ABOUT THE RELATIONS OF TURKIC LANGUAGES IN KARAKALPAKSTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
f
901-905
0
0
To share
Ibragimov, Y. (2023). ABOUT THE RELATIONS OF TURKIC LANGUAGES IN KARAKALPAKSTAN. Modern Science and Research, 2(12), 901–905. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27279
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the influence of neighboring peoples who have established cultural and economic relations for long periods of time on the appearance of dialect and dialect features, and about the words that appear in the dialects of the Uzbek language in the Republic of Karakalpakstan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

901

QORAQALPOGʻISTONDAGI TURKIY TILLARNING ALOQALARI XUSUSIDA

Yu.M.Ibragimov

Ajiniyoz nomidagi NukusDPI

Oʻzbek tili kafedrasi f.f.d., professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10408200

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sheva va dialekt xususiyatlarning paydo boʻlishiga uzoq

davrlar davomida madaniy-iqtisodiy aloqalarning oʻrnatib kelgan qoʻshni xalqlar ta'siri va
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oʻzbeklar tiliga xos boʻlgan shevalarda uchraydi soʻzlar
haqida soʻz yuritiladi.

Kalit soʻz va iboralar

: madaniy aloqalar, dialektlarning paydo boʻlishi, shevalar

oʻrtasidagi farqlar, adabiy tilda uchramaydigan soʻzlar, sheva soʻzlari, umumturkiy soʻzlar.

ABOUT THE RELATIONS OF TURKIC LANGUAGES IN KARAKALPAKSTAN

Abstract.

This article talks about the influence of neighboring peoples who have

established cultural and economic relations for long periods of time on the appearance of dialect
and dialect features, and about the words that appear in the dialects of the Uzbek language in the
Republic of Karakalpakstan.

Key words and phrases:

cultural relations, emergence of dialects, differences between

dialects, words not found in the literary language, words found in dialects, common Turkish words.

О ВЗАИМООТНОШЕНИЯХ ТЮРКСКИХ ЯЗЫКОВ В КАРАКАЛПАКСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье говорится о влиянии соседних народов, установивших

культурные и экономические связи на длительные периоды времени, на появление диалекта
и диалектных особенностей, а также о словах, которые появляются в диалектах
узбекского языка Республики Каракалпакстан. .

Ключевые слова и фразы:

культурные связи, возникновение диалектов, различия

между диалектами, слова, не встречающиеся в литературном языке, диалектные слова,
общетюркские слова.

Markaziy Osiyoda Janubiy Orolboʻyi (Qoraqalpogʻiston) mintaqasi qadimdan joʻgʻrofiy

oʻrni, tabiiy sharoiti qulay, tarixiy voqealarga nihoyatda boy, jahon fani va madaniyati taraqqiyoti
xazinasiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshgan buyuk alomalar, fozilu fuzolalar, olimu
ulomalar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan, odamlar doimiy yashab kelgan goʻshalardan.
Ular muayyan hududda qadimdan oʻtiroq hayot kechirib, chorvachilik, dehqonchilik,
hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanib kelgan. Ushbu muqaddas va tabarruk
maskanga turli tarixiy sabablarga koʻra keyin kelib turkiylashgan koʻchmanchi, yarim
koʻchmanchi urugʻ-qabilalarning aralashuvi natijasida etnik tarkibi murakkablashdi. Bunday
murakkab tarixiy-etnografik jarayon aloqa-aralashuv vositasi boʻlgan tillarida ham ifodasini
topgan. Masalan, oʻzbek xalqi tarkibidagi

qoʻngʻirot, qipchoq, nayman, mangʻit, noʻkis, noʻgʻay,

doʻrman, xitoy, qurbanoq, qiyot, qatagʻon, qargʻasha, qoʻlop, uyshun, kanagas, qangli, kinik,
xonjigʻali, qoʻshtamgʻoli, kerait, jaloyir, juvondir, qirq, bichanak, bolgʻali, bayot, ochamoyli,
avshar, chandir, ming, yuz, mitan, maylibolta, tartuvli, koʻkoʻzakli, sarsan, sagʻir, saxtiyan,
saripoʻstun, uygʻur, taz, qorachekmon, qorapoq

singari urugʻ-qabila nomlarining koʻpi

mintaqadagi qoraqalpoq, qozoq, turkman xalqlari oʻrtasida ham uchraydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

902

a) oʻzbek adabiy tilidagi oltita unli fonema oʻrnida oʻzbek tili oʻgʻuz-qipchoq lahjasi va

qarindosh turkiy tillarda 9-10 unli fonema mavjud:

ә, a(o), i, i, ', , ү, u, ө, (oʻ);

b) oʻzbek shevalari va turkiy tillarda unlilar tizimi singarmonizm qonuniyatining tanglay

ohangdoshligi qonuniyatiga izchil amal qiladi;

v) oʻzbek tili oʻgʻuz va qipchoq lahjasi hamda turkiy tillarda singarmonizmning lab

ohangdoshligi qonuniyati soʻzning ikkinchi boʻgʻinidan nariga oʻtmaydi:

tүnүmәn

tuni bilan,

qolum//qolim qoʻ

lim,

kүnүm:kunim

uchun kөmәchimә kүl tartaman(maqol). Ommaviy axborot

vositalar, adabiy til ta'sirida singarmonizm qonuniyatining buzilish hollari ortib bormoqda: xoʻj.,
qoʻngʻ.

әdrasman

isirigʻ,

qizmәtkar

xizmatkor,

bәlәqada

baloqazo; qqalp.

arbakesh

aravakash,

xizmetkar,

bәlәqada

bassaң ayaq astinda (maqol).

g) oʻzbek adabiy tilidagi lablangan

fonemasi oʻzbek tilining oʻgʻuz-qipchoq shevalari

va turkiy tillarda mustaqil til oldi yumshoq

ө

xamda til orqa qattiq

o

fonemalarga boʻlinadi:

bөz

bez paxtadan toʻqilgan

mota,

bөl

boʻlmoq, ajratmoq,

bөlәk

boʻlak, parcha, oʻzga; shevada til orqa,

qattiq o(oʻ) fonemasi: boz boʻz er, ekin maydoni,

bosh

boʻsh yumshoq, mayin.

bol

(boʻl) tugat,

tamom qil bas qil;

d) mintaqadagi shevalar hamda hozirgi turkiy tillarning konsanantizmi oʻzbek adabiy

tilidan miqdor jihatdan kam farq qilsa ham, sifat jihatdan bir muncha tafovut qiladi: oʻzbek adabiy
tilida soʻz boshida til oʻrta

y

undoshi qoʻllanganda, mazkur shevalarda

dj

affrikati; qoraqalpoq,

qozoq tillarida toq (sof)

j

undoshi qoʻllanadi: shevada

djilqi

yilqi,

djeti

etti,

djorgʻa

yoʻrgʻa,

djambash

yonbosh.

djurt

yurt; qqalp.

jilqi

,

jeti

,

jorgʻa

,

janbas

,

jurt

va boshqalar.

e) soʻz boshida kelgan

l, r

undoshlari oldidan

i, i, ү, u

tor unlilaridan biri (proteza)

orttiriladi:

iri:m

rahim;

uluqsat\uruxsat

ruxsat;

ilay

loy,

ilaqa

laqa baliq,

uluqman

luqmon hokim;

yo) intervokal va anlaut holatda

k-g; q-gʻ

undoshlarining almashinish hodisvsi keng

tarqalgan:

gәzip

kezib,

gүbi

kuvi,

gүnji

kunjut,

kүmish/gүmish

kumush,

gүrәsh

kurash,

gөrәk

koʻsak;

j) soʻzning boshida oʻrta-keng

ө, o(oʻ), e(e)

va lab-lab tor

u, ү

unlilari oʻzbek tilining

qipchoq lahjasi va qoraqalpoq, qozoq tillarida

vo, vө, ye, ie

shaklida diftongdashadi:

votin

oʻtin,

voqlav

uqloq,

voraq

oʻroq:

vөrmәjәk

oʻrgumchak,

vөzәk

oʻzak,

vөtirik

yolgʻon;

yel/iel

el,

yechki\iechki

echki,

yelәk\ielәk

elak va h. Janubiy Xorazm, Samarqand viloyati gʻarbiy shevalari

nayman, gʻallorol, yuqori Qashqadaryo qipchoq tur shevalarida diftonglashish hodisasi salmoqli
oʻrin tutadi. N.A.Baskakovning fikricha, soʻz boshida

o, ө, e(e)

unlilarining diftonglashuvi

qoraqalpoq tilini boshqa turkiy tillardan ajratib turuvchi xususiyat. Bu fonetik hodisa gagauz,
qoʻmiq, qorachoy-bolqar tillarida ham kuzatildi;

z) soʻz boshida jarangli lab-lab

b

undoshi jarangsiz

p

undoshiga almashinadi: oʻzb. xoʻj.,

qoʻngʻ.:

put

but,

pүtin

butun,

pichqi

bichqi,

pichip

bichib: qqalp.

put, pүtin, piship;

k) soʻz boshida

b-m

mosligi keng tarqalgan: oʻzb. xoʻj., qoʻngʻ.:

muңa

bunga.

maqmal

baxmal.,

moyin

(buyun); qqalp.

bugʻan, maqpal, moyin

;

l) b-m mosligi hodisasi affikslarda ham sodir boʻladi:

bagʻman

bogʻbon.

tәrәzman

tarozbon,

miyriman

mehribon, qqalp.

bajman

bojbon bagʻman, bajban, tәrezman, miyirman;

m) oʻzbek adabiy tilida ayrim soʻzar tapkibida

sh

undoshi talaffuz etilganda,

Qoraqalpogʻiston oʻzbek shevalarida

ch

undoshi aytiladi:

bachchi

boshchi,

quchchi

qushchi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

903

qochchi

qoʻshchi; qqalpoq, qozoq. tillarida

s, sh

undoshi qoʻllaniladi: qqalp. sali, qoңsi. samal,

shigin, shimshiq;

n) lab-lab

v

undoshi

y

undoshiga almashinadi: oʻzb. xoʻj., qoʻngʻ.:

sүymәgәngә

sevmaganga

sүykәnmә

; qqalp. sүymegenge sүykenbe va boshqalar.

k) hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi

uvol

soʻzi sheva va qoraqalpoq tilida

vobal

tarzida talafuz

etiladi.

Qoraqalpogʻiston oʻzbek shevalari fonetik tizimiga e'tibor qaratsak, ularda soʻz boshida

ham jarangli, ham jarangsiz undoshlarni qoʻlash imkoniyatiga ega. Ammo bu hodisaning oʻrni
turkiy tillarda, shuningdek, oʻzbek tili va shevalarida bir xilda emas. Masalan, Qoraqalpogʻiston
oʻzbek shevalarining sharqiy I tur oraliq guruhida soʻz boshida jarangli undoshni ishlatishga
moyillik kuchli boʻlsa, gʻarbiy va II tur oraliq guruhida, aksincha, jarangsiz undoshni qoʻllash
keng tarqalgan.

Qoraqalpogʻiston oʻzbek shevalarida morfologik shakllarni qoʻllashda koʻpgina oʻziga xos

oʻzgachiliklar oʻrin olgan, u yoki bu shevaning tarkalgan aholi punkiti joylashuv oʻrni, ma'lum
tarixiy sharoiti, aholi etnik tarkibining xilma-xilligiga bogʻlik koʻpgina fonetik hodisalar,
morfologik shakllar, leksik oʻzgachaliklar vujudga keldi. Bularning barchasi oʻrganilayotgan
sheva vakillarining oʻzaro va qardosh turkiy xalqlar bilan asrlar davomida aloqa-munosabatda
birga yashaganliklaridan darak beradi. Shu boisdan, ikki tur lahja vakillari bir xildagi morfologik
shakllarni bemalol qoʻllayveradi:

ulim yeddindjida uoqiydi: sigʻirdi apaң savgʻan bosa, deshana

apchiq; avziңa qarap sollә, kan yigʻliyverme, gөziң qizarip ketadi

va boshqalar. Bu holat

koʻpincha oʻgʻuz va qipchok sheva vakilarining aralash yoki yonma-yon, chegaradosh joylashgan
qishloklarida kuzatildi. Ushbu oʻrinda A.B.Joʻraeveing «sof qorluq, sof qipchoq, sof oʻgʻuz
shevasi yoʻq» - degan fikrini keltirish joiz.

Qoraqalpogʻiston oʻzbek shevalarida egalik affiksi vazifasini

jigi

formanti bajaradi.

Uning qoʻllanilish doirasi cheklangan, u faqat

barcha, hamma

belgilash olmoshlari doirasida

uchinchi shaxs egalik affiksi

–si

ning vazifasini bajaradi:

hәmmәjigi

hammasi;

bәrjigi

barchasi;

Qoraqalpogʻistonning toʻrtkoʻl-ellikqal'a shevasida -

chiki

fonetik varianti qoʻllanadi:

bәrchiki

barchasi;

hәmmәchiki

hammasi. Janubiy Xorazm dialektining xeva-urganch shevasi va

Buxoro dialekti qorakoʻl shevasida

chiki

; qorakoʻl shevasining Sayot, Ziyorat qishloqlari aholisi

nutqida

-

djigi

:

hәmmәdjigi uxleyen

hammalari uxlagan. I.Shamsuddinov

-djigi

affiksini oʻgʻuzcha

deb hisoblab, uni turk tilidagi erkalash-kichraytirish ma'nosini ifodalovchi –

sigʻ\chigʻ

qoʻshimchasi bilan aloqador, degan fikrni bildiradi. Fors-tojik tilida ham -

chiz

hammasi

ma'nosidadir, uning

-chi

qisqargan shakli ham mavjud. (Rastorgueva 1963, 214). Biroq buni toflar

tilidagi -

cheiche

, fors-tojik tilidagi -

chiz

(narsa,

-chi

formantlarining ayrim oʻzbek shevalaridagi -

djigi\-chiki

bilan aloqadorligini semantik jihatdan izohlash qiyin. Fikrimizcha -

djigi\chiki

formanti III shaxs egalik affiksi

-si

va mavhum egalik shakli

niki

qoʻshimchasining birikishidan

hosil boʻlgan. Ma'lumki, mavhum egalikning qadimgi shakli hisoblangan. Soʻzboshida

-si

shaklidagi

s–j

bilan va –

ki

formanti tarkibidagi

k

undoshining

g

jarangli undoshi bilan almashinuvi

roʻy bergan. Chunki almashinuvchi

s, j

undoshlarining qoʻllanilishi va ikki unli tovush orasida

kelgan jarangsiz

k, q

undoshlarining

g, gʻ

shaklida jaranglilashuvi gʻarbiy qipchoq tur shevalar

guruhi uchun odatdagi holat:

s-dj

:

savchi–djavchi, sildji-djilish, sәvkildәp: shәvkildәp:djәvkildәp

hayajonlanib. Shuningdek, shevalarda

-djigi, -chiki

formanti –

djiginiki,

-

chikiniki

hamda

–siniki


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

904

shaklida yuqorida qayd etilgan olmoshlar tarkibida baravar ishlatiladi. Bu ushbu shakllarning bir
manbadan tarqalganligiga bogʻliq yuzaga kelganligini izohlaydi. Ba'zan orzu-istak, xohish
ma'nolari zaruriyatga aylanadi. Bunday vaziyatda ish harakatni bajarishga istak, zaruriyat
tugʻilganligi boshqa shaxs tomonidan iltimos qilingan ma'no anglashiladi. Oʻzbek tili yangibozor,
gurlan-beruniy shevalarida –

gʻaylii\gәyli; -kәyli/qayli; -mәk+kerәk\maq -kәrek\maq+gerәk

shakllarii orqali ifodalanadi:

aytqayli:

aytish kәrәk, ichqeyli\ichmәk kәrәk

va boshqalar. Hozirgi

qoraqalpoq, qozoq tili shevalarida ham faol qoʻllanadi. A.Nurmagʻambetov qozoq tili gʻarbiy
shevalar guruhidagi

-

gʻayli

qoʻshimchasining mavjudligini qoraqalpok tili ta'siri bilan bogʻlayli.

N.A.Baskakov bu qoʻshimchaning fe'lga qoʻshilganda anglatadigan ma'nosi va uning qadimdan
qoʻllanidib kelayotganligini ta'kidlaydi.

Mazkur ishevalarda

-

gʻayli

qoʻshimchasi bilan gurlan-beruniy.: –

ish\ishkәrәk kәrәk

;

xoʻjayli-qipchoq. –

uv\үv+ kәrәk

; qoʻngʻirot. –

uv\үv+tiyish

; toʻrtkoʻl-elikqala.:

–maq+gәrәk; -

maqliq gәrәk

kabi analitik shakllar baravar qoʻllanadi. Toshovuz viloyatidagi oʻzbek shevalarida

mali\mәli

murakkab qoʻshimchasi yuqorida koʻrsatilgan formalarning barchasi oʻrnida qoʻllana

oladi:

aytmali

–aytish kerak;

ichmәli

– ichish kerak kabi. Bu holatda

-mali\mәli

qoʻshimchasi

qoʻshilgan fe'llar, kesim vazifasida keladi, adabiy til nuqtai nazardan olib qaraganda murakkab
kesimning, aniqroq qilib aytganla

-

ish\ish

qoʻshimchasi orqali yasalgan harakat nomi bilan kerak.

zarur modal soʻzlari bilan birikib kelib predikativlashganda anglatadigan ma'nosi oʻrnida
qoʻllanadi. Bu holatda qoʻpincha

mali\mәli

qoʻshimchasi III-shaxs shaklida qoʻshiladi-da,

oʻzidan keyin boshqa qoʻshimchalarning birikib kelishini talab qilmaydi.

Xullas, oʻzbek tilining qipchoq lahjasi, xususan, hozirgi turkiy tillar bilan qiyoslash,

taqqoslash natijasida ular oʻrtasida umum etnolingvistik aloqalar mavjudligi aniqlandi.

Birinchidan,

oʻzbek tilining oʻgʻuz-qipchoq lahjasi va hozirgi turkiy tillarda ham singarmonizm

qonuniyatining tanglay qonuniyati saqlangan,

ikkinchidan,

unlilar tizimi ham bir-biriga yaqin, mos

keladi,

uchinchidan,

nutq tovushlari turli xil kombinator-pozision oʻzgarishlarga duch keladi,

toʻrtinchidan,

oʻzbek adabiy tilidagi shevalarda soʻz oxiri jarangli yoki jarangsiz undosh bilan

bitganda, undoshning xarakteriga koʻra kelishik, egalik, affikslar progressiv assimilyasiyaga duch
keladi:

-

tiң/tiң; -diң/diң; --ti/ti; -di/di; -kә/qa; -gә\gʻa tәn//tan; -dәn/dan

kabi. Turkiy tillarning

qadimgi yodgorliklari tilida ham keng qoʻllangan; b

eshinchidan,

nutq jarayonida ikki narsa-

buyum oʻrtasidagi qiyos mantiqan anglashilib turganda

-raq, rәk, -rek; -lav, -lәv, -lev, -sav, -

chil\chil

affikslari qatnashadi,

oltinchidan,

shaxs-son, zamon koʻrsatkichlari anglatgan ma'nolari,

vazifasi ham oʻzaro bir-biriga yaqin. Bunday yaqinliklar, oʻxshashliklar turkiy xalqlarning
qadimiy aloqa munosabatlari natijasidir.

REFERENCES

1.

Abdullaev F.A. Xorazm shevalari. –Toshkent: Oʻzakadnashr.1963.

2.

Backakov N.A. Karakalpakskiy yazik. T.II, ch.1.-M., 1952,411 s.

3.

Valiev M. Naymanskiy govor uzbekskogo yazika: Avtoref. diss.kand.filol.nauk.-
Samarkand. 1963, -28 s.

4.

Djuraev A.B. Arealnaya lingvistika, Sushnost i struktura

\\Sov

. Tyurkologiya.-1988.-№6.

–S.21-27.

5.

Joʻraev B. Yuqori Qashqadaryo oʻzbek shevalari. -Toshkeng: Fan.1969,168 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

905

6.

Ishaev A. Qoraqalpogʻistondagi oʻzbek shevalari. –Toshkent: Fan. 1977.

7.

Muxamadjonov Q. Janubiy Qozogʻistondagi oʻzbek shevalari morfologiyasi. –Toshkent:
Fan.1983.166 b.

8.

Nurmagʻambetov A. Qazaq tili govorlariniң batis tobi. –Almati: Gʻilim, 1976, 217 b.

9.

Radlov V.V. Vvedenie k izlojeniyu tyurkskix yazikov. SPb. 1906, 45 s.

10.

Reshetov V.V. Oʻzbek shevalarining klassifikasiyasi \\Oʻzbek tili va adabiyoti. 1966. -
№1. –B.11.

11.

Trofimova T.A. Drevnee naselenie Xorezma po dannim planeoantropologii. –M.: Izd-vo.
AN SSSR, 1950. -264 s.

12.

Sherbak Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskix tekstov X-XIII vv. Vostochnogo
Turkestana. –M.: Izd-vo AN SSSR, 1961.- 204 s.

13.

Ibrohimov S. Oʻzbek tilining andijon shevasi. –Toshkent: Fan. 1967. -126 s.






















inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов