INFORMATION ABOUT EUROPEAN INSTRUMENTS TRUMPET, HORN AND SAXOPHONE AND THEIR HISTORY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Maxmudov, T. (2023). INFORMATION ABOUT EUROPEAN INSTRUMENTS TRUMPET, HORN AND SAXOPHONE AND THEIR HISTORY. Modern Science and Research, 2(4), 611–614. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19461
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains information about the European musical instruments trumpet, horn and saxophone, as well as their history. The article is revealed by means of various pictures.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

YEVROPA CHOLG’ULARI TRUBA, VALTORNA VA SAKSOFON HAQIDA

MA’LUMOT HAMDA ULARNING TARIXI

Maxmudov Tura Atamurodovich

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7867143

Annotatsiya. Mazkur maqolada Yevropa cholg’ulari truba, valtorna va saksofon haqida

ma’lumot hamda ularning tarixi haqida so’z boradi maqola davomida turli fikr va mulohazalar
keltirilgan. Maqola turli rasmlar vositasida ochib berilgan.

Kalit so’zlar: Yevropa cholg’ulari, yosh ijrochilar, valtorna va saksafon.

INFORMATION ABOUT EUROPEAN INSTRUMENTS TRUMPET, HORN AND

SAXOPHONE AND THEIR HISTORY

Abstract. This article contains information about the European musical instruments

trumpet, horn and saxophone, as well as their history. The article is revealed by means of various
pictures.

Keywords: European instruments, young performers, French horn and saxophone.

ИНФОРМАЦИЯ О ЕВРОПЕЙСКИХ ИНСТРУМЕНТАХ: ТРУБЕ, ВАЛТОРНЕ

И САКСОФОНЕ И ИХ ИСТОРИИ

Аннотация. В данной статье представлена информация о европейских

музыкальных инструментах труба, валторна и саксофон, а также их история. Статья
раскрывается с помощью различных рисунков.

Ключевые слова: европейские инструменты, молодые исполнители, валторна и

саксофон.

Sharq xalqlari damli cholg‘ular ijrochiligi san’ati o‘z taraqqiyotida ko‘p asrlik an’analarni

meros qilib olgan bo‘lib, unda asosan an’anaviy ustoz-shogird uslublari keng rivojlangan. Ya’ni
bu an’ana ustozdan-shogirdga, otadan-o‘g‘ilga asrlar davomida og‘zaki yo‘l bilan o‘tib kelgan.
Shu bois ba’zi cholg‘ularni kelib chiqish tarixi haqidagi yozma ma’lumotlar kam uchraydi. Ammo
ularning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq rivoyatlar hozirgacha yetib kelgan. Shulardan biri «Mehtarlik
risolasi» bo‘lib, unda rivoyat qilinishicha (bu risola mazmunini keksa ustoz baxshilardan biri
Tursun baxshi Jumaniyozov quyidagicha hikoya qiladi): Olloh-taolo Odam ato tanasini loydan
yasagandan keyin, elchi farishta hazrati Jabroyil, olamni harakatlantiruvchi farishta hazrati
Mikoyil, oxiratda karnay (sur) chaluvchi farishta hazrati Isrofil, jon oluvchi farishta hazrati
Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan ekanlar. Odam ichining qorong‘u zimistonligidan jon
u yerga kirishdan bosh tortadi. Farishtalar ko‘p va xo‘p o‘ylashib, oxiri jonni antiqa yo‘l bilan
odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan «dup» (Tursun baxshi tut deb ta’riflaydi)
yog‘ochini olib chiqib, tanbur, dutor, nay (ba’zi manbalarda surnay va boshqa damli cholg‘ular)
va g‘ijjak cholg‘ularini yasabdilar, lekin qancha urinishmasin ulardan tovush chiqara olishmabdi.
Farishtalar charchab uxlab qolishibdi. Ularning hatti-harakatini narida kuzatib turgan Shayton
alayhulanna (lanatlangan) bari-bir men aralashmasam hech ish chiqmas ekan deb tanbur, dutor va
g‘ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho‘p qistirib, nayning teshiklari yonidan bir teshik
ochadiki, «shayton xarrak» va «shayton teshik» iboralari ana shundan qolgan. Bir payt to‘rttala
farishta uyg‘onib qarashsa, cholg‘ular qo‘l tekkizishga mahtal bo‘lib jaranglab turgan emish.
Shundan keyin hazrati Jabroyil latif nag‘ma o‘ylab topadi va uni farishtalar bilan jo‘rlikda chalib,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

jonni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. Ushbu voqe’adan keyin nag‘ma va cholg‘ularning piru-
ustozi hazrati Jabroyil (xristianlarda arxiangel Gavriil) hisoblangan. Shuningdek, temirchilar piri
hazrati Dovud, uning har bolg‘a urishidan yangi nag‘ma paydo bo‘lar va 360 nag‘masi borligi
ta’riflanadi. Nafasi o‘liklarga jon bag‘ishlovchi hazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va
adolatparvar kishilar xomiysi Xo‘jayi Xizir, yuqorida muborak nomlari keltirilganlardan tashqari,
musulmon payg‘ambar va pirlardan Muhammad (s.a.v.) va uning choriyorlari Abu Bakr, Usmon,
Umar, Ali (roziyallohu anhular), doston qahramonlari Jamshid, Rustam, Suxrob, Bobo Qo‘rqit,
Oshig‘ Oydin pir, Go‘ro‘g‘li, Oshiq G‘arib va boshqa juda ko‘plab mo‘’tabar va tabarruk pirlar
sozandalik va mehratlik hunari rivojini ta’minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig‘inish va
piru-ustoz deb bilish mehtarlik risolasidagi og‘zaki ravishda muhrlangan qonun bo‘lib xizmat
qilgan.

Sharq uyg‘onish davrining olimlari o‘zlarining qomusiy asarlarida musiqani

matematikaning bir bo‘lagi deb hisoblaganlar va o‘sha asarlarida o‘z davrida istifoda qilingan
cholg‘ular nomlarini ham keltirganlar. Shundaylardan – Markaziy Osiyolik qomusiy olim Abu
Nasr Farobiy (870-959) o‘z risolalarida mizmar, mizomir nomli (bulamonga o‘xshash) damli
cholg‘ular haqida axborot bergan bo‘lsa, Kotib Xorazmiy o‘zining «Mafatix al ulum» asarida torli
va urma cholg‘ular bilan birgalikda surnay va bulamon sozlarini ham keltirib o‘tgan.Mahmud bin
Ma’sud Qutbiddin ash Sheroziy (1236-1310)ning «Durrat ut-toj li-g‘urrat id-diyboj» (Shoh tojini
bezovchi noyob dur) qomusiy risolasida damli cholg‘ularni tovush hosil etilishi bo‘yicha uch turga
tasniflangan. Bular xushtaksimonlar, tilli-dudikli va karnaylardir. Shuningdek, u cholg‘ular
pardalarini ijrochi og‘zi tomoniga qarab ochilib borishi natijasida tovushning balandlashuvi va
safillar (pereduvanie)ga doir ma’lumotlarni ham keltirgan. Darvish Ali Changiyning «Tuhfat us
surur» musiqiy risolasida aytilishicha, Nayi-ban cholg‘usi XIII asrda yashab o‘tgan musiqashunos
olim Safiuddin Abdulmo‘min al Urmaviy tomonidan ixtiro qilingan. U temirchilarning dam
beruvchi meshini ko‘rib, mazkur cholg‘uni yasagan ekan.2 Echki terisidan yasalgan meshning uch
tomonidan uchta qamish naycha tiqib o‘rnatilgan bo‘lib, bir naychadan puflab havo to‘ldiriladi.
Ikkinchi naycha olti teshikli bo‘lib, asosiy kuy shu naychada chalinadi. Uchinchi naycha faqat bir
ohang (tovush) chiqaruvchi bo‘lib, asosiy nayga jo‘rnavoz hisoblanadi. Nayi-ban Xorazmshohlar
davrida to‘y, sayil, harbiy yurish va boshqa marosimlarda chalingan. Jaloliddin Manguberdining
harbiy yurishlari davrida u ko‘pchilik xalqlar orasida tarqalgan bo‘lib, Sharqiy Ovro‘pada volinka,
ojarlarda chiboni, ozarbayjonlarda tulum, osetinlarda lalim, chuvashlarda sarnay va shunga
o‘xshash nomlar bilan atalgan. Mazkur soz hozirgi davrda Fransiya hukumati faxriy
qorovullarining ramziy cholg‘usi sifatida qo‘llaniladi.

Quyida yevropa cholg’ularida truba, valtorna va saksafonga to’xtalib o’tamiz.

Truba

(qad. nem. trumba — quvur) — yuqori registrli mispuflama soz hisoblanadi. U

yorqin va kuchli ovozga, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega. Nayi bir aylana bukilgan,
kanalining uz. 1500 mm atrofida. Mazkur cholg’u asbobi qadimdan maʼlum boʻlib, oʻrta asrlarda
harbiy, signal musiqa cholgʻusi sifatida keng tarqalgan. Jez yoki mis va rux qotishmasidan
yasaladi. 19-asr boshidan pompa yoki ventil mexanizmli Trubalar paydo bulgan. Hozirda, asosan,
si bemol (in V) va do (in S) tonidagi Trubalar qoʻllaniladi. Yakkanavoz, ansambl va orkestr sozi
sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston Truba ijrochiligi va taʼlim tizimida V. Pulatov, V. Verigin, M.
Muhiddinovlar tanilgan. Oʻzbek kompozitorlaridan S. Karimhoji (2 ta — 1967, 1968), M. Bafoyev
(1979), P. Xoliqov (1987) va boshqa Trubalar uchun konsertlar yaratishgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

Valtorna

(nem. Waldhorn — oʻrmon bur-gusi) — mundshtukli puflama soz. Tovush

tembrining nafisligi bilan boshqa mis puflama sozlardan farq qiladi. 19-asrning boshida xromatik
(ventilli) turi paydo boʻlgan. Unda joylashgan qoʻshimcha naychalar yordamida ijrochi asosiy
havo yoʻlini uzaytirib, barcha xromatik tovushlarni chalishi mumkin. Hozirda Valtorna asosan
"fa", baʼzan "sibemol" sozida chiqariladi. Diapazoni taxminan 3,5 oktava. Valtorna simfonik va
puflama sozlar orkestrlarida, kamer ansambllarda va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi.

Saksofon

(inglizcha:

saxophone

) — puflama tilchali musiqa cholgʻu asbobi. Belgiyalik

musiqa cholgʻulari ustasi Adolphe Sax ixtiro qilgani (1841) uchun uning nomi bilan atalgan. Turli
(jez, rux va boshqalar) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli.
Chalgʻichbarmoq teshiklari klapanlar bilan berkitiladi. Asosan, 7 turi (sopraninodan
kontrabasgacha) mavjud. Yorqin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga
ega boʻlgan saksofon jaz musiqasida asosiy cholgʻulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri,
estrada orkestri, baʼzida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz konsert musiqa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

cholgʻusi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapsodiya; A. Glazunov, Saksofon va torli
orkestr uchun konsert va boshqalar).
Oʻzbekistonga 19-asrning oxirgi choragida rus harbiy orkestrlari bilan birga kirib keldi. Hozirda
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarkibidan oʻrin olgan.
1990-yil Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, keyinchalik, musiqa kollejlarida saksofon sinfi
ochilgan. Sh. Esonboyev, B. Shukurov, Y. Jivayev, B. Murtazoyev, Y. Gulzarov kabi S. ijrochilari
tanilgan.

Ushbu cholg’ular Sharq xalqlarida mavjud bo`lib, ularning musiqa san`atida ham katta o`rin

egallaydi. Ammo ularni ishlatishda esa har bir xalqning milliy musiqasida ma`lum darajada farq
borligi ajralib turadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda, o`zbek va tojik xalqlarida ko`pgina
cholg’ular va ularning ishlatilishi deyarli bir xil ekanligining ham guvohi bo`lamiz.


REFERENCES

1.

Алимбаева К., Ахмедов М. Ўзбек халқ созандалари. Т., ЎзДавНашр. 1959.

2.

Беляев В. Музыкальные инструменты Узбекистана. М., «Музгиз», 1933.

3.

Беляев В. «Музыкально этнографические работы А.Ф.Эйхгорна в Узбекистане». -В
кн.: «Музыкальное фольклористика в Узбекистане». Т., 1963.

4.

Бельский.Б.М. «Духовой, а вернее – душевный оркестр» (Духовой оркестр в истории
музыкальной культуры Самарканда), Самарканд, 1983.

5.

Бегматов С. Мақом сурнай йўллари. Т., «Мусиқа», 2004.

6.

Вызго Т. «Первые музыкальные учебные заведение». -В кн.: «История Узбекской
советской музыки». Т. I. Т., 1972.

References

Алимбаева К., Ахмедов М. Ўзбек халқ созандалари. Т., ЎзДавНашр. 1959.

Беляев В. Музыкальные инструменты Узбекистана. М., «Музгиз», 1933.

Беляев В. «Музыкально этнографические работы А.Ф.Эйхгорна в Узбекистане». -В кн.: «Музыкальное фольклористика в Узбекистане». Т., 1963.

Бельский.Б.М. «Духовой, а вернее – душевный оркестр» (Духовой оркестр в истории музыкальной культуры Самарканда), Самарканд, 1983.

Бегматов С. Мақом сурнай йўллари. Т., «Мусиқа», 2004.

Вызго Т. «Первые музыкальные учебные заведение». -В кн.: «История Узбекской советской музыки». Т. I. Т., 1972.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов