To‘rayev Shavkat Shuhratovich. Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Xo‘jalik subyektlarining soliq yukini optimallashtirish masalalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Iqtisodiyotda soliq yukini optimallashtirish yo‘nalishlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2009 yilda 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini, 2023 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
Shavkat To‘rayev oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimidagi attestatsiya jarayonida ham samarali qatnashib kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi DSc.20/13.05.2020.1.23/01 raqamli Ilmiy kengash, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi texnika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli Ilmiy kengash va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/10.12.2019.1.16.01 raqamli Ilmiy kengashlar a’zosi.
Shavkat To‘rayev 2021 yildan Turon Fanlar Akademiyasi va 2022 yildan Xalqaro telekommunikatsiya akademiyasi a’zosi hisoblanadi.
U 2022 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Iqtisodiyot fanlari” bo‘yicha Ilmiy-texnik kengashi a’zosi sifatida mamlakatmizda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, Sh.To‘rayev Hindistonning “Thematics Journal of Economics” iqtisodiy jurnali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish statistik tadqiqotlar institutining “O‘zbekiston Statistika axborotnomasi” elektron jurnali tahririyati a’zosi hisoblanadi.
Shavkat To‘rayevning monografiyalari, maqolalari, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy tavsiyalar tayyorlangan va bir nechta maqolalari chet mamlakatlarda chop etilgan. Jumladan, 150 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan, shundan 4 ta monografiya, 10 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 100 ortiq ilmiy maqolalar hamda tezislar.
Shavkat To‘rayev Niderlandiya, Germaniya, Indoneziya, AQSH, Hindiston, Xitoy va Rossiya Federatsiyalari oliy ta’lim muassasalarida malakasini oshirgan.

| Hammasi | Bilan boshlanadi 2020 г. | |
|---|---|---|
| Iqtiboslar statistikasi | 155 | 150 |
| h-indeks | 10 | 10 |
| i10-indeks | 11 | 10 |

| Hammasi | 2020 - 2021 | |
|---|---|---|
| Iqtiboslar statistikasi | 57 | 28 |
| h-indeks | 2 | 1 |
| inR | 192.64 | 50.97 |
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat