PRIORITIES OF STATE POLICY REGARDING YOUTH IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saydqulova, S. (2023). PRIORITIES OF STATE POLICY REGARDING YOUTH IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Modern Science and Research, 2(4), 137–142. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19191
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The protection of the legal interests of young people, the legal basis of providing them whith quality education, wich is considered one of the priorities of the state policy regarding youth in Uzbekistan, is the summary of the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

137

MUSTAQILLIK YILLARIDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

USTUVOR YO’NALISHLARI

Saydqulova Sevara Ilhomjonovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Ijtimiy gumanitar fanlarni o’qitish fakulteti

tarix yo’nalishi 2 - kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7824127

Annotatsiya.

O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini ustuvor yo’nalishlaridan

hisoblangan yoshlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish ularga sifatli ta’lim berishning
huquqiy asoslari maqolaning qisqacha mazmunini tashkil etadi.

Kalit so’zlar:

siyosat, yoshlar siyosati, ta’lim to’g’risidagi qonun, kadrlar tayyorlash milliy

dasturi, Konsepsiya, fuqarolik jamiyati, demakratik davlat.

ПРИОРИТЕТЫ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОЛИТИКИ В ОТНОШЕНИИ

МОЛОДЕЖИ В ГОДЫ НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотация.

Защита законных интересов молодежи, правовая основа обеспечения

ее качесвенным образованием, что считается одним из приоритетов государственной
политики в отношении молодежи в Узбекистане, является кратким содержанием
статьи.

Ключевые слова:

политика, молодежная политика, национальная программа

обучения, концедепция, гражданское общество, демакратическое государство.

PRIORITIES OF STATE POLICY REGARDING YOUTH IN THE YEARS OF

INDEPENDENCE

Abstract.

The protection of the legal interests of young people, the legal basis of providing

them whith quality education, wich is considered one of the priorities of the state policy regarding
youth in Uzbekistan, is the summary of the article.

Key words:

policy, youth policy, law on education, national training program, concept,

civil society, a democratic state.


Oʻzbekistonda istiqlol taraqqiyotning ilk kunlaridanoq qonun ustuvor boʻlgan demokratik

davlat va rivojlangan fuqarolik jamiyat qurish yoʻlida odimlab borayotgan davrda, hayotning
barcha sohalari qatori, yoshlarga oid davlat siyosatiga doir bir qator ishlar amalga oshirilildi.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonungа asoslanib, Respublika
yoshlarining ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga
qaratilgan yoshlarga oid siyosatini ishlab chiqdi. O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20
noyabrdagi O‘RQ-429-XII-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi
Qonuni qabul qilindi.

Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi

bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari
yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy
jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Shu
maqsadni amalga oshirishda bir qancha moddalarda mustahkamlab qo’yilgan. Chunonchi,
yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

ta’lim sohasidagi huquqlari, yoshlarga oid siyosatni ro‘yobga chiqarishning davlat dasturi, yoshlar
jamg‘armalarini tashkil etish va hakazo.

Har bir davrda yoshlar muommolarini yechimiga qaratilgan sa’yi harakatlari jamiyat

hayotining turli murakkab jarayonlari bilan bog’liq holda yuzaga keladi. Mamlakatning yangi
qonunchiligidagi yoshlarni jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida e’tirof etdi. Yoshlarning
munosib hayot kechirishi, ta’lim olishi, sport bilan shug’ullanishi, hamda ijodiy faoliyat bilan
shug’ullanishlari uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadida keyingi yillarda O’zbekistonda
“Yoshlarga oid davlat siyosati” to’grisidagi qonuni negizida yoshlar manfaatini ko’zlavchi bir
qancha qonun va qonun osti hijjatlari ishlab chiqildi. “Bola huquqlarining kafolatlari
to’g’risida”, “Voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining prafilaktikasi
to’grisida”, “Ta’lim to’g’risida”, “Iste’dod” Respublika jamg’armasini tashkil etish to’g’risida,
“O‘zbekistonning o‘quvchi yoshlarini rag’batlantirsh chora-tadbirlari” to‘g‘risida va shu kabi
qunun va qarorlar orqali mustahkamlandi.

Mustaqilligimizni yanada mustahkamlash mamlakatimizda yoshlar siyosatini zamon

talablari darajasiga ko‘tarish, kun sayin rivojlanib hamda globallashib borayotgan dunyo yoshlari
bilan tengma-teng fikrlaydigan hamda ilmiy, ijodiy, tafakkur jihatdan raqobatlasha oladigan
yurtimizning ertangi egalarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan qonun yaratish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi Yangi tahrirdagi ushbu qonunning tobora taraqqiyilashib
borayotgan dunyo hamjamiyatida mamlakatimiz yoshlarini ham o’z o’rnini egallashidagi o’rni
beqiyos. Qonun 4 bob 34 maddadan iborat bo’lib, yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va
ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun shart-
sharoitlar yaratilish ularning qonuniy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishni nazarda tutadi

Xususan, yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularning huquq va manfaatlarini

ta’minlash har bir davlatning oldida turgan eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor
vazifalardan biri hisoblanadi.

Yoshlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda har bir davlat o‘z

yurisdiksiyasi doirasida tegishli normalarni qabul qilishi hamda ularning samarali ijro mehanizmini
yo‘lga qo‘yishi zarur. Shu o‘rinda aytish joizki, bugungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 40 dan
ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya
qilingan.

Mamlaktimizda bollar huquqlarni himoya qilish, erkinlilari va qonuniy manfaatlarini

ta’minlash, ularning hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish, kamsitilishi yo‘l qo‘ymaslik,
shuningdek, bola huquqlari, erkinlilari va qonuniy manfaatlarni ta’minlash hamda himoya qilish
bo’yicha davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash borasidagi sohalarni yanada
takomillashtish. O‘sib kelayotgan yosh avladni jismoniy, intelektual, ma’naviy va ahloqiy kamol
topishiga ko‘maklashish madsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-
apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4296-son qarori O’zbekiston Respulikasi Prezidentining 2020 yil 29 maydagi
PQ-4736 sonli “Bola huquqini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qororlarni qabul qilinishi orqali ertamiz egalari bo’lmish farzandlarimizni haк
tamonlama himoya qilinishini kafolatlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

Bu sohada Oʻzbekistonning butun jahon yoshlarining huquq-manfaatlarini koʻzlab ilgari

surayotgan tashabbuslari esa alohida ahamiyatga molik desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Prezidentimiz 2020-yil 23-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleya sining 75-
sessiyasida nutq soʻzlab, BMTning “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi konvensiyasini qabul qilish
boʻyicha Oʻzbekiston tashabbusini yana bir bor ilgari surdi.

Yoshlar kamolotida taʼlim va tarbiyaning oʻrni beqiyos. Bunda taʼlim tizimini

takomillashtirish, uni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari,
oʻquvchi va talabalarda zamonaviy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb
etadi.

Zamonaviy ta’lim tizimini shakllantirish va yuksak malakali kadrlarni tayyorlash

mamlakatning taraqqiyotning asosiy omili hisoblanib 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar
tayyorlash milliy” dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi orqali
mamlakatimizda kadrlar tayyorlashning noyob tizimi yaratildi. Ushbu tizim ta’limning istiqbolida
tayanch vazifasini bajardi.

O‘tgan davrda mamlakatimizda zamonaviy talablarga javob beradigan 1554 ta akademik

litsey va kasb hunar kollejlari barpo etildi, mavjud 9765 ta maktabning barchasida keng ko‘lamli
qurilish, rekanstruksiya, kapital ta’mirlash va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. Bundan
tashqari, 300 ga yaqin musiqa va san’at maktablari,1300 dan ziyod bolalar sporti ob’ektlari
qurulib, foydalanishga topshirildi.

O‘zbekistonda har yili davlat byujet harajatlarining 35 foizidan ortig‘i ta’lim sohasiga

yo’naltirilmoqda va bu yalpi ichki mahsulotlarining 10-12 foizidan tashkil etadi. Bunday
ko‘rsatkichlar dunyoning boshqa mamlakatlarida kamdan-kam uchratish mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda Xalq ta’lim tizimi, O’rta maxsus kasb-

hunar ta’limi tizimi hamda Oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohatlar amalga oshirildi. Xususan,
ta’lim-tarbiyaning eng quyi bosqichi hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga ham alohida
ahamiyat qaratildi. “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni

1

, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651 Qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955 sonli Qarorlari qabul qilindi

2

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’limtizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi. Qabul qilingan qarorlarda maktabgacha ta’lim muassasalarining
davlat va nodavlar tarmoqlarini yanada kengaytirish va ular o‘rtasida sog’lom raqobat muhitini
shakllantirishga shart sharoitlar yaratish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘liq qamrab
olinishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuchilari salomatligiga alohida
ahamiyat qaratidi,

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim

vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori.

www.Lex.uz

.

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish

va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3651 qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955 sonli Qarori.

www.Lex.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 104 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi,

ulardan 5 604 tasi (79 foiz) — davlat, 63 tasi — idoraviy va 1 437 tasi (21 foiz) — nodavlat
tashkilotlardir.

2017-2018-yillarda 752 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari filiallari negizida yuridik shaxs

maqomiga ega to‘laqonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilingan.

3 -7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 foiz), shundan

shaharlarda 500 236 nafari (20,2 foiz) va qishloq joylarda 432 074 nafari (17,4 foiz) maktabgacha
ta’lim bilan qamrab olingan.

3

Bugungi kunda O‘zbekistonda katta islohatlar davriga desak mubolag‘a bo’lmaydi. Bu

nafaqat qurilish, maktabgacha ta’lim sohada balki, Maktab ta’limi va Oliy ta’lim sohasi ham
islohatlardan chetda qolayotgani yo‘q.

Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-

mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohatlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik
murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limiga poydvorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak

4

, -

degan so’zlarining nechog‘lik muhim ekanini bilish qiyin emas.

So‘ngi besh yil davomida maktab ta’lim tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari

yaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining tasdiqlandi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-sonli “2022-2026-yillarda Xalq ta’limini
rivojlantirish bo’yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni qabul qilinayotgan ushbu
qonun hamda qarorlar ham o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ta’limning
innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan
yangilash, O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International
Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha
jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishishning huquqiy asosi
hisoblanadi.

Prezidentimiz uchinchi Renesans haqida, buyuk ajddlarimizga munosib avlod bo‘lish haqida

fikr bildirar ekan, “ Biz oila, maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’limni hamda ilmiy-madaniy
dargohlarni bo‘lg‘usi Renesansning eng muhim bo‘ginlari deb hisoblaymiz”

5

, dedi Sh.

Mirziyoyev. muhim

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini

belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, talaba-
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni qabul

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi

maktabgacha ta’limtizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori.

www.Lex.uz

4

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvardagi videoselektor yigʻilishidagi nutqidan

5

Sh. Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrdagi “Yoshlar farumi”da so’zlagan nutqidan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

qilindi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar
(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic
Ranking of World Universities) reytingida munosib o’rin egallashi uchun muhum qadam bo’lib
xizmat qiladi.

Bugungi kunda Respublikada 114 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 93 tasi

mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasasi va ularning filiallari hisoblanadi. Jumladan,
so‘nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi
filiali tashkil etildi.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat ta’lim

yo‘nalishi bo‘yicha 410 ming, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha esa 13 ming nafarni tashkil
qilib, so‘nggi 3 yilda 1,7 baravarga oshdi

Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o’tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta

nufuzli xorijiy unversitetining filiali ochildi. Yetakchi xorijiy unversitetlar bilan hamkorlikda 141
ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga
jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi

6

.

Bundan tashqari, mamlakatimizda gender tenligini tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning

mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish ularni
jamiyatdagi nufuzini oshirish, oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan hamda tahsil olishni
istagida bo’lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin qizlar tizimini qo‘llab-quvvatlashga
doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Jumladan, farmonda oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi

va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil
muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat
budjetidan har yili 1,8 trillion so‘m resurs mablag‘lari yo‘naltirish, davlat oliy ta’lim
muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini
qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so‘m
moliyalashtirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha — 50
nafar, magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi”
jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratish kabi imkoniyatlar yaratilishi mamlakatimizda
yoshlarga oid davlat siyosatini amalagi ifodasi deyish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarni ta’lim-tarbiyasi, jismoniy va ma’naviy yetukligi, sog‘lom

va barkamol bo‘lishlari yo‘lida muhim islohatlarni amalga oshirildi. Shuni taʼkidlash kerakki,
“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunda farzandlarimizga huquqiy jihatdan
himoyalanish, zamonaviy va mukammal taʼlim olish, o’z iste’dodlarini nomoyon qilish, uchun
imtiyozlar olishda katta imkoniyatlar, tizimli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etmoqda.

6

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston

Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi
Farmoni.

www.lex.uz


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

142

REFERENCES

1.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvardagi videoselektor yigʻilishidagi
nutqidan.

2.

Sh. Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrdagi “Yoshlar farumi”da so’zlagan nutqidan

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-
sonli qarori.

4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3651 qarori,
“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PQ-3955 sonli Qarori.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’limtizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori.

6.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to’g’risidagi Farmoni

7.

www.lex.uz




References

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 28-yanvardagi videoselektor yigʻilishidagi nutqidan.

Sh. Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrdagi “Yoshlar farumi”da so’zlagan nutqidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3651 qarori, “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3955 sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limtizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risidagi Farmoni

www.lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов