Authors

  • Dilshod Sharopov
  • Oybek Rajabov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.106478

Keywords:

A. Byorns savdo Buxoro Rossiya imperiyasi Buyuk Britaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Xitoy Hindiston Afg‘oniston bozor.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz sayyohi va tadqiqotchisi A. Byornsning ma’lumotlari asosida XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi savdo holati yoritiladi. O‘sha davrda Buxoro Rossiya imperiyasi bilan faol iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu davlat uning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylangan edi. Biroq Angliya o‘zining mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish maqsadida Rossiyaning Buxoro bilan savdosiga to‘sqinlik qilish uchun jiddiy harakatlar qilgan. Jumladan, ingliz tovarlari Shimoliy Hindiston, Xitoy, Fors va Afg‘onistonda asta-sekin rus mahsulotlarini bozordan siqib chiqara boshlagan. A.Byornsning yozishicha, XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida savdo aloqalari o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Davlat siyosati ichki va tashqi savdoni rivojlantirishga faol ko‘maklashgan. Buxorodagi bozoru karvonsaroylar, Buyuk ipak yo‘li orqali shakllangan yo‘nalishlar savdo markazi sifatida katta ahamiyat kasb etgan. Mahalliy hokimiyatlar tomonidan bozor narxlari qat’iy nazorat ostida ushlab turilgan, bu esa davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan faol aralashuvni ko‘rsatadi. Buxoroga Yevropa, Hindiston, Xitoy va Forsdan savdogarlar oqib kelgan, bu esa shaharning Markaziy Osiyodagi yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylanishiga olib kelgan. A.Byorns Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur o‘rgangan ilk g‘arb tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Uning kuzatuvlari mintaqaviy va xalqaro savdo aloqalarini, yirik davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatni hamda amirlikning ichki iqtisodiy siyosatini anglash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

606

XIX ASRNING O‘RTALARIDA BUXORO AMIRLIGIDA SAVDO MUNOSABATLARI

(A.BYORNS MATERIALLARI ASOSIDA)

Sharopov Dilshod

Buxoro davlat universiteti

Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

d.r.sharopov@buxdu.uz

Rajabov Oybek

Buxoro davlat universiteti

Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15673352

Annotatsiya. Mazkur maqolada ingliz sayyohi va tadqiqotchisi A. Byornsning

ma’lumotlari asosida XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi savdo holati yoritiladi.

O‘sha davrda Buxoro Rossiya imperiyasi bilan faol iqtisodiy aloqalarni yo‘lga

qo‘ygan bo‘lib, bu davlat uning asosiy tashqi savdo hamkoriga aylangan edi. Biroq Angliya
o‘zining mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish maqsadida Rossiyaning Buxoro bilan
savdosiga to‘sqinlik qilish uchun jiddiy harakatlar qilgan. Jumladan, ingliz tovarlari
Shimoliy Hindiston, Xitoy, Fors va Afg‘onistonda asta-sekin rus mahsulotlarini bozordan
siqib chiqara boshlagan.

A.Byornsning yozishicha, XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida savdo

aloqalari o‘z taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Davlat siyosati ichki va tashqi
savdoni rivojlantirishga faol ko‘maklashgan. Buxorodagi bozoru karvonsaroylar, Buyuk
ipak yo‘li orqali shakllangan yo‘nalishlar savdo markazi sifatida katta ahamiyat kasb etgan.
Mahalliy hokimiyatlar tomonidan bozor narxlari qat’iy nazorat ostida ushlab turilgan, bu
esa davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan faol aralashuvni ko‘rsatadi. Buxoroga
Yevropa, Hindiston, Xitoy va Forsdan savdogarlar oqib kelgan, bu esa shaharning
Markaziy Osiyodagi yirik iqtisodiy markazlardan biriga aylanishiga olib kelgan.

A.Byorns Buxoro amirligining XIX asr birinchi yarmidagi ijtimoiy-iqtisodiy holatini

chuqur o‘rgangan ilk g‘arb tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi. Uning kuzatuvlari
mintaqaviy va xalqaro savdo aloqalarini, yirik davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatni
hamda amirlikning ichki iqtisodiy siyosatini anglash uchun muhim manba bo‘lib xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar: A. Byorns, savdo, Buxoro, Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya,

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, bozor.


Kirish.

Aleksandr Byorns faoliyatida Buxoro bozori alohida oʻrin tutgan. U ingliz

imperiyasining yoyilish siyosatining aniq namoyandasi boʻlib, Britaniya doimiy ravishda oʻz
sanoat mahsulotlari uchun yangi bozorlar qidirar edi. Buxoro, oʻzining Rossiya bilan mustahkam
iqtisodiy hamkorligi tufayli, Angliya uchun muhim strategik ahamiyatga ega boʻldi. Chunki
inglizlar har qanday yoʻl bilan ruslarning mintaqaviy savdoda ustunlik qilishiga toʻsqinlik
qilishni maqsad qilgan edi. [7, b.23]

Natija va mulohazalar.

XIX asrda Buxoro bozori Rossiya uchun bir qator iqtisodiy va

geosiyosiy sabablarga koʻra juda muhim rol oʻynagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

607

Avvalo, Buxorodan olinadigan xom ashyo Yevropaga nisbatan ancha arzon narxlarda

mavjud boʻlib, bu Rossiya sanoati uchun resurslar yetishtirish xarajatlarini kamaytirish
imkoniyatini bergan. Ikkinchidan, Rossiya manufaktura va sanoat mahsulotlari Yevropa
raqobatdoshlari bilan raqobatlasha olmasligi sababli, mamlakat yangi bozorlarga, jumladan
Buxoro kabi anʼanaviy savdo markazlariga qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, ingliz
tovarlarining Shimoliy Hindiston, Xitoy, Fors va Afgʻoniston bozorlarida ustunlik qilishi,
Rossiyani oʻz taʼsir doirasini saqlab qolish uchun Markaziy Osiyoda, xususan Buxoroda
mustahkam oʻrin egallashga majbur qilgan. Ayniqsa, 1860-yillarda AQShda fuqarolar urushi
boshlanganidan keyin amerika paxtasi eksportining keskin kamayishi Buxoroni Rossiya uchun
yanada muhim xom ashyo bazasiga aylantirgan. Nihoyat, Rossiya imperiyasi chegaralarining
xavfsizligini taʼminlash maqsadida Markaziy Osiyo xonliklari ustidan nazoratni mustahkamlash
zarurati ham Buxoro bozoriga boʻlgan qiziqishni kuchaytirgan. Bu omillarning barchasi
inglizlarning diqqat markazida boʻlib, ular Rossiyaning mintaqadagi taʼsirini cheklash
maqsadida Buxoro bozoriga kirishini toʻsishga harakat qilishgan.

A.Byornsning ta’kidlashicha, Buxoroda savdo-sotiq jarayonlari rivojlanishning yuqori

bosqichiga chiqqan bo‘lib, davlat bu sohaning taraqqiyotiga har jihatdan ko‘maklashgan.

Uning yozishicha: “Savdo-sotiqni Buxoro hukmdorlari singari qo‘llab-quvvatlagan

boshqa biron bir boshqaruv tizimini ko‘rmaganman. So‘nggi hukmdor davrida bojxona bojlari
faqatgina tovarlar sotuvga chiqarilgach undirilgan bo‘lib, bu tartib Buyuk Britaniya
bojxonasining garov (zaklad) tizimiga o‘xshash tarzda tashkil etilgan”. [1, b.414].

Amirlikdagi savdoning shubhasiz markazi uning bozorlari hisoblangan. Buxoroning

bozorlari va karvonsaroylari — bu yerga Yevropadan tortib Uzoq Sharq, Xitoy va
Hindistongacha bo‘lgan deyarli butun savdo olamining vakillari oqib kelardi — amalda eng
boy va turli-tuman, ayni paytda nihoyatda qimmatli iqtisodiy hamda harbiy-siyosiy axborot
manbai bo‘lgan. A.Byorns gavjum Buxoro bozorlarini va odamlar bilan liq to‘la
mehmonxonalarni ziyorat qilgan chog‘larida, karvonboshilar va savdogarlarning savdo
yo‘llaridagi sarguzashtlari, tovar bozorlaridagi holat, bojxona postlari va soliq yig‘imlari,
mahsulotlarning sifati va narxi, mahalliy hukmdorlarning savdogarlarga munosabati hamda
Rossiya, Hindiston, Xitoy va Angliya o‘rtasidagi raqobat haqida hikoya qilgan uzoq
suhbatlarini diqqat bilan tinglagan.

Sharq aholisi aynan shu yerda bozorda o‘zining butun betakrorligi bilan namoyon bo‘ladi.

Yangi choponda (kiyimda) xaridor oldinga-orqaga yurib, shu tovushning kuchini tekshirayotganini
kuzatish menga katta zavq bag‘ishlardi. Bu kiyimlarning barchasi mahalliy hunarmandchilik
mahsuloti bo‘lib, narxlari nihoyatda arzon; ayni shu sababli Buxoro kiyim bozori Xitoy
Tatariyasigacha bo‘lgan barcha mo‘min-musulmonlarni zamonaviy liboslar bilan ta’minlaydi.
Cho‘ldan ko‘pincha qirg‘izlar, qipchoqlar va qalmoqlar ham bu yerga kirib kelishadi, va ko‘zlari
qisiq, iyagi oldinga chiqqan yovvoyi tatar o‘zining qo‘pol ot terisidan tikilgan kiyimini yengil
“yaktak” (yozgi kiyim turi) bilan almashtirib, quvonchdan kuladi.

Uning uchun bu yer – taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisidir; Buxoro – bu uning uchun

ham Parij, ham Londondir. [2, b.269]

A.Byorns va A.Vamberining ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro bozorlarida asosan

Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar ustunlik qilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

608

A. Vamberi shunday deb yozadi: “Men safdoshlarim bilan birga yurib, do‘konlarga nazar

tashlab bordim; ularning aksarida rus galantereya va manufaktura mahsulotlari mavjud edi,
Orenburg orqali olib kelingan g‘arbiy Yevropa tovarlari esa juda kam edi. Bu uzoq shaharda
sayyoh uchun bu mahsulotlar faqatgina bitta jihati bilan qiziq: chit parchasini yoki unga
yopishtirilgan zavod belgisini ko‘rganida, u go‘yo vatandoshlik hissini tuyadi. Qanday hayajonga
tushganimni eslayman — “Manchester”, “Birmingem” so‘zlarini o‘qiganimda yuragim qanchalik
tez urganini, va bu so‘zlarni shunchaki o‘qishim bilan o‘zimni fosh qilib qo‘yishdan qanchalik
qo‘rqqanimni tasvirlab bo‘lmaydi! Shahar bozorlarida yirik do‘konlar va yirik savdogarlar juda
kam. Garchi 284 ta do‘koni bo‘lgan Rasteyi chit furush (ya’ni chit — mato savdosi qilinadigan
savdo qatori)dan tashqari shaharning yana ko‘plab joylarida chit, kalenkor (Kalkuttada
tayyorlanadigan astar mato) va perkal bilan savdo qilinsada, men qat’iy ishonch bilan ayta
olamanki, mening do‘stlarim Tabrizdagi Xanxartda aynan shunday mahsulotlarning o‘zidan
Buxoro shahriga qaraganda ko‘proq miqdorda sotadi. Buxoroga Sharqning yuragi, Markaziy
Osiyoning poytaxti degan nom berilgan bo‘lsa-da, savdo hajmi bu maqomga har doim ham mos
tushavermaydi”.[2, b. 139]

U Buxoroning Astraxan, Orenburg, Ural va Janubiy Sibir bilan savdo aloqalari

nihoyatda jonli bo‘lganini alohida ta’kidlaydi. Aynan shu hududlardan Markaziy Osiyo
xonliklariga shakar, qalay, quyma temirdan tayyorlangan qozonlar, chelaklar, shoyi matolar,
zig‘ir va chit matolari, metall idish-tovoqlar, qurol-yarog‘, temir, mis, temirchilik buyumlari
hamda charm mahsulotlari olib kirilgan. Buxorolik savdogarlar esa Rossiyaga paxta, quruq
mevalar, jonli hayvonlar, xom terilar, ishlab chiqarilgan charmlar va boshqa turdagi
tovarlarni eksport qilganlar. A.Vamberi juda qiziqarli bir kuzatuvni qayd etadi: “Butun
Markaziy Osiyoda shunday bir uy yoki hatto bitta ham kibitka (ko‘chma chodir) yo‘qki, u
yerda Rossiyada ishlab chiqarilgan biror buyumni uchratib bo‘lmasa”[1, b.15].

Sayyohning ta’kidlashicha, Rossiyaning sanoat mahsulotlari Markaziy Osiyo bozorlarida

ingliz tovarlari bilan muvaffaqiyatli raqobat qila olgan. Rossiya uchun Buxoro Sharq
mamlakatlariga tovarlar eksport qilishda, shuningdek, Osiyo mahsulotlarini import qilishda
o‘ziga xos asosiy oraliq savdo punkti bo‘lgan. Buxoraning tashqi savdo aloqalarida Rossiyadan
keyingi ikkinchi o‘rinni Qashqar egallagan.

Rus tadqiqotchisi Y.Meyendorfning ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Buxorodan Qashqarga

700–800 ta yuklangan tuyadan iborat karvonlar yo‘l olgan. U shunday yozadi: “Buxoroliklar
Qashqarga Buxoroda sotilmay qolgan rus tovarlarini, shuningdek, ruslar tomonidan G‘uldja,
Aksu va Qashqarga yuborilgan mahsulotlarni olib borishgan”[6, b.128].

Boshqa bir rus tadqiqotchisi F.I.Lobisevich shunday deb yozgan edi: “Buxoro, o‘zining

geografik joylashuvi tufayli sanoat xususiyatiga ega bo‘lmagan aholisi bilan, ayniqsa Rossiya
bilan tinch savdo aloqalarini juda qadrlardi va bu, albatta, bizning mahsulotlarimizni sotish
uchun eng muhim Markaziy Osiyo bozorlaridan biri bo‘lib qolardi”. [5, b.63]. Shuningdek,
yana bir mashhur rus olimi P.V.Golubkov A.Byornsning kitobiga yozgan kirish so‘zida
quyidagilarni qayd etadi: “Buxoro bozorida rus savdogarlari so‘nggi 300 yil davomida
Do‘ng‘angiston bilan doimiy raqobatlashib kelgan va Rossiya va Buxoro o‘rtasidagi aloqalar
shunchalik chambarchas bog‘langanki, Moskvada Buxoro aholisi ko‘plab yashaydi, va
aksincha, Buxoroda ham aynan shunday holat mavjud”. [3, b.5]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

609

Tadqiqotchilar Buxoro va Rossiya o‘rtasidagi savdo munosabatlarining jadal

rivojlanishini ta’kidlashgan. B.I.Iskandarov va R.M.Masovning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX
asrning boshlarida Rossiyadan Markaziy Osiyoga eksport qilinadigan tovarlar miqdori 1 million
rublga teng bo‘lsa, 1825 yilga kelib, bu miqdor 4 million rublga yetgan [4, b.12]. Buxoro
amirligi Rossiya mahsulotlari uchun eng muhim savdo bozorlaridan biri bo‘lgan. Buxoro
bozorlarida rus tovarlari, xususan, attorlik mollari va matolar ustunlik qilgan, va bu tovarlar
Rossiyaning boshqa Sharqiy Osiyo davlatlari bilan savdosi uchun tranzit bo‘lib xizmat qilgan.

Buxoro amirligi, shuningdek, Buyuk Britaniya bilan ham savdo aloqalarini

rivojlantirishga intilgan. A.Byorns, inglizlarning Hindiston orqali savdo aloqalarini
rivojlantirishda muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’kidladi. U, shuningdek, Buyuk Britaniya savdo
flotining Gang va Hind daryolarida ham Volga daryosi kabi qulay sharoitlarga ega ekanligini
ta’kidlaydi [1, s.420]. Bu Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi savdo tarmog‘ini
kengaytirish imkoniyatlarini oshirgan. Shuningdek, bu holat Rossiya va Buyuk Britaniya
o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatni kuchaytirgan va Buxoro amirligi o‘zining markaziy joylashuvi
tufayli ushbu raqobatning faol ishtirokchisiga aylangan.

Buxoro hunarmandlari pichoq, oʻroq, qilich, xanjar, bolta, kamon, oʻq va qalqon

karoquchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan, hatto toʻplar yasashgan.

Zargarlik, kulolchilik, yogʻochsozlik ham rivojlangan muhim kasb-hunarlar boʻlib,

yogʻochdan deraza va eshik ramkalari, beshik, arava, sandiq, qayiq va boshqa buyumlar
tayyorlangan, ayniqsa oʻyma naqshli yogʻoch buyumlar yuqori qadrlanilgan. Qamishdan savat
toʻqish, uy sharoitida gilam, palos, ot egar, pichoq qinlari va charm sumkalar ishlab chiqarish
keng tarqalgan edi. XIX asrning 40-yillarida Buxoroda 38 ta karvonsaroy mavjud boʻlib, ularga
kelgan mahalliy va chet ellik savdogarlar joylashgan; bu karvonsaroylarda omborxonalar,
doʻkonlar, ustaxonalar va mehmonxonalar joylashgan boʻlib, ularning bir qismi amirga,
boshqalari xususiy shaxslar yoki vaqf mulki hisoblangan. Yillik 12-15 ming tuya yukining
Buxoro karvonsaroylariga yetib kelishi mintaqaning savdo markazi sifatidagi ahamiyatini
koʻrsatadi, savdo ishlarini esa amir tomonidan tayinlangan karvanboshi boshqargan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi Markaziy

Osiyodagi muhim iqtisodiy va geosiyosiy markazlardan biri sifatida shakllangan bo‘lib, uning
iqtisodiy hayoti xorijiy tadqiqotchilar, xususan, ingliz sayyohi A.Byorns tomonidan batafsil
o‘rganilgan. Bѐrnsning kuzatuvlariga ko‘ra, Buxoro bozorlari nafaqat mintaqaviy savdo markazi,
balki xalqaro iqtisodiy raqobat, ayniqsa Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi kurash
maydoniga aylangan. Buxoro amirligining savdo siyosati, boj tizimi, karvonsaroylari va
hunarmandchiligi bu davrda yuqori darajada rivojlangan bo‘lib, Rossiya sanoat mahsulotlari
Buxoro bozorlari orqali boshqa Sharqiy mamlakatlarga tarqatilgan. Bunga javoban, Angliya ham
o‘z savdo manfaatlarini ilgari surishga harakat qilgan, hatto Ganga va Hind daryolari orqali
savdo yo‘llarini ochish zarurligini ilgari surgan. Buxoro bozorlari ustidan nazorat o‘rnatish har
ikkala davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan. Shunday qilib, A.Byornsning asarlari
Buxoro amirligining XIX asr o‘rtalaridagi iqtisodiy dinamikasini ochib berish bilan birga, bu
hududning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi o‘rni va ahamiyatini ham yoritadi.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODE

RN SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

REFERENCES

1.

Бёрнс А. Путешествие в Бухару. –Т. II. – М.,1848.

2.

Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – СПб.,1865.

3.

Бунаков Е. В. К истории сношений России со среднеазиатскими ханствами.
//Советское востоковедение. Вып. II. 1921, с.21.

4.

Хайруллаев М.М. Ўзбек дипломатияси тарихидан (Тарихий очерк ва лавхалар). –Т.
2003. –355 б.

5.

Лобысевич Ф. И. Поступательное движение в Среднюю Азию в торговом и
дипломатическо-военном отношениях. Дополнительный материал из истории
Хивинского похода 1873 г. (из официальных источников). - СПБ, 1900.

6.

Мейендорф Е. К. Путешествие из Оренгбурга в Бухару. – М.: Наука, 1975.

7.

Халфин Н.А., Рапссадина Е.Ф. Николай Ханыков –востоковед и дипломат. –Мoсква:
Наука, 1977. 278 с.

8.

Ефремов Филлип. Девятилетнее странствование и приключения в Бухарин, Хиве,
Персии и Индии и возвращение оттуда через Англию в Россию. –Мocква: Восточная
лит., 1995. –С.147-170.

References

Бёрнс А. Путешествие в Бухару. –Т. II. – М.,1848.

Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – СПб.,1865.

Бунаков Е. В. К истории сношений России со среднеазиатскими ханствами. //Советское востоковедение. Вып. II. 1921, с.21.

Хайруллаев М.М. Ўзбек дипломатияси тарихидан (Тарихий очерк ва лавхалар). –Т. 2003. –355 б.

Лобысевич Ф. И. Поступательное движение в Среднюю Азию в торговом и дипломатическо-военном отношениях. Дополнительный материал из истории Хивинского похода 1873 г. (из официальных источников). - СПБ, 1900.

Мейендорф Е. К. Путешествие из Оренгбурга в Бухару. – М.: Наука, 1975.

Халфин Н.А., Рапссадина Е.Ф. Николай Ханыков –востоковед и дипломат. –Мoсква: Наука, 1977. 278 с.

Ефремов Филлип. Девятилетнее странствование и приключения в Бухарин, Хиве, Персии и Индии и возвращение оттуда через Англию в Россию. –Мocква: Восточная лит., 1995. –С.147-170.