BUXORO AMIRLIGIDA ILM-FAN VA MADANIY HAYOT
Rajabov Oybek Iskandarovich
Buxoro davlat universieti.
XVIII asr ikkinchi yarmida Ashtarxoniylar davlatining tanazzuli hamda
Buxoro amirligining tashkil topishi davridagi ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar,
amirlikning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, markaziy va mahalliy
boshqaruvning huquqiy asoslari, shuningdek, davlatda boshqaruvi tizimida amalga
oshirilgan ichki va tashqi siyosiy, diplomatik munosabatlarning o‘ziga xos
xususiyati, sud tizimi, sudlov va qozilik faoliyatlari shuningdek, Buxoro amirligi
huquqiy tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tahlil qilish, amirlikda davlatchilik
boshqaruv tizimining shakllanishi hamda rivojlanishini muayyan bosqichlarga
ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda mang‘itlar sulolasining dastlabki
vakillari tomonidan amalga oshirilgan islohotlar o‘z navbatida, mamlakatni
birlashtirish, aholi turmush tarzini birmuncha o‘zgartirishga muayyan darajada
ijobiy ahamiyat kasb etganligini ko‘rish mumkin.
XIX asrda safar qilgan Ye.K.Meyendorf Buxoroning islom olamida tutgan
o‘rnini quyidagicha ta’riflaydi: “O‘zining ko‘plab maktablari, olimlari hamda
muqaddas qadamjolari sababli musulmonlarning ziyoratgohiga aylangan. Ehtimol
shuning uchun u “sharif” nomiga sazovor bo‘lgandir”. Rus sayyohi N.Xanыkov o‘z
esdaliklarida Buxoroni yirik ilm-fan va ma’rifat, diniy bilimlar markazi sifatida
ta’riflab: “Buxoro ilm tarqatuvchi markaz hisoblangan va hisoblanadi”, deydi.
J.Kunits ham Buxoroni “arab-eron madaniyatining qal’asi”, Markaziy Osiyoning
yuz yillik tarixidagi «Islomning yuragi», 250 masjid va madrasalar markazi deya
atagan. Muhammad Ali ibn Muhammad Sayid Baljuvoniyning «Ta’rixi Nofeiy»
(«Foydali tarix») nomli asari Buxoro amirligining XIX-XX asrning boshlaridagi
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy tarixini yoritib beruvchi muhim va qimmatli
manbalardan biri hisoblanadi. Mazkur tarixiy davrda Buxoro amirligi Turkiston
hamda Movarounnahrdagi davlatlar orasida ilmu madaniyat, shariat fanlarining
taraqqiy etganligi, tafsir, hadis, fiqx, kalom, usul, sarfu nahv ilmlaridan iborat
bo‘lgan shariat ilmlari ushbu muazzam diyorda rivojlanganligi, hikmat ilmini
madrasalarda zarurat yuzasidan o‘qitilgan. Bu ilmi hikmat, mantiq qismati
ilohlardan iborat bo‘lgan, biroq riyoziy va siyosiy ilmlar azaldan ham bu shaharda
keng tarqalmagan. Bu davlatda taxminan uch-to‘rt ming talabalar o‘qiydilar. Dars
beruvchi mudarrislarning soni taxminan 800 nafar bo‘lgan.
Ahmad Donish mudarrislik kasbining mashaqqatlari haqida: “Kunduz kuni
muallim o‘z o‘quvchilari bilan mashg‘ulotda band bo‘ladi, kechqurun esa ertangi
kungi mashg‘ulotlarga tayyorlanadi, xullas u umr bo‘yi o‘qiydi va o‘z kasbi bilan
muttasil, tanaffussiz shug‘ullanadi”, degan fikrlarni bayon etadi. Tarixda ayrim
hukmdorlarning o‘zi ham madrasada mudarrislik qilgani haqida ma’lumotlar
uchraydi. Amir Shohmurod va Amir Haydar Buxoroda mudarrislik qilgan. Amir
Haydar ko‘plab shogirdlarni tarbiyalagan. U “Sharhi Kofiya”, “Sharhi Mishkot”,
“Shamoili nabaviy” va “Tafsiri Qozi Bayzoviy”dan dars bergan. Sadri Ziyoning
ma’lumotiga ko‘ra, Amir Haydar qiroat ilmi va xattotlik san’atini ham puxta
egallagan. Manbalarda qayd etilishicha, Amir Haydarning madrasada ta’lim oluvchi
400-500 nafar talaba shogirdlari bo‘lgan. Amir Haydar talabalar uchun Istanbul
(Usmonli turk sultonligi)dan kitoblar keltirishga shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan.
Ya’ni, 1815 yilda devonbegi Eshmuhammad va Mirzo Muhammad Yusuf
qo‘rchiboshini maktub bilan Istanbulga yuborib, sulton Mahmud II dan shariatga
doir kitoblarni so‘ratganda, Mahmud II o‘z elchisi Hasan Chalabiy orqali Buxoroga
32 jildli kitob yuborgan. O‘quv jarayonini tashkil etish odatda, mudarrislarning
zimmasida bo‘lib, ular quyidagi uch toifaga bo‘lingan:
Birinchi toifa -
a’lo darajali mudarrislar. Bunga qozi ul-quzzot, raisi kalon,
shayx ulislom, oxund, a’lam, mufti, askar kirgan.
Ikkinchi toifa -
o‘rta darajali mudarrislar. Bu toifadagi mudarrislarni kiygan
kiyimlariga qarab “banoraspo‘sh” deb atashgan. Ayni shu toifadan chiqqan ilmli
mudarrislar muftilik lavozimigacha erishgan. Mazkur toifadagi mudarrislar
taxminan ikki yuz nafar bo‘lib, ularni yana “o‘rta mudarrislar” deb ham atalgan.
Uchinchi toifa
-
quyi darajadagi mudarrislar. Bu toifadagilarni mudarrislar,
imom mudarrislar, ba’zan beqasabapo‘sh deb atalgan. Imom mudarrislar soni uch
yuzdan ortiqroq bo‘lgan.
Sadriddin Ayniy esa Buxoro mudarrislarini uch toifaga ajratgan:
1.
O‘zi kursni tugatmasa ham ammo, ta’lim berish qobiliyatiga ega
shaxslar. Ular boshlang‘ich kurslarga dars bergan.
2.
Quyi mudarrislar. Ularning oyligi xarajatlarni qoplamagan.
3.
Katta mudarrislar. Ko‘p yillar ta’lim berib, madrasa vaqfidan oylik
oladigan. Ko‘zga ko‘ringan mudarrislar.
Buxoroi sharifning a’lo darajali mudarrislariga eshon-qozi ul-quzzot, eshon-
raisi kalon, eshon-shayx ul-islom, eshon-oxun, eshon-aьlam va eshon-muftiy askar
kabi mansablar kiradi. Bundan tashqari, islomdagi shariat fatvolari sohasidan dars
beruvchi muftiylar ham bo‘lgan. Ularning soni 22 nafar. Bular a’lo va avsatlar
bo‘lib, o‘rta darajali mudarrislarga bo‘linganlar. Bu muftilar o‘roqlik mansabiga
erishishi mumkin bo‘lganki, u eshik oqoboshi amali darajasiga teng kelgan, shu
bilan birga sudurlik, sadrlik, shayx ul-islom, naqiblik, miri asadlik mansablariga
ham yetishganlar. Bu jamoaga umumiy imtihondan so‘ng, “Hidoyai sharif”ni o‘kib
tugatishlari bilan amir buyrug‘iga ko‘ra dahyak (ushr) berilgan. Agar tolibi ilm
tahsili ilmda peshrav bo‘lsa yoki bundan ham ko‘p bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lsa,
“Hidoyai sharif”dan o‘kitib - imtihon qilib dahyak berganlar, mansabdor qilganlar.
Dahyakdor mansabiga ega bo‘lish Buxoroning islomiy qonunlaridan biri bo‘lgan.
Muhammad Baljuvoniyning «Ta’rixi Nofeiy» asarida shuday yozadi: Banda
1337 hijriy yili (milodiy 1919 yil) hazrati eshon qozi kalon huzurlarida “Hidoyai
sharif”dan “Kitobi nikoh”, “Avliyo va akfo” bobini o‘qib, dahyak olish uchun
imtihon topshirib dahyakka musharraf bo‘lgan edim.
Mudarrislarning yana bir jamoasi - “banoraspo‘sh” - (banoras kiyinadigan)lar
bo‘lgan, banoraspo‘shlikdan chiqqanlari muftiy mansabiga erishganlar. Ular
taxminan 200 nafardirlar. Bularni yana “avsata tadriysiy” - o‘rta mudarrislar ham
deganlar. Yana bir guruh - “asfal tadrisi” (past darajadagi) mudarrislar bo‘lib
hisoblanganlar. Ularni “beqasabpo‘sh”lar deyishgan. Shuningdek, yana imom,
mudarris va shunga o‘xshash vazifadorlar ham bo‘lganki, ularning soni uch yuzdan
ko‘proq bo‘lgan. «Ta’rixi Nofeiy» asarida ta’kidlanishicha, o‘sha davrda Buxoro
shahrida 400 ta madrasa va 296 ta besh vaqtlik namoz o‘qiladigan masjidlar,
shundan 18 ta jome’ masjidi, 80 ta qabriston mavjud. Buxoro shahrida yana 13 ta
kitobxona (kutubxona), 96 ta qorixona (qiroatxonalar) va maktabxonalar faoliyat
ko‘rsatgan. Yuqorida aytganimizdek Qozi Burhonuddin, amirzoda Muhammad
Sodiq Hashmat, Qozi kalon Sadri Ziyoning shaxsiy kutubxonalarida yuzlab
qimmatbaho kitoblar saqlanar edi (Shuningdek, XX asrning boshlarida Buxoroda
madrasalar sonini o‘sha davrda yashagan Abdurauf Fitrat va Sadriddin Ayniy 200
ta, Sadr Ziyo 204 ta, Turkiston general-gubernatorligi hisoboti bilan bog‘liq arxiv
hujjatlardan birida 1914 yilda Buxoro amirligida 350 ta madrasa faoliyat
ko‘rsatayotgani qayd etilgan. O‘zR MDAda saqlanayotgan «Qushbegi» fondidagi
hujjatlarga tayanib, Buxoro shahrining o‘zida 160 tadan ortiq madrasa faoliyat
yuritganini keltirib o‘tish mumkin).
Xulosa qilib aytganda, Buxoro amirligida XVIII-XX asr boshlarida madaniy
hayot, ilm - fan taraqqiyotida ta’lim maskanlari hisoblangan madrasalar yuqori
saviyadagi ilm sohiblarini yetishtirish qatorida, milliy o‘zlikni anglash, o‘tmish
an’analarini qadrlash, yurt qayg‘usitashvishini his qilishni ham bera bil-gan. Bu
xislatlar qaysidir ma’noda jasoratlilik, ma’rifatparvarlik, fidoiylik bilan bog‘liqdir.
Bu tarixning in-kor etib bo‘lmas haqiqati edi. Muhimi, madrasalar ta’limi-ning bosh
g‘oyasi bu axloq ilmini o‘rgatish, go‘zal imonli fazilatlarga ega bo‘lish kabi axloqiy-
ta’limiy masalalarni bosh mezon qilib belgilagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва
дипломатиянинг ривожланиши тарихидан.
Scientific progress
,
2
(1), 1276-1282.
2.
Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг
амалда қўлланиши.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
3.
Temirov,
F.
(2023).
SADRIDDIN
AYNIY
IJODIDA
TURKISTON
TARIXI
MASALALARI.
Farg'ona davlat universiteti
, (1), 70-70.
4.
Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara
history.
Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol
,
6
, 12-17.
5.
Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В
Трудах Его Современников.
Central Asian Journal of Social Sciences and History
,
4
(2), 128-
134.
6.
Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–
энг олий немат.
Academic research in educational sciences
, (1), 184-188.
7.
Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the
Somanian dynasty.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(3), 35-41.
8.
Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ
ҲАҚИДА.
Scientific progress
,
2
(1), 1349-1354.
9.
RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE
HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA.
International Journal
of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 89-93.
10.
Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва
зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.
Центр научных публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
11.
Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.
Центр научных
публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
12.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
13.
Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and
inheritance rights in bukhara emirates.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
14.
Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.
Scientific
progress
,
1
(6), 1162-1168.
15.
Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four)
Bakr Ensemble.
Telematique
, 6886-6890.
16.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
17.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири (ўлкашунос
ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-
методический и познавательный журнал.
Алмати
,
2
, 6-8.
18.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
19.
BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(3),
120-123.
20.
Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян.
Вестник
археологии, антропологии и этнографии
, (1 (44)), 45-53.
21.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
22.
Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In
Россия-Узбекистан.
Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития
(pp. 142-143).
23.
Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
24.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE
WORK
OF
MIKHAIL
STEPANOVICH
ANDREYEV
“TADJIKI
DOLINI
KHUF”.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(1), 12-16.
25.
Umarov, B. (2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV
FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
8
(8).
26.
Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.
Journal of Central Asian Social Studies
,
2
(02), 127-135.
27.
Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of
Ahmad Donish.
International Journal on Integrated Education
,
4
(5), 36-45.
28.
Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI
MASALALARI.
Scientific journal of the Fergana State University
, (1), 71-71.
29.
Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL
SOURCE.
The Light of Islam
,
2021
(2), 46-54.
30.
Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara.
Oriente moderno
,
100
(1), 57-74.
31.
Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в
Бухарском Эмирате во второй половине XIX в.
Россия и мусульманский мир
, (1 (315)), 99-
113.
32.
Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of
Bukhara.
Europaische Fachhochschule
, (8), 14-15.
33.
Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК
ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
34.
Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA"
NEWSPAPER.
Open Access Repository
,
4
(3), 1385-1388.
35.
Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ
ЎРТАСИДАГИ ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРДА СОВҒА АЛМАШИНУВ
ТАРТИБЛАРИ.
Farg'ona davlat universiteti
, (4), 71-74.
36.
Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public
figure.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(6), 52-56.
37.
BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 78-83.
38.
Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE
WORKS OF MIRZO SOMI.
Modern Science and Research
,
2
(7), 316-321.
39.
Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
7
(7).
40.
UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 94-100.
41.
Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE
QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING.
Modern Science and Research
,
2
(7),
305-309.
42.
SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 101-104.
43.
Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE
COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA.
International Journal of Intellectual
Cultural Heritage
,
2
(6), 55-59.
44.
Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN
VA MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI.
Scientific progress
,
2
(1),
358-361.
45.
Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba
sifatida.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
26
(26).
46.
Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER
OF THE HISTORY OF BUKHARA.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
3
(3), 32-38.
47.
Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID
RULERS.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(5), 169-172.
48.
Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.
Telematique
,
22
(01), 1278-1282.
49.
Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON
TARIXI MASALALARINING YORITILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
29
(29).
50.
Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
38
(38).
51.
Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI
FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.
