Ijtimoiy hayotda tinimsiz sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar albatta tilga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu esa tilning ayrim birliklarini yo‘qolish xavfi borligini anglatadi. Xuddi shunday salbiy ta’sir sheva birliklarini yo‘qolib ketishi bilan ham xarakterlanadi. Dialektlarni saqlab qolish, ularni ommalashtirish uchun bunday til birliklarini, avvalo shakliy jihatdan tasniflash, tavsiflash zarur. Tilning elektron korpuslarida formal-struktur tahlil qilingan ma’lumotlar bazasini kiritish, nafaqat lingvistlar, balki boshqa soha vakllari uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega tadqiqotlardan bo‘ladi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda respublikamizda tilga bo‘lgan e’tibor jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan yurtimizning turli hududlarida yashovchi aholi shevasining o‘zbek adabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish dolzarb masalaga aylandi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Terak qishlog‘i shevasiga xos bo‘lgan oziq-ovqat nomlari leksikasini tahlil qilish va uning o‘zbekadabiy tiliga munosabati masalasini o‘rganish bosh mezon qilib olingan.
This article describes the role of films in the study oflanguage skills for intermediate level learners, as well as the problems and recommendations given by the author on the topic