Badiiy tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari

  • Узбекский государственный университет мировых языков
CC BY f
201-204
0
0
Поделиться
Алиева , З. (2023). Badiiy tarjimaning o’ziga xos xususiyatlari . СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 201–204. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28869
Зиёда Алиева , Узбекский государственный университет мировых языков
студент
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Qadim zamonlardan insoniyato’z ustida ishlashga, dunyoqarashini kengaytirishga, turmush tarzini yaxshilashga va bilim salohiyatini rivojlantirishga harakat qilib kelgan. Bu omillar uni doimo harakatda bo’lishga undagan. Va o’z navbatida, inson qimmatli bilim-ko’nikmalarini, mashaqqatli hayotini, ichki kechinmalarini, olam haqidagi tasavvurini kelgusi avlod anglashi va hayoti davomida undan foydalanishi uchun qo’lyozmalar, qoyatosh va devoriy suratlar orqali meros qilib qoldirgan. Anglaganingizdek, biz bu bebaho merosni kitoblar orqali o’qib o’rganamiz. Ammo bir muammo mavjud. Har kim bu merosni o’zicha o’qib o’rganolmaydi. Sababi, odamzod Yer kurrasining turli burchaklarida istiqomat qiladi. Ularni umumiy “INSON” degan nom birlashtirib tursada, turli hududlarda yashovchi, turli insonlarni turli tafovutlari ham bor. Ushbu tafovutlardan eng asosiysi TILdir. Biz o’zbekmiz, turkiyzabonmiz va O’zbekistonda yashaymiz. Ammo ko’hna Yunonistonda yashab grek tilida ijod qilgan Aristotel haqida qayerdan bildik? O’sha kitoblar orqali, aniqrog’i, mehnatkash va jonkuyar TARJIMONning mashaqqatli mehnati orqali. O’sha tarjimonlar bo’lmaganida edi, biz Suqrotning donishmandligi-yu, Konfutsiyning hikmatli so’zlaridan bahramand bo’la olmasdik. Chunki biz tilni bilmaymiz. Tarjimon esa o’sha buyuk olim va mutafakkirlarning kitoblarini bizga tushunarli bo’lishi uchun o’zga tildan bizning ona tilimizga moslashtirib, aniq va sodda qilib berdi.

Похожие статьи


background image

201

BADIIY TARJIMANING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ziyoda ALIYEVA

O ’zDJTU talabasi

Tarjima - san ’at,

Tarjimon esa, ijodkordir.

Qadim zamonlardan insoniyato’z ustida ishlashga, dunyoqarashini

kengaytirishga, turmush tarzini yaxshilashga va bilim salohiyatini rivojlantirishga

harakat qilib kelgan. Bu omillar uni doimo harakatda bo’lishga undagan. Va o’z

navbatida, inson qimmatli bilim-ko’nikmalarini, mashaqqatli hayotini, ichki

kechinmalarini, olam haqidagi tasavvurini kelgusi avlod anglashi va hayoti davomida

undan foydalanishi uchun qo’lyozmalar, qoyatosh va devoriy suratlar orqali meros

qilib qoldirgan. Anglaganingizdek, biz bu bebaho merosni kitoblar orqali o’qib

o’rganamiz. Ammo bir muammo mavjud. Har kim bu merosni o’zicha o’qib

o’rganolmaydi. Sababi, odamzod Yer kurrasining turli burchaklarida istiqomat

qiladi. Ularni umumiy “INSON” degan nom birlashtirib tursada, turli hududlarda

yashovchi, turli insonlarni turli tafovutlari ham bor. Ushbu tafovutlardan eng asosiysi

TILdir. Biz o’zbekmiz, turkiyzabonmiz va O’zbekistonda yashaymiz. Ammo ko’hna

Yunonistonda yashab grek tilida ijod qilgan Aristotel haqida qayerdan bildik? O’sha

kitoblar orqali, aniqrog’i, mehnatkash va jonkuyar TARJIMONning mashaqqatli

mehnati orqali. O’sha tarjimonlar bo’lmaganida edi, biz Suqrotning donishmandligi-

yu, Konfutsiyning hikmatli so’zlaridan bahramand bo’la olmasdik. Chunki biz tilni

bilmaymiz. Tarjimon esa o’sha buyuk olim va mutafakkirlarning kitoblarini bizga

tushunarli bo’lishi uchun o’zga tildan bizning ona tilimizga moslashtirib, aniq va

sodda qilib berdi.

Tarjima adabiy va o’zaro ta’sirining eng faol, eng ommalashgan va eng

mahsuldor formasidir. Tarjima donolik ilmidir. Tarjima uzoqni yaqin, o’zgani

birodar, tanishni qadedon, do’stni qarindosh qiladi. Ayni paytda tarjima san’at,

san’atning oddiy turlaridan emas, tarjima sehrgarlik san’atidir. Tarjima ijod ahli

uchun darsxona. Shuning uchun jahon adabiyoti tarixida uning boyishi, yangi- yangi

asarlar evaziga mazmundor bo’lishida tarjima va tarjimonlarning ulushi benihoya

salmoqli.


background image

202

Ko’ngillararo ko’prik vazifasini o’tayotgan tarjima adabiy aloqa va ta’sir

tarixida nurli sahifalarni tashkil etadi. Necha yuz yillar davomida tarjima tufayli bir

adabiyotda paydo bo’lgan asar jahon kezadi va odamlarga estetik zavq bag’ishlaydi.

Tarjimonlikning paydo bo’lishi ham ushbu holat bilan bog’liq, ya’ni hamma

ham o’zga tilni bilavermaydi va tilni o’zganish uchun shart-sharoitlar har kimda ham

yetarli emas. Bu vaqtda ular tarjimonga muhtojdirlar.

Nazariy jihatdan yozma tarjimonlik ikkiga bo’linadi: adabiy va adabiy

bo’lmagan. Oddiy inson hayotida adabiy tarjima ko’proq ahamiyatga ega. Chunki biz

ilmiy-aniq bilimlarni o’rganishdan, hayotimizni qamrab olgan mehnatdan

charchagan paytimizda adabiyotga murojaat qilamiz. Bo’sh vaqtlarimizda badiiy

asarlarni mutolaa qilish yoxud mashhur kitoblarga asoslangan filmlarni tomosha

qilish orqali biz o’zimizni qayta tiklaymiz, miyalarimizga dam beramiz. Tarjimalar

xalqlar o’rtasida ma’rifat tarqatish vositasi hisoblanadi. Badiiy tarjimalarni ko’rish,

eshitish, yoki o’qish rohatlanish bilan bir qatorda, ma’naviy ozuqa ham beradi.

Ilmiy tarjimalardan farqli o’laroq badiiy tarjimalar ancha murakkabdir. Chunki

ilmiy asarlarda aniqlik va soddalik asosida o’z sohasiga doir qoliplangan so’zlardan

foydalaniladi. Badiiy asarlarni chegaralab bo’lmaydi. Sababi adabiyot

bo’yoqdorlikdan, hissiyotlardan, ichki kechinmalardan, oddiy inson so’z bilan

tushuntirib berolmaydigan tuyg’ulardan iborat.

Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til

badiiy asarda estetik hodisa, san’at faktiga aylanadi. Adabiy asar tili- alohida “badiiy

voqelik” unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy ma’noni boshqa

tilning obrazli ifodaviy zaminiga o’tkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash

jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur

jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy tarjima asosan tarjimon asliyatning

san’at asari sifatida shakl va mazmunni qayta yaratishi, milliy va individual

xususiyatlarini saqlashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi,

tarjimachilik an’analari, tajribalarga suyanadi. Turli xil tafovitlar borligini hisobga

oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tarjima jarayonida tarjimon hammavaqt o’z ona tilida fikrlaydi. Ona tili unga tahll

quroli, sinov mezoni bo’lib xizmat qiladi. Masalan, Nizomiyning “Xisrav va Shirin”


background image

203

dostonini o’girgan Qutb (“...Nizomiy bolidan holva pishurdim...”) tarjima nusxa

ko’chirish kabi bir ish bo’lmay, ijodiyy jarayon ekanini, tarjimon esa boldan holva

pirishuvchi mohir yozuvchi bo’lishi kerakligini aytadi. Turli davrlarda muayyan

hududdagi adabiy muhit, ayniqsa, maxsus tarjima maktablarining yuzaga

kelganligining o’ziyoq uning shakllangan tamoyillari, an’analari bo’lganligini

ko’rsatadi.

Tarjima nusxa ko’chirish emas, tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan

tashqarida, tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan

mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta

gavladantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan viqelikning muallif darajasida

puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida Tarjimachilikning

ta’siri katta bo’ladi. Zaro, tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. O’zbek

adabiyotida ham tarjimachilik qadimdan rivojlangan, Mahmud Qoshg’ariy,

Rabg’uziy, Navoiy va Bobur, boshqalar ijodida tarjima katta o’rin egallaydi.

XX asrda o’zbek yozuvchilaridan Cho’lpon, G’afur G’ulom, Erkin Vohidov,

Abdulla Oripov va boshqalar tarjima sohasida samarali ijod qilganlar. Ayniqsa, Erkin
Vohidovning Geotening “Faust” asarini tarjima qilgani yuksak e’tiborga loyiq.

Badiiy tarjimaning yana bir o’ziga xosligi hamda murakkabligi she’riy

tarjimada yaqqol aks etadi. Rossiyalik tarjimashunos olima T.A.Kazakova o’zining

“Badiiy tarjima bo’yicha praktikum” o’quv qo’llanmasida shunday deydi: “Tarjimon

she’rni tarjima qilganda uning shakliga qarab ikki asosiy kategoriyadan birini

tanlashiga to’g’ri keladi. Shulardan biri erkin she’r, boshqasi esa klassik ko’rinishga

ega bo’lgan she’r. shuning uchun ham she’r o’zgarmas she’r vazni, ritm hamda

turoqqa ega bo’ladi.” An’anaviy she’r ko’proq hissiyotga ega. Quyidagi she’rni

o’zbek tilidagi bevosita tarjimasi bilan muqoyasa qilib ko’ramiz:

Ae Fond Kiss

Ae fond kiss, and then we sever,

Ae fareweel, and then for ever!

Deep in heart-wrung tears I’ll pledge thee,

Warring sighs and groans I’ll wage thee...

Had we never lov’d sae kindly,

Had we never lov’d sae blindly!

Never met-or never parted,

We had ne’er been broken-hearted.


background image

204

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

Robert Burns

So’nggi bo’sa

Astagina o’pishdik giryon,

Ayti tushdi yo’llar har tomon!

Vidolashdik garchi pichirlab,

Faryod soldi yurak qon yig’lab.

Oh qaydanam ko’rishdik bizlar,

Oh qaydanam sevishdik bizlar!

Sevmasaydik bunchalar intiq,

Abgor etasmidi ayriliq...

Ushbu she’r tarjimasi tarjimonning asarni ijodkor sifatida katta ehtiros bilan

sevganini, shoirning fikr-o’ylari, ifoda uslublari, she’rning maromi, ohangini butun

vujudi bilan his eta olganini yaqqol namoyon etib turibdi. She’rning qofiyalash tartibi

uning tarjimasida ham asliyatdagidek boshdan oxirigacha bir xil aa,bbshaklda aks

etgan. Shotland shoiri Broynsning ruhiy holati, qalb istiroblarini o’zbek tarjimoni

Begoyim Xolbekova o’z ona tilimizga yuksak poetik mahorat bilan yarata olgan.

Buni quyidagi misralarda yanada aniqroq ko’rish mumkin, ya’ni asliyatdagi quyidagi

“Hech qachon ko’rishmaganimizda, bunchalik mehr bilan sevishmaganimizda,

ayrilmaganimizda, yuraklarimiz bunchalik siniq bo’lmasmidi” degan mazmun

o’zbek tilida asliyatga mos ichki dard bilan ifoda etilgan.

Intermet manbalari orqali ilmiy yoki siyosiy matnlarni avtomat tarzda tarjima

qilishingiz mumkin, ammo badiiy asarlarni yuksak rivojlangan avtomat-tarjimon

mashinalar ham tarjima qilolmaydilar. Chunki ular adabiy kitoblarni tarjima qilishlari

uchun ulkan qalb, cheksiz muhabbat, va og’riqli dardga ega emaslar. Badiiy tarjimon

bo’lish uchun esa, yuqoridagi uch unsurga ega bo’lish kerak. Bular uning

boshqalaridan ajratib turadigan, noyob o’ziga xosligidir.

Аdabiyotlar ro'yxati:

1. VALIYEVA, NARGIZAXON. "Анализ стилистических средств в

переводе произведения Александра Файнберга «Город милый. Голубая бездна»

с русского на английский язык." Scienceweb academic papers collection (2022).

Библиографические ссылки

VALIYEVA, NARGIZAXON. "Анализ стилистических средств в переводе произведения Александра Файнберга «Город милый. Голубая бездна» с русского на английский язык." Scienceweb academic papers collection (2022).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов