ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
142
BADIIY ASARDA QO‘LLANILGAN DIALEKTIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK
TAHLILI (“QOYALAR HAM YIG‘LAYDI” ASARI MISOLIDA)
Iroda Xidirova
Mehriniso Jo‘rayeva
Termiz davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7769372
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Normurod Norqobilovning “Qoyalar ham yig‘laydi” asari
matnida qo‘llanilgan shevaga oid so‘zlar to‘g‘risida atroflicha fikr yuritilgan bo‘lib, asarda
qo‘llanilgan dialektizmlarning qaysi dialektizm turiga mansub ekanligi va asarga qanday ma’no
nozikliklarini berib turganligi ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
dialektizmlar, leksik dialektizm, etnografik dialektizm, grammatik dialektizm,
lahja.
LEXICAL-SEMANTIC ANALYSIS OF DIALECTISMS USED IN THE WORK
OF ART (IN THE EXAMPLE OF THE WORK "ROCKS ALSO CRY")
Abstract.
In this article, the words related to the dialect used in the text of Normurod
Norqabilov's work "Rocks also cry" are discussed in detail. it is revealed that he is giving.
Key words:
dialectisms, lexical dialecticism, ethnographic dialecticism, grammatical
dialecticism, dialect.
ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДИАЛЕКТИЗМОВ,
ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ПРОИЗВЕДЕНИИ (НА ПРИМЕРЕ
ПРОИЗВЕДЕНИЯ «СКАЛЫ ТОЖЕ ПЛАЧУТ»)
Аннотация.
В данной статье подробно рассматриваются слова, относящиеся к
диалекту, использованному в тексте произведения Нормурода Норкабилова «И скалы
тоже плачут», выявляется, что он не дает никаких тонкостей.
Ключевые слова:
диалектизмы, лексический диалектизм, этнографический
диалектизм, грамматический диалектизм, диалектизм.
O‘zbek tili ko‘p dialektli til hisoblanadi. Bu uning murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib
o‘tganligi, bugungi o‘zbek millati o‘tmishda xilma-xil etnik tarkibga ega ekanligi bilan
belgilanadi. O‘zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni uch lahjaga birlashtirish
mumkin. Bular: 1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o‘g‘uz lahjasi [2.12]. Y.D.
Polivanov o‘zbek tilining ko‘p dialektli ekanligini nazarda tutib: “O‘zbek milliy tili (o‘zbek
lahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) yagona tizimning, aslida hech qachon amalda
bo‘lmagan o‘zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo‘li bilan emas, balki farqlanuvchi til
tizimlarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan” – degan edi.
Badiiy asarlarda qo‘llaniladigan dialektizmlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, yozuvchilar
o‘z qahramonlarini o‘zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek
ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‘zlarni ishlatadilar. Sheva
so‘zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‘zida aks ettirish bilan birga “badiiy nutqda”
muayyan estetik funksiya bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qiymat kasb etishi ularning
badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dilektizmlarning qo‘llanilishi
bilan bog‘liqdir [3.24].
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
143
Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevaga xos birliklarning fonetik, leksik va grammatik
dialektizmlar sifatida tasnif qilganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmlar asosan,
tovushlarni o‘zgartirib qo‘llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qo‘llash
ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Leksik dialektizmlar ham o‘z navbatida ichki guruhlarga bo‘lib
o‘rganiladi: sof leksik dialektizmlar, etnografik dialektizmlar va semantik dialektizmlar. Muayyan
sheva tarqalgan hududda yashovchi kishilarning o‘zlariga xos bo‘lgan urf-odatlarining nomlari
etnografik dialektizmlar deb yuritiladi. Bunday so‘zlar tasvirning realligini ta’minlaydi [4.62].
Asarda leksik dialektizmlardan keng foydalanilgan bo‘lib, ular asarning badiiy qimmatini oshirgan
va Surxondaryo shevasini chiroyli tarzda ochib berolgan. Ular quyidagilar:
mo‘y (tuk, yung), jo‘ra
(o‘rtoq), ot
(ism, nom),
adoq
(quyi tomon),
qavat
(yon),
oshna
(o‘rtoq, do‘st) kabi otlar;
o‘ngarmoq
(yelkaga yoki ulov ustiga ko‘ndalang qo‘ymoq, olmoq),
o‘rlamoq
(chiqmoq),
to‘nglamoq
(xafa bo‘lmoq, norozi bo‘lmoq),
uloqmoq
(uzoqlashib ketmoq),
qayishmoq
(yordam
bermoq) kabi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar.
Masalan:
Tong azonda hovlidan to‘rt it bilan chiqib
ketgan Ernazar polvon kechki peshinga yaqin Ko‘ktoyning chalao‘lik jasadini otga
o‘ngarib
qaytdi.
Adabiy tilga kirmagan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilmagan dialektizm sof leksik
dialektizmlar bo‘lib, asardan quyidagi so‘zlarni misol qilib olishimiz mumkin:
ijikilashmoq
(tortishmoq),
emasam
(bo‘lmasa),
im qoqmoq
(nazar tashlamoq),
ul
(o‘g‘il) (5),
o‘tirik
(yolg‘on)
(3),
iydi
(uyg‘ondi),
itqitmoq
(irg‘itmoq),
burnog‘i
(o‘tgan yili),
simanglamoq
(tentiramoq, sanqib
yurmoq),
ulapa
(ulush), chot (ikki son orasi),
burungi
(avvalgi),
domangir bo‘lmoq
(xafa
bo‘lmoq),
qur tikmoq
(o‘tirmoq),
emasam
(bo‘lmasa),
burnog‘i
(o‘tgan yili),
gurungi
(suhbati),
Masalan:
Birovning
ulapasi
yengingga yamoq bo‘larmidi? Mendan bekorga
domangir
bo‘layapsiz.
Biror so‘z adabiy tilda ham, shevada ham mavjud bo‘lib, shevada adabiy tilda bo‘lmagan
ma’nosi bilan qo‘llana oladigan so‘zlar semantik dialektizmlar deb yuritiladi [5.62]. Ammo ushbu
asarda semantik dialektimzlar uchramaydi. Grammatik dialektizmlarning ham morfologik va
sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini qayd etish mumkin [4.63; 5.63]. Ushbu asarda
grammatik (sintaktik) dialektizmlardan tushum kelishigi
-ni
qo‘shimchasining
-di
shakliga duch
kelamiz:
uldi, Karimboydi
kabi. Masalan:
Bu
Karimboydi
ulidan yiqilibsan deb eshitdim.
Asarda fonetik dialektizmlar anchagina salmoqli o‘rin egallaydi. Masalan:
ob-toba
(obtova),
tov
(tog‘),
ayuv
(ayiq),
bovo
(bobo) (2), ena (ona) kabi otlar;
achuv
(achchiq) (4),
zaril
(zarur)
kabi sifat;
senam
(sen ham),
qaydan
(qayerdan) kabi olmoshlar;
buytib
(bunaqa qilib) (4),
qip
(qilib),
bo‘p
(bo‘lib) (3),
ximarib
(shimarib),
buytib
(bunaqa qilib),
qima(y)
(qilma(y) (3),
bovrida
(bag‘rida) kabi ravish va o‘rin hollari;
ijablamasangiz
(ijoblamasangiz),
qomaylik
(qolmaylik),
opqaytdim
(olib qaytdim),
emasam
(bo‘lmasa) (2),
opchiq
(olib chiq),
kepti
(kelibdi),
bo‘pman-da
(bo‘libman-da),
alqamoq
(olqamoq),
dikonglatmoq
(dikanglatmoq),
bo‘ganman
(bo‘lganman),
qigan
(qilgan),
qochivordi
(qochib ketdi),
deyishuvdi
(deyishgandi),
yolchimoq
(yalchimoq),
qipmanki
(qilibmanki),
opketsin
(olib ketsin),
opti
(olibdi)
kabi fe’l
shakllarini uchratdik. Masalan:
Somsaxonadagi juvonlardan birini ulingizga ikkinchi xotin
qip
ijablamasangiz, deb qo‘rqaman.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamog‘imiz joizki, “Qoyalar ham yig‘laydi” asarida
qo‘llanilgan har bir dialektizmning o‘rni nihoyatda bo‘lakdir. Yozuvchi asarda keltirilgan
dialektizmlar orqali nafaqat qahramonning xarakteri, uning atrofdagilarga munosabatini, balki shu
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
144
jamiyat tuzumi va ahvolini ham ochib berishga harakat qilgan. Asar matni tarkibida keltirilgan
dialektizmlarning tahlili jarayonida statistik tahlil metodidan foydalanildi. Ushbu tahlil metodiga
ko‘ra asar matnida jami 82 o‘rinda dialekt so‘zlar qo‘llanilganligi aniqlandi. Shulardan 52 o‘rinda
fonetik dialektizm, 24 o‘rinda sof leksik dialektizm va asar matnida eng kam, ya’ni 2 o‘rinda
grammatik (sintaktik) dialektizm qo‘llanganligi aniqlandi. Aniqlanganiga ko‘ra, asar matni
tarkibida eng ko‘p qo‘llanilgan dialektizmlar sifatida fonetik dialektizmlarni olishimiz maqsadga
muvofiq ekan. Matn tahlil qilish tamoyillaridan biri hisoblangan makon va zamon tamoyiliga
muvofiq tarzda asar matnida qo‘llanilgan har bir so‘z, ibora, dialektlar asar mazmunini, shaklini,
makonini, zamonini ro‘y-rost ochib berishga ximat qiladi. Yozuvchining ham o‘z asari matnida
dialekt so‘zlarini qo‘llashining asosiy va birdan bir maqsadi ham kitobxonni ko‘z oldida asar
voqealari tasvirlanayotgan hududni, bundan tashqari qahramonlarning ichki hissiyotlari, qaysi
joyga mansubligini ko‘rsatib berish hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Norqobilov N. Bekatdagi oq uycha (qissalar va hikoyalar): “Qoyalar ham yig‘laydi”
(qissa). – Toshkent: Sharq, 2000.
2.
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M., Boqiyeva G. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –
Toshkent, 2005. – 181 b.
3.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent, 2008.
4.
Qurbonova M., Yo‘ldoshev M. Matn tilshunosligi. – Toshkent: Universitet, 2014.
5.
Raxmonjonova, G., & Xidirova, I. (2022). CHORTOQ SO ‘ZINING KELIB
CHIQISHIGA OID ILMIY QARASHLAR.
Eurasian Journal of Academic
Research
,
2
(11), 188-189.
6.
Xidirova, I., & Xidirova, N. (2021). Gender Characteristics of Family Speech Speech (On
the Example of the Uzbek Family).
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN
NONFORMAL EDUCATION
,
1
(2), 196-199.
7.
Jo’rayeva, M., & Xidirova, I. (2023). QOYALAR HAM YIG’LAYDI” ASARIDA
QO’LLANILGAN
DIALEKTIZMLARNING
LEKSIK-SEMANTIK
TAHLILI.
Development of pedagogical technologies in modern sciences
,
2
(2), 42-48.
8.
qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). “TEMIR XOTIN”
DRAMASINING
FONETIK-FONOLOGIK
TAHLILI.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCES
(Vol. 1, No. 1, pp. 492-496).
9.
qizi Jo‘rayeva, M. S., & Xidirova, I. X. (2023, January). SHOYIM BO ‘TAYEVNING
“SHO ‘RODAN QOLGAN ODAMLAR” ASARIDA NOADABIY QATLAM SO
‘ZLARINING QO ‘LLANILISHI. In
INTERNATIONAL CONFERENCES
(Vol. 1, No. 1,
pp. 487-491).
