Maqola Gamilton-Ostrogradskiy variatsion tamoyili asosida murakkab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastinalarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining matematik modeli ishlab chiqish va hisoblash tajribalarini o‘tkazishga bag‘ishlanadi. Bunda Kirxgof-Lyav gipotezasidan foydalanib uch o‘lchovli matematik model ikki o‘lchamli ko‘rinishga o‘tkazildi. Kinetik va Potensial energiya hamda tashqi kuchlar bajargan Ishning variatsion ko‘rinishlarini aniqlashda Koshi munosabatlari, Guk qonuni, Lorens kuchi va Maksvell elektromagnit tenzor ko‘rinishidan foydalanildi. Magnitelastik plastinaning deformatsion kuchlanish holatiga elektromagnit maydon ta’sirlari ko‘rildi, natijada ko‘chishga nibatan boshlang‘ich va chegaraviy shartlarga ega bo‘lgan, xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi ko‘rinishidagi matematik model hosil bo‘ldi. Tenglamani yechish uchun R-funksiya, Bubnov-Galerkin, Nyumark, Gauss, Gauss, kvadratlar, va Iterasiya sonli usullaridan foydalanib hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Hisoblash tajribalari magnit elastik plastinaning turli mexanik holatlari, chegaralari qattiq mahkamlangan, bir tomoni sharnir ikkinchi tomoni erkin holatida hisoblash tajribalari o‘tkazilib sonli natijalar olindi. O‘takazilgan hisoblash natijalarining qiyosiy tahlillari keltirildi.
Maqolada sanoat ikkilamchi tashlama gazlarini yuvib tozalovchi qurilmalar ishchi organlarini nazariy tadqiqot etish ishlari keltirilgan. Ishchi suyuqlikni purkovchi mehanizmni jarayonga qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar yoritilgan.
Shaxsni tanib olish biometrik texnologiyalari kirish-chiqishni nazorat qilish, bank, ichki ishlar, ta’lim kabi sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Amaliyotda esa barmoq izi, yuz tasviri, ko‘z qorachig‘i, kaft va qon tomirlariga asoslangan tanib olish tizimlari keng joriy etilgan. Ishonchli va arzon biometrik tizimlarga bo‘lgan talablar kun sayin ortib bormoqda. Biometrkani har bir yo‘nalishi qo‘llanish sohasiga ko‘ra o‘ziga xos yutuq va kamchiliklarga ega. Hozirgi kunda kaft tasviri asosida shaxsni identifikatsiyalash zamonaviy vositalar hisobiga tez rivojlanmoqda. Bunga undan foydalanish sodda va qulayligi, emotsional betarafligi, faqat kamerani talab qilishi kabilar sabab bo‘lmoqda.
Mazkur maqola kaft tasviri bo‘yicha shaxsni identifikatsiyalash vositalari tadqiqiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda kaft tasvirini onlayn olish qurilmalari, ularni yutuq va kamchiliklari, qulayliklari keltirib o‘tilgan.
Hozirgi kunda kontrollerlarning bir necha turlari mavjud bo’lib, Arduino Uno prinsipial jihatdan sodda, foydalanishga qulay hamda hamyonbop bo’lganligi bois boshqa kontrollerlardan ajralib turadi. U boshqa datchiklar bilan, misol tariqasida HC-SR04 datchigi, osongina kommunikatsiya o’rnata oladi. Quyida ularning xarakteristikasi va ko’zoynak uchun ularning potensialini tatqiq etish
Цереброваскуляр касалликлар ва инсульт учун хавф омиллар бўйича скрининг ўтказиш натижалари тақдим этилади. Ривожланиш хавфи даражасини аниқлашда Фединнинг амбулатор шкаласи, Мини-КОГ тести, шунингдек холестерин ва қондаги қанд миқдори, қон босими, тана массаси индекси ва каротид артерия аускультацияси кўрсаткичлари киритилган махсус сўровнома ишлатилган. ЦВК ва инсульт паст хавф 45 %, 33% ўртача хавф даражаси аниқланиб, шифокорларнинг 22%да юқори хавф топилди.