157
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
QADIMGI JANUBI-SHARQIY OSIYO XALQLARINING
DINIY E’TIQODLARI
XUSUSIDA
Yarashev Sanjarbek
IV kurs talaba.
Oybek Iskandarovich Rajabov
BuxDU Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi katta o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15364628
Annotatsiya. Mazkur maqolada Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo hududida yashagan
xalqlarning ibtidoiy diniy qarashlari hamda o’rta asrlarda vujudga kelgan e’tiqodiy qarashlari
haqida ma‘lumotlar ilmiy manbalar asosida atroflicha tadqiq etilgan. Mintaqada barcha
dunyoviy diniy e’tiqodlarning mavjudligini ta‘kidlash mumkin.
Kalit so’zlar: Qadimgi Janubi-Sharqiy Osiyo, diniy e‘tiqod, Hindi-xitoy yarim oroli,
Malayya arxipelagi, Indoneziya, Vetnam, Birma, Kambodja.
ДРЕВНИЕ НАРОДЫ ЮГО-ВОСТОЧНОЙ АЗИИ ОТНОСИТЕЛЬНО
РЕЛИГИОЗНЫХ УБЕЖДЕНИЙ
Annotatsiya. В статье на основе научных источников дается комплексное
исследование первобытных религиозных верований народов, населявших древнюю Юго-
Восточную Азию, а также верований, возникших в Средние века. Можно отметить, что
в регионе представлены все светские религиозные верования.
Ключевые слова: Древняя Юго-Восточная Азия, религиозные верования,
полуостров Индокитай, Малайский архипелаг, Индонезия, Вьетнам, Бирма, Камбоджа.
ON THE RELIGIOUS BELIEFS OF THE ANCIENT PEOPLES OF
SOUTHEAST ASIA
Abstract. This article provides a comprehensive study of the primitive religious beliefs of
the peoples living in the territory of Ancient Southeast Asia and the religious beliefs that emerged
in the Middle Ages, based on scientific sources. It can be noted that all secular religious beliefs
existed in the region.
Keywords: Ancient Southeast Asia, religious beliefs, Indochina Peninsula, Malay
Archipelago, Indonesia, Vietnam, Burma, Cambodia.
Kirish.
Yevrosiyo qit’asining janubi-sharqiy qismidagi Hindi-xitoy yarim orolida va
qo‘shni Malayya arxipelagi orollarida o‘ziga xos madaniyatga ega bo‘lgan turli elatlar yashaydi.
Taxminan 4,6 mln. km
2
territoriyada hozirda bir necha yirik mustaqil davlatlar
joylashgan.
Uning aholisi 324 milliondan ortiq. Eng katta yarim orol (jahonda maydoni jihatidan
uchinchi o‘rinda) hisoblangan Hindi – xitoydagi Vetnam (53 mln.), Laos (3,7 mln.), Kambodja
Xalq Respublikasi (4,5 mln.), Birma (32,6 mln.) va Tayland qirolligi (46 mln.) joylashgan. 15
mingdan ortiq orollardan tashkil topgan Malayya arxipelagida esa katta hududni egallagan
Indoneziya (148 mln.) va Filippin (45 mln.) Respublikalari, Malayziya Federatsiyasi (13,5 mln.),
Singapur Respublikasi (2,4 mln.) kabi davlatlar mavjud.
Asosiy qism.
Vetlar qadimdan turli ibtidoiy e’tiqod shakllariga amal qilib, animizm,
totemizm va shuningdek, o‘tmish ajdodlar kultlariga sig‘inganlar. Qolaversa, ularda "yer ruhlari,
timsoh-ajdar va suv ustida suzuvchi qushlarga ham topinish odati bo‘lgan". Miloddan avvalgi
III-II asrlarda, Hindiston bilan bo‘lgan aloqalar bois bu yerga buddizm kirib kelgan va milodning
XII-XIII asrlariga borib keng tarqalgan.
158
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Xitoy madaniyatining Vetnamda yoyilishi ham aynan shu davrlarga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatda Budda, Konfusiy va Lao ta’limotlari diniy e’tiqod maqomiga ko‘tarilgan
vaqtda, mavjud markazlar muzofoti va tog‘lik yerlarda yashagan aholining o‘z ibtidoiy
e’tiqodlarida qolganliklari inkor etilmaydi. Vetnamliklarda ham xitoy, koreys va yaponlar
singari, milliy mentalitet asosida ajdodlar ruhi poyiga nisbatan izzat-ehtirom ruhida munosabatda
bo‘lish, ularni yodda saqlash alohida mas’uliyat ma’nosida tushunilgan.
Vetnamlik nasorolar asosan ikki firqaga bo‘lingan: vet-katoliklar va vet-protestantlar.
Fransuzlar zamonasida qurilgan katolik cherkovlari bus-butun saqlangan va hali-hamon
ularning darvozalari dindorlar uchun ochiq. Yana shuni ham qayd etish lozimki, janubiy
Vetnamning Mekong havzasida nisbatan yangi diniy sektalar ham faoliyat ko‘rsatgan. Bulardan
birinchisi "Kao Day-Ulug‘ saroy", ya’ni dinshunoslikdagi atama bo‘yicha "kaodaizm" Budda,
Iso Masih va Konfusiy, ikkinchisi - "Xoaxao-Uyg‘unlik va olijanoblik" esa buddizm, daosizm
hamda boshqa diniy ta’limotlarga asoslangan. Vetnamdagi dindorlarning umumiy soni 20 million
kishi bo‘lib, ular mamlakat aholisining taxminan uchdan bir qismini tashkil qiladi. Vetnamda eng
keng tarqalgan e’tiqod buddizm[1, 6, 8,]. Mazkur xulosaning tasdig‘i sifatida, Ninbin
provinsiyasida barpo etilgan mamlakatdagi eng mahobatli Budda ibodatxonasini misol keltirish
mumkin. Bu maskandagi Buddaning uch haykali buddaparastlar nazdida o‘tmish, hozir va
kelajakning ramzidir.
Birmadagi diniy e’tiqodlar buddizm tarqalgan mintaqalar tarixida ta’limot asoschisining
hayoti va faoliyati haqida juda ko‘p turli rivoyat va voqealar qayd etilgan. Bu diniy e’tiqodning
Birmadagi tarixida shunday bir xabar saqlanib qolganki, uning qay darajada haqiqat ekanligi
kishini o‘ylantirmay qo‘ymaydi. Tadqiqiy manbalardan olingan ma’lumotlarda berilishicha,
"Birmaga Budda dini uning o‘zi bilan kirib kelib, Mandalay shahrida jonli Buddaning o‘zidan
Mahamuni haykali yasab bitirilgach, shundan keyin yuzlab mo‘ьjaz tillakor ibodatxonalar
qurilishi boshlab yuborilgan ekan"[1, 6, 8]..
Buddizmning birmalik aholi o‘rtasida keng miqyosda qabul qilinishi XI asr ma’naviy
hayotida muhim voqea bo‘lgan. Xususan, Pagan hukmdori Anauratha xuddi Hindistondagi
imperator Ashokaga o‘xshab Birmada buddizm hinoyana mazhabining eng yirik targ‘ibotchisi
edi.
U o‘zining yangi din xususidagi tashviqotida nainki e’tiqodni, balki buddizm vositasida
turli qabilalardan iborat birmaliklarni birlashtirish va madaniyatini yuksaltirish siyosatini ham
ko‘zda tutgan. Taxt sohibi shuningdek, o‘z poytaxtini buddizmning markaziga aylantirish
maqsadida qo‘shni mamlakatlardan diniy manbalarni keltirib maxsus ibodatxonalarda saqlagan.
Budda ibodatxonalari qurilishida esa, Hindiston va Shri Lankada qad ko‘targan mashhur
ibodatxonalar nusxasini bunyod etishga harakat qilingan. Shu yo‘nalishda 1090 yili qad
ko‘targan kub shaklidagi Ananda ibodatxonasi Birma me’morchilik san’atining eng yorqin
namunalaridan biri mavqeini egallagan.
Birmadagi Budda ibodatxonalarida istiqomat qilgan rohiblarning hind buddaparastlaridan
farqli o‘z qonun - qoidalari bo‘lib, ular, masalan, kunning birinchi yarmida taomlanganlar.
Ikkinchi yarmida esa, faqat suv yoxud sharbat ichish bilan qanoatlanganlar. Tunda to‘rt
soat uxlab, qolgan vaqtlarini ibodat yo‘lida sarflaganlar. Meditatsiyada ham, ular hindlardan
farqli ravishda, faqat ibodatning huzurli lahzalarga moillik uchun emas, balki botiniy ong, nafas,
ichki a’zolar va his-tuyg‘ularni nazorat qilish bilan shug‘ullanganlar.
Birmalik rohiblar sadaqa idishlari bilan ko‘cha kezib ro‘zi-nasiba hisobiga yashaganlar.
Odatda ular hech och qolmaganlar, chunki o‘ziga to‘q oilalar doim rohiblarni tegishli
159
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlab turganlar[1, 3, 6].. Demak, shunga yarasha sadaqadan
tushgan sifatli don - dunlardan totli taomlar tayyorlangan. Bundan tashqari, ibodatxonaga
keluvchi taqvodorlar ham doim rohiblar haqqiga sadaqa tashlab ketganlar. Bu xayr sadaqa
Birmadagi ibodat maskanlarida quyidagi uslubda ado etilgan. Maxsus sadaqa idishi ibodat
qiluvchilardan muayyan uzoqlikda o‘rnatilib, ularga sadaqa chaqalari ma’lum masofadan turib
irg‘itilgan. Ya’ni, agar atalgan pul aniq borib idish ichiga tushsa, go‘yo qilingan niyat ham xuddi
aniq amalga oshadigandek.
Ayol rohibalar haqida shuni alohida urg‘ulash joizki, ularning hayot tarzi o‘ziga xos
xususiyatlari bilan ajralgan. Rohibalar ham tilamchilik bilan kun ko‘rib, berilgan sadaqalarga
duolar o‘qish bilan minnatdorchilik bildirganlar. Birmalik ayol rohibalar xuddi erkaklar singari
sochlarini qirdirib, boshlariga bir necha qavat qizil ro‘mollar o‘rab yurganlar. O‘zlarini e’tiqodga
baxshida qilgan ayollar o‘z xohishlari bilan dunyodan umuman turmush qurmay o‘tishga rozilik
berib taqvoga tushganlar.
Islomning Indoneziyaga kirib kelishi bilan bog‘liq tarixiy manbalarda musulmonlarning
bu orollar mamlakatiga qilgan harbiy yurishi yoki mahalliy rojaliklarning qachon yangi e’tiqodni
qabul qilganliklari haqida biror aniq sanani uchratish qiyin. Bu sohada nisbatan asosli
ma’lumotni, faqat musulmon savdogarlarning u yoki bu rivojlangan orol hududiga tashrifi
vaqtidan qolgan ma’lumotlardan taxmin qilish mumkin. Shu ma’noda, aytaylik, "Xediri
rojaligining Eron va Arab mamlakatlari bilan savdo aloqalari va musulmonlarning
Indoneziyadagi faoliyati" yoki xitoylik geograf Chjou Syuyfeyning Kameshvara davlatining
kuch-qudrati va savdo imkoniyatlari to‘g‘risida yozganlari" qisman bo‘lsa-da, islomning
arxipelagdagi tarixini hujjat sifatida tasdiqlaydi: “Barcha chet ellardagi badavlat mamlakatlar
ichida Yavan davlati o‘z boyligi bilan Arabistondan keyingi o‘rinda turadi...” [4, 5, 8].
Indoneziyada yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning barchasi haqida yevropaliklardan
ancha oldin arablarni qiziqtirgan edi. Arablar va eroniylardan keyin esa, Hindistonning o‘zidan
ham musulmon savdogarlari Indoneziyaga qatnay boshlaganlar. Ularning aksariyati suv yo‘li
orqali savdo qilganlar, chunki IX asrdan Kombay Hind okeanida asosiy savdo bardargohiga
aylangan edi. Shunday qilib, XI-XII asrlarda Indoneziyaga qatnaydigan savdogarlar asosan
musulmonlar bo‘lgani uchun, ular o‘z tijorat ishlari jarayonida shuningdek, arxipelag orollarida islomni
ommalashuviga ham katta hissa qo‘shganlar. Bu yerda birinchi bo‘lib, Shimoliy Sumatradagi kichik
rojaliklar aholisi va bora-bora musulmon savdogarlari bilan munosabatda bo‘lgan hokimlar islomga
o‘tganlar.
Islom, XI-XII asrlardan Indoneziyaning keyingi siyosiy va madaniy hayoti rivojida yetakchi rol
o‘ynadi. Uning keyingi keng miqyosda tarqalishi arxipelag madaniyatiga yangi-yangi unsurlarni olib kiritish
bilan Indoneziyada o‘ziga xos uch toifadagi ma’naviyat majmui tarkib topdi: ibtidoiy indonez madaniyati,
so‘ng uning hind madaniyati bilan chatishuvi va keyin ular har ikkisining musulmon madaniyati bilan
mushtarak shaklga kirishi bilan bog‘liq. Diniy jihatdan esa, ayni holat quyidagi shakllarda joriy edi: tub
yerlik animistik e’tiqod, undan keyin o‘zlashgan hind buddizmi va nihoyat, islom dini.
Uch turli diniy e’tiqodning bir mamlakatda joriy bo‘lishi mumkinligi Xitoy tajribasidan,
ya’ni konfusiylik, daosizm va buddizm faoliyati tarixidan ma’lum edi. Lekin indonez
sarzaminida uch diniy dunyoqarashlar o‘rtasida kechgan to‘qnashuvlar oqibatida "islom xuddi
Hindistondagi kabi indonez milliy qadriyatlari tarkibida o‘zlashdi"[4, 8]. Fanda "sinkretizm"[6].
deb nom olgan bunday jarayon, avvalroq Yaponiyada ham buddizm bilan sintoizmning o‘zaro
bir-biriga singishida namoyon bo‘lgandi. Shu kabi Indoneziyada ham yangi ibodat shaklan
o‘tmish indonez e’tiqodi an’analarida olib borildi.
160
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Masjidlar ham, mahalliy me’moriy uslubga yaqin tarzda qurildi. Yangi e’tiqod
muxoliflari esa, hali o‘z maqomida barqaror hinduizm va buddizm tarqalgan orollardan panoh
topdilar.
Yevropalik - portugallar, niderlandlar, inglizlar va boshqalarning Indoneziya tabiiy
boyliklarini o‘zlashtirish maqsadidagi urinishlari, shunday ham o‘z ichki muammolari bilan band
arxepilag xalqlari boshiga ortiqcha tashvish keltirdi. Ya’ni, "XVI asrning o‘rtalarida portugallar
Moluk hamda Timorda xristianlik e’tiqodini targ‘ib qilishga kirishib, yangi diniy masalalarda
yerlik xalqlar orasida o‘zaro nizo keltirib chiqarishga urindilar” [3, 6, 8]. Ushbu holat - yevro-
pacha madaniyat indonez milliy qadriyatlari an’analariga deyarli begonaligicha qolgan bo‘lsa,
musulmon unsurlari esa, ba’zi o‘zgarishlar bilan mahalliy ma’naviyat tarkibining asosiy qismiga
aylandi.
Xulosa.
Diniy e’tiqoddan meros qolgan talay an’analar hozir ham o‘z mohiyatini
yo‘qotmagan. Birmaliklar doim bo‘sh vaqtlarida stupalarga kelib toat-ibodat bilan mashg‘ul
bo‘ladilar. Odatda "stupa”lar tepaliklarga qurilgan bo‘lgani uchun ziyoratchilar uning to‘rt
tomonidan yuzlab zinalar orqali manzilga chiqadilar. Ibodatxonaga tashrif buyurganlar
poyafzallarini yechishlari shart, chunki Budda dargohida, ta’limotning ilk davri talablariga
muvofiq shaxsiy gigiyena masalalariga alohida e’tibor berilganligi bois, hozirda ham tozalikka
juda jiddiy amal qilinadi. Bu yerda agar ba’zilar meditatsiya bilan band bo‘lsalar, boshqalar
"niyatlar amalga oshadigan maxsus joy"ga kelib ibodat qiladilar.
Xulosa qilib aytganda, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi e’tiqodiy ma’naviy hayot
tarixi masalasida shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu mintaqa aholisi tarkiban asl yerlik,
indonez, malay va xitoy kabi millatlar hamda mustabid ispanlardan iborat bo‘lganligi uchun
madaniyat sharq va g‘arb an’analari bilan mushtarak tarzda rivojlangan. Ammo, aholining 90
foizi xristian dini ma’naviyatiga doxil bo‘lganligi bois, bu jarayon, har qalay, ko‘proq Yevropa
madaniyati ta’siri ostida kechganligini ko’rish mumkin.
REFERENCES
1.
Всемирная история. Т.3. М.1955.
2.
История древного мира. Ранная древность. Гл.изд.вост.лит. М.1983.
3.
Васильев Л.С. История религии Востока.Т.1. М.1998.
4.
Васильев Л.С. История религии Востока. М.2000.
5.
Жаҳон мамлакатлари. Қисқа маълумотнома. Т. 2006.
6.
Низомиддинов Н.Ғ. Жанубий-Шарқий Осиё диний-фалсафий
7.
таълимотлари ва ислом. Т. 2006.
8.
Жабборов И. Жаҳон этнологияси асослари. Т. 2008.
9.
Низомиддинов Н.Ғ. Жанубий,Жануби-Шарқий ва Шарқий Осиё
10.
халқлари қадимги тарихи, диний эътиқоди, маданияти.(Хрестоматия).
11.
Т. 2010.
12.
Rajabov, O. (2024). XOJA UBBON IBN USMON IBN AFFON ZIYORATGOHI.
Modern
Science and Research
,
3
(10), 1-5.
13.
Shokirova, F., & Rajabov, O. (2024). TURK XOQONLIGI DAVRIDA MAHALLIY
BOSHQARUV MASALALARI.
Modern Science and Research
,
3
(5), 1166-1170.
14.
Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four)
Bakr Ensemble.
161
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
15.
Rajabov, O. (2020). Qizbibi va Hazrat Bibi manzilgohlari muqaddas qadamjo
sifatida.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
16.
Rajabov, O. I. (2024). FEMALE SAINTS AND HOLY PLACES IN BUKHARA.
Western
European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(6), 18-22.
17.
Umarov, B. B. (2024). VIII-X ASRLARDA BUXORO SHAHRI TARIXIY
TOPOGRAFIYASI (SHAHRISTON MISOLIDA).
«Ёш олимлар ахборотномаси»–
«Вестник молодых ученых»
, (Спецвыпуск), 103-108.
18.
Umarov, B. (2023). ABU BAKR NARSHAXIY ASARIDA BUXORO SHAHRI
TAVSIFI.
Scientific journal of the Fergana State University,(2)
, 166-166.
19.
Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID
RULERS.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(5), 169-
172.
20.
Умаров, Б. Б. (2021). НА КИСЛЯКОВ-ПОПУЛЯРИЗАТОР МУЗЕЕВ И ИСТОРИИ
ТАДЖИКСКОГО НАРОДА.
Экономика и социум
, (11-2 (90)), 495-497.
