli-yillarda
taniqli
olim
va
tadqiqotchilar
D.K.Logofet,
A.A.Semyonov, N.Benediktova, Ye.K.Betger o‘zlarining maqolalarini e’lon
qilganlar.
A. Qosimovaning “Turkiston to‘plami” nomli risolasi ushbu to‘plamning
tarixi va taxliliga bag‘ishlangan birinchi maxsus kitob bo‘lib, unda to‘plam
noshirlari – V.I.Mejov, N.V.Dmitrovskiy, A.A.Semyonovlarning hayoti va bu
boradagi faoliyati haqida ma’lumotlar beriladi. Muallif ushbu risolada taniqli
bibliograf Ye.K.Betgerning to‘plamni nashr etishning yakuniy bosqichidagi
xizmatlarini qayd etib, uning bibliografiyaga oid asarlarining ahamiyati xususida
fikr yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan so‘ng
“Turkiston to‘plami” to‘plamining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini o‘rganish
borasida tizimli ishlar olib borildi. Jumladan, ushbu satrlar mualliflari o‘z
hamkasblari bilan to‘plam sahifalarida Amir Temur siymosining yoritilishi
mavzusiga oid, S.I.Sharipov va A.E.Kurahmedovlar esa «Turkiston to‘plami»da
Samarqand viloyatida hunarmandchilikning ahvoliga oid ma’lumotlar xususida
maqolalar e’lon qildi.
Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi sharoitida va tub islohotlarni amalga
oshirish jarayonida milliy tiklanish, ma’naviy yangilanish, milliy o‘zlik va o‘ziga
xoslikni yaxlit tarzda anglab yetgan, erkin demokratik tafakkurga ega bo‘lgan va
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
466
mustahkam milliy g‘oya kuchi bilan birlashgan jamiyat a’zolarini tarbiyalash
vazifalarini hal etishda tarix fanining roli jiddiy ravishda ortmoqda.
Davlatimiz
rahbari
Sh.M.Mirziyoyevning
milliy
istiqlol
g‘oyasini
shakllantirish muammolariga bag‘ishlangan chiqishlarida tarix fanining ma’naviy
salohiyatini safarbar etish, tarixiy haqiqatni tiklash sohasidagi harakatlarning keng
dasturi, tanlangan mustaqillik va taraqqiyot yo‘lidan borib, mo‘ljallangan
maqsadlarga erishishning mustahkam ilmiy asosi belgilab berildi. Ularda jamiyat
taraqqiyotining real qonuniyatlarini chuqur o‘rganish zarurligi, milliy tarixdagi
yuksalish va tanglik davrlarini yangicha metodologik nuqtai nazardan turib tahlil
qilish, chor va sovet mustamlakachi imperiya tuzumlarining ko‘rsatgan
buzg‘unchilik ta’siriga doir omillarni aniqlash, avvalgi mafkuraviy andozalar va
eskicha tafakkur ko‘rinishlarining takrorlanishiga barham berish yo‘llarini
belgilash, jamiyatning ma’naviy-axloqiy takomilga erishuvida tarix fanining
ta’sirini kuchaytirish zarurligi qayd qilingan.
Ana shu ijtimoiy muhim vazifalardan kelib chiqib, vatanimiz tarixining og‘ir
mustamlakachilik o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan ayanchli sahifalariga bugungi kun
nuqtai nazaridan qayta baho berish alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ularga
murojaat qilishga bo‘lgan yuksak ijtimoiy ehtiyoj va uning ilmiy ahamiyati avval
shu bilan belgilanadiki, chor hukmdorligi va sovet hokimiyati yillarida o ‘tkazilgan
diktatorlik siyosati oqibatida mustamlakachilik tarixi (sovet davri ham shu
tarixning tarkibiy qismi edi) nihoyatda soxtalashtirib, buzib ko‘rsatildi. Uzoq yillar
mobaynida ijtimoiy ong-shuurimizga chor Rossiyasi va kommunistik rejimning
O‘rta Osiyodagi favqulodda “sivilizatorlik vazifasi” to‘g‘risidagi, o‘lkaning
“qoloq” xalqlari markazning davlat boshqaruvi natijasida go‘yo “zo‘r
muvaffaqiyatlar”ga erishganligi haqidagi afsona astoydil targ‘ib etildi. Lekin,
bunda chor hukumati va sovet hokimiyati amalga oshirgan iqtisodiy siyosatning
vahshiyona mohiyati haqida hech narsa deyilmadi, chor mustabid tartibotining
imperiyacha mustamlakachilik an’anasi davom ettirilishidan iborat bo‘lganligi zo‘r
berib bo‘yab ko‘rsatildi. Shu yillarda o‘lkaning tabiiy xom ashyo boyliklari
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
467
to‘xtovsiz tashib ketildi, o‘zbek xalqining ko‘p ming-yillik milliy-madaniy boyligi
talon-taroj qilindi va ma’naviy asoratga solish siyosati amalga oshirildi.
Manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar “Turkiston to‘plami” sahifalarida yetarli darajada o‘z aksini topmagan.
Lekin, bu davrda Turkiston aholisining etnohududiy joylashuvi, dinamikasi haqida,
podsho hukumatining ko‘chirish siyosati, aholi milliy tarkibining o‘zgarib borishiga
Turkistonda, Rossiyada hamda qo‘shni mamlakatlarda sodir bo‘lgan siyosiy
voqealarning ta’siri to‘g‘risida to‘plamdan kerakli ma’lumotlar olish mumkin.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq etish va targ‘ib qilish tizimini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida:
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining Qarori. 2017 yil 24 may, PQ-2995-son // O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami. 21 (781) –son. 2017 yil 29 may. – T., 2017. – B. 37.
2.
А.Семёнов. Туркестанский сборник // -TC. Т. 517; Бенедиктова Н.
«Туркестанский сборник» как источник изучения Средней Азии //
Литературный Ташкент. Алманах. 1945. № 1;
3.
К.К.Пален. Материалы к характеристике народного хозяйства в
Туркестане. Част 1. – Спб., 1911;
4.
М.Р.Жабборов.,
Р.А.Арслонзода.
Фарғона
Россия
империяси
ҳукмронлиги даврида (“Туркестанский сборник материаллари асосида”). –Т.:
“Наврўз” нашриёти, 2019. – Б. 3-4.
5.
Коневодства Туркестана. // Туркестанский сборник. 1909. –Т.510.;
6.
И.В.Мушкетов. Туркестан. –Т. 1. – Спб, 1886;
БУХОРО ХАЛҚ СОВЕТ РЕСПУБЛИЕАСИНИНГ ТАШКИЛ
ЭТИЛИШИ ВА НАЗОРАТ ОРГАНЛАРИ ФАОЛИЯТИ
Зокиров Б.Ч.
БухДУ таянч докторанти
Аннотация: Ушбу мақолада Бухоро халқ республикасининг ташкил этилиши ва
назрат органлари фаолияти архив материаллари ҳамда илмий адабиётлар асосида
ўрганилган ва таҳлил қилинган.