Maqola Gamilton-Ostrogradskiy variatsion tamoyili asosida murakkab konstruktiv shakldagi yupqa magnitelastik plastinalarning geometrik nochiziqli deformatsiyalanish jarayonining matematik modeli ishlab chiqish va hisoblash tajribalarini o‘tkazishga bag‘ishlanadi. Bunda Kirxgof-Lyav gipotezasidan foydalanib uch o‘lchovli matematik model ikki o‘lchamli ko‘rinishga o‘tkazildi. Kinetik va Potensial energiya hamda tashqi kuchlar bajargan Ishning variatsion ko‘rinishlarini aniqlashda Koshi munosabatlari, Guk qonuni, Lorens kuchi va Maksvell elektromagnit tenzor ko‘rinishidan foydalanildi. Magnitelastik plastinaning deformatsion kuchlanish holatiga elektromagnit maydon ta’sirlari ko‘rildi, natijada ko‘chishga nibatan boshlang‘ich va chegaraviy shartlarga ega bo‘lgan, xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi ko‘rinishidagi matematik model hosil bo‘ldi. Tenglamani yechish uchun R-funksiya, Bubnov-Galerkin, Nyumark, Gauss, Gauss, kvadratlar, va Iterasiya sonli usullaridan foydalanib hisoblash algoritmi ishlab chiqildi. Hisoblash tajribalari magnit elastik plastinaning turli mexanik holatlari, chegaralari qattiq mahkamlangan, bir tomoni sharnir ikkinchi tomoni erkin holatida hisoblash tajribalari o‘tkazilib sonli natijalar olindi. O‘takazilgan hisoblash natijalarining qiyosiy tahlillari keltirildi.
Maqolada buzilish chizig‘iga ega bo‘lgan kasr tartibli aralash tipdagi tenglama uchun qo‘yilgan Frankl shartli lokal chegaraviy masalaning bir qiymatli yechilishi isbotlangan.