ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1166
TURK XOQONLIGI DAVRIDA MAHALLIY BOSHQARUV MASALALARI
Shokirova Ferangiz
BuxDU talabasi.
Rajabov Oybek
Ilmiy rahbar. BuxDU katta o‘qituvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11306120
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlarning qudratli davlatlaridan biri
hisoblanuvchi Turk xoqonligining vujudga kelishi, davlatning ikki qismga bo‘linishi va ulardagi
mahalliy boshqaruv masalalari bo‘yicha yangi tadqiqot natijalari bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Turk xoqonligi, boshqaruv tizimi, siyosiy hayot, unvonlar va boshqalar.
ISSUES OF LOCAL GOVERNMENT DURING THE TURKISH EMPIRE
Abstract.
This article describes the new research results on the creation of the Turkish
khanate, which is considered one of the powerful states of the early Middle Ages, the division of
the state into two parts, and the issues of local governance in them.
Keywords:
Turkish khanate, government system, political life, titles, etc.
ВОПРОСЫ МЕСТНОГО САМОУПРАВЛЕНИЯ ВО ВРЕМЯ ТУРЕЦКОЙ
ИМПЕРИИ
Аннотация.
В статье представлены результаты новых исследований
возникновения Турецкого ханства, считающегося одним из могущественных государств
раннего средневековья, разделения государства на две части и вопросов местного
управления в них.
Ключевые слова:
Турецкое ханство, государственное устройство, политическая
жизнь, титулы и т.д.
VI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Janubiy Sibir va Shimoliy Mongoliya ya’ni, Oltoy
hududlarida turkiy qabilalar ittifoqi shakllana boshlaydi. Turk hoqonligi xususidagi manbalar
bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ularning ayrimlari bir-birini inkor etadi. VI
asrning oxirlarida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy,
suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari, epigrafik yodgorliklar hisoblangan -
Urxo‘n-Yenisey, runiy yozuvlari, Xitoyning “Tan xonadoni tarixi” qabilardir. Shuningdek, o‘rta
asr mualliflari at-Tabariy, Denovariy, Beruniy hamda Narshaxiy asarlarida ham Turk xoqonligi
to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi.
576 yilga kelib Turk hoqonligi Manchjuriyadan Kimmeriy Bosporigacha, Yenisey yuqori
oqimlaridan Amudaryo yuqori oqimlarigacha cho‘zilgan edi. Shu tariqa turk xoqonlari siyosiy va
madaniy merosi O‘rta Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropa tarixiga sezilarli ta’sir kursatgan dastlabki
Yevrosiyo imperiyasiga asos solgan edilar.
Turk xoqonlari o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar 20 yildan ziyodrok, davom etib 603 yilda
davlatning 2 ta: Gʻarbiy va Sharqiy kismlariga bo‘linib ketishi bilan yakunlandi. Sharqiy Turk
hoqonligi Mug‘uliston hududlarini, Gʻarbiy Turk hoqonligi esa, Yettisuv, Chu vodiysi, Volga,
Kubanning quyi qismi, Irtish, Ishim daryosi bo‘yidagi yerlar, O‘rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning bir kismini o‘z ichiga olgan. Hoqonlar Sheguy va To‘n yabg‘u davrlarida
Gʻarbiy Turk xoqonligi vaqtinchalik rivojlanish jarayonlarini boshdan kechirdi. Bu davrda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1167
hoqonlikning hududlari kengaydi, davlat boyidi va harbiy qabila zodagonlarining mavqyei
kuchayib ular hoqonlar hokimiyatidagi harbiy muvaffaqiyatlarni ta’minlab turdilar. Shaguy
Gʻarbiy hoqonlikning sharqiy chegaralarini Oltoy qilib belgiladi va o‘z hokimiyatini Tarim
havzasi va sharqiy Pomir oldigacha cho‘zishga muvaffaq bo‘ldi. To‘n yabg‘u (To‘n Baxodir)
hoqonlikning g‘arbiy hududlarida faol siyosat olib borib xoqonlikning kishki qarorgohini Chu
daryosi vohasidagi yirik savdo hunarmandchilik markazi bo‘lgan Suyobga (xozirga To‘qmoq
yakinidagi Oqbeshim ko‘hna shahri), yozgi qarorgohini esa Isfijob yaqinidagi Mingbuloqqa,
hozirgi Turkiston shahri yaqinida) ko‘chiradi.
To‘n yabg‘uning yangi yurishlari tufayli hoqonlik chegarasi Amudaryoning yukori
okimlaridan Hindiqushgacha cho‘ziladi.
Turk hoqonligida davlatning oliy hukmdori “hoqon” unvoniga ega bo‘lgan. Qadimgi
turkiy afsonalarda berilishicha, turklarning tasavvuriga ko‘ra, davlatchilikning markazi, davlatni
o‘z qo‘lida birlashtiruvchi shaxs hoqon hisoblangan. Boshqaruvda hoqonlarning hukmron
sulolasi asosiy bo‘lib u uchta kuch - osmon (tangri), yer-suvning kuch va irodasi hamda turk
xalqining yaratuvchanlik faoliyati tufayli yuzaga keltiriladi.
Hoqondan keyingi shaxs, birinchi amaldor “Yabg‘u” (Bahodir)
bo‘lib, u bosh sarkarda
hisoblangan. Ammo, yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Turk xoqonligi taxtiga vorislik
tartibi turk davlatchiligi tuzilishi uchun xos bo‘lgan uluslarga bo‘linish tizimiga asoslanib
belgilanar edi. Ushbu tizimga ko‘ra taxt aksariyat hollarda otadan o‘g‘ilga emas, akadan ukaga,
amakidan jiyanga meros qolar edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Shahzodalar
to taxtga o‘tirgunlariga qadar o‘zlariga berilgan uluslarni boshqarib turganlar. O‘rta Osiyodagi
mahalliy hokimlarning faoliyatini nazorat qiluvchi amaldor, hoqonning nazoratchisi – “tudun” deb
atalgan. Turk hoqonligi konfederativ davlat bo‘lgan. Turkiylar o‘z yurti va davlatini “el” deb
atashgan. Birinchi turk hoqoni Buminxon elxon unvoniga ega bo‘lganligi bejiz emas.
Davlatni boshqarishda oliy hukmdorga uning yakin qarindoshlari, hukmron sulola a’zolari
yordam berar edi. Manbalarda bu to‘rtga bo‘lingan. Ya’ni, qarindoshlar, hoqonga ittifoqdosh
qabilalar; hoqonning o‘ng tomonida o‘tiruvchi ma’muriy xodimlar; hoqonning chap tomonida
o‘tiruvchi amaldorlardan iborat bo‘lgan. Hoqonning qarindoshlari - o‘g‘illari, amakisi, jiyanlari
va aka-ukalariga “tegin” unvoni berilgan. Xitoy manbalarida hoqonlikda beshta oliy mansab -
yexu (yabg‘u), she (shod), dele (tegin), silifa (eltabar) va tutunfa (tudun) kabilar bo‘lib, barchasi
meros bo‘lib qolgan.
Turk hoqonligining markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy davlat tadbirlari
(davlat
osoyishtaligini saqlash, davlat sarhadlarini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi
savdo, diplomatik munosabatlar va boshqalar) bilan mashg‘ul bo‘lib, zabt etgan hududlardagi
boshkaruv tizimiga ma’lum darajada erkinlik berilgan. Jumladan, Farg‘ona, Sug‘d, Shosh,
Toxariston, Xorazm va boshqa mulklardagi boshqaruv tartibi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida
bo‘lgan. Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor-“ixshid”, Toxaristonda-“malikshoh”, Xorazmda-
“xorazmshoh”, Keshda-“ixrid”,
Buxoroda-“xudot”, Ustrushonada-“afshin”, Choch va Ilokda-
“budun” deyilgan.
Ilk o‘rta asrlardagi Sug‘d konfederatsiyasi mulklari soni Syuan-Szan (629-630)ga ko‘ra,
markaz Kan (Samarqand) Mimokiya/Mimoxe (Maymurg‘), Szebudana (Kabudan),
Syuyshuanniszya (Kushoniya), Buxe (Buxoro), Szeshuanna (Kesh) kabilardan iborat bo‘lgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1168
Manbalarda Sug‘d poytaxti dastlab Kesh, so‘ngra Samarqand bo‘lganligi e’tirof etiladi
1
.
Mavjud barcha mulklar soni VII asr o‘rtalarida 11 ta bo‘lgan degan fikrlar ham mavjud,
bunga Afrosiyob devoriy suratlarida Varxumanning elchilarni qabul marosimi tasvirida keltirilgan
11 ta qizil bog‘ichli tug‘lar misol qilib keltiriladi
2
. Gʻ.Boboyorovning V.A.Livshisga suyanib
ta’kidlashicha, 11 ta tug‘ bu “o‘n o‘q” + yabg‘u, tug‘ning to‘qqiztasi esa xitoy manbalarida
keltirilgan 9 ta chjaou xonadoni hisoblanadi. Markaziy Sug‘dda 9 ta mulk bo‘lgan, Buxoro Sug‘di
siyosiy jihatdan Samarqandga tobe bo‘lmagan, lekin tarixiy-madaniy jihatdan Sug‘dning bir qismi
hisoblangan. Kesh va Nasaf esa 712 yildan rasmiy jihatdan Samarqandga bo‘ysundirilgan. Sug‘d
ma’muriy jihatdan ikkita siyosiy birlik Samarqand va Buxoro Sug‘di hamda konfederativ asosda
birlashgan Kesh va Nasafdan iborat edi. Mulklarning chegarasi ham tarixiy voqealar va davrga
qarab o‘zgarib turgan.
Mustaqil siyosat yuritgan Gʻarbiy Sug‘d-Buxoro
atrofida esa 22 ta mulk birlashgan edi.
Al-Mas’udiy Buxoro vohasini o‘rab turgan devor Sug‘d ixshidlari tomonidan qurilganini qayd
etsa, Yoqut al-Hamaviy, ikki Sug‘d: Samarqand Sug‘di va Buxoro Sug‘di borligi haqida ma’lumot
beradi hamda Poykent shahrining mustaqil ichki ma’muriy boshqaruvga egaligini ta’kidlaydi.
“Hudud ul-olam”da Buxoroning katta va obod shaharligi, Poykentning esa boy shahar
ekanligi eslatiladi. Buxoroga bo‘ysunuvchi 22 ta mulkning 15 tasi Buxoro vohasi mudofaa devori
ichida, 7 tasi tashqarisida bo‘lgan. Markazga Tavovis, Quyi Xarqana, Hitfar, Qoxushtivon, Yuqori
Samjon, Quyi Samjon, Yuqori Faraviz, Quyi Faraviz, Zar, Farg‘idat, Farob, Poykent kabilar
bo‘ysungan
3
.
Xitoy manbalarida keltirilgan Nyumi (Numichkat) ilk o‘rta asrlarda quyi Zarafshonda
maxsus mudofaa devorlari bilan o‘ralgan beshta istehkomli qal’alardan iborat bo‘lgan
4
. Buxoro va
Samarqand o‘rtasida Ishtixon, Kushoniya mulklari joylashgan. Narshaxiyga ko‘ra, Buxoro o‘rniga
aholi dastlab Turkistondan kelgan va ular chodir va o‘tovlarda yashagan. “So‘ng vaqt o‘tishi bilan
odamlar yig‘ilib imoratlar qurdi”, - deb qayd etadi muarrix. Numichkat va Farobdiz shaharlari
qadimiyroq bo‘lgan. Vohada Buxorodan qadimiyroq yana Nur (Nurota), Xarqanrud (Xarqana),
Vardana (Qo‘rg‘oni Vardonze), Tarovcha (Tarob), Safna va Isvona qishloq (kent)lari va podsho
turadigan katta qishloq (kent) Poykent (Boykent) mavjud bo‘lgan.
Poykent ilk o‘rta asrlarda 20 gektarli kuchli mudofaa devori bilan o‘ralgan shahar bo‘lib,
shahar ichida hukmdor arki joylashgan. Turk shahzodasi Abruy xalqqa zulm qilgach, boy
savdogarlar va dehqonlar o‘z yurtlarini tark etib, “Turkiston va Taroz (yaqinida) bir shahar bino
qilib”, uni o‘z yetakchilaridan biri Hamuk nomi bilan “Hamuket deb nomlaydilar”. Buxoro ahli
Turk yabg‘u-xoqoni Istemi o‘g‘li Biyog‘u, (Buyuk yabg‘u) Qoracho‘rindan yordam so‘raydi.
Yabg‘u - xoqon o‘z o‘g‘li El Arslon (Sheri Kishvar)ni Buxoro vohasida tartib o‘rnatishga
jo‘natadi. U Poykentda Abruyni qatl ettirib, otasining roziligi bilan Buxoroni o‘z tasarrufiga oladi.
El Arslon (Sheri Kishvar) Hamukatga odam yuborib, Buxorodan ketgan aholini qaytaradi.
“Hamuketdan kelgan har bir kishi (amir)ning yaqin kishilaridan bo‘ldi”, - degan buyruq beradi.
1
А.Отахўжаев. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-сўғд муносабатлари.Т.,2010.-Б.73-73.
2
Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи.Т.,2007. – Б. 30.
3
Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Б. 31.
4
Муҳаммаджонов А. Қадимги Бухоро (археологик лавҳалар ва тарих).Т.,1991. – Б. 34–38.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1169
Bu guruh orasida yurtning avvalgi hukmdori “Buxorxudot” bo‘lgan. Bu Buxoro Sug‘dini
22 - avlod boshqarayotgan edi.“Tan shu”da Buxoroning chjaou hukmdori Sha-Alaniya nomi zikr
etiladi. N.Ya.Bichuringa ko‘ra, Alinga, E. Shavannda esa Holing-kia deb o‘qilgan bu hukmdor 22
- podsholar avlodini tashkil qilgan.
Chjao-ular boshqaruviga Abruy chek qo‘ygan, xuddi Samarqandda bo‘lgani kabi Buxoro
ham Sheri Kishvar – El Arslondan so‘ng turkiy sulola qo‘liga o‘tgan. El Arslon (Sheri Kishvar)
davrida (585/586 – 605/606) Abruy vayron qilgan qo‘rg‘on va qal’alar tiklandi. Buxorxudot bino
qildirgan Varaxsha esa Xunukxudot davrida qayta ta’mirlangan va Bunyod ibn Tug‘shoda mazkur
qasrni yangilagan.
Arablar istilosi davrida Buxoroni boshqargan turkiy sulola – buxorxudotlar va shadlar
sulolasi asoschisi El Arslon (Sheri Kishvar) edi. Milodiy asr boshlaridan qadar hukmronlik qilgan
mahalliy sulola vakillari – buxorxudotlar xoqonlik vassali bo‘lgan. Shu bois El Arslon (Sheri
Kishvar)ga nisbatan buxorxudot unvoni qo‘llanilmagan. El Arslondan keyingi avlodlarigina xudi
Samarqandda ixshid unvoni saqlangani kabi, mahalliy unvon “buxorxudotlar” deb yuritilgan.
El Arslon (Sheri Kishvar)dan so‘ng Buxoroni “Tan shu”ga ko‘ra, taxminan 600/605 – 620-
yillarda Shelidin yoki Sheli boshqargan. 620-630 – yillarga kelib, Buxoro taxtiga Nishu Gyana
shad (Narshaxiy bo‘yicha Sheri Kishvarning nevarasi Kano) kelgan bo‘lsa, 649-yildan esa xitoy
manbalariga ko‘ra Xelinsze Buxoro hukmdori bo‘lgan. Arab manbalariga ko‘ra, 640-660-yillarda
Buxoroni Sheri Kishvar avlodlaridan Sha (shad) - boshqargan. “Tan shu” va “Chefu”
solnomalariga suyangan O.I. Smirnova fikricha, 660-680-yillarda, Gʻ. Boboyorov bo‘yicha,
yanada aniqroq 673-680 yillar davomida Buxoroni Bidun
buxorxudot boshqargan. U arab istilosi
davrida Muslim ibn Ziyod tomonidan o‘ldirilgan. O‘g‘li Tug‘shoda
yosh bo‘lganigi bois davlatni
malika Qabaj Xotun
boshqarib turgan. Bu haqda Narshaxiy: “Bidun Buxorxudot o‘lgan vaqtida
bir emadigan o‘g‘il bola qoldi. Uning nomi Tug‘shoda edi. Bolaning onasi bo‘lgan xotun taxtga
o‘tirdi va o‘n besh yil (680-695) hukmronlik qildi”
5
, - deb yozadi. Uning boshqaruv davri arab
istilosining dastlabki bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bellariga oltin kamar va qilich taqib olgan 200
chog‘li qurolli chokarlar uning xizmatida bo‘lgan. Bu yigitlar bir yilda to‘rt marta shu vazifaga
chorlangan.
Xitoy manbalari An (Buxoro) chje-ge (chokar)larini “mard va jasur kishilar” deb
ta’riflaydi. 695 yilda Qabaj Xotun vafot etib, taxt o‘g‘li Tug‘shodaga o‘tadi. Tug‘shoda I ibn Bidun
(arabcha - Tugaspada, xitoycha - Dusabati) 32 yil yurtni boshqargan. Unga Turkistondan
Vardonxudot ismli bir vazir kelib yordam bergan va 707/708–709/710 yillarda u Tug‘shoda bilan
davlatni boshqargan. Tug‘shodaning hukmronlik davri (693/695-739) ham arab istilosiga to‘g‘ri
keladi.
REFERENCES
1.
Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва
зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.
Центр научных публикаций (buxdu.
uz)
,
8
(8).
5
Наршахий. Бухоро тарихи.Т.,1991. – Б. 92.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1170
2.
Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.
Центр научных
публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
3.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
4.
Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.
Scientific
progress
,
1
(6), 1162-1168.
5.
Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four)
Bakr Ensemble.
Telematique
, 6886-6890.
6.
Umarov, B. B. (2022). Science, education and culture during the rule of the
Somanians.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 46-49.
7.
Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
38
(38).
8.
Umarov, B. (2023). ABU BAKR NARSHAXIY ASARIDA BUXORO SHAHRI
TAVSIFI.
Farg'ona davlat universiteti
, (2), 166-166.
9.
Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI
FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI
//ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.
10.
Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.
Journal of Central Asian Social Studies
,
2
(02), 127-135.
11.
Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК
ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
