В статье выделена значимость международной программы по оценке образовательных достижений учащихся PISA в совершенствовании содержания национальной системы образования, также значимость компетентностного подхода в формировании содержания государственных образовательных стандартов и учебнометодических комплексов.
Ushbu maqola PISA xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarini o‘tkazishda qo’llaniladigan topshiriqlarni takomillashtirish va topshiriq matnlari ustida olib boriladigan ishlar bo‘yicha dasturda ishtirok etadigan muassasalar hamda o‘quvchilarga samarali ko‘mak berishga qaratilgan.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni ularda hosil qilishga yordam beradi. Bu dasturda qatnashish, testlarni o‘tkazish yoki o‘quvchilarni testga tayyorlash emas, bugungi kun talablariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni nazarda tutadi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun xos bo‘lgan PISA tadqiqotining matematika yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlardan namuna, ularning baholash mezoni haqida fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, topshiriqlarda miqdorlar bo‘limiga kiruvchi uzunlik o‘lchov birliklarining qo‘llanishi haqida qayd etilgan.
Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari, boshlang‘ich ta’limning xalqaro hujjatlari, PISA, PIRLS, TALIS xalqaro dasturlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarini baholovchi dasturi, STEAM xalqaro dasturida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining STEAM yo‘nalishlari bo‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirish muhokama qilinadi.