SPELLING PROBLEMS AND SOLUTIONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xidirova , I., & Dobilova, M. (2023). SPELLING PROBLEMS AND SOLUTIONS. Modern Science and Research, 2(3), 138–141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18392
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The Uzbek alphabet based on the Latin script, spelling, orthographic literacy, problems arising in its expression and ways to overcome it are given.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

IMLO MUAMMOLARI VA YECHIM

Xidirova Iroda Xolmurzayevna

TerDU o‘qituvchisi

xidirovai@tersu.uz

Dobilova Mohinur Asqar qizi

TerDU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7758759

Annotatsiya.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlo, imloviy savodxonlik, uni

ifodalashda yuzaga kelayotgan muammolar va uni bartaraf erish yo‘llari haqida malumot
keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Lotin yozuvi, imlo, harf, o‘zgarish, islohot, qonun, loyiha, yechim.

ПРОБЛЕМЫ ПРАВОПИСАНИЯ И РЕШЕНИЯ

Аннотация.

Приведены узбекский алфавит на основе латиницы, орфографическая,

орфографическая грамотность, проблемы, возникающие при его выражении, и пути их
решения.

Ключевые слова:

латиница, орфография, буква, изменение, реформа, закон, проект,

решение.

SPELLING PROBLEMS AND SOLUTIONS

Abstract.

The Uzbek alphabet based on the Latin script, spelling, orthographic literacy,

problems arising in its expression and ways to overcome it are given.

Key words:

Latin script, spelling, letter, change, reform, law, project, solution.


Hozirgi kunda foydalanayotgan yozuvimizning tarixiga nazar tashlar ekanmiz, u qanchalik

qadimiy o‘tmishga ega ekanligini bilishimiz mumkin. Dunyodagi barcha mamlakatlarning
nafaqat tili, balki yozuvi ham turlicha. Misol uchun rivojlangan davlatlarning ko‘pchilik qismi
lotin yozuvidan foydalanishadi, yana ko‘pgina mamlakatlar arab va kirill alifbolarini ham birdek
ishtatishadi.

Shuningdek, bizning mamlakatimiz ham shu kungacha birgina yozuvdan emas, balki turli

yozuvlaridan foydalanishgan. Yozuvning paydo bo‘lish tarixi va hozirgi kunda foylanayotgan
ko‘rinishga kelguncha ancha yillarni o‘z ichiga oladi. Binobarin o‘tgan asrning o‘zida atigi 64 yil
ichida alifbomiz 3 marta o‘zgardi. Biz shu vaqtgacha keltirilgan manbalarga asoslanib yozuv
tarixini shartli ravishda 4 davrga bo‘lishimiz mumkin. Bular quyidagilar:

1.

XII asrdan 1929-yilgacha – arab alifbosiga asoslangan yozuv.

2.

1929-yildan 1940-yilgacha – lotin alifbosiga asoslangan yozuv.

3.

1940-yildan 1993-yilgacha rus yozuvi, krill alifbosiga asoslangan yozuvi.

4.

1993-yildan hozirgi davrgacha esa lotin alifbosiga asoslangan yozuv amalda

qo‘llanmoqda.

Yuqorida sanab o‘tgan ayrim yozuvlardan endilikda foydalanayotgan bo‘lmasak-da, bizdan

tashqari o‘nlab mamlakatlarning milliy yozuvi sifatida keng qo‘llanib kelinmoqda. Jumladan, arab
yozuvini oladigan bo‘lsak, bugungi kunda 660 million odam bu yozuvdan foydalanishadi. Bu
yozuv o‘ngdan chapga yozib, o‘qiladigan yozuvlar sirasiga kiradi.

Hozirgi kunga kelib dunyo bo‘yicha eng ko‘p qo‘llanadigan yozuv bu lotin alifbosi

hisoblanadi. Ma’lumki, lotin alifbosi Rimda paydo bo‘lib, hozirgi kunda ko‘plab davlatlar shu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

alifbodan keng foydalanishmoqda. Bu davlatlar sirasiga biz ham kiramiz va hozirda lotin
alifbosidan foydalanmoqdamiz. Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, lotin yozuvidan
dunyo aholisining 70 foizi foydalanishi qayd etilganiga ko‘zimiz tushadi.

O‘zbek yozuvining XX asr tarixiga nazar tashlar ekanmiz, murakkab jarayonlarga to‘la

ekanligini kuzatishimiz mumkin. Yuqorida aytib o‘tgan yozuvning 3 marta isloh qilinishi ham
xuddi shu davrni o‘z ichiga oladi. Biroq jahon xalqlarining yozuv tarixiga nazar tashlasak, bunday
hodisa kamdan kam uchraydi.

Hozirgi kunga kelib lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanish zamonaviy

ilm-fan va elektron uskunalardan foydalanishda biroz qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida alifboga o‘zgartirish kiritish amalga
oshirilmoqda. Yangi dasturning ishga tushishi va lotin yozuviga asoslangan alifboni isloh qilish
aynan qaysi harflar va nima uchun degan savollar berilishi tabiiy. Hozirgi vaqtga qadar ham
barcha lotin, krill yozuvi foydalanuvchilari o‘z fikrlarini bildirishmoqda.

Qaysi harflarni o‘zgartirmoqchimiz va nima uchun?
“O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish

to‘g‘risidagi”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni
loyihasi e’lon qilindi. Unda bir necha harflarga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda. Qonunga
ko‘ralotin yozuviga asoslangan 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat o‘zbek alifbosi joriy
etilishi ko‘zda tutulgan edi.

Bu qonunga ko‘ra harflarni quyidagicha o‘zgartirish taklif qilinyapti, ya’ni yangi alifboda

o‘, g‘ harflari, shuningdek, sh, ch qo‘shharflarini quyidagicha o‘zgartirish taklif etilgan:

G‘, g‘ – Ḡ, ḡ
O‘, o‘ – Ō, ō
Sh, sh – Ş, ş
Ch, ch – Ç ç
Bu loyiha 2021-yil 31-martgacha muhakamaga berilgan va muhokama muddati 2021-yil 1-

noyabrga qadar uzaytirilgan edi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda ommalashtirish esa
bosqichma-bosqich deyilib, oxirgi muddat sifatida 2023-yil 1-yanvardan etiboran deb belgilangan
edi.

Loyihaning ishlab chiqilishi va uni ommaga taklif qilishning maqsadi ancha qulayliklarga

ega bo‘lishi bilan belgilanadi. Alifboning oʻzgarishi boʻyicha olimlar, internet foydalanuvchilari,
kitobxonlar ham oʻz fikrlarini bildirishmoqda. Omma fikriga e’tibor beradigan boʻlsak, ular turli
savollarni berishmoqda: bu harflarni turklardan o‘zlashtiramizmi yoki endi savodsiz boʻlib
qolamizmi degan savol koʻp takrorlanganini eshitishimiz mumkin.

Bu savollarning berilishi oʻrinsiz, albatta. Chunki bir davlat foydalanayotgan harflar faqat

shu davlatgagina tegishli boʻlmay, yuqorida berilgan harflarni faqat Turkiya ishlatmay, boshqa
ko‘plab davlatlar grafikasida ishlatiladi. Misol uchun:

“Ç” belgisi ilk bor eski ispan yozuvida ishlatilgan va XVIII asrgacha foydalanishgan.

Turkiya bu harfni 1929-yilda yangi yozuvga, ya’ni arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtayotganda
oʻzlashtirgan.

“Ş” belgisi ilk bor 1860-yilda Ruminiya yozuvida ishlatilgan.
Bundan chiqdi bu harflar faqat turklargagina tegishli emas degan fikrni ilgari surishimiz

to‘g‘riroq bo‘ladi. Filologiya fanlari doktori Qozoqboy Yo‘ldoshevning fikricha, “Bu imloga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

o‘zgartirish kiritilishi bilan O‘zbekiston turkiy xalqlarga yaqinlashadi, o‘qidan chiqib ketgan
tarixini qayta tiklaydi”. Professor Baxtiyor Mengliyevning fikricha esa, “Inson hamma davrlarda
ham imlosi ustida ishlab, uni yangilab turgan ekan, bu yangilikdan cho‘chimaslik kerak”.

Mavjud harflarning faqat 4 tasigina o‘zgartiriladi, bu bilan savodsizlik darajasi oshishi puch

va assosiz. Lotin yozuvida oʻqiy oladigan odam xotirasi yaxshi boʻlsa, toʻrtta harfni bemalol
yodlab qola oladi, agar lotin yozuvini bilmaydigan kishi bo‘lsa, harf o‘rganishni boshidan
boshlashi mumkin.

Lotin yozuviga kiritilayotgan o‘zgarishlarning asosiy sababi bugungi kunda ommalashgan

elektron tizim bilan bog‘liq. Kompyuterga kiritilayotgan har bir ma’lumot yozuvchidan ancha vaqt
talab qilsa, shuning yaxshigina qismi aynan harfiy birikmalarni yozishni talab etadi.

Bu esa nafaqat vaqtning behudaga sarf bo’lishini, balki ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lgan

yoshlarning lotin yozuvini buzib ifodalashiga sabab bo‘lmoqda. Bugunda yoshlar “sh”ning o‘rniga
“w”, “ch”ning o‘rniga “4”, “o‘”ning o‘rniga “o”, “u” yoki “6” ishlatishayotganliklari achinarli hol,
albatta. Bu xatoliklarning tagida ikki maqsad yotadi: 1-qisqa va tez yozish, 2-kompyuter o‘qishi
uchun bir katakda bitta harf yozish.

Biz ushbu loyihaga ng harfiy birikmasini ham yagona harfga aylantirish, ya’ni ñ shaklida

qabul qilishni tashlif etmoqchimiz. Shunda tanga – badanga (tan+ga), tanga – chaqaga (ta+ña) kabi
o‘qilishi bir xil, ma’nosi har xil so‘zlarni kontekssiz ham farqlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Hozirgi kunda yoshi katta insonlarning aksariyati krill yozuvidan foydalanishadi. Lekin

hozirgi yosh avlod lotin yozuvini oʻrganib kelishmoqda va bu koʻpchilikni tashkil qiladi. Agar biz
yangi yozuvga oʻtsak-u lekin komyuter klaviaturalarida bu harflar yoq degan savol tugʻilishi
tabiiy. Bunga ham oʻz oʻrnida javob berildi. Agar qonun to‘liq qabul qilinsa, barcha operatsion
tizimlar uchun raskladkalar ishlab chiqiladi.

Yangi yozuvning amalga tatbiq qilinishi haqida tilshunoslarimiz olib borgan tajriba-

kuzatuvlarga ko‘ra yangi lotin alifbosida terilgan matn amaldagi alifboda yozilgan matndan 5 foiz,
kirill alifbosida yozilgan matnga qaraganda 20 foizigacha qisqa boʻlar ekan. Buning foydali
tomoni katta vaqt va qog‘oz tejamkorligiga sabab boʻladi.

Yangi turdagi biometrik pasport olish yoki yangicha turdagi haydovchilik guvohnomasini

olish jarayonida kiritilishi kerak bo‘lgan imlo amaliyotga tatbiq etilib ketilaveradi, kitoblar ham
o‘quvchi doirasi hisobga olingan holda bosqichma-bosqich lotinlashib boraveradi.

Bu esa uning manaviy qimmatiga hech ham ta’sir qilmaydi, negaki hozir ham oramizda

kirilcha yozilgan kitoblarni o‘quvchilar topilganidek, yangi imlo bilan bosilajak kitoblar ham tez
kitobxonini topishiga ishonamiz.

Nima bo‘lganda ham yozuvimiz tarixini unutmasligimiz va kelajakka qarab olg‘a qadam

bosgan holda imlomizni qayta isloh qilishimiz, har davrlarda ham muhim manbalarni tashuvchi
bitiklardagi yozuvga ahamiyat berishimiz, uni ajdoddan-avlodga bus-butun olib o‘tishimiz zarur.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

REFERENCES

1.

Abdullayev Y. Hamrohim. Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1995.

2.

Eshonqulova A., Qo‘ziboyeva L. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: Ilm-ziyo-zakovat,
2020. – 304 b.

3.

Ismoilov A., Raupova L. Yangi o‘zbek alifbosi. – T., 2003.

4.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. – T.: Universitet, 1999.

5.

Xidirova I., Xidirova N. Gender Characteristics of Family Speech Speech (On the
Example of the Uzbek Family) //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION. – 2021. – Т. 1. – №. 2. – С. 196-199.

6.

Raxmonjonova G., Xidirova I. CHORTOQ SO‘ZINING KELIB CHIQISHIGA OID
ILMIY QARASHLAR //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 11.
– С. 188-189.

References

Abdullayev Y. Hamrohim. Yangi alifbo va imlodan qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1995.

Eshonqulova A., Qo‘ziboyeva L. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: Ilm-ziyo-zakovat, 2020. – 304 b.

Ismoilov A., Raupova L. Yangi o‘zbek alifbosi. – T., 2003.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. – T.: Universitet, 1999.

Xidirova I., Xidirova N. Gender Characteristics of Family Speech Speech (On the Example of the Uzbek Family) //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. – 2021. – Т. 1. – №. 2. – С. 196-199.

Raxmonjonova G., Xidirova I. CHORTOQ SO‘ZINING KELIB CHIQISHIGA OID ILMIY QARASHLAR //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 11. – С. 188-189.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов