Taqlidiy so‘zlar kishi ruhiyati, uning holati, shuningdek, kishini o‘rab turgan obyektiv borliq to‘g‘risida poetik tasvir yaratishda muhim uslubiy vosita bo‘la olishi mumkin. Ulardan nutq jarayonida foydalanish badiiy adabiyotning barcha janrlarida ma’lum darajada qo‘llanilsa-da, nazmga
nisbatan nasrda kengroq kuzatiladi
Sun'iy intellekt turli sohalarda inqilob qildi va kommunikatsiya bundan mustasno emas. Katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilish, axborot na’munalarini tahlil qilish orqali va odamlarga o'xshash o'zaro ta'sirlarni taqlid qilish qobiliyati bilan sun’iy intellekt aloqa jarayonlarini yaxshilashda ajralmas vositaga aylandi. Ushbu maqolada biz sun'iy intellektning turli domenlar bo'ylab kommunikatsiyani o'zgartirish va yaxshilashdagi muhim rolini ko'rib chiqamiz.
Жиноят ёки фуқаролик ишлари бўйича одил судловда суд-хатшунослик экспертизасининг энг кўп тарқалган тадқиқот объект-ларидан бири - бу имзо ҳисобланади. Имзо билан боғлиқ тадқиқот-ларнинг мураккаблиги, ушбу ёзув материали бўйича фойдали ахборотларнинг камлиги ва белгиларининг ифодаланиши даражаси пастлиги билан ифодаланадиган ўзига хослигига боғлиқдир. Ёзиш жараёнига турли бузувчи омилларнинг таъсири, тахмин қилинаётган ижрочилар ёзувларининг бир-бирига ўхшашлиги, имзоларни бажаришда турли техник воситалардан фойдаланиш имкониятлари бу борадаги диагностик ёки идентификацион вазифаларни ҳал этишни қийинлаштиради. Натижада етарлича асосланмаган ёки хато хулосалар чиқарилади, шунингдек «саволга жавоб беришнинг имкони йўқ» шаклидаги хулосалар берилади. Юқорида таъкидланган шароитлар экспертдан имзо ва унинг тадқиқотлари методикасининг ўзига хос хусусиятлари бўйича чуқур билимларни талаб қилади. Ёзув билан психофизилогик асосларининг бирлиги, ёзишнинг график ва техник кўникмалари билан боғлиқ имзо хатшунослик объектларининг алоҳида ўзига хос тури ҳисобланади. Бу имзо тушунчасининг ёзишни махсус маҳсули сифатидаги тушунчаси, унинг шаклланишидаги ўзига хосликлар, имзонинг асосий хусусиятлари ва унга асосланган белгилар тизими, шунингдек имзоларга нисбатан қабул қилинадиган қарорларнинг ишончлигини оширишга хизмат қиладиган умумий ва хусусий методикалари билан боғлиқдир.
Turizmning rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatadigan ko'plab omillar mavjud. Faktorlarning aniq misollaridan biri mavsumiylikdir. Bu omil turistlarning ma'lum bir davrda (bir yil, yarim yil) notekis taqsimlanishining asosiy sababi sifatida e'tirof etilishi mumkin. Iqtisodiy nuqtai nazardan, u o'zgaruvchan cho'qqilar va vodiylar bilan talabning takrorlanadigan tebranishlarini ifodalaydi. Mavsumiy talabning notekisligi ham tibbiy va biznes turizmiga xosdir; turli turistik hududlarda mavsumiy talab notekisligining o'ziga xos shakllari mavjud. Shunday ekan, ma’lum bir aholi punkti, mintaqa, mamlakat, jahon miqyosida turistik talabning o’ziga xos xususiyatlari haqida gapirish mumkin. Talabning mavsumiyligiga psixologik omillar (urf-odatlar, taqlid, moda) ham ta'sir qiladi. Sayyohlik faolligining cho'qqilari va pasayishlari, asosan, ko'pchilik sayyohlarning konservatizmi bilan izohlanadi, masalan, yoz dam olish uchun eng qulay vaqt degan fikrda. Turistik talabning mavsumiy tebranishlari moddiy-texnika bazasining majburiy ishdan chiqishiga, ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, bu omil yirik turistik markazlarga kelganda katta ta'sir ko'rsatadi. Maqolaning asosiy maqsadi Samarqandda turizmni rivojlantirishga mavsumiylik omilining salbiy ta'sirini yumshatish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat.
Azaldan oiladagi farzandlar o‘rtasida mustahkam munosabatlar o‘rnatilishi ma’qullab kelinadi. Ammo bolada deviant xulqning shakllanishi va huquqbuzarliklar sodir etishiga oiladagi opa-singil, aka-ukaning ta’siri, yoki aksincha, deviant xulqli bolaning oiladagi boshqa farzandlar tarbiyasiga ta’siri qanday ekanligi ko‘plab mutaxassislar e’tiborini tortmoqda. Mazkur maqolada bolalar huquqbuzarligida sibling munosabatlarining ahamiyati, o‘zaro xulq-atvorlar ta’siri yoritib berildi.
Ushbu tezis ingliz va o’zbek tillaridagi taqlid fe’llarning semantic aspectual klassifikatsiyasi hamda ushbu fe’llarning tilshunos olimlar tomonidan semantic turkumlanishini tavsiflaydi